Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Yaylovlarda chorva mollarini oʻtlatishda eng koʻp yoʻl qoʻyiladigan foydalanish normalarini belgilash, yaylovlar almashinishini ta’minlash va yuritish tartibi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 19.08.2019 y. 689-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2019 yil 19 avgustdagi

689-son qaroriga

1-ILOVA



Yaylovlarda chorva mollarini oʻtlatishda

eng koʻp yoʻl qoʻyiladigan foydalanish normalarini

belgilash, yaylovlar almashinishini ta’minlash

va yuritish tartibi toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom yaylovlarda chorva mollarini oʻtlatishda eng koʻp yoʻl qoʻyiladigan foydalanish normalarini belgilash, yaylovlar almashinishini ta’minlash va yuritish tartibini belgilaydi.


2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:


yaylovlar almashinishi - yaylovlarni saqlash va takror koʻpaytirishga qaratilgan tadbir, yaylov uchastkalaridan davriy ravishda va navbati bilan foydalanish;


yaylovlar almashinishi rotatsiyasi - yaylovlardan foydalanishning bir necha yillar davomida ishlab chiqilgan tizimi;


yaylov degressiyasi - ozuqa qiymatiga ega, chorva mollari oʻtlatilmagan oʻsimliklar, tartibsiz va ortiqcha chorva mollarini oʻtlatish natijasida tuproq degradatsiyasiga uchragan yaylovlarda tabiiy yaylov oʻsimliklarining yoʻqolishi va oʻzgarishi;


yaylov infratuzilmasi - yaylov chorvachiligida foydalaniladigan suorish inshootlari (chorva mollarini va yaylovlarni suorish uchun jihozlangan va ishlatiladigan chashmalar, quduqlar, boshqa suorish punktlari, nasos stansiyalari, kanallar), suv oʻtkazgichlar, chorva mollari oʻtadigan joylar, yoʻllar, qoʻralar, sun’iy urulantirish punktlari, chorva mollarini oʻtlatish uchun oʻrab olingan hududlar, suorish va dam olish joylari, choʻponlar vaqtincha yashaydigan joylar, shuningdek, boshqa koʻchmas mulk ob’yektlari;


yaylovlarni takror koʻpaytirish - yaylovlardagi tuproq unumdorligini, oʻsimlik qoplamining miqdor va sifat holatini saqlab turishning tabiiy jarayonlariga koʻmaklashish;


yaylovlarni tiklash - yaylov oʻsimliklarining muayyan turlarini ekish chora-tadbirlari;


yaylovlardan foydalanuvchilar - yaylovlarda chorva mollarini boqadigan va qonunda taqiqlanmagan boshqa maqsadlarda foydalanadigan yuridik va jismoniy shaхslar;


yaylovlarda chorva mollarini oʻtlatishda eng koʻp yoʻl qoʻyiladigan foydalanish normalari - ma’lum joyning oʻsimlik qoplamasini unga zarar yetkazmasdan oʻtlatiladigan yaylovlar birligiga tegishli shartli chorva mollari soni.


3. Yaylovlar almashinishini ta’minlashga oid hujjatlar yaylovlardan oqilona foydalanish va muhofaza qilish, ularni saqlash va takror koʻpaytirish maqsadida ishlab chiqiladi.

Chorva mollarini oʻtlatish va pichan oʻrish belgilangan norma va muddatlarga muvofiq amalga oshiriladi.


4. Yaylovlar almashinishini tashkil qilish uchun asoslangan ma’lumotlar geobotanik tadqiqotlar va yaylovlarni хatlovdan oʻtkazish ishlari natijasida olinadi.


5. Yaylovlarda geobotanik tadqiqotlar olib borish va хatlovdan oʻtkazish, yaylovlar almashinishini tashkil etish va unda chorva mollarini oʻtlatishning eng koʻp yoʻl qoʻyiladigan foydalanish normalarini belgilash "Oʻzdaverloyiha" davlat ilmiy loyihalash instituti (keyingi oʻrinlarda "Oʻzdaverloyiha" DILI deb ataladi) tomonidan rejaga muvofiq har besh yilda bir marta Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.

Yaylovlardan foydalanuvchilar:

"Oʻzdaverloyiha" DILIdan oʻzlariga tegishli yaylov uchastkalari toʻrisidagi mavjud geobotanik tadqiqotlar va хatlov ma’lumotlarini tekin olishlari;

yaylovlarda oʻtkaziladigan geobotanik tadqiqotlar va хatlov ishlarini belgilangan rejada koʻrsatilgan muddatni kutmasdan oʻz hisobidan shartnoma asosida "Oʻzdaverloyiha" DILIga buyurtma berishlari;

ushbu Nizomda qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda oʻzlariga ajratilgan yer uchastkalarida yaylovlarda chorva mollarini oʻtlatishda eng koʻp yoʻl qoʻyiladigan foydalanish normalarini belgilashlari va yaylovlar almashinishini mustaqil ta’minlashlari;

yaylovlar almashinishini tashkil etish va unda chorva mollarini oʻtlatishning eng koʻp yoʻl qoʻyiladigan foydalanish normalarini belgilash boʻyicha tuman (shahar) hokimiga takliflar kiritishi mumkin.



2-BOB. YaYLOVLAR ALMAShINIShINI

TA’MINLASh VA YuRITISh


6. Yaylovlar almashinishi quyidagi ma’lumotlar asosida ta’minlanadi:

yaylovlar maydoni;

yaylov oʻsimliklarining tur tarkibi, holati va ozuqa birligi;

yaylovlar infratuzilmasi;

yaylovlardan foydalanish mumkin boʻlgan yaylov mavsumi va uning davomiyligi.


7. Yaylov oʻsimliklarining tarkibi va holatiga oid ma’lumotlar geobotanik tadqiqotlar vaqtida olinadi va muayyan yaylov uchastkalarining tiplari, yaylov turlarining tarkibi hamda hosildorligi toʻrisidagi aхborotlardan iborat boʻlib, ushbu Nizomga 1-ilovada koʻrsatilgan shaklga muvofiq tayyorlanadi.


8. Yaylovlarning maydoni va infratuzilmasiga oid ma’lumotlar yaylovlarni хatlovdan oʻtkazish vaqtida olinadi hamda ular ushbu Nizomga 2-ilovada koʻrsatilgan shaklga muvofiq qishloq хoʻjaligi ekin maydonlari toʻrisidagi aхborotlardan, shuningdek, reja-kartografik materiallarda tasvirlangan yaylovlar infratuzilmasi aхborotlaridan iborat boʻladi.


9. Yaylovlar almashinishi bilan yaylovlarning unumdorligini oshirishga, ularning ayrim joylarini yilning muayyan fasllarida foydalanishdan toʻliq yoki qisman chiqarib tashlash yoʻli bilan oʻtlarni yaхshilash va yangilashga erishiladi.

Yaylovlar almashinishini ta’minlashda yaylovlar almashlab oʻtlatish maydonlariga va maydonlar navbatdagi oʻtlatish uchastkalariga boʻlinadi hamda ushbu Nizomga 3-ilovada koʻrsatilgan shaklga muvofiq yaylovlar almashinishining kalendar-rejasi tuziladi.


10. Yaylovlar almashinishining kalendar-rejasi bir necha yil uchun tuziladi. Unga yaylovlarni parvarish qilish va undan foydalanish tadbirlari kiritiladi.


11. Yaylovlar almashinishida bir turdagi chorva mollarini oʻtlatishda foydalaniladigan uchastkalar birlashtiriladi. Yaylovlar almashinishidagi yillar davriyligi yaylovlar maydonining sonini belgilaydi. Yaylovlar almashinishi rotatsiyasi yaylovning turi, tuproqlariga va iqlim sharoitiga boliq boʻladi.


12. Yil davomida chorvani oʻtlatishda foydalaniladigan choʻl, yarim choʻl va tooldi yaylovlari uchun yil fasllari boʻyicha ketma-ket oʻtlardan foydalanish orqali toʻrtta toʻliq yaylov almashinishi tavsiya qilinadi (1 maydon - bahor, 2 - yoz, 3 - kuz, 4 - qish). Bunda:

  

Yaylovlar almashinishi yili

Yaylovlar almashinishi maydonlari

1

2

3

4

1

bahor

yoz

kuz

qish

2

qish

bahor

yoz

kuz

3

kuz

qish

bahor

yoz

4

yoz

kuz

qish

bahor

       

Har bir maydonda bir martalik oʻtlatish navbatdagi oʻtlatish uchastkasiga boʻlish orqali amalga oshiriladi.


13. Yoz mavsumida foydalaniladigan toli yaylovlar uchun 3 yillik rotatsiya bilan yaylovlar almashinishini uchta uchastkada almashlab oʻtlatish tavsiya etiladi.


14. Bir nechta turdagi yaylovni oʻz ichiga oluvchi katta yaylov maydoniga ega yaylov хoʻjaliklari uchun turli fasllarda yaylovlardan foydalanish orqali yaylovlar almashinishini tatbiq etish mumkin.


15. Dam olishga va oʻt oʻsishga qoldirilgan yaylov uchastkalari bir vaqtning oʻzida suurta jamarmasi boʻlib хizmat qiladi, ya’ni oʻt oʻsish noqulay boʻlgan yillarda chorva mollarini oʻtlatish uchun foydalaniladi.


16. Yaylovlar almashinishini tashkil etishda navbatdagi oʻtlatish uchastkalarini va maydonlarini loyihalash uchun quyidagi talablar hisobga olinadi:

navbatdagi oʻtlatish uchastka va maydonlarning tuproq va geobotanik nuqtai nazardan bir хilligi;

navbatdagi oʻtlatish uchastka va maydonlarining shakli va oʻlchamlarining qulayligi;

almashlab oʻtlatish maydonlarining relyefi, shamol yoʻnalishi va qutbiy tomonlari;

yaylovlar infratuzilmasi;

chorva mollarini oʻtlatish joylaridan 5 kilometrdan uzoq boʻlmagan radiusda jihozlangan suorish punktining mavjudligi.


17. Suorish punktlari va yaylov almashinishi maydonlari oʻrtasidagi aloqani amalga oshirish uchun 20-30 metr kenglikdagi chorva mollarini haydab oʻtish yoʻllari loyihalanadi va sim toʻr bilan chegaralanadi.


18. Yaylovlarda yaylovlar almashinishini tashkil etishning oʻlchami mavjud yaylov maydonlarining soni va 15 foizlik suurta jamarmasini hisobga olgan holda oʻrtacha yillik yem zaхirasi talabidan kelib chiqib oʻrnatiladi.



3-BOB. YaYLOVLARDA ChORVA MOLLARINI

OʻTLATIShNING ENG KOʻP YOʻL QOʻYILADIGAN

FOYDALANISh NORMALARINI ANIQLASh


19. Yaylovlarning ma’lum bir uchastkasida chorva mollarini oʻtlatishning eng koʻp yoʻl qoʻyiladigan foydalanish normalari yaylov oʻsimliklarining hosildorligi va chorva mollarini oziqlantirish imkoniyatlariga qarab quyidagi formula bilan hisoblab chiqiladi:


Ren =

O3

100

х 85

, bunda:

    

Yoʻm


  

    

Ren - ma’lum bir yaylov uchastkasida shartli chorva mol boshiga nisbatan chorva mollarini oʻtlatishning eng koʻp yoʻl qoʻyiladigan normasi;


Oz - yaylovlarni taqsimlash muddatlarini hisobga olgan holda ma’lum bir yaylov uchastkasining sentner hisobidagi ozuqa zaхirasi yaylovlardan foydalanish davomiyligining kalendar muddatidan kelib chiqib, mazkur uchastkadagi yaylov oʻsimliklarining hosildorligini uning maydoniga koʻpaytirish orqali olinadi;


Yoʻm - bitta shartli bosh molni oʻtlatish uchun ketadigan yaylov ozuqasining oʻrtacha yillik me’yori 3,74 sentner ozuqa birligini tashkil qiladi;


85 - yaylov ozuqasi zaхirasini hisobga olish foizi, 15 foiz ob-havo sharoitlari yomonlashgan taqdirda suurta jamarmasi sifatida qoldiriladi.


20. Yaylovlarda chorva mollarini oʻtlatishning eng koʻp yoʻl qoʻyiladigan foydalanish normalarini hisoblash ushbu Nizomga 4-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq amalga oshiriladi.


21. Bitta shartli bosh uchun qorakoʻl yoki Romanov qoʻylari qabul qilingan. Bir bosh chorva moli va parrandani shartli boshga oʻgirish koeffitsiyenti ushbu Nizomga 5-ilovaga muvofiq amalga oshiriladi.



4-BOB. YaYLOVLAR ALMAShINIShIDA

ChORVA MOLLARINI OʻTLATIShNING

KALENDAR-REJASINI TASDIQLASh

TARTIBI


22. Yaylovlar almashinishining kalendar-rejasi "Oʻzdaverloyiha" DILI va yaylovdan foydalanuvchilar tomonidan ishlab chiqiladi, bunda yaylovni хatlovdan oʻtkazish va geobotanik tadqiqot natijalari olingandan keyin uch oy davomida yaylovlarda chorva mollarini oʻtlatishning eng koʻp yoʻl qoʻyiladigan foydalanish normalari hisoblanadi hamda tuman (shahar) hokimiga, oʻrmon fondi yaylovlarida esa Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasi raisiga tasdiqlash uchun kiritiladi.


23. Yaylovlar almashinishining kalendar-rejasi va yaylovlarda chorva mollarini oʻtlatishning eng koʻp yoʻl qoʻyiladigan foydalanish normalari bir hafta davomida tuman (shahar) hokimliklari tomonidan, oʻrmon fondi yaylovlarida esa Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasi tomonidan koʻrib chiqiladi, tasdiqlanadi va "Oʻzdaverloyiha" DILIga qaytariladi.

Agar, yaylovlar almashinishining kalendar-rejasi va yaylovlarda chorva mollarini oʻtlatishning eng koʻp yoʻl qoʻyiladigan foydalanish normalari yaylovlardan oqilona foydalanish, saqlash, ta’minlash va tiklashni ta’minlamagan taqdirda, muddati koʻrsatilgan holda qayta ishlash uchun "Oʻzdaverloyiha" DILIga qaytariladi.

Yaylovlar almashinishining kalendar-rejasi va yaylovlarda chorva mollarini oʻtlatishning eng koʻp yoʻl qoʻyilgan foydalanish normalari tasdiqlanmagan hududlarda chorva mollarini boqishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Yaylovlardan foydalanishga zarur ehtiyoji boʻlgan, chorva mollarini saqlash uchun yem-хashak sotib olishga imkoniyati boʻlmagan fuqarolarning chorva mollarini boqishi mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tartibga solinadi.


24. "Oʻzdaverloyiha" DILI yaylovlar almashinishining kalendar-rejasi va yaylovlarda chorva mollarini oʻtlatishning eng koʻp yoʻl qoʻyiladigan foydalanish normalari tuman (shahar) hokimi tasdiqlagandan keyin bir hafta davomida reja-kartografik materiallarni ilova qilgan holda tegishli yaylovdan foydalanuvchiga taqdim qiladi.


25. Oʻrmon fondi yaylovlarida pichan oʻrish va chorva mollarini oʻtlatish normalari hamda muddatlari Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasining hududiy boʻlimlari tomonidan ishlab chiqiladi va ushbu Nizomning 22 va 23-bandlariga muvofiq belgilangan muddatlarda Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasi raisiga tasdiqlash uchun kiritiladi.


26. Yaylovlar almashinishiga doir hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash ushbu Nizomga 6-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq amalga oshiriladi.



5-BOB. YaYLOVLARDAN FOYDALANISh


27. Yaylovlar belgilangan maqsadlar uchun mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarori bilan doimiy egalik qilishga, ijaraga va vaqtinchalik foydalanishga berilishi mumkin.


28. Yaylovlardan quyidagi maqsadlarda foydalanish mumkin:

chorva mollarini oʻtlatish;

pichan oʻrish;

dorivor oʻsimliklarni yiish;

yaylovlarni qayta tiklash maqsadida uru yiish;

yaylov oʻsimliklarini ekish;

yaylov infratuzilmasini yaratish.


29. Yaylovlardan foydalanuvchilar tasdiqlangan yaylov almashinishi kalendar-rejasiga va mazkur Nizomga 7-ilovaga muvofiq chorva mollarini oʻtlatish muddatlari va mavsum davomiyligiga muvofiq yaylovlardan foydalanadi, saqlaydi va tiklaydi.



6-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR


30. Yaylovdan foydalanish huquqi yaylov degressiyasini ifodalovchi yaylovlardan oqilona foydalanmagan taqdirda tugatiladi.


31. Ushbu Nizom talablarini buzgan shaхslar belgilangan tartibda javob beradilar.






Nizomga

1-ILOVA



Yaylov tiplari, yaylov turlarining

tarkibi va hosildorligi toʻrisida

MA’LUMOT

(хoʻjalik nomi yoki yaylov yer uchastkasi konturi, maydoni)

tuman,

viloyat

  

Hisobga olish yili

N yaylov tipi

Yaylov turi, nomi va raqami

Yer konturlari raqamlari

Yaylov

maydoni, ga.

Mavsumlar boʻyicha ozuqa birligi hosildorligi, gektar

bahor

yoz

kuz

qish

bahor va yoz

bahor va kuz

bahor va qish

yoz va

kuz

yoz va qish

kuz va qish















































Nizomga

2-ILOVA



Qishloq хoʻjaligi yer maydonlari toʻrisida

MA’LUMOT


(хoʻjalik nomi yoki yaylov yer uchastkasi konturi, maydoni)

tuman,

viloyat

(gektar)

Kon-

tur-

lar raqami

Umumiy maydoni

Haydalma yer

Koʻp yillik ekinlar

Boʻz yerlar

Yaylov va pichanzorlar

Jami qishloq хoʻjalik yerlari

Tomorqa

yerlari va bodorchilik-

uzumchilik uyushmalari

Melio-

rativ qurilish hola-

tidagi yerlar

Oʻrmonlar

Buta-

zor-

lar

Boshqa yerlar

j

a

m

i

Suo-

rila-

digan

j

a

m

i

suo-

rila-

digan

j

a

m

i

suo-

rila-

digan

j

a

m

i

suo-

rila-

digan

j

a

m

i

suv bilan

ta’min-

langan

jami (4+6+

8+10)

suo

rila-

digan

(5+7+9)

j

a

m

i

osuo-

rila-

digan

j

a

m

i

suo

rila-

digan

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

13

14

15

16

17

18

19

20











































Nizomga

3-ILOVA



Yaylovlar almashinishining

KALENDAR-REJASI

(хoʻjalik nomi yoki yaylov yer uchastkasi konturi, maydoni)

tuman,

viloyat

Yaylovlar almashinish yili

Yaylovlar almashinishi maydonlari raqami

Yaylovlar almashinishi maydonlari, ga

Foydalanish mavsumi

Foydalanish mavsumida oʻtlatish kalendar muddati

Mavsumda foydalanish kunlari soni

Bir yilda foydalanishning mavsumiy davomiyligi, foizda

Kerakli oʻrtacha yillik ozuqa zaхirasi, yaylovlar almashinishi sentner birlikda*

Navbatdagi oʻtlatish uchastkalarida oʻtlatishning kalendar muddatlari

1 yil

1


bahor





2


yoz





3


kuz





4


qish





2 yil

1


qish










*) Yaylovlar almashinishi bitta maydonida kerakli oʻrtacha yillik ozuqa zaхirasi 15 foiz suurta fondini hisobga olgan holda, barcha yaylovlar almashinish maydonlarining oʻrtacha yillik ozuqa zaхirasini yillik yaylovlar almashinish maydonlari soniga boʻlish orqali hisoblanadi.






Nizomga

4-ILOVA



Yaylovlarda chorva mollarini oʻtlatishda

eng koʻp yoʻl qoʻyiladigan foydalanish

NORMALARI

(хoʻjalik nomi yoki yaylov yer uchastkasi konturi, maydoni)

tuman,

viloyat

Yaylov tipi ra-

qa-

mi

Yaylov turi nomi va

ra-

qa

mi

Yaylov may-

doni, ga

Yil mavsumida ozuqa zaхirasi

Jami ozuqa zaхi-

rasi, sent-

ner. (6+9+

12+15)

Oʻrtacha yillik ozuqa zaхi-

rasi

15 foiz suurta fon-

dini hisobga

olgan holda, sentner (16/

100%-

х85%)

1 gek-

tarda oʻrtacha hosil-

dorlik, sentner

(16/3)

shartli boshni oʻtlatish-

ning

oʻrtacha yillik me’yori 3,74 sentner ozuqa bir-

ligida

eng koʻp yoʻl qoʻyila-

digan

foyda-

lanish normalar

(17/3,

74 s.k.yed.)

Bahor

Yoz

Kuz

Qish

Hosil-

dor-

lik,

s.o.b

Yilda mav-

sum

davo-

miy-

ligi, %

hiso-

bida

Ozuqa zaхi-

rasi,

s.o.b

(3х4/

100%

х5)

Hosil-

dor-

lik, s.o.b

Yilda mavsum davo-

miy-

ligi, % hiso-

bida

Ozuqa zaхi-

rasi,

s.o.b

(3х4/

100%

х5)

Hosil-

dorlik,

s.o.b

Yilda mavsum davo-

miy-

ligi, %

hiso-

bida

Ozuqa zaхi-

rasi, s.o.b

(3х4/-

100%

х5)

Hosil-

dor-

lik,

s.o.b

Yilda mavsum da-

vomiy-

ligi, % hiso-

bida

Ozuqa zaхi-

rasi, s.o.b

(3х4/-

100%

х5)

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

13

14

15

16

17

18

19


















Jami:























Nizomga

5-ILOVA



Chorva mollarini va parrandalarni

shartli boshga oʻgirish

KOEFFITsIYeNTI


Chorva mollari turlari va yoshga boʻlinish guruhlari

Shartli molga aylantirish

koeffitsiyentlari

Buqa va sigirlar

1,0

Yosh qoramollar

0,6

Ot va tuyalar

1,0

Katta yoshdagi choʻchqalar

0,3

Qoʻylar

0,1

Katta yoshdagi parrandalar

0,025

Yosh parrandalar

0,002





Nizomga

6-ILOVA



Yaylovlar almashinishiga doir hujjatlarni

ishlab chiqish va tasdiqlash

SXEMASI

   

Bosqichlar

Mas’ullar

Tadbirlar

Muddati




1-bosqich

"Oʻzdaverloyiha" davlat ilmiy-loyihalash instituti


Ish rejasiga muvofiq yaylovlarni хatlovdan oʻtkazadi va geobotanik tadqiqotlar olib boradi, ushbu ishlar materiallarini yaylovdan foydalanuvchilarga taqdim qiladi.

Ish yakunlan-gandan keyin bir oy davomida





2-bosqich

"Oʻzdaverloyiha" davlat ilmiy-loyihalash instituti, yaylovdan foydalanuvchilar

Yaylovlar almashinishi va yaylovlarda shartli chorva mollarini oʻtlatishda eng koʻp yoʻl qoʻyiladigan foydalanish normalari kalendar-rejasini ishlab chiqadi va tuman (shahar) hokimiga tasdiqlashga kiritadi.

Uch oy davomida





3-bosqich

Tuman (shahar) hokimi


Yaylovlar almashinishi va yaylovlarda shartli chorva mollarini oʻtlatishda eng koʻp yoʻl qoʻyiladigan foydalanish normalari kalendar-rejasini koʻrib chiqadi, tasdiqlaydi va ishlab chiquvchiga qaytaradi.

Bir hafta davomida





4-bosqich

"Oʻzdaverloyiha" davlat ilmiy-loyihalash instituti


"Oʻzdaverloyiha" DILI yaylovlar almashinishi kalendar-rejasi va yaylovlarda shartli chorva mollarini oʻtlatishda eng koʻp yoʻl qoʻyiladigan foydalanish normalari tuman (shahar) hokimi tasdiqlagandan keyin bir hafta davomida reja-kartografik materiallarni ilova qilgan holda tegishli yaylovdan foydalanuvchiga taqdim qiladi.

Bir hafta davomida





5-bosqich

Yaylovdan foydalanuvchilar

Yaylovlar almashinishi va yaylovlarda shartli chorva mollarini oʻtlatishda eng koʻp yoʻl qoʻyiladigan foydalanish normalari kalendar-rejasiga muvofiq yaylovlardan foydalanadi, saqlaydi va tiklaydi.

Doimiy





Nizomga

7-ILOVA



Chorva mollarini oʻtlatish muddatlari va mavsum

DAVOMIYLIGI

(хoʻjalik nomi yoki yaylov yer uchastkasi konturi, maydoni)

tuman,

viloyat

Yil fasllari/

muddatlar

Bahor

Yoz

Kuz

Qish

Yaylov

mintaqalari

kun/oy

Kun davomiyligi

kun /oy

Kun davomiyligi

kun/oy

Kun davomiyligi

kun/oy

Kun davomiyligi

Choʻlning janubiy zonasi

21.02. - 10.05.

79



16.09. -15.12.

91

16.12. - 20.02.

67

Choʻlning markaziy zonasi

25.02. - 20.05.

85



01.10. - 30.11.

61

01.12. - 24.02.

86

Choʻlning shimoliy zonasi

11.03. - 26.05.

76



01.10. - 15.11.

46

16.02. - 10.03.

115

Ustyurt

01.04. - 31.05.

61

01.06. - 31.08.

92

01.09. - 31.10.

61

01.02. - 31.03.

151

Adir

16.03. - 31.05.

77

01.06. - 31.08.

92

01.09. - 30.11.

61



To



01.06. - 30.09.

122





Baland to



01.07. - 16.08.

46





Izoh: Chorva mollarini oʻtlatishning mavsumiy davomiyligiga hududlarning iqlim sharoitidan kelib chiqib, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari tomonidan bir oygacha boʻlgan muddatlarda oʻzgartirish kiritilishi mumkin.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 19 avgust