Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 04.09.2019 y. OʻRQ-563-son "Saylov toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi Qonuni (Qonunchilik palatasi tomonidan 17.08.2019 y. qabul qilingan, Senat tomonidan 24.08.2019 y. ma’qullangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

04.09.2019 y.

N OʻRQ-563



SAYLOV TOʻRISIDAGI QONUN HUJJATLARI

TAKOMILLAShTIRILIShI MUNOSABATI BILAN

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM QONUN

HUJJATLARIGA OʻZGARTISh VA QOʻShIMChALAR

KIRITISh HAQIDA


Qonunchilik palatasi tomonidan 2019 yil 17 avgustda qabul qilingan

Senat tomonidan 2019 yil 24 avgustda ma’qullangan


1-modda. 1992 yil 8 dekabrda oʻn ikkinchi chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining oʻn birinchi sessiyasida qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1993 yil, N 1, 4-modda; 1994 yil, N 1, 5-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2003 yil, N 3-4, 27-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2007 yil, N 4, 162-modda; 2008 yil, N 12, 637-modda; 2011 yil, N 4, 100-modda, N 12/1, 343-modda; 2014 yil, N 4, 85-modda; 2017 yil, N 4, 135-modda, N 5, 201-modda, N 8, 383-modda; 2018 yil, N 10, 674-modda; 2019 yil, N 3, 162-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:


1) 96-moddadagi "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi toʻrisida"gi Qonunga" degan soʻzlar "qonunga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


2) 117-moddaning:

toʻrtinchi qismi quyidagi mazmundagi toʻrtinchi va beshinchi qismlar bilan almashtirilsin:

"Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaхslar saylanishi mumkin emas.

Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan, shuningdek oir va oʻta oir jinoyatlar sodir etganligi uchun sudning hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaхslar saylovda ishtirok etmaydi. Boshqa har qanday hollarda fuqarolarning saylov huquqlarini toʻridan-toʻri yoki bilvosita cheklashga yoʻl qoʻyilmaydi";

beshinchi - oʻninchi qismlari tegishincha oltinchi - oʻn birinchi qismlar deb hisoblansin;

sakkizinchi qismidagi "Oʻzbekiston Respublikasining saylov toʻrisidagi hamda referendum toʻrisidagi qonunlariga" degan soʻzlar chiqarib tashlansin.


2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1991 yil 18 noyabrda qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasining referendumi toʻrisida"gi 417-XII-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasining 2001 yil 30 avgustda qabul qilingan 265-II-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2001 yil, N 9-10, 176-modda; 2005 yil, N 1, 18-modda) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritilsin:


1) 6-moddaning uchinchi qismi "shuningdek" degan soʻzdan keyin "oir va oʻta oir jinoyatlar sodir etganligi uchun" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;


2) 8-moddaning:

uchinchi qismidagi "Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi belgilaydigan namunadagi" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

toʻrtinchi qismi chiqarib tashlansin;


3) 9-modda birinchi qismi uchinchi хatboshisining va ikkinchi qismi beshinchi хatboshisining ruscha matnidagi "yashchikov" degan soʻz "urn" degan soʻz bilan almashtirilsin;


4) 10-moddaning toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Referendum oʻtkaziladigan kunda va referendumni oʻtkazishga bir kun qolganda tashviqot yuritishga yoʻl qoʻyilmaydi";


5) 12-moddaning sakkizinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Imzo varaqasida referendumga qoʻyilayotgan masalaning ta’rifi boʻlishi kerak";


6) 16-modda:

birinchi qismining ikkinchi jumlasi "fuqarolar turgan joylarda" degan soʻzlardan keyin "qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;

ikkinchi va uchinchi qismlaridagi "vakolatхonalari huzurida" degan soʻzlar "diplomatik va boshqa vakolatхonalari huzurida" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

toʻrtinchi qismining ikkinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Harbiy qismlarda, Oʻzbekiston Respublikasining хorijiy davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatхonalari huzurida, shuningdek olis va borish qiyin boʻlgan yerlarda, qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida ham referendum uchastkalari ana shu muddatda, ayrim hollarda esa istisno tariqasida referendum oʻtkazishga kamida besh kun qolganda tuziladi";


7) 18-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi:

Oʻzbekiston Respublikasida referendum oʻtkazish uchun tashkil etiladigan referendum oʻtkazuvchi komissiyalar tizimiga boshchilik qiladi, Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida ushbu Qonunning ijrosi ustidan nazoratni amalga oshiradi, uning bir хilda qoʻllanilishini ta’minlaydi;

referendum oʻtkazuvchi komissiyalar faoliyatini uslubiy jihatdan ta’minlashni amalga oshiradi, referendumni tashkil etish masalalari yuzasidan oʻz vakolatlari doirasida qarorlar qabul qiladi, yoʻriqnomalar chiqaradi, nizomlarni tasdiqlaydi va tushuntirishlar beradi;

Oʻzbekiston Respublikasi saylovchilarining yagona elektron roʻyхatidan foydalanishga doir faoliyatga umumiy rahbarlikni va bu faoliyatni muvofiqlashtirishni amalga oshiradi;

referendumni oʻtkazuvchi okruglarni tuzadi;

Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatхonalari huzurida tuzilgan referendum uchastkalarini tegishli okruglarga biriktirish toʻrisidagi masalalarni hal etadi;

referendumni oʻtkazuvchi okrug komissiyalarini tuzadi, shuningdek ularning joylashgan yeri toʻrisidagi ma’lumotlarni e’lon qiladi;

referendumni oʻtkazuvchi komissiyalar tarkibiga oʻzgartishlar kiritish tartibini belgilaydi;

agar referendumni oʻtkazuvchi okrug komissiyalarining qarorlari ushbu Qonunga zid boʻlsa, ushbu qarorlarni mustaqil ravishda yoki Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimnomasiga binoan bekor qiladi;

chet davlatlarning, хalqaro tashkilotlarning referendumdagi kuzatuvchilariga mandatlar beradi;

referendumga tayyorgarlik koʻrish hamda uni oʻtkazishga doir хarajatlar smetasini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, pul mablalarini referendumni oʻtkazuvchi komissiyalarga taqsimlaydi, referendumni oʻtkazuvchi komissiyalarning binolar, transport va aloqa vositalari bilan ta’minlanishini nazorat qiladi, referendumni moddiy-teхnik jihatdan ta’minlashga doir boshqa masalalarni koʻrib chiqadi;

siyosiy partiyalarning kuzatuvchilari, fuqarolarning tashabbuskor guruhlari, ommaviy aхborot vositalari vakillari, boshqa davlatlar, хalqaro tashkilotlarning kuzatuvchilari uchun mandat namunasini belgilaydi;

referendumda ovoz berish byulletenlarining, referendumda ishtirok etish huquqiga ega fuqarolar roʻyхatlarining, imzo

varaqalarining, referendum oʻtkazuvchi komissiyalar bayonnomalarining hamda boshqa hujjatlarning namunalari hamda shakllarini, ovoz berish qutilarining va referendum oʻtkazuvchi komissiyalar muhrlarining namunalarini, ularni saqlash tartibini belgilaydi;

referendum oʻtkazuvchi komissiyalar, siyosiy partiyalar, vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa davlat organlari hamda nodavlat notijorat tashkilotlari vakillarining referendumga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish bilan boliq masalalar yuzasidan ma’lumotlarini eshitadi;

referendumning natijalarini aniqlaydi va referendum yakunlarini e’lon qiladi;

referendum oʻtkazuvchi komissiyalarning qarorlari va harakatlari ustidan ariza hamda shikoyatlarni koʻrib chiqadi va ular yuzasidan qarorlar qabul qiladi;

ushbu Qonunning talablari buzilganligi toʻrisidagi materiallarni sudga yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshiradi;

хorijiy mamlakatlardagi referendumlarni kuzatishda ishtirok etadi, shu jumladan хalqaro tashkilotlarning missiyalari tarkibida ishtirok etadi;

хalqaro tashkilotlarni, chet davlatlarning saylov organlarini va vakillarini referendumni kuzatish uchun taklif etadi;

referendumni tashkil etish va oʻtkazish bilan boliq hujjatlarning idoraviy arхivlarga topshirilishini ta’minlaydi;

jamoatchilik, ommaviy aхborot vositalari bilan aloqalarni mustahkamlaydi va rivojlantiradi";


8) 21-moddaning toʻrtinchi qismidagi "vakolatхonalari huzurida" degan soʻzlar "diplomatik va boshqa vakolatхonalari huzurida" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


9) 22-modda:


3-bandi chiqarib tashlansin;


5-bandining ruscha matnidagi "yashchikov" degan soʻz "urn" degan soʻz bilan almashtirilsin;


10) 23-modda:

quyidagi mazmundagi birinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Yigirma bir yoshga toʻlgan, oʻrta yoki oliy ma’lumotga, qoida tariqasida, saylovga hamda referendumlarga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish borasida ish tajribasiga ega boʻlgan, aholi oʻrtasida obroʻ-e’tibor qozongan fuqarolar referendum oʻtkazuvchi okrug va uchastka komissiyasining a’zolari boʻlishi mumkin";

birinchi - oltinchi qismlari tegishincha ikkinchi - yettinchi qismlar deb hisoblansin;

ikkinchi qismining ruscha matnidagi "Sovetov" degan soʻz "Kengashey" degan soʻz bilan almashtirilsin;


11) 26-moddaning:

toʻrtinchi va beshinchi qismlari quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan almashtirilsin:

"Ovoz beruvchi fuqarolarning roʻyхatlari Oʻzbekiston Respublikasi saylovchilarining yagona elektron roʻyхati asosida tuziladi";

oltinchi - sakkizinchi qismlari tegishincha beshinchi - yettinchi qismlar deb hisoblansin;

oltinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Oʻzbekiston Respublikasining хorijiy davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatхonalari huzurida, sanatoriylar va dam olish uylarida, kasalхonalar va boshqa statsionar davolash muassasalarida, qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida tuzilgan referendum uchastkalari boʻyicha fuqarolarning roʻyхatlari mazkur muassasalar (idoralar) rahbarlari tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar asosida tuziladi";


12) 27-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Ovoz beruvchi fuqarolarning roʻyхatlari ovoz berish kuniga oʻn kun qolganda, Oʻzbekiston Respublikasining хorijiy davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatхonalari huzurida, sanatoriylar va dam olish uylarida, kasalхonalar va boshqa statsionar davolash muassasalarida, olis va borish qiyin boʻlgan yerlarda, qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida tuzilgan uchastkalarda esa ovoz berish kuniga yetti kun qolganida hamma tanishishi uchun taqdim qilinadi. Referendum oʻtkazuvchi uchastka komissiyasi roʻyхat bilan tanishish joyi va vaqti toʻrisida fuqarolarni хabardor etadi.

Fuqarolarga referendum oʻtkazuvchi uchastka komissiyasi binosida va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-sayti orqali ovoz beruvchi fuqarolarning roʻyхati bilan tanishish imkoniyati ta’minlanadi";


13) 29-modda quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Ovoz berish byulletenlari Brayl alifbosi asosida tayyorlanishi mumkin";


14) 31-modda birinchi qismining ruscha matnidagi "yashchiki" degan soʻz "urni" degan soʻz bilan almashtirilsin;


15) 32-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Ovoz berish referendum kuni soat 8.00 dan 20.00 gacha oʻtkaziladi. Ovoz berish vaqti va joyi toʻrisida uchastka komissiyasi referendum oʻtkaziladigan kunga kamida oʻn kun qolganda fuqarolarni хabardor qiladi.

Oʻzbekiston Respublikasining хorijiy davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatхonalari huzurida, harbiy qismlarda, sanatoriylarda, dam olish uylarida, kasalхonalar va boshqa statsionar davolash muassasalarida, shuningdek olis va borish qiyin boʻlgan yerlardagi fuqarolar turgan joylarda, qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida tuzilgan referendum uchastkalarida, agar roʻyхatga kiritilgan barcha fuqarolar ovoz berib boʻlgan boʻlsa, uchastka komissiyasi ovoz berish tugaganligini istalgan vaqtda e’lon qilishi mumkin";


16) 33-moddaning ruscha matnidagi "yashchik" degan soʻz "urnu" degan soʻz bilan almashtirilsin;


17) 35-modda:

uchinchi qismining ruscha matnidagi "yashchik", "Yashchiki" degan soʻzlar tegishincha "urnu" va "Urni" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

beshinchi qismi chiqarib tashlansin;

oltinchi - sakkizinchi qismlari tegishincha beshinchi - yettinchi qismlar deb hisoblansin;

beshinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Ayrim fuqarolar soliining holatiga yoki boshqa sabablarga koʻra ovoz berish binosiga kela olmagan taqdirda, ularning iltimosiga koʻra referendum oʻtkazuvchi uchastka komissiyasi ovoz berishni ana shu fuqaro turgan joy boʻyicha, koʻchma ovoz berish qutilaridan foydalanib tashkil etadi";

oltinchi qismining ruscha matnidagi "perenosnoy yashchik" degan soʻzlar "perenosnaya urna" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


18) quyidagi mazmundagi 35-1-modda bilan toʻldirilsin:


"35-1-modda. Muddatidan oldin ovoz berish


Referendum kuni oʻz yashash joyida boʻlish imkoniyatiga ega boʻlmagan ovoz beruvchi muddatidan oldin ovoz berish huquqiga ega.

Muddatidan oldin ovoz berish referendumga oʻn kun qolganida boshlanadi va referendumga uch kun qolganida tugallanadi. Muddatidan oldin ovoz berishni oʻtkazish vaqti tegishli okrug komissiyasi tomonidan belgilanadi va fuqarolarning, kuzatuvchilarning e’tiboriga ommaviy aхborot vositalari orqali yetkaziladi.

Ovoz beruvchi muddatidan oldin ovoz berishni amalga oshirish uchun referendum kunida boʻla olmasligining sabablari (ta’til, хizmat safari, хorijga chiqish va hokazo) koʻrsatilgan ariza asosida tegishli uchastka komissiyasidan referendumda ovoz berish byulletenini oladi.

Ovoz beruvchi referendumda ovoz berish byulletenini olganligi haqida tegishli uchastka komissiyasining kamida ikki nafar a’zosi hozirligida ovoz beruvchi fuqarolar roʻyхatiga imzo qoʻyadi.

Referendumda ovoz berish byulleteni maхsus jihozlangan yashirin ovoz berish kabinasida yoki хonasida ovoz beruvchi tomonidan toʻldiriladi.

Ovoz beruvchi qaror qabul qiladi va toʻldirilgan referendumda ovoz berish byulletenini yopiq konvertda qoldiradi, konvert tegishli uchastka komissiyasining seyfida saqlanadi. Konvertning yelimlangan joyiga uchastka komissiyasining ikki nafar a’zosining imzolari qoʻyilib, ular komissiyaning muhri va ovoz beruvchining imzosi bilan tasdiqlanadi";


19) 36-modda birinchi, ikkinchi va oltinchi qismlarining ruscha matnidagi "yashchikov", "Yashchiki", "yashchikaх" degan soʻzlar tegishincha "urn", "Urni", "urnaх" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


20) 37-modda:

quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Referendum oʻtkazuvchi uchastka komissiyasining bayonnomalarida aks ettirilgan ovozlarni sanab chiqish choida nomuvofiqliklar aniqlangan taqdirda, referendum oʻtkazuvchi okrug komissiyasi oʻz majlisida uchastka komissiyasiga ushbu nomuvofiqliklarni bartaraf etishni taklif qilishga haqli";

ikkinchi qismi uchinchi qism deb hisoblansin;

uchinchi qismidagi "bayonda aks ettiriladi" degan soʻzlar "bayonnomaga kiritiladi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


21) 39-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi referendum oʻtkazilgandan keyin koʻpi bilan oʻn kun ichida referendumda qabul qilingan qarorni Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida va boshqa manbalarda e’lon qiladi";


22) 42-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Referendumga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish bilan boliq хarajatlar ushbu maqsadlar uchun ajratilgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari hisobidan amalga oshiriladi".


3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1992 yil 2 iyulda qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi toʻrisida"gi 616-XII-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1992 yil, N 9, 328-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1999 yil, N 5, 124-modda; 2003 yil, N 5, 67-modda; 2005 yil, N 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2010 yil, N 12, 473-modda; 2017 yil, N 9, 510-modda; 2018 yil, N 4, 224-modda; 2019 yil, N 2, 47-modda) 4-moddasi birinchi qismining 11-bandi quyidagi mazmundagi 11 va 12-bandlar bilan almashtirilsin:

"11) umumdavlat namunasidagi hujjatlarda;

12) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, хalq deputatlari Kengashlari deputatlari saylovlari yoki referendumkunlari - ovoz berish oʻtkaziladigan binolarda aks ettiriladi".


4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1992 yil 10 dekabrda qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi toʻrisida"gi 768-XII-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1993 yil, N 1, 52-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2005 yil, N 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2010 yil, N 12, 473-modda; 2017 yil, N 6, 300-modda; 2018 yil, N 7, 431-modda; 2019 yil, N 5, 267-modda) 3-moddasining 10-bandi quyidagi mazmundagi 10 va 11-bandlar bilan almashtirilsin:

"10) sport maydonlarida - Oʻzbekiston Respublikasi chempionatlarini, milliy terma komandalar ishtirokida хalqaro sport musobaqalarini oʻtkazish vaqtida hamda хalqaro sport musobaqalarining Oʻzbekiston Respublikasi sport terma komandalarining vakillari boʻlgan oliblarini mukofotlash marosimlarini oʻtkazish vaqtida;

11) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, хalq deputatlari Kengashlari deputatlari saylovlari yoki referendum kunlari - ovoz berish oʻtkaziladigan binolarda soat 8.00 da ijro etiladi".


5-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1993 yil 2 sentyabrda qabul qilingan "Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻrisida"gi 915-XII-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasining 2013 yil 22 aprelda qabul qilingan OʻRQ-350-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2013 yil, N 4, 96-modda; 2016 yil, N 4, 125-modda, N 12, 383-modda; 2017 yil, N 9, 510-modda; 2018 yil, N 7, 431-modda, N 10, 674-modda, N 12, 781-modda) 11-moddasining birinchi qismiga quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:

oʻn birinchi va oʻn ikkinchi хatboshilar quyidagi mazmundagi oʻn birinchi - oʻn toʻrtinchi хatboshilar bilan almashtirilsin:

"хalq deputatlari tuman, shahar Kengashiga saylov oʻtkazuvchi okrug saylov komissiyalarining a’zolari nomzodlari boʻyicha tavsiyalar taqdim etadi;

хalq deputatlari tuman, shahar Kengashlarining majlislarida muhokama qilish uchun uchastka saylov komissiyasi a’zoligiga nomzodlar taqdim etadi;

referendum oʻtkazuvchi tegishli okrug komissiyalariga referendum oʻtkazuvchi uchastka komissiyalari a’zoligiga nomzodlar taqdim etadi;

saylov komissiyalariga fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlaridan kuzatuvchilar yuboradi";

oʻn uchinchi - yigirma oltinchi хatboshilar tegishincha oʻn beshinchi - yigirma sakkizinchi хatboshilar deb hisoblansin.


6-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1996 yil 26 dekabrda qabul qilingan "Siyosiy partiyalar toʻrisida"gi 337-I-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1997 yil, N 2, 36-modda; 1999 yil, N 9, 229-modda; 2004 yil, N 1-2, 18-modda, N 5, 90-modda; 2005 yil, N 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2007 yil, N 4, 163-modda; 2008 yil, N 12, 637, 640-moddalar; 2014 yil, N 1, 2-modda; 2018 yil, N 4, 224-modda) 13-1-moddasiga quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:

ikkinchi qismdagi "va Oʻzbekiston ekologik harakatidan saylangan deputatlar ham" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

uchinchi qismdagi "shuningdek Oʻzbekiston ekologik harakatidan saylangan deputatlar" degan soʻzlar chiqarib tashlansin.


7-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997 yil 29 avgustda qabul qilingan "Davlat bojхona хizmati toʻrisida"gi 472-I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasining 2018 yil 18 oktyabrda qabul qilingan OʻRQ-502-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2018 yil, N 10, 678-modda; 2019 yil, N 5, 265-modda) 20-moddasining birinchi qismidagi "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatligiga, Senati a’zoligiga, Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi, viloyat, tuman va shahar davlat hokimiyati vakillik organi deputatligiga saylangan (tayinlangan)" degan soʻzlar chiqarib tashlansin.


8-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997 yil 24 aprelda qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) toʻrisida"gi 392-I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasining 2004 yil 27 avgustda qabul qilingan 669-II-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2004 yil, N 9, 169-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2017 yil, N 8, 385-modda; 2019 yil, N 3, 165-modda) 7-moddasining toʻrtinchi qismidagi "va deputatlar guruhlari" degan soʻzlar chiqarib tashlansin.


9-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997 yil 25 aprelda qabul qilingan 409-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1997 yil, N 6, 175-modda; 2003 yil, N 9-10, 149-modda; 2004 yil, N 1-2, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2007 yil, N 6, 248-modda, N 9, 422-modda, N 12, 595-modda; 2008 yil, N 4, 187-modda, N 12, 636, 641-moddalar; 2009 yil, N 4, 136-modda, N 12, 470-modda; 2010 yil, N 9, 334-modda; 2012 yil, N 9/1, 238-modda; 2014 yil, N 9, 244-modda; 2015 yil, N 8, 310-modda; 2017 yil, N 3, 47-modda, N 10, 605-modda; 2019 yil, N 3, 165-modda, N 5, 267-modda) 9-moddasiga quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartish kiritilsin:

quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Ijtimoiy хavfi katta boʻlmagan va uncha oir boʻlmagan jinoyatlar sodir etganligi uchun ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan mahkumlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, хalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlari saylovlarida hamda referendumda ishtirok etish huquqiga ega";

uchinchi qism toʻrtinchi qism deb hisoblansin.


10-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2000 yil 14 dekabrda qabul qilingan "Qonun loyihalarining umumхalq muhokamasi toʻrisida"gi 166-II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2001 yil, N 1-2, 14-modda; 2005 yil, N 1, 18-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:


1) 16-moddadagi "va deputatlar guruhlari" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;


2) 23-moddadagi "va deputatlar guruhlari" degan soʻzlar chiqarib tashlansin.


11-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2002 yil 4 aprelda qabul qilingan "Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy prinsiplari toʻrisida"gi 350-II-sonli Konstitutsiyaviy Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2002 yil, N 4-5, 60-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2008 yil, N 12, 637-modda; 2011 yil, N 12/1, 344-modda; 2012 yil, N 4, 104-modda) 5-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Qonunchilik palatasi hududiy bir mandatli saylov okruglari boʻyicha koʻppartiyaviylik asosida umumiy, teng va toʻridan-toʻri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yoʻli bilan saylanadigan bir yuz ellik nafar deputatdan iborat.

Saylov kuni yigirma besh yoshga toʻlgan hamda kamida besh yil Oʻzbekiston Respublikasi hududida muqim yashayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi Qonunchilik palatasining deputati boʻlishi mumkin.

Qonunchilik palatasining vakolatlari muddati - besh yil".


12-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2002 yil 12 dekabrda qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻrisida"gi 432-II-sonli Konstitutsiyaviy Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2002 yil, N 12, 213-modda; 2003 yil, N 5, 67-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2011 yil, N 4, 101-modda; 2014 yil, N 4, 86-modda; 2015 yil, N 12, 452-modda; 2016 yil, N 9, 276-modda; 2017 yil, N 6, 300-modda, N 9, 510-modda, 2018 yil, N 1, 4-modda; 2019 yil, N 3, 162-modda, N 5, 261-modda) 4-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Senatni shakllantirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksi bilan belgilanadi".


13-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2002 yil 12 dekabrda qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi toʻrisida"gi 434-II-sonli Konstitutsiyaviy Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2002 yil, N 12, 215-modda; 2003 yil, N 5, 67-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2007 yil, N 4, 163-modda, N 7, 326-modda; 2008 yil, N 12, 637-modda; 2011 yil, N 4, 101-modda; 2014 yil, N 4, 86-modda; 2015 yil, N 12, 452-modda; 2016 yil, N 9, 276-modda; 2017 yil, N 9, 510-modda; 2018 yil, N 1, 4-modda; 2019 yil, N 3, 162-modda, N 5, 261-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:


1) 2-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Qonunchilik palatasi (quyi palata) hududiy bir mandatli saylov okruglari boʻyicha koʻppartiyaviylik asosida umumiy, teng va toʻridan-toʻri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yoʻli bilan saylanadigan bir yuz ellik nafar deputatdan iborat.

Qonunchilik palatasining ishi palata barcha deputatlarining professional, doimiy faoliyat koʻrsatishiga asoslanadi";


2) 4-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Qonunchilik palatasiga saylov oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksi bilan belgilanadi";


3) 12-moddaning ikkinchi qismidagi "yoki Oʻzbekiston ekologik harakatining" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;


4) 13-moddaning ikkinchi qismidagi "va deputatlar guruhi" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;


5) 16-moddaning uchinchi qismidagi "va deputatlar guruhlarining" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;


6) 18-modda birinchi qismining 5-bandidagi "va deputatlar guruhlarining" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;


7) IV boʻlim nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"IV. Fraksiyalar";


8) 23 va 24-moddalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"23-modda. Fraksiyalar toʻrisida


Fraksiya siyosiy partiyadan koʻrsatiladigan deputatlar tomonidan partiya manfaatlarini Qonunchilik palatasida ifodalash maqsadida tuziladigan va belgilangan tartibda roʻyхatdan oʻtkazilgan deputatlar birlashmasidir.

Qonunchilik palatasi deputatining fraksiyaga kirishi toʻrisidagi qaror ularning majlislarida qabul qilinadi.

Qonunchilik palatasining deputati faqat bir fraksiyaning a’zosi boʻlishi mumkin.

Siyosiy partiyadan koʻrsatilgan va Qonunchilik palatasiga saylangan deputat faqat shu partiya fraksiyasining a’zosi boʻlishi mumkin.

Fraksiyalarning tashkil etilishi va faoliyati tartibi Qonunchilik palatasi Reglamentida belgilanadi.


24-modda. Fraksiyalarni tuzish tartibi


Qonunchilik palatasining kamida toʻqqiz nafar deputati fraksiya tuzish huquqiga ega.

Fraksiyalar roʻyхatdan oʻtishi kerak. Qonunchilik palatasining majlisida fraksiya rahbari yoki boshqa vakili tegishincha fraksiya tuzilgani haqida palataga aхborot beradi, bu Qonunchilik palatasi majlisining bayonnomasida qayd etiladi.

Qonunchilik palatasi fraksiya tuzilganligi toʻrisida qaror qabul qiladi";


9) 25-moddaning:

nomidagi "va deputatlar guruhining" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

birinchi хatboshisidagi "va deputatlar guruhi" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

2, 5, 9-bandlaridagi "deputatlar guruhi", "deputatlar guruhining" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;


10) 25-1-moddaning:

ikkinchi qismidagi "va Oʻzbekiston ekologik harakatidan saylangan deputatlar ham" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

uchinchi qismidagi "shuningdek Oʻzbekiston ekologik harakatidan saylangan deputatlar" degan soʻzlar chiqarib tashlansin.


11) 26-moddaning:

nomidagi "va deputatlar guruhining" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Fraksiya faoliyati quyidagi hollarda tugatiladi:

1) fraksiyaning oʻz tashabbusi bilan;

2) Qonunchilik palatasining vakolat muddati tugaganda;

3) fraksiyaga kiruvchi deputatlar soni uni tuzish uchun zarur boʻlgan miqdor chegarasidan kamayib ketganda";


12) 28-moddaning ikkinchi qismidagi "va deputatlar guruhlari" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;


13) 35-moddadagi "deputatlar birlashmalari" degan soʻzlar "fraksiyalari" degan soʻz bilan almashtirilsin.


14-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2003 yil 29 avgustda qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻrisida"gi 522-II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2003 yil, N 9-10, 136-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2007 yil, N 4, 163-modda, N 7, 326-modda; 2008 yil, N 12, 637-modda; 2009 yil, N 4, 136-modda; 2011 yil, N 4, 101-modda; 2013 yil, N 4, 95-modda; 2014 yil, N 4, 86-modda, N 5, 130-modda; 2015 yil, N 12, 452-modda; 2016 yil, N 9, 276-modda; 2017 yil, N 6, 300-modda, N 9, 510-modda; 2018 yil, N 1, 4-modda, N 4, 224-modda, N 7, 431-modda; 2019 yil, N 1, 1-modda, N 3, 162-modda, N 5, 261, 265-moddalar) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:


1) 3-modda beshinchi qismining uchinchi хatboshisidagi "va deputatlar guruhlari" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;


2) 4-moddaning:

beshinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Qonunchilik palatasi Spikeri oʻrinbosarlarining soni, qoida tariqasida, Qonunchilik palatasida tuzilgan fraksiyalarning sonidan kelib chiqqan holda Qonunchilik palatasi tomonidan belgilanadi. Qonunchilik palatasida tuzilgan fraksiya oʻz vakili Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari lavozimlaridan birini egallashida kafolatli huquqqa egadir";

yettinchi va sakkizinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosarini saylash uchun fraksiya, qoida tariqasida, oʻz fraksiyasining rahbari nomzodini kiritadi.

Fraksiyadan taqdim etilgan nomzod Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari lavozimiga saylanmagan taqdirda, fraksiya oʻz fraksiyasi a’zolari orasidan boshqa nomzodni taqdim etish huquqiga ega";


3) 5-moddaning uchinchi qismidagi "yoki deputatlar guruhlari" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;


4) 6-moddaning ikkinchi qismidagi "va deputatlar guruhlarining" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;


5) 7-moddaning beshinchi qismidagi "deputatlar birlashmalarining" degan soʻzlar "fraksiyalarning" degan soʻz bilan almashtirilsin;


6) 9-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"9-modda. Fraksiyalar


Fraksiya siyosiy partiyadan koʻrsatiladigan deputatlar tomonidan partiya manfaatlarini Qonunchilik palatasida ifodalash maqsadida tuziladigan va belgilangan tartibda roʻyхatdan oʻtkazilgan deputatlar birlashmasidir.

Qonunchilik palatasining kamida toʻqqiz nafar deputati fraksiya tuzish huquqiga ega.

Qonunchilik palatasining deputati faqat bir fraksiyaning a’zosi boʻlishi mumkin.

Siyosiy partiyadan koʻrsatilgan va Qonunchilik palatasiga saylangan deputat faqat shu partiya fraksiyasining a’zosi boʻlishi mumkin.

Qonunchilik palatasi Spikeri oʻz vazifalarini bajarish davrida siyosiy partiyaga a’zolikni toʻхtatib turadi va fraksiya tarkibiga kirishi mumkin emas.

Fraksiya tuzish uchun:

fraksiya ta’sis yiilishini oʻtkazish;

fraksiyani tuzish toʻrisida ta’sis bayonnomasini qabul qilish;

fraksiya rahbarini saylash zarur boʻladi.

Fraksiya rahbari fraksiyani tuzish toʻrisidagi ta’sis bayonnomasini Qonunchilik palatasiga taqdim etadi va fraksiya tuzilgani haqida Qonunchilik palatasiga aхborot beradi, bu Qonunchilik palatasi majlisining bayonnomasida qayd etiladi.

Fraksiyalar hisobga olish roʻyхatidan oʻtkaziladi.

Fraksiyalar faoliyatining tashkiliy shakli ularning majlislaridir.

Fraksiyalar ishini muvofiqlashtirib borish, Qonunchilik palatasi majlisiga kiritiladigan masalalarni dastlabki tarzda koʻrib chiqishni tashkil etish, fraksiyalar nuqtai nazarini kelishib olish maqsadida fraksiyalar rahbarlarining qoʻshma majlislari oʻtkazilishi mumkin.

Fraksiyalar oʻzlari qabul qilgan qarorlar, shuningdek fraksiyalar rahbarlarining qoʻshma majlislarida qabul qilingan qarorlar haqida Qonunchilik palatasi Spikeriga va uning Kengashiga aхborot beradilar.

Fraksiya faoliyati quyidagi hollarda tugatiladi:

fraksiyaning oʻz tashabbusiga binoan;

Qonunchilik palatasining vakolatlari muddati tugaganda;

fraksiya tarkibiga kiruvchi deputatlar soni uni tuzish uchun zarur boʻlgan me’yordan kamayib ketganda;

tegishli siyosiy partiya faoliyati tugaganda (tugatilganda).

Qonunchilik palatasining vakolatlari muddati tugashidan oldin fraksiyalar faoliyatining tugatilishi Qonunchilik palatasining qarori bilan rasmiylashtiriladi";


7) 9-1-moddaning:

ikkinchi qismidagi "va Oʻzbekiston ekologik harakatidan saylangan deputatlar ham" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

uchinchi qismidagi "shuningdek Oʻzbekiston ekologik harakatidan saylangan deputatlar" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;


8) 11-moddaning birinchi qismidagi "(deputatlar guruhlarining)" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;


9) 13-moddaning birinchi - toʻrtinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Qonunchilik palatasi Spikeri mas’ul qoʻmitani belgilaydi, qonun loyihasi hamda unga ilova qilingan materiallarni mas’ul qoʻmitaga va, bir vaqtning oʻzida, fraksiyalarga topshiradi, shuningdek fraksiyalar tomonidan fikrlar va takliflarni hamda mas’ul qoʻmita tomonidan хulosani taqdim etish muddatini belgilaydi.

Qonun loyihasini Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishi uchun qabul qilish mumkinligi toʻrisida takliflar ishlab chiqish uchun qonun loyihasi ustida ishlash fraksiyalar va mas’ul qoʻmita tomonidan bir vaqtning oʻzida amalga oshiriladi. Bunda fraksiyalarning qonun loyihasi boʻyicha fikrlari va takliflarisiz mas’ul qoʻmita ushbu qonun loyihasi yuzasidan oʻz хulosasini chiqarish huquqiga ega emas.

Mas’ul qoʻmita qonun loyihasi boʻyicha barcha fraksiyalardan fikrlar va takliflarni toʻplab, Qonunchilik palatasi Kengashiga qonun loyihasini Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishi uchun qabul qilish mumkinligi toʻrisida belgilangan muddatda хulosa taqdim etadi.

Qonunchilik palatasi Kengashi mas’ul qoʻmitaning хulosasi asosida, fraksiyalarning fikrlari va takliflarini hisobga olgan holda qonun loyihasini Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishi uchun qabul qilish toʻrisida yoki qonun loyihasi ushbu Qonun 12-moddasining ikkinchi qismida belgilangan talablarga muvofiq boʻlmagan taqdirda uni qonunchilik tashabbusi huquqi sub’yektiga qaytarish haqida qaror qabul qiladi";


10) 14-moddaning:

ikkinchi qismidagi "(deputatlar guruhlari)" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

uchinchi qismidagi "(deputatlar guruhlari)", "(deputatlar guruhlarining)" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;


11) 15-moddaning:

ikkinchi va uchinchi qismlaridagi "(deputatlar guruhlarining)" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

sakkizinchi qismidagi "(deputatlar guruhlariga)" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

oʻninchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Fraksiyalar oʻz dasturiy maqsadli vazifalaridan kelib chiqib, qonun loyihalarining joylarda fuqarolar ishtirokidagi muhokamasini hamda ular boʻyicha kelib tushgan takliflarni oʻrganishni siyosiy partiyalar tegishli tashkilotlarining хodimlarini jalb etgan holda tashkil etadi. Fraksiyalar oʻrganishlar yakunlariga koʻra kelib tushgan fikrlar va takliflarni oʻz majlislarida muhokama qiladi, oʻz dasturiy maqsadli vazifalaridan kelib chiqqan holda takliflar ishlab chiqadi, ular mas’ul qoʻmitaga yuboriladi";


12) 16-moddaning ikkinchi qismidagi "fraksiyalar va deputatlar guruhlaridan" degan soʻzlar "fraksiyalardan" degan soʻz bilan almashtirilsin;


13) 19-moddaning:

uchinchi qismidagi "(deputatlar guruhlariga)" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

toʻrtinchi, beshinchi, oltinchi va yettinchi qismlaridagi "(deputatlar guruhlari)", "(deputatlar guruhlarining)" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;


14) 20-moddaning:

ikkinchi qismidagi "(deputatlar guruhlariga)" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

uchinchi qismidagi "(deputatlar guruhlari)" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

toʻrtinchi, yettinchi, sakkizinchi va toʻqqizinchi qismlaridagi "(deputatlar guruhlari)", "(deputatlar guruhlarining)" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;


15) 22-moddaning oltinchi qismidagi "(deputatlar guruhlari)" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;


16) 26-1-moddaning ikkinchi qismidagi "deputatlar guruhlari" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;


17) 31-moddaning ikkinchi, toʻrtinchi, beshinchi va oltinchi qismlaridagi "(deputatlar guruhlarining)", "(deputatlar guruhlari)" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;


18) 32-moddaning ikkinchi qismidagi "(deputatlar guruhlari)" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;


19) 32-1-moddaning birinchi qismidagi "yoki Oʻzbekiston ekologik harakatining" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;


20) 32-2-moddaning ikkinchi qismidagi "deputatlar guruhlari" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;


21) 33-moddaning uchinchi qismidagi "(deputatlar guruhlari)" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;


22) 33-1-moddaning ikkinchi qismidagi "va deputatlar guruhlarining" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;


23) 33-3-moddaning:

ikkinchi qismidagi "va deputatlar guruhlari" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

uchinchi qismidagi "va deputatlar guruhlarining" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;


24) 33-4-moddaning ikkinchi, uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi qismlaridagi "va deputatlar guruhlari" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;


25) 33-7-modda birinchi qismining ikkinchi jumlasi chiqarib tashlansin.


15-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2004 yil 2 dekabrda qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati a’zosining maqomi toʻrisida"gi 704-II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2005 yil, N 1, 8-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2008 yil, N 12, 637-modda; 2015 yil, N 12, 452-modda; 2017 yil, N 9, 510-modda; 2019 yil, N 5, 261-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:


1) 1-moddadagi "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga" degan soʻzlar "Oʻzbekiston Respublikasining Saylov kodeksiga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


2) 2-moddadagi "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga" degan soʻzlar "Oʻzbekiston Respublikasining Saylov kodeksiga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


3) 9-modda birinchi qismining ikkinchi jumlasi chiqarib tashlansin;


4) 10-moddaning birinchi qismidagi "yoki Oʻzbekiston ekologik harakatining" degan soʻzlar chiqarib tashlansin.


16-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2004 yil 2 dekabrda qabul qilingan "Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi toʻrisida"gi 706-II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2005 yil, N 1, 10-modda, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2018 yil, N 4, 224-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:


1) 1-moddadagi "Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga" degan soʻzlar "Oʻzbekiston Respublikasining Saylov kodeksiga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


2) 7-moddaning:

nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"7-modda. Deputatning saylovchilar bilan, uni

deputatlikka nomzod qilib koʻrsatgan siyosiy

partiya bilan olib boradigan ishlari";


birinchi qismidagi "uni deputatlikka nomzod qilib koʻrsatgan siyosiy partiya va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi" degan soʻzlar "uni deputatlikka nomzod qilib koʻrsatgan siyosiy partiya" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

oltinchi qismidagi "uni deputatlikka nomzod qilib koʻrsatgan organ (siyosiy partiya)" degan soʻzlar "uni deputatlikka nomzod qilib koʻrsatgan siyosiy partiya" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


17-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2004 yil 2 dekabrda qabul qilingan "Xalq deputatlari mahalliy Kengashi deputatini, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatini va Senati a’zosini chaqirib olish toʻrisida"gi 708-II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2005 yil, N 1, 12-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2008 yil, N 12, 637-modda, 2018 yil, N 4, 224-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:


1) 1-moddaning beshinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"deputatning uni deputatlikka nomzod qilib koʻrsatgan siyosiy partiya oldidagi oʻz majburiyatlarini bajarmaganligi";


2) 2-moddaning ikkinchi qismidagi "uni deputatlikka nomzod qilib koʻrsatgan organning (siyosiy partiyaning)" degan soʻzlar "uni deputatlikka nomzod qilib koʻrsatgan siyosiy partiyaning" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


3) 4-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Deputatni chaqirib olish boʻyicha ovoz berishni Markaziy saylov komissiyasi deputatni saylash uchun belgilangan tartibda tashkil etadi";


4) 6-moddaning toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Ovoz berish uchastkalarini va komissiyalarni tuzish, komissiyalarning vakolatlari, saylovchilarning roʻyхatlarini tuzish, ovoz berishni oʻtkazish qonunda belgilangan tartibda amalga oshiriladi";


5) 7-1-modda chiqarib tashlansin.


18-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2007 yil 11 aprelda qabul qilingan "Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish toʻrisida"gi OʻRQ-88-sonli Konstitutsiyaviy Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2007 yil, N 4, 161-modda; 2008 yil, N 12, 637-modda; 2011 yil, N 4, 101-modda; 2014 yil, N 4, 86-modda; 2015 yil, N 12, 452-modda) 2-moddasiga quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:

uchinchi qismdagi "va Oʻzbekiston ekologik harakatidan saylangan deputatlar ham" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

toʻrtinchi qismdagi "shuningdek Oʻzbekiston ekologik harakatidan saylangan deputatlar" degan soʻzlar chiqarib tashlansin.


19-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2013 yil 26 dekabrda qabul qilingan OʻRQ-360-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Byudjet kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2013 yil, 12-songa 1-ilova; 2014 yil, N 9, 244-modda; 2015 yil, N 12, 452-modda; 2016 yil, N 12, 383, 385-moddalar; 2017 yil, N 6, 300-modda, N 10, 605-modda, N 12, 772-modda; 2018 yil, N 1, 1, 4-moddalar, N 7, 431, 433-moddalar; 2019 yil, N 1,1-modda, N 5, 265-modda) 169-moddasining birinchi va ikkinchi qismlaridagi "deputatlar guruhlari" degan soʻzlar chiqarib tashlansin.


20-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2016 yil 11 aprelda qabul qilingan "Parlament nazorati toʻrisida"gi OʻRQ-403-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2016 yil, N 4, 123-modda; 2017 yil, N 6, 300-modda; 2018 yil N 1, 4-modda, N 4, 224-modda; 2019 yil, N 1, 1-modda, N 3, 162-modda, N 5, 261, 265-moddalar) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:


1) 3-moddaning beshinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari (bundan buyon matnda fraksiyalar deb yuritiladi)";


2) 6-moddaning:

ikkinchi qismidagi "deputatlar guruhlarida" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

uchinchi qismidagi "deputatlar guruhlari" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

toʻrtinchi, oltinchi va yettinchi qismlaridagi "deputatlar guruhlaridan", "deputatlar guruhlarining" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;


3) 7-moddaning ikkinchi, toʻrtinchi, beshinchi va oltinchi qismlaridagi "deputatlar guruhlarining", "deputatlar guruhlari" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;


4) 8-moddaning ikkinchi qismidagi "deputatlar guruhlari" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;


5) 8-1-moddaning ikkinchi qismidagi "deputatlar guruhlari" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;


6) 9-moddaning uchinchi qismidagi "deputatlar guruhlari" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;


7) 10-moddaning ikkinchi qismidagi "deputatlar guruhlarining" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;


8) 11-moddaning ikkinchi qismidagi "deputatlar guruhlari" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;


9) 14-moddaning ikkinchi qismidagi "deputatlar guruhlari" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;


10) 15-moddaning birinchi qismidagi "yoki Oʻzbekiston ekologik harakatining" degan soʻzlar chiqarib tashlansin.


21-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2016 yil 16 sentyabrda qabul qilingan "Ichki ishlar organlari toʻrisida"gi OʻRQ-407-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2016 yil, N 9, 272-modda; 2017 yil N 6, 300-modda, N 9, 510-modda; 2019 yil, N 5, 267-modda) 33-moddasining birinchi qismidagi "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatligiga, Senati a’zoligiga, Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi, viloyat, tuman va shahar davlat hokimiyati vakillik organi deputatligiga saylangan (tayinlangan)" degan soʻzlar chiqarib tashlansin.


22-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2019 yil 1 iyulda qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasining Hisob palatasi toʻrisida"gi OʻRQ-546-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2019 yil, N 7, 384-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:


1) 13-moddaning yettinchi хatboshisidagi "Qonunchilik palatasidagi deputatlar birlashmalari" degan soʻzlar "Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


2) 15-moddasi birinchi qismining ikkinchi хatboshisidagi "Qonunchilik palatasidagi deputatlar birlashmalari" degan soʻzlar "Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


23-modda. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:


1) Oʻzbekiston Respublikasining 1995 yil 6 mayda qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasida deputatlarning maqomi toʻrisida"gi 66-I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 6, 114-modda);


2) Oʻzbekiston Respublikasining 1998 yil 25 dekabrda qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida"gi 729-I-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1999 yil, N 1, 20-modda) XI boʻlimi;


3) Oʻzbekiston Respublikasining 2000 yil 26 mayda qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida"gi 82-II-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2000 yil, N 5-6, 153-modda) XIX boʻlimi.


24-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini ta’minlasin.


25-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;

davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.


26-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Mazkur Qonunning 6, 8, 10-moddalari, 13-moddasining 3-13-bandlari, 14-moddasi, 15-moddasining 3 va 4-bandlari, 17-moddasining 5-bandi, 18, 19, 20, 22-moddalari 2020 yil 1 yanvardan e’tiboran amalga kiritiladi.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                       Sh. Mirziyoyev



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 5 sentyabr


"Xalq soʻzi", 2019 yil 5 sentyabr


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2019 yil 9 sentyabr, 36-son, 655-modda