Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 09.09.2019 y. 746-son "Maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun oʻquv-metodik va didaktik adabiyotlar tayyorlash, tanlash va ekspertizadan oʻtkazish, ularni nashr qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

09.09.2019 y.

N 746




MAKTABGAChA TA’LIM TAShKILOTLARI

UChUN OʻQUV-METODIK VA DIDAKTIK ADABIYoTLAR

TAYYoRLASh, TANLASh VA EKSPERTIZADAN OʻTKAZISh,

ULARNI NAShR QILISh TARTIBI TOʻRISIDAGI

NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 30 sentyabrdagi PQ-3955-son qarori ijrosini ta’minlash hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlariga sifat, samaradorlik, tezkorlik va oshkoralik prinsiplari asosida oʻquv-metodik va didaktik adabiyotlar tayyorlash uchun mualliflar hamda nashriyotlarni tanlash tartibini belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:

1. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun oʻquv-metodikva didaktik adabiyotlar tayyorlash, tanlash va ekspertizadan oʻtkazish, ularni nashr qilish tartibi toʻrisida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi:

maktabgacha ta’lim tashkilotlarida oʻquv-metodik va didaktik adabiyotlarga boʻlgan ehtiyojning tizimli monitoringini olib borish;

aniqlangan ehtiyoj asosida maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun zarur boʻlgan oʻquv-metodik va didaktik adabiyotlarni yaratish;

yaratilgan oʻquv-metodik va didaktik adabiyotlarni ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qoʻyiladigan davlat talablari asosida tayyorlanganligini ekspertizadan oʻtkazish va nashrga tayyorlash choralarini koʻrsin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralarbilan birgalikda bir oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari A.A. Abduхakimov va Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vaziri A.V. Shin zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                          A. Aripov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 9 sentyabr