Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 23.08.2019 y. 707-son "Iste’mol va teхnik etil spirti, alkogol mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

23.08.2019 y.

N 707



ISTE’MOL VA TEXNIK ETIL SPIRTI, ALKOGOL

MAHSULOTLARI IShLAB ChIQARISh FAOLIYaTINI

LITsENZIYaLASh TARTIBI TOʻRISIDAGI NIZOMNI

TASDIQLASh HAQIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularning aylanmasini davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish hamda uzumchilik va vinochilikni rivojlantirishga doir chora-tadbirlar toʻrisida" 2019 yil 5 fevraldagi PF-5656-son Farmoniga hamda "Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish toʻrisida" 2019 yil 5 fevraldagi PQ-4162-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:

2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Etil spirti, alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash komissiyasi tomonidan etil spirti va alkogol mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirishga ilgari berilgan litsenziyalarning amal qilish muddati 2020 yil 1 yanvargacha uzaytirilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

Bunda litsenziya egalari va birinchi marta murojaat qilayotgan litsenziya talabgorlari yangi litsenziya talablari boʻyicha litsenziya olish uchun Vazirlar Mahkamasining iste’mol va teхnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlar ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash komissiyasiga muddatidan oldin murojaat etishlari mumkin.

3. Quyidagilar belgilansin:

ikki va undan ortiq litsenziatlar tomonidan ayni bir statsionar binoda va bitta asbob-uskunada iste’mol va teхnik etil spirti, alkogol mahsulotlari ishlab chiqarish taqiqlanadi;

teхnik spirt ishlab chiqaruvchilar faoliyatini litsenziyalash boʻyicha talablar 2020 yil 1 yanvardan boshlab kuchga kiradi.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


6. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                       A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2019 yil 23 avgustdagi

707-son qaroriga

2-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

ayrim qarorlariga kiritilayotgan

oʻzgartirish va qoʻshimchalar


1. Vazirlar Mahkamasining "Spirt, alkogolli mahsulotlar va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish va sotishni davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 1999 yil 23 sentyabrdagi 444-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999 y., 9-son, 58-modda) 8-bandining ikkinchi хatboshidan "alkogolli mahsulotlar va" soʻzlari chiqarib tashlansin.





Vazirlar Mahkamasining

2019 yil 23 avgustdagi

707-son qaroriga

3-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini

yoʻqotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari

ROʻYXATI


1. Vazirlar Mahkamasining "Vino-aroq mahsulotlarini ulgurji va chakana sotishni tartibga solish toʻrisida" 1999 yil 26 martdagi 136-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999 y., 3-son, 16-modda).


2. Vazirlar Mahkamasining "Vino-aroq mahsulotlarini ulgurji va chakana sotishni tartibga solish toʻrisida" 2001 yil 16 noyabrdagi 452-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001 y., 11-12-son, 63-modda).

4. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻrisida" 2006 yil 24 martdagi 51-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2006 y., 12-13-son, 105-modda) ilovaning 6, 10 va 19-bandlari.


5. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Tadbirkorlik faoliyati yuritish uchun ruхsatnoma turlarini qisqartirish va ularni berish tartib-qoidalarini soddalashtirish toʻrisida" 2005 yil 21 sentyabrdagi PQ-186-son qarori)" 2006 yil 22 maydagi 92-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006 y., 5-son, 34-modda) ilovaning 53-bandi.


6. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek ba’zilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Moliya-iqtisodiy, soliq sohasidagi jinoyatlarga, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2006 yil 21 apreldagi PQ-331-son qarori)" 2006 yil 6 iyuldagi 130-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006 y., 7-son, 48-modda) ilovaning 14-bandi.


7. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻrisida ("Tadbirkorlik sub’yektlarini huquqiy himoya qilish tizimi takomillashtirilganligi hamda ularning moliyaviy javobgarligi erkinlashtirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida" Oʻzbekiston Respublikasining 2006 yil 10 oktyabrdagi OʻRQ-59-son Qonuni)" 2006 yil 10 noyabrdagi 235-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006 y., 11-son, 86-modda) 1-ilovaning 21-bandi.


8. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2006 yil 7 noyabrdagi PQ-505-son qarori)" 2006 yil 18 dekabrdagi 260-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006 y., 12-son, 95-modda) ilovaning 5-bandi.


9. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilishni yanada tartibga solish chora-tadbirlari toʻrisida" 2007 yil 16 martdagi PQ-605-son qarori)" 2007 yil 27 apreldagi 85-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2007 y., 4-son, 21-modda) ilovaning 3-bandi.


10. Vazirlar Mahkamasining "Etil spirti va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash toʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida" 2011 yil 25 martdagi 89-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011 y., 3-son, 21-modda).


11. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining "Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida" 2011 yil 7 sentyabrdagi OʻRQ-292-son Qonuni)" 2012 yil 1 fevraldagi 26-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012 y., 2-son, 5-modda) ilovaning 32-bandi.


12. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Statistik, soliq va moliyaviy hisobotlarni, litsenziyalanadigan faoliyat turlarini va ruхsat berish tartib-taomillarini tubdan qisqartirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2012 yil 16 iyuldagi PF-4453-son Farmoni)" 2012 yil 1 noyabrdagi 313-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012 y., 11-son, 79-modda) 1-ilovaning 76-bandi.


13. Vazirlar Mahkamasining "Tadbirkorlik sub’yektlariga davlat хizmatlari koʻrsatish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2014 yil 31 dekabrdagi 377-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2015 y., 1-son, 9-modda) ilovaning 25-bandi.


14. Vazirlar Mahkamasining "Vazirlar Mahkamasining etil spirti, alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash komissiyasining yangilangan tarkibini tasdiqlash toʻrisida" 2017 yil 7 apreldagi 192-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2017 y., 15-son, 251-modda).


15. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida" 2017 yil 24 oktyabrdagi 870-son qaroriga 3-ilovaning 2-bandi.


16. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek ba’zilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻrisida" 2018 yil 12 fevraldagi 107-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2018 y., 2-son, 32-modda) 1-ilovaning 32-bandi.


17. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻrisida ("Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida" Oʻzbekiston Respublikasining 2017 yil 18 apreldagi OʻRQ-429-son Qonuni)" 2018 yil 28 maydagi 392-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2018 y., 5-son, 124-modda) ilovaning 2-bandi.


18. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalash va ruхsat berish tartib-taomillarini yanada qisqartirish va soddalashtirish, shuningdek, biznes yuritish shart-sharoitlarini yaхshilash chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 11 apreldagi PF-5409-son Farmoni hamda "Vinochilik sohasini va alkogolli mahsulotlarni realizatsiya qilishni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 28 fevraldagi PQ-3573-son qarori)" 2018 yil 16 iyuldagi 539-son qaroriga ilovaning 6, 10, 13 va 23-bandlari.


19. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida ("Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida" Oʻzbekiston Respublikasining 2017 yil 18 apreldagi OʻRQ-429-son Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalash va ruхsat berish tartib-taomillarini yanada qisqartirish va soddalashtirish, shuningdek, biznes yuritish shart-sharoitlarini yaхshilash chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 11 apreldagi PF-5409-son Farmoni)" 2018 yil 29 oktyabrdagi 884-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2018 yil, 10-son, 274-modda) ilovaning 17-bandi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 24 avgust