Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining 16.10.2019 y. 137-son "Metrologiya tekshiruvidan oʻtkazilishi lozim boʻlgan oʻlchov vositalari turkumlarining roʻyхatiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 07.11.2019 y. 3174-1-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

07.11.2019 y.

N 3174-1




OʻZBEKISTON STANDARTLAShTIRISh,

METROLOGIYa VA SERTIFIKATLAShTIRISh

AGENTLIGI BOSh DIREKTORINING

16.10.2019 y.

N 137


BUYRUI



Metrologiya tekshiruvidan oʻtkazilishi lozim

boʻlgan oʻlchov vositalari turkumlarining

roʻyхatiga oʻzgartirish kiritish toʻrisida



Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 20 avgustdagi 698-son "Yuridik va jismoniy shaхslarning elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik va issiq suvni hisobga olish uskunalarini (hisoblagichlarni) yechish, qiyoslashdan oʻtkazish va oʻrnatish boʻyicha davlat хizmatlari koʻrsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash toʻrisida"gi qaroriga muvofiq BUYuRAMAN:


1. Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining 2019 yil 12 iyuldagi 91-son buyrui (roʻyхat raqami 3174, 2019 yil 30 iyul) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019 y., 10/19/3174/3491-son) bilan tasdiqlangan Metrologiya tekshiruvidan oʻtkazilishi lozim boʻlgan oʻlchov vositalari turkumlarining roʻyхatiga ilovaga muvofiq oʻzgartirish kiritilsin.


2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Bosh direktor                                                               D. Sattarov






Buyruqqa

ILOVA



Metrologiya tekshiruvidan oʻtkazilishi lozim

boʻlgan oʻlchov vositalari turkumlarining

roʻyхatiga kiritilayotgan oʻzgartirishlar


1. Modda oqimi, sarfi, sathi, hajmi parametrlarini oʻlchov vositalari boʻlimi quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"Modda oqimi, sarfi, sathi, hajmi parametrlarini oʻlchov vositalari

73.

Oʻzgaruvchan bosim tushishi sarf oʻlchagichi


12 oy


74.

Sanoatda qoʻllash uchun suyuqlik va gazlar hajmiy va massaviy sarfining ultratovushli, elektromagnitli sarf oʻlchagichlari, oʻzgartirgichlari


24 oy


75.

Ultratovushli sanoatda qoʻllash uchun gazlar hajmiy va massaviy sarf oʻlchagichlari


48 oy


76.

Maishiy qoʻllanish uchun issiqlik energiyasi hajmi va miqdori sarfining hisoblagichlari, oʻzgartirgichlari


48 oy


77.

Rotametrlar


12 oy


78.

Barcha turdagi suyuqlik va gazlar uchun oʻlchagichlar va hisoblagichlarni qiyoslash qurilmalari


24 oy


79.

Standart toraytiruvchi qurilmalar yordamida suyuqlik va gazlarni hisobga olish uzellari


48 oy


80.

Neft va neft mahsulotlarini oʻlchov uchun avtomatlashtirilgan tizimlar va qurilmalar


12 oy


81.

Siqilgan gaz tarqatish oʻlchov kolonkalari


12 oy


82.

Suyuqliklar, gaz va issiqlik energiyasi hajmi va miqdorini oʻlchov komplekslari, korrektorlar, kontrollerlar


24 oy


83.

Yoqili va moy tarqatish kolonkalari


6 oy


84.

Suyultirilgan gaz tarqatish kolonkalari


6 oy


85.

Suyuq neft mahsulotlari uchun hisoblagichlar, sarf oʻlchagichlar


12 oy


86.

2000 ml gacha kichik siimdagi suyuqlik oʻlchagichlari*


12 oy


87.

2000 ml dan yuqori siimdagi suyuqlik oʻlchagichlari


12 oy


88.

Kritik mikrosoplalar


24 oy


89.

Gorizontal va vertikal silindrik rezervuarlar


60 oy


90.

Avtomobil sisternalari


12 oy


91.

Temir yoʻl sisternalari


60 oy


92.

Tor sanoat sohasidagi oʻlchov vositalari va uskunalari


12 oy


93.

dan gacha diapazonda hajmiy gaz sarfini oʻlchov vositalari


24 oy


94.

dan kg/s gacha diapazonda massaviy gaz sarfini oʻlchov vositalari


24 oy


95.

Suv oqimining tezligini oʻlchov vositalari


12 oy


96.

Havo oqimining tezligini oʻlchov vositalari


12 oy


97.

Sathni oʻlchov vositalari


12 oy


97-1.

Yuridik shaхslarning maishiy qoʻllash uchun suyuqlik va gazlar hajmiy sarfining hisoblagichlari


48 oy


97-2.

Jismoniy shaхslarning maishiy qoʻllash uchun suyuqlik

va gazlar hajmiy sarfining hisoblagichlari


96 oy

".

2. Oʻzgarmas va oʻzgaruvchan toklar elektr energiyasini oʻlchov vositalari boʻlimida:


a) 185 va 186-pozitsiyalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"

185.

Yuridik shaхslarning elektr energiyasini hisobga olish hisoblagichlari


48 oy


186.

Jismoniy shaхslarning elektr energiyasini hisobga olish hisoblagichlari


96 oy

";

b) 187-pozitsiya chiqarib tashlansin.

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 7 noyabr


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2019 yil 11 noyabr, 45-son, 857-modda