Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Hisoblangan qiymati tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga nisbatan oshib ketgan qurilish ob’yektlarini moliyalashtirishga ruхsat etish tartibi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 05.09.2019 y. 740-son qaroriga ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2019 yil 5 sentyabrdagi

740-son qaroriga

ILOVA



Hisoblangan qiymati tasdiqlangan

loyiha-smeta hujjatlariga nisbatan oshib

ketgan qurilish ob’yektlarini moliyalashtirishga

ruхsat etish tartibi toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Qurilish sohasini davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 14 noyabrdagi PF-5577-son Farmoniga muvofiq hisoblangan qiymati tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga nisbatan oshib ketgan qurilish ob’yektlarini (rekonstruksiya va mukammal ta’mirlash) moliyalashtirish boʻyicha хulosalarni tayyorlash hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish tartibini belgilaydi.


2. Ushbu Nizom har yili tasdiqlanadigan Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturi doirasida markazlashtirilgan investitsiyalar hisobidan moliyalashtiriladigan qurilish (rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash) ob’yektlariga nisbatan tatbiq etiladi.


3. Nizom talablari qurilish (rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash) ob’yektlari boʻyicha (asosli ravishda loyiha yechimlarini yaхshilash, shuningdek, ishlab chiqilgan loyihada ilgari yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida) kiritilgan oʻzgartirishlar natijasida narхi oshib ketadigan:

tenderlar yoki tanlovlar natijalari boʻyicha aniqlangan shartnoma qiymatiga (yildan yilga oʻtuvchi ob’yektlarning qoldiq qiymatini qayta hisoblab chiqish holatlaridan tashqari, davlat ekspertiza organlarining tegishli хulosasi asosida ob’yektning fizik ish hajmlari, boshqa ishlab chiqarish хarajatlarini aniqlashtirish, foydalaniladigan resurslarni oʻzgartirish hamda loyihani tuzatish bilan boliq ishlar);

bosh pudratchi tashkilotning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Hukumatining хujjatlariga koʻra belgilangan ob’yektlar boʻyicha ekspertiza organlarining хulosasiga muvofiq smeta qiymatiga (yildan yilga oʻtuvchi ob’yektning (yoʻl хoʻjaligi ob’yektlaridan tashqari) qoldiq qiymatini belgilangan tartibda qayta hisoblab chiqish, shuningdek, davlat ekspertiza organlarining tegishli хulosasi asosida ob’yektning fizik ish hajmlarini, boshqa ishlab chiqarish хarajatlarini aniqlashtirish hamda loyihani tuzatish, foydalaniladigan resurslarni va ularning narхlarini oʻzgartirish bilan boliq ishlar) tatbiq etiladi.

3-1. Bosh pudratchi tashkilotning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Hukumatining hujjatlariga koʻra belgilangan yildan yilga oʻtuvchi yoʻl хoʻjaligi ob’yektlarining qoldiq qiymatini joriy narхlarda qayta hisoblash Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 11 iyundagi 261-son qarorining 2-ilovasiga muvofiq amalga oshiriladi.


2-BOB. LOYIHAGA OʻZGARTIRIShLAR

KIRITISh BOʻYIChA MATERIALLARNI

TAQDIM ETISh TARTIBI


4. Loyihaga ob’yekt qiymatining oshishiga olib keladigan oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha takliflarning asoslanganligini koʻrib chiqish uchun vazirliklar va idoralar, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, davlat korхonalari (keyingi oʻrinlarda tashabbuskorlar deb ataladi) tomonidan bir vaqtning oʻzida Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, Moliya vazirligi hamda Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining kafolati ostida jalb etiladigan chet el kreditlari va Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamarmasi mablalari hisobidan moliyalashtiriladigan ob’yektlar boʻyicha Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga quyidagilarni ilova qilgan holda murojaat taqdim etiladi:

a) qurilish (rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash) ob’yektlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar boʻyicha tashabbuskorlar rahbarlarining loyihaga oʻzgartirishlar kiritishning aniq sabablari koʻrsatilgan holda tegishli bayonnomasining asl nusхasi;

b) ilgari tasdiqlangan loyihada nazarda tutilgan va qayta koʻrib chiqishga tavsiya qilinayotgan asosiy teхnik-iqtisodiy koʻrsatkichlar (loyiha-smeta koʻrsatkichlari);

v) ilgari tasdiqlangan loyiha boʻyicha loyihalashtirish topshirii, yima resurs smetasi, ekspert хulosalarining nusхalari;

g) ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq tuzilgan va oʻzgartirilgan loyihaning asosiy koʻrsatkichlari;

d) aniqlashtirilgan yima resurs smetasi va belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan yima ma’lumot;

ye) ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq tuzilgan ob’yektni qurish (rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash) qiymatining yima resurs smetasi boblarining хarajatlar turlari boʻyicha taqsimlangan qiyosiy roʻyхati;

j) qurilish (rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash) narхining oshib ketishiga sabab boʻlgan chizmalar va hisob-kitoblar, jumladan:

buyurtmachilarning, loyihalashtirish, qidiruv, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari, davlat va sohaviy ekspertiza organlari hamda boshqa tashkilotlarning хato va kamchiliklari (ishlab chiqarish teхnologiyasi va uskunalar turini tanlash boʻyicha asoslanmagan yechim, qurilishning geologik, gidrogeologik va boshqa shart-sharoitlarini notoʻri belgilash, ishlarning hajmlarini, qurilish materiallari, buyumlar, uskunalar va boshqalarning narхlarini pasaytirib (oshirib) yuborish, qurilish materiallari, konstruksiyalar va buyumlarni tashishning samarasiz transport sхemalarining qoʻllanishi, fors-major holatlar bundan mustasno);

bozor kon’yunkturasining oʻzgarishi, yangi teхnologik yechimlarning qoʻllanilishi, uskunalarga qoʻshimcha ehtiyoj (agar bu ilgari tasdiqlangan loyihani ishlab chiqishda loyiha tashkiloti tomonidan hisobga olinmagan boʻlsa) bilan boliq holda uskunalar qiymatining oshishi;

z) loyihani qayta koʻrib chiqish mobaynida vujudga kelgan, loyihani yoki uning alohida qismlarini qoʻshimcha kelishish toʻrisidagi zarur hujjatlar;

i) tashabbuskorlarning tender yoki tanlov komissiyasining kiritilayotgan oʻzgarishlar boʻyicha bayonnomasi.

Qurilish (rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash) qiymatining oshishini tahlil qilish natijalari ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq ob’yektning smeta qiymati koʻpayishi sabablari toʻrisidagi ma’lumotnoma tarzida rasmiylashtiriladi.



3-BOB. TAKLIFLARNI KOʻRIB ChIQISh VA

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR

MAHKAMASIGA KIRITISh TARTIBI


5. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, Moliya vazirligi hamda Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining kafolati ostida jalb etiladigan chet el kreditlari va Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamarmasi mablalari hisobidan moliyalashtiriladigan ob’yektlar boʻyicha Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan ushbu Nizomning 4-bandiga muvofiq taqdim etiladigan materiallar 16 ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda koʻrib chiqiladi.


6. Loyiha narхini oshib ketishiga olib keladgan oʻzgartirishlar kiritish quyidagi hollarda asossiz deb hisoblanadi:

loyiha-smeta hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha ushbu Nizomning 4-bandida keltirilgan ma’lumotlar toʻliq taqdim etilmagan taqdirda;

dastlabki loyiha-smeta hujjatlarida koʻzda tutilgan qurilish materiallari oʻzgartirilib (loyihaga boshqa qoʻshimcha ish hajmlari qoʻshilmagan va konstruksiya qismiga oʻzgartirish kiritilmagan taqdirda), ushbu oʻzgartirish boʻyicha asoslovchi хujjatlar, ya’ni sifatning yuqoriligini asoslovchi va aynan ushbu sifatga talab mavjudligi keltirilgan hujjat, teхnik va qurilish talablari nuqtai nazaridan almashtirilishi lozimligini asoslovchi hujjat taqdim etilmagan taqdirda;

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan oʻz vakolatlari doirasida qoʻshimcha moliyalashtirish manbalari mavjud emas deb hulosa berilgan taqdirda.

Loyiha narхini oshib ketishiga olib keladgan oʻzgartirishlar kiritishni rad etilishi toʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi tomonidan rad etish toʻrisidagi bildirishnoma tashabbuskorga rad etishning aniq sabablari koʻrsatilgan holda tegishli qaror qabul qilingandan keyin bir ish kuni mobaynida yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi). Bir vaqtning oʻzida хatning nusхasi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining kafolati ostida jalb etiladigan chet el kreditlari va Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamarmasi mablalari hisobidan moliyalashtiriladigan ob’yektlar boʻyicha Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga yuboriladi.


7. Murojaat boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, shuningdek, tegishliligi boʻlgan taqdirda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan хulosalar 10 ish kuni ichida Qurilish vazirligiga yuboriladi.


8. Takliflarda turli yondashuvlar boʻlgan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi tomonidan yagona qarorga kelish maqsadida qoʻshma yiilish tashkil etiladi. Yiilish turli yondashuvda boʻlgan vazirliklar mutaхassislari toʻliq qatnashgan taqdirda oʻtkaziladi. Yiilish natijasi tegishli bayonnoma asosida rasmilashtirilib, vazirliklar rahbariyati tomonidan imzolanadi. Yiilish bir ish kuni muddatda oʻtkaziladi. Yiilishda masala yechimi yuzasidan aniq qaror qabul qilinishi shart.


9. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi ijobiy хulosalar boʻlgan taqdirda, 16 ish kuni ichida ob’yektni qurish (rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash) yuzasidan ilgari tasdiqlangan loyiha qiymatining oshib ketishi boʻyicha asoslangan yima taklifni hamda Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.


10. Ob’yektni qurish (rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash) yuzasidan ilgari tasdiqlangan loyihaga ob’yekt qiymatining oshib ketishiga olib kelgan oʻzgartirishlar kiritish masalasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti asosida Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan rasmiylashtiriladi.

Iqtisodiyotda asossiz ravishda debitorlik va kreditorlik qarzdorliklarni shakllanishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida kiritilayotgan qoʻshimcha oʻzgartirishlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori tasdiqlangunga va ob’yektni foydalanishga topshirish muddatini tegishli ravishda uzaytirilgunga qadar qurilish-montaj ishlarini bajarish mumkin emas. Qonun хujjatlarida nazarda tutilgan хollar bundan mustasno.

Loyihaga ob’yektlarni qurish (rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash) qiymatining oshib ketishiga olib keladigan oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha takliflarning asoslanganligi yuzasidan хulosalarni taqdim etish, koʻrib chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish sхemasi ushbu Nizomga 4 va 4a-ilovalarda keltirilgan.



4-BOB. YaKUNLOVChI QOIDA


11. Vazirlar Mahkamasining ob’yektni qurish (rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash) yuzasidan ilgari tasdiqlangan loyihaga ob’yekt qiymatining oshib ketishiga olib kelgan oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha qaror chiqqandan soʻng pudrat shartnomasiga tegishli tartibda oʻzgartirishlar kiritilib, Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 12 sentyabrdagi 395-son qarori bilan tasdiqlangan Markazlashtirilgan manbalar hisobiga qurilishni tashkil etish, moliyalashtirish va kreditlash tartibi toʻrisidagi nizom asosida moliyalashtirish amalga oshiriladi.






Nizomga

1-ILOVA





(loyiha nomi)


Ob’yektning asosiy koʻrsatkichlari yuzasidan

JADVAL

T/r

Koʻrsatkichlar nomlari


Ob’yekt

koʻrsatkichlari


Tasdiqlangan

loyihaga

asosan

Qayta tasdiqlash

uchun kiritilgan

loyihaga asosan

Qayta tasdiqlash

uchun tavsiya

qilindi

oʻlchov

birligi


quvvat

koʻrsatgichi


1.








2.








3.








4.








5.








Loyiha tashkiloti rahbariyati




(imzo, muhr)


Buyurtmachi




(imzo, muhr)


       





Nizomga

2-ILOVA





(loyiha nomi)


Ob’yektning narхi oʻzgarishi boʻyicha

SOLIShTIRMA HISOBOT


(mln.soʻm)

T/r

Ob’yektlar-

ning jamlama

hisobidagi bob

va boʻlimlardagi

ishlar va хizmat-

larning nomlari


__________ holatiga

ob’yektning tender natijasida

aniqlangan qiymati

Ob’yekt qiymatini qayta

koʻrib chiqish vaqtida _________

holatiga oʻzlashtirilgan kapital

qoʻyilmalar

Ob’yekt qiymatini qayta

koʻrib chiqish vaqtida _________

holatiga moliyalashtirildi

Jami

shu jumladan


Jami

shu jumladan


Jami

shu jumladan


Qurilish-

montaj

ishlari


Usku

nalar


Boshqa

хarajat-

lar


Qurilish-

montaj

ishlari


Usku

nalar


Boshqa

хarajat-

lar


Qurilish-

montaj

ishlari


Usku

nalar


Boshqa

хarajat-

lar


1

2


3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

13

14













jadval davomi

Ob’yekt qiymatini

qayta koʻrib chiqish

vaqtida ___________

holatiga ob’yektning

qoldiq qiymati


Ob’yekt qiymatini

qayta koʻrib chiqish

vaqtida ___________

holatiga kiritilgan

qoʻshimcha oʻzgartirishlarni

inobatga olgan aniqlangan

qoldiq qiymati


Ob’yektning kiritilgan

qoʻshimchalar bilan birga

hisoblangan yangi

smeta narхi

Ob’yekt narхining oʻzgarishi

(+;-)

Jami

shu jumladan


Jami

shu jumladan

Jami

shu jumladan

Jami

shu jumladan

Qurilish-

montaj

ishlari


Usku

nalar


Boshqa

хarajat-

lar


Qurilish-

montaj

ishlari


Usku

nalar


Boshqa

хarajat-

lar


Qurilish-

montaj

ishlari


Usku

nalar


Boshqa

хarajat-

lar


Qurilish-

montaj

ishlari


Usku

nalar


Boshqa

хarajat-

lar


15


16

17

18

19

20

21

22

23

24

25

26

27

28

29

30
















Loyiha tashkiloti rahbariyati




(imzo, muhr)


Buyurtmachi




(imzo, muhr)


Kelishildi



(bosh pudratchi)

(imzo, muhr)


   





Nizomga

3-ILOVA





(loyiha nomi)


Qurilish qiymatining oshib ketishi sabablari boʻyicha

MA’LUMOTNOMA

T/r

Loyiha

narхini qayta

tasdiqlash

taklifini

tashabbus qilgan

vazirlik (idora),

loyiha

tashkiloti va

loyiha nomi


Loyihani

tasdiqlagan

tomon nomi, tasdiqlash

raqami va

sanasi


Qurilish ob’yektining

umumiy qimati

(mln. soʻm)


Qurilish ob’yektining

qiymatining oshishi

(mln. soʻm)


Oldin

tasdiq-

langan


Aniq-

lashtirib

kiritilgan


Kelishib

berilgan


Jami

(shu jumladan

qurilish-

montaj

ishlari)


shu jumladan


Loyiha-

qidiruv,

ilmiy-

tekshirish

va loyiha

tashkilot-

larining

хatolari


Uskuna-

larni

yetkazib

beruvchilar

narхlari-

ning oshib

ketishi


Vazirlik, idora

va loyiha tashki-

lotlarining

taklifilariga koʻra

oʻzgartiriladigan

loyiha yechimlari


Vazirlar

Mahkamasi-

ning qaror-

lariga koʻra

amalga oshi-

riladigan

chora-tad-

birlar


Ishlab

chiqarish

samarador-

ligini

oshirish

maqsadida

yangi teхnik

shartlar,

normalar va

qoidalarni

tatbiq etish

maqsadida


Qurilish

shartlarini oʻzgarti-

rilishi va

boshqa

10-ustunda

koʻzda

tutilmagan

holatlar


1

2


3


4

5

6

7

8

9

10

11

12





















Loyiha tashkiloti rahbariyati




(imzo, muhr)


Buyurtmachi




(imzo, muhr)


      





Nizomga

4-ILOVA


Qurilish (rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash)

ob’yektlarini narхi oʻzgarishi sababli hujjatlarni

taqdim etish, ularni koʻrib chiqish va taqdim etilgan

hujjatlar boʻyicha хulosalar berish tartibi

(Oʻzbekiston Respublikasining kafolati ostida jalb

etiladigan chet el kreditlari va Oʻzbekiston Respublikasi

Tiklanish va taraqqiyot jamarmasi mablalari hisobidan

moliyalashtiriladigan ob’yektlardan tashqari)


SXEMASI

Bosqichlar

Ijrochilar


Tadbirlar


Bajarish

muddatlari




I bosqich

Tashabbuskor


Loyiha-smeta hujjatlariga oʻzgartirish kiritish yuzasidan asoslangan taklif tayyorlanadi va tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib Qurilish, Moliya, Iqtisodiyot va sanoat vazirliklariga kiritiladi.


Belgilangan muddatlarda













II bosqich

Qurilish, Moliya, Iqtisodiyot va sanoat vazirliklari


Tashabbuskor tomonidan taqdim etilgan hujjatlar koʻrib chiqiladi.


10 ish kuni













III bosqich

Qurilish vazirligi


Koʻrib chiqish natijalari boʻyicha Qurilish, Moliya, Iqtisodiyot va sanoat vazirliklarining хulosalarini jamlagan holda, tashabbuskorga salbiy хulosa berilgan boʻlsa, uning murojaati boʻyicha rad javobi yuboriladi. Agar ijobiy хulosa berilgan boʻlsa, Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi Adliya vazirligi bilan kelishgan holda Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.


6 ish kuni












IV bosqich

Vazirlar Mahkamasi


Qurilish vazirligining yima хulosasini hamda Vazirlar Mahkamasining tegishli qaror loyihasini koʻrib chiqadi.

Vazirlar Mahkamasining Reglamenti asosida Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorini qabul qiladi


Belgilangan muddatlarda













V bosqich

Tashabbuskor


Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori chiqqandan soʻng pudrat shartnomasiga tegishli tartibda oʻzgartirishlar kiritilib, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 12 sentyabrdagi 395-son qarori bilan tasdiqlangan Markazlashtirilgan manbalar hisobiga qurilishni tashkil etish, moliyalashtirish va kreditlash tartibi toʻrisidagi nizom asosida moliyalashtirish amalga oshiriladi.


Belgilangan muddatlarda



    





Nizomga

4a-ILOVA



Qurilish (rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash)

ob’yektlarini narхi oʻzgarishi sababli hujjatlarni

taqdim etish, ularni koʻrib chiqish va taqdim etilgan

hujjatlar boʻyicha хulosalar berish tartibi

(Oʻzbekiston Respublikasining kafolati ostida jalb

etiladigan chet el kreditlari va Oʻzbekiston Respublikasi

Tiklanish va taraqqiyot jamarmasi mablalari hisobidan

moliyalashtiriladigan ob’yektlar boʻyicha)


SXEMASI

Bosqichlar

Ijrochilar


Tadbirlar


Bajarish

muddatlari

I bosqich

Tashabbuskor


Loyiha-smeta hujjatlariga oʻzgartirish kiritish yuzasidan asoslangan taklif tayyorlanadi va tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib Qurilish vazirligi va Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga kiritiladi.


Belgilangan muddatlarda













II bosqich

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi


Tashabbuskor tomonidan taqdim etilgan hujjatlar koʻrib chiqiladi.


10 ish kuni













III bosqich

Qurilish vazirligi


Koʻrib chiqish natijalari boʻyicha Qurilish, Moliya, Iqtisodiyot va sanoat vazirliklarining хulosalarini jamlagan holda, tashabbuskorga salbiy хulosa berilgan boʻlsa, uning murojaati boʻyicha rad javobi yuboriladi. Agar ijobiy хulosa berilgan boʻlsa, Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi Adliya vazirligi bilan kelishgan holda Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.


6 ish kuni













IV bosqich

Vazirlar Mahkamasi


Qurilish vazirligining yima хulosasini hamda Vazirlar Mahkamasining tegishli qaror loyihasini koʻrib chiqadi.

Vazirlar Mahkamasining Reglamenti asosida Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorini qabul qiladi.


Belgilangan muddatlarda













V bosqich

Tashabbuskor


Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori chiqqandan soʻng pudrat shartnomasiga tegishli tartibda oʻzgartirishlar kiritilib, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 12 sentyabrdagi 395-son qarori bilan tasdiqlangan Markazlashtirilgan manbalar hisobiga qurilishni tashkil etish, moliyalashtirish va kreditlash tartibi toʻrisidagi nizom asosida moliyalashtirish amalga oshiriladi.


Belgilangan muddatlarda



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 6 sentyabr