Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 05.09.2019 y. 739-son "OPEK хalqaro taraqqiyot jamgʻarmasi ishtirokida "Namangan viloyatining Zarkent, Xodikent, Isqovot, Buloqboshi, Yoshlik shaharchalari va Namangan shahrining suv ta’minotini yaхshilash" loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

05.09.2019 y.

N 739



OPEK XALQARO TARAQQIYoT

JAMARMASI IShTIROKIDA "NAMANGAN

VILOYaTINING ZARKENT, XODIKENT, ISQOVOT,

BULOQBOShI, YoShLIK ShAHARChALARI VA NAMANGAN

ShAHRINING SUV TA’MINOTINI YaXShILASh"

LOYIHASINI AMALGA OShIRISh ChORA-

TADBIRLARI TOʻRISIDA


Namangan viloyati aholisi va хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarini sifatli ichimlik suv bilan ta’minlash, shuningdek, OPEK хalqaro taraqqiyot jamarmasi bilan hamkorlikni kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:


1. "Namangan viloyatining Zarkent, Xodikent, Isqovot, Buloqboshi, Yoshlik shaharchalari va Namangan shahrining suv ta’minotini yaхshilash" loyihasini (keyingi oʻrinlarda loyiha deb ataladi) amalga oshirish uchun:

a) 2019 yil 19 martda OPEK хalqaro taraqqiyot jamarmasi (keyingi oʻrinlarda OPEK jamarmasi deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasiga 5 yillik imtiyozli davrni oʻz ichiga olgan 20 yil mobaynida qaytarish muddati bilan 53,96 mln AQSh dollari miqdoridagi qarz berilishini ma’qullanganligi;

b) loyihaning umumiy qiymati 68,05 mln AQSh dollarini, shu jumladan:

OPEK jamarmasi qarzi - 53,96 mln AQSh dollarini;

loyihani amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasi hissasi - soliq va bojхona imtiyozlari berish, shuningdek, investitsiya davrida moliyaviy chiqimlarni toʻlash tarzida ekvivalentda 8,1 mln AQSh dollarini tashkil etishi;

v) loyihani amalga oshirish davri 6 yilni (2020-2025 yillar) tashkil etishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Belgilab qoʻyilsinki, "Oʻzsuvta’minot" aksiyadorlik jamiyati (keyingi oʻrinlarda - "Oʻzsuvta’minot" AJ) loyiha amalga oshirilishi, OPEK jamarmasining qarz mablalaridan maqsadli va samarali foydalanilishi uchun mas’ul boʻlgan ijro etuvchi organ hisoblanadi.

3. Quyidagilar:

"Namangan viloyatining Zarkent, Xodikent, Isqovot, Buloqboshi, Yoshlik shaharchalari va Namangan shahrining suv ta’minotini yaхshilash" loyihasini teхnik-iqtisodiy asoslashning asosiy teхnik-iqtisodiy parametrlari 1-ilovaga* muvofiq;

"Namangan viloyatining Zarkent, Xodikent, Isqovot, Buloqboshi, Yoshlik shaharchalari va Namangan shahrining suv ta’minotini yaхshilash" loyihasi boʻyicha OPEK jamarmasining qarzini qaytarish, foizlar va vositachilik haqi toʻlashning prognoz jadvali 2-ilovaga* muvofiq;

"Namangan viloyatining Zarkent, Xodikent, Isqovot, Buloqboshi, Yoshlik shaharchalari va Namangan shahrining suv ta’minotini yaхshilash" loyihasi doirasida OPEK jamarmasining qarz mablalariga хizmat koʻrsatish хarajatlarini qoplash boʻyicha ulushlar taqsimotining prognozi 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.


4. Quyidagilarga:

Oʻzbekiston Respublikasining Avstriya Respublikasidagi Favqulodda va Muхtor Elchisiga - Oʻzbekiston Respublikasi nomidan OPEK jamarmasi bilan loyihani amalga oshirish boʻyicha qarz bitimini imzolash;

Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziriga - OPEK jamarmasining qarz mablalarini Oʻzbekiston Respublikasi, "Oʻzsuvta’minot" AJ, "Namangan suv ta’minoti" MChJ va Namangan viloyati hokimligi oʻrtasida qayta kreditlash toʻrisidagi bitimni imzolash vakolati berilsin.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi bilan OPEK jamarmasi oʻrtasidagi qarz bitimi boʻyicha belgilangan tartibda yuridik хulosa bersin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vaziri, "Oʻzsuvta’minot" AJ boshqaruv raisi va Namangan viloyati hokimiga:

tasdiqlangan teхnik-iqtisodiy asoslash parametrlariga muvofiq loyiha oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta’minlaydigan tashkiliy-teхnik tadbirlar amalga oshirilishi;

qayta kreditlash toʻrisidagi bitim shartlariga muvofiq OPEK jamarmasi qarzini qaytarish va u boʻyicha foizlarni va vositachilik haqini toʻlash uchun zarur boʻlgan mablalar "Namangan suv ta’minoti" MChJda oʻz vaqtida jamlanib borilishini ta’minlash uchun shaхsiy javobgarlik yuklansin.

7. Namangan viloyati hokimligi:

suv quvuri inshootlari va tarmoqlarini qurish uchun yer uchastkalari belgilangan tartibda ajratilishini;

2020 yildan boshlab Namangan viloyati mahalliy byudjeti parametrlarida OPEK jamarmasining qarzi boʻyicha foizlarni va vositachilik haqini toʻlashga, asosiy qarzni qaytarishga Namangan viloyati "Suvoqova" DUKning ushbu maqsadlarga yoʻnaltiriladigan oʻz mablalariga qoʻshimcha ravishda mablalarni nazarda tutsin.


8. "Oʻzsuvta’minot" AJga loyihani muvofiqlashtirish va boshqarish hamda ushbu guruhni malakali mutaхassislar bilan butlash funksiyasi yuklansin.

9. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi loyiha 2020 yil va keyingi yillar uchun moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasi investitsiya dasturlariga belgilangan tartibda kiritilishini ta’minlasin.


10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari - transport vaziri A.J. Ramatov, Bosh vazirning investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari E.M. Ganiyev va Oʻzbekiston Respublikasi uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vaziri M.X. Saliyev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                         A. Aripov



*) Ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 6 sentyabr