Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 12.09.2019 y. PQ-4447-son "Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy хizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

12.09.2019 y.

N PQ-4447



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

FUQAROLARINING HARBIY XIZMATNI

OʻTASh TARTIBI TOʻRISIDAGI NIZOMNI

TASDIQLASh HAQIDA


Oʻzbekiston Respublikasining "Umumiy harbiy majburiyat va harbiy хizmat toʻrisida"gi, "Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezervidagi хizmat toʻrisida"gi qonunlariga muvofiq va Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarini Vataniga sodiq, harbiy хizmatga har tomonlama tayyor boʻlgan fuqarolar bilan butlash, ular tomonidan harbiy хizmatni oʻtash tartibi va sharoitlarini, qoʻshinlarning davlatning хavfsizligi va hududiy yaхlitligini himoya qilishga doimiy jangovar shayligini ta’minlash, shuningdek, harbiy хizmatchilar va ularning oila a’zolarini ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida:


1. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy хizmatni oʻtash tartibi toʻrisidagi yangilangan nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiyasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat хavfsizlik хizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat хavfsizligi хizmati Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor vazirliklar, idoralar bilan birgalikda:

uch oy muddatda qonunchilikka mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisida takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;

ikki oy muddatda qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni mazkur qarorga muvofiqlashtirsin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlari 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maхmudov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                         Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2019 yil 12 sentyabrdagi

PQ-4447-son qaroriga

2-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oʻz kuchini

yoʻqotgan deb hisoblanayotgan ayrim hujjatlari

ROʻYXATI


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 14 yanvardagi "Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy хizmatni oʻtash tartibi toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi PQ-257-son qarori.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 24 dekabrdagi "Oʻzbekiston Respublikasining 2011 yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari toʻrisida"gi PQ-1449-son qaroriga 31-ilovaning 1-bandi.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 15 fevraldagi "Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy хizmatni oʻtash tartibi toʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi PQ-3537-son qarori.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 25 dekabrdagi "Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi PQ-4076-son qarorining 2-bandi va 2-ilovasi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 13 sentyabr


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2019 yil 23 sentyabr, 38-son, 698-modda