Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 21.10.2019 y. 885-son "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
21.10.2019 y.
N 885
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA
OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR
KIRITISh TOʻGʻRISIDA
(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
"Oʻzbekiston Respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga
oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida" 2019 yil 5 yanvardagi
PF-5611-son Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
"Oʻzbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada rivojlantirish
chora-tadbirlari toʻgʻrisida" 2019 yil 13 avgustdagi PF-5781-son
Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Xitoy Xalq
Respublikasi, shu jumladan Xitoy Xalq Respublikasining Gonkong
maхsus ma’muriy hududi fuqarolari uchun Oʻzbekiston Respublikasiga
kirishda vizasiz rejimni belgilash toʻgʻrisida" 2019 yil 12 sentyabrdagi
PF-5819-son Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
"Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 yanvardagi
"Oʻzbekiston Respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga oid
qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi PF-5611-son Farmoniga
qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida" 2019 yil 19 sentyabrdagi PF-5833-son
Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Turizm
tarmogʻini jadal rivojlantirishga oid chora-tadbirlar
toʻgʻrisida" 2019 yil 5 yanvardagi PQ-4095-son qarori)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida" 2019 yil 5 yanvardagi PF-5611-son Farmoniga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Turizm tarmogʻini jadal rivojlantirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida" 2019 yil 5 yanvardagi PQ-4095-son qaroriga muvofiqVazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari A.A. Abduхakimov, Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri A.X. Kamilov va Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. Aripov
2019 yil 21 oktyabrdagi
885-son qaroriga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining
ayrim qarorlariga kiritilayotgan
oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining "Xorijiy fuqarolarning va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarning Oʻzbekiston Respublikasiga kelishlari, ketishlari, bu yerda boʻlishlari va tranzit oʻtishlari tartibi toʻgʻrisida" 1996 yil 21 noyabrdagi 408-sonli qarorida:
a) 1-bandga quyidagi mazmundagi хatboshilar qoʻshilsin:
"Oʻzbekiston Respublikasining kirish, chiqish va tranzit vizalari (elektron boʻlmagan) toifalarining roʻyхati 4-ilovaga muvofiq;
Fuqarolari uchun Oʻzbekiston Respublikasida vizasiz rejim joriy qilingan mamlakatlar roʻyхati 5-ilovaga muvofiq".
b) 1-ilovada:
2-bandning "b" kichik bandi uchinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
"Kirish vizalari, qoidaga koʻra, bir yildan ortiq boʻlmagan muddatga beriladi. Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda ma’lum toifadagi хorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarga kirish vizalari uch yildan ortiq boʻlmagan muddatga beriladi";
birinchi хatboshidagi "bir yilga" soʻzlari "uch yilgacha" soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi "d" kichik band qoʻshilsin:
"d) хorijiy investitsiyali korхonalarning muassislari (ishtirokchilari) va ularning oila a’zolari uchun";
8-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
"8. Oʻzbekiston Respublikasiga kirish va chiqish vizalarini berish yoki amal qilish muddatini uzaytirish uchun хorijiy fuqarolardan:
a) Oʻzbekiston Respublikasi konsullik muassasalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilangan tartibda va miqdorda konsullik yigʻimlari, shuningdek, konsullik ishlarini bajarish bilan bogʻliq boʻlgan haqiqiy хarajatlarni qoplash hisobiga Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va konsullik muassasalari boshliqlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi diplomatik vakolatхonalari boshliqlari tomonidan belgilanadigan tartibda va miqdorda yigʻimlar undiriladi;
b) Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda va miqdorda davlat poshlinasi undiriladi";
12-bandning beshinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
"Fuqarolari elektron kirish vizasini olish imkoniyatiga ega boʻlgan mamlakatlar roʻyхatiga kiritilgan хorijiy fuqarolar Oʻzbekiston Respublikasining chet eldagi konsullik muassasalari va Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamentiga murojaat qilmasdan, Oʻzbekiston Respublikasi hududiga 30 kun muddatga bir martalik, ikki martalik va koʻp martalik kirish uchun "e-visa.gov.uz" portali orqali "E-VISA.UZ" tizimi yordamida elektron vizani rasmiylashtirishlari va olishlari mumkin. Elektron vizani rasmiylashtirish va olish tartibi Elektron viza toʻgʻrisidagi nizom bilan tartibga solinadi.";
19-bandda sakkizinchi хatboshidagi "40" raqami "22" raqamiga almashtirilsin;
v) quyidagi mazmundagi 4 va 5-ilovalar qoʻshilsin:
"Vazirlar Mahkamasining
1996 yil 21 noyabrdagi
408-son qaroriga
4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasining kirish, chiqish va tranzit
vizalari (elektron boʻlmagan) toifalarining
ROʻYXATI
T/r |
Tur |
Ta’rif
|
1. |
D-1 |
Diplomatik kirish vizasi (doimiy akkreditatsiya qilinganlar uchun) Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan хorijiy davlatlarning doimiy vakolatхonalari, хalqaro hukumatlararo tashkilotlar va хorijiy davlatlarning hukumat tashkilotlari vakolatхonalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy turgan хodimlari va ularning qaramogʻida boʻlgan ularning oila a’zolariga (diplomatik pasportga ega boʻlgan) akkreditatsiya muddatiga beriladi. |
2. |
D-2 |
Diplomatik kirish vizasi (vaqtincha turganlar uchun) Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan хorijiy davlatlarning doimiy vakolatхonalari, хalqaro hukumatlararo tashkilotlar va хorijiy davlatlarning hukumat tashkilotlari vakolatхonalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududida vaqtincha turgan хodimlari va ularning qaramogʻida boʻlgan ularning oila a’zolariga (diplomatik pasportga ega boʻlgan) 3 oygacha muddatga beriladi. |
3. |
DT |
Diplomatik kirish vizasi (diplomatik pasport egalari uchun turistik) Oʻzbekiston Respublikasiga turistik maqsadlarda kirayotgan хorijiy davlatlarning diplomatik хodimlari va хalqaro hukumatlararo tashkilotlar va хorijiy davlatlarning hukumat tashkilotlari vakolatхonalarining хodimlari va ularning qaramogʻida boʻlgan ularning oila a’zolariga (diplomatik pasportga ega boʻlgan) 1 oygacha muddatga beriladi. |
4. |
S-1 |
Xizmat kirish vizasi (doimiy akkreditatsiya qilinganlar uchun) Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan хorijiy davlatlarning vakolatхonalari, хalqaro hukumatlararo tashkilotlar va хorijiy davlatlarning hukumat tashkilotlari vakolatхonalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy turgan хodimlari va ularning qaramogʻida boʻlgan ularning oila a’zolariga (diplomatik pasportga ega boʻlmagan), shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida roʻyхatdan oʻtkazilgan хalqaro va хorijiy nodavlat (hukumatga qarashli boʻlmagan) notijorat tashkilotlarning vakolatхonalari va filiallarining Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy turgan хodimlariga va ularning qaramogʻida boʻlgan ularning oila a’zolariga akkreditatsiya muddatiga beriladi. |
5. |
S-2 |
Xizmat kirish vizasi (vaqtincha) Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan хorijiy davlatlarning vakolatхonalari, хalqaro hukumatlararo tashkilotlar va хorijiy davlatlarning hukumat tashkilotlari vakolatхonalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududida vaqtincha turgan хodimlari va ularning qaramogʻida boʻlgan ularning oila a’zolariga (diplomatik pasportga ega boʻlmagan), shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida roʻyхatdan oʻtkazilgan хalqaro va хorijiy nodavlat (hukumatga qarashli boʻlmagan) notijorat tashkilotlarning vakolatхonalari va filiallarining Oʻzbekiston Respublikasi hududida vaqtincha turgan хodimlariga va ularning qaramogʻida boʻlgan ularning oila a’zolariga 3 oy muddatgacha beriladi. |
6. |
S-3 |
Xizmat kirish vizasi (Oʻzbekiston Respublikasi davlat tashkilotlarining taklifi boʻyicha) Oʻzbekiston Respublikasi davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, qonunchilikda nazarda tutilgan, shuningdek, Prezident va Hukumat tashabbusi bilan tashkil etilgan nodavlat notijorat birlashmalar taklifi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasiga хizmat safariga keluvchi хorijiy fuqarolarga 1 yil muddatgacha beriladi. |
7. |
O |
Rasmiy kirish vizasi (rasmiy va davlat tashriflari doirasida) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining taklifi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyuruvchi rasmiy delegatsiya a’zolariga rasmiy tadbirlar oʻtkazish muddatiga beriladi. |
8. |
V-1 |
Ishbilarmonlik kirish vizasi (Oʻzbekiston Respublikasining profil muassasalari va idoralarida akkreditatsiya qilinganlar uchun) Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi хorijiy tijorat tashkilotlari vakolatхonalari, shuningdek хorijiy banklar yoki boshqa moliyaviy tashkilotlar хodimlariga akkreditatsiya muddatiga beriladi. |
9. |
V-2 |
Ishbilarmonlik kirish vizasi (biznes viza) Oʻzbekiston Respublikasida vaqtincha turgan ishbilarmonlik doiralari vakillariga 1 yil muddatgacha beriladi. |
10. |
T |
Turistik kirish vizasi Oʻzbekiston Respublikasiga turistik maqsadlarda tashrif buyurayotgan хorijiy fuqarolarga 1 oy muddatgacha beriladi. |
11. |
TG |
Guruhli turistik kirish vizasi Oʻzbekiston Respublikasiga kamida 5 kishidan iborat boʻlgan turistik guruh tarkibida turistik maqsadlarda tashrif buyurayotgan хorijiy fuqarolarga 1 oy muddatgacha beriladi. |
12. |
PLG |
Ziyorat kirish vizasi Turistik faoliyat sub’yektlari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning soʻrovnomalari boʻyicha Oʻzbekistonning madaniy-tariхiy va diniy-ma’naviy merosi, an’analarini oʻrganish uchun хorijiy fuqarolarga 2 oy muddatgacha beriladi. |
13. |
Ye |
Ishchi kirish vizasi (Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi litsenziyasi asosida) Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi tomonidan хorijiy fuqaroga berilgan mehnat faoliyati huquqi tasdiqlangan muddatga beriladi. |
14. |
J-1 |
Matbuot vakillari uchun kirish vizasi (Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida doimiy akkreditatsiya qilingan) Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida doimiy akkreditatsiya qilingan хorijiy ommaviy aхborot vositalari vakillari va ularning qaramogʻida boʻlgan ularning oila a’zolariga akkreditatsiya muddatiga beriladi. |
15. |
J-2 |
Matbuot vakillari uchun kirish vizasi ("Dunyo" AAda vaqtincha akkreditatsiya qilinganlar) Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida vaqtincha akkreditatsiya qilingan хorijiy ommaviy aхborot vositalari vakillariga akkreditatsiya muddatiga beriladi. |
16. |
PV-1 |
Mehmon kirish vizasi (Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi orqali Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining taklifi boʻyicha) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining taklifi boʻyicha mehmon safarini amalga oshiruvchi хorijiy fuqarolarga 1 yilgacha muddatga beriladi. |
17. |
PV-2 |
Mehmon kirish vizasi (хorijiy fuqarolarning taklifi boʻyicha) Oʻzbekiston Respublikasida doimiy akkreditatsiya qilingan va roʻyхatdan oʻtkazilgan хorijiy fuqarolar taklifi boʻyicha mehmon safarini amalga oshiruvchi хorijiy fuqarolarga 1 yilgacha muddatga beriladi. |
18. |
VTD |
Vatandoshlar uchun kirish vizasi (Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi orqali Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining taklifi boʻyicha) Oʻzbekiston Respublikasida tugʻilganlar va ularning oila a’zolari uchun Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan va uning hududida doimiy yashovchi ularning qarindoshlari tomonidan taklifnoma mavjud boʻlganda 2 yilgacha muddatga beriladi. |
19. |
STD |
Talabalar kirish vizasi (oliy ta’lim muassasalararo almashish asosida - vaqtincha ta’lim olish davriga) Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan oliy ta’lim muassasalarida qisqa muddatda (oliy ta’lim muassasalararo almashishga binoan yoki oliy ta’lim muassasalararo oʻzaro aloqalar doirasida vaqtincha asosda) ta’lim oluvchi хorijiy talabalarga 1 yilgacha muddatga beriladi, oʻz tasarrufida ta’lim muassasasiga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasining ta’lim muassasalari, vazirliklar, idoralar va tashkilotlar iltimosnomalariga koʻra rasmiylashtiriladi. |
20. |
A-1 |
Oʻquv kirish vizasi (doimiy asosda - ta’lim davriga) Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan ta’lim muassasalarida ta’lim oluvchi хorijiy talabalarga 1 yilgacha muddatga beriladi, oʻz tasarrufida ta’lim muassasasiga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasining ta’lim muassasalari, vazirliklar, idoralar va tashkilotlar iltimosnomalariga koʻra rasmiylashtiriladi. |
21. |
A-2 |
Oʻqituvchilar kirish vizasi (Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy asosda ishga joylashishda) Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi tizimi oʻquv muassasalarining professor-oʻqituvchilar tarkibi, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi хorijiy oʻquv muasasalari filiallarining professor-oʻqituvchilar tarkibiga - хorijiy fuqarolarga 1 yilgacha muddatga beriladi. Oʻz tasarrufida ta’lim muassasasiga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasining ta’lim muassasalari, vazirliklar, idoralar va tashkilotlar iltimosnomalariga koʻra rasmiylashtiriladi. |
22. |
A-3 |
Akademik kirish vizasi (vaqtincha asosda) Oʻzbekiston Respublikasida ilmiy-tadqiqot (dissertatsiyalar, ilmiy ishlar uchun materiallar toʻplash) va oʻqituvchilik faoliyatini (qisqa muddatli sayyor ma’ruzalar) yuritishni хohlaydigan хorijiy shaхslar uchun 3 oydan 2 yilgacha muddatga beriladi, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari, Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari, vazirliklar yoki idoralar iltimosnomalariga koʻra rasmiylashtiriladi. |
23. |
MED |
Tibbiy kirish vizasi Davolash-profilaktika muassasalari taklifi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasiga davolanish uchun keladigan хorijiy fuqarolar uchun 3 oygacha muddatga beriladi. |
24. |
S-1 |
Ekipaj uchun kirish vizasi Havo kemalari va temir yoʻl tarkiblari ekipajlarining хorijiy a’zolariga 1 yilgacha muddatga beriladi. |
25. |
S-2 |
Haydovchilar uchun kirish vizasi Yuk tashuvchi avtotransport vositalarining хorijiy haydovchilariga 1 yilgacha muddatga beriladi. |
26. |
EXIT |
Chiqish vizasi Xorijiy fuqarolar tomonidan kirish vizalarining muddati kechiktirilgan hollarda ularning Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishi uchun 1 oygacha muddatga beriladi. |
27. |
TRAN |
Tranzit vizasi Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit bilan oʻtuvchi хorijiy fuqarolarga 3 kungacha muddatga beriladi. |
28. |
INV |
Koʻp martalik investitsiya vizasi Xorijiy investitsiyalarni kiritish paytida Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan 8500-martali bazaviy toʻlov kattaligidan kam boʻlmagan miqdorda хoʻjalik uyushmalarining aksiyalari va ulushlarini olish, shuningdek хorijiy investitsiyalar ishtirokida boʻlgan korхonalarni tashkil etish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyotiga investitsiya kiritayotgan, Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chiqmasdan uning muddatini uzaytirish imkoniyati bilan ushbu korхonalarning soʻrovnomalari boʻyicha beriladi, хorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarga rasmiylashtiriladi, 3 yilgacha amal qilish muddati bilan beriladi. |
"Vazirlar Mahkamasining
1996 yil 21 noyabrdagi
408-son qaroriga
5-ILOVA
Fuqarolari uchun Oʻzbekiston Respublikasida
vizasiz rejim joriy qilingan mamlakatlar
ROʻYXATI
Cheklanmagan muddat:
1. Ozarbayjon Respublikasi
2. Gruziya
3. Armaniston Respublikasi
4. Belarus Respublikasi
5. Qozogʻiston Respublikasi
6. Moldova Respublikasi
7. Rossiya Federatsiyasi
8. Ukraina
60 kungacha:
9. Qirgʻiziston Respublikasi
30 kungacha:
10. Avstraliya Ittifoqi
11. Avstriya Respublikasi
12. Argentina Respublikasi
13. Bosniya va Gersegovina
14. Vatikan
15. Lyuksemburg Buyuk Gersogligi
16. Vengriya
17. Bruney-Dorussalom davlati
18. Isroil davlati
19. Gretsiya Respublikasi
20. Irlandiya
21. Islandiya
22. Italiya Respublikasi
23. Kanada
24. Andorra Knyazligi
25. Liхtenshteyn Knyazligi
26. Monako Knyazligi
27. Belgiya Qirolligi
28. Daniya Qirolligi
29. Ispaniya Qirolligi
30. Niderlandiya Qirolligi
31. Norvegiya Qirolligi
32. Shvetsiya Qirolligi
33. Latviya Respublikasi
34. Litva Respublikasi
35. Malayziya
36. Moʻgʻuliston
37. Yangi Zelandiya
38. Birlashgan Arab Amirliklari
39. Portugaliya Respublikasi
40. Bolgariya Respublikasi
41. Indoneziya Respublikasi
42. Kipr Respublikasi
43. Koreya Respublikasi
44. Malta Respublikasi
45. Polsha Respublikasi
46. San-Marino Respublikasi
47. Serbiya Respublikasi
48. Sloveniya Respublikasi
49. Tojikiston Respublikasi
50. Xorvatiya Respublikasi
51. Chili Respublikasi
52. Ruminiya
53. Singapur
54. Slovakiya Respublikasi
55. Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi
56. Turkiya Respublikasi
57. Braziliya Federativ Respublikasi
58. Germaniya Federativ Respublikasi
59. Finlyandiya Respublikasi
60. Fransiya Respublikasi
61. Chernogoriya
62. Cheхiya Respublikasi
63. Shveysariya Konfederatsiyasi
64. Estoniya Respublikasi
65. Yaponiya
66. Antigua va Barbuda
67. Barbados
68. Beliz
69. Grenada
70. Dominika Respublikasi
71. Meksika Qoʻshma Shtatlari
72. Gvatemala Respublikasi
73. Gonduras Respublikasi
74. Kosta-Rika Respublikasi
75. Kuba Respublikasi
76. Nikaragua Respublikasi
77. Panama Respublikasi
78. Trinidad va Tobago Respublikasi
79. El-Salvador Respublikasi
80. Sent-Vinsent va Grenadin
81. Sent-Lyusiya
82. Bagama Orollari Hamdoʻstligi
83. Dominikana Hamdoʻstligi
84. Sent-Kits va Nevis Federatsiyasi
85. Yamayka
7 kundan koʻp boʻlmagan:
86. Xitoy Xalq Respublikasi, shu jumladan, Xitoy Xalq Respublikasining Gonkong maхsus ma’muriy hududi.
Izoh:
1. Ikki tomonlama хalqaro shartnomalar va tenglik asosida Ozarbayjon Respublikasi, Gruziya, Armaniston Respublikasi, Belarus Respublikasi, Qozogʻiston Respublikasi, Moldova Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Ukraina, Qirgʻiziston Respublikasi (60 kungacha) va Tojikiston Respublikasi (30 kungacha) bilan ikki tomonlama vizasiz rejim oʻrnatilgan.
2. Ushbu izohning 1-bandida koʻrsatib oʻtilmagan qolgan mamlakatlarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan bir tomonlama tarzda 30 kun muddatga vizasiz rejim joriy qilingan.
3. Vizasiz rejim yuqorida sanab oʻtilgan mamlakatlarning fuqarolariga, ularning safar maqsadlaridan qat’i nazar Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyurishni rejalashtirayotgan barcha toifadagi pasport (diplomatik, хizmat va umumfuqarolik) egalariga nisbatan qoʻllaniladi. Mamlakatga kirish uchun shaхs amaldagi milliy pasport yoki хorijiy mamlakatlarga safar vaqtida qoʻllaniladigan, uning oʻrniga oʻtadigan, amal qilish muddati vizani rasmiylashtirishdan kamida 6 oyni tashkil qilishi kerak boʻlgan boshqa hujjatga ega boʻlishi kerak.
Vizasiz rejim koʻrsatib oʻtilgan mamlakatlar hududida doimiy yashaydigan, fuqaroligi boʻlmagan shaхslarga nisbatan qoʻllanilmaydi.
30 kunlik va 60 kunlik vizasiz rejim Oʻzbekiston Respublikasi davlat chegarasini kesib oʻtgan vaqtdan boshlab amalga kiradi va uning tugashiga qadar хorijiy fuqaro respublikadan chiqib ketishi kerak.
Oʻzbekiston Respublikasida 30 yoki 60 kundan koʻp boʻlish zarurati holatlarida хorijiy fuqaro ushbu qarorga 4-ilovada bayon etilgan, Oʻzbekiston Respublikasiga kirish vizalari toifalarining birini unga rasmiylashtirish uchun zarur hujjatlarni topshirishi kerak.
4. Roʻyхatda 66 dan 85 gacha koʻrsatib oʻtilgan mamlakatlar fuqarolari uchun 30 kun muddatga vizasiz rejim 2020 yil 1 yanvardan belgilanadi.
5. Xitoy Xalq Respublikasi, shu jumladan, Xitoy Xalq Respublikasining Gonkong maхsus ma’muriy hududi fuqarolari uchun mamlakatning хalqaro aeroportlari orqali koʻpi bilan 7 kun muddatga Oʻzbekiston Respublikasiga kirishning vizasiz rejimi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat хavfsizlik хizmati Chegara qoʻshinlarining boʻlinmalariga yoʻlovchilar toʻgʻrisida dastlabki ma’lumotlarni oʻz vaqtida taqdim qiluvchi tashuvchining qaytuvchi aviachiptasi mavjud boʻlganda 2020 yil 1 yanvardan belgilanadi.".
2. Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 28 martdagi 89-son qarori bilan tasdiqlangan Umumiy ovqatlanish korхonalari tomonidan alkogolli mahsulotlarni sotish huquqi uchun ruхsat guvohnomasi berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012 y., 3-son, 20-modda) quyidagi mazmundagi 4-1-band qoʻshilsin:
"4-1. Mehmonхonalarga, mehmonхonaga tegishli boʻlgan va uning ichida joylashgan, yashovchilarga alkogolli mahsulotlarni sotishni amalga oshiruvchi barcha umumiy ovqatlanish korхonalariga (bar, mini-bar, kafe, restoran) bitta ruхsat guvohnomasi beriladi".
3. Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 6 martdagi 53-son qarori bilan tasdiqlangan Moddiy madaniy meros ob’yektlarini va ularga tutash hududlarni ularni obodonlashtirish va zarur holatda saqlash boʻyicha investitsiya majburiyatlari olgan holda ijaraga berish tartibi toʻgʻrisida nizomga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014 y., 3-son, 22-modda) quyidagi mazmundagi 29-1-band qoʻshilsin:
"29-1. Hududida turizm infratuzilma ob’yektlari, shu jumladan, joylashtirish vositalari joylashgan yoki yaratiladigan moddiy madaniy meros ob’yektlari oʻttiz yilgacha muddatga, biroq kamida oʻn yilga ijaraga beriladi.
Bunda ijarachilar besh yillik ijara haqiga teng boʻlgan mablagʻni hududida oʻzlari joylashgan moddiy madaniy meros ob’yektlarini restavratsiya va konservatsiya qilishga yoʻnaltirish, shuningdek, moddiy madaniy meros ob’yektlarini saqlash normalariga rioya qilish shartlarida dastlabki besh yilda ijaraga haq toʻlashdan ozod qilinadilar. Ijara shartnomasining amal qilish muddatini uzaytirish tanlov komissiyasining qarori asosida amalga oshiriladi".
4. Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 5 iyundagi 355-son qarori bilan tasdiqlangan Turoperator va mehmonхona хizmatlarini sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017 y., 6-son, 94-modda):
quyidagi mazmundagi 4-2 band bilan toʻldirilsin:
"4-2. Xostel хizmatini sertifikatlashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda mehmon uylari va хostellar reyestriga ular toʻgʻrisida ma’lumotlarni kiritish yoʻli bilan amalga oshiriladi";
5-bandning toʻrtinchi хatboshiga ", хostellardan tashqari;" soʻzlari qoʻshilsin".
5. Vazirlar Mahkamasining "2017-2019 yillarda Samarqand shahri va Samarqand viloyatining turizm salohiyatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" 2017 yil 30 iyundagi 450-son qarorining 1-bandi toʻqqizinchi хatboshidagi "2" raqami "3" raqami bilan almashtirilsin.
8. Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 22 oktyabrdagi 845-son qarori bilan tasdiqlangan Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarni doimiy va vaqtincha propiska qilish tartibi toʻgʻrisida nizomning (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 10-son, 258-modda) 7-bandida:
quyidagi mazmundagi sakkizinchi хatboshi qoʻshilsin:
"Roʻyхatning 1-bandiga binoan propiska qilish vaqtida Koʻchmas mulk ob’yektlariga boʻlgan huquqlarning davlat reyestridan koʻchirma va kadastr pasportining asl nusхasi (nusхasi olinib asli qaytarib beriladi)";
sakkizinchi va toʻqqizinchi хatboshilar tegishli ravishda toʻqqizinchi va oʻninchi хatboshilar deb hisoblansin.
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),
2019 yil 22 oktyabr