Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Davlat bojхona qoʻmitasining 11.09.2019 y. 01-02/12-51-son "Bojхona nazorati zonalarini tashkil etish tartibi, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida"gi Qarori (AV tomonidan 20.09.2019 y. 470-4-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

20.09.2019 y.

N 470-4




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

DAVLAT BOJXONA QOʻMITASINING

11.09.2019 y.

N 01-02/12-51


QARORI



Bojхona nazorati zonalarini tashkil

etish tartibi, shuningdek unga oʻzgartirish

va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan

deb topish toʻrisida



Oʻzbekiston Respublikasining Bojхona kodeksi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 21 dekabrdagi "Oʻzbekiston Respublikasining davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktlarida chegara, bojхona, sanitariya-karantin, fitosanitariya va veterinariya nazoratini tashkil etish tartibini takomillashtirish toʻrisida"gi 1007-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi QAROR QILADI:


1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.


2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Rais                                                                  M. Azimov






Qarorga

ILOVA



Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy

normativ-huquqiy hujjatlar

ROʻYXATI


1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi tomonidan 1998 yil 31 iyulda tasdiqlangan Bojхona nazorati hududini tashkil etish tartibi (roʻyхat raqami 470, 1998 yil 8 avgust).


2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasining 2007 yil 20 avgustdagi 01-02/12-24-son "Bojхona nazorati hududini tashkil etish tartibiga oʻzgartirish kiritish toʻrisida"gi qarori (roʻyхat raqami 470-1, 2007 yil 6 sentyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007 y., 35-36-son, 374-modda).


3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasining 2013 yil 25 yanvardagi 01-02/12-7-son "Bojхona nazorati hududini tashkil etish tartibiga oʻzgartirish kiritish toʻrisida"gi qarori (roʻyхat raqami 470-2, 2013 yil 12 fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013 y., 7-son, 90-modda).


4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasining 2015 yil 19 maydagi 01-02/12-22-son "Bojхona nazorati hududini tashkil etish tartibiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida"gi qarori (roʻyхat raqami 470-3, 2015 yil 1 iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015 y., 22-son, 293-modda).



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 20 sentyabr


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2019 yil 23 sentyabr, 38-son, 715-modda