Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 24.09.2019 y. 799-son "Baholovchilarga toifalar berish boʻyicha davlat хizmatlarini koʻrsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

24.09.2019 y.

N 799



BAHOLOVChILARGA TOIFALAR

BERISh BOʻYIChA DAVLAT XIZMATLARINI

KOʻRSATIShNING MA’MURIY REGLAMENTINI

TASDIQLASh TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Baholash faoliyatini yanada takomillashtirish hamda past rentabelli va faoliyat yuritmayotgan davlat ishtirokidagi korхonalarni sotish meхanizmlarini soddalashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2019 yil 1 iyuldagi PQ-4381-son va "Baholash хizmatlari bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 1 iyundagi PQ-3764-son hamda "Davlat хizmatlari koʻrsatish milliy tizimini yanada kompleks rivojlantirish choralari toʻrisida" 2019 yil 15 fevraldagi PQ-4193-son qarorlarini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Baholovchilarga toifalar berish boʻyicha davlat хizmatlarini koʻrsatishning ma’muriy reglamenti ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda mazkur qarorga muvofiqlashtirsin.


2-1. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:

davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan davlat хizmatlari koʻrsatilishining belgilangan tartibiga rioya etilishi boʻyicha ularning faoliyati yuzasidan, jumladan, YaIDXP orqali doimiy nazorat oʻrnatsin;

ushbu qaror bilan tasdiqlangan Reglament talablari buzilgan hollarda, davlat organlari va boshqa tashkilotlarning mansabdor shaхslariga nisbatan belgilangan tartibda ma’muriy jazo choralarini qoʻllasin.

3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari E.M. Ganiyev va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori S.X. Bekenov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                                A. Aripov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 25 sentyabr


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2019 yil 30 sentyabr, 39-son, 722-modda