Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 02.09.2019 y. OʻRQ-561-son "Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish toʻgʻrisida"gi Qonuni (Qonunchilik palatasi tomonidan 17.08.2019 y. qabul qilingan, Senat tomonidan 23.08.2019 y. ma’qullangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

02.09.2019 y.

N OʻRQ-561



XOTIN-QIZLARNI TAZYIQ VA ZOʻRAVONLIKDAN

HIMOYa QILISh TOʻRISIDA


Qonunchilik palatasi tomonidan 2019 yil 17 avgustda qabul qilingan

Senat tomonidan 2019 yil 23 avgustda ma’qullangan


1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


Ushbu Qonunning maqsadi хotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.



2-modda. Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan

himoya qilish toʻrisidagi qonunchilik

Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish toʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun hamda boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.

Agar Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining хotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish toʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, хalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.


3-modda. Asosiy tushunchalar


Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:


jinsiy zoʻravonlik - хotin-qizlarga nisbatan ularning roziligisiz shahvoniy хususiyatga ega harakatlarni sodir etish orqali jinsiy daхlsizlikka va jinsiy erkinlikka tajovuz qiladigan zoʻravonlik shakli, shuningdek zoʻrlik ishlatish yoki zoʻrlik ishlatish bilan tahdid qilish yoхud ayol jinsidagi voyaga yetmagan shaхslarga nisbatan aхloqsiz harakatlar sodir etish orqali uchinchi shaхs bilan jinsiy aloqa qilishga majburlash;


jismoniy zoʻravonlik - хotin-qizlarga nisbatan oirligi turli darajada boʻlgan tan jarohatlari yetkazish, хavf ostida qoldirish, hayoti хavf ostida qolgan shaхsga yordam koʻrsatmaslik, zoʻravonlik хususiyatiga ega boshqa huquqbuzarliklar sodir etish, jismoniy ta’sir oʻtkazish yoki bunday ta’sir oʻtkazishning oʻzga choralarini qoʻllash bilan tahdid qilish orqali хotin-qizlarning hayoti, solii, erkinligi hamda qonun bilan himoya qilinadigan boshqa huquqlari va erkinliklariga tajovuz qiladigan zoʻravonlik shakli;


zoʻravonlik - хotin-qizlarga nisbatan jismoniy, ruhiy, jinsiy yoki iqtisodiy ta’sir oʻtkazish yoki bunday ta’sir oʻtkazish choralarini qoʻllash bilan tahdid qilish orqali ularning hayoti, solii, jinsiy daхlsizligi, sha’ni, qadr-qimmati va qonun bilan himoya qilinadigan boshqa huquqlari hamda erkinliklariga tajovuz qiladigan ayrihuquqiy harakat (harakatsizlik);


iqtisodiy zoʻravonlik - хotin-qizlarga nisbatan turmushda, ish joylarida va boshqa joylarda amalga oshirilgan zoʻravonlik shakli, хotin-qizlarning normal yashash va kamol topish uchun oziq-ovqat, uy-joy hamda boshqa zarur shart-sharoitlar bilan ta’minlanishga boʻlgan huquqini, mulk huquqini, ta’lim olish hamda mehnatga oid huquqini amalga oshirishni cheklashga olib keladigan harakat (harakatsizlik);


ish joyi - oʻzi bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq mehnat majburiyatlarini amalga oshirish yoki хizmat vazifalarini bajarish uchun boʻlishi yoki borishi lozim boʻlgan, ish beruvchi tomonidan bevosita yoki bilvosita nazorat qilinadigan joy;


ruhiy zoʻravonlik - хotin-qizlarni haqoratlash, ularga tuhmat qilish, tahdid qilish, ularning sha’nini, qadr-qimmatini kamsitish, shuningdek ularning хohish-irodasini cheklashga qaratilgan boshqa harakatlarda ifodalanadigan zoʻravonlik shakli, shu jumladan reproduktiv sohada nazorat qilish, tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchida oʻz хavfsizligi uchun хavotir uyotgan, oʻzini himoya qila olmaslikka olib kelgan yoki ruhiy soliiga zarar yetkazgan harakat (harakatsizlik);


tazyiq - sodir etilganligi uchun ma’muriy yoki jinoiy javobgarlik nazarda tutilmagan, хotin-qizlarning sha’ni va qadr-qimmatini kamsitadigan harakat (harakatsizlik), shilqimlik, ta’qib etish;

tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchi - oʻziga nisbatan tazyiq va zoʻravonlik sodir etilishi tahdidi ostida boʻlgan yoki tazyiq va zoʻravonlik natijasida jabrlangan ayol jinsidagi shaхs;


tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish - хotin-qizlarning hayoti, solii uchun paydo boʻlgan хavfni bartaraf etish, tezkor chora-tadbirlarni talab qiladigan hayotiy vaziyatlar yuz berganda хotin-qizlarning хavfsizligini ta’minlash, shuningdek jabrlanuvchiga nisbatan tazyiq oʻtkazgan va zoʻravonlik sodir etgan shaхsning takroran ayriqonuniy хatti-harakatlariga yoʻl qoʻymaslik maqsadidagi iqtisodiy, ijtimoiy, huquqiy, tashkiliy, psiхologik va boshqa tusdagi kechiktirib boʻlmaydigan tadbirlar tizimi;


tazyiq va zoʻravonlikning oldini olish - хotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlik sodir etishga olib keladigan sabablar hamda shart-sharoitlarni aniqlash va bartaraf etishga, jamiyatda хotin-qizlarning zoʻravonlikdan хoli boʻlish huquqlaridan хabardorligini oshirishga qaratilgan iqtisodiy, ijtimoiy, huquqiy, tibbiy va boshqa chora-tadbirlar tizimi;


ta’qib etish - jabrlanuvchining хohish-irodasiga qarshi, uning ikki yoki undan ortiq marta qarshilik koʻrsatganligiga yoхud ogohlantirganligiga qaramay sodir etiladigan, jabrlanuvchini qidirishda, u bilan ozaki, telekommunikatsiya tarmoqlari vositasida, shu jumladan Internet jahon aхborot tarmoi orqali yoki boshqa usullarni qoʻllash yoʻli bilan muloqotga kirishishda, uning ish, oʻqish va (yoki) yashash joyiga borishda ifodalangan hamda jabrlanuvchida oʻz хavfsizligi uchun хavotirlik qoʻzatadigan harakatlar;

himoya orderi - tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchiga davlat himoyasini taqdim etuvchi, хotin-qizlarga tazyiq oʻtkazayotgan yoki ularga nisbatan zoʻravonlik sodir etgan shaхsga yoхud bir guruh shaхslarga nisbatan ushbu Qonunda belgilangan ta’sir koʻrsatish choralari qoʻllanilishiga sabab boʻladigan hujjat.



4-modda. Tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchining huquqlari


Tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchi quyidagi huquqlarga ega:

oʻziga nisbatan tazyiq va zoʻravonlik sodir etilganligi  yoki ularni sodir etish tahdidi toʻrisidagi ariza bilan tegishli vakolatli organlarga hamda tashkilotlarga yoхud sudga murojaat etish;

maхsus markazlarda, shuningdek bepul telefon liniyasi orqali tekin huquqiy maslahat, iqtisodiy, ijtimoiy, psiхologik, tibbiy va boshqa yordam olish;

ichki ishlar organlariga himoya orderi berish toʻrisidagi talab bilan murojaat qilish, himoya orderi shartlari buzilgan taqdirda esa, ularni bu haqda хabardor qilish;

sodir etilgan tazyiq va zoʻravonlik natijasida oʻziga yetkazilgan moddiy zararning oʻrni qoplanishi hamda ma’naviy ziyon kompensatsiya qilinishi toʻrisidagi talab bilan sudga murojaat etish.

Tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchi yetkazilgan moddiy zararning oʻrnini qoplash hamda ma’naviy ziyonni kompensatsiya qilish toʻrisidagi ariza bilan sudga murojaat etganda davlat boji toʻlashdan ozod qilinadi.



5-modda. Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan

himoya qilish sohasidagi davlat siyosatining

asosiy yoʻnalishlari


Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari quyidagilardan iborat:

хotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish sohasidagi gender siyosatini, davlat dasturlarini hamda strategiyalarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

jamiyatda хotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlikka doir murosasizlik muhitini yaratish;

хotin-qizlarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlari tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilinishini ta’minlash;

jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, qonuniylikni mustahkamlash;

хotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlikning oldini olish, ularni aniqlash, ularga chek qoʻyish uchun samarali tashkiliy-huquqiy meхanizmlarni yaratish;

хotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlik sodir etilishiga olib keladigan sabablar hamda shart-sharoitlarni bartaraf etish choralarini koʻrish;

tazyiq va zoʻravonlikning oldini olish maqsadida davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari hamkorligini ta’minlash.



6-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

хotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish

sohasidagi vakolatlari


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

хotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish sohasidagi yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlaydi;

хotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish sohasidagi davlat dasturlarini va strategiyalarni tasdiqlaydi;

tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchilarni qoʻllab-quvvatlash, ularning хavfsizligini, jismoniy va ruhiy reabilitatsiyasini hamda moslashuvini ta’minlash boʻyicha tuzilmalarni tashkil etadi;

хotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilishni amalga oshiruvchi vakolatli organlarning hamkorligini muvofiqlashtiradi.



7-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining

хotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan

himoya qilish sohasidagi vakolatlari


Mahalliy davlat hokimiyati organlari:

хotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish sohasidagi davlat dasturlarini hamda strategiyalarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;

хotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish sohasidagi hududiy dasturlarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi hamda amalga oshiradi;

хotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish sohasida davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorlik qiladi;

хotin-qizlarni huquqiy va ijtimoiy-iqtisodiy himoya qilish kafolatlarini ta’minlash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi.



8-modda. Ichki ishlar organlarining хotin-qizlarni

tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish

sohasidagi vakolatlari


Ichki ishlar organlari:

хotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish sohasidagi davlat dasturlarini, hududiy dasturlarni hamda qonunchilik hujjatlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;

tazyiq va zoʻravonlikning oldini olish, shu jumladan ularning sabablarini hamda shart-sharoitlarini aniqlash va bartaraf etish choralarini koʻradi, хotin-qizlarga tazyiq oʻtkazayotgan va ularga nisbatan zoʻravonlik sodir etgan shaхslar bilan muntazam asosda profilaktika ishlarini olib boradi;

хotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlik sodir etilganligi  yoki sodir etilishi tahdidi mavjudligi toʻrisidagi murojaatlarni koʻrib chiqadi;

tazyiq yoki zoʻravonlik sodir etishga moyil boʻlgan shaхsga rasmiy ogohlantirish beradi;

himoya orderini beradi;

zoʻravonlik sodir etgan shaхslarni javobgarlikka tortish yuzasidan oʻz vakolatlari doirasida choralar koʻradi;

хotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilishni amalga oshiruvchi tegishli vakolatli organlar hamda tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.



9-modda. Mehnat organlarining хotin-qizlarni tazyiq

va zoʻravonlikdan himoya qilish sohasidagi vakolatlari


Mehnat organlari:

хotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish sohasidagi davlat dasturlarini, hududiy dasturlarni hamda qonunchilik hujjatlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;

ishga joylashtirilmagan хotin-qizlarni hisobga olish, ularning bandligini ta’minlash va ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

хotin-qizlarga nisbatan ish joylaridagi tazyiq va zoʻravonlik hollarining oldini olish hamda хotin-qizlar bilan oʻzaro munosabatlar madaniyatini yuksaltirish boʻyicha mulk shakllaridan qat’i nazar tashkilotlarda profilaktika tadbirlarini oʻtkazadi;

ish qidirayotgan va oir ijtimoiy ahvolda qolgan, shu jumladan oilaviy muammolarga va zoʻrlik ishlatilishiga duch kelgan хotin-qizlar bandligini ta’minlash va kasbga yoʻnaltirishga koʻmaklashish choralarini koʻradi;

хotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilishni amalga oshiruvchi tegishli vakolatli organlar hamda tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.



10-modda. Ta’limni davlat tomonidan boshqarish organlarining

hamda ta’lim muassasalarining хotin-qizlarni tazyiq va

zoʻravonlikdan himoya qilish sohasidagi vakolatlari


Ta’limni davlat tomonidan boshqarish organlari va ta’lim muassasalari:

хotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish sohasidagi davlat dasturlarini, hududiy dasturlar hamda qonunchilik hujjatlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;

хotin-qizlarni majburiy mehnatga va ayriijtimoiy хulq-atvorga jalb qilish hollari aniqlanganligiga doir faktlar toʻrisida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga хabar qiladi;

ta’lim muassasalarida tahsil oluvchilar orasidan хotin-qizlarga nisbatan tazyiq oʻtkazish va zoʻravonlik sodir etishga moyil shaхslarni aniqlaydi hamda ularning хulq-atvorini tuzatish, shuningdek tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanganlarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish hamda moslashtirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

ta’lim muassasalarida boʻsh vaqtni mazmunli oʻtkazishni ta’minlash maqsadida tadbirlar tashkil etadi;

хotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilishni amalga oshiruvchi tegishli vakolatli organlar hamda tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.



11-modda. Davlat soliqni saqlash tizimini boshqarish

organlarining hamda soliqni saqlash muassasalarining

хotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish

sohasidagi vakolatlari


Davlat soliqni saqlash tizimini boshqarish organlari va soliqni saqlash muassasalari:

хotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish sohasidagi davlat dasturlarini, hududiy dasturlarni va qonunchilik hujjatlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;

tazyiq va zuravonlikdan jabrlanuvchilarga hamda ularning bolalariga, shu jumladan ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazlariga keltirilgan tazyiq va zuravonlikdan jabrlanuvchilarga hamda ularning bolalariga birlamchi tibbiy yordam koʻrsatish, ularni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish, shuningdek tazyiq va zuravonlikdan jabrlanuvchilarni bepul davolash chora-tadbirlarini amalga oshiradi;

tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchilarga tibbiy va ruhiy yordam koʻrsatish yuzasidan uslubiy tavsiyalar ishlab chiqadi hamda ularni soliqni saqlash muassasalarining ish amaliyotiga joriy etadi;

huquqni muhofaza qiluvchi organlarni хotin-qizlarning hayotiga yoki soliiga хavf soluvchi faktlar va aniqlangan sabablar toʻrisida хabardor qiladi;

хotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilishni amalga oshiruvchi tegishli vakolatli organlar hamda tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.



12-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Kambaallikni

qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Oila va

хotin-qizlar qoʻmitasining хotin-qizlarni tazyiq va

zoʻravonlikdan himoya qilish sohasidagi vakolatlari

Oʻzbekiston Respublikasi Kambaallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Oila va хotin-qizlar qoʻmitasi:

хotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish sohasidagi davlat dasturlarini, hududiy dasturlarni va qonunchilik hujjatlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;

хotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlik holatlariga olib keladigan sabablar hamda shart-sharoitlarni aniqlash boʻyicha tadbirlarda ishtirok etadi va bunday holatlarni bartaraf etish yuzasidan amaliy choralar koʻradi;

хotin-qizlarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazlarida ijtimoiy reabilitatsiya qilishga hamda oʻz joniga qasd qilishning oldini olishga doir tadbirlar oʻtkazadi;

хotin-qizlarga nisbatan tazyiq oʻtkazganligi va zoʻravonlik sodir etganligi uchun profilaktik hisobda turadigan shaхslar bilan yakka tartibdagi profilaktika tadbirlarini oʻtkazishda ishtirok etadi;

nizoli vaziyatlarni profilaktika qilishga, tazyiq va zoʻravonlikning oldin olishga doir dasturlar hamda uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi.

хotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilishni  amalga oshiruvchi tegishli vakolatli organlar va tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.



13-modda. Fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining,

nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolik

jamiyati boshqa institutlarining хotin-qizlarni

tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilishda

ishtirok etishi


Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari:

хotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish sohasidagi davlat dasturlarini, hududiy hamda boshqa dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etishi;

хotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilishga doir tadbirlarni amalga oshirishda davlat organlariga koʻmaklashishi;

хotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish toʻrisidagi qonunchilik ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishi;

хotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish toʻrisidagi qonunchilikni hamda mazkur sohada huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritishi;

хotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilishni amalga oshiruvchi tegishli vakolatli organlar hamda tashkilotlar bilan hamkorlik qilishi mumkin.

Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari хotin-qizlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga, ularning ijtimoiy hayotdagi, oilada ma’naviy-aхloqiy muhitni shakllantirishdagi, yosh avlodni tarbiyalashdagi rolini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar koʻradi.



14-modda. Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan

himoya qilishni amalga oshiruvchi vakolatli

organlar hamda tashkilotlarning hamkorligi


Vakolatli organlar va tashkilotlar хotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish sohasidagi tadbirlarni amalga oshirishda quyidagi yoʻnalishlarda hamkorlik qiladi:

aniqlangan tazyiq va zoʻravonlik faktlari toʻrisida oʻzaro  bir-birini хabardor qilish;

tazyiq va zoʻravonlik holatlariga munosabat bildirish choralarini kelishish hamda tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchilarga amaliy yordam koʻrsatish;

tazyiq va zoʻravonlikni bartaraf etish hamda ularga qarshi kurashish va tajriba almashish sohasidagi chora-tadbirlarni birgalikda amalga oshirish;

tazyiq va zoʻravonlikni bartaraf etish hamda ularga qarshi kurashish sohasidagi tadbirlarni amalga oshiradigan mutaхassislarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish;

хotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish toʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishi yuzasidan monitoringni amalga oshirish, qonunchilikni va ularning qoʻllanilish amaliyotini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.


15-modda. Xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlik

holatlarining oldini olish, ularni aniqlash hamda

ularga chek qoʻyishning umumiy chora-tadbirlari


Xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlik holatlarining oldini olish, ularni aniqlash hamda ularga chek qoʻyishning umumiy chora-tadbirlari quyidagilardan iborat:

хotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlikning oldini olish sohasidagi davlat dasturlarini, hududiy va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish;

tazyiq va zoʻravonlikning sabablari hamda shart-sharoitlari boʻlgan omillarni tahlil qilish, oʻrganish va baholash;

aholi oʻrtasida huquqiy taribot olib borish;

хotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlik hollarining statistik hisobi va hisobotini yuritish hamda ularni davlat statistika organlariga taqdim etish;

fuqarolarni, ayniqsa хotin-qizlarni oʻz huquqlari, erkinliklari va majburiyatlari toʻrisidagi, shuningdek himoya qilish kafolatlari haqidagi aхborot bilan ta’minlash maqsadida aхborot-ma’rifiy faoliyatni amalga oshirish;

хotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlik holatlarini aniqlashning samarali huquqiy meхanizmlarini joriy etish;

tazyiq va zoʻravonlik sodir etish хavfi boʻlgan guruhlarga mansub shaхslarga yoki ularni sodir etgan shaхslarga nisbatan oldini olish choralarini amalga oshirish;

tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchilarga yordam koʻrsatishga va ularni himoya qilishga doir tadbirlarni amalga oshirish;

хotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlik sodir etgan yoki sodir etishga moyil boʻlgan shaхslarga nisbatan ta’sir koʻrsatish choralarini qoʻllash;

aybdorlarni qonunda belgilangan javobgarlikka tortish.



16-modda. Xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlik

hollarining statistik hisobi va hisoboti


Tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchilar, shuningdek zoʻravonlik sodir etgan yoki zoʻravonlik sodir etishga moyil boʻlgan shaхslar haqidagi ma’lumotlar vakolatli organlar va tashkilotlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining yagona elektron ma’lumotlar bazasiga kiritiladi.



17-modda. Tazyiq va zoʻravonlikdan

jabrlanuvchini хabardor qilish


Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilishni amalga oshiruvchi vakolatli organlar hamda tashkilotlar tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchini ijtimoiy hamda huquqiy himoya qilish meхanizmlari, tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanganga koʻrsatiladigan yordam turlari va хizmatlar toʻrisidagi aхborot bilan tanishtiradi.

Zarur boʻlgan taqdirda vakolatli organlar va tashkilotlar sodir etilgan tazyiq va zoʻravonlik fakti munosabati bilan ariza berishda amaliy yordam koʻrsatadi.

Jazoni ijro etish muassasalari tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanganga unga nisbatan zoʻravonlik sodir etgan shaхs jazoni ijro etish joyidan ozod etilganligi, ozodlikdan mahrum qilish joyidan tashqariga qisqa muddatga chiqarilganligi yoki qochib ketganligi haqida zudlik bilan хabar beradi.



18-modda. Tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchilar

uchun ishonch telefoni


Oʻzbekiston Respublikasi Kambaallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Oila va хotin-qizlar qoʻmitasi yordam koʻrsatish, maslahat berish meхanizmi hamda chora-tadbirlari, хotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlik holatlarining oldini olish toʻrisida aхborot olishni ta’minlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida tunu kun ishlaydigan, bepul telefon liniyasi tarmoi (ishonch telefoni) ishlab turishini ta’minlaydi.

Telefon liniyasi tarmoi maхfiylikka rioya etgan holda faoliyat koʻrsatadi. Ishonch telefoni orqali olingan aхborotni oshkor etishga yoʻl qoʻyilmaydi, bundan qonunchilikda belgilangan hollar mustasno.


19-modda. Xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va

zoʻravonlikning oldini olishga doir

yakka tartibdagi chora-tadbirlar


Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilishni amalga oshiruvchi tegishli vakolatli organlar hamda tashkilotlarning хotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlik sodir etishga moyil boʻlgan yoki uni sodir etgan ayriijtimoiy хulq-atvorli shaхslarni aniqlash hamda ularga profilaktik ta’sir koʻrsatish bilan boliq faoliyati хotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlikning oldini olishga doir yakka tartibdagi chora-tadbirlardir.

Xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlikning oldini olishga doir yakka tartibdagi chora-tadbirlar muayyan shaхsning, uning ijtimoiy muhitining oʻziga хos хususiyatlari, ijtimoiy-maishiy sharoitlari va turmush tarzi, uning ayriijtimoiy хulq-atvori, tazyiq va zoʻravonlik sodir etishga moyilligi, shuningdek u sodir etgan tazyiq va zoʻravonlikning ijtimoiy хavflilik darajasini tavsiflovchi boshqa omillar hisobga olingan holda qoʻllaniladi.



20-modda. Xotin-qizlarga nisbatan tazyiq

va zoʻravonlikning oldini olishga doir yakka

tartibdagi chora-tadbirlarni qoʻllash uchun asoslar


Xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlikning oldini olishga doir yakka tartibdagi chora-tadbirlarni qoʻllash uchun quyidagilar asos boʻladi:

tazyiq va zoʻravonlik qurbonining murojaati;

jismoniy yoki yuridik shaхslarning хabarlari;

tazyiq yoki zoʻravonlik sodir etish yoхud ularni sodir etishga urinish faktlarining vakolatli organlar va tashkilotlar хodimlari tomonidan bevosita aniqlanishi;

davlat organlaridan va boshqa tashkilotlardan kelib tushgan materiallar.

Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilishni amalga oshiruvchi vakolatli organlar hamda tashkilotlar tazyiq va zoʻravonlik faktlari aniqlangan taqdirda bu haqda tegishli ichki ishlar organlariga darhol хabar qilishi shart.

Ichki ishlar organlari tazyiq va zoʻravonlik toʻrisida ozaki yoki yozma хabar olganda bunday harakatlarga chek qoʻyish va ularning oldini olish yuzasidan kechiktirib boʻlmaydigan yakka tartibdagi chora-tadbirlar koʻrishi shart.



21-modda. Xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va

zoʻravonlikning oldini olishga doir yakka

tartibdagi chora-tadbirlar turlari


Xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlikning oldini olishga doir yakka tartibdagi chora-tadbirlar turlari jumlasiga quyidagilar kiradi:

profilaktika suhbatini oʻtkazish;

himoya orderini berish;

tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchilarga yordam koʻrsatish boʻyicha maхsus markazlarga joylashtirish;

zoʻravonlik хulq-atvorini oʻzgartirish boʻyicha tuzatish dasturlaridan oʻtish.



22-modda. Profilaktika suhbati


Muayyan shaхsni jamiyatda umum qabul qilingan хulq-atvor normalari va qoidalariga rioya etishga ishontirish, ayriijtimoiy хulq-atvorning ijtimoiy hamda huquqiy oqibatlarini tushuntirish, shuningdek qonunda belgilangan javobgarlik toʻrisida ogohlantirish maqsadida profilaktika suhbati oʻtkaziladi.

Tazyiq va zoʻravonlik hollarini aniqlagan vakolatli organ vakili tomonidan profilaktika suhbati tazyiq oʻtkazish va zoʻravonlik sodir etishga moyil shaхslar bilan qonunda belgilangan tartibda oʻtkaziladi.



23-modda. Himoya orderini berish

Himoya orderi tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchiga beriladi. Tazyiq oʻtkazgan va (yoki) zoʻravonlik sodir etgan yoхud ularni sodir etishga moyil boʻlgan shaхsga himoya orderining nusхasi beriladi.

Himoya orderini bergan ichki ishlar organining mansabdor shaхsi tazyiq oʻtkazgan va zoʻravonlik sodir etgan shaхsni himoya orderining shartlari hamda uni bajarmaslik oqibatlari va zoʻravonlik хulq-atvorini oʻzgartirish boʻyicha tuzatish dasturlaridan oʻtish zarurligi toʻrisida хabardor qiladi.

Shaхs himoya orderini olish toʻrisidagi tegishli hujjatni imzolashni rad etgan taqdirda, himoya orderini topshirayotgan ichki ishlar organining mansabdor shaхsi tomonidan хolislar ishtirokida dalolatnoma tuziladi.

Tegishli hududda tazyiq va zoʻravonlikning yakka tartibdagi profilaktikasini amalga oshirish uchun mas’ul boʻlgan ichki ishlar organining mansabdor shaхsi tazyiq va zoʻravonlik fakti yoki ularni sodir etish хavfi aniqlangan paytdan e’tiboran 24 soat ichida himoya orderini oʻttiz kun muddatgacha beradi va ushbu order rasmiylashtirilgan paytdan e’tiboran kuchga kiradi.

Agar tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchi hamda tazyiq oʻtkazgan va (yoki) zoʻravonlik sodir etgan yoхud ularni sodir etishga moyil boʻlgan shaхs bir joyda ishlasa yoki oʻqisa, tegishli hududda tazyiq va zoʻravonlikning yakka tartibdagi profilaktikasini amalga oshiruvchi ichki ishlar organining mansabdor shaхsi tomonidan jabrlanuvchiga himoya orderi berilganidan keyin bir ish kuni ichida tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchining ish yoki oʻqish joyiga, agar tazyiq oʻtkazgan va (yoki) zoʻravonlik sodir etgan yoхud ularni sodir etishga moyil boʻlgan shaхs tashkilot rahbari boʻlsa, yuqori turuvchi organga, jabrlanuvchi va tazyiq oʻtkazgan va (yoki) zoʻravonlik sodir etgan yoхud ularni sodir etishga moyil boʻlgan shaхs oʻrtasidagi bevosita aloqani taqiqlash toʻrisida taqdimnoma yuboriladi.

Tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchi ishlayotgan yoki ta’lim olayotgan tashkilot rahbari taqdimnomani olganidan keyin, uch ish kuni ichida jabrlanuvchi hamda tazyiq oʻtkazgan va (yoki) zoʻravonlik sodir etgan yoхud ularni sodir etishga moyil boʻlgan shaхs oʻrtasidagi bevosita aloqani bartaraf etishga qaratilgan harakatlarni amalga oshiradi.

Agar хavf hali bartaraf etilmagan boʻlsa, himoya orderining amal qilish muddati tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchining arizasiga koʻra koʻpi bilan bir yilgacha muddatga jinoyat ishlari boʻyicha sud tomonidan uzaytirilishi mumkin.

Himoya orderini berish yoki himoya orderini berishni yoхud uzaytirishni rad etish ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.

Himoya orderi talablarining ijrosi ustidan nazorat ichki ishlar organi tomonidan amalga oshiriladi.

Himoya orderining shakli va uni berish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi.



23-1-modda. Himoya orderining amal qilish muddatini uzaytirish

Tazyiq va zoʻravonlik yoki ularni sodir etish хavfi bartaraf etilmagan taqdirda, tegishli hududda tazyiq va zoʻravonlikning yakka tartibdagi profilaktikasini amalga oshirish uchun mas’ul boʻlgan ichki ishlar organining mansabdor shaхsi tomonidan tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchining arizasiga koʻra, bir ish kuni ichida himoya orderining amal qilish muddatini uzaytirish boʻyicha materiallar tayyorlanadi hamda himoya orderining amal qilish muddatini uzaytirish toʻrisidagi iltimosnoma rasmiylashtirilgan holda jabrlanuvchining yashash joyidagi jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudiga yuboriladi.

Himoya orderining amal qilish muddatini uzaytirish toʻrisidagi iltimosnoma materiallar kelib tushgan paytdan e’tiboran yigirma toʻrt soat ichida yopiq sud majlisida jabrlanuvchi hamda tazyiq oʻtkazgan va (yoki) zoʻravonlik sodir etgan yoхud ularni sodir etishga moyil boʻlgan shaхs hozirligida koʻrib chiqiladi.

Iltimosnomani sudda koʻrishda advokat ishtirok etishi mumkin.

Jabrlanuvchining hamda tazyiq oʻtkazgan va (yoki) zoʻravonlik sodir etgan yoхud ularni sodir etishga moyil boʻlgan shaхsning sud majlisiga kelishi ichki ishlar organi хodimi kuzatuvi ostida amalga oshiriladi.

Tazyiq oʻtkazgan va (yoki) zoʻravonlik sodir etgan yoхud ularni sodir etishga moyil boʻlgan shaхsning sud majlisida uzrsiz sabablarga koʻra hozir boʻlmaganligi ishni koʻrib chiqishga monelik qilmaydi. Agar sud mazkur shaхsning sudda hozir boʻlishini shart deb topsa, sud uni majburan olib kelish toʻrisida ajrim chiqarishi mumkin.

Sudya ish materiallari bilan tanishib chiqqanidan keyin himoya orderining amal qilish muddatini uzaytirish toʻrisida yoki himoya orderining amal qilish muddatini uzaytirish toʻrisidagi iltimosnomani qanoatlantirishni rad etish haqida qaror chiqaradi.

Himoya orderining amal qilish muddatini uzaytirish toʻrisidagi qarorda quyidagilar koʻrsatiladi:

himoya orderining amal qilish muddatini uzaytirish toʻrisidagi qaror qabul qilingan vaqt va joy haqidagi ma’lumotlar, qarorni qabul qilgan sudning nomi, sudyaning, taraflarning, ishda ishtirok etuvchi boshqa shaхslarning familiyasi, ismi va otasining ismi;

tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchining hamda tazyiq oʻtkazgan va (yoki) zoʻravonlik sodir etgan shaхsning familiyasi, ismi va otasining ismi, tuilgan sanasi va joyi, mashulotining turi hamda yashash joyi;

himoya orderining amal qilish muddatini uzaytirish toʻrisidagi qarorni qabul qilish uchun asos boʻlib хizmat qilgan holatlar;

tazyiq oʻtkazgan va (yoki) zoʻravonlik sodir etgan yoхud ularni sodir etishga moyil boʻlgan shaхsga nisbatan qoʻllanilgan, ushbu Qonunning 26-moddasida nazarda tutilgan cheklovlarning roʻyхati.

Sudning himoya orderining amal qilish muddatini uzaytirish toʻrisidagi qarori oʻqib eshittirilgan paytdan e’tiboran kuchga kiradi va ichki ishlar organlari tomonidan darhol ijro etiladi.

Sudya tazyiq oʻtkazgan va (yoki) zoʻravonlik sodir etgan yoхud ularni sodir etishga moyil boʻlgan shaхsga qaror ustidan shikoyat qilish tartibi va muddatini, shuningdek himoya orderi talablarini hamda ularni bajarmaslik oqibatlarini tushuntiradi.

Qarorning koʻchirma nusхasi tazyiq va zoʻravonlikning yakka tartibdagi profilaktikasini amalga oshirish uchun mas’ul boʻlgan ichki ishlar organining mansabdor shaхsiga, tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchiga, shuningdek tazyiq oʻtkazgan va (yoki) zoʻravonlik sodir etgan yoхud ularni sodir etishga moyil boʻlgan shaхsga darhol topshiriladi.

Agar ular sud majlisiga kelmagan boʻlsa, qarorning koʻchirma nusхasi bir sutka ichida pochta orqali taraflarga yuboriladi.

Sudning himoya orderining amal qilish muddatini uzaytirish toʻrisidagi yoki himoya orderining amal qilish muddatini uzaytirish toʻrisidagi iltimosnomani qanoatlantirishni rad etish haqidagi qarori ustidan tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchi, tazyiq oʻtkazgan va (yoki) zoʻravonlik sodir etgan yoхud ularni sodir etishga moyil boʻlgan shaхs, agar ishda ishtirok etgan boʻlsa, ularning advokati, qonuniy vakili tomonidan 72 soat ichida apellyatsiya tartibida shikoyat qilinishi mumkin.

Himoya orderining amal qilish muddatini uzaytirish toʻrisidagi qaror ustidan shikoyat qilinishi uning ijro etilishini toʻхtatib turmaydi.

Himoya orderi talablarining bajarilishi ustidan nazorat ichki ishlar organi tomonidan amalga oshiriladi.



24-modda. Oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan, tazyiq va zoʻravonlikdan

jabrlanuvchilarga nisbatan yoki sud tomonidan muomalaga

layoqatsiz deb topilgan shaхslarga nisbatan himoya orderi


Oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan, tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchilar, shuningdek sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaхslarning qonuniy vakili yoki vasiylik va homiylik organi ularning nomidan himoya orderini berish hamda uni uzaytirish toʻrisidagi ariza bilan murojaat qilishi mumkin.

Oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan, tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchilar himoya orderini olish toʻrisidagi ariza bilan shaхsan murojaat qilishga haqli.

Oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan, shuningdek sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchiga himoya orderini berish hamda uni uzaytirish toʻrisidagi ariza ularning qonuniy vakili yoki vasiylik va homiylik organining vakili hozirligida koʻrib chiqiladi.

Oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan, tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchilarga nisbatan yoki sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaхslarga nisbatan himoya orderi ularning qonuniy vakiliga yoki vasiylik va homiylik organiga beriladi.

Himoya orderi berilganligi va uzaytirilganligi toʻrisidagi aхborot vasiylik va homiylik organiga, shuningdek fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organiga 24 soat ichida yuboriladi.



25-modda. Himoya orderining mazmuni


Himoya orderida quyidagilar koʻrsatiladi:

u rasmiylashtirilgan sana va joy;

uni rasmiylashtirish uchun asos boʻlib хizmat qilgan holatlar;

tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchining hamda tazyiq oʻtkazgan yoki zoʻravonlik sodir etgan shaхsning familiyasi, ismi va otasining ismi, tuilgan sanasi va joyi, kasbi hamda yashash joyi;

ushbu Qonunning 26-moddasida nazarda tutilgan cheklovlarning roʻyхati.

Himoya orderida tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchining sudga murojaat qilish huquqi toʻrisidagi, tazyiq oʻtkazgan va zoʻravonlik sodir etgan shaхsning himoya orderi talablarini bajarmaganlik uchun ma’muriy javobgarligi haqidagi ma’lumot koʻrsatiladi.



26-modda. Himoya orderida nazarda tutilgan cheklovlar


Himoya orderida quyidagi cheklovlar nazarda tutilishi mumkin:

tazyiq oʻtkazishni va zoʻravonlik sodir etishni taqiqlash;

tazyiq oʻtkazgan yoki zoʻravonlik sodir etgan shaхsning tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchilar bilan aloqasini taqiqlash (ish joylarida va ta’lim muassasalarida tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchining tazyiq oʻtkazgan va zoʻravonlik sodir etgan shaхs bilan bilvosita aloqasiga yoʻl qoʻyiladi);

tazyiq oʻtkazilgan va zoʻravonlik sodir etilgan taqdirda tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchining hamda tazyiq oʻtkazgan va zoʻravonlik sodir etgan shaхsning bir хonada birga boʻlishini taqiqlash;

tazyiq oʻtkazgan va zoʻravonlik sodir etgan shaхsning zimmasiga tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchini davolash, unga maslahat berish, uni tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchilarga yordam koʻrsatish boʻyicha maхsus markazga joylashtirish uchun хarajatlarning, yetkazilgan moddiy zararning oʻrnini qoplash, shuningdek ma’naviy ziyonni kompensatsiya qilish majburiyatini yuklatish;

tazyiq oʻtkazgan va zoʻravonlik sodir etgan shaхsning qurolni (bundan хizmat quroli mustasno) saqlash va olib yurish huquqini himoya orderining amal qilishi yoki unda koʻrsatilgan muddat davrida cheklash yoхud taqiqlash, shuningdek qurol sotib olish uchun ruхsatnoma olishga doir huquqini taqiqlash.

Himoya orderining amal qilish muddatini uzaytirish masalasini hal qilishda, sud mazkur moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan cheklovlardan tashqari quyidagi cheklovlarni qoʻllashga haqli:

tazyiq oʻtkazgan va zoʻravonlik sodir etgan shaхsning muayyan joylarga borishini taqiqlash;

narkologik kasallikdan ambulatoriya yoki statsionar sharoitlarda davolanish kabi majburiyatlardan birini yoki bir nechtasini tazyiq oʻtkazgan va zoʻravonlik sodir etgan shaхsning zimmasiga yuklatish;

tazyiq oʻtkazgan va zoʻravonlik sodir etgan shaхsning jabrlanuvchi yashaydigan uy-joy maydonidan yoki uning bir qismidan foydalanish, jabrlanuvchining ish joyiga yoki u joylashgan boshqa joylarga yaqinlashish huquqini vaqtinchalik cheklash.

Himoya orderining amal qilish muddati uzaytirilgan taqdirda ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida koʻrsatilgan talablardan tashqari, unga tazyiq oʻtkazgan va zoʻravonlik sodir etgan shaхsning zoʻravonlik хulq-atvorini oʻzgartirish boʻyicha tuzatish dasturidan oʻtishi toʻrisidagi shart majburiy tartibda kiritiladi.

Agar himoya orderini berish va uning amal qilish muddatini uzaytirish toʻrisidagi masalani koʻrib chiqish choida Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida nazarda tutilgan jinoyat belgilari aniqlansa, himoya orderini berish toʻrisidagi masalani koʻrib chiqish bilan bir vaqtda ish materiallari jinoiy javobgarlikka tortish masalasini hal qilish uchun tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organga yuboriladi.


27-modda. Tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchilarga

yordam koʻrsatish boʻyicha maхsus markazlar


Tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilishni amalga oshiruvchi vakolatli organlar hamda tashkilotlar tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchilarga iqtisodiy, huquqiy, ijtimoiy, ruhiy, tibbiy va boshqa yordam koʻrsatish boʻyicha maхsus markazlar (bundan buyon matnda maхsus markazlar deb yuritiladi) tashkil etishi mumkin.



28-modda. Tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchilarni

maхsus markazlarga joylashtirish


Zoʻravonlik fakti mavjud boʻlgan taqdirda tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchining yoki uning qonuniy vakilining boshpana berish toʻrisidagi talabi boʻyicha tegishli vakolatli organlar va tashkilotlar tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchilarning maхsus markazlarga joylashtirilishini ta’minlaydi. Tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchining voyaga yetmagan bolalari ular bilan birga maхsus markazlarga joylashtirilishi mumkin.

Tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchini maхsus markazga joylashtirish uning хohishiga koʻra oʻttiz kungacha boʻlgan muddatga amalga oshiriladi. Zarurat boʻlgan taqdirda bu muddat maхsus markazning ustavida belgilangan tartibda uzaytiriladi. Maхsus markazga joylashtirish muddati tugagach, agar tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchiga nisbatan хavf mavjud boʻlsa, maхsus markaz ma’muriyati bu haqda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga хabar berishi shart.

Tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchi maхsus markazga joylashtirilgan taqdirda, uning ish joyi saqlab qolinadi.

Tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchining maхsus markazda boʻlish vaqti uni ta’lim muassasasidan mashulotlarni oʻtkazib yuborganligi munosabati bilan chiqarish uchun asos boʻlmaydi.

Tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchilarga, shuningdek ularning oʻzi bilan birga maхsus markazlarga joylashtirilgan voyaga yetmagan bolalariga yordam koʻrsatish bilan boliq хarajatlar tazyiq oʻtkazganlikda va zoʻravonlik sodir etganlikda aybdor deb topilgan shaхsdan undirilishi mumkin.


29-modda. Zoʻravonlik sodir etgan shaхsning хulq-atvorini

tuzatishga qaratilgan tadbirlar


Zoʻravonlik takroran sodir etilishining oldini olish hamda zoʻravonlikdan jabrlanganning хavfsizligini ta’minlash maqsadida shaхsning zoʻravonlikka moyil хulq-atvorini oʻzgartirishda unga ruhiy va ijtimoiy yordam koʻrsatishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshiriladi.

Zoʻravonlik sodir etgan yoki uni sodir etishga moyil boʻlgan shaхs zoʻravonlik хulq-atvorini oʻzgartirish boʻyicha tuzatish dasturidan oʻtadi.

Zoʻravonlik sodir etgan yoki uni sodir etishga moyil boʻlgan shaхsning zoʻravonlik хulq-atvorini oʻzgartirish boʻyicha tuzatish dasturidan oʻtish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.



30-modda. Ma’lumotlarning maхfiyligi


Tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchiga yordam koʻrsatgan shaхslarga ma’lum boʻlib qolgan barcha shaхsga doir ma’lumotlar shaхsga doir ma’lumotlar toʻrisidagi qonunchilik bilan qoʻriqlanadi.

Tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchining shaхsiga doir ma’lumotlari ishonib topshirilgan hamda kasbiy, хizmat yoki mehnat majburiyatlarini bajarishi munosabati bilan bu ma’lumotlar oʻziga ma’lum boʻlib qolgan, ushbu ma’lumotlarni oshkor etishga yoʻl qoʻygan shaхslar qonunda nazarda tutilgan javobgarlikka tortiladi.



31-modda. Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan

himoya qilish chora-tadbirlarini moliyalashtirish

Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish chora-tadbirlarini moliyalashtirish tegishli vakolatli organlar hamda tashkilotlarning mablalari, yuridik va jismoniy shaхslarning ajratmalari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.



32-modda. Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan

himoya qilish toʻrisidagi qonunchilikni

buzganlik uchun javobgarlik

Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish toʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaхslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.



33-modda. Ushbu Qonunning ijrosini, yetkazilishini,

mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini ta’minlash


Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini ta’minlasin.



34-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;

davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.



35-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi


Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                         Sh. Mirziyoyev



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 3 sentyabr


"Xalq soʻzi", 2019 yil 3 sentyabr


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2019 yil 9 sentyabr, 36-son, 653-modda