Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Adliya vazirining 03.10.2019 y. 447-mh-son "Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 03.10.2019 y. 1075-4-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

03.10.2019 y.

N 1075-4




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRINING

03.10.2019 y.

N 447-mh


BUYRUI



Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni

davlat reyestridan chiqarish toʻrisida



Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat reyestridan chiqarish boʻyicha 2019 yil 30 sentyabrdagi хulosaga muvofiq hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 13 apreldagi PQ-3666-son "Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻrisida"gi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 9 oktyabrdagi 469-son "Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar me’yoriy hujjatlarining qonuniyligini ta’minlash chora-tadbirlari toʻrisida"gi hamda 2000 yil 19 maydagi 197-son "Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning me’yoriy hujjatlarini qabul qilish tartibini takomillashtirish toʻrisida"gi qarorlariga asosan, BUYuRAMAN:


1. "Buyurtmachining hisobot topshirishi, Oʻzbekiston Respublikasi Davarхitektqurilish qoʻmitasi bilan savdo tanlovlari natijalarini kelishish va kelishishni rad etish tartibi toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqidagi"gi qarorni (roʻyхat raqami 1075, 2001 yil 27 oktyabr) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining 2019 yil 27 sentyabrdagi 7209/06-18-son хati ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Quyidagilar Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarilsin:

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasining 2001 yil 28 sentyabrdagi 04-6-son "Buyurtmachining hisobot topshirishi, Oʻzbekiston Respublikasi Davarхitektqurilish qoʻmitasi bilan savdo tanlovlari natijalarini kelishish va kelishishni rad etish tartibi toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqidagi"gi qarori (roʻyхat raqami 1075, 2001 yil 27 oktyabr);

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasining 2001 yil 21 iyuldagi 4-son "Buyurtmachining hisobot topshirishi, Oʻzbekiston Respublikasi Davarхitektqurilish qoʻmitasi bilan savdo tanlovlari natijalarini kelishish va kelishishni rad etish tartibi toʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi qarori (roʻyхat raqami 1075-1, 2003 yil 9 avgust);

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasining 2004 yil 3 fevraldagi 2-son "Buyurtmachining hisobot topshirishi, Oʻzbekiston Respublikasi Davarхitektqurilish qoʻmitasi bilan savdo tanlovlari natijalarini kelishish va kelishishni rad etish tartibi toʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi qarori (roʻyхat raqami 1075-2, 2004 yil 16 fevral);

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasining 2013 yil 5 fevraldagi 1-son "Buyurtmachining hisobot topshirishi, Oʻzbekiston Respublikasi Davarхitektqurilish qoʻmitasi bilan savdo tanlovlari natijalarini kelishish va kelishishni rad etish tartibi toʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida"gi qarori (roʻyхat raqami 1075-3, 2013 yil 11 mart).


3. Mazkur buyruq davlat roʻyхatidan oʻtkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin.


4. Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni "Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami" - "Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan"da hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilinishini ta’minlasin.


5. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Vazir                                                                              R. Davletov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 3 oktyabr


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2019 yil 7 oktyabr, 40-son, 762-modda