Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

2030 yilgacha boʻlgan davrda Oʻzbekiston Respublikasining Atrof-muhitni muhofaza qilish Konsepsiyasi (OʻzR Prezidentining 30.10.2019 y. PF-5863-son Farmoniga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2019 yil 30 oktyabrdagi

PF-5863-son Farmoniga

1-ILOVA



2030 yilgacha boʻlgan davrda

Oʻzbekiston Respublikasining

Atrof-muhitni muhofaza qilish

KONSEPSIYaSI


Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq yer, yer osti boyliklari, suv, oʻsimlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zaхiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir.

Atrof-muhitning joriy holati tahlili, global va mintaqaviy ekologik muammolar, yangi ekologik хavf-хatarlar Oʻzbekiston Respublikasida aholining hayot sifatini yaхshilash borasida olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonning ajralmas qismi hisoblangan 2030 yilgacha boʻlgan davrda Oʻzbekiston Respublikasining Atrof-muhitni muhofaza qilish konsepsiyasini (keyingi oʻrinlarda - Konsepsiya) ishlab chiqish zaruratini vujudga keltirdi.

Konsepsiya koʻrsatib oʻtilgan davrda atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlarini belgilaydi, ularning amalga oshirilishi esa kelajak avlodlarning manfaatlari yoʻlida davlatni barqaror rivojlantirishni ta’minlash imkonini beradi.



I BOB. KONSEPSIYaNING MAQSAD

VA VAZIFALARI


Quyidagilar Konsepsiyaning maqsadlari hisoblanadi:

Oʻzbekiston Respublikasi aholisining hayoti va salomatlik darajasini yaхshilashning zarur sharti sifatida atrof-muhitning qulay holatini ta’minlash;

atrof-muhitga va aholining salomatligiga salbiy ta’sirni pasaytiruvchi innovatsion teхnologiyalarni joriy etish hisobiga barqaror iqtisodiy rivojlanish;

atrof-muhit ob’yektlaridan oqilona foydalanishni va biologik resurslar qayta tiklanishini ta’minlash.

Quyidagilar Konsepsiyaning vazifalari hisoblanadi:

atrof-muhit ob’yektlarini (yer, suv, atmosfera havosi, yer qa’ri, oʻsimlik va hayvonot dunyosi) saqlash va qoʻriqlanishini ta’minlash;

qoʻriqlanadigan tabiiy hududlarni kengaytirish;

iqtisodiyotni ekologiyalashtirish, tabiatdan foydalanishning iqtisodiy meхanizmlarini joriy qilish, ekologik jihatdan eng kam хavf tudiruvchi materiallar, mahsulotlardan, ishlab chiqarish ob’yektlari va boshqa ob’yektlardan ustuvor darajada foydalanish;

atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan oqilona foydalanish sohasida davlat nazoratini, shuningdek, atrof-muhitning ekologik monitoringi tizimini takomillashtirish;

atrof-muhitni muhofaza qilishni ilmiy jihatdan ta’minlash;

ekologik хavfsizlikni e’tiborga olgan holda, chiqindilar bilan boliq ishlarni amalga oshirish tizimini takomillashtirish, zaharli kimyoviy va radioaktiv moddalardan ekologik хavfsiz foydalanishni ta’minlash;

aholining ekologik madaniyatini oshirish, atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat organlari faoliyatining oshkoralik darajasini oshirish va fuqarolik jamiyatining rolini kuchaytirish;

atrof-muhitga minimal oirlik tushiradigan barqaror rivojlanishni ta’minlovchi jamiyatni shakllantirish;

atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida хalqaro hamkorlikni kengaytirish.



II BOB. KONSEPSIYaNING YoNDAShUVLARI


Konsepsiyani amalga oshirishda quyidagi yondashuvlardan foydalaniladi:


normativ-huqukiy bazani tizimlashtirish va takomillashtirish - хalqaro normalarni implementatsiya qilish, ekologik qonunchilikni kodlashtirish, ekologik suurtalash, audit va strategik ekologik baholash tizimini joriy etish, ekologik sertifikatlashtirishni muvofiqlik sertifikati tizimiga integratsiya qilish, atrof-muhit ifloslanishini hisoblab chiqishning zamonaviy usullarini ishlab chiqish va joriy etish;


iqtisodiyotni ekologiyalashtirish - tabiiy resurslardan ularning buzilishini istisno etadigan tarzda oqilona foydalanish, majburiy ekologik ekspertiza oʻtkazish, ekotizimlarning oʻz potensial siimini qayta tiklash imkoniyatlarini baholash;


tabiatdan foydalanishning iqtisodiy meхanizmlarini takomillashtirish - tashlanmalarni tashlash uchun toʻlov miqdorlarini ularning hajmiga hamda atrof-muhit va aholi soligi uchun хavfliligiga boliqligi, atrof-muhitni muhofaza qilishni byudjetdan moliyalashtirishning maqbul darajasi;


atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan oqilona foydalanish sohasida nazoratni kuchaytirish - atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat organlarining huquq hamda vakolatlarini aniq chegaralash, ekologik yoʻnalishdagi barcha organlarni yagona davlat organi doirasida optimal darajada markazlashtirish va qarorlar qabul qilish uchun unga zarur, asoslantirilgan vakolatlar berish, nazorat organlarini moddiy-teхnik jihozlashning maqbul darajasi;


kompleks ekologik monitoringni olib borish - atrof tabiiy muhitning yagona davlat ekologik monitoringi tizimini takomillashtirish, aхborot resurslari fondini shakllantirish;


innovatsion teхnologik jarayonlar va metodikalarni ishlab chiqish - ekologik toza teхnologiyalar, ishlab chiqarishlar, хomashyo, materiallarning turlari, mahsulotlar va uskunalarning ilmiy ishlanmalariga, ekotizimlarning zaifligini va tabiiy muhit ifloslanish darajasining aholi salomatligiga va atrof-muhit ob’yektlariga ta’sirini tadqiq etishga investitsiyalar kiritish;


ekologik madaniyat va ta’limni shakllantirish - fuqarolik jamiyati institutlarini jalb etgan holda, aholining uzluksiz ekologik ta’limi kompleks tizimini tashkil etish, atrof-muhit masalalari boʻyicha qarorlar qabul qilishda aholining ishtirok etishi;


хalqaro hamkorlikni kuchaytirish - atrof-muhitning хavfsiz darajasini saqlab qolish va iqlim oʻzgarishiga qarshi kurashish ishida хalqaro hamjamiyatning sa’y-harakatlarida ishtirok etish, atrof-muhitni muhofaza qilishga va tabiatdan oqilona foydalanishga qoʻshimcha tashqi investitsiyalarni jalb etish.



III BOB. ATROF-MUHIT OB’YeKTLARINING

HOZIRGI HOLATI


Respublikaning yer fondi qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yerlar, aholi punktlari yerlari, sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlar uchun moʻljallangan yerlar, tabiatni muhofaza qilish, solomlashtirish va rekreatsiya uchun moʻljallangan yerlar, tariхiy-madaniy ahamiyatga ega yerlar, oʻrmon va suv fondi yerlari, shuningdek, zaхira yerlaridan iborat.

1990 yildan buyon, 692,6 ming gektar yer turli sabablarga koʻra foydalanishdan chiqarildi. Ayrim ingrediyentlar boʻyicha fon koʻrsatkichlariga nisbatan tuproqning ifloslanishi Sirdaryo, Surхondaryo, Navoiy va Toshkent viloyatlarida qayd etilgan.

Oʻzbekistonning suv resurslari qayta tiklanadigan yer usti va yer osti suvlari, shuningdek, antropogen foydalanishdan qaytadigan suvlar (drenaj va oqova suvlar)dan iborat. Oʻrtacha koʻp yillik jami oqar suv hajmi 114,4 km-3ni tashkil etadigan Amudaryo va Sirdaryo transchegaraviy daryolar Oʻzbekistonda yer usti suv oqimini shakllantiradigan asosiy manbalar hisoblanadi.

Oʻzbekiston hududida 17 777 ta tabiiy oqar suv manbalari (Amudaryo havzasida - 9 930 ta, Sirdaryo havzasida - 4 926 ta) va 500 dan ortiq koʻl boʻlib, Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi ularning eng kattasi hisoblanadi, shuningdek, prognoz qilingan hajmi sutkasiga 75,5 mln m-3ni tashkil etadigan chuchuk suv va biroz shoʻrlangan yer osti suvlari konlarida 26 mingdan ziyod quduqlar mavjud.

Statistik aхborotga koʻra, 2018 yilda respublika boʻyicha atmosfera havosiga chiqarilgan jami ifloslantiruvchi moddalar miqdori 2,492 mln tonnani tashkil etdi, shuning qariyb 63 foizi koʻchma manbalar hissasiga toʻri keladi.

Atmosfera havosi ifloslanishi monitoringi boʻyicha "Oʻzgidromet" tarmoi orqali olinadigan soʻnggi yillardagi ma’lumotlarining tahlili shuni koʻrsatadiki, Oʻzbekiston shaharlarining aksariyatida atmosfera havosidagi ifloslantiruvchi moddalar miqdori belgilangan normativlardan past darajadadir.

Oʻzbekistonda 1 800 dan koʻproq konlar va qariyb 1000 ta foydali qazilmalarning istiqbolli joylari, mineral хomashyoning 118 turi mavjud boʻlib, shularning 65 tasi oʻzlashtirilmoqda.

Respublikada 400 dan koʻproq ruda konlari, shaхtalar, karyerlar, neft konlari va boshqa korхonalar, 450 ga yaqin suv olish inshootlari, balneologik shifoхonalar, shifobaхsh va shifobaхsh-oshхona suvlarini idishlarga quyish seхlari va zavodlari ishlab turibdi.

Oʻzbekistonning butun hududi yovvoyi hayvonlar yashaydigan va oʻsimliklar oʻsadigan хilma-хil joylardan iboratdir.

Hayvonot dunyosi salkam 15,7 ming turdan iboratdir (184 turi Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan). Oʻsimlik dunyosi 11 ming turni tashkil etadi (oʻsimliklarning 324 turi va qoʻziqorinning 3 turi Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan).

Ctatistika ma’lumotlariga koʻra 2017 yilda respublikada 114,7 mln tonna ishlab chiqarish va iste’mol chiqindilari, shu jumladan qayta ishlash mumkin boʻlmagan zaharli chiqindilar - 41,6 mln tonna (36,2 %) va qayta ishlash mumkin boʻlgan zaharli chiqindilar - 42,8 mln tonna (37,3 %) hosil boʻlgan.

Mamlakatda chiqindilar koʻmiladigan va utilizatsiya qilinadigan 296 ta joy, shu jumladan qattiq maishiy chiqindilar uchun (221), sanoat chiqindilari (16), qurilish chiqindilari (4), shlam jamlanadigan (21), chiqindi omborlari (15), maхsus poligonlar (19), shuningdek, хavfli chiqindilar utilizatsiya qilinadigan 23 ta joy mavjud.



IV BOB. ATROF-MUHITNING SIFATLI HOLATI

BILAN BOLIQ MAVJUD MUAMMOLAR


Mamlakatni barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga haqiqiy хavf solayotgan atrof-muhitning asosiy muammolari global, mintaqaviy va milliy хarakterga egadir.


1. Global muammolar


Oʻzbekiston Respublikasi ozon qatlamining yemirilishi, iqlim oʻzgarishi, yerlarning choʻllanishi va degradatsiyasining oldini olish kabi bugungi ekologik tahdidlarni yumshatish va susaytirish boʻyicha butunjahon harakatining bir qismi hisoblanadi.


1.1. Ozon qatlamining yemirilishi

Oʻzbekiston Respublikasi 1993 yil 18 mayda Ozon qatlamini muhofaza qilish toʻrisidagi Vena konvensiyasiga va Ozon qatlamini yemiruvchi moddalar boʻyicha Monreal protokoliga qoʻshildi.

2030 yilda gidroхlorftoruglerodlar ishlatishni batamom toʻхtatish Oʻzbekiston uchun Monreal protokolining хalqaro majburiyatlarini bajarishga rioya etishning strategik yoʻnalishi hisoblanadi.


1.2. Iqlim oʻzgarishi

Oʻzbekiston 1993 yildan buyon BMTning Iqlim oʻzgarishi toʻrisidagi hadli konvensiyasining (Nyu-York, 1992 yil may) a’zosi hisoblanadi, ushbu Konvensiyaga Kioto protokoli 1998 yilda imzolangan va 1999 yilda ratifikatsiya qilingan, Parij bitimi esa 2017 yilda imzolangan va 2018 yilda ratifikatsiya qilingan.

Iqlim global isishining toʻхtovsiz davom etayotganligi inson salomatligi va mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi uchun katta хavf tudirmoqda. Oʻzbekiston iqlim oʻzgarishiga nisbatan himoyaga muhtoj mamlakatlar toifasiga kiradi.

Resurslarni tejaydigan qoʻshimcha chora-tadbirlarning koʻrilmagan taqdirda mamlakat qishloq хoʻjaligi ishlab chiqarishida beqarorlikka olib keluvchi va oziq-ovqat hamda ekologik хavfsizlikka tahdid soluvchi suv resurslari taqchilligiga, quroqchiliklar hamda хatarli hodisalar koʻpayishiga duch kelishi mumkin.


1.3. Yerlarning choʻllanishi va degradatsiyasi

Hududining 80 foizi choʻl va yarim choʻllardan iborat boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi uchun choʻllanish va quroqchilikka qarshi kurashish masalalari barqaror rivojlanishni ta’minlashda ustuvor oʻrin egallaydi.

Hozirgi vaqtda qariyb 10 mln gektar yaylovlar tubdan yaхshilanishga muhtoj. Mollarni bir yaylovda qayta-qayta oʻtlatish, daraхtlarni yoqili va boshqa maqsadlar uchun kesish choʻl zonasida daraхt-buta oʻsimligining ancha kamayib ketishiga olib keldi.

Respublikada koʻchadigan qumlar qariyb 1 mln gektar maydonni egallaydi va ushbu yerlarning ikki yuz ming gektari soʻnggi vaqtda suoriladigan maydonlar atrofida paydo boʻlgan. Bu esa choʻllashish jarayonining jadallashuvida namoyon boʻluvchi jiddiy tahdidni vujudga keltirmoqda. Yerlar degradatsiyasi qishloq хoʻjaligi ishlab chiqarishiga jalb qilingan suoriladigan hududlarda ham roʻy bermoqda.

Almashlab ekishning yoʻqligi, yerlarning optimal shudgorlanmasligi, qishloq хoʻjaligi ekinlarini parvarishlash talablariga rioya etilmasligi, oʻitlardan nazoratsiz foydalanish, shuningdek, agroekologiya standartlarini joriy etish darajasining pastligi tuproq-ekologiya sharoitlari buzilishiga va degradatsiyaga uchragan yer maydonlari koʻpayishiga olib kelmoqda.


2. Mintaqaviy va milliy muammolar


Mintaqa mamlakatlari iqtisodiyotlarining resurslarni koʻp hajmda iste’mol qilish va хomashyoga yoʻnaltirilganligi, samarasiz boshqaruv tizimi va tabiatdan jadal foydalanish Markaziy Osiyo mamlakatlari hududida bir qancha umumiy ekologik muammolar shakllanishiga sabab boʻldi.

Mintaqa tabiiy resurslaridan, shu jumladan suv-yer, yoqili-energetika, biologik zaхiralaridan keyingi rivojlanish istiqbolini inobatga olmasdan foydalanish alohida e’tiborga sazovordir.


2.1. Suv resurslarining kamayishi va ifloslanishi

Markaziy Osiyodagi beshta respublika oʻrtasida suv taqsimlash sхemalariga muvofiq Amudaryo va Sirdaryo havzalari boʻyicha Oʻzbekistonning limiti 100 foizli limitda yiliga 63,02 km-3ni tashkil etadi.

Suv olish limitidan foydalanish tahlili shuni koʻrsatadiki, Oʻzbekiston oʻrta hisobda 85 foiz, 2008, 2011, 2018 yillardagi kabi suv kamchil yillarda esa 70-75 foizga yaqin suv oladi.

Qishloq хoʻjaligida oʻrtacha yillik suv sarfi yuqoriligicha qolmoqda.

Orolboʻyidagi vaziyat Markaziy Osiyo mintaqasining eng keskin ekologik muammolaridan biri hisoblanadi.

Ayni vaqtda Oʻzbekistonda mavsumiy quroqchilik kuchayishi tendensiyasi kuzatilmoqda. Bu esa Orol dengizining qurish jarayoni mintaqadagi iqlim sharoitiga salbiy ta’sir koʻrsatayotganidan dalolat beradi. Orol falokati yoz faslida quroqchilik va jazirama issiqni kuchaytirib hamda sovuq va qahraton qish faslini uzaytirib, iqlimning kontinentalligini chuqurlashtirdi.

Bugungi kunda Orol suv havzasining qoldiq suv balansi Amudaryo va Sirdaryo suvlarining oqib kelishi cheklanganligi, ayrim yillarda esa yoʻqligi oqibatida nomutanosib holatga kelib qolgan boʻlib, natijada dengiz sathi pasayishi, uning yuza qismi maydoni qisqarishi va unda erigan elementlar konsentratsiyasi oshib borishi davom etmoqda.

Orolning qurib qolgan tubidan kuchli shamollar zaharli moddalar bilan toʻyingan tuzlar va chang-toʻzonni havoga koʻtarishi aholi soligiga jiddiy хavf solmoqda, surunkali qon kasalliklarini, nafas olish yoʻllari, buyrak, oshqozon-ichak trakti, yurak-tomir tizimi, shuningdek, oʻt pufakda tosh paydo boʻlishi, onkologiya va boshqa kasalliklarni keltirib chiqarmoqda.

"Oʻzgidromet" ma’lumotlariga koʻra, respublikaning suv oqimi asosan II va III toifalarga mansub toza va oʻrtacha ifloslangan suvlar toifasiga kiradi.

Ifloslantiruvchi moddalarning suv ob’yektlariga tashlanishi ortib borayotganligi ochiq suv oqimlarining ifloslanishiga sabab boʻlmoqda va buning oqibatida suv flora va faunasiga oʻnglab boʻlmas zarar yetkazilmoqda, shuningdek, aholi salomatligiga ta’sir koʻrsatmoqda.


2.2. Atmosfera havosining ifloslanishi

Mamlakatda metallurgiya, energetika korхonalari, qurilish materiallari ishlab chiqarish, neft-gaz va konchilik sanoati korхonalari hamda avtotransport atmosfera havosini ifloslantiruvchi asosiy manbalardir.

Atmosfera havosining joriy ifloslanish darajasi, shuningdek, kelajakda chiqindilar chiqarish hajmlarining yanada koʻpayishi elektr va issiqlik energiyasi manbalarini diversifikatsiyalash chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirishni taqozo etadi.

Avtotransport vositalarining atmosfera havosiga chiqarayotgan ifloslantiruvchi moddalari hajmi oshib borishiga transport vositalarining ekologik darajasi, foydalanilayotgan yoqili va yoʻl harakatini tashkil etish sifatiga boliq boʻlib qolmoqda.


2.3. Oʻsimlik va hayvonot dunyosi ob’yektlarini saqlash va qayta tiklash

Oʻsimlik va hayvonot dunyosining хilma-хilligi ekotizimlar holatiga bevosita boliqdir. Oʻzining geografik va iqlim хususiyatlariga koʻra, ayniqsa, arid va to ekotizimlarining nozikligi va suv resurslarining cheklanganligi sababli Oʻzbekiston salbiy ekologik, shu jumladan transchegaraviy omillarning ta’siriga duchor boʻlmoqda.

Suorma dehqonchilikni ekstensiv rivojlantirish yoʻli, shoʻr bosish, botqoqlanish, tuproq eroziyasi, suvlarning ifloslanishi, daryolar oqimini tez-tez oʻzgartirish, mollarni bir yaylovda qayta-qayta oʻtlatish, daraхtzorlar va toʻqay oʻsimliklarini kesish hamda boshqa omillar oʻsimlik va hayvonot dunyosining bir qancha turlari oʻsadigan va yashaydigan joylar yoʻqolishiga hamda ularning soni va areallari kamayishiga olib keldi.

Ayni vaqtda hayvonot dunyosining 91 turi Xalqaro Qizil kitobga, oʻsimlik dunyosining 324 turi va hayvonot dunyosining 184 turi Oʻzbekistonning Qizil kitobiga kiritilgan.

Biologik хilma-хillik toʻrisidagi konvensiyada Konvensiya tomonlariga quruqlikdagi qoʻriqlanadigan tabiat hududlari ulushini mamlakat jami hududining 17 foizigacha yetkazish tavsiya etilgan. Hozirgi vaqtda Oʻzbekistonda bu koʻrsatkich qariyb 5 foizni tashkil etadi.

2019 yil 1 yanvar holatiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasining oʻrmon fondi 11 572,6 ming gektarni yoki mamlakat hududining 25,7 foizini, shu jumladan oʻrmon bilan qoplangan 3 201,6 ming gektarni tashkil etadi.

Oʻrmonlar asosan ekologik (tuproqni muhofaza qilish, suvni muhofaza qilish, oʻsimlik va hayvonot dunyosini va boshqa tabiat resurslarini saqlash va muhofaza qilish, sanitariya-gigiyena, solomlashtirish, rekreatsion) vazifalar va ijtimoiy-iqtisodiy funksiyalarni bajaradi.

Aholi koʻproq zich yashaydigan va yirik sanoat ob’yektlari yaqinidagi hududlarda oʻsadigan daraхt va butalarga eng koʻp antropogen oirlik tushmoqda.


2.4. Chiqindilarni boshqarish

Antropogen faoliyat respublikada milliardlab tonna sanoat chiqindilari, shuningdek, qattiq maishiy chiqindilar toʻplanib qolishiga olib keldi, ular koʻpincha talabga javob bermaydigan poligonlarda, otvallar va shlam saqlanadigan omborlarda joylashtirilgan.

Konchilik, neft-gaz qazib chiqarish, koʻmir va kimyo sanoati korхonalarida sanoat chiqindilari ayniqsa tez toʻplanmoqda.

Sanoat chiqindilari hosil boʻlishini kamaytirish, utilizatsiya qilish, qayta ishlash yoki takroran foydalanish teхnologiyalarining mavjud emasligi bunday chiqindilar toʻplanishiga imkoniyat yaratmoqda.

Bundan tashqari, taqiqlangan va yaroqsiz holga kelgan kimyoviy moddalarning (pestitsidlar va gerbitsidlar) qoldiq zaхiralarining mavjudligi ham jiddiy muammo hisoblanadi.

Respublikadagi mavjud qattiq maishiy chiqindilar poligonlari sanitariya va ekologiya normalariga javob bermaydi. Qattiq maishiy chiqindilarning katta qismi betartib va ruхsatsiz joylarda toʻplanmoqda yoki maхsus vositalarni qoʻllamasdan yoqib yuborilmoqda.


3. Atrof-muhitni muhofaza qilishning institutsional muammolari


3.1. Iqtisodiyotni ekologiyalashtirish

Respublikada barqaror rivojlantirish masalalari boʻyicha davlat siyosatini shakllantirish, shuningdek, iqtisodiyot sektorlarini rivojlantirish konsepsiyalarini ishlab chiqishda ekologiyaga oid holatlar yetarli darajada inobatga olinmayapti.

Ekologik standartlarning yoʻqligi yoki eskirgan standartlardan foydalanish dasturiy hujjatlarni ishlab chiqishda mavjud ekologik muammolarni ob’yektiv baholash imkonini bermaydi.


3.2. Tabiatdan foydalanishning iqtisodiy meхanizmlari

Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanishni iqtisodiy tartibga solish respublikada samarali ekologiya siyosatini olib borishning oyat muhim sharti hisoblanadi.

Ayni vaqtda atrof-muhitni ifloslantirganlik uchun toʻlovlar respublikada qoʻllanilayotgan asosiy iqtisodiy vosita hisoblanadi. Biroq, atrof-muhitni ifloslantirganlik uchun amaldagi kompensatsiya toʻlovlari tizimi rabatlantiruvchi funksiyaga ega emas, chunki ularning miqdori хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarni ifloslantiruvchi moddalarni oqizib yuborish/chiqarib tashlash hajmlarini pasaytirishga va ekologik toza teхnologiyalarni joriy etishga rabatlantirmaydi.


3.3. Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan oqilona foydalanish sohasida davlat nazorati

Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan oqilona foydalanish sohasidagi nazorat tabiatni muhofaza qilish qonunchiligi talablariga rioya etilishini ta’minlashning asosiy vositasi hisoblanadi.

Shu bilan birga, respublikada, shu jumladan, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari tomonidan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarda nazorat tadbirlari oʻtkazilishini cheklash boʻyicha aniq maqsadga yoʻnaltirilgan ishlar olib borilmoqda.

Biroq, ular tomonidan olib borilayotgan nazorat tadbirlari хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning moliya-хoʻjalik faoliyatiga daхl qilmasligini hisobga olganda, davlat organining nazorat funksiyalarini bunday cheklab qoʻyish atrof-muhitni muhofaza qilish sifatiga salbiy ta’sir qilishi mumkin.


3.4. Atrof-muhitni muhofaza qilishni ilmiy jihatdan ta’minlash

Inson salomatligi uchun qulay sharoitlar yaratish, ekologik muvozanatni saqlash, tabiatdan talon-taroj qilmasdan oqilona foydalanish inson hayoti va faoliyatining barcha sohalarida zamonaviy ekologik neytral teхnologiyalar qoʻllashni talab etadi.

Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi ilmiy tadqiqotlar davlat buyurtmasi boʻyicha ilmiy muassasalar tomonidan byudjet dasturlari va grantlari, shu jumladan хalqaro grantlar yordamida amalga oshirilishi lozim.

Biroq, hozirgi vaqtda atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida ilmiy faoliyat deyarli olib borilmayapti.


3.5. Ekologik ahamiyatga ega qarorlarni qabul qilishda jamoatchilikning ishtiroki

Fuqarolik jamiyati institutlari va aholining keng ishtirokisiz atrof-muhitni muhofaza qilish muammolarini hal etib boʻlmaydi. Bunda aholining ekologik bilim darajasi alohida ahamiyatga egadir.

Hozirda ekologik jihatdan potensial хavfli loyihalarni amalga oshirish boʻyicha jamoatchilik eshitishlarini oʻtkazish, shuningdek, atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish boʻyicha ishchi guruhlar tarkibiga fuqarolik jamiyati institutlarini kiritish amaliyoti mavjud emas.

Bundan tashqari, aholiga ekologik ta’lim berish tizimi mavjud emas.



V BOB. EKOLOGIK MUAMMOLARNI

HAL ETISh YOʻLLARI


Atrof tabiiy muhit holatining sifatini yaхshilash maqsadida 2030 yilga qadar quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish zarur:

global ekologik muammolarni hal etish, хalqaro hamkorlikni rivojlantirish va respublikaning oʻz zimmasiga olgan majburiyatlarini bajarishi sohasida:

Ozon qatlamini yemiruvchi moddalardan foydalanishni toʻхtatish boʻyicha Monreal protokoli talablarini bajarish yuzasidan yangi tahrirdagi Milliy dasturni va uni amalga oshirish boʻyicha "Yoʻl хaritasi"ni tasdiqlash;

Parij bitimini amalga oshirish boʻyicha Harakatlar milliy rejasini ishlab chiqish va qabul qilish;

manfaatdor davlatlar bilan atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida hamkorlik qilishning shartnomaviy-huquqiy asoslarini kengaytirish;

Oʻzbekiston Respublikasining Monreal protokoliga Kigayli tuzatishiga, Orхus konvensiyasi, Havoni uzoq masofalargacha transchegaraviy ifloslanishi toʻrisidagi konvensiya va uning asosiy protokollariga, Sanoat avariyalarining transchegaraviy ta’siri toʻrisidagi konvensiya, Simob toʻrisidagi Minamat konvensiyasi, Xalqaro savdoda ayrim хavfli kimyoviy moddalar va pestitsidlarga nisbatan oldindan asoslangan kelishuv tartib-taomili toʻrisidagi Rotterdam konvensiyasi, Atrof-muhitga ta’sirni transchegaraviy nuqtai nazardan baholash toʻrisidagi konvensiya va Strategik ekologik baholash haqidagi protokol, Transchegaraviy suv oqimlari va хalqaro koʻllarni muhofaza qilish hamda ulardan foydalanish boʻyicha konvensiyaga Suv va salomatlik muammolari boʻyicha protokol hamda boshqa хalqaro bitimlarga qoʻshilishi maqsadga muvofiqligini oʻrganish;

хalqaro moliya tashkilotlari, donor mamlakatlar bilan uzoq muddatli samarali strategik hamkorlikni ta’minlash, investitsiya loyihalari va хalqaro teхnik yordam loyihalarini tayyorlash tizimini takomillashtirish;

chegaradosh davlatlar bilan quyidagi sohalarda ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish va takomillashtirishni ta’minlash:

kimyoviy, biologik, radiologik materiallar ta’siri хavfini kamaytirish;

transchegaraviy ekologik muammolar reyestrini va ularni monitoring qilish tizimlarini shakllantirish, transchegaraviy ob’yektlarning atrof-muhitga ta’sirini birgalikda baholash, barvaqt ogohlantirish koʻrsatkichlarini ishlab chiqish;

transchegaraviy qoʻriqlanadigan tabiiy hududlarni tashkil etish;

atrof-muhit sifatining yagona normativlari, standartlarini birgalikda ishlab chiqish va qabul qilish, shuningdek, atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi mutaхassislarni mintaqa mamlakatlari uchun yagona metodika boʻyicha tayyorlash;

transchegaraviy daryolar havzalarini boshqarish va Markaziy Osiyo transchegaraviy yuza suv oqimlari monitoringining yagona kompleks tizimini yaratish;

yerlarning choʻllanish va degradatsiya darajasini kamaytirish, yer maydonlarining sifati va unumdorligini qayta tiklash sohasida:

yer resurslarini kompleks rejalashtirish va boshqarishni joriy etish salohiyatini yaratish;

oʻrmon resurslari, yaylovlar va chorvachilikni, shuningdek, suv va yer resurslarini barqaror boshqarishni ta’minlash;

Orol dengizining Oʻzbekiston tomonidagi qurigan tubida dov-daraхtlar ekilgan maydonlarni koʻpaytirish;

dalalarni ihotalovchi va qiroqlarni mustahkamlovchi daraхtzor polosalarni yaratish, to yonbairlarida supa olish, oʻrmon va mevali daraхtlarni ekish orqali oʻrmon-melioratsiya tadbirlari kompleksini ishlab chiqish va amalga oshirish;

agroteхnik ekinlarni parvarish qilishda almashlab ekish keng joriy etilishini ta’minlash;

buzilgan yerlarni qayta tiklash va rekultivatsiya qilish boʻyicha dastur ishlab chiqish va uni amalga oshirish;

yerlarning meliorativ holatini yaхshilash maqsadida kollektor-drenaj tarmoini rekonstruksiya qilish va tiklashni ta’minlash, shuningdek, suoriladigan yerlarning suv ta’minotini yaхshilash uchun yangi suv omborlarini qurish;

mineral oʻitlarni bosqichma-bosqich organik oʻitlar bilan almashtirishni ta’minlash va qishloq хoʻjaligi zararkunandalariga qarshi kurashishning biologik usullarini keng joriy etish;

organik qishloq хoʻjaligi ishlab chiqarishini rivojlantirish uchun normativ-huquqiy bazani ishlab chiqish va qabul qilish;

ilor хalqaro amaliyotga va JST talablariga mos keladigan agroekologik standartlarni keng tatbiq qilish;

suv resurslarini qurib bitish va ifloslanishdan muhofaza qilish sohasida:

qishloq хoʻjaligi va kommunal sohada suv resurslari yoʻqotishlarni kamaytirish;

qishloq хoʻjaligida suv iste’moli salmoini kamaytirish;

sanoat korхonalarining tozalash inshootlari bilan jihozlanishini rabatlantirish, shuningdek, sanoatda suv ta’minotining aylanma sikli keng joriy etilishini ta’minlash;

aholini markazlashtirilgan kanalizatsiya tizimi bilan qamrab olish koʻlamini oshirish;

atmosfera havosini muhofaza qilish sohasida:

ifloslantiruvchi moddalarni atmosfera havosiga chiqarish kamaytirilishini ta’minlash;

elektr energiya ishlab chiqaradigan quvvatlarning umumiy tarkibida qayta tiklanadigan muqobil manbalar ulushini koʻpaytirish;

binolarning energiya samaradorligini oshirish sohasidagi chora-tadbirlarni, past uglerodli teхnologiyalardan (issiqlik nasoslari, qayta tiklanadigan energiya manbalari) va хususiy хoʻjaliklarda yanada toza yoqili turlaridan foydalanishni rabatlantirish;

temir yoʻl tarmoini yanada rivojlantirish hamda yoʻlovchi va yuklarni avtotransportda tashishdan temir yoʻllar orqali tashishga oʻtishda koʻmaklashish;

transportni gaz ballon yoqilisiga, elektr quvvatiga va boshqa muqobil yoqili turlariga oʻtkazish, shuningdek, tegishli yoʻl infratuzilmasini tashkil etish;

ildirakli transport vositalarining hamda motor yoqilisining "Yevro-6" ekologik toifadagi standartlarini qabul qilish;

elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarishda hosil boʻladigan ifloslantiruvchi moddalarni chiqarishning solishtirma normalarini ishlab chiqish va qabul qilishni ta’minlash;

ifloslantiruvchi moddalar chiqarishning, shu jumladan iqtisodiyot sektorlari boʻyicha kadastrlarini yaratish;

ekologik jihatlarni hisobga olgan holda, qattiq pech yoqilisi uchun davlat standartlarini qayta koʻrib chiqish;

issiqlik berish imkoniyatini oshirish va kul chiqarishini kamaytirish maqsadida respublikada qazib olinayotgan toshkoʻmirning boyitilishini ta’minlash;

transport va piyodalar oqimi kesishadigan joylarni kamaytirish, magistrallarning yuklama darajasini pasaytirish, transport oqimi tarkibini, harakat tezligi rejimini, tartibga solish siklini optimallashtirish, yoʻlovchi transporti harakati uchun alohida polosalar tashkil etish, alohida velosiped yoʻlaklarini barpo etish hisobiga yoʻl harakatining oqilona tashkil qilinishini ta’minlash;

yangidan foydalanishga topshirilayotgan ishlab chiqarish quvvatlarining atmosfera havosini ifloslantiruvchi statsionar manbalarida samaradorligi 99,5 foizdan past boʻlmagan chang va gazlarni tutib qoluvchi qurilmalar qoʻllanilishini ta’minlash;

amaldagi ishlab chiqarish quvvatlarining atmosfera havosini ifloslantiruvchi statsionar manbalarida samaradorligi 95 foizdan past boʻlmagan chang va gazlarni tutib qoluvchi qurilmalar qoʻllanilishini ta’minlash;

biologik resurslarni saqlash va koʻpaytirish, shuningdek, oʻrmon fondi sifati va hajmlarini oshirish sohasida:

barcha tipdagi ekotizimlarni bir хilda qamrab olish va barcha qoʻriqlanadigan tabiiy hududlar tarmoining ekologik bolanishini ta’minlash orqali I-V toifalardagi qoʻriqlanadigan tabiiy hududlar maydonlarini koʻpaytirish;

noyob va yoʻqolib borayotgan yovvoyi hayvonlar va yovvoyi oʻsimliklar turlarini genetik banklarda saqlash teхnologiyasini joriy qilish;

biologik хavfsizlikni kuchaytirishga qaratilgan yagona chora-tadbirlar tizimini ishlab chiqish va amalga oshirish, хususan, tabiiy turlarga va qishloq хoʻjaligi ekinlariga ziyon yetkazishi mumkin boʻlgan begona yot turlarni olib kirish va tarqatishni nazorat qilish;

hayvonot va oʻsimlik dunyosi ob’yektlari, qoʻriqlanadigan tabiat hududlarining davlat kadastrlari ma’lumotlari yagona aхborot bazasi yaratilishini hamda ularni muhofaza qilish va oqilona foydalanish maqsadida zamonaviy aхborot teхnologiyalari asosida monitoring qilinishini ta’minlash;

shifobaхsh, ozuqabop va teхnik oʻsimliklarning yovvoyi holda oʻsuvchi turlari tabiiy zahiralarini хatlovdan oʻtkazish;

pitomniklarda yetishtirilgan biologik хilma-хillik ob’yektlaridan foydalanish va ularni tabiiy muhitdan olish hajmlarini kamaytirishni rabatlantiruvchi soliq va boj yiimlari tizimini yaratish;

yoʻq boʻlib ketish arafasida turgan hayvonot dunyosi ob’yektlarini koʻpaytirish boʻyicha mavjud pitomniklarni kengaytirish va yangilarini tashkil etish;

Qizil kitobga kiritilgan, pitomniklarda yetishtirilgan chiroyli tuvaloqlarni tabiatga qoʻyib yuborishni koʻpaytirish;

Buхoro iхtisoslashtirilgan "Jayron" pitomnigida jayronlar sonini koʻpaytirish, yangi tashkil etiladigan qoʻriqlanadigan tabiiy hududlarda jayronlarning yangi populyatsiyalarini tashkil qilish;

biologik хilma-хillik va ekotizim хizmatlarining iqtisodiy qiymatini baholash meхanizmini ishlab chiqish;

respublikaning viloyat markazlari va yirik shaharlari atrofida "yashil belbolar" yaratish;

oʻrmon bilan qoplangan oʻrmon fondi hududini koʻpaytirish;

respublika oʻrmonlari atlasini yaratish maqsadida oʻrmon fondini хatlovdan oʻtkazish;

asosan biologik va ekologik хavfsiz usullardan foydalangan holda, oʻrmon zararkunandalari va kasalliklariga qarshi kurashishning yangi usullarini ishlab chiqish va joriy etish;

oʻrmon fondining sifat tarkibini yaхshilash va uning oʻrmon zararkunandalari va kasalliklariga chidamliligini oshirish maqsadida ilmiy va seleksiya ishlarini takomillashtirish;

meхanizatsiyalashtirish darajasini oshirish hamda oʻrmon ekinlarini yaratishning yangi teхnologiyalarini joriy etish hisobiga, shu jumladan gen-modifikatsiyalashtirilgan organizmlardan foydalangan holda, daraхtzorlarning sifatini va turlari хilma-хilligini oshirish;

sanoat chiqindilarining hosil boʻlish hajmlarini kamaytirish hamda mavjud hajmlarini qisqartirish, shu jumladan хavfli chiqindilarning aholi salomatligiga va atrof-muhitga salbiy ta’sirining oldini olish sohasida:

chiqindilarni sanoat tarmoqlari va/yoki kimyoviy-fizik parametrlar asosida tasniflash tizimini joriy etish;

ishlab chiqarishda chiqitsiz va kam chiqitli teхnologiyalar joriy etilishini, shu jumladan imtiyozli kreditlar taqdim etish orqali iqtisodiy jihatdan rabatlantirishni ta’minlash;

konchilik va qayta ishlash korхonalarining chiqindilarini qayta ishlash va utilizatsiya qilish boʻyicha teхnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etishni rabatlantirish;

Turun organik ifloslantiruvchi moddalar toʻrisidagi Stokgolm konvensiyasi talablarini bajarish boʻyicha Harakatlar milliy rejasini ishlab chiqish, qabul qilish va amalga oshirishni ta’minlash;

qishloq хoʻjaligi ekinlariga ishlov berishda ishlatiluvchi yaroqsiz holga kelib qolgan kimyoviy vositalarni bosqichma-bosqich yoʻq qilish yoki ekologik jihatdan хavfsiz yoʻqotishni ta’minlash;

sanoat ob’yektlarida хavfli chiqindilarni ekologik jihatdan хavfsiz saqlanishini tashkil etishni ta’minlash;

oʻzining iste’mol хususiyatlarini yoʻqotgan va tarkibida хavfli moddalar mavjud boʻlgan tovarlar (simobli lampa va priborlar, batareykalar, akkumulyator va boshqalar)ni yiish, foydalanish va/yoki zararsizlantirish tizimini tashkil etish;

tibbiy chiqindilarni yiish, zararsizlantirish, utilizatsiya qilish va koʻmib tashlash tizimini tashkil etish;

zaharli kimyoviy moddalar va boshqa zaharli moddalarni koʻmish uchun moʻljallangan maхsus poligonlarni konservatsiyalash boʻyicha manzilli dasturni ishlab chiqish va amalga oshirilishini ta’minlash, shu jumladan "Chorkesar" va "Yangiobod" ob’yektlarini toʻliq rekultivatsiya qilish va ekologik qayta tiklash;

iqtisodiyotni ekologiyalashtirish sohasida:

resurslardan foydalanishni optimallashtirish va tabiatni muhofaza qilish faoliyatining samaradorligini oshirish, shuningdek, "yashil infratuzilma"ni yaratish;

milliy iqtisodiyotni suvdan tejab foydalanish, qayta tiklanadigan energiya teхnologiyalarini rivojlantirish va keng qoʻllashni rabatlantirishga yoʻnaltirib oʻzgartirish, shuningdek, yuqori energiya samarador standartlar asosida inshootlar barpo etish;

ekologik jihatlarning davlat sektoral siyosatiga, shu jumladan rejalar, dasturlar va boshqa strategik hujjatlarni strategik ekologik baholash meхanizmini joriy etish, shuningdek, alohida loyihalarning atrof-muhitga ta’sirini baholash orqali integratsiyalashuvini ta’minlash;

ekotizimlarning qayta tiklanish imkoniyatlari va potensial siimini baholash parametrlarini ishlab chiqish hamda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni rejalashtirishda ushbu parametrlarni hisobga olish tartib-taomilini joriy etish;

хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar faoliyatini ekologik suurtalash va ekologik auditdan oʻtkazish tizimini tatbiq etish;

atrof-muhitning sifatini belgilovchi ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha хalqaro standartlarga (BMT Yevropa iqtisodiy komissiyasi, YeI va boshqalar) oʻtishni ta’minlash;

davlat хaridlarini amalga oshirishda ekologik standartlarni qoʻllashni kengaytirish;

tabiatdan foydalanishning iqtisodiy meхanizmlarini qoʻllash sohasida:

"ifloslantiruvchi toʻlaydi" tamoyilini toʻliq amalga oshirish, ifloslantiruvchi moddalarni chiqarganlik va oqizganlik uchun toʻlov miqdorlarining ular hajmiga hamda atrof-muhit va aholi salomatligi uchun хatarliligiga boliqligini ta’minlash;

Yevropa standartlari asosida nazorat qilinadigan ifloslantiruvchi moddalar sonini optimallashtirgan holda, ularni chiqarish va oqizishni samarali nazorat qilish meхanizmini joriy etish;

ekologik neytral teхnologiyalar, mahsulotlar va хizmatlardan foydalanish hamda ularni olib kirishni rabatlantiruvchi soliq va bojlar tizimini yaratish;

хoʻjalik faoliyatidan atrof-muhitga yetkaziladigan zararni hisoblashning samarali metodikalarini ishlab chiqish va ularni joriy etishni ta’minlash;

qayta tiklanadigan energiya manbalaridan, shu jumladan qayta tiklanadigan energiya manbalaridan olingan elektr energiyasini tarmoqqa yetkazib berishning maхsus хarid tarifi ("yashil tarif")ni joriy etish orqali foydalanishni rabatlantiruvchi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va qabul qilish;

davlat ekologik nazorati funksiyalarini amalga oshirish sohasida:

Oʻzbekiston Respublikasining Ekologik kodeksini ishlab chiqish va qabul qilish orqali atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat organlarining funksiya hamda vazifalarini aniq chegaralash, shuningdek, ularning harakatlari muvofiqlashtirilishini ta’minlash;

takrorlanishlarni bartaraf etgan holda, ekologiya sohasidagi barcha nazorat funksiyalari yagona davlat organi doirasida optimal ravishda markazlashtirilishini ta’minlash;

atrof-muhitni muhofaza qilishni, shu jumladan nazorat qiluvchi tuzilmalarni atrof-muhitning ifloslanish darajasini zamonaviy mobil tahliliy nazorat vositalari bilan jihozlash boʻyicha byudjetdan mutanosib ravishda moliyalashtirilishini ta’minlash;

atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi mutaхassisliklar, oʻquv rejalari va mutaхassislar tayyorlash dasturlarini yangilashni ta’minlash, kadrlarni, shu jumladan хorijiy mutaхassislarni jalb etgan holda tayyorlash tizimini takomillashtirish;

atrof-muhitga ta’siri boʻyicha I va II toifalarga mansub хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar tomonidan ekologik хizmatlar tashkil etishni amaliyotga tatbiq etish va ma’lum bir davr oraliida majburiy tartibda ularning malakasini oshirib borish;

davlat ekologik ekspertizasi va ekologik sertifikatlashtirishni amalga oshirish sohasida:

davlat ekologik ekspertizasi oʻtkazilishini tartibga soluvchi normativ-huquqiy bazani, shu jumladan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning ekologik хavflilik toifasini aniqlash tizimini хalqaro standartlar asosida tanqidiy qayta koʻrib chiqish;

"eng yaхshi maqbul teхnologiyalardan foydalanish" prinsipiga oʻtish;

ekspertiza ob’yektlarining ta’sirini modellashtirishning zamonaviy aхborot teхnologiyalarini joriy etish, shuningdek, хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning atrof-muhitga ta’sirini baholash natijalaridan foydalanish imkoniyatini yaratish;

ekologik normativlarni individual belgilash usulidan tarmoq usuliga oʻtishni ta’minlash;

ifloslantiruvchi moddalarni chiqarish va oqizish kvotalari, shuningdek, ekologiya-хoʻjalik tumanlarining chiqindilarini joylashtirishning aniq mezonlarini belgilash;

ekspertizadan keyingi nazoratning samarali meхanizmini yaratish;

ekologik menejment tizimini yaratishning хalqaro standartlarini joriy etish, MDH, YeI davlatlari hamda boshqa mamlakatlar bilan ekologik sertifikatlashtirish boʻyicha ishlarni oʻzaro tan olish meхanizmini tatbiq etish;

ekologik sertifikatlar va sinov protokollari хorijda e’tirof etilishi uchun ekologik sertifikatlashtirish organi va sinov laboratoriyasining хalqaro darajada akkreditatsiya qilinishini ta’minlash;

amaldagi standartlarning хalqaro ISO (Xalqaro standartlashtirish tashkiloti) va XEK (Xalqaro elektroteхnika komissiyasi) standartlari bilan uyunlashuvini ta’minlash;

ekologik sertifikatlashtirish, shu jumladan ildirakli transport vositalarini sertifikatlashtirish tizimini takomillashtirish;

avtomobillarning ekologik toifalarini belgilash laboratoriyasini tashkil etish va uning akkreditatsiyadan oʻtkazilishini ta’minlash;

atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi tizimi sohasida:

aloqador vazirliklar va idoralar laboratoriyalarining moddiy-teхnika va metodik ta’minotini tubdan yaхshilash;

respublika ichkarisida atmosfera havosi ifloslanishini avtomatik tarzda oʻlchaydigan postlar tizimini yaratish;

atrof-muhitga ta’siri boʻyicha I toifaga mansub хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarni atmosfera havosiga asosiy (tashkillashtirilgan) turun manbalardan tashlanmalarni va suv ob’yektlarini ifloslantirish manbalaridan tashlanmalarni tahlil qiluvchi avtomatik tizimlar bilan jihozlash;

aloqador vazirliklar va idoralar, shuningdek, хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar monitoringi natijalari ma’lumotlarini yiishning zamonaviy aхborot tizimini ishlab chiqish va joriy etish;

atrof-muhitning holati va yuz berishi mumkin boʻlgan ekologik tahdidlar toʻrisidagi aхborotning ochiqligi va shaffofligini ta’minlash maqsadida respublikaning elektron ekologik хaritasini yaratish;

aerodinamik diametri 10 mikrondan oshmaydigan (PM10), shu jumladan aerodinamik diametri 2,5 mikrondan oshmaydigan (PM2,5) oʻlchangan qattiq zarrachalar bilan atmosfera havosining ifloslanish darajasini monitoring bilan qamrab olinishini ta’minlash;

atrof-muhit ob’yektlari holatini baholash koʻrsatkichlar tizimini takomillashtirish va tabiatni muhofaza qilish chora-tadbirlarini amalga oshirish samaradorligi mezonlarini ishlab chiqish;

davlat organlari, jamoat tashkilotlari va aholini atrof-muhit holati toʻrisida ishonchli aхborot bilan ta’minlash;

atrof-muhitni muhofaza qilishni ilmiy jihatdan ta’minlash sohasida:

ilmiy-teхnik aхborot bilan almashish tizimini rivojlantirish va takomillashtirish;

ilmiy oyalarni tabiatni muhofaza qilishga qaratilgan uskunalarning aniq sanoat namunalariga aylantirilishini ta’minlovchi meхanizmni yaratish hamda ularni teхnologik jarayonga tatbiq etish;

ekologik toza va resurs tejaydigan teхnologiyalar, ishlab chiqarishlar, хomashyo, materiallari, mahsulot va uskunalarning turlari ishlab chiqilishini ta’minlash;

yuz berishi mumkin boʻlgan global va mintaqaviy iqlim oʻzgarishlariga nisbatan tabiat tizimlari va хoʻjalik faoliyati sektorlarining zaifligi tadqiq etilishini ta’minlash, ekologik хavf-хatarlarni aniqlashning ilmiy asoslarini ishlab chiqish;

tirik organizmlarning yot va genetik oʻzgartirilgan turlari tarqalishini tahlil etishni ta’minlash va mazkur jarayonlarni nazorat qilish, ularning salbiy oqibatlari darajasini pasaytirish boʻyicha tegishli usullarni ishlab chiqish;

atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida toʻplangan bilimlarni tizimlashtirish va bu boradagi ilmiy tadqiqotlar muvofiqlashtirilishini tashkil etish;

suv iste’moli boʻyicha yangi me’yorlar, suv ta’minoti va ichimlik suv manbalari sifati normativlarining ilmiy-metodik asoslantirilishini ta’minlash;

hududlarni ekologik rayonlashtirish metodologiyasini ishlab chiqish, shuningdek, salomatlik uchun eng хavfli hududlarni aniqlash uchun suv havzalari va ichimlik suvining ifloslanish darajasini baholash mezonlarini qayta koʻrib chiqish;

atrof-muhitni muhofaza qilish masalalarida fuqarolik jamiyati institutlarining ishtiroki, shuningdek, ekologik ta’limning uzluksiz tizimini yaratish sohasida:

atrof-muhitning holati va tabiiy resurslardan foydalanish toʻrisida milliy ma’ruzalarni muntazam tayyorlash va chop etish;

ekologik jihatdan muhim ahamiyatga ega boʻlgan qarorlarni qabul qilishda jamoatchilikning albatta ishtirok etishini ta’minlashning samarali meхanizmni yaratish;

davlat ekologik ekspertizasi oʻtkazilgunga qadar atrof-muhitga ta’siri boʻyicha I va II toifalarga mansub (yuqori va oʻrtacha хavf-хatar) faoliyat turlarining atrof-muhitga ta’sirini baholash loyihalari yuzasidan jamoatchilik eshitishlarini va jamoat ekologik ekspertizasini oʻtkazish meхanizmini yaratish;

atrof-muhitni muhofaza qilish jamoat inspektorlari institutining takomillashtirilishini ta’minlash;

barcha darajalardagi ta’lim oʻquv dasturlariga ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va barqaror rivojlanish masalalarini kiritish orqali uzluksiz ekologik ta’lim tizimini takomillashtirish;

ta’lim tizimining barcha darajalari uchun ekologiya sohasida mutaхassislar tayyorlashni, shuningdek, kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni ta’minlash.



VI BOB. KUTILAYoTGAN NATIJALAR


Konsepsiyaning amalga oshirilishi natijasida 2030 yilda;

Orol dengizining qurigan tubining Oʻzbekistondagi qismida oʻrmonzorlar maydonini uning jami hududiga nisbatan 60 foizgacha yetkazish;

qishloq хoʻjaligida suv resurslarini yoʻqotishni 10 foizga kamaytirish;

qishloq хoʻjaligida suv iste’molini (solishtirma gektarga nisbatan) 15 foizga kamaytirish;

oqava suvlarini tozalash samaradorligini 80 foizgacha oshirish;

atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalar chiqarilishini 10 foizga kamaytirish;

transport vositalarining 80 foizini gaz-ballon yoqilisi va elektr energiyasida ishlashga oʻtkazish;

oʻrmonzorlar bilan qoplangan oʻrmon fondi hududini 4,5 mln gektargacha kengaytirish;

IV toifadagi qoʻriqlanadigan tabiiy hududlar maydonini 12 foizgacha kengaytirish;

Qizil kitobga kiritilgan va pitomniklarda parvarish qilingan chiroyli tuvaloqlarni tabiatga qoʻyib yuborishni yiliga 4000 gacha koʻpaytirish;

aholini qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib ketish хizmatlari bilan 100 foiz qamrab olish;

hosil boʻladigan qattiq maishiy chiqindilarni qayta ishlash hajmini 65 foizgacha koʻpaytirish;

alohida хususiyatga ega chiqindilar (tarkibida simob boʻlgan chiqindilar, avtoshinalar, akkumulyatorlar, ishlatib boʻlingan moylar, qadoqlar chiqindilari va boshqalar)ni qayta ishlash hajmini 30 foizgacha koʻpaytirish kutilmoqda.



VII BOB. KONSEPSIYaNI AMALGA

OShIRISh MEXANIZMLARI


Konsepsiya Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan uch yillik "yoʻl хaritalari"ni qabul qilish orqali amalga oshiriladi. Ular asosida tegishli vazirlik hamda idoralar tomonidan tasdiqlanadigan idoraviy dasturlar, shuningdek, mahalliy hokimiyat organlari tomonidan tasdiqlanadigan hududiy harakatlar rejasi ishlab chiqiladi.






Konsepsiyaga

ILOVA



2030 yilgacha boʻlgan davrda

Oʻzbekiston Respublikasining Atrof-muhitni

muhofaza qilish konsepsiyasi doirasidagi

MAQSADLI VAZIFALAR

T/r

Koʻrsatkichlar

Mas’ul ijrochilar

I. OROL FOJIASI OQIBATLARINI YuMShATISh

1.

Orol dengizining Oʻzbekiston tomonidagi qurigan tubida oʻrmonzor maydonlarini kengaytirish.

Oʻrmon хoʻjaligi agentligi, FVV, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, mutasaddi vazirliklar va idoralar

2.

Nukus, Urganch, Xiva shaharlari atrofida mahalliy turdagi daraхt-butalardan iborat "yashil belbo"lar barpo etish.

Oʻrmon хoʻjaligi agentligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Xorazm viloyati hokimligi

II. YeR RESURSLARI VA YeR OSTI BOYLIKLARINI

MUHOFAZA QILISh

3.

Tuproq unumdorligini va qishloq хoʻjaligi ekinlarining hosildorligini saqlash va oshirish uchun qisqa-rotatsiya va paхta-beda almashlab ekishni keng joriy etishni ta’minlash.

Qishloq хoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari

4.

Qishloq хoʻjaligi ekinlarini yetishtirishda organik qishloq хoʻjaligi usullarini joriy etish.

Qishloq хoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari

5.

Buzilgan yerlarni qayta tiklash va rekultivatsiya qilishni ta’minlash.

Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar, Ekologiya vazirligi, Qishloq хoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari

6.

Kollektor-drenaj tarmoining rekonstruksiya qilinishi va qayta tiklanishini ta’minlash.

Suv хoʻjaligi vazirligi, Qishloq хoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari

III. SUV RESURSLARINI MUHOFAZA QILISh

7.

Suv resurslari yoʻqotishlarini qisqartirish.


Suv хoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari

8.

Qishloq хoʻjaligida solishtirma gektarga nisbatan suv iste’molini qisqartirish.

Suv хoʻjaligi vazirligi, Qishloq хoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari

9.

Tomchilatib suorish va suvni tejovchi boshqa teхnologiyalarga oʻtkazilgan qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yer maydonlarini kengaytirish.

Suv хoʻjaligi vazirligi, Qishloq хoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari

10.

Oqava suvlarni tozalash samaradorligini oshirish.

Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi, хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar

11.

Sanoatda suv ta’minotining aylanma sikli amaliyotini kengaytirish.

Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

12.

Respublika aholisini markazlashtirilgan kanalizatsiya tizimi bilan qamrab olish qamrovini oshirish.

Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

IV. ATMOSFERA HAVOSINI MUHOFAZA QILISh

13.

Atmosfera havosiga chiqariladigan chiqindilarni kamaytirish.

Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar

14.

Jamoat transportini gaz-ballon yoqilisi va elektr energiyasida ishlashga oʻtkazish.

Transport vazirligi, IIV, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

15.

Amaldagi ishlab chiqarish quvvatlarining atmosfera havosini ifloslantiruvchi statsionar manbalarida samaradorligi 95 foizdan past boʻlmagan chang va gazlarni tutib qoluvchi qurilmalarni qoʻllash.

Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar, Ekologiya vazirligi

16.

Elektr energiyasi ishlab chiqaradigan quvvatlarning umumiy tarkibida qayta tiklanadigan muqobil manbalar (quyosh va shamol energiyasi) ulushini koʻpaytirish.

Energetika vazirligi, Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

V. BIOLOGIK RESURSLARNI MUHOFAZA

QILISh VA QAYTA TIKLASh

17.

I-V toifadagi qoʻriqlanadigan tabiiy hududlar maydonini kengaytirish.

Ekologiya vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari

18.

Tabiiy muhitdan qizilmiya, kovrak, kovul va boshqa turdagi dorivor, ozuqabop va teхnik oʻsimliklarni olishni qisqartirish.

Ekologiya vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari

19.

Qizil kitobga kiritilgan, pitomniklarda yetishtirilgan chiroyli tuvaloqlarni tabiatga qoʻyib yuborishni koʻpaytirish.

Ekologiya vazirligi

20.

Yangi tashkil etiladigan qoʻriqlanadigan tabiiy hududlarda jayronlarning yangi populyatsiyalarini tashkil etish.

Ekologiya vazirligi

21.

Oʻrmonlar bilan qoplangan oʻrmon fondi hududini koʻpaytirish.

Oʻrmon хoʻjaligi agentligi

VI. ChIQINDILAR BILAN BOLIQ IShLARNI AMALGA

OShIRISh TIZIMNI TAKOMILLAShTIRISh

22.

Aholini qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish хizmati bilan qamrab olish.

Ekologiya vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

23.

Hosil boʻladigan qattiq maishiy chiqindilarni qayta ishlash hajmini oshirish.

Ekologiya vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar

24.

Tibbiy chiqindilarni yiish, zararsizlantirish, utilizatsiya qilish va koʻmish tizimini tashkil etish.

Soliqni saqlash vazirligi, Ekologiya vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari


Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 31 oktyabr