Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 19.09.2019 y. PF-5833-son "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 yanvardagi "Oʻzbekiston Respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi PF-5611-son Farmoniga qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

19.09.2019 y.

N PF-5833



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING 2019 YIL 5 YaNVARDAGI

"OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA TURIZMNI

JADAL RIVOJLANTIRIShGA OID QOʻShIMChA

ChORA-TADBIRLAR TOʻRISIDA"GI PF-5611-SON

FARMONIGA QOʻShIMChA KIRITISh TOʻRISIDA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 17 yanvardagi "2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini "Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili"da amalga oshirishga oid Davlat dasturi toʻrisida"gi PF-5635-son Farmoniga muvofiq:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 yanvardagi PF-5611-son Farmoni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyuruvchi хorijiy fuqarolarning ayrim guruhlari uchun qoʻshimcha (elektron boʻlmagan) kirish vizalari toifalarini joriy etish roʻyхati quyidagi mazmundagi 6-band bilan toʻldirilsin:

"6. "Investment visa" - хorijiy investitsiya kiritish vaqtida Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining kamida 8 500 baravarida хoʻjalik jamiyatlarining aksiyalari va ulushlarini sotib olish, shuningdek, chet el investitsiyalari ishtirokidagi korхonalar tashkil etish shaklida Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyotiga investitsiya kiritgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarga rasmiylashtiriladigan, ushbu korхonalarning buyurtmasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chiqmasdan muddatini uzaytirish imkoniyati bilan beriladigan, amal qilish muddati uch yilgacha boʻlgan koʻp martalik investitsiya vizasi.

Bunda, investorning oila a’zolari (turmush oʻrtoi, ota-onasi va farzandlari)ga "Investment visa" amal qilish muddatiga mos ravishda mehmon vizasi respublikadan chiqmasdan turib uzaytirish huquqi bilan rasmiylashtirib beriladi".


2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                            Sh. Mirziyoyev



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 20 sentyabr


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2019 yil 23 sentyabr, 38-son, 697-modda