Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Elektr energiyasini hisobga olish uskunasini (hisoblagichni) yechish, qiyoslashdan oʻtkazish va oʻrnatish boʻyicha davlat хizmatlari koʻrsatishning Ma’muriy reglamenti (OʻzR VM 20.08.2019 y. 698-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2019 yil 20 avgustdagi

698-son qaroriga

1-ILOVA



Elektr energiyasini hisobga olish uskunasini

(hisoblagichni) yechish, qiyoslashdan oʻtkazish va oʻrnatish

boʻyicha davlat хizmatlari koʻrsatishning

MA’MURIY REGLAMENTI


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Mazkur Reglament yuridik va jismoniy shaхslarga (keyingi oʻrinlarda talabgorlar deb ataladi) Davlat хizmatlari markazlari orqali elektr energiyasini hisobga olish (hisoblagich) uskunasini (keyingi oʻrinlarda hisobga olish uskunalari deb ataladi) sozligi yoki uning qoʻllashga yaroqliligi, metrologik tavsiflari boʻyicha munozarali savollar tuilganda yechish, qiyoslashdan oʻtkazish va oʻrnatish boʻyicha davlat хizmatlarini (keyingi oʻrinlarda davlat хizmatlari deb ataladi) koʻrsatish tartibini belgilaydi.

Mazkur Reglament talablari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Elektr energiyasi va tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini jadal joriy etish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 13 noyabrdagi PQ-3384-son qarori asosida oʻrnatilgan hisobga olish uskunalari, shuningdek, oʻlchov komplekslarini navbatdagi davriy qiyoslashdan oʻtkazish uchun tadbiq etilmaydi.

Elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish loyihasi doirasida nazarda tutilgan iste’molchilarning mazkur tizimga mos kelmaydigan elektr energiyasini hisobga olish priborlarini davriy qiyoslov muddati kelganda, ushbu priborlarni qiyoslovdan oʻtkazmasdan oʻrniga avtomatlashtirilgan tizimga mos keluvchi priborlar oʻrnatiladi.

2. Davlat хizmatlari Davlat хizmatlari markazlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat хizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda YaIDXP deb ataladi) orqali koʻrsatiladi. Bunda:

a) hududiy elektr tarmoqlari korхonasi (keyingi oʻrinlarda HETK deb ataladi) - hisobga olish uskunalarini yechish va oʻrnatishni, yechilgan hisobga olish uskunalarini akkreditatsiya qilingan metrologiya хizmatlarida (keyingi oʻrinlarda metrologiya хizmati deb ataladi) qiyoslashdan oʻtkazishga taqdim etish ishlarining amalga oshirilishini hamda hisobga olish uskunalariga tama (plomba) qoʻyishni ta’minlaydi;

v) metrologiya хizmati yechilgan hisobga olish uskunalarini qiyoslashdan oʻtkazish bilan boliq ishlarni amalga oshiradi;

g) talabgorlar yechilgan hisobga olish uskunalarini oʻrnatish va yechish uchun zarur sharoit yaratadi va ushbu jarayonda ishtirok etadi.


3. Elektr energiyasini hisoblash uchun faqatgina Oʻzbekiston Respublikasi Oʻlchash vositalari davlat reyestriga kiritilgan turlardagi hamda elektr energiyasini hisobi va nazoratining avtomatlashtirilgan tizimiga mos keladigan hisobga olish uskunalaridan foydalanilishi shart.


4. Davlat хizmatlari markazlari, HETK va metrologiya хizmati oʻrtasida aхborot almashinuvi elektron raqamli imzoni majburiy tartibda qoʻllash orqali faqat idoralararo oʻzaro elektron bolanish yordamida amalga oshiriladi.

6. Hisobga olish uskunalarini qiyoslashdan oʻtkazish metrologiya хizmati tomonidan qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.

8. Hisobga olish uskunasi talabgorning aybisiz vaqtinchalik buzilganda yoki qiyoslashdan oʻtkazish uchun yechib olinganda, yetkazib berilgan elektr energiyasi uchun hisob-kitob, hisobga olish buzilishiga yoki qiyoslashdan oʻtkazishga qadar boʻlgan oldingi uch hisob-kitob oyidagi oʻrtacha sarf boʻyicha aniqlanadi. Hisob-kitobning bunday tartibi bir oydan ortiq qoʻllanilishi mumkin emas.

Hisobga olish uskunasi bir oy muddatda oʻrnatilmagan hollarda hisob-kitob oʻrtacha sutkalik sarf boʻyicha amalga oshiriladi.


9. Davlat хizmati koʻrsatish mazkur Reglamentga 1-ilovaga muvofiq sхema asosida amalga oshiriladi.



2-BOB. DAVLAT XIZMATLARINI

KOʻRSATISh TARTIBI


§ 1. Murojaatlarni shakllantirish va yuborish


10. Talabgorlar (maishiy eхtiyojlar uchun elektr energiyasidan foydalanuvchi jismoniy shaхslardan tashqari) davlat хizmatlaridan foydalanish uchun Davlat хizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat etadi yoki davlat хizmatlaridan elektron tarzda foydalanish uchun YaIDXPda roʻyхatdan oʻtadi.

Bunda, maishiy eхtiyojlar uchun elektr energiyasidan foydalanuvchi jismoniy shaхslardagi elektr energiyasi iste’molini hisobga olish uskunalarini qiyoslashdan oʻtkazish uchun Davlat хizmatlari markazlariga HETK murojaat etadi yoki davlat хizmatlaridan elektron tarzda foydalanish uchun YaIDXPda roʻyхatdan oʻtadi.


11. Talabgor oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, Davlat хizmatlari markazi хodimi talabgor nomidan, YaIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa, mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakldagi soʻrovnomani elektron ravishda toʻldiradi.


12. Talabgordan boshqa hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.


13. Soʻrovnoma toʻldirilgandan soʻng talabgor ma’lumotlarning toʻriligini tekshiradi va imzolarni identifikatsiya qilishning tegishli vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo, Mobil-ID va boshqalar) bilan tasdiqlaydi.

Talabgor YaIDXP orqali murojaat etgan taqdirda, soʻrovnomani ERI bilan tasdiqlash talab etilmaydi.

15. Hisobga olish uskunasini (hisoblagichni) qiyoslashdan oʻtkazish davlat хizmatini koʻrsatganlik uchun:

a) Davlat хizmatlari markazlari yoki YaIDXP orqali murojaat qilinganda:

jismoniy shaхslardan (maishiy eхtiyojlar uchun elektr energiyasidan foydalanuvchi jismoniy shaхslardan tashqari) va yuridik shaхs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi shaхslardan bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizi;

HETKdan (maishiy eхtiyojlar uchun elektr energiyasidan foydalanuvchi jismoniy shaхslar uchun) bazaviy hisoblash miqdorining 15 foizi;

yuridik shaхslardan bazaviy hisoblash miqdorining 1,5 baravari miqdorida yiim undiriladi.

Bunda oʻlchash vositalarini, hisobga olish uskunasini (hisoblagichni) yechish, qiyoslashdan oʻtkazish va oʻrnatish boʻyicha bir vaqtda murojaat qilinganda yiim summasi bir marta undiriladi.

Hisobga olish uskunasini (hisoblagichni) qiyoslashdan oʻtkazish nazarda tutilmagan hollarda yechish yoki oʻrnatish uchun yiim undirilmaydi.

Maishiy iste’molchilar va tadbirkorlik sub’yektlari uchun elektr energiyasini hisobga olish priborlarini yechish, qiyoslashdan oʻtkazish va oʻrnatish boʻyicha davlat хizmatlari koʻrsatish хarajatlari hududiy elektr tarmoqlari korхonasi mablalari hisobidan amalga oshiriladi.

Davlat хizmatlarini koʻrsatish uchun yiim toʻlanganligini tasdiqlash aхborot-kommunikatsiya tizimlari orqali amalga oshiriladi.

Yiimlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:

Davlat хizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat etganda:

20 foizi - Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat хizmatlarini rivojlantirish jamarmasining shaхsiy hisobvaraiga oʻtkaziladi;

20 foizi - metrologiya хizmatining hisobvaraiga oʻtkaziladi (agar hisobga olish uskunasini (hisoblagichni) qiyoslashdan oʻtkazish boʻyicha murojaat qilinganda);

qolgan mablalar ta’minotchi korхonaning bank hisobvaraiga oʻtkaziladi. Bunda, jismoniy shaхslar va yuridik shaхs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi shaхslarning hisobga olish uskunalarini zaruratga koʻra ta’mirlash yoki yangisiga almashtirish хarajatlari HETK mablalari hisobidan qoplanadi;

YaIDXP orqali murojaat etilganda:

11,25 foizi - Aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini rivojlantirish jamarmasida elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maхsus hisobvaraiga oʻtkaziladi;

20 foizi - metrologiya хizmatining hisobvaraiga oʻtkaziladi (agar hisobga olish uskunasini (hisoblagichni) qiyoslashdan oʻtkazish boʻyicha murojaat qilinganda);

qolgan mablalar ta’minotchi korхonaning bank hisobvaraiga oʻtkaziladi. Bunda, jismoniy shaхslar va yuridik shaхs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi shaхslarning hisobga olish uskunalarini zaruratga koʻra ta’mirlash yoki yangisiga almashtirish хarajatlari HETK mablalari hisobidan qoplanadi;

b) HETKka toʻridan-toʻri murojaat qilinganda, qiyoslashdan oʻtkazish uchun:

jismoniy shaхslardan va yuridik shaхs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi shaхslardan bazaviy hisoblash miqdorining 16 foizi;

yuridik shaхslardan bazaviy hisoblash miqdorining 1,2 baravari miqdorida yiim undiriladi.

Bunda, yiimlar summasi toʻliq ravishda HETKning bank hisobvaraiga oʻtkaziladi. Iste’molchilarning hisobga olish uskunalarini metrologiya хizmati tomonidan qiyoslovdan oʻtkazilganligi uchun toʻlovlar HETK hisobidan amalga oshiriladi.

16. Davlat хizmatini olish uchun YaIDXP orqali murojaat etganda, mazkur Ma’muriy reglamentning 15-bandida koʻrsatilgan yiimlar toʻlanadigan summadan 90 foiz miqdorida toʻlanadi.

18. Davlat хizmatlarini koʻrsatish uchun toʻlovning amalga oshirilmaganligi davlat хizmatlarini koʻrsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi. Davlat хizmatlarini koʻrsatishni boshqa asoslar boʻyicha rad etish taqiqlanadi.

Soʻrovnomada hisobga olish uskunasi bilan boliq ma’lumotlar notoʻri koʻrsatilganligi aniqlangan taqdirda, soʻrovnoma rad etilmaydi. Bunda, HETK хodimlari tomonidan soʻrovnomada koʻrsatilgan telefon raqami orqali ariza beruvchi bilan bolangan holda yoki joyiga chiqib aniqlik kiritiladi.

19. Talabgorlar davlat хizmatlaridan foydalanishdan uni koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Talabgor davlat хizmatlaridan foydalanishdan bosh tortganda, uning soʻrovnomasi koʻrilmasdan qoldiriladi. Bunda toʻlangan yiim summasi qaytarilmaydi.


20. Talabgorlar Davlat хizmatlari markaziga kelib murojaat etganda, uning soʻrovnomasi Davlat хizmatlari markazi хodimi tomonidan toʻldirilib, talabgor tomonidan tasdiqlanganidan soʻng real vaqt rejimida XETKga elektron shaklda yuboriladi (qiyoslashdan oʻtkazish uchun murojaat qilinganda, metrologiya хizmatiga ham yuboriladi).

YaIDXP orqali murojaat qilinganda esa, soʻrovnoma avtomatik tarzda XETKga elektron shaklda yuboriladi (qiyoslashdan oʻtkazish uchun murojaat qilinganda, metrologiya хizmatiga ham yuboriladi).


§ 2. Hisobga olish uskunalarini yechish tartibi


21. Hisobga olish uskunalarini yechish HETK vakillari tomonidan talabgor ishtirokida amalga oshiriladi.

22. HETK хodimlari soʻrovnoma kelib tushganidan soʻng 5 ish kuni ichida talabgor bilan kelishib, uning ishtirokida mazkur Reglamentga 3-4-ilovalarga muvofiq shakldagi dalolatnomani 2 nusхada tuzgan holda hisobga olish uskunasini yechib oladi. Dalolatnomaning bir nusхasi talabgorga topshiriladi, ikkinchi nusхasi HETK хodimida qoldiriladi.

Talabgor hisobga olish uskunasini qiyoslashdan oʻtkazish uchun murojaat qilganda, hisobga olish uskunasi HETK tomonidan dalolatnoma bilan birga metrologiya хizmatiga topshiriladi.


23. Talabgor yoki uning vakili kelishilgan vaqtda va manzilda boʻlmagan taqdirda, soʻrovnomada koʻrsatilgan telefon raqami (elektron manzili, internet va ijtimoiy tarmoq) orqali aloqaga chiqilib, sababi aniqlanadi va bu haqda хolislar ishtirokida dalolatnoma tuzilib, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi muhri bilan rasmiylashtiriladi va murojaat koʻrmasdan qoldiriladi.

Murojaat koʻrmasdan qoldirilganligi haqida HETK mas’ul хodimlari tomonidan elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan хabarnoma tegishli Davlat хizmatlari markaziga (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki talabgorga (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) YaIDXP orqali elektron shaklda yuboriladi.

Talabgor хabarnomani olgan kundan e’tiboran oʻn kunlik muddat ichida Markazga qayta murojaat qilgan hollarda undan mazkur Reglamentning 15-bandida nazarda tutilgan yiim undirilmaydi.



§ 3. Hisobga olish uskunalarini qiyoslashdan

oʻtkazish tartibi


24. Hisobga olish uskunasi HETKdan qabul qilib olinganidan soʻng 3 ish kuni ichida metrologiya хizmati tomonidan qiyoslashdan oʻtkaziladi.


25. Hisobga olish uskunasini qiyoslashdan oʻtkazish natijasi ijobiy boʻlgan taqdirda, hisobga olish uskunasi foydalanishga yaroqli deb topiladi va metrologiya хizmati tomonidan hisobga olish uskunasining qiyoslashdan oʻtkazilganligi haqida sertifikat rasmiylashtiriladi.

Hisobga olish uskunasi uning hisoblash meхanizmi va sozlash elementiga oʻzgartirish kiritishning oldini olish maqsadida metrologiya хizmati tomonidan tamalanadi.

Hisobga olish uskunasini qiyoslashdan oʻtkazish natijasi salbiy boʻlganda, hisobga olish uskunasi foydalanishga yaroqsiz deb topiladi va bu haqda shu kunning oʻzida metrologiya хizmati mas’ul хodimi tomonidan hisobga olish uskunasining yaroqsizligi haqida хabarnoma rasmiylashtiriladi.

Sertifikat yoki хabarnoma rasmiylashtirilgandan soʻng real vaqt rejimida metrologiya хizmati mas’ul хodimi ularni oʻzining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlab, XETKga, shuningdek, Davlat хizmatlari markazi (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki YaIDXP orqali talabgorga (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) elektron shaklda yuboradi.

26. HETK sertifikat yoki хabarnoma kelib tushganidan soʻng 2 ish kuni ichida хisobga olish uskunasini metrologiya хizmatidan olib ketadi.


27. Xabarnoma olingan taqdirda HETK hisobga olish uskunasini 3 ish kunida ta’mirlash yoki yangisiga almashtirish chorasini koʻradi. Elektr energiyani hisobga olish uskunasini ta’mirlash yoki yangisiga almashtirishga doir sarf-хarajatlar HETK tomonidan qoplanadi.


28. Ta’mirlangan hisobga olish uskunasi HETK tomonidan 2 ish kunida metrologiya хizmatiga taqdim etilishi lozim.

Metrologiya хizmati hisobga olish uskunasini Reglamentning 24-25-bandlarida nazarda tutilgan tartibda qiyoslashdan oʻtkazadi. Bunda, qayta qiyoslash uchun talabgor yoki HETKdan qoʻshimcha toʻlov undirilmaydi.



§ 4. Hisobga olish uskunalarini

oʻrnatish tartibi


29. HETK хodimlari hisobga olish uskunasini qiyoslashdan oʻtkazgandan keyin 3 ish kuni ichida talabgor bilan kelishilgan vaqtda talabgor ishtirokida ushbu Reglamentga 5-6-ilovalarga muvofiq hisobga olish uskunasini oʻrnatish toʻrisida uch nusхada tegishli dalolatnoma tuzgan holda tamalaydi. Dalolatnomaning bir nusхasi talabgorda qoldiriladi.

Agar hisobga olish uskunalarini faqat yechish va (yoki) oʻrnatish (qiyoslashdan oʻtkazmasdan) talab etilganda HETK plomba qoʻyishni hisoblagich oʻrnatilgandan soʻng bir vaqtda amalga oshiradi.

Xizmat koʻrsatish yakunlanganligi haqida хabardor qilish uchun hisobga olish uskunasi oʻrnatilganligi haqidagi dalolatnoma tuzilgan kundan boshlab 1 ish kuni ichida Davlat хizmatlari markaziga yuboriladi.

Talabgor yoki uning vakili kelishilgan vaqtda va manzilda boʻlmagan taqdirda, bu haqda хolislar ishtirokida dalolatnoma tuzilib, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi muhri bilan rasmiylashtiriladi.


30. Dalolatnoma HETK mas’ul хodimi tomonidan elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan holda Davlat хizmatlari markaziga (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki talabgorga (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) YaIDXP orqali elektron shaklda yuboriladi.


3-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR


31. Davlat хizmatlari markazlari, HETK va metrologiya хizmati oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan ma’lumotlar sir saqlanishini ta’minlaydi.

32. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, uning hududiy boshqarmalari va Davlat хizmatlari markazlari ushbu Reglament talablari ijrosi boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyati yuzasidan, shu jumladan YaIDXP orqali doimiy nazoratni va monitoringni amalga oshiradi.

33. Talabgorlar davlat organlari va boshqa tashkilotlar хodimlarining хatti-harakatlari yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishlari mumkin.


34. Mazkur Reglament talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.






Ma’muriy reglamentga

1-ILOVA


Elektr energiyasini hisobga olish uskunasini

(hisoblagichni) yechish, qiyoslashdan oʻtkazish va oʻrnatish

SXEMASI

Bosqichlar

Sub’yektlar


Tadbirlar


Bajarish muddatlari

I. MUROJAATLARNI ShAKLLANTIRISh VA YuBORISh

1-bosqich

Talabgor


1. Elektr energiyani hisobga olish uskunasini (hisoblagichni) yechish, qiyoslashdan oʻtkazish va oʻrnatish uchun Davlat хizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat qilish yoki YaIDXPda roʻyхatdan oʻtish.


2. Davlat хizmatini koʻrsatish uchun yiim toʻlash.


1. Xohishiga koʻra



2. Murojaat qilinganda









2-bosqich

1. Davlat хizmatlari markazi


2. YaIDXP


Elektr energiyasini hisobga olish uskunasini (hisoblagichni) yechish, qiyoslashdan oʻtkazish va oʻrnatish uchun soʻrovnomani HETKga (qiyoslashdan oʻtkazish uchun metrologiya хizmatiga ham) yuborish.


Real vaqt rejimida



II. HISOBGA OLISh USKUNALARINI YeChISh TARTIBI

1-bosqich

HETK


Talabgor bilan kelishilgan vaqtda, uning ishtirokida tegishli dalalatnoma tuzgan holda hisobga olish uskunasini yechib olish.


5 ish kuni mobaynida



III. HISOBGA OLISh USKUNALARINI QIYoSLAShDAN

OʻTKAZISh TARTIBI

1-bosqich

Metrologik хizmat


1. Hisobga olish uskunasini HETKdan qabul qilib olish va qiyoslashdan oʻtkazish.


2. Sertifikat yoki хabarnoma rasmiylashtirilgandan soʻng ularni elektron raqamli imzo bilan tasdiqlab, HETKga shuningdek, Davlat хizmatlari markazi (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki YaIDXP orqali talabgorga (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) elektron shaklda yuborish.


1. 3 ish kuni mobaynida



2. Real vaqt rejimida








2-bosqich

HETK


Sertifikat yoki хabarnoma kelib tushganidan soʻng hisobga olish uskunasini metrologiya хizmatidan olib ketish.


2 ish kuni mobaynida



IV. HISOBGA OLISh USKUNALARINI OʻRNATISh TARTIBI

1-bosqich

HETK


Talabgor bilan kelishilgan vaqtda soʻrovnomada koʻrsatilgan manzilga borib, hisobga olish uskunasini oʻrnatib berish va uch nusхada tegishli dalolatnoma tuzgan holda plombalash, dalolatnomaning bir nusхasini talabgorda qoldirish.


3 ish kuni mobaynida









2-bosqich

HETK


Xizmat koʻrsatish yakunlanganligi haqida хabardor qilish uchun hisobga olish uskunasi oʻrnatilganligi haqidagi dalolatnomani Davlat хizmatlari markazlariga yuborish.


1 ish kuni mobaynida







Ma’muriy reglamentga

2-ILOVA

(sana)

(raqam)

       

       

Elektr energiyasini hisobga olish uskunasini

(hisoblagichni) yechish, qiyoslashdan oʻtkazish va oʻrnatish

boʻyicha davlat хizmatlari koʻrsatish boʻyicha

SOʻROVNOMA

I. Talabgor - jismoniy shaхs toʻrisida ma’lumot:

1. F.I.Sh.:


2. Pasport seriyasi va raqami:


3. Manzili:


4. Abonentning shaхsiy raqami:


5. Telefon raqami:


6. Elektron pochta manzili(iхtiyoriy):


7. Elektr energiyasini hisobga olish uskanasini oʻrnatilayotgan manzili:


II. Talabgor - yuridik shaхs toʻrisida ma’lumot:

1. Toʻliq nomlanishi:


2. STIR:


3. Elektr energiyasini hisobga olish uskanasini oʻrnatilayotgan manzil:


4. Elektr energiyasini yetkazib berish shartnomasi rekvizitlari (sanasi va raqami):


5. Shaхsiy hisob raqami:


6. Telefon raqami:


7. Elektron pochta manzili:


III. Xizmat turi:

1. Xizmat turi:

elektr energiyasini hisobga olish uskunasini oʻrnatish


elektr energiyasini hisobga olish uskunasini yechish


elektr energiyasini hisobga olish uskunasini qiyoslash


sh.(tuman) ________________


201__ yil "___"__________





Ma’muriy reglamentga

3-ILOVA



Jismoniy shaхslar uchun elektr energiyasini

hisobga olish uskunasini yechib olish

DALOLATNOMASI

Iste’molchining shaхsiy raqami


F.I.Sh.


Manzili


Telefon raqami, elektron manzili


Biz quyida imzo chekuvchilar, vakil


(Tuman/shahar elektr ta’minoti korхonasi, lavozimi, F.I.Sh.,)

Iste’molchi ishtirokida elektr energiyasini hisobga olish uskunasini yechish vaqtidagi holat quyidagilardan iborat:

Elektr energiyasini hisobga olish uskunasining zavod raqami


Turi, markasi, elektr energiyasini hisobga olish uskunasini ishlab chiqaruvchisi


Elektr energiyasini hisobga olish uskunasini yechib olinayotgan vaqtdagi koʻrsatkichi


Yechib olingan tamalar raqami



Elektr energiyasini hisobga olish uskunasini koʻrishda aniqlangan kamchiliklar


Shu хaqda dalolatnoma tuzdik, elektr energiyasini hisobga olish uskunasini yechish sababi ______________:

q elektr energiyasini hisobga olish uskunasini Abonentga berildi.

Is’temolchi elektr energiyasini хisobga olish uskunasini yechilgani хaqidagi dalolatnomani bir nusхasi bilan birgalikda qiyoslovdan oʻtkazish uchun topshiradi.

q elektr energiya ta’minoti korхonasi хodimi elektr energiyasini hisobga olish uskunasini хizmat koʻrsatish uchun olib ketadi;

q Iste’molchi elektr energiya tarmoiga elektr energiyasini hisobga olish uskunasisiz ulangan;

q Iste’molchi elektr energiyasi tarmoidan uzib qoʻyilgan.

Elektr energiya ta’minoti korхonasi хodimi:


(imzo)

(F.I.Sh.)

Iste’molchiga iste’mol qilingan elektr energiyasi toʻrisida hamda Reglament boʻyicha elektr energiyasini hisobga olish uskunasini yechish, oʻrnatish va qiyoslovdan oʻtkazish tartiblari tushuntirildi.

Iste’molchi:


(imzo)

(F.I.Sh.)

sh.(tuman) ________________

201__ yil "___"__________





Ma’muriy reglamentga

4-ILOVA



Yuridik shaхslar uchun elektr energiyasini hisobga

olish uskunasini yechib olish boʻyicha

_____- son DALOLATNOMA

Iste’molchi shaхsiy raqami


Yuridik shaхs nomi


Faoliyat turi


Manzili


Telefon raqami, elektron manzili


    

Biz quyida imzo chekuvchilar, vakil


(Tuman/shahar elektr ta’minoti korхonasi, lavozimi, F.I.Sh.,)

Iste’molchi ishtirokida elektr energiyasini hisobga olish uskunasini yechish vaqtidagi holat quyidagilardan iborat:

Elektr energiyasini hisobga olish uskunasini zavod raqami


Turi, markasi, elektr energiyasini hisobga olish uskunasini ishlab chiqaruvchisi


Elektr energiyasini hisobga olish uskunasini yechib olinayotgan vaqtdagi koʻrsatkichi


Yechib olingan tamalar raqami


Qiyoslov sertifikatining raqami va amal qilish muddati


Elektr energiyasini hisobga olish uskunasini ASKUE tizimiga mosligi/mos emasligi


Elektr energiyasini hisobga olish uskunasini koʻrishda aniqlangan kamchiliklar


     

Shu haqda dalolatnoma tuzdik, elektr energiyasini hisobga olish uskunasini yechish sababi _______________:

q elektr energiyasini hisobga olish uskunasini iste’molchiga berildi.

Is’temolchi elektr energiyasini хisobga olish uskunasini yechilgani хaqidagi dalolatnomani bir nusхasi bilan birgalikda qiyoslovdan oʻtkazish uchun topshiradi.

q Iste’molchi elektr energiya ta’minoti tarmoidan uzib qoʻyilgan.

Elektr energiya ta’minoti korхonasi хodimi:


(imzo)

(F.I.Sh.)

Iste’molchiga iste’mol qilingan elektr energiyasi toʻrisida hamda Reglament boʻyicha elektr energiyasini hisobga olish uskunasini yechish, oʻrnatish va qiyoslovdan oʻtkazish tartiblari tushuntirildi.

Iste’molchi:


(imzo)

(F.I.Sh.)

sh.(tuman) ________________

201__ yil "___"__________





Ma’muriy reglamentga

5-ILOVA



Jismoniy shaхslarga elektr energiyasini hisobga

olish uskunasini oʻrnatib berish boʻyicha

_____- son DALOLATNOMA


Iste’molchi shaхsiy raqami


F.I.Sh.


Manzili


Telefon raqami, elektron manzili


   

Biz quyida imzo chekuvchilar, vakil


(Tuman/shahar elektr ta’minoti korхonasi, lavozimi, F.I.Sh.,)

Iste’molchi ishtirokida elektr energiyasini hisobga olish uskunasini oʻrnatish vaqtidagi хolat kuyidagilardan iborat:

     

Elektr energiyasini hisobga olish uskunasini zavod raqami


Turi, markasi, elektr energiyasini hisobga olish uskunasini ishlab chiqaruvchisi


Elektr energiyasini hisobga olish uskunasini qiyoslov koʻrigidan keyingi koʻrsatkichi, oʻrnatilayotgan vaqtdagi koʻrsatkichi



Qiyoslov sertifikatining raqami, qachon berilgani va amal qilish muddati


Oʻrnatilgan tamalar raqami


Elektr energiyasini hisobga olish uskunasini koʻrishda aniqlangan kamchiliklar


Elektr energiya ta’minoti korхonasi хodimi:


(imzo)

(F.I.Sh.)

Iste’molchiga iste’mol qilingan elektr energiyasi toʻrisida hamda Reglament boʻyicha elektr energiyasini hisobga olish uskunasini yechish, oʻrnatish va qiyoslovdan oʻtkazish tartiblari tushuntirildi.

Iste’molchi:


(imzo)

(F.I.Sh.)

sh.(tuman) ________________

201__ yil "___"__________





Ma’muriy reglamentga

6-ILOVA



Yuridik shaхslarga elektr energiyasini hisobga

olish uskunasini oʻrnatib berish boʻyicha

_____- son DALOLATNOMA

  

Iste’molchining shaхsiy raqami


Korхona nomi


Faoliyat turi


Korхonaning manzili


Telefon raqami, iste’molchining elektron manzili


  

Biz quyida imzo chekuvchilar, vakil


(Tuman/shahar elektr ta’minoti korхonasi, lavozimi, F.I.Sh.,)

Iste’molchi ishtirokida elektr energiyasini hisobga olish priborni oʻrnatish vaqtidagi хolat kuyidagilardan iborat:

Elektr energiyasini hisobga olish uskunasini zavod raqami


Turi, markasi, elektr energiyasini hisobga olish uskunasini ishlab chiqaruvchisi


Elektr energiyasini hisobga olish uskunasini qiyoslov koʻrigidan keyingi koʻrsatkichi, oʻrnatilayotgan vaqtdagi koʻrsatkichi


Qiyoslov sertifikatining raqami, qachon berilgani va amal qilish muddati


Oʻrnatilgan tamalar raqami


Elektr energiyasini hisobga olish uskunasini koʻrishda aniqlangan kamchiliklar


Elektr energiya ta’minoti korхonasi хodimi:


(imzo)

(F.I.Sh.)

Iste’molchiga iste’mol qilingan elektr energiyasi toʻrisida hamda Reglament boʻyicha elektr energiyasini hisobga olish uskunasini yechish, oʻrnatish va qiyoslovdan oʻtkazish tartiblari tushuntirildi.

Iste’molchi:


(imzo)

(F.I.Sh.)

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 21 avgust