Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Davlat soliq qoʻmitasining 2019-52-son, Moliya vazirligining 94-son, Markaziy bank Boshqaruvining 352-V-son "Tijorat banklari tomonidan davlat soliq хizmati organlariga taqdim etiladigan moliyaviy hisobot shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi 14.08.2019 y. Qarori (AV tomonidan 29.08.2019 y. 3178-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

29.08.2019 y.

N 3178

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING

14.08.2019 y.

N 2019-52


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MOLIYa VAZIRLIGINING

14.08.2019 y.

N 94


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING

14.08.2019 y.

N 352-V


QARORI



Tijorat banklari tomonidan davlat

soliq хizmati organlariga taqdim etiladigan

moliyaviy hisobot shakllarini tasdiqlash toʻrisida



Oʻzbekiston Respublikasining "Buхgalteriya hisobi toʻrisida"gi va "Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻrisida"gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Moliya vazirligi va Markaziy banki Boshqaruvi QAROR QILADI:


1. Tijorat banklari tomonidan davlat soliq хizmati organlariga taqdim etiladigan quyidagi moliyaviy hisobot shakllari tasdiqlansin:

"Tijorat bankining buхgalteriya balansi" shakli 1-ilovaga muvofiq;

"Tijorat bankining foyda va zararlar toʻrisida hisoboti" shakli 2-ilovaga muvofiq.


2. Tijorat banklari choraklik va yillik moliyaviy hisobotlarni telekommunikatsiya kanallari orqali elektron hujjat tarzida quyidagi muddatlarda taqdim etadilar:

choraklik moliyaviy hisobotlar uchun hisobot davri tugagandan keyingi oyning 25 kuniga qadar;

yillik moliyaviy hisobotlar uchun hisobot yilidan keyingi yilning 15 fevralidan kechiktirmay.


3. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Davlat soliq qoʻmitasi raisi

B. Musayev

Moliya vaziri


D. Kuchkarov

Markaziy bank raisi

M. Nurmuratov

        


Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 30 avgust


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2019 yil 31 avgust, 35-son, 647-modda