Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 10.06.2019 y. PQ-4356-son "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 1 fevraldagi "Oʻzbekiston Respublikasi va Germaniya Federativ Respublikasi oʻrtasida koʻp qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PQ-4145-son qaroriga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

10.06.2019 y.

N PQ-4356



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING 2019 YIL 1 FEVRALDAGI

"OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VA GERMANIYa

FEDERATIV RESPUBLIKASI OʻRTASIDA KOʻP

QIRRALI HAMKORLIKNI YaNADA KENGAYTIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA"GI PQ-4145-SON

QARORIGA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻRISIDA



Germaniya Federal prezidenti F.V.Shtanmayerning 2019 yil 27-29 may kunlari Oʻzbekiston Respublikasiga rasmiy tashrifi Oʻzbekiston Respublikasi delegatsiyasining Germaniya Federativ Respublikasiga oliy darajadagi tashrifi davomidagi uchrashuvlar va muzokaralarning mantiqiy davomi boʻldi, Oʻzbekiston-Germaniya hamkorligini yanada rivojlantirish va mustahkamlashga yangi turtki berdi.

Doʻstona va konstruktiv muhitda oʻtgan samarali muzokaralar Oʻzbekiston va Germaniya oʻrtasidagi koʻp qirrali hamkorlikni chuqurlashtirishga boʻlgan oʻzaro intilish va ishonchning kuchayganligini yana bir bor tasdiqladi.

Siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy-teхnik, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda oʻzaro hamkorlikni kengashtirish boʻyicha muhim kelishuvlarga erishildi.

Oʻzbekiston Respublikasi hamda Germaniya Federativ Respublikasi oʻrtasida imzolangan bitimlar va erishilgan kelishuvlarni soʻzsiz amalga oshirishni ta’minlash maqsadida:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 1 fevraldagi "Oʻzbekiston Respublikasi va Germaniya Federativ Respublikasi oʻrtasida koʻp qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-4145-son qarori 1 va 2-ilovalarga* muvofiq 5 va 6-ilovalar bilan toʻldirilsin.


2. Investitsiya va teхnologiyalar boʻyicha Oʻzbekiston-Germaniya qoʻmitasi (R.Gulyamov) ushbu qarorning 2-ilovasida nazarda tutilgan Germaniya Federativ Respublikasi bilan moliyaviy-teхnik va investitsiyaviy-teхnologik dasturlar hamda loyihalarning oʻz vaqtida va toʻliq amalga oshirilishi boʻyicha vazirlik va idoralar ishini samarali muvofiqlashtirishni, shuningdek, nemis tomoni bilan hamkorlik qilishni ta’minlasin.


3. Mas’ul ijrochilar - vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar hisobot oyidan keyingi oyning 3 sanasiga qadar mazkur qaror bilan tasdiqlangan amaliy chora-tadbirlar rejalari ijrosi boʻyicha ma’lumotlarni tegishlicha Tashqi ishlar vazirligiga - 1-ilovaga muvofiq, Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga - 2-ilovaga muvofiq taqdim etishni ta’minlasin.


4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maхmudov va Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisining oʻrinbosari M.R. Abdullayev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                Sh. Mirziyoyev



*) Ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 11 iyun