Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Adliya vazirining 25.09.2019 y. 428-mh-son "Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 25.09.2019 y. 2736-3-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

25.09.2019 y.

N 2736-3




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRINING

25.09.2019 y.

N 428-mh


BUYRUI



Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni

davlat reyestridan chiqarish toʻrisida



Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat reyestridan chiqarish boʻyicha 2019 yil 25 sentyabrdagi хulosaga muvofiq hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 13 apreldagi PQ-3666-son "Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻrisida"gi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 9 oktyabrdagi 469-son "Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar me’yoriy hujjatlarining qonuniyligini ta’minlash chora-tadbirlari toʻrisida"gi hamda 2000 yil 19 maydagi 197-son "Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning me’yoriy hujjatlarini qabul qilish tartibini takomillashtirish toʻrisida"gi qarorlariga asosan, BUYuRAMAN:


1. "Maishiy iste’molchilarning elektr energiyasini hisobga olish priborlarini qiyoslashdan oʻtkazish tartibi toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi qarorni (roʻyхat raqami 2736, 2015 yil 1 dekabr) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish yuzasidan Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining 2019 yil 24 sentyabrdagi 01/4606-son хati ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Quyidagilar Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarilsin:

Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi, Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining 2015 yil 30 oktyabrdagi 6-son, k-8-son "Maishiy iste’molchilarning elektr energiyasini hisobga olish priborlarini qiyoslashdan oʻtkazish tartibi toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi qarori (roʻyхat raqami 2736, 2015 yil 1 dekabr);

Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi, Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining 2017 yil 8 noyabrdagi 6-son, k-4-son "Maishiy iste’molchilarning elektr energiyasini hisobga olish priborlarini qiyoslashdan oʻtkazish tartibi toʻrisidagi nizomning 7-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida"gi qarori (roʻyхat raqami 2736-1, 2017 yil 16 noyabr);

Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi, Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining 2018 yil 12 iyundagi 7-son, K-13-son "Maishiy iste’molchilarning elektr energiyasini hisobga olish priborlarini qiyoslashdan oʻtkazish tartibi toʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida"gi qarori (roʻyхat raqami 2736-2, 2018 yil 3 iyul).


3. Mazkur buyruq davlat roʻyхatidan oʻtkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin.


4. Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni "Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami" - "Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan"da hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilinishini ta’minlasin.


5. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Vazir                                                                    R. Davletov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 25 sentyabr


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2019 yil 30 sentyabr, 39-son, 736-modda