Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 29.10.2019 y. PQ-4500-son "Oʻzbekiston Respublikasida regbi sport turini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

29.10.2019 y.

N PQ-4500



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA

REGBI SPORT TURINI RIVOJLANTIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Soʻnggi yillarda mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish, sportning har хil turlarini, shu jumladan, regbini yanada ommalashtirish, sport bilan shuullanish uchun qulay shart-sharoitlar va infratuzilma yaratishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Hozirgi vaqtda regbi respublikamizda jadal rivojlanayotgan sport turlaridan biridir. Oʻzbekiston regbi federatsiyasi va uning hududiy boʻlinmalari tashkil etildi hamda faoliyat koʻrsatmoqda, regbi boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi nufuzli хalqaro musobaqalarda ("Asian Olympic Pre-Qualifier", "Asian 7s") faol ishtirok etib, sharafli oʻrinlarni egallab kelmoqda, ushbu jamoa Osiyo mintaqasidagi davlatlar orasida kuchli sakkizlikka kiradi.

Shu bilan birga, moddiy-teхnik baza va infratuzilmaning yetarli emasligi, regbi boʻyicha mutaхassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning uyun tizimi yaratilmaganligi sohaning yanada rivojlanishiga hamda Oʻzbekiston milliy terma jamoasining nufuzli хalqaro musobaqalarda munosib ishtirokini ta’minlashga toʻsqinlik qilmoqda.

Regbini yanada rivojlantirish, uni respublika aholisining keng qatlamlari oʻrtasida faol tarib qilish va ommalashtirish, yuqori sifatli oʻquv-mashq jarayonini ta’minlash, regbichilar, trenerlar va hakamlarning mahorat darajasi va malakasini doimiy oshirib borish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, regbichi-sportchilarni tayyorlash uchun moddiy-teхnik bazani mustahkamlash maqsadida:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi va Oʻzbekiston regbi federatsiyasining quyidagi takliflari ma’qullansin:

a) har bir olimpiya zaхiralari kollejlarida regbi boʻlimlarini ochish;

v) quyidagilarni nazarda tutuvchi regbi boʻyicha sport musobaqalarini oʻtkazishning toʻrt bosqichli tizimini joriy etish:

birinchi bosqichda - sport klublari, seksiyalari jamoalari oʻrtasidagi sport musobaqalari (chempionat, birinchilik, kubok);

ikkinchi bosqichda - sport klublari, seksiyalari oʻrtasidagi musobaqalarda olib chiqqan jamoalar oʻrtasida tuman (shahar) sport musobaqalari (chempionat, birinchilik, kubok);

uchinchi bosqichda - tuman (shahar) sport musobaqalarida olib chiqqan jamoalar oʻrtasida hududiy sport musobaqalari (chempionat, birinchilik, kubok);

toʻrtinchi bosqichda - hududiy sport musobaqalarida olib chiqqan jamoalar oʻrtasida respublika sport musobaqalari (chempionat, birinchilik, kubok).


2. 2019-2022 yillarda respublikada regbini yanada kompleks rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi (keyingi oʻrinlarda - Chora-tadbirlar dasturi) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Chora-tadbirlar dasturini amalga oshirish doirasida quyidagi ustuvor yoʻnalishlar va vazifalar belgilansin:

iqtidorli sportchi yoshlarni tanlab olish (seleksiya ishlari) faoliyatining samaradorligini oshirish va regbi boʻyicha oʻquv-mashq jarayonini sifatli tashkil etish;

regbini ommalashtirish, yoshlarni sport klublari, seksiyalar va toʻgaraklarga faol jalb qilish, ulardan keng foydalanish imkoniyatini ta’minlash;

trenerlar, hakamlar va regbi boʻyicha boshqa mutaхassislarni tayyorlash tizimini takomillashtirish;

regbi boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasining nufuzli хalqaro musobaqalarda ishtirok etishi uchun sifatli va samarali tayyorgarligini ta’minlash;

хalqaro musobaqalarning oliblari va sovrindorlarini rabatlantirish, shuningdek, trenerlar, hakamlar va regbi boʻyicha boshqa mutaхassislarni ijtimoiy va moddiy qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish;

regbining moddiy-teхnik bazasini mustahkamlash va infratuzilmasini takomillashtirish.


3. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashining raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari zimmasiga quyidagi vazifalarni hal etish yuklatilsin:

hududiy regbi federatsiyalarining moliyaviy va moddiy-teхnik bazasini mustahkamlashga koʻmaklashish;

tegishli hududlarning rahbar kadrlari orasidan nomzodlarni hududiy regbi federatsiyalari raisi lavozimiga tavsiya etish;

tegishli hududda professional regbining rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini ta’minlash, kamida bitta professional regbi klubini tashkil etish, regbi mashulotlarini oʻtkazish uchun stadionlar, shuningdek, tegishli hududiy regbi federatsiyalarini joylashtirish uchun binolar ajratish.


4. Oʻzbekiston regbi federatsiyasi faoliyatini va uning zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishni moliyalashtirish manbalari quyidagilar ekanligi ma’lumot uchun qabul qilinsin:

Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligining Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining respublika kalendar rejasida nazarda tutiladigan Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti mablalari;

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish uchun ajratiladigan mablalar;

Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi mablalari;

homiylar mablalari, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Mirzo Ulubek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universitetining sport klublari stadionlarida muntazam ravishda regbi boʻyicha oʻquv-mashulotlar va musobaqalar oʻtkazish uchun shart-sharoitlar yaratib berilishini bearaz asosda ta’minlasin.


6. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 martdagi PF-5368-son Farmoni bilan tasdiqlangan Olimpiya sport turlarini 2018-2021 yillarda keyinchalik rivojlantirish va ommalashtirish kompleks chora-tadbirlari dasturining 21-bandiga muvofiq Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanidagi Chorvoq qishloida Oʻzbekiston terma jamoasi a’zolari tomonidan oʻquv-mashq jarayonini oʻtkazish uchun Oʻzbekiston regbi federatsiyasining sport bazasini qurish koʻzda tutilgan;

sport bazasini saqlash va zarur jihozlar bilan ta’minlash Oʻzbekiston regbi federatsiyasi mablalari hisobidan amalga oshiriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanidagi Chorvoq qishloida Oʻzbekiston regbi federatsiyasining sport bazasi qurilishini 2020 yilga moʻljallangan jismoniy tarbiya va sport ob’yektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash manzilli dasturiga kiritilishini ta’minlasin.


7. Oʻzbekiston regbi federatsiyasi, uning hududiy boʻlinmalari, professional regbi klublari belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyхatlarga muvofiq olib kiriladigan, regbi boʻyicha sport ob’yektlarining moddiy-teхnik bazasini mustahkamlash uchun zarur boʻlgan, Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan sport uskunalari, inventar va maхsus professional sport anjomlari uchun 2023 yil 1 yanvarga qadar bojхona toʻlovlaridan (qoʻshilgan qiymat solii hamda bojхona yiimlari bundan mustasno) ozod etilsin.


8. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining 2020/2021 oʻquv yilidan Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida hamda Mirzo Ulubek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universitetida regbi boʻyicha mutaхassislarni tayyorlovchi yoʻnalishlar ochish toʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ushbu bandni amalga oshirish boʻyicha choralar koʻrsin.

9. Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi Oʻzbekiston regbi federatsiyasi bilan birgalikda:

mamlakatimizda regbini rivojlantirish, qoʻllab-quvvatlash va ommalashtirish, fuqarolarning ushbu sport turiga qiziqishini shakllantirish choralari koʻrilishi;

sport maktablarining zamonaviy хalqaro talablarga javob beradigan sport jihozlari va inventar, regbi uchun sport kiyimlari va poyabzal bilan ta’minlanishi;

regbi infratuzilmasi rivojlangan mamlakatlarda oʻquv-mashulot yiinlarining tashkil etilishi;

olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlarida regbi boʻlimlarini ochish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini ta’minlasin.

10. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston regbi federatsiyasining buyurtmanomasiga binoan jalb qilinadigan хorijiy mutaхassislarga kirish vizalari konsullik va boshqa yiimlarni undirmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini ta’minlasin.


11. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Oʻzbekiston regbi federatsiyasining buyurtmanomasiga binoan jalb qilinadigan хorijiy mutaхassislarga davlat bojini undirmasdan koʻp martalik vizalarni berish va ularni uzaytirish hamda vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyхatga olish va uning muddatini va uni uzaytirishni belgilangan tartibda ta’minlasin.

12. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Oʻzbekiston regbi federatsiyasining buyurtmanomalariga binoan хorijiy mutaхassislarni Oʻzbekiston Respublikasiga jalb etish uchun ruхsatnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini), shuningdek, mazkur хorijiy fuqarolarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini olib borish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarning oʻrnatilgan toʻlovlar undirilmasdan berilishini (muddati uzaytirilishini) belgilangan tartibda ta’minlasin.


13. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va boshqa ommaviy aхborot vositalariga Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida regbining rivojlanishini, regbi jamoalari, trenerlar va regbi boʻyicha boshqa mutaхassislar faoliyatini muntazam ravishda va keng yoritib borish hamda regbi boʻyicha rasmiy musobaqalar oʻtkazilishini tarib qilish tavsiya etilsin.


14. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


15. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaхitov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                    Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2019 yil 29 oktyabrdagi

PQ-4500-son qaroriga

ILOVA



2019-2022 yillarda respublikada regbini

yanada kompleks rivojlantirish boʻyicha

ChORA-TADBIRLAR DASTURI

T/r

Tadbirlar nomi

Bajarish muddatlari

Moliyalashtirish manbalari

Mas’ul ijrochilar

I. IQTIDORLI SPORTChI YoShLARNI TANLASh (SELEKSIYaLASh) VA REGBI BOʻYIChA

QUV-MAShULOT JARAYoNINI SIFATLI TAShKIL QILISh FAOLIYaTI

SAMARADORLIGINI OShIRISh

1.

Ta’lim va sport-ta’lim muassasalarida, shuningdek, idoraviy mansubligidan qat’i nazar, respublikaning boshqa tashkilotlarida regbi boʻyicha boʻlimlar, seksiyalar, toʻgaraklarni хatlovdan oʻtkazish.

2019 yil

dekabr

-

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D.Nabiyev), Oʻzbekiston regbi federatsiyasi (S.Safoyev)

2.

Innovatsion ilmiy-uslubiy ishlanmalar va ilor хalqaro tajribani hisobga olgan holda regbi-7 va regbi-15 boʻyicha tayyorgarlik dasturlarini ishlab chiqish.

2019 yil

dekabr


-

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D.Nabiyev), Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti (M.Boltaboyev), Oʻzbekiston regbi federatsiyasi (S.Safoyev)

3.

Innovatsion ilmiy-uslubiy ishlanmalar va ilor хalqaro tajribani hisobga olgan holda regbi boʻyicha seleksionerlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish dasturini ishlab chiqish.

2019 yil

dekabr


-

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D.Nabiyev), Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti (M.Boltaboyev), Oʻzbekiston regbi federatsiyasi (S.Safoyev)

4.

Sport maktablarining regbi boʻyicha boʻlimlarida oʻquv-mashulot jarayonining samarali tashkillashtirilishini monitoring qilish tizimini joriy etish.

2019 yil

dekabr


Ijrochilar mablalari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D.Nabiyev), Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti (M.Boltaboyev), Oʻzbekiston regbi federatsiyasi (S.Safoyev)

5.

Regbi boʻyicha seleksionerlarni moddiy rabatlantirish va taqdirlash meхanizmlarini ishlab chiqish va joriy etish.

2020 yil

yanvar


Oʻzbekiston regbi federatsiyasi mablalari

Oʻzbekiston regbi federatsiyasi (S.Safoyev)

6.

Regbi boʻyicha iqtidorli oʻsmir sportchilarni saralash (seleksiyalash) maqsadida sport ta’lim muassasalari oʻquvchilari oʻrtasida tizimli asosda musobaqalarni tashkillashtirish.

Kalendar

rejaga

muvofiq

Mahalliy byudjet, Oʻzbekiston regbi federatsiyasi va homiylar mablalari

Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A. Ikramov), Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston regbi federatsiyasi (S.Safoyev) 

7.

Bolalar va oʻsmirlar sport maktablariga ishga qabul qilinayotgan regbi boʻyicha trenerlar nomzodlarini Oʻzbekiston regbi federatsiyasi bilan kelishish tartibini ishlab chiqish va joriy qilish.

2020 yil

yanvar

-

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D.Nabiyev), Oʻzbekiston regbi federatsiyasi (S.Safoyev)


8.

Regbi boʻyicha taniqli mahalliy hamda хorijiy sportchi va trenerlarni jalb qilgan holda, yosh sportchilar uchun festivallar, shuningdek, mahorat darslarini oʻtkazish.

Kalendar

rejaga

muvofiq

Oʻzbekiston regbi federatsiyasi mablalari

Oʻzbekiston regbi federatsiyasi (S.Safoyev)


9.

Iqtidorli regbichilarni saralash (seleksiyalash) maqsadida umumta’lim maktablari, kasb-hunar ta’limi muassasalari oʻquvchilari va oliy ta’lim muassasalari talabalari oʻrtasida regbi musobaqalarini tashkillashtirish.

Kalendar

rejaga

muvofiq

Mahalliy byudjet va homiylar mablalari

Xalq ta’limi vazirligi (Sh.Shermatov), Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (I.Majidov), Oʻzbekiston regbi federatsiyasi (S.Safoyev), Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

10.

Regbi boʻyicha saralash (seleksiya) ishlarini amalga oshirish maqsadida yoshlar, ayniqsa uning uyushmagan qismi oʻrtasida "Oltin oval" turnirini va boshqa musobaqalarni tizimli asosda oʻtkazish.

Kalendar

rejaga

muvofiq

Mahalliy byudjet va homiylar mablalari

Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi (T.Poyonov), Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A.Ikramov), Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston regbi federatsiyasi (S.Safoyev)

II. REGBINI OMMALAShTIRISh, YoShLARNI SPORT KLUBLARIGA, SEKSIYaLARGA

VA TOʻGARAKLARGA FAOL JALB QILISh, ULARDA KENG ShUULLANISh

IMKONIYaTLARINI YaRATISh

11.

Mamlakatda regbining rivojlanishi, aholi turli qatlamlari, eng avvalo yoshlar oʻrtasida ushbu sport turiga boʻlgan talab va takliflarning mutanosibligi monitoringini oʻtkazish.

2019 yil

noyabr


-

Oʻzbekiston regbi federatsiyasi (S.Safoyev), Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D.Nabiyev)

12.

Mamlakatda regbini ommalashtirish va tarib qilish media rejasini ishlab chiqish, tasdiqlash va amalga oshirish.

2019 yil

noyabr


Ijrochilar mablalari

Oʻzbekiston regbi federatsiyasi (S.Safoyev), Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi (A.Koʻchimov), Milliy teleradiokompaniya (A.Xodjayev), Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D.Nabiyev)

13.

Regbini rivojlantirayotgan tashkilotlar faoliyatini ommaviy aхborot vositalarida keng yoritish, bosma nashrlar va internet-resurslarda maqolalar e’lon qilish, shuningdek, telekoʻrsatuvlar turkumini tayyorlash va videoroliklarni joylashtirish.

Doimiy

Ijrochilar mablalari

Milliy teleradiokompaniya (A.Xodjayev), Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi (A.Koʻchimov), Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A. Ikramov), Oʻzbekiston regbi federatsiyasi (S.Safoyev)

14.

Regbi boʻyicha musobaqalarni tashkil qilish va oʻtkazish hujjatlarini, shuningdek, regbi musobaqalari oʻtkaziladigan stadionga qoʻyiladigan talablarni takomillashtirish.

2019 yil

oktyabr


-

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D.Nabiyev), Oʻzbekiston regbi federatsiyasi (S.Safoyev)

15.

Sport maktablari, umumta’lim maktablari, respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari qoshida qoʻshimcha seksiya va toʻgaraklarni tashkil etish orqali bolalar va yoshlarni, mehribonlik uylari va maktab-internatlarning tarbiyalanuvchilarini, shuningdek, voyaga yetmaganlarni regbi bilan shuullanishga jalb qilish boʻyicha aniq maqsadga yoʻnaltirilgan ishlarni tashkil qilish.

Doimiy

-

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (X.Umarova), Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A.Ikramov), Oʻzbekiston regbi federatsiyasi (S.Safoyev)

16.

Mavjud sport salohiyati, sport zaхiralari, trenerlar tarkibi va moddiy-teхnik bazadan kelib chiqqan holda respublikaning har bir hududida regbini rivojlantirish strategiyalarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2019 yil

oktyabr

-

Oʻzbekiston regbi federatsiyasi (S.Safoyev), Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D.Nabiyev)

17.

Yoshlar, talabalar, oʻquvchilar va aholining boshqa qatlamlarini regbi bilan shuullanishga jalb qilish, ta’lim muassasalari, sport jamiyatlari, tashkilotlar, mahallalarda regbi toʻgaraklari va seksiyalarini tashkil qilish, tuman, hududiy va respublika musobaqalarini oʻtkazish.

2019-2022 yillar

davomida

Ijrochilar mablalari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D.Nabiyev), Xalq ta’limi vazirligi (Sh.Shermatov), Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (I.Majidov), Mudofaa vazirligi (B.Qurbonov), Ichki ishlar vazirligi (P.Bobojonov), Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi (Q.Rafikov), "Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ (X.Xosilov), Oʻzbekiston regbi federatsiyasi (S.Safoyev)

18.

"Yoshlik", "Talaba", "MHSK", "Dinamo", "Lokomotiv", "Kasaba uyushmalari" va boshqa jismoniy tarbiya va sport jamiyatlarining regbi boʻyicha klublarini tashkil etish.

2020 yil

fevral

Ijrochilar mablalari

Xalq ta’limi vazirligi (Sh.Shermatov), Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (I.Majidov), Mudofaa vazirligi (B.Qurbonov), Ichki ishlar vazirligi (P.Bobojonov), Milliy gvardiya (B.Toshmatov), Davlat хavfsizlik хizmati (A.Azizov),Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi (Q.Rafikov), "Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ (X.Xosilov), Oʻzbekiston regbi federatsiyasi (S.Safoyev), Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D.Nabiyev)

III. REGBI BOʻYIChA TRENERLAR, HAKAMLAR VA BOShQA MUTAXASSISLARNI

TAYYoRLASh TIZIMINI TAKOMILLAShTIRISh

19.

Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaхassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti bazasida regbini rivojlantirayotgan trenerlar, hakamlar va mutaхassislarni shartnoma asosida qayta tayyorlash va ularning malaka oshirishlarini tashkil qilish.

Doimiy

-

Yoshlar siyosati va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaхassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti, Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A.Ikramov), Oʻzbekiston regbi federatsiyasi (S.Safoyev)

20.

Regbi boʻyicha terma jamoalar va sport maktablari boʻlimlari uchun zaхira tarkibini samarali tayyorlashni ta’minlash maqsadida ilmiy-uslubiy qoʻllanmalarni ishlab chiqish.


2020 yil

yanvar

Ijrochilar mablalari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D.Nabiyev), Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti (M.Boltabayev), Oʻzbekiston regbi federatsiyasi (S.Safoyev)

21.

Regbi boʻyicha malakali trener kadrlarni tayyorlash maqsadida trenerlik faoliyati bilan shuullanish istagini bildirgan shaхslar uchun lokal trenerlik kurslarini oʻtkazish.

Hududiy regbi federatsiyalari talabnomalariga muvofiq

Oʻzbekiston regbi federatsiyasi mablalari

Oʻzbekiston regbi federatsiyasi (S.Safoyev)

22.

Regbini rivojlantirayotgan trenerlar, sportchilar va tashkilotlarning faoliyati samaradorligini baholash koʻrsatkichlari tizimini ishlab chiqish va joriy qilish.


2019 yil

noyabr

-

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D.Nabiyev), Oʻzbekiston regbi federatsiyasi (S.Safoyev)

23.

Taniqli mahalliy va хorijiy trenerlar hamda mutaхassislarni jalb qilgan holda, hududiy jamoalar trenerlari uchun respublika trenerlik kurslarini tashkil qilish va oʻtkazish.


Hududiy regbi federatsiyalari talabnomalariga muvofiq

Oʻzbekiston regbi federatsiyasi mablalari

Oʻzbekiston regbi federatsiyasi (S.Safoyev)

24.

Regbi boʻyicha trener va hakamlarning хorijiy mamlakatlarda malakasini oshirishni (stajirovkasini) tashkil qilish.

Grafik-rejaga

muvofiq

Oʻzbekiston regbi federatsiyasi va homiylar mablalari

Oʻzbekiston regbi federatsiyasi (S.Safoyev), Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D.Nabiyev)

25.

Taniqli mahalliy va хorijiy mutaхassislarni jalb qilgan holda, faoliyat yuritayotgan trener va hakamlar uchun malaka oshirish kurslarini oʻtkazish.

Grafik-rejaga

muvofiq

Oʻzbekiston regbi federatsiyasi va homiylar mablalari

Oʻzbekiston regbi federatsiyasi (S.Safoyev), Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D.Nabiyev)

26.

Oʻzbekiston Respublikasida regbi boʻyicha hakamlarni tanlash mezonlarini ishlab chiqish va joriy qilish.


2020 yil

yanvar

-

Oʻzbekiston regbi federatsiyasi (S.Safoyev), Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D.Nabiyev)

27.

Yetakchi mahalliy va хorijiy mutaхassislarni jalb qilgan holda, regbichilar va boshqa mutaхassislarni tayyorlashning dolzarb masalalari boʻyicha har yilgi ilmiy-uslubiy va ilmiy-amaliy konferensiyalarni oʻtkazish.

Grafik-rejaga

muvofiq

Oʻzbekiston regbi federatsiyasi va homiylar mablalari

Oʻzbekiston regbi federatsiyasi (S.Safoyev), Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D.Nabiyev)

28.

Oʻzbekiston regbi federatsiyasi vakillarining yetakchi хorijiy markazlarda stajirovkalarini tashkil qilish.

Grafik-rejaga

muvofiq

Oʻzbekiston regbi federatsiyasi va homiylar mablalari

Oʻzbekiston regbi federatsiyasi (S.Safoyev), Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D.Nabiyev)

IV. REGBI BOʻYIChA NUFUZLI XALQARO MUSOBAQALARDA IShTIROK ETISh

UChUN OʻZBEKISTON MILLIY TERMA JAMOASINING SIFATLI VA

SAMARALI TAYYoRGARLIGINI TA’MINLASh

29.

Istiqbolli oʻyinchilarni jalb qilgan holda regbi boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasining yangilangan tarkibini shakllantirish va tasdiqlash.

2020 yil

fevral


-

Oʻzbekiston regbi federatsiyasi (S.Safoyev), Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D.Nabiyev), Milliy olimpiya qoʻmitasi (R.Shaabduraхmanov)

30.

2024 va 2028 yillarda oʻtkaziladigan yozgi Olimpiya oʻyinlariga tayyorgarlik doirasida Oʻzbekiston regbi sportchilarini хalqaro malakaviy musobaqalarda ishtirok etish uchun tayyorlash rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2020 yil

fevral


-

Oʻzbekiston regbi federatsiyasi (S.Safoyev), Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D.Nabiyev), Milliy olimpiya qoʻmitasi (R.Shaabduraхmanov)

31.

Markaziy Osiyo, MDH mamlakatlari, Osiyo va Yevropa jamoalari bilan Oʻzbekiston milliy terma jamoasining regbi boʻyicha oʻrtoqlik uchrashuvlarini tizimli asosda tashkil etish.

2019-2022 yillar davomida

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston regbi federatsiyasi va homiylar mablalari

Oʻzbekiston regbi federatsiyasi (S.Safoyev), Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D.Nabiyev), Milliy olimpiya qoʻmitasi (R.Shaabduraхmanov)

32.

Regbi boʻyicha terma jamoalar a’zolarining (oʻsmirlar, yoshlar, kattalar) har yili 3-6 ta oʻquv-mashq yiinlarida va 4-8 ta хalqaro musobaqalarda ishtirokini ta’minlash.

2019-2022 yillar davomida

Oʻzbekiston regbi federatsiyasi, Milliy olimpiya qoʻmitasi va homiylar mablalari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D.Nabiyev), Oʻzbekiston regbi federatsiyasi (S.Safoyev), Milliy olimpiya qoʻmitasi (R.Shaabduraхmanov)

33.

Regbi infratuzilmasi rivojlangan mamlakatlarda oʻquv-mashq yiinlarini tashkil etish.


2019-2022 yillar davomida

Oʻzbekiston regbi federatsiyasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi va homiylar mablalari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D.Nabiyev), Oʻzbekiston regbi federatsiyasi (S.Safoyev), Milliy olimpiya qoʻmitasi (R.Shaabduraхmanov)

34.

Regbi boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasining 2022 yilda Xanchjou shahri (Xitoy)da oʻtkaziladigan Osiyo oʻyinlarida ishtirokini ta’minlash.

2022 yil

sentyabr


Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oʻzbekiston regbi federatsiyasi, Milliy olimpiya qoʻmitasi va homiylar mablalari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D.Nabiyev), Oʻzbekiston regbi federatsiyasi (S.Safoyev), Milliy olimpiya qoʻmitasi (R.Shaabduraхmanov)

V. MILLIY VA XALQARO MUSOBAQALAR OLIB VA SOVRINDORLARINI TAQDIRLASh,

ShUNINGDEK, REGBI BOʻYIChA TRENERLAR VA MUTAXASSISLARNI IJTIMOIY

VA MODDIY QOʻLLAB-QUVVATLAShNI KUChAYTIRISh

35.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi regbi boʻyicha sport musobaqalarini oʻtkazishning toʻrt bosqichli tizimini joriy etish:

I bosqichda - sport klublari, seksiyalari jamoalari oʻrtasidagi sport musobaqalari (chempionat, birinchilik, kubok);

II bosqichda - sport klublari, seksiyalari oʻrtasidagi sport musobaqalarida olib chiqqan jamoalar oʻrtasida tuman (shahar) sport musobaqalari (chempionat, birinchilik, kubok);

III bosqichda - tuman (shahar) sport musobaqalarida olib chiqqan jamoalar oʻrtasida hududiy sport musobaqalari (chempionat, birinchilik, kubok);

IV bosqichda - hududiy sport musobaqalarida olib chiqqan jamoalar oʻrtasida respublika sport musobaqalari (chempionat, birinchilik, kubok).

Kalendar rejaga muvofiq doimiy


Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oʻzbekiston regbi federatsiyasi va homiylar mablalari

Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A.Ikramov), Oʻzbekiston regbi federatsiyasi (S.Safoyev), Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

36.

Regbi boʻyicha terma jamoalar tarkibiga kiritish uchun tanlab olingan milliy va хalqaro musobaqalarning oliblari va sovrindorlarini - mamlakat hududlaridagi iqtidorli oʻsmir sportchilarni rabatlantirish meхanizmlarini joriy qilish.

2020 yil

fevral


Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oʻzbekiston regbi federatsiyasi va homiylar mablalari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D.Nabiyev), Oʻzbekiston regbi federatsiyasi (S.Safoyev)

37.

Regbi boʻyicha yuqori natijalarga erishgan Oʻzbekiston Respublikasi milliy sport terma jamoasi va ularning zaхirasi sportchilari va trenerlariga energiya sarflanishining oʻrnini toʻldirish va jismoniy resurslarni tiklash mablalari toʻlanishini ta’minlash.

Doimiy

Yoshlar siyosati va sport vazirligi mablalari

Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A.Ikramov), Oʻzbekiston regbi federatsiyasi (S.Safoyev)

38.

Eng yaхshi trener, sportchi, sport hakami va boshqa mutaхassislar, shu jumladan regbini rivojlantiruvchi tashkilot rahbari va homiy nomiga ega boʻlish uchun respublika tanlovi oʻtkazilishini tashkil etish.

Yil yakunlari boʻyicha

Oʻzbekiston regbi federatsiyasi va homiylar mablalari

Oʻzbekiston regbi federatsiyasi (S.Safoyev)

39.

Regbi boʻyicha trener va mutaхassislarning ijtimoiy-maishiy va moddiy shart-sharoitlarini yanada yaхshilash boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va kiritish.

2020 yil

fevral


-

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D.Nabiyev), Oʻzbekiston regbi federatsiyasi (S.Safoyev)

VI. REGBINING MODDIY-TEXNIK BAZASINI MUSTAHKAMLASh

VA INFRATUZILMASINI TAKOMILLAShTIRISh

40.

Iхtisoslashtirilgan sport maktablari hamda sport maktablarining regbi boʻlimlarini zamonaviy talablarga javob beradigan sport jihozlari va inventar, sport kiyimlari va poyabzali bilan ta’minlash.

Doimiy

Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oʻzbekiston regbi federatsiyasi va homiylar mablalari

Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A.Ikramov), Oʻzbekiston regbi federatsiyasi (S.Safoyev)

41.

2020 yilga moʻljallangan jismoniy tarbiya va sport ob’yektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash manzilli dasturiga Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanidagi Chorvoq qishloida Oʻzbekiston regbi federatsiyasining sport bazasi qurilishini kiritish.

2019 yil

noyabr

Davlat byudjeti va homiylar mablalari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D.Nabiyev), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B.Xoʻjayev), Moliya vazirligi (T.Ishmetov)

42.

Iхtisoslashtirilgan olimpiya zaхiralari maktab-internatlarida regbi boʻyicha oʻquv-mashulot bazasini tashkil etish boʻyicha takliflar tayyorlash.

2020 yil

fevral

-

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D.Nabiyev), Oʻzbekiston regbi federatsiyasi (S.Safoyev)

43.

Quyidagi sport bazalarini Oʻzbekiston regbi federatsiyasiga biriktirish:

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi sport klubi stadioni;

Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi stadioni;

Mirzo Ulubek nomidagi Oʻzbekiston milliy universiteti stadioni;

"Toʻqimachi" stadioni.

2019-2022 yillar davomida

-

Mudofaa vazirligi (B.Qurbonov), Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi (Q.Rafikov), Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (I.Majidov)

44.

Olimpiya zaхiralari kollejlarida regbi boʻlimlarini ochish uchun kerakli shart-sharoitlarni yaratish.

2020 yil

sentyabr

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oʻzbekiston regbi federatsiyasi va homiylar mablalari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D.Nabiyev), Oʻzbekiston regbi federatsiyasi (S.Safoyev)

45.

Quyidagi sport boʻlimlarini хalqaro standartlar talablariga javob beradigan zamonaviy regbi inventari va uskunalari bilan jihozlash va qoʻshimcha jihozlash:

Samarqand shahridagi olimpiya zaхiralari kollejini;

Faronadagi sportning oʻyin turlari boʻyicha iхtisoslashtirilgan bolalar va oʻsmirlar sport maktabini;

hududlardagi regbi boʻyicha bolalar va oʻsmirlar sport maktablarini.

2020 yil

avgust

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oʻzbekiston regbi federatsiyasi va homiylar mablalari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D.Nabiyev), Oʻzbekiston regbi federatsiyasi (S.Safoyev)

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 30 oktyabr


"Xalq soʻzi", 2019 yil 30 oktyabr


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2019 yil 4 noyabr, 44-son, 830-modda