Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 22.10.2019 y. OʻRQ-573-son "Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida "gi Qonuni (Qonunchilik palatasi tomonidan 22.07.2019 y. qabul qilingan, Senat tomonidan 11.10.2019 y. ma’qullangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

22.10.2019 y.

N OʻRQ-573



"VALYuTANI TARTIBGA SOLISh TOʻRISIDA"GI

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA

OʻZGARTISh VA QOʻShIMChALAR

KIRITISh HAQIDA


Qonunchilik palatasi tomonidan 2019 yil 22 iyulda qabul qilingan

Senat tomonidan 2019 yil 11 oktyabrda ma’qullangan



1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1993 yil 7 mayda qabul qilingan "Valyutani tartibga solish toʻrisida"gi 841-XII-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasining 2003 yil 11 dekabrda qabul qilingan 556-II-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2004 yil, N 1-2, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2009 yil, N 9, 330-modda; 2014 yil, N 9, 244-modda; 2015 yil, N 12, 452-modda; 2018 yil, N 7, 431-modda; 2019 yil, N 1, 5-modda) oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlansin (ilova qilinadi).


2-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini ta’minlasin.


3-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;

davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.


4-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                                             Sh. Mirziyoyev



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 23 oktyabr


"Xalq soʻzi", 2019 yil 23 oktyabr


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2019 yil 28 oktyabr, 43-son, 812-modda