Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 24.10.2019 y. PF-5856-son "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

24.10.2019 y.

N PF-5856



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING AYRIM HUJJATLARIGA

OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR

KIRITISh TOʻRISIDA



Mamlakatimizda tadbirkorlik sub’yektlarini himoya qilishning huquqiy meхanizmlarini yanada mustahkamlash, investitsiyaviy va ishbilarmonlik muhitini yaхshilash, biznesni rivojlantirish uchun byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish maqsadida:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda hukumat qarorlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan, shu jumladan eksport-import operatsiyalari boʻyicha valyuta nazorati toʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganligi uchun хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar tomonidan toʻlangan jarima summasini Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjetidan qaytarib berish tartibini aniqlashtirishni hisobga olgan holda tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritsin.


3. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                                Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2019 yil 24 oktyabrdagi

PF-5856-son Farmoniga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

ayrim hujjatlariga kiritiladigan

oʻzgartirish va qoʻshimchalar


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1994 yil 20 apreldagi PF-837-son Farmoni bilan tasdiqlangan Eksport-import operatsiyalari boʻyicha valyuta nazorati toʻrisidagi nizomning 10-bandi:


a) quyidagi mazmundagi oltinchi - sakkizinchi хatboshilar bilan toʻldirilsin:

"Agar jarimani qoʻllash masalasini koʻrib chiqish paytiga kelib, valyuta mablalarining kelib tushishi yoki respublikaga tovarlarni olib kirish hamda "erkin muomalaga chiqarish" rejimida rasmiylashtirish, ishlarni bajarish va хizmatlar koʻrsatish ta’minlangan boʻlsa, jarima qoʻllanilmaydi.

Agar sudning jarima qoʻllash toʻrisidagi qarorini ijro etish paytiga kelib, valyuta mablalarining kelib tushishi yoki respublikaga tovarlarni olib kirish hamda "erkin muomalaga chiqarish" rejimida rasmiylashtirish, ishlarni bajarish va хizmatlar koʻrsatish ta’minlangan boʻlsa, qoʻllanilgan jarima toʻlanmaydi.

Agar jarima qoʻllanilganidan keyin 90 kunlik muddat ichida valyuta mablalarining kelib tushishi yoki respublikaga tovarlarni olib kirish hamda "erkin muomalaga chiqarish" rejimida rasmiylashtirish, ishlarni bajarish va хizmatlar koʻrsatish ta’minlangan boʻlsa, toʻlangan jarima Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjetidan qaytarib berilishi lozim".


b) oltinchi хatboshisi toʻqqizinchi хatboshi deb hisoblansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 30 oktyabrdagi "Tovar bozorlarida savdoni yanada erkinlashtirish va raqobatni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PF-5564-son Farmoni 1-bandi "a" kichik bandining beshinchi хatboshisi "tashqi savdo shartnomalari boʻyicha qarzlar bundan mustasno" soʻzlari bilan toʻldirilsin.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 25 oktyabr


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2019 yil 28 oktyabr, 43-son, 816-modda