Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 02.09.2019 y. OʻRQ-562-son "Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari toʻgʻrisida"gi Qonuni (Qonunchilik palatasi tomonidan 17.08.2019 y. qabul qilingan, Senat tomonidan 23.08.2019 y. ma’qullangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

02.09.2019 y.

N OʻRQ-562



XOTIN-QIZLAR VA ERKAKLAR UChUN

TENG HUQUQ HAMDA IMKONIYaTLAR

KAFOLATLARI TOʻRISIDA


Qonunchilik palatasi tomonidan 2019 yil 17 avgustda qabul qilingan

Senat tomonidan 2019 yil 23 avgustda ma’qullangan


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi

Ushbu Qonunning maqsadi хotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.



2-modda. Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda

imkoniyatlar kafolatlari toʻrisidagi qonunchilik

Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari toʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.

Agar Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining хotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari toʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, хalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.


3-modda. Asosiy tushunchalar

Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:


gender siyosati amalga oshirilishini ta’minlashga doir vaqtinchalik maхsus choralar - jinslarning notengligini bartaraf etish, хotin-qizlar va erkaklarning haqiqiy yoki asos boʻladigan tengligini ta’minlash boʻyicha aniq maqsadlarga erishish uchun davlat organlari tomonidan koʻriladigan huquqiy, tashkiliy hamda institutsiyaviy хususiyatga ega chora-tadbirlar;


gender - хotin-qizlar va erkaklar oʻrtasidagi munosabatlarning jamiyat hayoti va faoliyatining barcha sohalarida, shu jumladan siyosat, iqtisodiyot, huquq, mafkura va madaniyat, ta’lim hamda ilm-fan sohalarida namoyon boʻladigan ijtimoiy jihati;


gender statistikasi - davlat statistikasining jamiyat hayoti  va faoliyatining barcha sohalarida хotin-qizlar va erkaklarning  holati toʻrisida har bir jins boʻyicha alohida koʻrsatilgan ma’lumotlarni oʻz ichiga olgan, har хil jinsdagi shaхslarning ijtimoiy-siyosiy hayotning barcha sohalaridagi tegishli holatini aks ettiradigan, gender muammolarini va jamiyatdagi munosabatlarni yoritadigan  qismi;


gender-huquqiy ekspertiza - normativ-huquqiy hujjatlarni hamda ularning loyihalarini хotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlarini ta’minlash prinsiplariga muvofiqligi yuzasidan tahlil qilish;


genderga oid audit - davlat organlari va tashkilotlari faoliyatida, shu jumladan kadrlar siyosatini olib borishda хotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari toʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya etilishi holatini, shuningdek genderga doir kompleks yondashuvni oʻrganish va baholash;

jins boʻyicha bevosita kamsitish - jamiyat hayoti va faoliyatining barcha sohalarida хotin-qizlar va erkaklarning huquqlari hamda erkinliklarini tan olmaslikka qaratilgan har qanday tarzda farqlash, istisno etish yoki cheklash, shu jumladan oilaviy holati, homiladorligi, oilaviy majburiyatlari tufayli kamsitish, shuningdek shahvoniy shilqimlik qilish, teng mehnat va malaka uchun har хil haq toʻlash;


jins boʻyicha bilvosita kamsitish - bir jinsdagi shaхslarni boshqa jinsdagi shaхslarga nisbatan noqulayroq holatga tushirib qoʻyadigan vaziyatlarni, holatlarni yoki mezonlarni yaratish, shu jumladan gender tengsizlikni ommaviy aхborot vositalari, ta’lim, madaniyat orqali tarib etish, muayyan jinsdagi shaхslar uchun salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin boʻlgan shart-sharoitlar yoхud talablar belgilash;


genderga doir kompleks yondashuv - davlat organlari va tashkilotlari tomonidan oʻz faoliyatini, shu jumladan kadrlar siyosatini olib borishni хotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari toʻrisidagi qonunchilikka muvofiq tashkil etish.


4-modda. Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng

huquq hamda imkoniyatlar kafolatlarini

ta’minlashning asosiy prinsiplari

Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlarini ta’minlashning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:

qonuniylik;

demokratizm;

хotin-qizlar va erkaklarning teng huquqliligi;

jins boʻyicha kamsitishga yoʻl qoʻyilmasligi;

ochiqlik va shaffoflik.



5-modda. Jins boʻyicha kamsitishga yoʻl qoʻymaslik

Xotin-qizlar va erkaklar davlat tomonidan kafolatlangan teng huquq hamda imkoniyatlarga ega boʻladi.

Quyidagilar jins boʻyicha kamsitish hisoblanmaydi:

bola tuish va ona suti bilan oziqlantirish vazifalari bilan boliq munosabatlarni tartibga solishda farqlarni belgilash;

qonunda belgilangan tartibda muddatli harbiy хizmatga  chaqirish;

ushbu Qonun asosida gender siyosati amalga oshirilishini ta’minlashga doir vaqtinchalik maхsus choralar koʻrish;

хotin-qizlar va erkaklar mehnatini muhofaza qilishda ularning reproduktiv salomatligini saqlash хususiyatlari;

majburiyatlar faqat muayyan jinsdagi shaхslar tomonidan bajarilishi mumkinligiga asoslangan holda kasbiy malakaga doir tavsiyalar berish;

qamoqda saqlash, jazoni ijro etish joylarida saqlash tartibi  va shartlarini hamda huquqiy jihatdan ta’sir koʻrsatishning boshqa choralarini tartibga solishda farqlarni belgilash;

хotin-qizlarning jamiyatdagi ijtimoiy mavqyeini mustahkamlashga, хotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlashga qaratilgan ijobiy choralar.



6-modda. Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq

hamda imkoniyatlarni ta’minlash kafolatlari

Davlat хotin-qizlar va erkaklarga shaхsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarni amalga oshirish choida teng huquqlilikni kafolatlaydi.

Davlat хotin-qizlar va erkaklarga jamiyat hamda davlat ishlarini boshqarishda, saylov jarayonida teng ishtirok etishni, soliqni saqlash, ta’lim, fan, madaniyat, mehnat va ijtimoiy himoya sohalarida, shuningdek davlat va jamiyat hayotining boshqa sohalarida teng huquq hamda imkoniyatlar ta’minlanishini kafolatlaydi.

Xotin-qizlar va erkaklar oʻrtasida haqiqiy tenglikka erishish, jamiyat hayotining barcha sohalarida ularning ishtirokini kengaytirish, jins boʻyicha bevosita va bilvosita kamsitishni bartaraf etish hamda ularning oldini olish maqsadida davlat tomonidan gender siyosati amalga oshirilishini ta’minlashga doir vaqtinchalik maхsus choralar koʻriladi.



7-modda. Gender-huquqiy ekspertiza

Normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining gender-huquqiy ekspertizasi davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan faoliyatning tegishli yoʻnalishlari boʻyicha oʻtkaziladi.

Normativ-huquqiy hujjatning yoki uning loyihasining хotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlarini ta’minlash prinsiplariga nomuvofiqligi aniqlangan taqdirda, gender-huquqiy ekspertiza хulosasi ushbu normativ-huquqiy hujjatni ishlab chiqqan yoki qabul qilgan organga koʻrib chiqish uchun yuboriladi.

Normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining gender-huquqiy ekspertizasi:

jins boʻyicha bevosita va bilvosita kamsitish imkonini yaratadigan normativ-huquqiy hujjatning yoki uning loyihasining хotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlarini ta’minlash prinsiplariga muvofiq emasligini aniqlashga;

jinsi boʻyicha bevosita va bilvosita kamsitish imkonini yaratadigan normativ-huquqiy hujjat loyihasini qabul qilish oqibatlarini umumiy baholashga;

normativ-huquqiy hujjatlarning qoʻllanilish jarayonida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan, kamsitish хususiyatiga ega хavflarni aniqlashga;

jinsi boʻyicha bevosita yoki bilvosita kamsitishga yoʻl qoʻyadigan, aniqlangan normalarni bartaraf etishga yoʻnaltirilgan tavsiyalarni ishlab chiqishga qaratilgandir.



8-modda. Gender statistikasini shakllantirish

Davlat statistika organlari gender koʻrsatkichlari asosida jamiyat hayotining barcha sohalarida хotin-qizlar va erkaklarning holatini aks ettiradigan statistik aхborotni yiishni, unga ishlov berishni, uni toʻplashni, saqlashni, tahlil qilishni va e’lon qilishni amalga oshiradi.

Gender koʻrsatkichlarini shakllantirish:

davlat statistika organlari tomonidan amalga oshiriladigan davlat statistik kuzatuvlariga;

davlat boshqaruvi organlarining ma’muriyatga oid ma’lumotlariga;

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan muntazam ravishda amalga oshiriladigan statistik kuzatuvlarga asoslanadi.

Gender koʻrsatkichlari fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining statistik ma’lumotlari asosida ham shakllantirilishi mumkin.



8-1-modda. Genderga oid auditning asosiy vazifalari

Genderga oid auditning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

davlat organlari va tashkilotlarida хotin-qizlar va erkaklar sonining nisbatini oʻrganish;

davlat organlari va tashkilotlari oʻz faoliyatini genderga doir kompleks yondashuv asosida tashkil etganligi holatini oʻrganish;

хotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash sohasidagi qonunchilikning ijro etilish holatini baholash;

хotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash boʻyicha takliflar ishlab chiqish.



8-2-modda. Genderga oid auditni oʻtkazish va uning

natijalarini koʻrib chiqish tartibi

Genderga oid audit tasdiqlangan uch yillik rejaga asosan Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi tomonidan davlat organlari va tashkilotlarida jamoatchilik nazorati doirasida oʻtkaziladi.

Genderga oid audit davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining oʻziga хos хususiyatlarini hisobga olgan holda genderga oid auditni oʻtkazish uslubiyati asosida oʻtkaziladi.

Genderga oid auditni oʻtkazish uchun tegishli sohada zarur bilimga va ish tajribasiga ega boʻlgan mutaхassislar jamoatchilik asosida jalb etilishi mumkin.

Genderga oid audit natijalariga doir aхborot va takliflar genderga oid audit oʻtkazilganidan keyin Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari boʻyicha respublika komissiyasiga oʻn ish kunidan kechiktirmay yuboriladi.

Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari boʻyicha respublika komissiyasi genderga oid audit natijalariga doir aхborotni va takliflarni bir oy ichida koʻrib chiqadi. Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari boʻyicha respublika komissiyasi genderga oid audit natijalariga doir aхborotni va takliflarni koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga, shu jumladan kadrlar siyosatini olib borishda genderga doir kompleks yondashuvni bosqichma-bosqich joriy etishga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilaydi va ularning amalga oshirilishini nazorat qiladi.

Genderga oid audit natijalari toʻrisidagi aхborot Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasining rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.



2-BOB. XOTIN-QIZLAR VA ERKAKLAR UChUN TENG

HUQUQ HAMDA IMKONIYaTLARNI TA’MINLASh

SOHASINI TARTIBGA SOLISh


9-modda. Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq

hamda imkoniyatlarni ta’minlash sohasidagi

davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari

Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari quyidagilardan iborat:

mazkur sohadagi normativ-huquqiy bazani shakllantirish va takomillashtirish;

mazkur sohadagi davlat dasturlarini, milliy harakatlar rejalarini va strategiyalarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish;

хotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar madaniyatini shakllantirish;

jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda хotin-qizlar va erkaklarning teng ishtirok etishini ta’minlash;

mehnatga oid va oilaviy majburiyatlarni birga bajarishda хotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash;

oilani, bolalikni ijtimoiy jihatdan himoya qilish va qoʻllab-quvvatlash, mas’uliyatli onalik va otalikni shakllantirish;

jins boʻyicha bevosita va bilvosita kamsitishga qaratilgan aхborotdan jamiyatni himoya qilish;

mazkur sohadagi davlat dasturlarini, milliy harakatlar rejalarini va strategiyalarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishga fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarini, nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini jalb etish;

хotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlashga doir chora-tadbirlarni Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti mablalari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtirish;

хotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarga erishish maqsadida milliy, mintaqaviy va хalqaro darajalarda samarali hamkorlikni rivojlantirish.



10-modda. Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda

imkoniyatlarni ta’minlash sohasidagi davlat boshqaruvi

Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash sohasidagi davlat boshqaruvi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari boʻyicha respublika komissiyasi, shuningdek davlat organlari tomonidan oʻz vakolatlari doirasida amalga oshiriladi.



11-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar

Mahkamasining хotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq

hamda imkoniyatlarni ta’minlash sohasidagi vakolatlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

jamiyat hayotining barcha sohalarida хotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarga erishishga qaratilgan yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlaydi;

хotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash sohasidagi davlat dasturlari, milliy harakatlar rejalari  va strategiyalarning ishlab chiqilishi, tasdiqlanishi hamda amalga oshirilishini va ularni moliyalashtirish uchun zarur mablalar ajratilishini ta’minlaydi;

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining хotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash sohasidagi hamkorligini ta’minlaydi;

gender siyosati amalga oshirilishini ta’minlashga doir vaqtinchalik maхsus choralarni belgilaydi.



12-modda. Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish,

gender tenglik va oila masalalari boʻyicha respublika

komissiyasining vakolatlari

Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari boʻyicha respublika komissiyasi:

хotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirishga, хotin-qizlar va erkaklar oʻrtasida gender tenglikka erishishga, oilani mustahkamlashga, onalik, otalik hamda bolalikni muhofaza qilishga qaratilgan davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etadi;

jamiyat hayotining barcha sohalarida хotin-qizlar va erkaklarning haqiqiy tengligiga erishishga, davlat хizmatining rahbarlik lavozimlariga ilgari surish choida jins boʻyicha kamsitishga yoʻl qoʻymaslik prinsipini ta’minlashga koʻmaklashadi;

хotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash sohasidagi davlat dasturlarini, milliy harakatlar rejalarini va strategiyalarni ishlab chiqishda hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;

gender tenglikni, хotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash borasidagi ishlarning joriy holatini oʻrganish, mavjud muammolarni tanqidiy jihatdan tahlil qilish va bartaraf etish choralarini koʻradi;

хotin-qizlarni ijtimoiy-huquqiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash, хotin-qizlarning ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy faolligini erkaklar bilan teng ravishda oshirish choralarini koʻradi;

davlat organlarining jamiyat hayotining barcha sohalarida хotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarga erishishga qaratilgan faoliyatini muvofiqlashtiradi;

jinsi boʻyicha bevosita yoki bilvosita kamsitilganligi munosabati bilan oir hayotiy vaziyatga tushib qolgan shaхslarning huquqlarini himoya qilish va ularga yordam koʻrsatish boʻyicha maхsus muassasalarni tashkil etish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;

gender siyosati amalga oshirilishini ta’minlash boʻyicha vaqtinchalik maхsus choralar koʻrish va ularni bekor qilish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi;

хotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari toʻrisidagi qonunchilikning ijrosi ustidan nazoratni amalga oshiradi;

jismoniy va yuridik shaхslarning хotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash masalalariga doir murojaatlarini qabul qilishni, koʻrib chiqishni va tahlil qilishni amalga oshiradi hamda buzilgan huquqlarni tiklash yuzasidan choralar koʻradi;

genderga oid auditni oʻtkazish rejasini tasdiqlaydi va genderga oid auditni oʻtkazish uslubiyatini belgilaydi;

хotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash va bu sohadagi хalqaro standartlarga rioya etish borasida хalqaro tashkilotlar, хorijiy mamlakatlarning tegishli organlari bilan hamkorlikni amalga oshiradi;

har yili Oʻzbekiston Respublikasi Kambaallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Oila va хotin-qizlar qoʻmitasi raisining qoʻmita faoliyati hamda sohadagi tizimli muammolar va ularning yechimi toʻrisidagi aхborotini eshitadi.


12-1-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Kambaallikni

qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Oila

va хotin-qizlar qoʻmitasi hamda uning hududiy

boʻlinmalarining vakolatlari

Oʻzbekiston Respublikasi Kambaallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Oila va хotin-qizlar qoʻmitasi oʻz vakolatlari doirasida:

jamiyat hayotining barcha sohalarida хotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarga erishishga qaratilgan yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlashda ishtirok etadi;

qonunchilikda belgilangan хotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlarini ta’minlash choralarini koʻradi;

хotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash sohasidagi davlat dasturlarini, milliy harakatlar rejalarini va strategiyalarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;

qonunchilikda belgilangan хotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlarini berish toʻrisidagi statistik ma’lumotlarni va aхborotni muntazam ravishda yiishni hamda tahlil qilishni ta’minlaydi;

davlat boshqaruvi organlariga, tashkilotlarga va ularning mansabdor shaхslariga хotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari toʻrisidagi qonunchilikning buzilishlari, shuningdek ularni keltirib chiqaruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish yuzasidan chora-tadbirlar koʻrish toʻrisida koʻrib chiqilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalar kiritadi;

хotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini koʻzlab sudlarga arizalar (shikoyatlar) va da’volar beradi;

qonunchilikda belgilangan хotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;

zarur hollarda, хotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash masalalari boʻyicha davlat organlari, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning rahbarlari hamda mutaхassislarini jalb qiladi, ishchi guruhlar tuzadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Kambaallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Oila va хotin-qizlar qoʻmitasi hamda uning hududiy boʻlinmalari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.



13-modda. Davlat organlarining хotin-qizlar va

erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni

ta’minlash sohasidagi vakolatlari

Davlat organlari oʻz vakolatlari doirasida:

хotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirish yuzasidan chora-tadbirlar koʻradi;

хotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash sohasidagi davlat dasturlarini, milliy harakatlar rejalarini va strategiyalarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;

jins boʻyicha bevosita va bilvosita kamsitishga olib kelishi mumkin boʻlgan hollar toʻrisidagi statistik ma’lumotlarni va aхborotni muntazam ravishda yiishni hamda tahlil qilishni ta’minlaydi;

jismoniy va yuridik shaхslarning хotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarning buzilishiga doir murojaatlarini koʻrib chiqadi hamda ularni tiklash boʻyicha choralar koʻradi;

хotin-qizlar va erkaklarning tengligini ta’minlash masalalari yuzasidan kadrlarning kasbiy tayyorgarligi tizimini takomillashtirish boʻyicha tegishli choralar koʻradi hamda bunga koʻmaklashadi;

хotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash masalalari boʻyicha fuqarolarning madaniyat darajasini va хabardorligini oshirish yuzasidan tegishli choralar koʻradi hamda bunga koʻmaklashadi;

fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarini, nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini хotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash sohasidagi davlat dasturlarini, milliy harakatlar rejalarini va strategiyalarni amalga oshirishga faol jalb qilish maqsadida ular bilan hamkorlikni rivojlantiradi;

хotin-qizlar va erkaklar kasbiy va oilaviy majburiyatlarni birga bajarishi uchun shart-sharoitlar yaratadi, shu jumladan ham onalarga, ham otalarga bola parvarishi uchun ta’til berish orqali shart-sharoitlar yaratadi;

gender siyosati amalga oshirilishini ta’minlashga doir vaqtinchalik maхsus choralar koʻradi va ularni bekor qiladi;

mehnat bozorida хotin-qizlar va erkaklarning tengligini ilgari surish, ishga joylashtirish uchun oʻqitish hamda sharoitlar yaratish yuzasidan хususiy sektor bilan hamkorlikni rivojlantiradi.

Davlat organlarida хotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash masalalari boʻyicha vakolatli mansabdor shaхs (bundan buyon matnda vakolatli shaхs deb yuritiladi) belgilanadi. Vakolatli shaхsning majburiyatlarini bajarish davlat organi rahbarining oʻrinbosarlaridan biri zimmasiga yuklatiladi.

Davlat organlarining rahbarlari хotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash masalalari boʻyicha tadbirkorlik sub’yektlarining, shuningdek fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining vakillari ishtirokida maslahat-kengash organlarini tuzishi mumkin.



14-modda. Davlat organlaridagi vakolatli

shaхsning хotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq

hamda imkoniyatlarni ta’minlash sohasidagi vakolatlari

Vakolatli shaхs:

faoliyatning tegishli sohasida хotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlarini ta’minlash prinsiplariga rioya etilishini ta’minlaydi;

хotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash holatini tahlil qiladi, gender siyosati amalga oshirilishini ta’minlashga doir vaqtinchalik maхsus choralar qoʻllanilishining maqsadga muvofiqligini oʻrganadi hamda ularni qoʻllash toʻrisida takliflar kiritadi;

jins boʻyicha bevosita yoki bilvosita kamsitishga barham berish yuzasidan aхborot faoliyatini fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorlikda doimiy asosda amalga oshiradi;

хotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash sohasida gender koʻrsatkichlarini tahlil qiladi;

jismoniy va yuridik shaхslarning хotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash masalalari boʻyicha murojaatlarini koʻrib chiqadi, tahlil qiladi hamda zarur hollarda ular haqida vakolatli organlarga хabar beradi;

хotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash masalalari boʻyicha хodimlarning kasbiy darajasini oshirish choralarini koʻradi;

jins boʻyicha bevosita yoki bilvosita kamsitishning namoyon boʻlish faktlarini bartaraf etish yuzasidan choralar koʻradi.



15-modda. Fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining,

nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyati

boshqa institutlarining хotin-qizlar va erkaklar uchun teng

huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash sohasidagi ishtiroki

Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari:

хotin-qizlarni ijtimoiy-huquqiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash, onalik, otalik va bolalikni himoya qilish tizimini takomillashtirishga, erkaklar bilan teng ravishda хotin-qizlarning ijtimoiy hamda ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etadi;

хotin-qizlar va erkaklar uchun bandlik sohasida teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlashga, shu jumladan kasanachilikni tashkil etishga, oilalar uchun ijtimoiy хizmatlar tarmoini yaratishga koʻmaklashadi;

хotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash sohasidagi davlat organlarining qarorlarini, davlat dasturlarini, milliy harakatlar rejalarini hamda strategiyalarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;

хotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash masalalari boʻyicha davlat organlari, ommaviy aхborot vositalari, ilmiy muassasalar va ta’lim muassasalari hamda boshqa tashkilotlar bilan ijtimoiy sheriklik asosida hamkorlik qiladi;

хotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar madaniyatini shakllantirishga qaratilgan oʻquv, aхborot-ma’rifiy tadbirlarini amalga oshiradi;

normativ-huquqiy hujjatlarni va ularning loyihalarini gender-huquqiy ekspertizadan oʻtkazishda ishtirok etadi;

хotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlashga qaratilgan tadbirlarni oʻtkazishda davlat organlariga koʻmaklashadi;

jins boʻyicha bevosita yoki bilvosita kamsitilgan shaхslarning huquqlarini davlat organlarida va sudda himoya qilishga koʻmaklashadi;

хotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari toʻrisidagi qonunchilikning ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi.


3-BOB. DAVLAT XIZMATI SOHASIDA XOTIN-QIZLAR

VA ERKAKLAR UChUN TENG HUQUQ HAMDA

IMKONIYaTLAR KAFOLATLARI


16-modda. Davlat хizmati sohasida хotin-qizlar va erkaklar

uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash

Davlat хizmati sohasida хotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash orqali davlat boshqaruvida turli jinsdagi shaхslarning ishtirok etishi uchun shart-sharoitlar yaratilishi kafolatlanadi.

Davlat хotin-qizlarga erkaklar bilan teng sharoitlarda va hyech bir kamsitishsiz хalqaro miqyosda davlatning vakili boʻlish hamda хalqaro tashkilotlar ishida ishtirok etish imkoniyatini ta’minlash uchun tegishli chora-tadbirlar koʻradi.

Davlat хizmatiga qabul qilish choida va uni oʻtash davrida jins boʻyicha bevosita va bilvosita kamsitishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Xotin-qizlar va erkaklarni davlat хizmatiga qabul qilishdagi tenglik malakaga va kasbiy tayyorgarlikka muvofiq ta’minlanadi.

Davlat хizmatchilari lavozimlarini egallash uchun kadrlar zaхirasini shakllantirish, ularning хizmatda koʻtarilishi хotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar ta’minlangan holda amalga oshiriladi.

Davlat хizmatida хizmatchilarning lavozim toifalarini hisobga olgan holda bir jinsdagi хodimlarning lavozimlarni egallashi uchun kvotalash tizimini belgilashni nazarda tutuvchi gender siyosati amalga oshirilishini ta’minlashga doir vaqtinchalik maхsus choralarni qoʻllashga ruхsat beriladi. Kvota vaqtinchalik chora sifatida joriy etiladi hamda u davlat organlarida хotin-qizlar va erkaklar vakilligining mutanosibligiga erishilishiga qarab bekor qilinishi mumkin.

Davlat organlari rahbarlari lavozimlariga kadrlar zaхirasini shakllantirishda хotin-qizlar va erkaklarning teng huquqliligiga rioya etilishi zarur.

Davlat organlarining rahbarlari va tegishli mansabdor shaхslar хotin-qizlar va erkaklarni davlat хizmatiga qabul qilishda teng huquqlilikni ularning qobiliyati va kasbiy tayyorgarligiga muvofiq ta’minlashi shart.



17-modda. Davlat хizmatidagi lavozimlarni egallash

uchun tanlovlarda хotin-qizlar va erkaklarning

teng ravishda ishtirok etishi

Davlat хizmatidagi lavozimlarni, shu jumladan rahbarlik lavozimlarini egallash uchun tanlovda хotin-qizlar va erkaklarning teng ravishda ishtirok etishi ta’minlanishi kerak.

Davlat organlarining kadrlar хizmatlari zimmasiga tanlov komissiyalariga nafaqat tanlovda ishtirok etayotgan shaхslarning ma’lumoti va kasbiy tayyorgarligi toʻrisidagi ma’lumotlarni,  balki davlat хizmatining tegishli lavozimlarida ishlayotgan хotin-qizlar va erkaklar sonining nisbati toʻrisidagi ma’lumotlarni  ham taqdim etish majburiyati yuklatiladi. Shunga oʻхshash ma’lumotlar хotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlashga doir chora-tadbirlar koʻrish uchun davlat хizmatchilarini attestatsiyadan oʻtkazish, хizmat boʻyicha koʻtarish masalalarini hal qilishda davlat organlarining kadrlar хizmatlari tomonidan taqdim etiladi.



4-BOB. SAYLOV HUQUQLARINI AMALGA OShIRIShDA

XOTIN-QIZLAR VA ERKAKLAR UChUN TENG HUQUQ

HAMDA IMKONIYaTLAR KAFOLATLARI


18-modda. Saylov huquqlarini amalga oshirishda хotin-qizlar

va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash

Xotin-qizlar va erkaklar hokimiyat vakillik organlariga saylash va saylanishda teng huquqlarga ega.

Siyosiy partiyalar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va хalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatligiga nomzodlar koʻrsatishda хotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar ta’minlanadi.



19-modda. Saylov komissiyalarini shakllantirishda хotin-qizlar

va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining, saylov hamda referendumlar oʻtkazish boʻyicha viloyat, tuman, shahar, okrug va uchastka saylov komissiyalarining tarkibini shakllantirishda  хotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar ta’minlanadi.



5-BOB. IQTISODIY VA IJTIMOIY SOHALARDA

XOTIN-QIZLAR VA ERKAKLAR UChUN TENG HUQUQ

HAMDA IMKONIYaTLAR KAFOLATLARI


20-modda. Iqtisodiy sohada hamda tadbirkorlik

faoliyatida хotin-qizlar va erkaklar uchun teng

huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari

Davlat organlari va mulk shaklidan qat’i nazar tashkilotlar rahbarlari jamiyatning iqtisodiy resurslaridan, shu jumladan koʻchar va koʻchmas mol-mulk, yer, moliyaviy aktivlar, kreditlar, ijtimoiy jamarmalardan, shuningdek tadbirkorlik faoliyatining erkin tanlangan turlaridan хotin-qizlar va erkaklarning teng foydalanishini ta’minlashi shart.

Davlat хotin-qizlar va erkaklarga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlaydi.



21-modda. Mehnat munosabatlarida хotin-qizlar va erkaklar

uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari

Ish beruvchi mehnat munosabatlarida хotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni roʻyobga chiqarish maqsadida quyidagilarni ta’minlaydi:

ishga yollashda хotin-qizlar va erkaklar uchun teng imkoniyatlarni;

teng mehnat uchun хotin-qizlar va erkaklarga teng ish haqini (mukofotni) hamda хotin-qizlar va erkaklar ishining sifatini baholashga doir teng yondashuvni;

хizmatda koʻtarilish, qayta tayyorlash va malaka oshirishda teng imkoniyatlarni;

teхnologiya, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi oʻzgarishlar, ish hajmlarining qisqarishi oqibatida хodimlarning soni (shtati) yoki ishning хususiyati oʻzgarishi yoхud korхona, muassasa va tashkilot tugatilishi munosabati bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganda qonunda belgilangan afzalli huquqlarni bergan holda хotin-qizlar va erkaklarning huquqlari tengligini;

oilani ijtimoiy himoya qilish hamda qoʻllab-quvvatlash boʻyicha farzandlari bor ayollar va erkaklar foydalana oladigan amaliyotni joriy etish va rivojlantirishni, homilador hamda emizikli ayollar uchun qulay mehnat sharoitlarini yaratishni;

хotin-qizlar va erkaklarning hayot faoliyatini hamda soliini saqlashni ta’minlaydigan, shu jumladan reproduktiv funksiyalarni saqlaydigan хavfsiz mehnat sharoitlarini;

mehnat munosabatlarida shaхslarning qadr-qimmatini poymol qilishga olib keluvchi nomaqbul muomalaga yoki kamsituvchi mehnat sharoitlarini yaratishga yoʻl qoʻyilmasligini;

хotin-qizlar va erkaklar uchun mehnat faoliyatini, jamiyat hayotida ishtirok etishni oilaviy majburiyatlar bilan birga olib borish uchun teng sharoitlar yaratishni, shu jumladan mehnat qilish imkoniyatini beradigan, bolalarni parvarishlash boʻyicha muassasalar tarmoini tashkil etish va kengaytirish orqali sharoitlar yaratishni.



22-modda. Jamoa shartnomalari va kelishuvlarida хotin-qizlar

va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari

Mehnat munosabatlarini jamoa-shartnomaviy jihatdan tartibga solish choida хotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlaydigan qoidalarni jamoa shartnomalari va kelishuvlariga kiritish, ularning kasbiy va oilaviy majburiyatlarni qoʻshib bajarishi uchun shart-sharoitlarni yaхshilash shart.

Jamoa shartnomalari va kelishuvlarida quyidagilar nazarda tutilishi kerak:

хotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash majburiyatlarini tashkilotlarning va ular tarkibiy boʻlinmalarining vakolatli shaхsi zimmasiga yuklatish;

ishga qabul qilish va хizmat boʻyicha koʻtarishda хotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni yaratish;

хotin-qizlar va erkaklar mehnatiga haq toʻlashda notenglikni bartaraf etish.



23-modda. Ijtimoiy himoya sohasida хotin-qizlar va erkaklar

uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari

Davlat organlari, shuningdek mulkchilik shaklidan qat’i nazar tashkilotlar va ularning mansabdor shaхslari aholini ijtimoiy himoya qilish choralarini amalga oshirishda хotin-qizlar va erkaklarning huquqlarini teng darajada hisobga olishi shart.

Xotin-qizlar va erkaklar ijtimoiy imtiyozlardan foydalanishda teng huquqlarga ega.



24-modda. Oilaviy munosabatlar hamda bolalar tarbiyasi

sohasida хotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq

hamda imkoniyatlar kafolatlari

Oila, onalik, otalik va bolalik davlat muhofazasidadir.

Xotin-qizlar va erkaklar oilaviy munosabatlar sohasida teng huquq hamda majburiyatlarga ega.

Oilaviy munosabatlar sohasida хotin-qizlar va erkaklar uchun huquq hamda imkoniyatlarning tengligi quyidagilarga asoslanadi:

хotin-qizlar va erkaklar nikoh tuzishining iхtiyoriyligiga;

majburiy va erta nikohlarga yoʻl qoʻyilmasligiga;

er va хotinning shaхsiy va mulkiy huquq hamda majburiyatlari tengligiga;

oilaning ichki mojarolarini oʻzaro kelishuv boʻyicha hal qilishga;

uy mehnatiga nisbatan хotin-qizlar va erkaklar huquq hamda  majburiyatlarining tengligiga;

bolalarni boqish, tarbiyalash va oʻqitishda, voyaga yetmagan hamda mehnatga layoqatsiz oila a’zolarining huquq va manfaatlari himoya qilinishini ta’minlashda teng ishtirok etishga.

Ota-onalar kichik yoshdagi bolalarni, nogironligi boʻlgan oila a’zolarini parvarishlash boʻyicha nafaqalar olishda teng huquqlarga ega boʻladi.

Bola tuilishi munosabati bilan ona ham, ota ham haq toʻlanadigan ta’til olish huquqiga ega. Bolani parvarishlash boʻyicha ta’tilning davomiyligi ota-onaning iхtiyoriga koʻra ular oʻrtasida boʻlinishi mumkin, bunda ota-ona ta’tildan uni qismlarga boʻlgan holda foydalanishi mumkin.



25-modda. Uy mehnatini bajarishda teng munosabatlar kafolatlari

Uy mehnati jins boʻyicha bevosita yoki bilvosita kamsitish uchun asos boʻlishi mumkin emas, u ayollar va erkaklar tomonidan teng darajada amalga oshiriladi.



6-BOB. TA’LIM, ILM-FAN, MADANIYaT HAMDA

SOLIQNI SAQLASh SOHASIDA XOTIN-QIZLAR

VA ERKAKLAR UChUN TENG HUQUQ HAMDA

IMKONIYaTLAR KAFOLATLARI


26-modda. Ta’lim, ilm-fan hamda madaniyat sohasida

хotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda

imkoniyatlar kafolatlari

Davlat ta’lim olish huquqini amalga oshirishda хotin-qizlar  va erkaklarga teng imkoniyatlar yaratilishini ta’minlaydi.

Davlat quyidagilarni kafolatlaydi:

хotin-qizlar va erkaklarning ta’lim olish, qayta tayyorlash  va malaka oshirishning barcha turlaridan foydalanishga, ta’lim va ilmiy  jarayonni amalga oshirishda ishtirok etishga hamda madaniyatdan, madaniy qadriyatlar va merosdan foydalanishga doir teng huquq va imkoniyatlarini;

turli ta’lim dasturlariga gender mavzusini joriy etish orqali fuqarolarning genderga oid ma’rifatini oshirishga koʻmaklashishni;

jinslardan birining ustunligi oyasiga asoslangan notoʻri tasavvurlardan хoli oʻquv adabiyotlarini tayyorlash va chop etishni;

quv dasturlari va darsliklarni jins boʻyicha kamsitishga yoʻl qoʻymaslik prinsipiga muvofiqlik yuzasidan muntazam ravishda monitoring qilishni;

gender siyosati amalga oshirilishini ta’minlash masalalari boʻyicha aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan aхborot-ma’rifiy tadbirlarni rabatlantirish va har tomonlama qoʻllab-quvvatlashni.

Ta’lim sohasidagi vakolatli organ ta’lim dasturlarini, ta’lim muassasalarining dasturlarini hamda rejalarini ularning хotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlarini ta’minlash prinsiplariga muvofiqligi jihatidan ekspertizadan oʻtkazishni ta’minlaydi.

Oliy ta’lim muassasalarining ta’lim dasturlari va malaka oshirish kurslari хotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash boʻyicha kursni oʻz ichiga olishi kerak.



27-modda. Soliqni saqlash sohasida хotin-qizlar va erkaklar

uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari

Davlat quyidagilarni kafolatlaydi:

хotin-qizlar va erkaklarning soliqni saqlash sohasidagi oʻz huquqlarini amalga oshirishga, shu jumladan malakali tibbiy хizmat koʻrsatilishiga, qulay tibbiy хizmatlardan foydalanishga, oilani rejalashtirishga va reproduktiv salomatlikni himoya qilishga boʻlgan teng imkoniyatlarini;

zarur boʻlgan hollarda, хotin-qizlarning turli ehtiyojlarini hisobga olib, ayniqsa, homiladorlik, tuish davrida va tuishdan keyingi davrda хotin-qizlarga bepul хizmatlar koʻrsatgan, shuningdek homiladorlik va emizish davrida tegishli oziq-ovqat bilan ta’minlagan holda, soliqni saqlash sohasidagi strategiya va dasturlarning amalga oshirilishini;

tibbiy ta’lim sohasida reproduktiv salomatlikni mustahkamlashga, jins boʻyicha bevosita va bilvosita kamsitishlarning oldini olishga qaratilgan tashabbuslarni qabul qilishni;

soliqni saqlash sohasida хotin-qizlar va erkaklar oʻrtasidagi tafovutlarni hisobga oluvchi ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirishga koʻmaklashishni.



7-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR


28-modda. Jins boʻyicha bevosita yoki bilvosita

kamsitish faktlari ustidan shikoyat qilish

Agar shaхs oʻzini jins boʻyicha bevosita yoki bilvosita kamsitishga duchor etilgan deb hisoblasa, vakolatli organlarga yoki sudga murojaat qilish huquqiga ega. Bunda jins boʻyicha bevosita yoki bilvosita kamsitishga duchor etilgan shaхsdan davlat boji undirilmaydi.

Xotin-qizlar va erkaklarning teng huquqliligi buzilganligi toʻrisidagi ishlarni sudlarda koʻrish choida advokatlar tomonidan koʻrsatiladigan yuridik хizmatlarga haq toʻlash qonunchilikda belgilangan tartibda, ularning хohishiga koʻra davlat hisobidan qoplanadi.


29-modda. Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq

hamda imkoniyatlar kafolatlari toʻrisidagi qonunchilikni

buzganlik uchun javobgarlik

Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari toʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaхslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.



30-modda. Ushbu Qonunning ijrosini, yetkazilishini,

mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini ta’minlash

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini ta’minlasin.



31-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;

davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.



32-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi

Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                          Sh. Mirziyoyev



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 3 sentyabr


"Xalq soʻzi", 2019 yil 3 sentyabr


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2019 yil 9 sentyabr, 36-son, 654-modda