Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 05.09.2019 y. 740-son "Hisoblangan qiymati tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga nisbatan oshib ketgan qurilish ob’yektlarini moliyalashtirishga ruхsat etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

05.09.2019 y.

N 740



HISOBLANGAN QIYMATI TASDIQLANGAN

LOYIHA-SMETA HUJJATLARIGA NISBATAN

OShIB KETGAN QURILISh OB’YeKTLARINI

MOLIYaLAShTIRIShGA RUXSAT ETISh

TARTIBI TOʻRISIDAGI NIZOMNI

TASDIQLASh HAQIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Qurilish sohasini davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 14 noyabrdagi PF-5577-son Farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek, loyiha-smeta hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritilganda ob’yektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash qiymatini aniqlashtirish va moliyalashtirish meхanizmini tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Hisoblangan qiymati tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga nisbatan oshib ketgan qurilish ob’yektlarini moliyalashtirishga ruхsat etish tartibi toʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari - transport vaziri A.J. Ramatov va qurilish vaziri B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                         A. Aripov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 6 sentyabr