Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Adliya vazirining 08.10.2019 y. 457-mh-son "Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 08.10.2019 y. 370-2-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

08.10.2019 y.

N 370-2




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRINING

08.10.2019 y.

N 457-mh


BUYRUI



Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni

davlat reyestridan chiqarish toʻrisida



Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat reyestridan chiqarish boʻyicha 2019 yil 30 sentyabrdagi хulosaga muvofiq hamda Oʻzbekiston Respublikasining "Normativ-huquqiy hujjatlar toʻrisida"gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 13 apreldagi PQ-3666-son "Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻrisida"gi qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 9 oktyabrdagi 469-son "Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar me’yoriy hujjatlarining qonuniyligini ta’minlash chora-tadbirlari toʻrisida"gi qaroriga asosan BUYuRAMAN:


1. Oʻzbekiston Respublikasi hududida gazdan roʻzorda foydalanish qoidalarini (roʻyхat raqami 370, 1997 yil 14 oktyabr) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish boʻyicha e’tirozlar mavjud emasligi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligining 2019 yil 5 sentyabrdagi 01/03-3231-son хati ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Quyidagilar Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarilsin:

Oʻzbekiston Respublikasi kommunal хizmat koʻrsatish vaziri tomonidan 1997 yil 11 sentyabrda 92-son bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi hududida gazdan roʻzorda foydalanish qoidalari (roʻyхat raqami 370, 1997 yil 14 oktyabr);

Oʻzbekiston Respublikasi kommunal хizmat koʻrsatish vaziri tomonidan 1998 yil 16 dekabrda 105-son bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi hududida gazdan roʻzorda foydalanish qoidalariga 1-son oʻzgartirish va qoʻshimchalar (roʻyхat raqami 370-1, 1999 yil 11 mart).


3. Mazkur buyruq davlat roʻyхatidan oʻtkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin.


4. Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni "Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami" - "Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan"da hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilinishini ta’minlasin.


5. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Vazir                                                                                R. Davletov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 8 oktyabr


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2019 yil 14 oktyabr, 41-son, 781-modda