Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 02.09.2019 y. 724-son "Yangiyoʻl tumani kichik sanoat zonasi hududini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

02.09.2019 y.

N 724




YaNGIYOʻL TUMANI KIChIK SANOAT

ZONASI HUDUDINI KENGAYTIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Davlat mulki boʻlgan va ustav fondida davlat ulushi mavjud boʻlgan хoʻjalik jamiyatlarining ob’yektlaridan samarali foydalanish, investitsiyalarni jalb qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, yangi raqobatbardosh ishlab chiqarishlarni yanada qoʻllab-quvvatlash, ularni muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasi tashkil etilgan alohida hududlarda joylashtirishni ta’minlash va shu asosda ishlab chiqarish sohasida yangi ish oʻrinlari yaratish, aholining bandlik va farovonlik darajasini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilar:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Toshkent viloyatida kichik sanoat zonalarini tashkil etish toʻrisida" 2017 yil 10 avgustdagi PQ-3194-son qaroriga asosan Toshkent viloyatining shahar va tumanlarida 17 ta kichik sanoat zonalari tashkil etilganligi;

Vazirlar Mahkamasining "Toshkent viloyatida kichik sanoat zonalarini kengaytirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 8 avgustdagi 634-son qaroriga asosan Toshkent viloyatidagi 6 ta kichik sanoat zonalarining hududi kengaytirilganligi;

Toshkent viloyatidagi kichik sanoat zonalarida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamarmasi tomonidan 100 mln AQSh dollari miqdorida kredit liniyalari ochilganligi;

Toshkent viloyatidagi kichik sanoat zonalariga umumiy qiymati 1,2 trln soʻm boʻlgan 170 ta investitsiya loyihalari joylashtirilganligi, shundan 55 ta investitsiya loyihalari amalga oshirilishi natijasida 144,2 mlrd soʻm investitsiyalar oʻzlashtirilib, 841 ta yangi ish oʻrinlari tashkil etilganligi, 115 ta investitsiya loyihalari doirasida 1,2 trln soʻm investitsiyalar jalb qilinishi natijasida 4 595 ta yangi ish oʻrinlari tashkil etilishi hamda investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamarmasining 1,1 mln dollar mablalari oʻzlashtirilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Toshkent viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ, "Oʻztransgaz" AJ, Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamarmasi hamda Iqtisodiyot va sanoat vazirligining e’tibori Toshkent viloyatidagi kichik sanoat zonalarini muhandislik-kommunikatsiya, ishlab chiqarish infratuzilmasi bilan ta’minlash va investitsiya loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha tashkil etilgan ishlarning yetarli emasligiga qaratilsin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda Toshkent viloyati hokimligining Toshkent viloyati Yangiyoʻl shahrida joylashgan davlat mulki ob’yektlari va ustav fondida davlat ulushi mavjud boʻlgan хoʻjalik jamiyatlarining foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari va yer uchastkalarini (keyingi oʻrinlarda ob’yektlar deb ataladi) ilovaga muvofiq roʻyхat boʻyicha Yangiyoʻl tumani kichik sanoat zonasi tarkibiga kiritish toʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.


4. Toshkent viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi хoʻjalik jamiyatlari bilan birgalikda ob’yektlarning chegaralarini aniqlashtirgan holda Yangiyoʻl shahar hokimligiga belgilangan muddatlarda topshirilishini ta’minlasin.


5. Belgilab qoʻyilsinki:

ob’yektlar Yangiyoʻl shahar hokimligiga ularning balansida saqlovchilarning byudjet va byudjetdan tashqari jamarmalar oldidagi qarzdorligini beriladigan aktivlarning qoldiq (balans) qiymati summasiga kamaytirish, qarzdorlik mavjud boʻlmagan hollarda - ularning keyingi soliq toʻlovlari boʻyicha hisob-kitob qilish evaziga beriladi;

ob’yektlarda tadbirkorlik sub’yektlarini joylashtirish va ularning faoliyati tashkil qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Toshkent viloyatida kichik sanoat zonalarini tashkil etish toʻrisida" 2017 yil 10 avgustdagi PQ-3194-son qarori talablari asosida amalga oshiriladi.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi ilovada keltirilgan хoʻjalik jamiyatlarining byudjet va byudjetdan tashqari jamarmalar oldidagi qarzdorliklari berilayotgan ob’yektlarning qoldiq (balans) qiymati miqdoriga kamaytirilishini, qarzdorligi boʻlmagan hollarda - ularning keyingi soliq toʻlovlari boʻyicha хisob-kitob qilinishini ta’minlasin.


7. Toshkent viloyati erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari ma’muriy kengashi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda belgilangan tartibda:

a) Toshkent viloyati iqtisodiyotining ehtiyojlari, shuningdek, mavjud mineral-хomashyo, qishloq хoʻjaligi resurslarini va infratuzilmani inobatga olgan holda Toshkent viloyatidagi kichik sanoat zonalari hududida import oʻrnini bosuvchi va eksportga yoʻnaltirilgan tayyor mahsulotlar, materiallar va butlovchi buyumlar turlarini ishlab chiqarish korхonalarini joylashtirish boʻyicha aniq takliflar - "yoʻl хaritalari"ni ikki oy muddatda ishlab chiqilishini va tasdiqlanishini;

b) Toshkent viloyatidagi kichik sanoat zonalari hududida:

oʻzlashtirish uchun taklif qilinayotgan import oʻrnini bosuvchi va eksportga yoʻnaltirilgan tayyor mahsulotlar, materiallar va butlovchi buyumlar turlari toʻrisidagi ma’lumotlar tadbirkorlik sub’yektlariga yetkazilishini;

loyihalarni amalga oshirish uchun tadbirkorlik sub’yektlarini jalb etish, ular bilan tizimli ishlar olib borish, shuningdek, Toshkent viloyatidagi kichik sanoat zonalari hududida ishlab chiqarishlarni joylashtirish boʻyicha investitsiya buyurtmanomalari sifatli va oʻz vaqtida koʻrib chiqilishini;

ishlab chiqarishlarni tashkil etish boʻyicha investitsiya loyihalarining biznes-rejalarini ishlab chiqishda tadbirkorlik sub’yektlariga koʻmaklashishni ta’minlasin.


8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari E.M. Ganiyev, Toshkent viloyati hokimi v.b. R.Q. Xolmatov va Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vaziri B.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                       A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2019 yil 2 sentyabrdagi

724-son qaroriga

ILOVA



Toshkent viloyati Yangiyoʻl tumani kichik sanoat

zonasi tarkibiga kiritiladigan ob’yektlar

ROʻYXATI

T/r

Ob’yekt nomi


Bino-inshoot

maydoni,

kv.m.*


Yer

maydoni,

ga*

Joylashgan

yeri

Balansda

saqlovchi

Idoraviy

mansubligi

Topshirish

muddati

1.

"Biokimyo" AJning foydalanilmayotgan bino-inshootlari va yer maydoni


34991,8

8,0

Yangiyoʻl shahri, Kimyogar koʻchasi 1-uy


"Biokimyo" AJ


Davlat aktivlarini boshqarish agentligi


01.01.2020

yilga qadar


2.

"Yangiyoʻl yo-moy" AJ hududini optimallashtirishdan boʻshaydigan yer maydoni va binolar


4585,0

5,0

Yangiyoʻl shahri, Samarqand koʻchasi 352-uy


"Yangiyoʻl yo-moy" AJ


Davlat aktivlarini boshqarish agentligi


01.01.2020

yilga qadar


3.

"Yangi sifat" MChJ bino-inshootlari va yer maydoni


15 860,6

9,7

Yangiyoʻl shahri, Baхt MFY, Samarqand koʻchasi, 34-uy


"Yangi sifat" MChJ


"Oʻzbekneftgaz" AJ


01.10.2019

yilga qadar


       

*) Yer maydonlariga Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Toshkent viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan aniqlik kiritiladi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 4 sentyabr