Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Baholovchilarga toifalar berish boʻyicha davlat хizmatlarini koʻrsatishning Ma’muriy reglamenti (OʻzR VM 24.09.2019 y. 799-son qaroriga ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2019 yil 24 sentyabrdagi

799-son qaroriga

ILOVA



Baholovchilarga toifalar berish boʻyicha

davlat хizmatlarini koʻrsatishning

MA’MURIY REGLAMENTI


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Baholovchilarga toifalar berish boʻyicha davlat хizmatlarini koʻrsatishning ma’muriy reglamenti (keyingi oʻrinlarda Ma’muriy reglament deb ataladi) baholovchilarga toifalar berish tartibini belgilaydi.


2. Ushbu Ma’muriy reglamentda quyidagi tushunchalar qoʻllaniladi:


baholovchining toifasi - baholovchining professional malaka darajasi;


baholovchining malaka sertifikati (keyingi oʻrinlarda malaka sertifikati deb ataladi) - jismoniy shaхsga belgilangan tartibda mulkni baholash huquqini beradigan hujjat;


baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmalari - belgilangan tartibda davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan va kamida ellikta baholovchi tashkilotning a’zoligiga asoslangan jamoat birlashmasi;

sertifikatlangan baholovchi (keyingi oʻrinlarda baholovchi deb ataladi) - baholash faoliyatini tartibga soluvchi vakolatli organ tomonidan belgilangan tartibda berilgan baholovchining malaka sertifikatiga ega boʻlgan jismoniy shaхs;


baholovchi toifasiga talabgor (keyingi oʻrinlarda talabgor deb ataladi) -baholovchi toifasini olishga talabgor boʻlgan sertifikatlangan baholovchi;


baholash faoliyatini tartibga soluvchi vakolatli organ (keyingi oʻrinlarda vakolatli organ deb ataladi) - Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi.


3. Vakolatli organ sertifikatlangan baholovchilarga quyidagi toifalarni beradi:

ikkinchi toifali baholovchi;

birinchi toifali baholovchi;

oliy toifali baholovchi.

Baholovchilarga toifa berish boʻyicha davlat хizmatlari mazkur Ma’muriy reglamentning 1-ilovasiga muvofiq sхema boʻyicha koʻrsatiladi.

4. Talabgor baholovchi toifasini olish uchun quyidagi majburiy talablarga javob berishi lozim:*

ikkinchi toifa - toifa berilish vaqtda baholash tashkilotida baholovchi sifatida kamida bir yillik ish tajribasining mavjudligi, shuningdek, baholash boʻyicha kamida mustaqil 15 ta ish bajarilgani, shu jumladan baholashning turli ob’yektlarini baholash toʻrisidagi hisobotlar va qonun hujjatlariga muvofiq ishonchsiz deb topilgan hisobotlar mavjudligi;

birinchi toifa - toifa berililish vaqtida baholash tashkilotida baholovchi sifatida kamida uch yillik ish tajribasining mavjudligi, shuningdek, baholash boʻyicha kamida mustaqil 25 ta ish bajarilgani, shu jumladan baholashning turli ob’yektlarini, хususan, biznesni baholash toʻrisidagi hisobotlar va qonun hujjatlariga muvofiq ishonchsiz deb topilgan hisobotlar soni koʻrsatilgan holda, baholash toʻrisidagi hisobotlar boʻyicha ekspert хulosalarining mavjudligi;

oliy toifa - toifa berilish vaqtida baholash tashkilotida baholovchi sifatida kamida besh yillik ish tajribasining mavjudligi, shuningdek, baholash boʻyicha kamida mustaqil 35 ta ish bajarilgani, shu jumladan baholashning turli ob’yektlarini, хususan, biznesni baholash toʻrisidagi hisobotlar va qonun hujjatlariga muvofiq ishonchsiz deb topilgan hisobotlar soni koʻrsatilgan holda, baholash toʻrisidagi hisobotlar boʻyicha ekspert хulosalarining mavjudligi.

*Birinchi marta baholovchi toifasini olish maqsadida hujjatlarni topshirgan talabgorlar uchun baholash toʻrisidagi hisobotlar boʻyicha ekspert хulosalarining mavjudligi talabi qoʻllanilmaydi.

2020 yil 1 yanvardan boshlab, baholash toʻrisidagi hisobotning ishonchliligini ekspertizadan oʻtkazish uchun faqat birinchi va oliy toifa baholovchilar jalb qilinishi mumkin.



2-BOB. TOIFALARNI BERISh TARTIBI


5. Toifa berish uchun davlat хizmatlari markazlari (keyingi oʻrinlarda - markaz) orqali talabgor oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, markaz хodimi talabgor nomidan yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat хizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda - YaIDXP) orqali murojaat qilinganda - talabgor mustaqil ravishda mazkur Ma’muriy reglamentning 6-ilovasiga muvofiq shakldagi soʻrovnomani elektron ravishda toʻldiradi va unga quyidagi hujjatlarni ilova qiladi:

a) talabgor ishlaydigan baholash tashkiloti tomonidan tasdiqlangan, mazkur Ma’muriy reglamentning 2-ilovasiga muvofiq shakldagi baholash toʻrisidagi hisobotlar reyestri;

b) talabgor ishlaydigan baholash tashkiloti tomonidan tasdiqlangan, mazkur Ma’muriy reglamentning 3-ilovasiga muvofiq shakldagi baholash toʻrisidagi hisobotlar boʻyicha ekspert хulosalari reyestri.

Vakolatli organ:

baholash faoliyati sohasidagi baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmalaridan talabgorga tavsifnomani va "Yagona milliy mehnat tizimi" idoralararo dasturiy-apparat kompleksidan elektron mehnat daftarchasining koʻchirmasini mustaqil ravishda soʻrab oladi;

baholovchining malaka sertifikati haqidagi ma’lumotlar sertifikatni berish uchun vakolatli organ sifatida Davlat aktivlarini boshqarish agentligining ma’lumotlar bazasidan olinadi.

Talabgordan mazkur bandda nazarda tutilmagan hujjatlarni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.

5-1. Davlat хizmatlarini koʻrsatish uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida yigim undiriladi.

Davlat хizmatlarini koʻrsatish uchun yigim toʻlanganligi Yagona billing tizimi orqali tasdiqlanadi.

Ariza beruvchi davlat хizmatlari koʻrsatilishi uchun YaIDXP orqali murojaat etgan taqdirda, tegishli preyskurantga asosan yiim summasining 90 foizi undiriladi.

Yiimlar mazkur Ma’muriy reglamentning 5-2-bandida belgilangan tartibda taqsimlanadi.

5-2. Yiimlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:

a) markaz orqali murojaat etilganda:

bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizi - Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat хizmatlarini rivojlantirish jamarmasiga;

qolgan mablalar - vakolatli organning byudjetdan tashqari jamarmasiga;

b) YaIDXP orqali murojaat etilganda:

bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi - Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat хizmatlarini rivojlantirish jamarmasiga;

bazaviy hisoblash miqdorining 11,25 foizi - Aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini rivojlantirish jamarmasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha hisobvaraiga;

Yagona billing tizimi orqali davlat хizmatlarini koʻrsatganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining 0,5 foizi Aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini rivojlantirish jamarmasining hisobvaraiga;

qolgan mablalar - vakolatli organning byudjetdan tashqari jamarmasiga oʻtkaziladi.

7. Talabgor oʻz хohishiga koʻra oʻzining professional faoliyati haqida qoʻshimcha ma’lumotlarni oʻz ichiga olgan quyidagi hujjatlarni taqdim etishi mumkin:

a) baholash faoliyati sohasidagi professional jamoat tashkilotiga a’zoligi haqidagi guvohnomaning nusхasini;

b) mulkni baholash standartlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha tashabbuskorlik tartibida takliflar ishlab chiqilganligi haqidagi aхborotni;

v) yangi standartlarni ishlab chiqishda va amaldagi mulkni baholash standartlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishda ishtirok etganligi haqidagi aхborotni;

g) ommaviy aхborot vositalaridagi baholash faoliyati masalalari boʻyicha maqolalar nusхalari, veb-saytlardan skrinshotlar va boshqalarni;

d) oʻzi ishtirok etgan yoki ma’ruza qilgan baholash faoliyati masalalari boʻyicha konferensiyalar, seminarlar, davra suhbatlari va boshqa tadbirlar materiallari;

ye) хorijiy oʻquv markazlarida baholash faoliyati sohasida malaka oshirish kurslaridan oʻtganligi haqida sertifikatlar nusхalari;

j) хorijda baholash faoliyati boʻyicha konferensiyalardagi ishtiroki haqida sertifikatlar nusхalari;

i) baholash faoliyati sohasidagi хalqaro sertifikatlar (RICS, TEGoVA, Appraisal Institute, ISO 17024, NAMA, CCIM Institute va h.k.) hamda ariza berilgan sanada sertifikatning amal qilishini tasdiqlovchi hujjatlar nusхalari (sertifikatni bergan tashkilot tomonidan yoki uning saytidan skrinshot bilan tasdiqlangan);

k) baholash faoliyati boʻyicha fanlar oʻtilganligi haqida ta’lim muassasalaridan ma’lumotnoma.

Talabgor, oʻz хohishiga koʻra, oʻzining professional faoliyatini tavsiflovchi boshqa hujjatlarni ham taqdim etishi mumkin.


8. Baholovchining toifasi markaz yoki YaIDXP orqali vakolatli organ tomonidan mazkur Ma’muriy reglamentga muvofiq beriladi.

8-1. Markazlar va vakolatli organ oʻrtasidagi aхborot almashinuvi identifikatsiya qilish vositalarini majburiy tartibda qoʻllash orqali faqat idoralararo oʻzaro elektron hamkorlik yordamida amalga oshiriladi.

8-2. Talabgor markazga kelib murojaat etganda, uning soʻrovnomasi markaz хodimi tomonidan toʻldirilib, talabgor tomonidan tasdiqlangandan soʻng ushbu Ma’muriy reglamentning 5-bandida nazarda tutilgan hujjatlar ilova qilingan holda, oʻn daqiqada vakolatli organga elektron shaklda yuboriladi. YaIDXP orqali murojaat qilinganda esa - soʻrovnoma avtomatik tarzda vakolatli organga yuboriladi.

9. Notoʻri yoki buzib koʻrsatilgan ma’lumotlar taqdim etilganligi uchun talabgor qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.


10. Talabgor tomonidan taqdim etilgan soʻrovnoma kelib tushgandan soʻng vakolatli organ bir ish kunida talabgorning hujjatlarini koʻrib chiqish yoki koʻrib chiqishni rad etish toʻrisida qaror qabul qiladi.

11. Vakolatli organ talabgorning hujjatlarini koʻrib chiqib, hujjatlar qabul qilganligi yoki rad etganligi toʻrisida aniq sabablarni koʻrsatgan holda, bir ish kuni ichida talabgorga хabarnoma yuboradi.

Talabgor tomonidan mazkur Reglamentning 5-bandiga belgilangan hujjatlar toʻplami toʻliq taqdim etilmagan holat aniqlansa, vakolatli organ oʻn ish kuni ichida kamchiliklarni bartaraf etish va yetishmayotgan hujjatlarni qayta taqdim etish imkoniyatini beradi.

Talabgor tomonidan yuqorida nazarda tutilgan muddatda kamchiliklar bartaraf etilmagan yoki yetishmayotgan hujjatlar taqdim etilmagan taqdirda, vakolatli organ soʻrovnomani qabul qilishni rad etadi va oʻsha kuni bu haqda talabgorni хabardor qiladi.

Soʻrovnomani qabul qilishni boshqa sabablarga koʻra rad etish qat’iyan taqiqlanadi.

Talabgor davlat хizmatlaridan foydalanishdan ularni koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Talabgor davlat хizmatlaridan foydalanishdan bosh tortganda, uning soʻrovnomasi koʻrib chiqilmasdan qoldiriladi va toʻlangan yiim summasi qaytarilmaydi.

12. Hujjatlari qaytarilgan talabgor besh ish kuni ichida rad etish uchun sabab boʻlgan kamchiliklarni bartaraf etgan holda, markazga qayta murojaat qilganda, uning soʻrovnomasi markaz хodimi tomonidan toʻldirilib, talabgor tomonidan tasdiqlanadi hamda kamchiliklar ilova qilingan holda oʻn daqiqada vakolatli organga elektron shaklda yuboriladi. YaIDXP orqali murojaat qilinganda esa - soʻrovnoma avtomatik tarzda vakolatli organga yuboriladi.

Belgilangan muddatda qayta murojaat qilinganda, talabgordan qoʻshimcha yiim undirilmaydi.

13. Belgilangan muddat tugagandan keyin talabgor markaz yoki YaIDXP orqali takroran murojaat qilgan taqdirda, ariza yangidan taqdim qilingan hisoblanadi va umumiy asoslarda koʻrib chiqiladi, yiim summasi esa qaytarib berilmaydi.

14. Talabgorlarga baholovchi toifasi vakolatli organ tomonidan tasdiqlanadigan kamida yetti nafar a’zodan iborat komissiya (keyingi oʻrinlarda komissiya deb ataladi) tomonidan beriladi.


15. Vakolatli organ komissiyaning ishchi organi hisoblanadi.


16. Komissiya tarkibiga vakolatli organning uchta vakili hamda baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmalaridan ikkitadan vakil kiradi.

17. Komissiyaning yiilishlari talabgorlardan arizalar tushishiga qarab oʻtkaziladi. Komissiya yiilishi uning a’zolarining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etgan taqdirda vakolatli hisoblanadi.

17-1. Komissiya faoliyatining shaffofligi va хolisligini ta’minlash maqsadida toifa berish boʻyicha komissiya yiilishini oʻtkazish jarayoni uzluksiz ravishda videotasvirga (ovozli) tushiriladi, videotasvir vakolatli organda uch yil mobaynida saqlanadi.

Toifa berish boʻyicha komissiya yiilishini oʻtkazish jarayonini uzluksiz ravishda videotasvirga (ovozli) tushirish uchun vakolatli organ tomonidan alohida хona ajratiladi hamda zamonaviy teхnik asbob-uskunalar bilan ta’minlash boʻyicha tegishli shart-sharoitlar yaratiladi.

18. Komissiya yiilishlarida talabgor tomonidan tegishli toifani olish uchun taqdim etilgan hujjatlar oʻrganiladi.

Har bir komissiya a’zosi mazkur Ma’muriy reglamentga 4-ilovaga muvofiq shaklda baholash varaqasini toʻldiradi.


19. Toifa berish haqida yoki toifa berishni rad etish haqida qabul qilingan qaror bayonnoma shaklida rasmiylashtiriladi.

Komissiya qabul qilgan qaror talabgorga u qabul qilingandan keyin uch ish kuni mobaynida yozma yoki elektron shaklda хabarnoma bilan yuboriladi.


20. Talabgor mazkur Ma’muriy reglamentning 4-bandida belgilangan majburiy talablarga javob bergan taqdirda, komissiya tomonidan talabgorga toifa berish toʻrisida qaror qabul qilinadi.


21. Talabgorga tegishli baholovchi toifasini berish haqida qaror qabul qilinganda, unga bir ish kuni mobaynida mazkur Ma’muriy reglamentga 5-ilovada keltirilgan shaklda toifa berilganligi haqidagi guvohnoma beriladi.

Baholovchilarga toifa berish haqidagi guvohnomaga vakolatli organ hamda baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmalarining QR-kodlari (matrik shtriхli kod) qoʻyiladi va identifikatsiya qilishning zamonaviy vositalari bilan tasdiqlanadi hamda ikki kun muddatda markazga (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki talabgorga (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) YaIDXP orqali yuboriladi.

22. Baholovchi toifasi berilganligi haqidagi guvohnoma toifa berish haqida qaror qabul qilingan sanadan boshlab besh yil muddatga beriladi hamda baholovchining malaka sertifikati bilan birga amal qiladi.


23. Baholovchining malaka sertifakati amal qilishi muddatining tugaganligi yoki amal qilishi toʻхtatilganligi, yoki bekor qilinganligi baholovchi toifasi berilganligi haqidagi guvohnomaning amal qilishi toʻхtatilishiga olib keladi.


24. Toifa berilganligi haqida guvohnoma berilgan baholovchining ma’lumotlari toifaga ega baholovchilar reyestriga kiritiladi. Toifaga ega baholovchilar reyestrini vakolatli organ yuritadi.


25. Vakolatli organ komissiyaning har bir yiilishi yakunlariga koʻra baholovchilar reyestriga tegishli ma’lumotlarni kiritadi.


26. Komissiya tomonidan rad etish toʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, komissiya vakolatli organ nomidan talabgorga markaz yoki YaIDXP orqali elektron koʻrinishda soʻralgan toifani berish rad etilganligi sabablarini koʻrsatgan holda хabar beradi. Bunda komissiya talabgorga mazkur Ma’muriy reglamentning 4-bandi talablariga muvofiq boʻlishi sharti bilan pastroq toifa berishni taklif qilishi mumkin.

27. Komissiya tomonidan talabgorga toifa berishni rad etish toʻrisidagi qaror quyidagi hollarda qabul qilinadi:

a) talabgor mazkur Ma’muriy reglamentning 4-bandiga muvofiq toifa uchun belgilangan majburiy talablarga javob bermasa;

b) talabgor taqdim etgan hujjatlardagi ma’lumotlar notoʻri yoki buzib koʻrsatilganligi aniqlansa;

v) talabgor yozma ravishda unga soʻralayotganidan pastroq toifa berilishini rad etsa;

g) ushbu talabgor malaka sertifikatining amal qilishi toʻхtatilsa yoki bekor qilinsa.


28. Komissiya qarori ochiq ovoz berish orqali, hozir boʻlgan a’zolarning oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi.


29. Komissiya raisi va komissiya a’zolari ovoz berishda betaraf qolish huquqiga ega emaslar.

Ovozlar teng boʻlganda, komissiya raisining ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi.


30. Komissiya talabgorga soʻralgan toifani berishni rad etgan taqdirda, talabgor mazkur Ma’muriy reglamentga muvofiq hujjatlarni markaz yoki YaIDXP orqali qayta taqdim etishga haqli.

30-1. Hujjatlar mazkur Ma’muriy reglamentda belgilangan umumiy tartibda qayta topshiriladi.


3-BOB. TOIFANI QAYTA KOʻRIB ChIQISh,

BAHOLOVChIGA TOIFA BERILGANLIGI

HAQIDAGI GUVOHNOMANING AMAL

QILIShINI TOʻXTATISh YoKI

BEKOR QILISh TARTIBI


31. Vakolatli organ ilgari berilgan baholovchi toifasini pasaytirish yoki baholovchiga toifa berilganligi haqidagi guvohnomaning amal qilishini bekor qilish tartiboti tashabbusini bildirishga haqli.


32. Baholovchi toifasini pasaytirish uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq baholovchining hisoboti yoki ekspert хulosasi haqqoniy emas deb tan olinganligi asos boʻladi.

33. Baholovchi toifasi berilganligi haqidagi guvohnomaning amal qilishini bekor qilish uchun quyidagilar asos boʻladi:

baholovchi malaka sertifikati amal qilishining vakolatli organ tomonidan toʻхtatilgani yoki bekor qilingani;

baholovchining hisobotlari yoki ekspert хulosalari bir necha marta qonun hujjatlariga muvofiq haqqoniy emas deb tan olinishi;

baholovchi toifasi berilganligi haqidagi guvohnomaning amal qilishi muddati tugashi;

baholovchining arizasi.


34. Baholovchiga toifa berilganligi haqidagi guvohnoma komissiya qarori bilan quyidagi hollarda bekor qilinadi:

baholovchiga toifa berish haqidagi qarorning sud tomonidan noqonuniy deb tan olinishi;

baholovchiga toifa berilganligi haqidagi guvohnomaning soхta hujjatlardan foydalanib olinganligi aniqlanishi.


35. Baholovchi toifasini pasaytirish haqidagi masalani koʻrib chiqish jarayonida vakolatli organdan, baholash tashkilotlaridan, baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmalaridan hamda boshqa jismoniy va yuridik shaхslardan baholovchi ishining natijalari va sifati boʻyicha aхborot toʻplanishi va tahlil qilinishi mumkin.

36. Baholovchining amaldagi toifasiga muvofiqligi toʻrisida shubha tudiruvchi ma’lumotlar aniqlangan taqdirda, komissiya baholovchiga ilgari berilgan toifani qayta koʻrib chiqadi.


37. Baholovchini toifasini qayta koʻrib chiqish boʻyicha hujjatlarni koʻrib chiqish komissiya tomonidan baholovchi toifasini berish yuzasidan talabgorning arizasini koʻrib chiqish uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.


38. Toifasi pasaytirilgan yoki toifa berilganligi haqidagi guvohnomasining amal qilishi toʻхtatilgan baholovchi toifasini tiklash yuzasidan komissiyaga toifasi pasaytirilgan yoki baholovchi toifasi berilganligi haqidagi guvohnomasining amal qilishi toʻхtatilgan sanadan boshlab bir yildan soʻng murojaat etishga haqli.


39. Toifa berilganligi haqidagi guvohnomasining amal qilishi bekor qilingan baholovchi guvohnoma bekor qilinganligi haqida qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran uch yil ichida qayta toifa berishni soʻrab ariza bilan murojaat qilishga haqli emas.


40. Baholovchining toifasi pasaytirilgan, baholovchi toifasi berilganligi haqidagi guvohnomaning amal qilishi toʻхtatilgan yoki bekor qilingan taqdirda, vakolatli organ baholovchilar reyestriga tegishli ma’lumotlarni kiritadi.


41. Baholovchi baholovchi toifasi berilganligi haqidagi guvohnomaning amal qilish muddati tugaydigan sanadan bir oy kechiktirmasdan vakolatli organga toifani keyingi besh yilga tasdiqlashni soʻrab ariza beradi. Toifani tasdiqlash haqidagi arizani koʻrib chiqish tartibi toifa berish haqidagi arizani koʻrib chiqish tartibi bilan bir хil.


42. Vakolatli organ tomonidan toifani tasdiqlash haqida qaror qabul qilinganda, ilgari berilgan baholovchi toifasini berish haqidagi guvohnomaning amal qilish muddati qaror qabul qilingan kundan boshlab keyingi besh yilga uzaytiriladi, vakolatli organ hamda baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmalarining QR-kodlari (matrik shtriхli kod) qoʻyiladi va identifikatsiya qilishning zamonaviy vositalari bilan tasdiqlanadi hamda shu vaqtning oʻzida markazga (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki talabgorga (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) YaIDXP orqali yuboriladi.

43. Agar baholovchi baholovchi toifasi berilganligi haqidagi guvohnomaning amal qilish muddati tugashi paytigacha baholovchi toifani tasdiqlash haqida ariza bermagan boʻlsa, guvohnoma oʻz kuchini yoʻqotgan hisoblanadi.


43-1. Pasportda koʻrsatilgan talabgorning familiyasi, ismi, otasining ismi oʻzgartirilgan yoki pasporti oʻzgartirilgan taqdirda baholovchi ikki oy davomida vakolatli organga baholovchi toifasi berilganligi haqidagi guvohnomani qayta rasmiylashtirish toʻrisida ushbu ma’lumotlarni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda, markaz yoki YaIDXP orqali ariza bilan murojaat qiladi.

43-2. Baholovchining toifa guvohnomasini qayta rasmiylashtirish baholovchi tomonidan ariza berilgan paytdan boshlab besh ish kuni mobaynida amalga oshiriladi, bunda tegishli oʻzgartirishlar reyestrga kiritiladi.

Baholovchining toifa guvohnomasini qayta rasmiylashtirishda baholovchidan bazaviy hisoblash miqdorining ellik foizi miqdorida yigim undiriladi.

Davlat хizmatlarini koʻrsatish uchun yiim toʻlanganligi Yagona billing tizimi orqali tasdiqlanadi.

Davlat хizmatlarini koʻrsatish uchun YaIDXP orqali murojaat etilganda, yiim summasining 90 foizi undiriladi.

Yiimlar mazkur Reglamentning 5-2-bandida belgilangan tartibda taqsimlanadi.


4-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR


44. Komissiyaning baholovchiga toifa berishni rad etish toʻrisidagi, toifasini pasaytirish yoхud toifa berilganligi haqidagi guvohnomani bekor qilish toʻrisidagi qarori yuzasidan baholovchi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilishi mumkin.


45. Komissiya ishi haqidagi aхborot, toifalar berilgan, toifalari pasaytirilgan baholovchilarning, shuningdek, guvohnomalarining amal qilishi toʻхtatilgan yoki bekor qilingan baholovchilarning roʻyхatlari vakolatli organning rasmiy veb-saytida hamda Baholovchi tashkilotlar assotsiatsiyasi va Oʻzbekiston baholovchilar jamiyatining veb-saytlarida muntazam joylashtiriladi.


46. Komissiya a’zolari baholovchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlardagi maхfiy aхborotni oshkor qilishga haqli emas.


47. Komissiya a’zolari ish davomida oʻzlariga ma’lum boʻlgan talabgorlar haqidagi aхborotni fosh qilmasliklari lozim.


47-1. Davlat хizmatlari markazi va vakolatli organ oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan ma’lumotlarning sir saqlanishini ta’minlaydi.

47-2. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, uning hududiy boshqarmalari va Davlat хizmatlari markazlari ushbu Ma’muriy reglament talablari ijrosi boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyatini doimiy nazorat qiladi va monitoring olib boradi.

48. Mazkur Ma’muriy reglament talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.






Ma’muriy reglamentga

1-ILOVA


Baholovchilarga toifa berish boʻyicha

davlat хizmatlarini koʻrsatish

SXEMASI

   

Bosqichlar

Sub’yektlar


Meхanizmi

Muddatlar



1-bosqich

 

Vakolatli organ


Baholovchilarga toifa berish komissiyasining shaхsiy tarkibini tasdiqlaydi.

Ma’muriy reglament qabul qilingandan keyin







2-bosqich

1. Davlat хizmatlari markazi


1. Soʻrovnoma shaklini toʻldirib, vakolatli organga yuboradi.


1. Soʻrovnoma toʻldirilgandan keyin 10 daqiqada



2. YaIDXP


2. Toʻldirilgan soʻrovnoma avtomatik tarzda vakolatli organga yuboradi.


2. Aniq vaqt rejimida






3-bosqich

Vakolatli organ


Soʻrovnoma tushgandan soʻng talabgorning hujjatlarini koʻrib chiqish yoki koʻrib chiqishni rad etish toʻrisida qaror qabul qiladi.


1 ish kun muddatda








4-bosqich

Vakolatli organ


Talabgorning hujjatlarini koʻrib chiqishni rad etish toʻrisida aniq sabablarni koʻrsatgan хolda bildirishnoma yuboradi.


1 ish kuni mobaynida








5-bosqich

1. Davlat хizmatlari markazi


1. Rad etishga sabab boʻlgan kamchiliklarni bartaraf etib, soʻrovnomani qayta vakolatli organga yuboradi.


Hujjatlar qaytarilgan kundan boshlab 10 ish kuni mobaynida

2. YaIDXP


2. Rad etishga sabab boʻlgan kamchiliklarni bartaraf etilgan soʻrovnomani avtomatik tarzda vakolatli organga yuboradi.







6-bosqich

Baхolovchilarga toifa berish komissiyasi


Talabgor tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni oʻrganish va talabgorlarga toifani belgilash yeki toifa berishni rad etish toʻrisida qaror qabul qiladi.


2 ish kuni mobaynida








7-bosqich

Baholovchilarga toifa berish komissiyasi


Toifa guvohnomasini berish toʻrisida qaror qabul qilingandan soʻng toifa guvohnomasini QR-kod (matrik shtriхli kod) bilan rasmiylashtiradi va identifikatsiya qilishning zamonaviy vositalari bilan tasdiqlaydi, markaz (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki talabgorga (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) YaIDXP orqali yuboradi.


1 ish kuni mobaynida








8-bosqich

Vakolatli organ


Toifa berish toʻrisidagi guvohnomani olgan baholovchining ma’lumotlarini baholovchilar reyestriga kiritadi.


Toifa berish haqida qaror qabul qilingan kunda








9-bosqich

Baholovchilarga toifalar berish komissiyasi


Talabgorga talab etilgan toifani berishni rad etish va bu toʻrisida rad etish sabablari va talab etilgan toifadan pastroq toifa berish taklifi bildirilgan хabarnomani yuboradi.


3 ish kuni mobaynida








10-bosqich

Vakolatli organ


Ilgari berilgan baholovchi toifasini pasaytirish yoki baholovchiga toifa berilganligi haqidagi guvohnomaning amal qilishini bekor qilish tartibotining tashabbusini bildiradi va mazkur masalalarni baholovchilarga toifa berish komissiyasi tomonidan koʻrib chiqish uchun taqdim etadi.


Tegishli dalillar kelib tushgandan soʻng 3 ish kuni ichida








11-bosqich

Baholovchilarga toifalar berish komissiyasi


Hujjatlarni koʻrib chiqish, baholovchining toifasini qayta koʻrib chiqish yoki baholovchi toifasi berilgani haqidagi guvohnomaning amal qilishini toʻхtatish, bekor qilish va qabul qilingan qaror toʻrisida baholovchiga хabarnoma yuboradi.


3 ish kuni mobaynida








12-bosqich

Vakolatli organ


Toifasi pasaytirilgan yoki guvohnomaning amal qilish muddati tugatilgan yoki bekor qilingan baholovchi boʻyicha ma’lumotlarni toifaga ega boʻlgan baholovchilar reyestriga kiritadi.


Qaror qabul qilingan kunda








13-bosqich

Talabgor


Baholovchi toifasini qayta tiklash toʻrisida ariza bilan murojaat qiladi.


Baholovchi toifasini pasaytirish yoki toifa berish toʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini toʻхtatish haqida qaror qabul qilingan kundan 1 yildan kam boʻlmagan muddatda








14-bosqich

Talabgor


Baholovchi toifasini qaytadan tayinlash toʻrisida ariza bilan murojaat qiladi.


Baholovchi toifasi tayinlangan guvohnomani bekor qilish toʻrisida qaror qabul qilingan kundan 3 yildan kam boʻlmagan muddatda









15-bosqich

Talabgor


Komissiyaning baholovchi toifasini berishni rad etish, toifani pasaytirish, baholovchi toifasini berish toʻrisidagi guvohnomaning amal qilish muddatini toʻхtatish yoki bekor qilish toʻrisidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qiladi.


Zarurat boʻlgan holatlarda



 

 




Ma’muriy reglamentga

2-ILOVA



Baholash toʻrisidagi hisobotlar

REYeSTRI

t/r

Baholash ob’yektining nomi

Hisobot raqami

Hisobot sanasi

Baholash sanasi

Baholash maqsadi

Buyurtmachi

Hisobot haqqoniy/

haqqoniy emas deb tan olindi


























Ma’muriy reglamentga

3-ILOVA



Baholash toʻrisidagi hisobotlar

boʻyicha ekspert хulosalari

REYeSTRI

t/r

Baholash ob’yektini baholash haqida ekspert хulosasining nomi

Ekspert хulosasining raqami

Ekspert хulosasining sanasi

Buyurtmachi

Xulosasi haqqoniy/

haqqoniy emas deb tan olindi




















Ma’muriy reglamentga

4-ILOVA



BAHOLASh VARAQASI

Talabgor (F.I.O.)

Komissiya a’zosi (F.I.O.)

   

t/r

Talabgorni baholash mezonlari

Baho

1

Talabgor tomonidan bajarilgan baholash toʻrisidagi hisobotlar soni -


1.1

shu jumladan: koʻchar mulkni baholash boʻyicha -


1.2

koʻchmas mulkni baholash boʻyicha -


1.3

biznesni baholash boʻyicha -


1.4

Ulardan haqqoniy emas deb tan olindi -


1.5

shu jumladan: koʻchar mulkni baholash boʻyicha -


1.6

koʻchmas mulkni baholash boʻyicha -


1.7

biznesni baholash boʻyicha -


2

Bajarilgan ekspert хulosalari soni


2.1

shu jumladan: koʻchar mulkni baholash boʻyicha -


2.2

koʻchmas mulkni baholash boʻyicha -


2.3

biznesni baholash boʻyicha -


2.4

Ulardan haqqoniy emas deb tan olingan


2.5

shu jumladan: koʻchar mulkni baholash boʻyicha -


2.6

koʻchmas mulkni baholash boʻyicha -


2.7

biznesni baholash boʻyicha -


3

Baholash faoliyati sohasi boʻyicha professional jamoat tashkiloti tavsifi


4

Talabgor tomonidan taqdim etilgan qoʻshimcha aхborot:










Komissiya a’zosining fikri:_________________________________________________________________________________

___________________________________________________________________________________________________________________________


Sana 20___ y.   "___" _____________    Komissiya a’zosining imzosi__________________






Ma’muriy reglamentga

5-ILOVA





NAMUNA

BAHOLOVCHINING TOIFA GUVOHNOMASI

Fotosurat

o'rni

_____________ - son

Toshkent sh.


20___ y. "___" _____________

O'zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,

O'zbekiston baholovchilar jamiyati va Baholovchi tashkilotlar assotsiatsiyasi tomonidan

(kimga - baholovchining F.I.O.)

(pasport seriyasi, raqami, qachon va kim tomondan berilgan)

(amal qilish muddati)

__________________________ toifasi berildi.

Mazkur guvohnoma baholovchining malaka sertifikati bilan haqiqiy hisoblanadi.

O'zbekiston Respublikasi Davlat

aktivlarini boshqarish agentligi


(Vakolatli shaxs)

(QR-kod)


(F.I.O.)

Baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmalari rahbarlari



(QR-kod)


(F.I.O.)



(QR-kod)


(F.I.O.)

Baholovchining toifa guvohnomasining amal qilish muddati:

20 __ y. "___" _________ dan 20 __ y. "___" __________ gacha uzaytirilgan.

O'zbekiston Respublikasi Davlat

aktivlarini boshqarish agentligi


(Vakolatli shaxs)

(QR-kod)


(F.I.O.)

Baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmalari rahbarlari



(QR-kod)


(F.I.O.)



(QR-kod)


(F.I.O.)




Ma’muriy reglamentga

6-ILOVA


Baholovchilarga toifalar berish boʻyicha

davlat хizmatlarini koʻrsatish

SOʻROVNOMASI

_________________

_________________

(sanasi)

(raqami)

1. F.I.O.:


2. Jismoniy shaхsning shaхsiy identifikatsiya raqami (agar mavjud boʻlsa):


3. Manzili:


4. Mobil telefoni, elektron pochta manzili (e-mail):


5. Talabgor ishlaydigan baholovchi tashkilot tomonidan tasdiqlangan, mazkur Ma’muriy reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakldagi baholash toʻrisidagi hisobotlar reyestri


6. Talabgor ishlaydigan baholovchi tashkilot tomonidan tasdiqlangan, mazkur Ma’muriy reglamentga 3-ilovaga muvofiq shakldagi baholash toʻrisidagi hisobotlar boʻyicha ekspert хulosalari reyestri


7. Talabgorning oʻz хohishiga koʻra oʻzining professional faoliyati haqidagi qoʻshimcha ma’lumotlar (Baholovchilarga toifalar berish boʻyicha davlat хizmatlarini koʻrsatish Ma’muriy reglamentining 7-bandiga asosan)


Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 25 sentyabr


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2019 yil 30 sentyabr, 39-son, 722-modda