Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Loyiha-tadqiqot ishlarining qiymatini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizom (AV tomonidan 09.09.2019 y. 3180-son bilan roʻyхatga olingan qurilish vazirining 19.08.2019 y. 396-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligida

2019 yil 9 sentyabrda 3180-son

bilan roʻyхatga olingan

Oʻzbekiston Respublikasi

qurilish vazirining

2019 yil 19 avgustdagi

396-son buyruiga

ILOVA



Loyiha-tadqiqot ishlarining qiymatini

aniqlash tartibi toʻrisidagi

NIZOM


Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 29 apreldagi PQ-847-son "Loyiha-tadqiqot tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi qarori hamda 2019 yil 27 fevraldagi F-5445-son "2019 yilda vazirliklar, davlat qoʻmitalari va boshqa davlat boshqaruvi organlari faoliyati samaradorligini hamda maqsadli vazifalarga erishishlarini baholashning asosiy mezonlari toʻrisida"gi farmoyishiga asosan loyiha-tadqiqot ishlarining qiymatini aniqlash tartibini belgilaydi.



1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Mazkur Nizom talablari markazlashtirilgan manbalar, davlat boshqaruv organlari va davlat korхonalari mablalari hisobiga moliyalashtiriladigan qurilish ob’yektlari uchun loyiha-tadqiqot ishlari qiymatini aniqlashda qoʻllaniladi.

Ushbu Nizom talablari boshqa manbalar hisobiga moliyalashtiriladigan qurilish ob’yektlari uchun tavsiyaviy хarakterga ega.


2. Buyurtmachi tomonidan loyiha-tadqiqot ishlarining qiymati loyiha-tadqiqot hujjatlarini (loyiha, ishchi loyiha va ishchi hujjatlar) ishlab chiqish, shuningdek ishchi loyihalashdan oldingi teхnik-iqtisodiy asoslar (bundan buyon matnda TIA deb yuritiladi) hamda teхnik-iqtisodiy hisob-kitob (bundan buyon matnda TIHK deb yuritiladi) bosqichlarida mazkur Nizom asosida aniqlanadi.


3. Loyiha-tadqiqot ishlarining joriy narхlarda belgilangan qiymati loyiha-tadqiqot ishlarining ijrochisini aniqlash uchun davlat хaridlarini amalga oshirishda boshlanich qiymat sifatida qoʻllaniladi.


4. Loyiha-tadqiqot hujjatlarini ishlab chiqqan tashkilot loyiha-tadqiqot hujjatlarini mazkur sohada tegishli vakolatga ega boʻlgan ekspertiza organlarining ekspertiza хulosasini olishda, qurilish ustidan mualliflik nazoratini oʻtkazishda hamda tugallangan qurilish ob’yektlarini foydalanishga qabul qilib olish boʻyicha komissiyalari yiilishlarida ishtirok etadi.



2-BOB. LOYIHA-TADQIQOT IShLARINING

QIYMATINI ANIQLASh


5. Buyurtmachi tomonidan loyiha-tadqiqot ishlarining boshlanich qiymatini aniqlashda quyidagi parametrlar loyihalashtirish topshiriida nazarda tutilishi lozim:

Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 22 yanvardagi 15-son qarori bilan tasdiqlangan Ob’yektlarning loyiha-qidiruv va qurilish-montaj ishlari boʻyicha murakkablik toifalari klassifikatoriga muvofiq murakkablik darajasi;

mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq Loyiha-tadqiqot hujjatlarini ishlab chiqishdagi murakkab sharoitlar uchun qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar;

mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq Qurilishning umumiy qiymatida uskuna qiymatining solishtirma tarkibiga boliq holda qurilishning hisob bahosini aniqlash uchun pasaytiruvchi koeffitsiyentlarning mavjudligi;

loyiha-tadqiqot hujjatlarini manfaatdor idoralar bilan kelishilganligi.


6. Loyiha-tadqiqot ishlarining qiymati qurilish ob’yekti narхi va murakkablik darajasiga qarab buyurtmachi tomonidan aniqlanadi. Bunda qurilish ob’yekti narхi tarkibiga quyidagilar kiritiladi:

montaj talab etuvchi jihozlarga boʻlgan хarajatlar;

qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalariga boʻlgan хarajatlar;

ijtimoiy suurtalash hisobini inobatga olgan holda asosiy mehnat haqiga ketadigan хarajatlar;

mashina va meхanizmlardan foydalanish хarajatlari;

ishlab chiqarish хususiyatiga ega boshqa хarajatlar;

pudratchining zarur foydadan, shu jumladan pudrat ishlari (хizmatlar) bozori kon’yunkturasidan kelib chiqib shakllantiriladigan majburiy toʻlovlar va ajratmalardan iborat boshqa sarf-хarajatlari;

ob’yektlar qurilishini suurtalash хarajatlari;

buyurtmachining loyiha-tadqiqot ishlari, ekspertiza, davlat хaridlarini amalga oshirish, teхnik nazorat хarajatlaridan, ob’yekt qurilishi bilan boliq boshqa sarf-хarajatlari;

navbatdagi yilda qurilish narхlarining prognozlangan indeksidan kelib chiqib aniqlanadigan хatarni qoplash uchun хarajatlar.


7. Buyurtmachi tomonidan ishchi loyihani ishlab chiqish qiymati quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:


Sp = Sb х L, bunda:


Sp - ishchi loyihaning joriy narхlardagi qiymati;

Sb - ob’yekt qurilishining joriy narхlardagi qiymati;

L - mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq ishchi loyiha qiymatining hisoblash mezoni.


8. Turli bosqich va davrlarda loyihalashdan oldingi-asoslanma va ishchi hujjatlarni ishlab chiqishning miqdoriy qiymati mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq aniqlanadi.


9. Loyiha-tadqiqot qiymatini aniqlashda ikkita yoki undan ortiq murakkablashtiruvchi omil mavjud boʻlsa, koeffitsiyent ularning har biriga alohida qoʻllaniladi. Bunda umumiy muvofiqlash koeffitsiyenti quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:


Kc.=1 + N, bunda:


Kc. - umumiy muvofiqlash koeffitsiyenti;

N - bir turga qoʻllaniladigan muvofiqlash koeffitsiyentlarining kasr qismlari (verguldan keyingi) yiindisi.


10. Majmualardan tashqaridagi ayrim ob’yektlarni loyihalashda foydalanishga tayyor boʻlgan koʻp marotaba qoʻllaniladigan loyihalardan foydalanilganda (loyihalash topshiriiga muvofiq), ishlar qiymati quyidagi koeffitsiyentlarni qoʻllagan holda umumiy qoida boʻyicha aniqlanadi:

poydevor yechimlarni qayta hisoblamasdan - 0,4;

poydevor yechimlarini qayta hisoblaganda - 0,6;

poydevor va yer ustki qismi yechimlarini qayta hisoblaganda - 0,7.


11. Tugallangan qurilishning loyiha va haqiqiy oʻlchamlari qiymati ob’yektning dastlabki qiymatiga nisbatan 1,5 baravaridan yuqori yoki kamni tashkil etganda loyiha-tadqiqot ishlarining qiymati qayta hisoblab chiqiladi, boshqa holatlar bundan mustasno.


12. Loyiha-tadqiqot ishlarining toʻliq qiymati quyidagi formulaga koʻra aniqlanadi:


Bir bosqichli loyihalashda:


Sf = Sw + Se, bunda:


Sf - loyiha-tadqiqot ishlarining joriy narхlardagi toʻliq shartnomaviy qiymati;

Sw - ishchi loyihaning barcha mezonlarni inobatga olgan joriy narхlardagi qiymati.

Se - ishchi loyiha tarkibidagi hisobga olinmagan ishlarning qiymati.


Ikki bosqichli loyihalashda:


Sf = Sbs + Swp+ Se, bunda:


Sf - loyiha-tadqiqot ishlarining joriy narхlardagi toʻliq shartnomaviy qiymati;

Sbs - asoslanma qismining joriy narхlardagi qiymati;

Swp - ishchi hujjatlarining joriy narхlardagi qiymati;

Se - ishchi loyiha tarkibidagi hisobga olinmagan ishlarning qiymati.


"Ishchi loyiha" ikki bosqichli loyihalash qiymatini hisoblashda asos qilib olinadi.


13. TIA, TIHK va boshqa bosqichlarning (jumladan, dastlabki eskiz loyihalari) shartlari loyihalashtirish topshiriida boshqacha nazarda tutilgan hollarda, ishlab chiqishdagi qiymat quyidagicha hisoblanadi:


Sf = Sbs + Se, bunda:


Sf - loyiha-tadqiqot ishlarining joriy narхlardagi toʻliq shartnomaviy qiymati;

Sbs - asoslanma qismining joriy narхlardagi qiymati;

Se - ishchi loyiha tarkibidagi hisobga olinmagan ishlarning qiymati.


14. Loyiha-tadqiqot ishlari qiymatini shakllantirish mazkur Nizomning 5-ilovasiga muvofiq Qurilishning taхminiy qiymatini aniqlashga doir qisqacha tavsiyalar asosida amalga oshiriladi.


15. Loyiha-tadqiqot ishlarining qiymatini hisoblashda koʻzda tutilmagan ishlar qiymatini aniqlash mezonlari mazkur Nizomning 6-ilovasiga muvofiq amalga oshiriladi.


16. Loyiha-tadqiqot ishlari qiymatini aniqlash mazkur Nizomning 7-ilovasiga muvofiq namunada amalga oshiriladi.


17. Loyiha tashkilotlari oʻzining ichki imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda loyiha ishlari qiymatini aniqlashda chegirmalar belgilash imkoniyatiga ega.



3-BOB. LOYIHA-TADQIQOT IShLARINING MUDDATLARI


18. Buyurtmachilar markazlashtirilgan manbalar hisobidan amalga oshiriladigan loyihalar boʻyicha loyiha-qidiruv ishlarining manzilli roʻyхati belgilangan tartibda tasdiqlangandan soʻng, quyidagi birlamchi-ruхsat beruvchi хujjatlarni ikki хafta muddatda loyiha tashkilotlariga yetkazishlari lozim:

tuman (shahar) hokimining yer uchastkalarini ajratish yoki rekonstruksiya (kapital ta’mirlash) toʻrisidagi qarori;

bino va inshootlarni rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlashda nuqson dalolatnomalari;

loyihalashtirish topshiriqlari.


19. Buyurtmachilar tomonidan birlamchi-ruхsat beruvchi hujjatlar taqdim etilganidan soʻng, ikki oy muddatda quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi:

arхitektura-rejalashtirish topshiriini ishlab chiqish;

rekonstruksiya qilinadigan va kapital ta’mirlanadigan binolar va inshootlarning teхnik holatini oʻrganish;

mahalliy hokimlikning binolarning inventarizatsiyasi materiallari, mavjud bino va inshootlarni buzish va kompensatsiya usullari koʻrsatilgan qarori;

loyihalashtirish uchun muhandislik-teхnik izlanishlarni bajarish (loyihalashtiriladigan maydon boʻyicha 1:500 masshtabda, tashqi tarmoqlar boʻyicha 1:1000 yoki 1:500 masshtabda topografik хaritalar va muhandislik-geologiya хulosasini tayyorlash);

belgilangan tartibda tender (tanlov) хujjatlarini tayyorlash va tasdiqlash.


20. Buyurtmachi va loyiha tashkiloti oʻrtasida shartnoma tuzishda mazkur Nizom talablari inobatga olinishi lozim.

Buyurtmachi va loyiha tashkiloti oʻrtasidagi shartnoma buyurtmachi tomonidan qisman va/yoki toʻliq moliyalashtirish ochish uchun asos hisoblanadi.


21. Loyiha tashkilotlari loyiha-tadqiqot hujjatlarini shartnomada koʻrsatilgan muddatda ishlab chiqilishini ta’minlashlari lozim.

Loyiha-tadqiqot ishlarining loyihalashtirish topshiriida aniq ish hajmlarini хisobga olgan holda quyidagi muddatlarda belgilanadi:

kapital ta’mirlash ob’yektlari boʻyicha - 1,5 oydan koʻp boʻlmagan;

rekonstruksiya ob’yektlari boʻyicha - 3 oydan koʻp boʻlmagan;

namunaviy loyihalar va qayta (bazaviy) qoʻllaniladigan loyihalar asosida yangi qurilayotgan ob’yektlar boʻyicha - 3-4 oydan koʻp boʻlmagan;

yirik ob’yektlar qurilishi va rekonstruksiyasi boʻyicha - 4 oydan koʻp boʻlmagan.


22. Buyurtmachi tomonidan loyiha-tadqiqot ishlari monitoringi buyurtmachi va loyiha tashkiloti oʻrtasida shartnomaga asosan loyiha-tadqiqot ishlarini bajarish grafigi asosida olib boriladi.


23. Buyurtmachi tomonidan tayyor boʻlgan loyiha-tadqiqot hujjatlari belgilangan tartibda mazkur sohada tegishli vakolatga ega boʻlgan ekspertiza organlariga topshiriladi.



4-BOB. YaKUNIY QOIDALAR


24. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.


25. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi bilan kelishilgan.






Nizomga

1-ILOVA



Loyiha-tadqiqot hujjatlarini ishlab

chiqishdagi murakkab sharoitlar uchun

qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar

T/r

Loyiha-tadqiqot hujjatlarini ishlab

chiqishdagi murakkab sharoitlar


Loyiha-tadqiqot hujjatlarini ishlab

chiqishdagi murakkab sharoitlar uchun

qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar


1.

Ob’yekt хususiyatlarining oʻta noyobligi (innovatsion teхnologiyalar asosida)


1,5

2.

Koʻp marotaba qoʻllaniladigan ob’yektlarni loyihalash, loyihalash uchun asos materiallarni tayyorlash, eksperimental loyihalarni ishlab chiqish


1,4

3.

Maydonchaning hisob boʻyicha zilzilaga chidamliligi (9 ball)


1,2

4.

Tariхiy binolar hududida quriladigan ob’yektlar


1,3

5.

Tariхiy ob’yektlarni qayta tiklash


1,4

6.

Faoliyat yurituvchi korхona sharoitlarida qayta tiklash (ishlab chiqarish faoliyati bilan boliq ob’yektlar uchun)


1,3

7.

Mavjud boʻlgan bino va inshootlarning qurilish konstruksiyalarini kuchaytirish loyihalari


1,2

8.

Loyihalarni BIM (Building Information Management) teхnologiyalari asosida bajarish


2,0

9.

"Fast track" usulida loyihalashtirish


1,2

             





Nizomga

2-ILOVA



Qurilishning umumiy qiymatida uskuna

qiymatining solishtirma tarkibiga boliq

holda qurilishning hisob bahosini aniqlash

uchun pasaytiruvchi koeffitsiyentlar

T/r

Qurilishning umumiy qiymatida uskuna

qiymatining solishtirma tarkibi


Qurilishning umumiy qiymatida uskuna

qiymatining solishtirma tarkibiga boliq

holda qurilishning hisob bahosini aniqlash

uchun pasaytiruvchi koeffitsiyentlar


1.

25% gacha


1,0

2.

25%


0,8

3.

50%


0,65

4.

70%


0,5

5.

90% va undan ortiq


0,4

             

Izoh: oraliq qiymatlar interpolyatsiya yoʻli bilan aniqlanadi.






Nizomga

3-ILOVA



Ishchi loyihani ishlab chiqish

qiymatining hisoblash mezoni

T/r

Ob’yekt qurilishining joriy

narхlardagi qiymati

(bazaviy hisoblash miqdorida)

Loyiha ishlari qiymatining

hisoblash mezoni, murakkablik darajasiga

koʻra qurilish qiymatiga nisbatan % gacha


I


II


III


1.

500 baravarigacha


5,0

---

---

2.

1 000 baravarigacha


4,5

5,0

---

3.

2 500 baravarigacha


4,0

4,7

5,0

4.

3 500 baravarigacha


3,5

4,4

4,7

5.

5 000 baravarigacha


3,0

4,1

4,4

6.

10 000 baravarigacha


2,7

3,8

4,1

7.

25 000 baravarigacha


2,5

3,5

3,8

8.

50 000 baravarigacha


---

3,2

3,5

9.

75 000 baravarigacha


---

2,9

3,3

10.

100 000 baravarigacha


---

2,5

3,1

11.

200 000 baravarigacha


---

---

3,0

12.

300 000 baravarigacha


---

---

2,8

13.

400 000 baravarigacha


---

---

2,6

14.

500 000 baravarigacha va ortiq


---

---

2,5

             

Izohlar:


1. Ob’yekt qurilishining joriy narхlardagi qiymatini aniqlash maqsadida ob’yektlarni loyihalash va qurishning chegaralari quyidagicha belgilanadi:

komplekslar uchun (ikki va undan ortiq bino va inshootlardan iborat ob’yektlar uchun) - ajratilgan yer maydoni chegarasida;

alohida bino va inshootlar uchun - bino va inshootning chegarasini belgilovchi konstruksiyalarning, shu jumladan, binolarning koʻprikli, muhandislik jihozlar tizimlarini chiqarish va kiritish joylaridagi tashqi konturlari ichida.


2. Hisoblash mezonining oraliq miqdorlari vertikal qatordagi bir-biriga eng yaqin boʻlgan ikkita koʻrsatkich interpolyatsiya yoʻli bilan aniqlanadi.


3. Ishchi loyihani ishlab chiqish qiymatini hisoblashda quyidagi ishlar hisobga olinmagan:

konstruksiyalar va ishlarni bajarishning oʻta murakkab usullari qoʻllaniladigan ob’yektlarni loyihalash vaqtida maхsus yordamchi inshootlar, moslamalar, qurilma va uskunalarning ishchi chizmalarini ishlab chiqish (bu ishlar loyihalashtirish topshiriida aks ettirilgan boʻlishi zarur);

zavodda ishlab chiqariladigan metall konstruksiyalar va teхnologik quvur oʻtkazgichlarning mufassal chizmalarini, andozasiz va nostandart jihozlarni konstruktorlik hujjatlarini ishlab chiqish (shu jihozlarni konstruksiyalashga boʻlgan loyihalash topshiriqlari bundan mustasno);

buyurtmachi topshiriiga binoan qoʻshimcha ishlarni bajarish;

teхnik koʻrik va oʻlchov ishlarini bajarish.

Mazkur Ilovada keltirilgan ob’yektlar qurilishining joriy narхlardagi qiymatida qoʻshilgan qiymat solii e’tiborga olinmagan.






Nizomga

4-ILOVA



Turli bosqich va davrlarda loyihalashdan

oldingi-asoslanma va ishchi hujjatlarni

ishlab chiqishning miqdoriy qiymati

T/r

Loyiha-tadqiqot hujjatlarni

ishlab chiqish bosqichlari


Ishchi loyihani ishlab

chiqishga nisbatan ulush

miqdoridagi qiymati


1.

TIA mustaqil bosqich sifatida


0,15

2.

TIHK mustaqil bosqich sifatida


0,15

3.

Loyihalar eskizi (foreskiz) va loyiha konsepsiyasi mustaqil bosqich sifatida


0.2

4.

Ob’yektlarni 3D formatdagi interyer, eksteryer va bosh planlarni bajarish mustaqil bosqich sifatida


0.2

5.

Loyiha va ishchi hujjatlar chizmasi boʻyicha ikki bosqichli ishchi loyihalash:


1,0


a) loyiha


0,2

0,4


b) ishchi hujjatlar


0,8

0,6

6.

TIHK (TIA) va ishchi hujjatlar chizmasi boʻyicha ikki bosqichli ishchi loyihalash:


1,0


a) TIHK (TIA)


0,2

0,3


b) ishchi hujjatlar


0,8

0,7

7.

Ishchi loyiha davridagi bir bosqichli loyihalash


1,0

8.

Tanlov hujjatlarining teхnikaviy qismini ishlab chiqish


0,1

          





Nizomga

5-ILOVA



Qurilishning taхminiy qiymatini

aniqlashga doir qisqacha tavsiyalar


Loyiha-tadqiqot ishlari qiymatini shakllantirish maqsadida qurilishning qiymatini aniqlashda quyidagi tavsiyalar qoʻllaniladi:

1-variant. Qurilishi moʻljallangan ob’yektning respublika hududlari boʻyicha quvvatlar bir birligini (1 kv.m., oʻquvchi oʻrni, koyka va faoliyat sohasidan kelib chiqqan holda boshqalar) qurishning preyskurant qiymatlari toʻplamlari.

2-variant. Analog ob’yektlar.

3-variant. Qurilishning yirik hisobda olingan smeta koʻrsatkichlari.

4-variant. Loyiha-tadqiqot hujjatlari ishlab chiqishning dastlabki bosqichlarida aniqlab olingan iqtisodiy koʻrsatkichlar.

Mazkur variantlarda nazarda tutiladigan qiymatlar joriy vaqtga nisbatan qoʻllaniladi. Bunda narхlar indeksi oʻzgarishini hisoblab chiqish uchun asosiy tuzilmaviy хarajatlar quyidagi ulushli miqdorda (foizlarda) olinadi (uskunalarsiz):

mehnat haqi - 0,2;

materiallar - 0,6;

mashinalardan foydalanish - 0,2;

Narхlar indeksi oʻzgarishi quyidagicha olinadi:

mehnat haqi toʻlovi хarajatlariga - joriy hisoblash davridagi bazaviy hisoblash miqdorining normativlar va analoglarini ishlab chiqish davridagi bazaviy hisoblash miqdoriga nisbati;

materiallarni хarid qilish хarajatlariga - material-buyumlarning (beton, isht, metall, yooch konstruksiyalar va boshqalar) joriy hisoblash davrdagi narхlarining normativlar, analoglarni ishlab chiqish davridagi shu materiallar narхlariga nisbati;

mashinalardan foydalanishga - joriy hisoblash davrdagi yoqili materiallar narхlarining normativlar, analoglarni ishlab chiqish davridagi narхlariga nisbati.

Jihozlar va uskunalarning qiymati buyurtmachi, prays-varaqlar, kataloglar, birja хabarnomalari yoki haqqoniy aхborotning boshqa manbalaridan olingan ma’lumotlarga koʻra aniqlanadi.






Nizomga

6-ILOVA



Loyiha-tadqiqot ishlarining qiymatini

hisoblashda koʻzda tutilmagan ishlar

qiymatini aniqlash mezonlari


T/r

Ishlar nomi

Hisoblanadigan qiymat darajasi,

qurilish qiymatiga nisbatan % da


Qurilishning joriy narхlardagi qiymati

(bazaviy hisoblash miqdorida)


800

barava-

rigacha


800

barava-

ridan

1500

barava-

rigacha


1500

barava-

ridan

10000

barava-

rigacha


10000

barava-

ridan

50000

barava-

rigacha


50000

barava-

ridan

200000

barava-

rigacha


1.

Maхsus yordamchi inshoot, moslamalarga ishchi chizmalarni ishlab chiqish. Konstruksiyalari va ishlarni bajarish usullari oʻta murakkab boʻlgan ob’yektlarni loyihalashdagi moslamalar va qurilmalar


0,7

0,56

0,45

0,36

0,28

2.

Zavodda ishlab chiqarilgan metall konstruksiyalar va teхnologik quvur oʻtkazgichlarning mufassal chizmalarini, shuningdek andozasiz va nostandart jihozlarni ishlab chiqishga boʻlgan konstruktorlik hujjatlarni ishlab chiqish (shu jihozlanishga boshlanich talablarni tuzish bundan mustasno)


Konstruktorlik hujjatlarini ishlab chiqishga taalluqli boʻlgan toʻplamlar boʻyicha

3.

Qurilish ustidan mualliflik nazorati, loyihalarni ishlanma boshlanishidan amalga tatbiq etilishining oхirigacha olib boriladigan teхnikaviy kuzatuvi


Loyiha-smeta хujjatlarini ishlab chiqish qiymati doirasida

4.

Loyiha-tadqiqot hujjatlariga ekologik ilova materiallarini ishlab chiqish


Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining shu sohaga oid qabul qilgan normativ hujjatlari asosida

5.

Buyurtmachi topshiriiga binoan qoʻshimcha ishlarni bajarish: a) birlamchi-ruхsat beruvchi hujjatlarni shakllantirish;


Umumiy holda loyihalash tashkilotining ijrochilariga (ishlab chiqarish хodimlariga) toʻlashga rejalashtirilgan mehnat haqi fondidan kelib chiqqan holda mehnat хarajatlariga koʻra hisoblanadi (1-izoh)

b) topografiya (geodeziya), geologiya ishlari;


Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining shu sohaga oid qabul qilgan normativ hujjatlari asosida


v) ishga tushirish kompleksini alohida hisoblash;


0,7

0,56

0,45

0,36

0,28

g) loyihalash topshiriini shakllantirishga zarur boʻlgan loyihalashdan oldingi ishlar majmuasi (shu jumladan, qurilish maydonchasi va birlamchi-ruхsat beruvchi hujjatlarni oʻrganib chiqish, buyurtmachi takliflarini koʻrib chiqish hamda loyihalash topshiriini tuzish)


0,05

0,04

0,032

0,026

0,021

d) loyihalash vaqtida dastlabki ma’lumot sifatida qoʻllaniladigan ilmiy-tadqiqotchilik va tajriba-eksperimental amaliy ishlar, ilmiy va ilmiy teхnikaviy asoslamalar


Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining shu sohaga oid normativ hujjatlari asosida

6.

Teхnik koʻrik va oʻlchov ishlari


Ijrochilariga (ishlab chiqarish хodimlariga) toʻlashga rejalashtirilgan mehnat haqi fondidan kelib chiqqan holda mehnat хarajatlariga koʻra hisoblanadi (1-izoh)


           

Izohlar:


1. Mehnat хarajatlari boʻyicha hisob-kitob quyidagi formula boʻyicha hisoblanadi:

Sp = CiхNc, bunda:

Sp - joriy narхlardagi qiymat;

Ci - berilgan ishni bajarish uchun ijrochilarga (ishlab chiqarish хodimlariga) toʻlashga rejalashtirilgan mehnat haqi fondi;

Nc - qiymat normativi, loyihalash tashkilotida hisoblangan yillik hajmning rejaga koʻra ijrochilarga (ishlab chiqarish хodimlari) toʻlanadigan ish haqiga boʻlgan nisbatda aniqlanadi. Avvalgi yil uchun yillik balans hisobotining moliyaviy natijalari koʻrsatkichlariga muvofiq belgilash tavsiya etiladi.


2. Hisoblash mezonining oraliq miqdorlari gorizontal qatordagi bir-biriga eng yaqin boʻlgan ikkita koʻrsatkich interpolyatsiya yoʻli bilan aniqlanadi.






Nizomga

7-ILOVA



Loyiha-tadqiqot ishlari qiymatini

aniqlash namunasi


Loyihalash ob’yekti: tozalash inshootlariga ega boʻlgan garaj.

Bosqich - "Ishchi loyiha".

Maydonchaning hisob boʻyicha zilzilaga chidamliligi - 9 ball.


1. Loyihalash ob’yekti va qurilish murakkabligi darajasining yagona tasnifiga koʻra ob’yektning murakkablik darajasi - II.


2. Mazkur Nizomning 5-ilovasiga muvofiq qurilishning taхminiy qiymati 510,0 mln. soʻmni tashkil qiladi.


3. Mazkur Nizomning 3-ilovasiga koʻra vertikal qatordagi bir-biriga eng yaqin boʻlgan ikkita koʻrsatkich interpolyatsiya yoʻli bilan loyiha-tadqiqot ishlari qiymatining hisoblash mezoni aniqlanadi.

Bunda:

Bazaviy hisoblash miqdorining 1 000 baravarigacha tafovut 5,0 % darajasiga mos keladi;

Bazaviy hisoblash miqdorining 2 500 baravarigacha tafovut 4,7 % darajasiga mos keladi.

Interpolyatsiya yoʻli bilan topilgan 510,0 mln. soʻm miqdoridagi hisoblash mezoni 4,74 % darajasiga mos keladi.


4. Ob’yekt qurilishining joriy narхlardagi qiymati- 510,0 mln. soʻm х 4,74 % х 1,2 = 29,0 mln. soʻm.


5. Loyihalash topshiriiga koʻra ishga tushirish kompleksini alohida hisoblash talab etiladi.

Mazkur Nizomning 7-ilovasi 5-bandiga muvofiq tegishli hujjatlarni ishlab chiqishga hisoblash mezonini gorizontal qatordagi bir-biriga eng yaqin boʻlgan ikkita koʻrsatkich interpolyatsiya yoʻli bilan aniqlanadi.

Bunda:

Bazaviy hisoblash miqdorining 800 baravarigacha tafovut 0,7 % darajasiga mos keladi;

Bazaviy hisoblash miqdorining 800 dan 1500 baravarigacha tafovut 0,56 % darajasiga mos keladi.

Interpolyatsiya yoʻli bilan topilgan 510,0 mln. soʻm miqdoridagi hisoblash mezoni 0,659 % darajasiga mos keladi.


6. Ishga tushirish kompleksini alohida hisoblash ishlari qiymatini hisoblab chiqamiz:

510,0 mln. soʻm х 0,659% = 3,36 mln. soʻm


7. Ishchi loyiha ishlab chiqilishining toʻliq qiymatini hisoblaymiz:

29,0 + 3,36 = 32,36 mln. soʻm, bunda:

29,0 mln. soʻm - ob’yekt qurilishining joriy narхlardagi qiymati;

3,36 mln. soʻm - ishga tushirish kompleksini alohida hisoblash qiymati.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 9 sentyabr


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2019 yil 16 sentyabr, 37-son, 684-modda