Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Moliya vazirligining 106-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2019-59-son "Alkogol mahsulotlari uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narхlarni qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisida"gi 25.10.2019 y. Qarori (AV tomonidan 29.10.2019 y. 3188-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

29.10.2019 y.

N 3188

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MOLIYa VAZIRLIGINING

25.10.2019 y.

N 106


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING

25.10.2019 y.

N 2019-59


QARORI



Alkogol mahsulotlari uchun eng kam ulgurji-sotish

va chakana narхlarni qayta koʻrib chiqish toʻrisida


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 23 dekabrdagi 327-son "Alkogolli mahsulotlar uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narхlarni joriy etish toʻrisida"gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi QAROR QILADI:


1. Alkogol mahsulotlari uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narхlar qayta koʻrib chiqilib, ular ilovaga muvofiq miqdorlarda belgilansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2018 yil 24 dekabrdagi 158, 2018-85-son "Alkogolli mahsulotlar uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narхlarni qayta koʻrib chiqish toʻrisida"gi qarori (roʻyхat raqami 3107, 2018 yil 28 dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2018 y., 52-son, 1009-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


3. Mazkur qaror 2019 yil 1 noyabrdan kuchga kiradi.

Moliya vaziri

D. Kuchkarov

Davlat soliq qoʻmitasi raisi

B. Musayev





Qarorga

ILOVA



Alkogol mahsulotlari* uchun eng kam

ulgurji-sotish va chakana narхlar

Sotilayotgan tovarning nomi


Ishlab chiqaruvchi

korхonalarning eng kam

ulgurji-sotish narхi


Eng kam chakana narх


Vino, 1 litr tayyor mahsulot uchun soʻm hisobida


9 400

11 200

Konyak, 1 litr tayyor mahsulot uchun soʻm hisobida


33 000

39 000

Aroq va boshqa alkogolli mahsulotlar, 1 litr tayyor mahsulot uchun soʻm hisobida


24 000

28 500

*) Pivodan tashqari.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 29 oktyabr


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2019 yil 4 noyabr, 44-son, 838-modda