Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Markaziy bank Boshqaruvining 24.08.2019 y. 21/5-son "Oʻzbekiston Respublikasi banklarida kam baholi va tez eskiruvchi buyumlarning buхgalteriya hisobini yuritish toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaning 2-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida"gi Qarori (AV tomonidan 07.09.2019 y. 1496-1-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

07.09.2019 y.

N 1496-1




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING

24.08.2019 y.

N 21/5


QARORI



Oʻzbekiston Respublikasi banklarida kam baholi

va tez eskiruvchi buyumlarning buхgalteriya hisobini

yuritish toʻrisidagi yoʻriqnomaning 2-bandiga

oʻzgartirish kiritish haqida


Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻrisida"gi Qonuniga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 21 maydagi PF-5723-son "Mehnatga haq toʻlash, pensiyalar va boshqa toʻlovlar miqdorlarini aniqlash tartibini takomillashtirish toʻrisida"gi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2005 yil 11 iyundagi 13/5-son qarori (roʻyхat raqami 1496, 2005 yil 15 iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005 yil, 28-29-son, 214-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi banklarida kam baholi va tez eskiruvchi buyumlarning buхgalteriya hisobini yuritish toʻrisidagi yoʻriqnomaning 2-bandidagi "eng kam ish haqining" degan soʻzlar "bazaviy hisoblash miqdorining" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Markaziy bank raisi                                             M. Nurmuratov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 7 sentyabr


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2019 yil 9 sentyabr, 36-son, 666-modda