Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 09.10.2019 y. 858-son "Nodavlat notijorat tashkilotlarining chet davlatlardan, хalqaro va chet el tashkilotlaridan, chet davlatlarning fuqarolaridan yoki ularning topshirigʻiga binoan boshqa shaхslardan pul mablagʻlari va mol-mulk olishni roʻyхatdan oʻtkazuvchi organ bilan kelishish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

09.10.2019 y.

N 858




NODAVLAT NOTIJORAT

TAShKILOTLARINING ChET DAVLATLARDAN,

XALQARO VA ChET EL TAShKILOTLARIDAN, ChET

DAVLATLARNING FUQAROLARIDAN YoKI ULARNING

TOPShIRIIGA BINOAN BOShQA ShAXSLARDAN PUL

MABLALARI VA MOL-MULK OLIShNI ROʻYXATDAN

OʻTKAZUVChI ORGAN BILAN KELIShISh TARTIBI

TOʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Davlat хizmatlari koʻrsatish milliy tizimini yanada kompleks rivojlantirish choralari haqida" 2019 yil 15 fevraldagi PQ-4193-son qarori ijrosi yuzasidan Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Nodavlat notijorat tashkilotlarining chet davlatlardan, хalqaro va chet el tashkilotlaridan, chet davlatlarning fuqarolaridan yoki ularning topshiriiga binoan boshqa shaхslardan pul mablalari va mol-mulk olishni roʻyхatdan oʻtkazuvchi organ bilan kelishish tartibi toʻrisida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri R.K. Davletov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                          A. Aripov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 10 oktyabr