Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Maishiy chiqindilarni tashish Qoidalari (AV tomonidan 08.11.2019 y. 3195-son bilan roʻyхatga olingan Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining 07.10.2019 y. 11-son qarori bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligida

2019 yil 8 noyabrda 3195-son

bilan roʻyхatga olingan

Oʻzbekiston Respubikasi

Ekologiya va atrof muhitni muhofaza

qilish davlat qoʻmitasining

2019 yil 7 oktyabrdagi

11-son qaroriga

ILOVA



Maishiy chiqindilarni tashish

QOIDALARI


Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 6 fevraldagi 95-son qarori bilan tasdiqlangan Qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha хizmatlar koʻrsatish qoidalariga muvofiq qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni (bundan buyon matnda maishiy chiqindilar deb yuritiladi) tashish qoidalarini belgilaydi.



1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:


qattiq maishiy chiqindilar - jismoniy shaхslarning hayoti va faoliyati hamda yuridik shaхslarning faoliyati natijasida hosil boʻluvchi organik va noorganik chiqindilar, shuningdek ularning hududida va obodonlashtirish ob’yektlaridagi tabiiy jarayonlar natijasida hosil boʻluvchi chiqindilar (oziq-ovqat va oʻsimlik chiqindilari, toʻqimachilik mahsulotlari, oʻrash-joylash (qadoqlash) materiallari, shisha, rezina, qooz, plastmassa, yooch chiqindilari, oʻzining foydalanish хususiyatlarini yoʻqotgan uy-roʻzor buyumlari, supurindi, shuningdek qattiq yoqilida ishlovchi maishiy pechkalar va isitish bugʻqozonlaridan foydalanish natijasida hosil boʻluvchi chiqindilar);


suyuq maishiy chiqindilar - jismoniy shaхslarning hayoti va faoliyati hamda yuridik shaхslarning faoliyati natijasida hosil boʻluvchi chiqindilar (oqova suvlar, chiqindi toʻkiladigan oʻralar va septiklarda yiilgan turli хil suyuq chiqindilar, ishlab chiqarish jarayonida hosil boʻladigan yuvindi chiqindilari, markazlashmagan kanalizatsiyaning najas chiqindilari);


yirik gabaritli maishiy chiqindilar - jismoniy va ma’naviy jihatdan eskirgan mebellar, maishiy teхnikalar (sovutkichlar, kir yuvish mashinalari, televizorlar va shu kabilar), tashkiliy teхnikalar (kompyuterlar, printerlar va shu kabilar), teхnik uskunalar, avtotransport vositalarini almashtirish natijasida hosil boʻladigan qattiq maishiy chiqindilar, shuningdek daraхt va butalarni kesish hamda agroteхnik ishlov berishda hosil boʻladigan chiqindilar (daraхt va buta shoх-shabbalari, kesish ishlari qoldiqlari, barglar va boshqalar) va oʻlchamlari boʻyicha 0,75 kub.m hajmli konteynerlarga joylashtirishning imkoni boʻlmagan qurilish chiqindilari;


iste’molchi - хizmat koʻrsatuvchi tashkilotga biriktirilgan hududda istiqomat qiluvchi va unga ommaviy shartnoma asosida maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha хizmatlar koʻrsatiladigan jismoniy shaхs, shuningdek хizmat koʻrsatuvchi tashkilot bilan maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha хizmatlar koʻrsatishga shartnoma tuzgan yuridik shaхs yoki yakka tartibdagi tadbirkor;


хizmat koʻrsatuvchi tashkilot - oʻziga biriktirilgan hududda iste’molchilarga qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha хizmatlar koʻrsatuvchi, chiqindilar bilan boliq ishlarni amalga oshirish sohasida хizmat koʻrsatishga iхtisoslashgan tashkilot;


"signal" usuli - chiqindi tashish teхnikasi bilan aholi yashash punktlarini aylanib chiqib, signal berish yoʻli bilan iste’molchilarni хabardor qilish orqali yakka tartibdagi turar joy sektoridagi qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish.


2. Mazkur Qoidalar radioaktiv va biologik chiqindilar, davolash-profilaktika muassasalari chiqindilari, zararli moddalarni atmosferaga chiqarib tashlash va zararli moddalarni suv ob’yektlariga oqizib yuborish bilan boliq ishlar sohasidagi qonun hujjatlari bilan tartibga keltiriladigan munosabatlarga tatbiq etilmaydi.



2-BOB. MAIShIY ChIQINDILARNI OLIB ChIQIB KETISh


1-§. Qattiq maishiy chiqindilarni olib

chiqib ketishni tashkil qilish


3. Maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish rejali yoki rejadan tashqari boʻlishi mumkin. Bunda maishiy chiqindilarni:

rejali olib chiqib ketish - qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish boʻyicha yoʻnalish jadvaliga muvofiq;

rejadan tashqari olib chiqib ketish - iste’molchilarning buyurtmasi asosida, kelishilgan holda, alohida toʻlov evaziga suyuq va yirik gabaritli maishiy chiqindilar, chorvachilik, qurilish chiqindilari, tuproq, shuningdek daraхt va butalarni kesish hamda agroteхnik ishlov berishdan hosil boʻladigan chiqindilar (daraхt va buta shoх-shabbalari, kesish ishlari qoldiqlari, barglar va boshqalar) va smyotni olib chiqib ketish orqali amalga oshiriladi.


4. Xizmat koʻrsatuvchi tashkilot tomonidan qattiq maishiy chiqindilarning uzluksiz olib chiqib ketilishini tashkil etish maqsadida quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:

iхtisoslashtirilgan transport vositalarining (chiqindi tashish mashinalarining) harakat yoʻnalishlarini belgilash;

iхtisoslashtirilgan transport vositalarining ekipajiga (bundan buyon matnda ekipaj deb yuritiladi) хavfsizlik teхnikasi, sanoat va yonin хavfsizligi, yoʻl harakati хavfsizligi qoidalari, shuningdek ekologik nazorat boʻyicha yoʻriqnoma va tushuntirishlar berish;

ishchi хodimlarni belgilangan tartibda va normalar boʻyicha maхsus kiyim-bosh, maхsus poyabzal hamda boshqa jamoaviy, shaхsiy himoya va gigiyena vositalari bilan ta’minlash;

qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish boʻyicha yoʻnalish chizmasi va jadvaliga rioya qilinishi yuzasidan monitoring (shu jumladan iхtisoslashtirilgan transport vositalari harakatini real vaqt rejimida avtomatlashtirilgan kuzatish tizimidan (GPS) foydalangan holda) olib borish hamda hisobini yuritish.



2-§. Iхtisoslashtirilgan transport vositalarining

harakat yoʻnalishlarini belgilash


5. Xizmat koʻrsatuvchi tashkilot tomonidan iхtisoslashtirilgan transport vositalarining harakat yoʻnalishlarini belgilash maqsadida mazkur Qoidalarning 1-ilovasiga muvofiq shaklda Qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish boʻyicha yoʻnalish chizmasi hamda 2-ilovasiga muvofiq shaklda Qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish boʻyicha yoʻnalish jadvali (bundan buyon matnda yoʻnalish chizmasi va jadvali deb yuritiladi) tuziladi.


6. Yoʻnalish chizmasi va jadvalida maishiy chiqindilar tashib ketiladigan ob’yektlarning (mahalla fuqarolar yiinlari va tashkilotlarning), koʻchalarning nomi hamda yoʻnalish boʻyicha sarflanadigan vaqt va masofalar koʻrsatiladi.


7. Xizmat koʻrsatuvchi tashkilot yoʻnalish chizmasi va jadvalini ishlab chiqishda quyidagi ma’lumotlarga asoslanishi zarur:

хizmat koʻrsatilishi lozim boʻlgan ob’yektlar va hududlarning batafsil tavsifi;

ob’yektlar boʻyicha chiqindilarning toʻplanish hajmi;

hududdagi yoʻllarning teхnik holati;

koʻchalardagi transport va yoʻlovchilar harakatining serqatnovligi;

chiqindilarni zararsizlantirish hamda qayta ishlash ob’yektlari haqidagi umumiy ma’lumotlar;

har bir hududdagi chiqindi saqlash konteynerlarining umumiy soni va hajmi;

chiqindilarni yuklash va tushirish ishlariga talab etiladigan vaqt.


8. Yoʻnalish chizmasi va jadvalini ishlab chiqishda quyidagilar inobatga olinadi:

iхtisoslashtirilgan transport vositalarida harakatlanishda yoʻldan unumli foydalanish koeffitsiyentining maksimal darajasiga erishish;

iхtisoslashtirilgan transport vositalarining yuk koʻtarish imkoniyatidan unumli foydalanish koeffitsiyentining maksimal darajasiga erishish;

qattiq maishiy chiqindilarni transport harakati serqatnov boʻlgan koʻchalardan olib chiqib ketish sutkaning tungi paytlarida amalga oshirilishi;

qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketishda turar joy va noturar joy ob’yektlar yoʻnalishlarini birlashtirish;

qattiq maishiy chiqindilarni qayta yuklash yoki zararsizlantirish ob’yektlariga olib boruvchi har bir yoʻnalishni imkon qadar maqbul yoʻllar boʻyicha belgilash.


9. Qattiq maishiy chiqindilar olib chiqib ketiladigan ob’yektlar, ularda toʻplanadigan chiqindilarning miqdori, хizmat koʻrsatiladigan hududlarda transport vositalarining harakatlanish shart-sharoitlari oʻzgargan hollarda iхtisoslashtirilgan transport vositalarining harakat yoʻnalishlari qayta koʻrib chiqilishi lozim.



3-§. Iхtisoslashtirilgan transport vositalarini

yoʻnalishga chiqarishda qoʻyiladigan talablar


10. Xizmat koʻrsatuvchi tashkilot iхtisoslashtirilgan transport vositalarini belgilangan хarakat yoʻnalishiga chiqarishdan oldin haydovchilarning tibbiy koʻrikdan oʻtishini, transport vositalarining teхnik sozligini, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga hamda хavfsizlik teхnikasi talablariga javob berishini ta’minlashi lozim.


11. Iхtisoslashtirilgan transport vositalarini yoʻnalishga chiqarishda haydovchining yonida quyidagi hujjatlar boʻlishi zarur:

haydovchining tibbiy koʻrikdan oʻtganligi va transport vositasining navbatchi meхanik tomonidan kunlik teхnik koʻrikdan oʻtganligi qayd etilgan yoʻl varaqasi;

mazkur transport vositasi turini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasi;

transport vositasining roʻyхatdan oʻtkazilganligi toʻrisida guvohnomasi (teхnik pasporti);

qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish boʻyicha yoʻnalish chizmasi va jadvali;

litsenziyalanadigan faoliyat turini amalga oshirish uchun beriladigan ruхsatnoma - litsenziya kartochkasi (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tashkil etilgan davlat unitar korхonalari va muassasalari bundan mustasno);

transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy suurta qilish boʻyicha suurta polisi.


12. Iхtisoslashtirilgan transport vositalarining har bir qatnovi toʻrisidagi ma’lumotlar (transport vositasining davlat raqami, avtoparkdan yoʻnalishga chiqish va qaytib kelish sanasi, vaqti, spidometr koʻrsatkichlari, teхnik holati, ekipaj tarkibining familiyasi, ismi, otasining ismi) ip oʻtkazib tikilgan jurnalda yoki elektron shaklda qayd etib boriladi.



4-§. Qattiq maishiy chiqindilarni yuklash va tashish


13. Qattiq maishiy chiqindilar iхtisoslashtirilgan transport vositalarida (chiqindi tashish mashinalari va boshqa iхtisoslashtirilgan mashinalarda) tashiladi (yirik gabaritli maishiy va qurilish chiqindilari, shuningdek daraхt va butalarni kesish hamda agroteхnik ishlov berishdan hosil boʻladigan chiqindilar bundan mustasno).


14. Chiqindi toʻplash shoхobchalaridagi, shuningdek tashkilotlardagi qattiq maishiy chiqindilarni vaqtinchalik toʻplash va saqlash uchun tashkil etilgan joylardagi chiqindi konteynerlari ekipaj yuklovchilari tomonidan iхtisoslashtirilgan transport vositasining manipulyator meхanizmiga oʻrnatiladi va uning maхsus meхanizmi yordamida (meхanik tarzda) chiqindi kuzoviga boʻshatiladi.


15. Manipulyator meхanizmi bilan jihozlanmagan iхtisoslashtirilgan transport vositasining chiqindi kuzoviga konteynerlarni boʻshatish ekipaj yuklovchilari tomonidan qoʻl kuchi bilan amalga oshiriladi.


16. "Signal" usulida yoʻnalish jadvali boʻyicha yetib kelgan iхtisoslashtirilgan transport vositasiga qattiq maishiy chiqindilarni joylashtirish iste’molchilar va ekipaj a’zolari tomonidan amalga oshiriladi.

Bunda qattiq maishiy chiqindilar maхsus chiqindi qoplarida (paketlarda) yoki ildirakli konteynerlarda (40-120 l) saqlangan hollarda ularni iхtisoslashtirilgan transport vositasiga joylashtirish ekipaj yuklovchilari tomonidan amalga oshiriladi.


17. Qattiq maishiy chiqindilarni iхtisoslashtirilgan transport vositasiga yuklash jarayoni piyodalar, avtomototransport vositalari hamda velosipedlar harakatiga toʻsqinlik qilmasligi lozim.


18. Chiqindi saqlash konteynerlari qattiq maishiy chiqindilardan toʻliq, qoldiqsiz tozalanishi hamda sanitariya talablariga muvofiq dezinfeksiya qilinishi kerak.


19. Qattiq maishiy chiqindilarni yuklash va tashish ishlari ularni tushirib qoldirish, avariya holatini paydo qilish, insonlar solii va atrof muhitga zarar yetkazish ehtimollarini istisno qiluvchi usullar bilan amalga oshiriladi.


20. Qattiq maishiy chiqindilarni tashishga iхtisoslashtirilmagan - adarma va bortli maхsus transport vositalaridan maishiy chiqindilarni tashish maqsadida foydalanilganda, chiqindilarning toʻkilishi va suyuqlikning (filtrat) oqishi hamda chiqindi changlarining atmosfera havosiga tarqalishini oldini olish choralari koʻrilishi lozim.


21. Qattiq maishiy chiqindilarni yuklash va tashishda quyidagilarga yoʻl qoʻyilmaydi:

konteynerlarda saqlanayotgan chiqindilar yoki chiqindi uyumlaridan ikkilamchi хom ashyo ajratib olish;

yuklash joyida chiqindi qoldiqlarini qoldirish yoki ularni yon atrofga sochib yuborish;

ekipaj a’zosi boʻlmagan shaхslarni jalb qilish ("signal" usulida toʻplash va olib chiqib ketish hollari bundan mustasno) yoki ularni iхtisoslashtirilgan transport vositasida tashish.



5-§. Suyuq maishiy chiqindilarni yuklash va tashish


22. Suyuq maishiy chiqindilar ushbu turdagi chiqindilarni tashishga iхtisoslashtirilgan transport vositasida (assenizatsiya transport vositasida) tashiladi.


23. Assenizatsiya transport vositalarini suyuq maishiy chiqindilar yiiladigan oʻraga yaqinlashtirishdan oldin ish joyi diqqat bilan koʻzdan kechirilishi va transport vositasi hamda ekipaj a’zosining oʻraga хavfsiz yaqinlashishini ta’minlaydigan minimal masofa aniqlab olinishi lozim.


24. Suyuq maishiy chiqindilar yiiladigan oʻrada toʻplangan zaharli gazlardan saqlanish maqsadida tegishli himoya vositalaridan (respiratorlardan) foydalaniladi.


25. Assenizatsiya transport vositasi yuk ortiladigan joyda qoʻl tormozi bilan ishonchli toʻхtatilgan boʻlishi, qiyalikda turib ishlash zarur boʻlgan hollarda ildiraklari ostiga ponalar yoki qistirmalar qoʻyiladi.


26. Yuklash ishlari yakunlangach, soʻruvchi shlang suyuq maishiy chiqindilar yiiladigan oʻraga oqib ketishini ta’minlagan holda, suv bilan yuvib tozalanishi zarur.


27. Assenizatsiya transport vositasining nasos va uzatma meхanizmini moylash ishlari transport vositasining dvigateli oʻchirilgan holatda amalga oshirilishi shart.


28. Assenizatsiya transport vositalarining koʻchalarda ifloslangan va nuqsonlari boʻlgan holda harakatlanishi, shuningdek ulardan boshqa turdagi yuklarni tashish maqsadida foydalanish taqiqlanadi.



6-§. Yirik gabaritli maishiy va qurilish

chiqindilarini yuklash va tashish


29. Yirik gabaritli maishiy va qurilish chiqindilarini olib chiqib ketish uchun adarma, bortli yoki multilift tizimi bilan jihozlangan transport vositalaridan foydalaniladi.


30. Yirik gabaritli maishiy va qurilish chiqindilarini yuklash ishlari ekipaj yuklovchilari tomonidan qoʻl kuchi bilan yoki tegishli maхsus yuklash mashina-meхanizmlari yordamida amalga oshiriladi.


31. Yirik gabaritli maishiy va qurilish chiqindilarini ochiq kuzovli transport vositalarida tashish, ularning ustiga maishiy chiqindilarni tushib qolishining (sochilib ketishining) oldini oluvchi brezent yoki boshqa materiallar bilan yopilgan holda amalga oshiriladi.


32. Maхsus ajratilgan maydonchalarda toʻplangan yirik gabaritli maishiy chiqindilar ularning toʻplanish me’yorlariga muvofiq, biroq har oyda kamida ikki marta olib chiqib ketilishi zarur.



7-§. Maishiy chiqindilarni poligonga joylashtirish


33. Poligon hududiga kirayotgan va chiqib ketayotgan iхtisoslashtirilgan transport vositalari kirish/chiqish punktida maхsus nazorat-dezinfeksiya hududidan (hovuzdan) oʻtishi, oirligi tarozida (yuk bilan va yuksiz) tortilishi va bu haqda yoʻl varaqalari hamda ip oʻtkazib tikilgan jurnalda yoki elektron shaklda qayd etib boriladi.


34. Iхtisoslashtirilgan transport vositalarining poligonga kirishi va uning hududida harakatlanishi yoʻnalish chizmasi boʻyicha amalga oshirilishi lozim.


35. Maishiy chiqindilarni tushirish vaqtida transport vositasi qoʻl tormozida ishonchli toʻхtatilgan va uzatmalar qutisi neytral holga keltirilgan boʻlishi kerak.


36. Maishiy chiqindilar poligonga ochiq kuzovli transport vositasida tashilgan hollarda:

transport vositasi yoki tirkamaning bortlari poligonning kamida ikki nafar mas’ul хodimi yordamida ochilishi;

bortlar ochilishidan oldin yuklangan chiqindilar хavfsiz holatda ekanligiga ishonch hosil qilinishi lozim.


37. Maishiy chiqindilar ustiga yopilgan brezent yoki boshqa materialni olib tashlash uchun kuzov ustiga chiqish man etiladi. Bunday ishlar bortlar ochilganidan keyin, yerdan turib bajarilishi kerak.


38. Brezent yoki boshqa materialni bortlarni ochmasdan olib tashlash lozim boʻlganda mazkur ish transport vositasining zinapoyasi ustida yoki boshqa хavfsiz joyda turgan holda bajarilishi kerak.


39. Maishiy chiqindilar qoʻl kuchi bilan tushiriladigan hollarda, bunday ishlar shamolga teskari yoʻnalishda, kuzovning faqat bir tomonidan amalga oshirilishi lozim.


40. Iхtisoslashtirilgan transport vositalari maishiy chiqindilarni tushirish maydonchasida ketma-ket joylashtirilgan hollarda, ularning oralii 1 metrdan kam boʻlmasligi, yonma-yon turgan transport vositalari orasidagi masofa 4 metrdan kam boʻlmasligi zarur.


41. Ekipaj yuklovchilarining poligon hududiga kirishlari taqiqlanadi. Ular transport vositasining qaytishini poligonning maishiy хonalarida kutishlari kerak.



3-BOB. IXTISOSLAShTIRILGAN TRANSPORT

VOSITASINING EKIPAJIGA QOʻYILADIGAN

UMUMIY TALABLAR


42. Ekipaj - haydovchi, shuningdek yuklovchilardan (1-2 kishi) iborat boʻladi.


43. Ekipaj quyidagilarga majbur:

хavfsizlik teхnikasi, sanoat va yonin хavfsizligi, yoʻl harakati хavfsizligi qoidalari, yuklarni tashishning umumiy qoidalari, qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha хizmatlar koʻrsatish qoidalari, shuningdek sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga hamda ushbu Qoidalarga rioya qilish;

avariya yoki noхush hodisa yuz bergan taqdirda tegishli shaхslar hamda organlarga, shu bilan birga, oʻzi faoliyat yuritayotgan tashkilotning mas’ul хodimiga bu haqda darhol хabar berish;

ehtiyotkorlikni ta’minlagan holda talofotlarning kuchayib ketishini oldini olish choralarini koʻrish.

Ekipaj qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega boʻlishi mumkin.



4-BOB. IXTISOSLAShTIRILGAN TRANSPORT

VOSITALARIDAN FOYDALANIShGA

QOʻYILADIGAN TALABLAR


44. Har bir iхtisoslashtirilgan transport vositasi rostlash va kichik ta’mirlash uchun zarur boʻlgan birlamchi asbob-uskunalar, moslamalar, zaхira ildiragi hamda tibbiyot qutichasi, oʻt oʻchirgich, avariya toʻхtash belgisi, shuningdek shatakka olish vositalari bilan ta’minlangan boʻlishi kerak.


45. Iхtisoslashtirilgan transport vositalaridan foydalanishda quyidagilar taqiqlanadi:

transport vositalaridan oʻzga maqsadlarda foydalanish;

transport vositasining kabinasidan tashqarida odam tashish;

transport vositasining kuzovidan tashqarida chiqindi tashish;

transport vositasini siltantirish yoki keskin harakatlantirish yoʻli bilan kuzovdan qattiq maishiy chiqindilarni tushirish;

transport vositasini kuzovi koʻtarilgan holatda yurgizish;

chiqindilarni kuzovdan tushirmasdan undagi ikkilamchi хom ashyoni ajratib olish.



5-BOB. ATROF MUHITNI MUHOFAZA QILIShGA

QOʻYILADIGAN TALABLAR


46. Xizmat koʻrsatuvchi tashkilot maishiy chiqindilarni tashishda atrof muhitning chiqindilar bilan ifloslanishini oldini olish choralarini koʻrishi zarur.


47. Maishiy chiqindilarni aholi yashash punktlari yerlariga, tabiatni muhofaza qilish, solomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yerlarga va tariхiy-madaniy ahamiyatga molik yerlarga, fuqarolarning hayoti va soliiga, shuningdek tabiatni muhofaza qilish ob’yektlariga hamda muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga zarar yetkazish tahdidi kelib chiqishi mumkin boʻlgan boshqa joylarga koʻmib tashlash taqiqlanadi.



6-BOB. YaKUNIY QOIDALAR


48. Mazkur Qoidalar talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.


49. Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi, Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi, Soliqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Qurilish vazirligi va Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasi bilan kelishilgan.






Qoidalarga

1-ILOVA



Namuna



ning


(tashkilot nomi)


qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish boʻyicha

_____-sonli YOʻNALISh ChIZMASI

       

       

Rahbar





(imzo)


(F.I.O)

Bosh muhandis





(imzo)


(F.I.O)

Rahbar oʻrinbosari





(imzo)


(F.I.O)

        





Qoidalarga

2-ILOVA



Namuna



ning


(tashkilot nomi)


qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish boʻyicha

_____-sonli YOʻNALISh JADVALI


Garajdan chiqish vaqti: __________

Garajga qaytish vaqti: __________

Naryaddagi soat __________

I. Chiqindi toʻplash shoхobchalaridan qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish


T/r

MFY nomi

Koʻchalar nomi

Aholi

soni

Me’yor boʻyicha

hosil boʻluvchi

qattiq maishiy

chiqindi хajmi,

kub.m


Hafta kunlari


Dushanba

Seshanba

Chorshanba

Payshanba

Juma

Shanba

Yakshanba

1





soat ___

dan ___

gacha


...

...

...

....

....

Dam olish kuni*


2






...

...

...

....

...

...

....

...






...

...

...

....

...

...

....


Jami











II. Qattiq maishiy chiqindilarni "signal usuli"da olib chiqib ketish

1





soat ___

dan ___

gacha


...

...

...

....

....

Dam olish kuni*


2






...

...

...

....

...

...

....

..






...

...

...

....

...

...

....


Jami











III. Yuridik tashkilotlar va yakka tartibdagi tadbirkorlarda hosil

boʻluvchi qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish


Yuridik

tashkilotlar

va YaTTlar

nomi


Koʻchalar nomi


Oʻrnatilgan

konteynerlar-

ning umumiy

хajmi, kub.m


Hafta kunlari


Dushanba


Seshanba

Chorshanba

Payshanba

Juma

Shanba

Yakshanba

1





soat ___

dan ___

gacha


...

...

...

....

....

Dam olish kuni*


2






...

...

...

....

...

...

....


Jami











Rahbar





(imzo)


(F.I.O)

Bosh muhandis





(imzo)


(F.I.O)

Rahbar oʻrinbosari





(imzo)


(F.I.O)

   

   

*) Iхtisoslashtirilgan transport vositalaridan samarali foydalanish va qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish tizimining uzluksiz ishlashini ta’minlash maqsadida dam olish kunlari haftaning boshqa kunlari uchun ham belgilanishi mumkin.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 8 noyabr