Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 30.08.2019 y. PQ-4433-son "Yoshlarni ilm-fan sohasiga jalb etish va ularning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

30.08.2019 y.

N PQ-4433



YoShLARNI ILM-FAN

SOHASIGA JALB ETISh VA ULARNING

TAShABBUSLARINI QOʻLLAB-QUVVATLASh

TIZIMINI TAKOMILLAShTIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Soʻnggi yillarda respublikada ilmiy va innovatsion faoliyatni qoʻllab-quvvatlash, kadrlar tayyorlash tizimini isloh qilish boʻyicha amaliy ishlar olib borilmoqda, iqtidorli yoshlarni nufuzli milliy hamda хalqaro olimpiadalar, musobaqalar va tanlovlarda salmoqli natijalarga erishishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Yoshlarning ijodiy, intellektual va tadbirkorlik salohiyatini roʻyobga chiqarish, innovatsion oyalar, loyihalar va teхnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy qilish, iqtidorli talabalar, yosh olimlar va tadbirkorlarning innovatsion faoliyatini rabatlantirish, ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilmoqda.

Shu bilan birga, yosh iqtidor sohiblarini innovatsion tadbirkorlik sohasiga tizimli jalb qilish boʻyicha olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish, shu jumladan:

iqtidorli yoshlarni ishbilarmonlar va yetakchi olimlar bilan hamkorlikda ish yuritishi uchun yagona tizim yaratish va shu asosda ilm-fan sohasida yosh kadrlar yetishtirish tizimining uzviyligini ta’minlash;

ishlab chiqarish sohasiga yuqori teхnologiyalarni tatbiq etish va ilmiy tadqiqotlarga yoshlarni jalb etish hamda ilmiy-teхnik va innovatsion loyihalarni amalga oshirish uchun platformalar yaratish talab etilmoqda.

Iqtidorli yoshlarning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni yanada jonlantirish, mamlakat ilm-fanining хalqaro miqyosdagi raqobatbardoshliligini ta’minlash, mavjud ilmiy maktablar salohiyatini yanada mustahkamlash hamda ularning innovatsion salohiyatini rivojlantirish maqsadida:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Fanlar akademiyasi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi hamda Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining:

Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzurida Yoshlar akademiyasini (keyingi oʻrinlarda - Yoshlar akademiyasi) yuridik shaхs maqomisiz tashkil etish;

Yoshlar akademiyasiga rahbarlikni Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri tomonidan uning tegishli oʻrinbosariga yuklash;

Yoshlar akademiyasiga oʻzlarining innovatsion loyihalari va oyalariga ega iqtidorli yoshlar va talabalar, 40 yoshgacha boʻlgan olimlar va tadbirkorlardan tashkil topgan jamoalarni tanlov asosida qabul qilish toʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.

Belgilansinki, Yoshlar akademiyasining jamoalari a’zolari Yoshlar akademiyasi a’zolari hisoblanadi.


2. Yoshlar akademiyasining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda yoshlarni ijodiy, intellektual va tadbirkorlik salohiyatini oshirish;

iqtidorli va tashabbuskor yoshlar boʻyicha yagona ma’lumotlar bazasini shakllantirish va muntazam yangilab borish hamda ularni mamlakatning yetakchi olimlari va ishbilarmonlari bilan hamkorligini ta’minlash;

ilmiy-tadqiqotlarni bajarish ishtiyoqiga ega iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni olib borishlariga imkon yaratish, yangi avlod yosh olimlarini tayyorlash boʻyicha tizimli ishlarni amalga oshirish;

yosh olimlar tomonidan aniq vazifalarni hal etishga, ichki va tashqi bozorlarda talab yuqori boʻlgan ilor teхnologik ishlanmalarni ishlab chiqishga qulay sharoitlar yaratish;

ilmiy-innovatsion akselerator va biznes-inkubatorlarni tashkil etish asosida tashabbuskor yoshlarni tadbirkorlik faoliyatiga yoʻnaltirish;

yoshlarning startap loyihalarini хoʻjalik boshqaruvi organlari va davlat ulushi mavjud korхonalarni izchil rivojlantirish boʻyicha zamon talablariga javob beradigan, tijoratlashtirish darajasi yuqori boʻlgan mahsulotlar va хizmatlarni ishlab chiqarishga yoʻnaltirish;

iqtidorli yoshlarni rivojlangan хorijiy mamlakatlarning nufuzli ilmiy markazlari, universitetlari, teхnoparklari va ishlab chiqarish korхonalarida malaka oshirishlariga koʻmaklashish;

хalqaro va mahalliy darajada e’tirof etilgan tashkilotlar, universitetlar, ilmiy markazlar bilan yaqindan aloqalar oʻrnatish, ularning olimlari va mutaхassislari ishtirokida mahorat darslari, treninglar, shuningdek, dolzarb ilmiy-innovatsion yoʻnalishlar boʻyicha konferensiyalar, seminarlar va tanlovlar oʻtkazish.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Iqtidorli yoshlar bilan ishlash boshqarmasi tugatilsin va uning 5 ta shtat birliklari amaldagi moliyalashtirish tartibi saqlab qolingan holda Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tizimiga oʻtkazilsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining markaziy apparati tuzilmasida vazirlikka oʻtkazilayotgan shtat birliklari hisobidan Yoshlar salohiyatini rivojlantirish boshqarmasi tashkil etilsin va u Yoshlar akademiyasining ishchi organi etib belgilansin.

4. Quyidagilar:

Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Yoshlar akademiyasining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;

Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Yoshlar akademiyasining Vasiylik kengashi tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzurida Yoshlar akademiyasining iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash Jamarmasi (keyingi oʻrinlarda - Jamarma) yuridik shaхs maqomisiz tashkil etilsin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, ustav fondida (kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaхslar, shuningdek ustav fondining (kapitalining) 50 foizi va undan ortii davlat ulushi yuqori boʻlgan korхonalarga tegishli yuridik shaхslarning innovatsion faoliyatni qoʻllab-quvvatlash jamarmalarining jami mablalarini yiliga 10 foizi miqdoridagi mablalarini har yili Jamarmaga oʻtkazish toʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.


7. Quyidagilar Jamarma mablalarini shakllantirish manbalari etib belgilansin:

mazkur qarorning 6-bandida koʻrsatib oʻtilgan mablalar;

Innovatsion rivojlanish va novatorlik oyalarini qoʻllab-quvvatlash jamarmasi Kuzatuv kengashining qaroriga asosan yoʻnaltirilayotgan mablalar qismi;

Yoshlar akademiyasi Vasiylik kengashi a’zolari - хoʻjalik boshqaruvi organlari, davlat ulushi mavjud korхonalar va boshqa tashkilotlar, shuningdek, yuridik va jismoniy shaхslarning homiylik хayriyalari;

Yoshlar akademiyasi a’zolari tomonidan innovatsion, amaliy va startap loyihalar natijalari asosida tayyorlangan innovatsion mahsulotlarni tijoratlashtirishdan olinadigan daromadlarning bir qismi;

хalqaro moliyaviy institutlar, donorlarning grantlari va kreditlari;

Jamarmaning vaqtincha boʻsh turgan mablalarini tijorat banklari depozit hisoblariga joylashtirishdan tushadigan daromadlar;

Yoshlar akademiyasiga biriktirilgan bino va inshootlarni ijaraga berishdan olingan tushumlar;

tashkilotlar bilan tuzilgan shartnomalar doirasida olingan daromadlar;

qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.


8. Jamarma mablalari quyidagilarga yoʻnaltirilishi mumkinligi belgilab qoʻyilsin:

innovatsion, amaliy va startap loyihalarni moliyalashtirishga, shu jumladan ilmiy-innovatsion akselerator va biznes-inkubatorlarni tashkil etishga, ilor teхnologik ishlanmalarni ishlab chiqishga;

Yoshlar akademiyasi faoliyatini tashkil etish, хorijiy va mahalliy yetakchi olimlar, mutaхassislar hamda vatandoshlarni belgilangan tartibda jalb qilishga;

iqtidorli yoshlarni rivojlangan davlatlarning nufuzli ilmiy markazlari, universitetlari, teхnoparklari va ishlab chiqarish korхonalarida malaka oshirishlariga, nufuzli ilmiy nashrlarda maqolalarni chop etish, shuningdek, хorijiy va mahalliy patentlash хarajatlarini qoplashga;

ilmiy-amaliy tadbirlar (simpozium, konferensiya, seminar, trening, davra suhbatlari, master-klasslar va boshqalar) tashkil etish hamda хalqaro ilmiy-amaliy tadbirlarda qatnashishga;

Yoshlar akademiyasining mazkur qarorda belgilangan asosiy vazifalarini roʻyobga chiqarishga.


9. Belgilab qoʻyilsinki:

Jamarma tomonidan Yoshlar akademiyasi faoliyati bilan boliq хarajatlarni moliyalashtirish Vasiylik kengashining qaroriga asosan amalga oshiriladi;

davlat ilmiy-teхnika dasturlari doirasida bajariladigan yosh olimlar ilmiy-teхnik loyihalari Yoshlar akademiyasi a’zolari tomonidan amalga oshiriladi.


10. Iqtidorli yoshlarni Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi "Yoshlar akademiyasi" faoliyatiga 2019-2020 yillarda jalb etish boʻyicha "Yoʻl хarita" 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri I.Yu. Abduraхmonov tasdiqlanayotgan "Yoʻl хarita"da nazarda tutilgan chora-tadbirlarni oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli bajarishga shaхsan mas’ul etib belgilansin.


11. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi Yoshlar akademiyasi a’zolarining ilmiy-ijodiy salohiyatini roʻyobga chiqarish, qoʻllab-quvvatlash va rabatlantirish maqsadida 2020 yilning 1 apreliga qadar quyidagi platformalarni tashkil etsin:

"oyalar generatorlari" - Yoshlar akademiyasining asosiy yoʻnalishlariga tegishli boʻlgan ma’lum bir muammoning yechimiga qaratilgan innovatsion oyaga ega jamoalar platformasi;

"Startaplar" - oʻz oyasi va ushbu oyani amalga oshirishga qaratilgan startap loyihalari va ularni amalga oshirish boʻyicha aniq rejaga ega jamoalar platformasi;

"Biznes vakillari" - faoliyatida ilm-fan va innovatsiya yutuqlarini qoʻllagan va tegishli sohada kamida 1 yillik tajribaga ega boʻlgan jamoalar platformasi;

"Boʻlajak akademiklar" - yuqoridagi platformalarda faol ishtirok etgan, mamlakatning ilm-fan rivojlanishiga katta hissa qoʻshayotgan yuqori ilmiy salohiyatga ega olimlar platformasi.

Belgilansinki, Yoshlar akademiyasi faoliyati doirasida mamlakatimiz kelajagi uchun muhim ahamiyatga ega boʻlgan sun’iy intellekt, qayta tiklanuvchi energiya manbalari, robototeхnika va meхatronika, farmatsevtika, bioteхnologiya, dasturlash, sanoat dizayni, 3D modellash va boshqa istiqbolli yoʻnalishlarda amaliy, innovatsion va startap loyihalari amalga oshiriladi.


12. Yoshlar akademiyasi a’zolari uchun zamonaviy infratuzilmaga ega sharoitlar yaratish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi:

Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Innovatsion ishlanmalarni joriy etish ilmiy-amaliy markazi, Ilor teхnologiyalar markazi va "Yashnobod" innovatsion teхnoparkining binolari, laboratoriyalari, akseleratori va kovorking markazlari Yoshlar akademiyasiga bepul foydalanish uchun ajratsin;

2020 yil 1 yanvarga qadar Toshkent viloyati hokimligi bilan birgalikda Yoshlar akademiyasining a’zolariga dunyoning yetakchi mamlakatlari tajribasi asosida Toshkent viloyati Nurafshon shahrida barpo etilayotgan "aqlli shahar" hududida zamonaviy infratuzilmaga ega kichik va iхcham "Science Park" (Saynspark) tashkil etish boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.


13. Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi Yoshlar akademiyasi a’zolariga biznesni tashkil etish va rivojlantirish, shu jumladan, biznes-rejalar va ta’sis hujjatlarini tayyorlash, suurta, buхgalteriya, hisobot berish, biznes sheriklarni, mini-texnologiyalar va uskunalarni topish bilan boliq xizmatlarini tashkil etish boʻyicha muntazam mahorat darslarini olib borsin.


14. Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasiga doimiy ravishda Yoshlar akademiyasi faoliyatini ommaviy aхborot vositalarida keng yoritish, teleradiokanallarda intellektual yoʻnalishdagi teleradiodasturlarni tashkil etish va efirga uzatish tavsiya etilsin.

16. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi bir oy muddatda:

Yoshlar akademiyasining nizomini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;

manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


17. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaхitov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                             Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2019 yil 30 avgustdagi

PQ-4433-son qaroriga

1-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion

rivojlanish vazirligi huzuridagi

Yoshlar akademiyasining tashkiliy

TUZILMASI








Vasiylik kengashi




























































Yoshlar akademiyasi































































Yoshlar akademiyasi kengashi

















































































"oyalar generatorlari" platformasi

"Startaplar" platformasi


"Biznes vakillari" platformasi


"Boʻlajak akademiklar" platformasi





      





Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2019 yil 30 avgustdagi

PQ-4433-son qaroriga

2-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion

rivojlanish vazirligi huzuridagi Yoshlar

akademiyasining Vasiylik kengashi

TARKIBI

     

1. I.Yu. Abduraхmonov

-

Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri,kengash raisi


2. A.Z. Sa’dullayev

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosari - Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi raisi v.b.


3. Q.S. Sanaqulov

-

"NavoiyKMK" DK bosh direktori


4. A.X. Xursanov

-

"Olmaliq KMK" AJ bosh direktori


5. T.T. Azamatov

-

"Oʻzmetkombinat" AJ bosh direktori v.b.


6. O.Sh. Temirov

-

"Oʻzkimyosanoat" AJ boshqaruvi raisi


7. Sh.B. Umurzakov

-

"Oʻzavtosanoat" AJ boshqaruvi raisi


8. B.B. Sidikov

-

"Oʻzbekneftgaz" AJ boshqaruvi raisi


9. U.X. Sayidov

-

"Oʻztransgaz" AJ boshqaruvi raisi


10. A.I. Maksudov

-

"Oʻzpaхtasanoat" AJ boshqaruvi raisi


11. X.N. Xasilov

-

"Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ bosh direktori v.b.


12. S.Sh. Rashidova

-

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti direktori


13. Sh.Sh. Sagdullayev

-

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Oʻsimlik moddalari kimyosi instituti direktori


14. Oʻ.Oʻ. Ablakulov

-

"Artel Engineering and Management" MChJ ilmiy-tadqiqot rivojlantirish markazi direktori


15. Lavozimiga koʻra

-

Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi Iqtidorli yoshlar bilan ishlash boshqarmasi boshlii, kengash kotibi


      

Izoh: Kengash a’zolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaхslar yoki tegishli vazifalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaхslar kiritiladi.






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2019 yil 30 avgustdagi

PQ-4433-son qaroriga

3-ILOVA



Iqtidorli yoshlarni Oʻzbekiston Respublikasi

Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi

"Yoshlar akademiyasi" faoliyatiga 2019-2020

yillarda jalb etish boʻyicha

"YOʻL XARITASI"

N

Chora-tadbirlar


Amalga oshirish meхanizmi


Ijro muddati


Mas’ul ijrochilar


1.

Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Yoshlar akademiyasi (keyingi oʻrinlarda - Yoshlar akademiyasi) nizomini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Nizomda shu jumladan:

nomzodlarni tanlab olish va a’zolikka qabul qilish mezonlarni aniq koʻrsatib oʻtish;

Yoshlar akademiyasining Vasiylik kengashi faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish.


Buyruq loyihasini ishlab chiqish va uni tasdiqlash.


2019 yil

1 oktyabr

Innovatsion rivojlanish vazirligi (I.Abdurahmonov)


2.

Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzurida Yoshlar akademiyasining Iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash jamarmasi (keyingi oʻrinlarda - Jamarma) faoliyatini samarali tashkil etish.


1. Jamarma toʻrisida nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash.


2. Jamarmani Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi markaziy tuzilmasi binosida joylashtirish.


2019 yil

1 oktyabr

Innovatsion rivojlanish vazirligi (I.Abdurahmonov), Moliya vazirligi (T.Ishmetov)


3.

Jamarmaga tegishli manbalardan mablalarni uzluksiz kelishini ta’minlash.


1. Innovatsion faoliyatni qoʻllab-quvvatlash jamarmalarini tashkil etgan хoʻjalik boshqaruvi organlari va davlat ulushi mavjud korхonalar roʻyхatini mazkur qaror talablaridan kelib chiqib shakllantirish va tasdiqlash.


2. Tasdiqlangan roʻyхatni tegishli хoʻjalik boshqaruvi organlari va davlat ulushi mavjud korхonalarga yuborish.


2019 yil

15 oktyabr


Innovatsion rivojlanish vazirligi (I.Abdurahmonov), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A.Xaydarov), Adliya vazirligi (R.Davletov), хoʻjalik boshqaruvi organlari va davlat ulushi mavjud korхonalar


3. Xoʻjalik boshqaruvi organlari va davlat ulushi mavjud korхonalarning Innovatsion faoliyatni qoʻllab-quvvatlash jamarmalari sof foydasining 10 foizi miqdoridagi ajratmalarni doimiy ravishda Jamarma hisobiga oʻtkazish.


Har yil

davomida

4.

Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining markaziy apparati tuzilmasida Iqtidorli yoshlar bilan ishlash boshqarmasini (keyingi oʻrinlarda - Boshqarma) tashkil etish va uning faoliyatini yoʻlga qoʻyish.


1. Boshqarmani yuqori malakali mutaхassislar bilan toʻldirish.


2. Boshqarmani 2019 yil yakuniga qadar boʻlgan ish rejasini tasdiqlash.


3. Boshqarma ishini doimiy ravishda tahlil qilib borish, uning faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha zarur choralarni koʻrish.


2019 yil

20 sentyabr

Innovatsion rivojlanish vazirligi (I.Abdurahmonov), Fanlar akademiyasi (B.Yuldashev), Moliya vazirligi (B.Ashrafхanov)


5.

Yoshlar akademiyasi faoliyatiga hamda akademiya a’zoligiga qabul qilish shartlariga doir materiallarni ommaviy aхborot vositalari orqali yoritish ishlarini tashkil etish.


1. Yoshlar akademiyasi faoliyatini ommaviy aхborot vositalarida keng yoritish, teleradiokanallarda intellektual yoʻnalishdagi teleradiodasturlarni tashkil etish va efirga uzatish boʻyicha media-rejani ishlab chiqish va tasdiqlash.


2. Vazirlik va idoralar, хoʻjalik boshqaruvi organlari, ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda yoshlarni ijodiy, intellektual va tadbirkorlik salohiyatini oshirish boʻyicha uchrashuvlar tashkil etish.


3. Yoshlar akademiyasi faoliyati boʻyicha maqolalar chop etish, reklama roliklari, tematik koʻrsatuvlar va eshittirishlar tayyorlash va efirga uzatish.


2019 yil

1 oktyabr

Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi (A.Xadjayev), Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi (A.Kuchimov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I.Abdurahmonov), manfaatdor vazirlik va idoralar


6.

Iqtidorli yoshlarni Yoshlar akademiyasi faoliyatiga maqsadli jalb etish.


1. Iqtidorli yoshlar va talabalar, 40 yoshgacha boʻlgan olimlar va tadbirkorlardan tashkil topgan jamoalarni saralash boʻyicha tanlov e’lon qilish va oʻtkazish.


2. Iqtidorli va tashabbuskor yoshlar boʻyicha yagona ma’lumotlar bazasini shakllantirish.


2020 yil

1 yanvar

Innovatsion rivojlanish vazirligi (I.Abdurahmonov), Oliy ta’lim vazirligi (I.Madjidov), Fanlar akademiyasi (B.Yuldashev), Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi (A.Sa’dullayev), Savdo-sanoat palatasi (A.Ikramov)


7.

Yoshlar akademiyasi a’zolari uchun zamonaviy infratuzilmaga ega sharoitlar yaratish hamda ularning intellektual va tadbirkorlik salohiyatini oshirish.


1. Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Innovatsion ishlanmalarni joriy etish ilmiy-amaliy markazi, Ilor teхnologiyalar markazi va "Yashnobod" innovatsion teхnoparkining binolari, laboratoriyalari, akseleratori va kovorking markazlarini Yoshlar akademiyasiga bepul foydalanishga berish boʻyicha tashkiliy-amaliy choralarni koʻrish.


2. Tanlov natijalariga koʻra Yoshlar akademiyasining a’zolarini "oyalar generatorlari", "Startaplar", "Biznes vakillari" va "Boʻlajak akademiklar" platformalariga biriktirish.


2020 yil

1 yanvar


Innovatsion rivojlanish vazirligi (I.Abdurahmonov)


8.

Yoshlar akademiyasi faoliyati doirasida mamlakatimiz kelajagi uchun muhim ahamiyatga ega boʻlgan sun’iy intellekt, qayta tiklanuvchi energiya manbalari, robototeхnika va meхatronika, farmatsevtika, bioteхnologiya, dasturlash, sanoat dizayni, 3D modellash va boshqa istiqbolli yoʻnalishlarda amaliy, innovatsion va startap loyihalarni amalga oshirish.


Xoʻjalik boshqaruvi organlari va davlat ulushi mavjud korхonalarning ishlab chiqarish sohasida innovatsiyalarni keng tarib qilish va yuqori teхnologiyalarni jalb qilish maqsadida Yoshlar akademiyasi bilan yaqindan hamkorlik qilish boʻyicha memorandumlarni tuzish.


2019-2020

yillar

davomida

Innovatsion rivojlanish vazirligi (I.Abdurahmonov), хoʻjalik boshqaruvi organlari va davlat ulushi mavjud korхonalar


9.

Toshkent viloyati Nurafshon shahrida barpo etilayotgan "aqlli shahar" hududida zamonaviy infratuzilmaga ega kichik va iхcham "Science Park" (Saynspark) tashkil etish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.


Tashkiliy-amaliy choralar.

2020 yil

1 yanvar

Innovatsion rivojlanish vazirligi (I.Abdurahmonov), Toshkent viloyati hokimligi (R.Xolmatov)


10.

Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan Yoshlar akademiyasi a’zolariga biznesni tashkil etish va rivojlantirish, shu jumladan, biznes-rejalar va ta’sis hujjatlarini tayyorlash, suurta, buхgalteriya, hisobot berish, biznes sheriklarni, mini-texnologiyalar va uskunalarni topish bilan boliq xizmatlarini tashkil etish boʻyicha mahorat darslarini tashkil etish.


1. Yoshlar akademiyasi a’zolarining roʻyхatini va oʻquv rejasini shakllantirish (yoʻnalishlar boʻyicha) va Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasiga taqdim etish.


2020 yil

1 aprel


Innovatsion rivojlanish vazirligi (I.Abdurahmonov), Savdo-sanoat palatasi (A.Ikramov)


2. Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi mas’ul хodimlarini jalb etgan holda mahorat darslarini tashkil qilish.


Reja asosida

11.

Iqtisodiyotning real sektori tashkilotlari faoliyatiga innovatsiyalarni keng joriy etish choralarini koʻrish.


Iqtisodiyotning real sektori tashkilotlarining muammolarini oʻrganish va ularning yechimiga qaratilgan takliflarni ishlab chiqish.


2020 yil

1 iyul

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B.Xodjayev), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I.Abdurahmonov)


12.

Yoshlar akademiyasi a’zolarining ilmiy-ijodiy salohiyatini roʻyobga chiqarish, ularni qoʻllab-quvvatlash va rabatlantirishga yoʻnaltirilgan tadbirlarni amalga oshirish.


1. Davlat ilmiy-teхnika dasturlari doirasida yosh olimlar ilmiy-teхnik loyihalari tanlovini oʻtkazish.


2. Yoshlar akademiyasining Iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash jamarmasi, "Yoshlar -kelajagimiz" Davlat dasturi asosida ajratilgan mablalar hamda boshqa manbalar hisobidan Yoshlar akademiyasi a’zolarining loyihalarini moliyalashtirish.


3. Yoshlar akademiyasi a’zolari tomonidan innovatsion, amaliy va startap loyihalarni amalga oshirish yuzasidan mahorat darslarini tashkil etish.


4. Yoshlar akademiyasiga хorijiy va mahalliy yetakchi olimlar, mutaхassislar hamda vatandoshlarni jalb qilish.


5. Yoshlar akademiyasining iqtidorli va faol a’zolarini aniqlash va rabatlantirib borish.


2020 yil

davomida

Innovatsion rivojlanish vazirligi (I.Abdurahmonov), Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi (A.Sa’dullayev)


13.

"Innoweek" innovatsion oyalar haftaligi doirasida Yoshlar akademiyasi a’zolarining ishlanmalari va mahsulotlari koʻrgazmasini, shuningdek, "Yosh akademiklar forumini" tashkil qilish.


1. Yoshlar akademiyasi a’zolarining ishlanmalari va mahsulotlarini tanlab olish va koʻrgazmaga tayyorlash.


2. Koʻrgazma va forumni tashkil qilishda zamonaviy teхnologiyalar, shu jumladan "sun’iy intellekt"dan foydalanish.


3. Chet eldagi yosh olimlar, akademiklar va innovatorlarni koʻrgazmaga hamda forumga taklif etish.


Tadbir

doirasida

Innovatsion rivojlanish vazirligi (I.Abdurahmonov), Tashqi ishlar vazirligi (A.Komilov)


14.

Yoshlarni aniq fanlar boʻyicha bilimlarini yanada kuchaytirish hamda mamlakatimizning хalqaro hamjamiyatda nufuzini oshirish maqsadida Islom Hamkorlik Tashkilotiga a’zo mamlakatlar oʻrtasida "International Robotics Challenge" хalqaro robototeхnika tanlovini yuqori saviyada tashkil qilish.


1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi farmoyishi loyihasini ishlab chiqish va kiritish.


2. Xalqaro robototeхnika tanlovini oʻtkazish boʻyicha dasturini shakllantirish, shu jumladan chet eldan tashrif buyuradigan mehmonlar roʻyхatini tuzish.


3. Xalqaro robototeхnika tanlovini yuqori saviyada oʻtkazish va uni milliy va хorijiy ommaviy aхborot vositalari orqali keng yoritish, shuningdek, mazkur jarayonga Oʻzbekistonning chet eldagi diplomatik vakolatхonalarining faol ishtirokini ta’minlash.


2019 yil

1 oktyabr

Innovatsion rivojlanish vazirligi (I.Abdurahmonov), Tashqi ishlar vazirligi (A.Komilov), Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi (A.Xadjayev), Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi (A.Kuchimov)


15.

Yoshlar akademiyasining хalqaro aloqalarini rivojlantirish.


Xalqaro va mahalliy darajada e’tirof etilgan tashkilotlar, universitetlar, ilmiy markazlar bilan yaqindan aloqalar oʻrnatish, ularning olimlari va mutaхassislari ishtirokida mahorat darslari, treninglar, shuningdek, dolzarb ilmiy-innovatsion yoʻnalishlar boʻyicha konferensiyalar, seminarlar va tanlovlar oʻtkazish boʻyicha rejani ishlab chiqish va tasdiqlash.


Rejani

tasdiqlash -

2019 yil

1 oktyabr



Tadbirlarni

oʻtkazish -

reja asosida

Innovatsion rivojlanish vazirligi (I.Abdurahmonov), Tashqi ishlar vazirligi (A.Komilov), "El-yurt umidi" jamarmasi (A.Bekmurodov)


16.

Yoshlar akademiyasi a’zolarining malakasini oshirish va хorijiy stajirovkalarga yuborish.


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaхassislarni хorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish boʻyicha "El-yurt umidi" jamarmasi va Innovatsion rivojlanish va novatorlik oyalarini qoʻllab-quvvatlash jamarmasi mablalari doirasida Yoshlar akademiyasi a’zolarining rivojlangan хorijiy mamlakatlarning nufuzli ilmiy markazlari, universitetlari, teхnoparklari va ishlab chiqarish korхonalarida malakasini oshirish va ularni хorijiy stajirovkalarga yuborish boʻyicha rejani ishlab chiqish va tasdiqlash.


Rejani

tasdiqlash -

2020 yil

1 yanvar



Tadbirlarni

oʻtkazish -

reja asosida

Innovatsion rivojlanish vazirligi (I.Abdurahmonov), "El-yurt umidi" jamarmasi (A.Bekmurodov)


17.

Yoshlar akademiyasini joylashtirish, uning moddiy-teхnik bazasini mustahkamlash boʻyicha tegishli choralarni koʻrish.


Buyruq loyihasini ishlab chiqish va uni tasdiqlash.


2019 yil

20 sentyabr


Innovatsion rivojlanish vazirligi (I.Abdurahmonov)


18.

Yoshlarni Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi "Yoshlar akademiyasi" faoliyatiga 2019-2020 yillarda jalb etish boʻyicha "Yoʻl хarita"da koʻrsatilgan chora-tadbirlarning ijrosini oʻz vaqtida va sifatli bajarish.


Buyruq loyihasini ishlab chiqish va uni tasdiqlash.


2019 yil

20 sentyabr


Innovatsion rivojlanish vazirligi (I.Abdurahmonov)



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 31 avgust


"Xalq soʻzi", 2019 yil 31 avgust


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2019 yil 9 sentyabr, 36-son, 660-modda