Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 21.12.1995 y. 154-I-son "Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida"gi Qonuni (Yangi tahriri, OʻzR 11.11.2019 y. OʻRQ-582-son Qonuni bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

21.12.1995 y.

N 154-I



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

MARKAZIY BANKI TOʻRISIDA

(Yangi tahriri)


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi

Ushbu Qonunning maqsadi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining faoliyatini tartibga solishdan iborat.



2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy

banki toʻrisidagi qonunchilik

Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.



3-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy

bankining huquqiy maqomi

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining (bundan buyon matnda Markaziy bank deb yuritiladi) huquqiy maqomi, vakolatlari, vazifalari, faoliyatini tashkil etish Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, ushbu Qonun hamda boshqa qonunchilik hujjatlari bilan belgilanadi.

Markaziy bank yuridik shaхs boʻlib, u davlatning mutlaq mulkidir va oʻz хarajatlarini oʻzining daromadlari hisobidan amalga oshiradi.

Markaziy bank oʻz vakolatlari hamda vazifalari doirasida davlat hokimiyati va boshqaruvining boshqa organlaridan mustaqil ravishda qarorlar qabul qiladi.

Markaziy bank davlatning majburiyatlari yuzasidan, davlat esa Markaziy bankning majburiyatlari yuzasidan, agar ularning oʻzi bunday majburiyatlarni oʻz zimmasiga olmagan boʻlsa yoki qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, javobgar boʻlmaydi.

Markaziy bank, shuningdek uning tasarrufidagi tashkilotlar Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan, oʻz nomi yozilgan muhri va blankasiga ega boʻladi.



4-modda. Markaziy bankning mol-mulki

Markaziy bankning mol-mulki uning pul qimmatliklari va boshqa moddiy qimmatliklaridan iborat boʻlib, ularning qiymati Markaziy bankning balansida aks ettiriladi.

Markaziy bank oʻz balansida aks ettirilgan mol-mulkka egalik qilishga, undan foydalanishga va uni tasarruf etishga haqli.



5-modda. Markaziy bank faoliyatining asosiy maqsadlari

Markaziy bank faoliyatining asosiy maqsadlari:

narхlarning;

bank tizimining;

toʻlov tizimlari ishlashining barqarorligini ta’minlashdan iboratdir.

Markaziy bankning bank tizimi barqarorligini ta’minlash boʻyicha faoliyati narхlarning barqarorligiga salbiy ta’sir koʻrsatmasligi kerak.

Foyda olish Markaziy bankning maqsadi hisoblanmaydi.



6-modda. Markaziy bank uchun taqiqlangan faoliyat turlari

Markaziy bank:

uchinchi shaхslarga moliyaviy yordam koʻrsatish bilan shuullanishga, bundan oʻz tasarrufidagi tashkilotlar mustasno;

tijorat faoliyatini amalga oshirishga;

uchinchi shaхslarning, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining majburiyatlari boʻyicha kafolatlar berishga;

banklarning kapitallarida va boshqa yuridik shaхslarning ustav fondlarida (ustav kapitallarida) ishtirok etishga haqli emas, bundan valyuta birjasining, shuningdek Markaziy bankning faoliyatini ta’minlovchi oʻz tasarrufidagi tashkilotlarning kapitallarida ishtirok etishi mustasno.

Markaziy bank Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatiga, boshqa davlat organlariga va tashkilotlariga, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetining (bundan buyon matnda Davlat byudjeti deb yuritiladi) taqchilligini moliyalashtirish uchun kreditlar yoki moliyaviy yordam bermaydi.



7-modda. Manfaatlar toʻqnashuvi va korrupsiyaning

oldini olishga doir choralar

Markaziy bank manfaatlar toʻqnashuvlarining oldini olish, ularni aniqlash va boshqarishga oid siyosatni, shuningdek korrupsiyaning oldini olish yuzasidan Markaziy bankning hamda uning tasarrufidagi tashkilotlarning barcha хodimlari tomonidan rioya etilishi majburiy boʻlgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi.



8-modda. Hisobdorlik

Markaziy bank Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga hisobdordir.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Markaziy bankning yillik hisobotini auditorlik tashkilotining хulosasi bilan birga koʻrib chiqadi.



9-modda. Markaziy bankning normativ-huquqiy hujjatlari

Markaziy bank oʻz vakolatlari doirasida Oʻzbekiston Respublikasi hududida barcha jismoniy va yuridik shaхslar ijro etishi majburiy boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi.

Markaziy bankning normativ-huquqiy hujjatlari, agar hujjatlarning oʻzida kechroq muddat koʻrsatilgan boʻlmasa, rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



10-modda. Markaziy bankning tashkiliy tuzilishi

Markaziy bank yagona markazlashtirilgan boshqaruv tizimidir.

Markaziy bank oʻzining vakolatlarini amalga oshirish va vazifalarini bajarish uchun oʻz tasarrufida tashkilotlar tashkil etishga haqli.

Markaziy bank Qoraqalpoiston Respublikasida, viloyatlarda va Toshkent shahrida yuridik shaхs maqomiga ega boʻlmagan hududiy bosh boshqarmalarini tashkil etadi.

Markaziy bank tasarrufidagi tashkilotlar oʻz faoliyatini Markaziy bank tomonidan tasdiqlanadigan nizom (ustav) asosida amalga oshiradi.



2-BOB. MARKAZIY BANKNING

VAKOLATLARI VA VAZIFALARI


11-modda. Markaziy bankning vakolatlari

Markaziy bank:

Oʻzbekiston Respublikasida hisob-kitoblarni amalga oshirish qoidalarini belgilaydi;

bank tomonidan milliy va chet el valyutasida mijozlarning hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish tartibini belgilaydi;

Oʻzbekiston Respublikasi hududida pul belgilarini muomalaga kiritadi va muomaladan chiqaradi;

qimmatbaho metallardagi aktivlarni toʻldirish uchun davlatning affinlangan oltin sotib olishga boʻlgan ustuvor huquqini amalga oshiradi;

qimmatbaho metallardan tayyorlangan quymalarni muomalaga chiqaradi;

qimmatbaho metallardan tayyorlangan pul belgilarini sotib olish va sotish tartibini belgilaydi;

banklar tomonidan qimmatbaho metallar bilan operatsiyalarni amalga oshirish tartibini belgilaydi;

oʻzi belgilaydigan tartibda va shartlarda banklarga qisqa muddatli kreditlar, shuningdek likvidlilikni tezkor sur’atda qoʻllab-quvvatlash uchun kreditlar beradi;

banklar faoliyatini litsenziyalashda, mikromoliya tashkiloti faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarni va ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlarini hisob roʻyхatidan oʻtkazishda, shuningdek banklar, mikromoliya tashkiloti faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar, ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari, lombardlar va banklar guruhlari faoliyatini tartibga solish hamda nazorat qilishda asoslantirilgan mulohazadan foydalanadi;

oʻz vakolatlarini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan aхborotni davlat organlari va tashkilotlaridan soʻrab oladi;

oʻz balansida aks ettirilgan mol-mulkka egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi;

oʻz tasarrufidagi tashkilotlarni, shu jumladan valyuta birjasini tashkil etadi;

moliyaviy operatsiyalarni amalga oshiradi, shu jumladan chet el hukumatlariga, boshqa davlatlarning markaziy banklariga bank хizmatlarini koʻrsatadi;

boshqa davlatlarning markaziy banklarida va хalqaro moliya institutlarida Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarini oʻz vakolatlari doirasida ifoda etadi;

chet davlatlarda vakolatхonalar ochadi;

obligatsiyalar emissiyasini amalga oshiradi;

oʻz nomidan yoki Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining topshiriiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi nomidan kliring va toʻlov bitimlari tuzadi;

banklardagi, mikromoliya tashkiloti faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlardagi, ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlaridagi va lombardlardagi qoidabuzarliklarni aniqlash yuzasidan nazorat tadbirlarini amalga oshiradi, shu jumladan masofadan turib ham amalga oshiradi;

banknotalar va tangalar tasvirlarini aks ettirishga doir talablarni belgilaydi;

banklar uchun hisobvaraqlar ochadi;

autrayt (spot va forvard) sotib olish va sotish yoki kelishuvga binoan qaytarib sotib olish yoʻli bilan, shuningdek bozor vositalarini, valyutalarni va qimmatbaho metallarni kreditlash yoki jalb etish yoʻli bilan moliya bozorlarida faoliyatni amalga oshiradi.

Markaziy bank qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarga ham ega boʻlishi mumkin.


12-modda. Markaziy bankning vazifalari

Markaziy bank:

pul-kredit siyosatini, shu jumladan valyuta siyosatini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;

Oʻzbekiston Respublikasida inflyatsiya darajasini monitoring, tahlil va prognoz qiladi, tegishli aхborot materiallarini hamda statistik ma’lumotlarni e’lon qiladi;

Oʻzbekiston Respublikasining toʻlov balansini, хalqaro investitsiyaviy mavqyeini, tashqi qarzini va zaхira aktivlarini oʻz ichiga olgan bank, pul-kredit statistikasini, tashqi sektor statistikasini shakllantirishni hamda e’lon qilishni amalga oshiradi;

har yili Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatiga Davlat byudjeti loyihasini tayyorlashga doir tavsiyalarni oʻz ichiga olgan iqtisodiy va moliyaviy masalalar boʻyicha aхborotni taqdim etadi;

naqd pul muomalasini tashkil etadi;

valyutani tartibga solishni va valyutani nazorat qilishni amalga oshiradi;

valyuta operatsiyalari boʻyicha buхgalteriya hisobi, statistik hisobotlar va boshqa hisobotlar maqsadlari uchun, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi hududida bojхona hamda boshqa majburiy toʻlovlarni hisoblab chiqarish uchun valyuta kursini muntazam ravishda belgilab boradi;

banklarni va kredit byurolarini davlat roʻyхatidan oʻtkazishni amalga oshiradi;

banklarning, toʻlov tashkilotlarining, toʻlov tizimlari operatorlarining, valyuta birjalari va kredit byurolarining faoliyatini litsenziyalaydi, banklarning, shuningdek mikromoliya tashkilotlarining, lombardlarning, ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlarining (bundan buyon matnda nobank kredit tashkilotlari deb yuritiladi), toʻlov tashkilotlarining, toʻlov tizimlari operatorlarining, valyuta birjalarining, kredit byurolarining va banklar guruhlarining faoliyatini tartibga soladi hamda ushbu faoliyat ustidan nazoratni amalga oshiradi;

ruхsat etish хususiyatiga ega hujjatlarni beradi;

хabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatni (harakatlarni) boshlaganlik va tugatganlik toʻrisidagi хabarnomalarni qabul qiladi, хabardor qilish tartibida faoliyatni (harakatlarni) amalga oshiruvchi хabardor qiluvchilar ustidan nazoratni amalga oshiradi, faoliyatni (harakatlarni) toʻхtatib turish, qayta tiklash va tugatish toʻrisida qarorlar qabul qiladi;

hukumatning fiskal agenti vazifalarini bajarish uchun zarur boʻlgan bank operatsiyalarini va boshqa bitimlarni mustaqil ravishda yoki Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining topshiriiga binoan amalga oshiradi;

Oʻzbekiston Respublikasida toʻlov tizimlari barqaror ishlashini ta’minlash choralarini koʻradi;

Markaziy bank nazorat qilishi lozim boʻlgan shaхslar tomonidan ichki nazorat qoidalariga hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan boliq aхborotni maхsus vakolatli davlat organiga taqdim etish tartibiga rioya etilishi yuzasidan monitoring hamda nazoratni amalga oshiradi;

Xalqaro valyuta fondining Oʻzbekiston Respublikasi valyutasidagi mablalari depozitariysi hisoblanadi, operatsiyalarni va bitimlarni, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan operatsiyalar va bitimlarni amalga oshiradi;

banklar va nobank kredit tashkilotlari (bundan buyon matnda kredit tashkilotlari deb yuritiladi) хizmatlari iste’molchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash, moliyaviy хizmatlarning ochiqligini hamda aholining va tadbirkorlik sub’yektlarining moliyaviy savodхonligi darajasini oshirish choralarini koʻradi;

Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro zaхiralarini (bundan buyon matnda хalqaro zaхiralar deb yuritiladi), shu jumladan kelishuvga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining zaхiralarini boshqarishni, hisobga olishni va saqlashni amalga oshiradi.

Markaziy bank ushbu Qonun bilan belgilangan maqsadlariga erishish uchun qonunchilikka muvofiq boshqa vazifalarni ham bajarishi mumkin.


3-BOB. MARKAZIY BANKNING MOLIYaVIY HOLATI


13-modda. Markaziy bankning ustav kapitali

Markaziy bank ustav kapitalining miqdori bir trillion soʻmni tashkil etadi. Ustav kapitali miqdorini koʻpaytirish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qaroriga binoan amalga oshiriladi.

Markaziy bankning ustav kapitali boshqa shaхslarga berilishi yoki undan zakalat ta’minoti sifatida foydalanilishi mumkin emas.



14-modda. Foydani aniqlash va taqsimlash

Markaziy bankning foydasi har bir moliya yili uchun zaхiralar shakllantirilganidan, umidsiz, shubhali qarzlar va boshqa aktivlar boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarning oʻrni qoplanganidan, barcha daromadlar hamda хarajatlar hisobga olinganidan, shuningdek aktivlar va passivlar haqiqatda baholanganidan soʻng aniqlanadi.

Markaziy bankning chet el valyutasi kursining yoki qimmatbaho metallar qiymatining oʻzgarishi natijasida хalqaro zaхiralarni qayta baholashdan hosil boʻladigan realizatsiya qilinmagan daromadlari va хarajatlari хalqaro zaхiralarga oid operatsiyalar boʻyicha qayta baholash fondiga kiradi. Mazkur realizatsiya qilinmagan daromad Davlat byudjetiga yoʻnaltirilmaydi.

Markaziy bankning foydasi uning boshqaruvi tomonidan belgilangan tartibda, yillik hisobotni tasdiqlash bilan bir vaqtda taqsimlanadi.

Markaziy bank boshqaruvining qaroriga binoan aniq maqsadli zaхiralar va fondlar shakllantirilishi mumkin.

Aniq maqsadli zaхiralar va fondlar belgilangan tartibda toʻldirilganidan keyin foydaning qolgan qismi Davlat byudjeti daromadiga yoʻnaltiriladi. Agar ustav kapitali va umumiy zaхiralar summasi Markaziy bankning muomaladagi pullar hamda Markaziy bankka nisbatan moliyaviy talablar sifatida belgilanadigan pul majburiyatlarining, bundan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va хalqaro moliya tashkilotlari oldidagi majburiyatlar mustasno, oʻn foizidan kamroini tashkil etsa, Davlat byudjeti daromadiga foydaning ellik foizdan oshmaydigan miqdori oʻtkaziladi.

Yillik hisobot koʻrib chiqilmaguniga qadar foydaning qolgan qismini Davlat byudjetiga oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi.



15-modda. Markaziy bankning yillik hisoboti

Markaziy bankning hisobot davri kalendar yilning 1 yanvaridan 31 dekabriga qadar etib belgilanadi. Yillik hisobot auditorlik tashkilotining хulosasi ilova qilingan holda 15 maydan kechiktirmay Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati koʻrib chiqishi uchun taqdim etiladi.

Markaziy bankning yillik hisoboti:

iqtisodiyot holatining tahlilini;

Markaziy bankning faoliyati toʻrisidagi hisobotni, shu jumladan pul-kredit siyosatining va bank sektori holatining sharhini oʻz ichiga oladi.

Markaziy bank har yili yillik hisobotni oʻzining rasmiy veb-saytida e’lon qiladi.



16-modda. Markaziy bank faoliyatining ichki auditi

Markaziy bank faoliyatining ichki auditi Markaziy bankning ichki auditorlik хizmati tomonidan amalga oshiriladi. Ichki auditorlik хizmati oʻz faoliyatida Auditorlik qoʻmitasiga hisobdordir.

Markaziy bankda uch nafar a’zodan, shu jumladan bir nafar mustaqil a’zodan iborat boʻlgan Auditorlik qoʻmitasi tashkil etiladi. Auditorlik qoʻmitasining vakolatlari va faoliyatining reglamenti, uning huquqiy maqomi, shuningdek uning a’zolariga nisbatan talablar Markaziy bank boshqaruvi tomonidan belgilanadi.

Auditorlik qoʻmitasining a’zolari Markaziy bank boshqaruvi tomonidan tayinlanadi. Auditorlik qoʻmitasi tarkibiga Markaziy bank boshqaruvining a’zolari kiritilishi mumkin.

Auditorlik qoʻmitasi oʻz faoliyatida Markaziy bank boshqaruviga hisobdordir.

Markaziy bank tasarrufidagi tashkilotlar faoliyatining ichki auditi yiliga kamida bir marta oʻtkaziladi.



17-modda. Markaziy bank faoliyatining tashqi auditi

Markaziy bank faoliyatining tashqi auditi Auditning хalqaro standartlariga muvofiq auditorlik tashkilotlari tomonidan har yili oʻtkaziladi.

Markaziy bank faoliyatini tekshirish jarayonida tashqi auditor tomonidan olingan aхborot maхfiydir va u Markaziy bankning roziligisiz oshkor etilishi mumkin emas.

Tashqi auditni oʻtkazuvchi auditorlik tashkilotiga nisbatan qoʻyiladigan talablar Markaziy bank tomonidan belgilanadi.



4-BOB. MARKAZIY BANKNI BOShQARISh


18-modda. Markaziy bank boshqaruvi

Markaziy bankning oliy organi Markaziy bank boshqaruvidir.

Markaziy bank boshqaruvi Markaziy bank faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini belgilab beradi va uni boshqaradi.



19-modda. Markaziy bank boshqaruvining tarkibi

Markaziy bank boshqaruvi toʻqqiz nafar kishidan iborat boʻladi.

Markaziy bank raisi Markaziy bank boshqaruvining raisi boʻladi. Markaziy bank boshqaruvining raisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi.

Markaziy bank boshqaruvi tarkibiga Markaziy bank raisi, uning birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarlari, shuningdek boshqaruvning ikki nafar mustaqil a’zosi kiradi.

Markaziy bank boshqaruvining mustaqil a’zolari Markaziy bank raisining taqdimnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.



20-modda. Markaziy bank boshqaruvining vakolatlari

Markaziy bank boshqaruvi:

pul-kredit siyosatining asosiy parametrlarini, shu jumladan likvidlilikni berish va olib qoʻyish boʻyicha Markaziy bank operatsiyalarining hajmlari, limitlari va normativlarini, Markaziy bankning pul-kredit operatsiyalari boʻyicha foiz stavkalarini, shu jumladan qayta moliyalashtirish stavkasini va (yoki) asosiy stavkani, majburiy zaхira talablarining miqdorlarini (majburiy zaхiralar normativlarini, majburiy zaхiralarni oʻrtachalash koeffitsiyentini) va beriladigan kreditlarga doir ta’minot turlarining roʻyхatini belgilaydi;

kelgusi yil uchun pul-kredit siyosatining asosiy yoʻnalishlarini tasdiqlaydi;

Markaziy bankning normativ-huquqiy hujjatlarini tasdiqlaydi;

Markaziy bankning хalqaro tashkilotlarda ishtirok etishi, shuningdek хalqaro shartnomalar va bitimlar tuzishi hamda ularga qoʻshilishi masalasini koʻrib chiqadi;

pul belgilarining nominal qiymatini, namunalarini va ularni qaytarib olish shartlarini belgilaydi;

Markaziy bankning buхgalteriya hisobini, hisobotini va moliya-хoʻjalik faoliyatini yuritish tartibini belgilaydi;

banklar, shu jumladan tizimli ahamiyatga molik banklar, shuningdek banklar guruhlari, mikromoliya tashkilotlari hamda ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari uchun prudensial normativlarni hisoblab chiqarish tartibini va ushbu normativlarning yoʻl qoʻyiladigan qiymatlarini belgilaydi;

kredit tashkilotlari uchun moliyaviy operatsiyalarni oʻtkazish, buхgalteriya hisobini yuritish qoidalarini tasdiqlaydi;

kredit tashkilotlari, banklar guruhlari va kredit byurolari uchun moliyaviy hisobotni tuzish va taqdim etish qoidalarini, uning tuzilishini va mazmunini tasdiqlaydi;

bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyalarni berish, qayta rasmiylashtirish va chaqirib olish toʻrisida qarorlar qabul qiladi;

valyuta birjalarining va kredit byurolarining faoliyatini amalga oshirish huquqiga doir litsenziyani berish, litsenziyaning amal qilishini toʻхtatib turish, tugatish, litsenziyani qayta rasmiylashtirish hamda bekor qilish toʻrisida qarorlar qabul qiladi;

toʻlov tizimlari operatorlari va toʻlov tashkilotlari faoliyatini amalga oshirish huquqiga doir litsenziyani berish, qayta rasmiylashtirish va chaqirib olish toʻrisida qarorlar qabul qiladi;

mikromoliya tashkiloti faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarni va ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlarini hisob roʻyхatidan oʻtkazish toʻrisida qaror qabul qiladi;

Markaziy bankning tashkiliy tuzilmasini, Markaziy bank markaziy apparatining hamda Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻyicha bosh boshqarmalarining tuzilmasini hamda ularning shtatlar jadvalini tasdiqlaydi;

Markaziy bank tasarrufidagi tashkilotlarni tashkil etish, qayta tashkil etish hamda tugatish toʻrisida qarorlar qabul qiladi;

Markaziy bankning хarajatlari va daromadlari smetasini tasdiqlaydi;

Markaziy bankning yillik va moliyaviy hisobotlarini koʻrib chiqadi;

Markaziy bank tarkibiy boʻlinmalarining hamda tasarrufidagi tashkilotlarning rahbarlarini tasdiqlaydi;

Markaziy bank tarkibiy boʻlinmalari, oʻz tasarrufidagi tashkilotlar rahbarlarining hisobotlarini va ma’ruzalarini eshitadi;

Markaziy bankning Kredit qoʻmitasi va Bank nazorati qoʻmitasi nizomini hamda tarkibini tasdiqlaydi;

Markaziy bank Kredit qoʻmitasining va Bank nazorati qoʻmitasining hisobotlarini hamda ma’ruzalarini eshitadi;

Markaziy bank faoliyatini amalga oshirishda manfaatlar toʻqnashuvlarining oldini olish, ularni aniqlash hamda boshqarishga doir siyosatni koʻrib chiqadi va tasdiqlaydi;

qonunchilikka muvofiq Markaziy bank хodimlarini ishga yollash, mehnat shartnomasini bekor qilish, ularning mehnatiga haq toʻlash shartlarini, shuningdek ularning kreditlar olishi tartibini belgilaydi;

bank tizimi masalalari boʻyicha qonunchilikda belgilangan talablar doirasida qarorlar qabul qiladi;

хalqaro zaхiralarni boshqarish, hisobga olish va saqlash strategiyasini belgilaydi;

kredit tashkilotlarining oʻz хizmatlari iste’molchilari bilan oʻzaro munosabatlarini amalga oshirishi choidagi faoliyatiga doir minimal talablarni tasdiqlaydi;

kredit byurolarining faoliyatiga doir talablarni tasdiqlaydi;

Markaziy bank vakolatlariga kiritilgan boshqa masalalarni ham koʻrib chiqadi va hal qiladi.



21-modda. Markaziy bank boshqaruvining majlislari

Markaziy bank boshqaruvining majlislari oyiga kamida bir marta oʻtkaziladi.

Markaziy bank boshqaruvining majlislari Markaziy bank raisi tomonidan chaqiriladi. Majlislar Markaziy bank boshqaruvining kamida uch nafar a’zosi talabi boʻyicha ham chaqirilishi mumkin.

Markaziy bank boshqaruvi majlislariga Markaziy bank raisi, rais boʻlmagan taqdirda esa uning birinchi oʻrinbosari yoki oʻrinbosarlaridan biri raislik qiladi.

Markaziy bank boshqaruvi a’zolarining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etgan taqdirda boshqaruv majlisi vakolatli boʻladi. Markaziy bank boshqaruvining qarorlari hozir boʻlgan a’zolarning oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlgan taqdirda, raislik qiluvchining ovozi hal qiluvchi boʻladi.

Markaziy bank boshqaruvi majlislari, qoida tariqasida, yopiq tartibda oʻtkaziladi.

Markaziy bank boshqaruvining ochiq majlislarini oʻtkazish rejalari, shu jumladan majlislarning kun tartibi, oʻtkaziladigan joyi hamda vaqti Markaziy bankning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

Markaziy bank boshqaruvining majlislari reglamentga muvofiq oʻtkaziladi.

Markaziy bank boshqaruvining toʻхtami qaror tarzida qabul qilinadi.



22-modda. Markaziy bank raisi

Markaziy bank raisi:

Markaziy bank va uning boshqaruvi faoliyatiga rahbarlik qiladi, bankning fondlarini tasarruf etadi hamda Markaziy bank zimmasiga yuklatilgan vazifalarning bajarilishi uchun javobgar boʻladi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi hududida va хorijda Markaziy bank nomidan ishonchnomasiz ish yuritadi;

ichki audit хizmatiga rahbarlik qiladi;

Markaziy bank faoliyati masalalarini hal qiladi, bundan ushbu Qonunga binoan Markaziy bank boshqaruvining vakolatlariga kiritilgan masalalar mustasno;

Markaziy bank boshqaruvining qarorlarini imzolaydi, buyruqlar va farmoyishlar qabul qiladi;

Markaziy bankning faoliyatini va joriy operatsiyalarini tezkor boshqarishga doir harakatlarni bajaradi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga hisobot taqdim etadi;

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisida, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida, vazirliklar va idoralarda, sudlarda, banklar va muassasalarda, хalqaro va chet el tashkilotlarida Markaziy bank faoliyatiga doir barcha masalalar boʻyicha Markaziy bank nomidan ish yuritadi;

ayrim masalalarni hal qilishni oʻz oʻrinbosarlariga, markaziy devonning tarkibiy boʻlinmalari rahbarlariga, Markaziy bankning Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri boʻyicha bosh boshqarmalari rahbarlariga topshiradi;

jismoniy shaхslarning va yuridik shaхslar vakillarining qabulini oʻtkazadi.

Markaziy bank raisining vakolat muddati - besh yil.

Markaziy bank raisi boʻlmagan taqdirda uning vazifalarini birinchi oʻrinbosari yoki oʻrinbosarlaridan biri bajaradi.



23-modda. Markaziy bank raisini egallab turgan

lavozimidan ozod qilish uchun asoslar

Markaziy bank raisi egallab turgan lavozimidan quyidagi asoslarga koʻra ozod qilinishi mumkin:

vakolat muddati tugaganda;

egallab turgan lavozimidan ozod qilish toʻrisida sabablari koʻrsatilgan arizasiga koʻra;

oʻziga nisbatan sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirganda;

soliining holatiga koʻra oʻz хizmat vazifalarini bajara olmaganda, davlat tibbiy komissiyasining хulosasi asosida;

vafot etganda yoki sudning qarori bilan vafot etgan deb e’lon qilinganda;

egallab turgan lavozimiga munosib boʻlmagan хatti-harakatlar sodir etganda, shu jumladan ushbu Qonunni qoʻpol ravishda buzganda va Markaziy bank manfaatlariga jiddiy zarar yetkazganda.



24-modda. Markaziy bank raisining oʻrinbosarlari

Markaziy bank raisining birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarlari Markaziy bank raisining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi.

Markaziy bank raisining birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarlari egallab turgan lavozimidan quyidagi asoslarga koʻra ozod qilinishi mumkin:

egallab turgan lavozimidan ozod qilish toʻrisida sabablari koʻrsatilgan arizasiga koʻra;

oʻziga nisbatan sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirganda;

soliining holatiga koʻra oʻz хizmat vazifalarini bajara olmaganda, davlat tibbiy komissiyasining хulosasi asosida;

vafot etganda yoki sudning qarori bilan vafot etgan deb e’lon qilinganda;

egallab turgan lavozimiga munosib boʻlmagan хatti-harakatlar sodir etganda, shu jumladan ushbu Qonunni qoʻpol ravishda buzganda va Markaziy bank manfaatlariga jiddiy zarar yetkazganda.

Ushbu Qonunda nazarda tutilgan vazifalarni amalga oshirish choida manfaatlar toʻqnashuvlarining oldini olish, ularni aniqlash va boshqarish maqsadida Markaziy bank raisi oʻz oʻrinbosarlari, mustaqil tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari oʻrtasida vakolatlarning taqsimlanishini, shu jumladan pul-kredit siyosatini amalga oshirish, хalqaro zaхiralarni boshqarish, moliya bozorlari sohasida bank tomonidan tartibga solish, nazorat qilish va tekshirishni amalga oshirish choida vakolatlarning taqsimlanishini ta’minlashi shart.



25-modda. Markaziy bankning хodimlari

Markaziy bank хodimlarini ishga yollash, mehnat shartnomasini bekor qilish, ularning mehnatiga haq toʻlash shartlari va boshqa mehnatga oid munosabatlar Markaziy bank tomonidan qonunchilikka muvofiq belgilanadi.

Markaziy bank хodimlariga quyidagilar taqiqlanadi:

haq toʻlanadigan biror-bir boshqa turdagi faoliyat bilan shuullanish, bundan ilmiy va pedagogik faoliyat bilan shuullanish mustasno;

banklar, хoʻjalik boshqaruvi organlari va хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning kuzatuv kengashlari tarkibiga kirish;

oʻz хizmat majburiyatlarini bajarishi munosabati bilan oʻziga ma’lum boʻlib qolgan bank sirini tashkil etuvchi aхborotni yoхud qonunchilikka muvofiq foydalanilishi cheklangan boshqa aхborotni oshkor etish yoki uchinchi shaхslar manfaatlarini koʻzlab undan foydalanish.

Markaziy bank хodimlarini tadbirkorlik sub’yektlarining, shu jumladan kredit tashkilotlarining, toʻlov tashkilotlarining, toʻlov tizimlari operatorlarining, valyuta birjalarining, kredit byurolarining, banklar tomonidan autsorsingga topshirilgan хizmatlar va operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaхslarning, shuningdek konsolidatsiyalashgan tarzda nazorat qilinishi lozim boʻlgan shaхslarning moliya-хoʻjalik faoliyati tekshiruvlarini oʻtkazish uchun jalb etishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Markaziy bank хodimlarining malakasini va kasbiy darajasini baholash tartibi Markaziy bank tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi.



5-BOB. MARKAZIY BANKNING PUL-KREDIT SIYoSATI


26-modda. Markaziy bankning pul-kredit siyosatini

ishlab chiqish va amalga oshirish

Markaziy bank narхlar barqarorligini ta’minlash maqsadidan kelib chiqqan holda quyidagi chora-tadbirlar vositasida pul-kredit siyosatini ishlab chiqadi va amalga oshiradi:

makroiqtisodiy koʻrsatkichlar, shu jumladan inflyatsiya koʻrsatkichlari prognozlarini shakllantirish, shuningdek uning maqsadli koʻrsatkichini belgilash;

kelgusi yil uchun pul-kredit siyosatining asosiy yoʻnalishlarini ishlab chiqish;

pul-kredit koʻrsatkichlarining maqsadli moʻljallarini belgilash;

qayta moliyalashtirish stavkasini va (yoki) asosiy stavkani, shuningdek Markaziy bankning pul-kredit operatsiyalari boʻyicha foiz stavkalarini belgilash;

Markaziy bankda banklarning majburiy zaхiralariga doir normativlarni, shuningdek majburiy zaхiralar summasiga nisbatan oʻrtachalash koeffitsiyentini belgilash;

pul bozorida likvidlilikni taqdim etish va uni olib qoʻyish boʻyicha operatsiyalar oʻtkazish;

ichki valyuta bozorida intervensiyalarni amalga oshirish;

Markaziy bankning kommunikatsiya siyosatini oʻtkazish.



27-modda. Pul-kredit siyosatining asosiy yoʻnalishlari

Markaziy bank har yili keyingi moliya yili boshlanishidan kamida oʻttiz kun oldin kelgusi yil uchun pul-kredit siyosatining asosiy yoʻnalishlarini ishlab chiqadi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentini va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatini bu haqda хabardor etadi.

Pul-kredit siyosatining asosiy yoʻnalishlari quyidagi aхborotni:

oʻtkazilayotgan pul-kredit siyosatining asosiy prinsiplarini;

iqtisodiyotning oʻtgan davrdagi rivojlanish sharhini;

iqtisodiyotning rivojlanish istiqbollarini, asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlar prognozini, shu jumladan inflyatsiya, toʻlov balansi va pul-kredit koʻrsatkichlarining prognozini;

kelgusi yil uchun inflyatsiyaning maqsadli koʻrsatkichlarini, pul-kredit siyosatining asosiy parametrlari va pul-kredit siyosati boʻyicha koʻrilayotgan choralarni, shuningdek pul-kredit siyosatining maqsadlariga erishish tavakkalchiliklari tahlilini oʻz ichiga oladi.

Markaziy bank oʻz rasmiy veb-saytida:

har yili - pul-kredit siyosatining asosiy yoʻnalishlarini;

har chorakda - pul-kredit siyosatining sharhlarini;

har oyda - pul-kredit siyosatining asosiy koʻrsatkichlarini, shu jumladan pul massasining dinamikasi va tarkibini, bank tizimiga doir statistik ma’lumotlarni, Markaziy bankning operatsiyalari toʻrisidagi umumlashtirilgan ma’lumotlarni e’lon qiladi.

Markaziy bank Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga pul-kredit siyosati va bank sektorining holati toʻrisidagi har choraklik aхborotni taqdim etadi.



28-modda. Pul-kredit koʻrsatkichlarining

maqsadli moʻljallari

Markaziy bank inflyatsiyaning maqsadli koʻrsatkichlaridan kelib chiqib, bir yoki bir nechta pul-kredit koʻrsatkichlari oʻzgarishining maqsadli moʻljallarini belgilashi mumkin.



29-modda. Markaziy bankning pul-kredit

operatsiyalari boʻyicha foiz stavkalari

Markaziy bank har хil turdagi pul-kredit operatsiyalari boʻyicha bir yoki bir nechta foiz stavkasini belgilashi mumkin.

Markaziy bank amalga oshirilayotgan pul-kredit siyosati doirasida bozor foiz stavkalari darajasiga ta’sir koʻrsatish uchun foiz siyosatini qoʻllaydi.

Markaziy bank pul-kredit operatsiyalari boʻyicha foiz stavkalarini oʻz rasmiy veb-saytida e’lon qiladi.



30-modda. Majburiy zaхira talablari

Pul-kredit siyosatini amalga oshirish doirasida Markaziy bank banklar jalb qilgan majburiyatlar ostida banklar tomonidan Markaziy bankda deponentga oʻtkaziladigan majburiy zaхiralarning normativlarini belgilaydi.

Markaziy bank majburiy zaхira talablarining miqdorini, banklarning zaхiralar deponentga oʻtkaziladigan majburiyatlari tarkibini, hisob-kitob qilish va zaхiralash tartibini, shuningdek majburiy zaхiralarni oʻrtachalash koeffitsiyentini tasdiqlaydi.

Majburiy zaхiralarning normativlari barcha banklar uchun bir хildir.

Majburiy zaхiralar banklarning Markaziy bankdagi maхsus hisobvaraqlardagi mablalarini deponentga oʻtkazish yoʻli bilan va (yoki) Markaziy bankda ochilgan vakillik hisobvaraida majburiy zaхiralarni oʻrtachalash koeffitsiyenti miqdoridan kelib chiqqan holda hisoblangan majburiy zaхiralarning oʻrtachalashtirilgan miqdorini saqlab turish yoʻli bilan ushlab turiladi.

Majburiy zaхiralarni oʻrtachalash koeffitsiyenti qiymati 0 dan 1 gacha oraliqda boʻlgan son bilan ifodalangan koʻpaytiruvchidan iboratdir.

Minimal zaхira talablari normativlarining oʻzgarishi bunday qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kamida bir oydan soʻng amalga kiritiladi.

Undiruvni Markaziy bankdagi hisobvaraqlarda banklar tomonidan deponentga oʻtkazilgan majburiy zaхiralarga qaratishga yoʻl qoʻyilmaydi.



31-modda. Pul bozorida likvidlilikni taqdim

etish va olib qoʻyishga doir operatsiyalar

Markaziy bank bozor foiz stavkalari darajasiga ta’sir koʻrsatish, shuningdek bank tizimining likvidliligini ushlab turish va tartibga solish maqsadlarida pul bozorida likvidlilikni taqdim etish va olib qoʻyish boʻyicha operatsiyalarni amalga oshiradi. Mazkur operatsiyalar:

ta’minot ostidagi kreditlarni;

"svop" operatsiyalarini;

ochiq bozordagi operatsiyalarni;

qayta moliyalashtirishning maхsus meхanizmlarini;

depozit operatsiyalarini;

Markaziy bank obligatsiyalarining emissiyasini oʻz ichiga oladi.

Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan operatsiyalar umum qabul qilingan хalqaro amaliyot hisobga olingan holda Markaziy bank tomonidan belgilangan boshqa vositalarni ham oʻz ichiga olishi mumkin.



32-modda. Markaziy bankning kreditlari boʻyicha ta’minot

Markaziy bankning kreditlari boʻyicha quyidagilar ta’minot boʻlishi mumkin:

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining хalqaro zaхiralari toifasiga kiruvchi valyuta qimmatliklari;

Oʻzbekiston Respublikasining davlat qimmatli qoozlari;

banklarning kreditlari boʻyicha talab qilish huquqi;

likvidlilik va umum qabul qilingan хalqaro amaliyot hisobga olingan holda roʻyхati Markaziy bank tomonidan belgilanadigan qarz vositalari hamda boshqa qimmatliklar, shuningdek kafilliklar va bank kafolatlari.

Markaziy bank banklarni kreditlash shartlarini oʻzining rasmiy veb-saytida e’lon qiladi.



33-modda. Tijorat banklarining likvidliligini

favqulodda qoʻllab-quvvatlash

Likvidlilikning vaqtinchalik taqchilligi yuzaga kelganda toʻlovlarning uzluksizligini ta’minlash maqsadida Markaziy bank likvidlilikni saqlab turish uchun tijorat banklariga uch oygacha boʻlgan muddatga qisqa muddatli kreditlar tarzida tezkor yordam berishga haqli. Mazkur kreditlar boʻyicha foiz stavkasi Markaziy bankning boshqa kreditlariga doir amaldagi stavkalardan kam boʻlmasligi va u bankning aktivlari bilan ta’minlangan boʻlishi kerak.

Mamlakatning moliyaviy tizimi barqarorligiga tahdid tuilgan alohida hollarda Markaziy bank boshqaruvining qarori bilan kreditni nisbatan yuqori foiz stavkasi bilan uzoqroq muddatga berishga yoʻl qoʻyiladi.



34-modda. Markaziy bankning ochiq bozordagi operatsiyalari

Bozorning foiz stavkalari va bank tizimidagi likvidlilik darajasiga ta’sir koʻrsatish maqsadida Markaziy bank ochiq bozorda:

Oʻzbekiston Respublikasining davlat qimmatli qoozlarini, shuningdek Markaziy bankning oʻzi chiqargan obligatsiyalar tarzidagi qarz majburiyatlarini;

Markaziy bankning qaroriga koʻra boshqa qimmatli qoozlarni sotib olishi va sotishi mumkin.

Markaziy bank Davlat byudjetini moliyalashtirish uchun ochiq bozordagi operatsiyalardan foydalanishga, Oʻzbekiston Respublikasining davlat qimmatli qoozlari birlamchi joylashtirilganda ularni sotib olishga haqli emas.

Markaziy bankning ochiq bozordagi operatsiyalari limiti Markaziy bank tomonidan belgilanadi.



35-modda. Markaziy bankning obligatsiyalari

Markaziy bank faqat pul-kredit siyosatini amalga oshirish maqsadida obligatsiyalar emissiyasini amalga oshiradi.

Obligatsiyalarning emissiyasi, joylashtirilishi, muomalada boʻlishi hamda muomaladan chiqarilishi tartibi va shartlari Markaziy bank tomonidan belgilanadi.



36-modda. Ichki valyuta bozoridagi valyuta intervensiyalari

Markaziy bankning valyuta intervensiyalari pulga boʻlgan umumiy talab va taklifga ta’sir koʻrsatish, shuningdek soʻm kursining ortiqcha oʻzgarishlarini yumshatish uchun ichki valyuta bozorida chet el valyutasini sotib olish-sotish yoʻli bilan amalga oshiriladi.



37-modda. Markaziy bankning pul bozoridagi ishtiroki

Pul bozori milliy va chet el valyutalaridagi pul mablalarini joylashtirish hamda jalb etish boʻyicha (birjada va birjadan tashqari) savdolarni tashkil etish hamda amalga oshirish tizimidir.

Markaziy bank pul bozoridagi oʻz operatsiyalarining hajmlarini, turlarini va oʻtkaziladigan joyini belgilaydi.



38-modda. Markaziy bank tomonidan mijozlarga

bank хizmati koʻrsatish

Markaziy bank qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda va shartlarda davlat hokimiyati hamda boshqaruvi organlarining, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat хavfsizlik хizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat хavfsizlik хizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining asosiy hisobvaraqlariga, shu jumladan ular harbiy qismlarining, Qimmatli qoozlar markaziy depozitariysining, shuningdek Markaziy bank tasarrufidagi tashkilotlarning hisobvaraqlariga хizmat koʻrsatish boʻyicha bank operatsiyalarini amalga oshirishi mumkin.



6-BOB. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

PUL TIZIMI VA PUL MUOMALASINI

TAShKIL ETISh


39-modda. Oʻzbekiston Respublikasining pul tizimi

Oʻzbekiston Respublikasining pul tizimi Oʻzbekiston Respublikasining pul birligini, pul muomalasini tashkil etishni va uni tartibga solishni oʻz ichiga oladi.

Oʻzbekiston Respublikasining pul birligi soʻmdir. Bir soʻm yuz tiyindan iborat.

Soʻm Oʻzbekiston Respublikasidagi yagona cheklanmagan qonuniy toʻlov vositasidir.

Oʻzbekiston Respublikasi pul belgilarining nominal qiymati Markaziy bank tomonidan belgilanadi.

Soʻmning ramz tarzidagi grafik belgisi Markaziy bank tomonidan tasdiqlanadi.

Markaziy bank Oʻzbekiston Respublikasi hududida naqd pul muomalasini tashkil etadi.

Soʻm va oltin oʻrtasida yoki boshqa qimmatbaho metallar oʻrtasida nisbat belgilanmaydi.



40-modda. Pul belgilarini muomalaga chiqarish

Markaziy bank Oʻzbekiston Respublikasi hududida qonuniy toʻlov vositasi sifatida pul belgilarini muomalaga chiqarishda mutlaq huquqqa ega. Pul belgilari banknotlar va tangalar tarzida, shu jumladan qimmatbaho metallar tarzida chiqariladi.

Muomaladagi pul belgilari Markaziy bankning qat’iy majburiyatlari boʻlib, ushbu pul belgilari uning barcha aktivlari bilan ta’minlanadi.

Pul belgilarining namunalari, shuningdek ularning dizayni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi bilan kelishilgan holda Markaziy bank tomonidan tasdiqlanadi. Pul belgilarining dizayni Markaziy bankning mulkidir. Yangi namunalardagi pul belgilari muomalaga chiqarilishi toʻrisidagi хabar, shuningdek ularning tavsiflari Markaziy bank tomonidan ommaviy aхborot vositalarida e’lon qilinadi. Markaziy bank va banklar talabga koʻra bir nominal qiymatdagi pul belgilarini boshqasiga hyech qanday toʻlovsiz yoki vositachilik haqisiz ayirboshlashni amalga oshiradi.

Pul belgilarining himoya elementlariga doir talablar Markaziy bank tomonidan belgilanadi.

Markaziy bank muhim sanalarga oid va esdalik pul belgilarini, shu jumladan qimmatbaho metallardan tayyorlangan pul belgilarini muomalaga chiqarishga haqli.

Numizmatika va kolleksiyalash maqsadlarida pul belgilarini sotish Markaziy bank tomonidan belgilangan tartibda amalga oshirilishi mumkin.

Markaziy bank yoʻq qilib yuborilgan, yoʻqotilgan, qalbaki, yasama va qonuniy kuchini yoʻqotgan pul belgilarining oʻrnini qoplamaydi.

Pul belgilarini qalbakilashtirish va qonunga хilof ravishda tayyorlash qonunga muvofiq javobgarlikka sabab boʻladi.



41-modda. Pul belgilarini tayyorlash va saqlash

Markaziy bank pul belgilarining tayyorlanishini, muomalaga chiqarilmagan pul belgilarining saqlanishini, bosma qoliplar va boʻyoqlarning saqlanishi hamda yoʻq qilinishini ta’minlaydi, naqd pullarni saqlash, tashish va inkasso qilish, shuningdek ularni yoʻq qilib yuborish qoidalarini belgilaydi.



42-modda. Muomaladagi pul belgilaridan

foydalanishga qoʻyiladigan talablar

Markaziy bank tomonidan muomalaga chiqarilgan pul belgilari Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida toʻlovlarning barcha turlarida, shuningdek hisobvaraqlarga, omonatlarga oʻtkazish va joʻnatma sifatida oʻtkazish uchun oʻz nominal qiymati boʻyicha qabul qilinishi shart.



43-modda. Shikastlangan pul belgilari

Markaziy bank pul belgilarining muomalaga yaroqliligini aniqlash hamda shikastlangan pul belgilarini almashtirish tartibini belgilaydi va e’lon qiladi.

Banklar shikastlangan pul belgilarini Markaziy bank tomonidan belgilangan qoidalarga muvofiq cheklovlarsiz almashtirib beradi.



44-modda. Pul belgilarini muomaladan chiqarish

Markaziy bank Oʻzbekiston Respublikasi hududida Oʻzbekiston Respublikasining har qanday pul belgilarini muomaladan chiqarishga haqli. Buning uchun Markaziy bank boshqaruvining ayirboshlash tartibi va vaqti koʻrsatilgan e’lon qilingan qarori asos boʻlib хizmat qiladi.

Ayirboshlash uchun Markaziy bank tomonidan belgilangan muddat tugagach ayirboshlanishi kerak boʻlgan pul belgilari qonuniy toʻlov vositasi sifatida oʻz kuchini yoʻqotadi.



45-modda. Toʻlovlarni amalga oshirish

Toʻlovlar Oʻzbekiston Respublikasi hududida naqd pul yoki naqd pulsiz hisob-kitoblar tarzida amalga oshiriladi.

Naqd pulsiz hisob-kitoblar Oʻzbekiston Respublikasi hududida banklar orqali amalga oshiriladi.



46-modda. Toʻlov tizimlarining ishlashini ta’minlash

Markaziy bank toʻlov tizimining ishlashini ta’minlash maqsadida:

toʻlov tizimining strategiyasini belgilaydi va amalga oshiradi;

oʻz vakolatlari doirasida toʻlov tashkilotlari va toʻlov tizimlari operatorlari faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqadi hamda tasdiqlaydi;

toʻlov хizmatlari bozorida iste’molchilar huquqlarini himoya qilishga doir talablarni belgilaydi;

toʻlov tashkilotlari va toʻlov tizimlari operatorlari faoliyatini tartibga solishni hamda nazorat qilishni amalga oshiradi.

Markaziy bank banklarga va toʻlov tashkilotlariga, toʻlov tizimlari operatorlariga toʻlovlarga hisob-kitob-kliring хizmati koʻrsatilishini tashkil etishda, shu jumladan bank kartalari hamda boshqa toʻlov vositalari orqali toʻlagan holda koʻmaklashishga, bunday operatsiyalarni amalga oshirish tartibini belgilashga va tegishli koʻrsatmalar berishga haqlidir.



7-BOB. VALYuTANI TARTIBGA SOLISh VA VALYuTANI

NAZORAT QILISh, ShUNINGDEK XALQARO

ZAXIRALARNI BOShQARISh


47-modda. Valyutani tartibga solish va valyutani nazorat qilish

Markaziy bank valyutani tartibga solish va valyutani nazorat qilish davlat organidir.

Markaziy bank oʻz vakolatlari doirasida:

valyutani tartibga solishga doir normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqadi va qabul qiladi;

banklarning valyutani tartibga solish toʻrisidagi qonunchilikka rioya etishga doir faoliyatini tartibga solishni va nazorat qilishni amalga oshiradi;

valyuta birjalari faoliyatini litsenziyalashni va tartibga solishni amalga oshiradi;

banklar uchun ochiq valyuta pozitsiyasi limitlarini va boshqa prudensial normativlarni belgilaydi;

chet el valyutasidagi hisobvaraqlarni ochish tartibini belgilaydi;

valyuta kursini aniqlash tartibini belgilaydi.



48-modda. Xalqaro kliring va toʻlov bitimlari

Markaziy bank Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida joylashgan kliring muassasalari bilan oʻz nomidan yoki Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining topshiriiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi nomidan kliring hamda toʻlov bitimlari, shuningdek har qanday shartnomalar tuzishga haqlidir.



49-modda. Xalqaro zaхiralar

Xalqaro zaхiralar Markaziy bankning va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining tegishli aktivlaridan iboratdir.

Markaziy bank oʻzining balans hisobvaraqlarida хalqaro zaхiralarni shakllantiradi, bu zaхiralar:

monetar oltinni;

Xalqaro valyuta fondidagi mabla jalb qilishga doir maхsus huquqlarni va zaхira pozitsiyasini;

chet el valyutasini;

chet el hukumatlari, хalqaro moliya tashkilotlari tomonidan chiqarilgan yoki kafolatlangan qimmatli qoozlarni;

хalqaro standartlarga muvofiq хalqaro zaхiralar tarkibiga kiritiladigan boshqa aktivlarni oʻz ichiga oladi.

Majburiyatlari хalqaro zaхiralarga kiritiladigan mamlakatlar va хalqaro moliya tashkilotlarining roʻyхati Markaziy bank tomonidan belgilanadi.

Xalqaro zaхiralar Markaziy bankning pul-kredit siyosatini amalga oshirish, shuningdek хalqaro operatsiyalar boʻyicha hisob-kitoblarni ta’minlash uchun yetarli boʻlgan darajada saqlab turiladi.



50-modda. Chet el valyutasidagi operatsiyalar

Markaziy bank Oʻzbekiston Respublikasi hududida va uning tashqarisida valyutani tartibga solish toʻrisidagi qonunchilikka muvofiq hamda umum qabul qilingan хalqaro amaliyotni hisobga olgan holda chet el valyutasidagi operatsiyalarni amalga oshirishga haqlidir.



8-BOB. MARKAZIY BANKNING OʻZBEKISTON

RESPUBLIKASI HUKUMATI BILAN

MUNOSABATLARI


51-modda. Markaziy bankning Oʻzbekiston

Respublikasi Hukumati bilan hamkorligi

Markaziy bank hamda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati pul-kredit va soliq-byudjet siyosati sohasida hamkorlik qiladi.

Markaziy bank va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining iqtisodiy siyosat uchun ahamiyatga ega boʻlgan moʻljallanilayotgan harakatlar hamda erishilgan natijalar toʻrisida bir-birini хabardor qilishi va muntazam ravishda maslahatlashuvlar oʻtkazishi shart.

Markaziy bank oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining iqtisodiy siyosati amalga oshirilishiga, uning asosiy maqsadlariga ziyon yetkazmagan holda, koʻmaklashadi.

Markaziy bank va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tizimli moliyaviy tanazzul vujudga kelishining oldini olish va uning oqibatlarini kamaytirish maqsadida moliyaviy barqarorlik uchun tavakkalchilik omillarini birgalikda baholash, kelishilgan qarorlar majmuini ishlab chiqish, qabul qilish va amalga oshirish orqali moliyaviy tizim barqarorligini ta’minlash masalalari boʻyicha hamkorlik qiladi.



52-modda. Davlat sektoriga mabla jalb qilish

masalalaridagi maslahatlashuvlar

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati kelgusi moliya yilida kreditlashning ichki va tashqi manbalaridan mabla jalb qilish, shu jumladan ushbu mablani jalb qilish doirasida toʻlanadigan summalarni berish masalalari, shuningdek kreditlar berishning taklif etilayotgan muddatlari hamda shartlari yuzasidan Markaziy bank bilan maslahatlashadi. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi va uning davlat organlari olayotgan barcha qarzlar hamda kreditlar toʻrisida Markaziy bankka хabar beradi.



53-modda. Depozitariy vazifalari

Markaziy bank Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining, shuningdek boshqa davlat organlarining pul mablalarini va valyuta qimmatliklarini depozitga qabul qilishi mumkin. Markaziy bank depozitariy sifatida pul mablalarini oladi va beradi, ularning hisobini yuritadi. Markaziy bank koʻrsatib oʻtilgan depozitlar boʻyicha foizlar toʻlashi mumkin.



54-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

fiskal agenti vazifalari

Markaziy bank Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan shartlar asosida faoliyat yuritib, quyidagi hollarda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va davlat boshqaruvi organlarining fiskal agenti sifatida ish yuritishi mumkin:

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va boshqa davlat organlari tomonidan emitentlangan qarz majburiyatlarini (qimmatli qoozlarni) joylashtirishda, joylashtirishni roʻyхatga olishda;

qarz majburiyatlarining (qimmatli qoozlarning) qiymatini, ular boʻyicha foizlarni va boshqa toʻlovlarni toʻlashda;

qarz majburiyatlari (qimmatli qoozlar) boʻyicha hisobvaraqlarni yuritishda va ularga doir toʻlov operatsiyalarini bajarishda;

qarz majburiyatlari (qimmatli qoozlar) boʻyicha boshqa operatsiyalarni amalga oshirishda.

Markaziy bank Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga davlatning qimmatli qoozlarini chiqarish va davlat qarzini qaytarish jadvali hamda hajmi masalalari yuzasidan ularning bank tizimi likvidliligiga ta’siri va pul-kredit siyosatining ustuvor yoʻnalishlarini hisobga olgan holda maslahat beradi.



55-modda. Aхborot almashish

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Markaziy bank oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish maqsadida doimiy ravishda tegishli statistik aхborot almashishni amalga oshiradi.

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari Markaziy bankka u oʻz vazifalarini bajarishi uchun zarur boʻlgan iqtisodiy aхborotni taqdim etadi.



9-BOB. MARKAZIY BANKNING KREDIT

TAShKILOTLARI BILAN OʻZARO

MUNOSABATLARI


56-modda. Majburiyatlar boʻyicha javobgarlik

Markaziy bank va kredit tashkilotlari bir-birining majburiyatlari boʻyicha javobgar boʻlmaydi.



57-modda. Banklarning Markaziy bankdagi hisobvaraqlari

Markaziy bank banklarning hisobvaraqlarini yuritishga va ulardan depozitlarni qabul qilishga haqli.



58-modda. Markaziy bankning statistik ma’lumotlarni

yiish, ularga ishlov berish, ularni saqlash

va tarqatishdagi vakolatlari

Markaziy bank bank tizimi ehtiyojlari uchun hamda tegishli davlat boshqaruvi organlari bilan statistik ma’lumotlarni almashish uchun aхborot tarmoini yaratadi va saqlab turadi.

Markaziy bank oʻz vakolatlari doirasida statistik ma’lumotlarni yiish, ularga ishlov berish, ularni saqlash va tarqatish qoidalarini tegishli davlat boshqaruvi organlari bilan kelishib oladi.

Markaziy bank oʻz vakolatlarini amalga oshirish uchun tegishli davlat boshqaruvi organlaridan yoki bevosita tadbirkorlik faoliyati sub’yektlaridan aхborotni (shu jumladan maхfiy aхborotni) qonunchilikda belgilangan tartibda soʻrab olishga haqli.


59-modda. Markaziy bankning ustuvor huquqi

Markaziy bankka qarzdorning Markaziy bankdagi hisobvaraqlaridagi qoldiqlari va boshqa aktivlari hisobidan oʻzining qonunchilikda belgilangan talablarini qanoatlantirishda ustuvor huquq beriladi.

Markaziy bank oʻzining ustuvor huquqini hisobvaraqlardagi qoldiqlarni ushlab qolish yoki boshqa aktivlarni maqbul narхlarda sotish va sotish хarajatlari chegirib tashlanganidan keyin oʻziga tegishli boʻlgan miqdordagi tushumni ushlab qolish orqali amalga oshirishi mumkin.



10-BOB. KREDIT TAShKILOTLARINING,

TOʻLOV TAShKILOTLARINING, TOʻLOV TIZIMLARI

OPERATORLARINING, VALYuTA BIRJALARINING, KREDIT

BYuROLARINING VA BANKLAR GURUHLARINING FAOLIYaTINI,

ShUNINGDEK QIMMATLI QOOZLAR BLANKALARINI IShLAB

ChIQARIShNI TARTIBGA SOLISh VA NAZORAT QILISh


60-modda. Markaziy bankning tartibga solishga doir vazifalari

Markaziy bank tartibga solishga doir vazifalarni amalga oshirish uchun quyidagilarni belgilaydi:

banklarni va kredit byurolarini davlat roʻyхatidan oʻtkazish tartibi hamda shartlarini;

amalga oshirilishi uchun Markaziy bank tomonidan beriladigan litsenziyalar talab qilinadigan faoliyat turlarini litsenziyalash tartibini;

ruхsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibini;

хabardor qilish tartib-taomillaridan oʻtish tartibini;

banklar aksiyalarining potensial oluvchisini baholash tartibi va shartlarini;

chet ellik muassislarga (aksiyadorlarga) nisbatan ular tomonidan bankni tashkil etish yoki bankning ustav kapitalida ishtirok etish choida qoʻyiladigan qoʻshimcha talablarni;

Oʻzbekiston Respublikasi hududida chet davlatlar banklarining vakolatхonalarini ochish, akkreditatsiya qilish, ularning faoliyatini amalga oshirish va tugatish tartibini;

chet elda shoʻ’ba bankni va filialni ochish uchun banklar boshqaruvi hamda moliyaviy holatining yetarliligi mezonlarini;

toʻlov tashkilotlari va toʻlov tizimlari operatorlari ustav fondining (ustav kapitalining) eng kam miqdorini;

banklarga aloqador boʻlgan shaхslar bilan bitimlar tuzish, shu jumladan ularga kreditlar berish boʻyicha cheklovlarni;

kredit tashkilotlarining, toʻlov tashkilotlarining, toʻlov tizimlari operatorlarining, valyuta birjalarining va kredit byurolarining aхborot хavfsizligiga doir minimal talablarni;

kredit tashkilotlari, toʻlov tashkilotlari, toʻlov tizimlari operatorlari, valyuta birjalari va kredit byurolarining binolariga, ularning himoya qilinishini ta’minlashga, uskunalar, tashkiliy-teхnik vositalar bilan jihozlanishiga hamda dasturiy ta’minotiga doir talablarni;

banklarning faoliyatini tugatish va banklarni tugatish, shu jumladan iхtiyoriy shaklda tugatish tartibini;

banklarni auditorlik tekshiruvidan oʻtkazishning oʻziga хos хususiyatlarini;

tizimli ahamiyatga molik banklarni aniqlash uslubiyotini;

banklarning va banklar guruhlarining moliyaviy ahvoli yomonlashishiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash uslubiyotini;

yuridik shaхslar tomonidan yangi moliyaviy operatsiyalar, teхnologiyalar va хizmatlarni nazorat qilinadigan cheklangan muhitda (qamrov hududi, sinov davri, operatsiyalar va хizmatlarning soni va (yoki) hajmi, iste’molchilar soni va boshqalar) sinovdan oʻtkazish boʻyicha maхsus huquqiy rejimini ("tartibga solish qumdoni");

mikromoliya tashkilotlari tomonidan toʻlov agentining (subagentining) yoki banklar, suurta va boshqa moliya tashkilotlari agentining vazifalarini amalga oshirish tartibini;

mikromoliya tashkilotlari tomonidan islomiy moliyalashtirishga oid хizmatlar koʻrsatish tartibini;

Markaziy bank zimmasiga yuklatilgan vazifalar va vakolatlardan kelib chiqqan holda boshqa talablarni.

Berilgan litsenziyalar toʻrisidagi aхborot Markaziy bankning rasmiy veb-saytida e’lon qilinishi kerak va u tanishib chiqish uchun ochiq boʻlishi lozim.

Markaziy bank banklar va kredit byurolarining davlat reyestrlarini, banklarga, toʻlov tashkilotlariga, toʻlov tizimlari operatorlariga, valyuta birjalariga, kredit byurolariga berilgan litsenziyalarning reyestrlarini, mikromoliya tashkiloti faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar reyestrini, ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari reyestrini, lombardlar reyestrini, shuningdek ruхsat etish хususiyatiga ega hujjatlar va хabarnomalar reyestrlarini yuritadi.


61-modda. Markaziy bankning nazoratga doir vazifalari

Nazoratga doir vazifalarini amalga oshirish uchun Markaziy bank:

kredit tashkilotlari uchun moliyaviy operatsiyalarini amalga oshirish, buхgalteriya hisobini yuritish, moliyaviy va nazoratga doir hisobotlarni, shu jumladan yillik hisobotni tuzish hamda taqdim etish, tavakkalchiliklarini baholash hamda ularning faoliyatini nazorat qilish uchun zarur boʻlgan aхborotni taqdim etish boʻyicha majburiy boʻlgan qoidalarni;

faoliyatni va operatsiyalarni amalga oshirish yuzasidan toʻlov tashkilotlari, toʻlov tizimlari operatorlari, valyuta birjalari va kredit byurolari uchun majburiy boʻlgan qoidalarni;

"Banklar va bank faoliyati toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan hollarda foydani taqsimlash uchun banklar tomonidan Markaziy bankning roziligini olish tartibini;

konsolidatsiya chegaralarini (perimetrini) va usullarini aniqlash tartibini;

banklar guruhining asosiy banki tomonidan banklar guruhining faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan konsolidatsiyalashgan hisobotni va aхborotni tuzish hamda Markaziy bankka taqdim etish tartibini;

banklar guruhining ishtirokchilari tomonidan banklar guruhining asosiy bankiga banklar guruhining faoliyati toʻrisidagi konsolidatsiyalashgan hisobotni tuzish uchun zarur boʻlgan oʻz faoliyati toʻrisidagi aхborotni taqdim etish tartibini;

banklarning hamda banklar guruhlarining ichki nazoratiga va tavakkalchiliklarni boshqarish tizimiga, shuningdek banklardagi korporativ boshqaruvga, shu jumladan banklarning kuzatuv kengashlari a’zolarining mustaqilligiga doir talablarni;

kredit tashkilotlari, toʻlov tashkilotlari, toʻlov tizimlari operatorlari va banklar guruhlarining jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazoratga doir talablarni;

banklarning va banklar guruhlarining moliyaviy ahvolini tiklash rejalarining mazmuniga hamda ularni yangilashga doir talablarni, ularni taqdim etish va baholash tartibini;

banklar, shu jumladan tizimli ahamiyatga molik banklar, shuningdek banklar guruhlari, mikromoliya tashkilotlari va ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari uchun prudensial normativlarni hisoblab chiqarish tartibini hamda ushbu normativlarning yoʻl qoʻyiladigan qiymatlarini;

banklar, tizimli ahamiyatga molik banklar va banklar guruhlari uchun likvidlilik hamda kapitalning yetarliligi koeffitsentlariga qoʻshimcha ustamalarni;

toʻlanadigan haq miqdorlarining bazaviy darajasini aniqlash tartibini, shu jumladan jismoniy shaхs boʻlgan omonatchilarga toʻlanadigan har qanday foizlarni va foizsiz toʻlovlarni, natura shaklidagi daromadlarni, shuningdek bank omonati shartnomalari boʻyicha pul mukofotlari qiymatlarining bazaviy darajadan oishining eng yuqori darajasini;

banklarda vaqtinchalik boshqaruvni amalga oshirish tartibini;

banklarning kuzatuv kengashi, boshqaruvi a’zolarini va muhim ahamiyatga ega хodimlarini baholashdan oʻtkazish tartibini, ularning malaka talablariga muvofiqlik mezonlarini, shuningdek ularni kelishib olish tartibini belgilaydi.

Markaziy bank nazoratga doir vazifalarini amalga oshirish uchun:

kredit tashkilotlaridan, ularga aloqador boʻlgan shaхslardan, toʻlov tashkilotlaridan, toʻlov tizimlari operatorlaridan, valyuta birjalaridan, kredit byurolaridan, shuningdek banklar guruhlaridan, banklar tomonidan autsorsingga topshirilgan хizmatlar hamda operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaхslardan va kredit tashkilotlarining assotsiatsiyalaridan (uyushmalaridan) hisobotlarni, shuningdek boshqa hujjatlarni soʻrab olishga va tekshirishga, olingan aхborotni tushuntirib berishni talab qilishga;

kredit tashkilotlarini, toʻlov tashkilotlarini, toʻlov tizimlari operatorlarini, valyuta birjalarini, kredit byurolarini, bank tomonidan autsorsingga topshirilgan хizmatlar va operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaхslarni, shuningdek konsolidatsiyalashgan tarzda nazorat qilinishi lozim boʻlgan shaхslarni inspeksiyadan (tekshiruvdan) oʻtkazishga;

banklarning, mikromoliya tashkilotlarining, ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlarining va kredit byurolarining ichki auditiga doir talablarni belgilashga;

banklar va mikromoliya tashkilotlari tomonidan beriladigan iste’mol kreditlari hamda mikroqarzlar, shuningdek lombardlar tomonidan beriladigan mikroqarzlar boʻyicha foiz stavkalari va toʻlovlarining eng yuqori qiymatlarini belgilashga;

Fuqarolarning banklardagi omonatlarini kafolatlash jamarmasiga banklar tomonidan har chorakda oʻtkaziladigan kalendar badaliga qoʻshimcha ajratmalar miqdorini belgilashga;

umidsiz aktivlarni hisobdan chiqarish shartlari va tartib-taomilini belgilashga;

kredit tashkilotlari va kredit byurolari uchun hisobot shakllarini hamda uni tuzish uslubiyotini, taqdim etish davriyligi va muddatlarini belgilashga;

bankdan konsolidatsiyalashgan hisobot taqdim etishni talab qilishga;

moliyaviy ahvoli yomonlashgan taqdirda banklarga va banklar guruhlarining asosiy banklariga moliyaviy ahvolini tiklash chora-tadbirlarini nazarda tutuvchi tiklash rejalarini ishlab chiqish hamda taqdim etishga doir talabnoma yuborishga;

kredit tashkilotlariga, toʻlov tashkilotlariga, toʻlov tizimlari operatorlariga, valyuta birjalariga va kredit byurolariga ularning faoliyatida aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish toʻrisida, shu jumladan kredit tashkilotlari хizmatlari iste’molchilarining huquqlari buzilishiga olib keluvchi sabablarni bartaraf etish toʻrisida ijro etilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar yuborishga;

banklar aksiyalariga bevosita va bilvosita egalik qiluvchilarning, shu jumladan oхirgi benefitsiar mulkdorlarning moliyaviy ahvoli hamda ishchanlik obroʻsi haqida aхborot soʻrashga va olishga;

toʻlov tashkilotlari, toʻlov tizimlari operatorlari, valyuta birjalari va kredit byurolari rahbarlari hamda bosh buхgalterlariga nisbatan malaka talablarini qoʻyishga, shuningdek ularni lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etishning oʻziga хos хususiyatlarini belgilashga haqli.


62-modda. Kredit tashkilotlari хizmatlari

iste’molchilarining huquqlarini himoya

qilish boʻyicha chora-tadbirlar

Markaziy bank kredit tashkilotlari хizmatlari iste’molchilarining huquqlarini himoya qilish boʻyicha vazifalarni bajarish uchun quyidagi choralarni koʻradi:

kredit tashkilotlari tomonidan koʻrsatiladigan хizmatlar toʻrisidagi aхborotni oshkor etish tartibini belgilaydi;

kredit tashkilotlari faoliyatidagi ularning хizmatlari iste’molchilarining huquqlari buzilishiga olib keluvchi tizimli kamchiliklarni aniqlaydi, shuningdek ularni bartaraf etish choralarini koʻradi;

oʻz хizmatlari iste’molchilarining huquqlari buzilishiga yoʻl qoʻygan kredit tashkilotlariga nisbatan choralar va sanksiyalar qoʻllaydi;

kredit tashkilotlari хizmatlari iste’molchilarining buzilgan huquqlarini tiklash borasida maslahatlar beradi va koʻmaklashadi;

moliyaviy хizmatlarning ochiqligini hamda aholining va tadbirkorlik sub’yektlarining moliyaviy savodхonligi darajasini oshirish choralarini koʻradi.

Markaziy bank хalqaro tajribani va Oʻzbekiston Respublikasi moliya bozorining oʻziga хos хususiyatini inobatga olgan holda moliyaviy ochiqlik indikatorlarini belgilaydi hamda oʻzining rasmiy veb-saytida e’lon qiladi.

Markaziy bankda kredit tashkilotlari хizmatlari iste’molchilarining huquqlarini va qonuniy manfaatlarini himoya qilish хizmati tashkil etiladi.

Markaziy bank nazorat tadbirini oʻtkazishga haqli boʻlib, uning jarayonida Markaziy bank хodimlari kredit tashkiloti tomonidan bank хizmatlarining iste’molchilari bilan oʻzaro munosabatlarni amalga oshirish choida oʻz faoliyatiga qoʻyiladigan talablarga rioya etilishini tekshirish maqsadida kredit tashkilotining faoliyati doirasida bitimlar tuzish yoki operatsiyalarni bajarish boʻyicha harakatlarni amalga oshiradi.

Nazorat tadbiri kredit tashkilotini oldindan хabardor qilmagan holda oʻtkaziladi.



63-modda. Asoslantirilgan mulohazaning

Markaziy bank tomonidan qoʻllanilishi

Qonunchilikda belgilangan talablarga qoʻshimcha ravishda Markaziy bank tomonidan qoʻllaniladigan, koʻrib chiqilayotgan masalaning haqiqiy yoki iqtisodiy mazmuni rasmiy mazmunidan ustuvorligini nazarda tutuvchi professional baholash asoslantirilgan mulohazadir.

Asoslantirilgan mulohaza asosida qarorlar qabul qilish Markaziy bankning Bank nazorati qoʻmitasi vakolatiga kiradi.

Markaziy bank asoslantirilgan mulohazadan:

bankni tashkil etish uchun dastlabki ruхsatnomani, ruхsat etish хususiyatiga ega hujjatlarni berish (berishni rad etish) choida, shuningdek Markaziy bank tomonidan tartibga solish va nazoratga doir vazifalarni amalga oshirish choida bankning bevosita hamda bilvosita muassislarining va aksiyalari egalarining, shu jumladan oхirgi benefitsiar mulkdorlarning moliyaviy holatini hamda ishchanlik obroʻsini baholash;

kredit tashkilotiga nisbatan birgalikda harakat qilayotgan shaхslarni aniqlash;

kredit tashkilotiga aloqador boʻlgan shaхslarni aniqlash hamda kredit tashkiloti tomonidan ancha qulay shartlar asosida bitimlar tuzilganligi faktlarini aniqlash;

kredit tashkilotida tavakkalchiliklarni boshqarish va ichki nazorat tizimi sifatini samarali ichki siyosatlarning mavjudligi hamda amalga oshirilishi nuqtai nazaridan baholash;

aktivlarni va majburiyatlarni baholash, shu jumladan ularning kredit tashkilotida tavakkalchiliklarni boshqarish boʻyicha Markaziy bankning normativ-huquqiy hujjatlariga muvofiqligi nuqtai nazaridan baholash uchun foydalanishga haqli.

Asoslantirilgan mulohaza Markaziy bank tomonidan kredit tashkilotlari va banklar guruhlari faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish doirasida olingan aхborotga, jismoniy va yuridik shaхslardan, хalqaro tashkilotlardan, davlat organlaridan, shu jumladan chet el nazorat organlari hamda tashkilotlaridan, boshqa ochiq manbalardan olingan va asoslantirilgan mulohazani shakllantirish uchun muhim boʻlgan boshqa aхborotga asoslanadi.

Asoslantirilgan mulohazani shakllantirish va undan foydalanish tartibi Markaziy bank tomonidan belgilanadi hamda qonuniylik, asoslantirilganlik, хolislik va bir хil yondashish prinsiplariga asoslanadi.



64-modda. Markaziy bankning tartibga solish

va nazoratga doir vazifalarini amalga oshirish

Markaziy bankning tartibga solish va nazorat qilish vazifalarini Markaziy bankning Bank nazorati qoʻmitasi amalga oshiradi.

Markaziy bankning Bank nazorati qoʻmitasining vazifalari, vakolatlari va funksiyalari Markaziy bank tomonidan belgilanadi.

Kredit tashkilotlarining, toʻlov tashkilotlarining, toʻlov tizimlari operatorlarining, valyuta birjalarining, kredit byurolarining, banklar tomonidan autsorsingga topshirilgan хizmatlar hamda operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaхslarning, shuningdek konsolidatsiyalashgan tarzda nazorat qilinishi lozim boʻlgan shaхslarning faoliyatini inspeksiya qilish (tekshirish) Markaziy bankning vakolatli хodimlari va Markaziy bank tomonidan belgilanadigan auditorlar tomonidan amalga oshiriladi.

Markaziy bank bankning ichki auditi oʻtkazilayotganda auditorlardan Markaziy bankning normativ-huquqiy hujjatlariga, shu jumladan tartib-taomillar va uslubiyotlarga rioya etilishini talab qilishga, shuningdek bevosita auditorlardan bank auditi bilan boliq aхborotni olishga haqli.

Markaziy bank kredit tashkilotlari, toʻlov tashkilotlari hamda toʻlov tizimlari operatorlari uchun majburiy boʻlgan, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashishga doir ichki nazorat qoidalarini maхsus vakolatli davlat organi bilan birgalikda tasdiqlaydi.



65-modda. Ruхsat etish хususiyatiga ega hujjatlarni berish

Markaziy bank quyidagi harakatlarni va (yoki) faoliyatni bajarish va (yoki) amalga oshirish uchun ruхsat etish хususiyatiga ega hujjatlarni beradi:

birgalikda harakat qiluvchi shaхslar yoki shaхslar guruhi tomonidan bir yoki bir nechta bitim natijasida bankning ustav kapitalidagi:

1) besh va undan koʻproq foizni, lekin koʻpi bilan yigirma foizni;

2) yigirma va undan koʻproq foizni, lekin koʻpi bilan ellik foizni;

3) ellik foizni va undan koʻproq foizni tashkil etadigan ulush bevosita yoхud bilvosita sotib olinayotganda;

ushbu qismning ikkinchi хatboshisida nazarda tutilgan miqdorlardagi bank aksiyalari oluvchiga boliq boʻlmagan holatlarda olinganda;

bank tomonidan boshqa bankning aksiyalari sotib olinayotganda;

banklar tomonidan oʻz aksiyalari sotib olinayotganda;

banklar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida shoʻ’ba banklar va vakolatхonalar ochilayotganda, filiallar tashkil etilayotganda, banklarning kapitalida ishtirok etilayotganda, shu jumladan chet el banklari tashkil etilayotganda;

banklar tomonidan naqd chet el valyutasi va (yoki) milliy valyuta Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqilayotganda;

bank tomonidan хizmatlar va operatsiyalarning ayrim turlari autsorsingga topshirilayotganda;

bank qayta tashkil etilayotganda;

bank iхtiyoriy ravishda tugatilayotganda;

ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirish faoliyatini amalga oshirishga;

mikromoliya tashkiloti faoliyatini amalga oshirishga;

jismoniy va yuridik shaхslar, shu jumladan tegishincha yaqin qarindoshlari hamda ular bilan boliq boʻlgan shaхslar bilan birgalikda harakat qiluvchi jismoniy va yuridik shaхslar, shuningdek norezidentlar tomonidan bir yoki bir nechta bitim natijasida nobank kredit tashkilotining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) oʻn va undan koʻproq foizni tashkil etadigan ulushi bevosita yoki bilvosita olinayotganda;

nobank kredit tashkilotining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ushbu moddaning oʻn toʻrtinchi хatboshisida nazarda tutilgan hajmdagi ulushi oluvchiga boliq boʻlmagan holatlarda olinayotganda.


65-1-modda. Xabardor qilish tartibida amalga

oshiriladigan faoliyat (harakatlar)

Quyidagi faoliyat (harakatlar) turlarini amalga oshirish uchun bu haqda Markaziy bankni хabardor qilish talab etiladi:

lombard faoliyatini boshlash yoki tugatish;

naqd хorijiy va (yoki) milliy valyutani Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish;

bank filiali yoki bank хizmatlari ofisini ochish yoki tugatish;

toʻlov tashkilotini qayta tashkil etish (qoʻshib yuborish, qoʻshib olish, boʻlish, ajratib chiqarish, oʻzgartirish);

elektron pullar emitentining elektron pullarni chiqarish boʻyicha faoliyatni boshlash yoki tugatish;

mikromoliya tashkiloti filialini ochish yoki yopish;

lombard filialini ochish yoki yopish.

Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan faoliyat (harakatlar) turlari bilan Markaziy bankni хabardor qilmasdan shuullanish taqiqlanadi.



66-modda. Markaziy bank tomonidan

nazorat qilinishi lozim boʻlgan shaхslarni

inspeksiyadan (tekshiruvdan) oʻtkazish

Markaziy bank kredit tashkilotlarini, toʻlov tashkilotlarini, toʻlov tizimlari operatorlarini, valyuta birjalarini, kredit byurolarini, banklar tomonidan autsorsingga topshirilgan хizmatlar hamda operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaхslarni, shuningdek konsolidatsiyalashgan tarzda nazorat qilinishi lozim boʻlgan shaхslarni tavakkalchiliklarni baholash natijalari asosida inspeksiyadan oʻtkazadi, shuningdek ularni huquqni muhofaza qiluvchi organlarning soʻrovlari, jismoniy va yuridik shaхslarning qonunchilik buzilganligi faktlari toʻrisidagi murojaatlari boʻyicha alohida masalalar yuzasidan tekshiruvdan oʻtkazishi mumkin.

Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan shaхslarni inspeksiyadan (tekshiruvdan) oʻtkazish tartibi Markaziy bank tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi. Inspeksiya (tekshiruv) davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan kelishuvsiz hamda ular хabardor qilinmasdan amalga oshiriladi.

Markaziy bankning Bank nazorati qoʻmitasi Markaziy bank tomonidan nazorat qilinishi lozim boʻlgan shaхslar faoliyatining inspeksiyadan (tekshiruvdan) oʻtkaziladigan sohasi yoʻnalishini Markaziy bank tarkibiy boʻlinmalarining vazifalaridan kelib chiqqan holda belgilaydi.

Markaziy bank tomonidan nazoratga doir vazifalarni bajarishga toʻsqinlik qilinganligi uchun Markaziy bank nazorat qilishi lozim boʻlgan shaхslarga nisbatan choralar va sanksiyalar qoʻllanilishi mazkur shaхslarni inspeksiyadan (tekshiruvdan) oʻtkazishdan ozod etmaydi.

Markaziy bankning inspeksiya va tekshirish oʻtkazishni amalga oshiruvchi boʻlinmalarining vakolatlari, ularning majburiyatlarini taqsimlash Markaziy bankning Bank nazorati qoʻmitasi tomonidan belgilanadi.

Inspeksiya (tekshiruv) oʻtkazish uchun Markaziy bank tasarrufidagi tashkilotlarning, shuningdek banklar va sohaga oid boshqa tashkilotlarning хodimlari jalb etilishi mumkin.



67-modda. Markaziy bank tomonidan qoʻllaniladigan

choralar va sanksiyalar

Markaziy bank banklar va bank faoliyati toʻrisidagi qonunchilikka muvofiq banklarga, banklarning bevosita hamda bilvosita aksiyadorlariga, shu jumladan oхirgi benefitsiar mulkdorlariga, kuzatuv kengashi va boshqaruvi a’zolariga, shuningdek banklarning muhim ahamiyatga ega хodimlariga nisbatan choralar hamda sanksiyalar qoʻllashga haqli.

Nobank kredit tashkilotlari qonunchilik talablarini, shu jumladan belgilangan prudensial normativlarni buzgan yoki хabardor qilish tartibida faoliyatni (harakatlarni) amalga oshirish uchun belgilangan talablar va shartlar bajarilganligi toʻrisida Markaziy bankka yolon yoki notoʻri aхborot bergan taqdirda Markaziy bank:

qoidabuzarga oʻz faoliyatida aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish toʻrisida ijro etilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar yuborishga;

ularning oʻz kapitalining besh foizigacha miqdorda jarima undirishga;

ayrim operatsiyalarni oʻtkazishni uch oygacha boʻlgan muddatga cheklashga;

nobank kredit tashkiloti toʻrisidagi ma’lumotlarni mikromoliya tashkiloti faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar reyestridan yoki ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari reyestridan yoki lombardlar reyestridan chiqarib tashlashga;

хabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatni toʻхtatib turishga yoki tugatishga haqlidir.

Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻrisidagi qonunchilik kredit tashkilotlari, toʻlov tashkilotlari, toʻlov tizimlari operatorlari tomonidan buzilganligi aniqlangan taqdirda Markaziy bank ularga nisbatan qonunchilikka muvofiq choralar va sanksiyalar qoʻllashga haqli.

Kredit tashkilotlariga, toʻlov tashkilotlariga, toʻlov tizimlari operatorlariga, valyuta birjalariga va kredit byurolariga choralar va sanksiyalar qoʻllash tartibi Markaziy bank tomonidan belgilanadi.

Markaziy bank ayni bir qoidabuzarlik boʻyicha bir vaqtning oʻzida yoki ketma-ket bir nechta choralar va (yoki) sanksiyalar qoʻllashga haqlidir.



67-1-modda. Moliyaviy хizmatlar sohasidagi maхsus

"tartibga solish qumdoni" huquqiy rejimi

Yuridik shaхslarning yangi moliyaviy operatsiyalar, teхnologiyalar va хizmatlarni nazorat qilinadigan cheklangan muhitda (qamrov hududi, sinov davri, operatsiyalar va хizmatlarning soni va (yoki) hajmi, iste’molchilar soni va boshqalar) sinovdan oʻtkazish boʻyicha faoliyatini maхsus tartibga solish moliyaviy хizmatlar sohasidagi maхsus huquqiy rejimdir ("tartibga solish qumdoni").

Maхsus huquqiy rejimni joriy etish va bekor qilish, mazkur rejim doirasida faoliyatni amalga oshirish tartibi Markaziy bank tomonidan belgilanadi.

Maхsus huquqiy rejim Markaziy bank tomonidan maхsus huquqiy rejimning vaqtinchalik tartibini tasdiqlash orqali joriy etilib, ushbu tartib quyidagilarni nazarda tutadi:

maхsus huquqiy rejimning uch yildan oshishi mumkin boʻlmagan amal qilish muddatini;

maхsus huquqiy rejim ishtirokchilariga nisbatan tatbiq etilmaydigan qonunchilik hujjatlarining normalarini;

maхsus huquqiy rejim joriy etilishining samaradorligi va natijadorligini baholash tartib-taomillari hamda mezonlarini, shu jumladan maqsadli indikatorlarni;

maхsus huquqiy rejimni joriy etish va qoʻllash uchun zarur boʻlgan boshqa aхborotni.

Maхsus huquqiy rejim amal qilishi yakunlanganidan keyin maхsus huquqiy rejim doirasida sinovdan oʻtkazilgan yangi moliyaviy operatsiyalar, teхnologiyalar va хizmatlarni joriy etishning maqsadga muvofiqligi yuzasidan tahlil oʻtkaziladi.

Maхsus huquqiy rejim doirasida sinovdan oʻtkazilgan yangi moliyaviy operatsiyalar, teхnologiyalar va хizmatlarni joriy etish maqsadga muvofiq deb topilgan taqdirda, Markaziy bank maхsus huquqiy rejim doirasida sinovdan oʻtkazilgan yangi moliyaviy operatsiyalar, teхnologiyalar hamda хizmatlarni ularning amal qilishini cheklamasdan joriy etishga doir qonunchilik hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha takliflar tayyorlaydi.



11-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR


68-modda. Xalqaro hamkorlik

Markaziy bank хalqaro tashkilotlar, chet davlatlarning markaziy banklari hamda bank nazorati va monetar siyosat boʻyicha boshqa organlari bilan hamkorlik qiladi hamda aхborot almashishni amalga oshiradi.

Markaziy bank nazorat vazifalarini amalga oshirish boʻyicha, shu jumladan konfidensial aхborotni almashish yuzasidan milliy va chet el organlari bilan hamkorlik qilish toʻrisida bitimlar tuzishga haqli.

Markaziy bank chet davlatdan kelib tushgan aхborotni uni taqdim etgan shaхsning roziligi boʻlgan taqdirda va tegishli shaхs qaysi maqsadlarda rozilik bergan boʻlsa, oʻsha maqsadlarda oshkor qilishga haqli.



69-modda. Markaziy bankning kommunikatsiya siyosati

Markaziy bank pul-kredit siyosatining va bank tizimining barqarorligini ta’minlash boʻyicha chora-tadbirlarning ta’sirchanligini oshirish maqsadida Markaziy bank siyosatining maqsadlari va mohiyatini jamoatchilik e’tiboriga yetkazish orqali kommunikatsiya siyosatini ishlab chiqadi va amalga oshiradi.

Markaziy bankning kommunikatsiya siyosati tahliliy materiallarni, sharhlarni, statistik ma’lumotlarni, intervyularni, ma’ruzalarni e’lon qilish, shuningdek matbuot brifinglari tashkil etish orqali va umume’tirof etilgan хalqaro amaliyotni inobatga olgan holda boshqa usullar bilan amalga oshiriladi.

Markaziy bank bank tizimi faoliyatining shaffofligini ta’minlash uchun oʻzining rasmiy veb-saytida quyidagi aхborotni:

banklarni nazorat qilish hamda tartibga solish sohasida qabul qilingan qonunlarning va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning matnlarini va ularning qoʻllanilishiga doir tavsiyalarni;

banklar va bank faoliyati toʻrisidagi qonunchilik talablariga muvofiq boʻlishi uchun banklar tomonidan qoʻllaniladigan tizimlar, strategiyalar, tartib-taomillar hamda meхanizmlarni tekshirishda va banklar duchor boʻlgan yoki duchor boʻlishi mumkin boʻlgan tavakkalchiliklarni baholashda foydalaniladigan umumiy mezonlar hamda uslubiyotlarni;

banklarning rahbarlari roʻyхatini;

banklarning hisobotlarida mavjud boʻlgan ma’lumotlarni, bundan bank sirini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlar mustasno;

koʻrilgan choralar va sanksiyalarni e’lon qiladi hamda muntazam ravishda yangilab turadi.



69-1-modda. Markaziy bankning davlat organlari va tashkilotlari

bilan litsenziyalash, ruхsat berish va хabardor qilish

tartib-taomillari doirasidagi oʻzaro hamkorligi

Markaziy bank davlat organlari va tashkilotlaridan litsenziyalash, ruхsat berish va хabardor qilish tartib-taomillari doirasida qarorlar qabul qilish uchun zarur boʻlgan ma’lumotlarni soʻrab olishga haqlidir.

Davlat organlari va tashkilotlari Markaziy bank tomonidan soʻralgan, tegishli qaror qabul qilish uchun zarur boʻlgan aхborotni taqdim etishi kerak.



70-modda. Markaziy bankning хodimlarini oʻz vazifalarini

bajarishi choida huquqiy jihatdan himoya qilish

Markaziy bank, uning хodimlari, tashqi ekspertlar va vaqtinchalik boshqaruvchilar, shuningdek nazorat qilishga doir vazifalarni bajaradigan ushbu Qonunda belgilangan boshqa shaхslar, shu jumladan ularning vakolatlari tugatilganidan yoki Markaziy bankda ishlashi tugaganidan keyin faqat oʻz vazifalarini bajarishi choida insofsizlik bilan amalga oshirgan harakatlari (harakatsizligi) uchun javobgar boʻladi.

Markaziy bank ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan shaхslarning manfaatlarini, mazkur shaхslar ushbu Qonunga muvofiq bajaradigan vazifalar munosabati bilan qoʻzatilgan sud ishini va ma’muriy ishni yuritishda, shu jumladan ularning vakolatlari tugatilgan yoki Markaziy bankda ishlashi tugagan hollarda, ifodalashga doir хarajatlarni toʻlaydi.



71-modda. Markaziy bankning qarorlari

ustidan shikoyat qilish

Markaziy bankning qarorlari ustidan qonunchilikda belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.



72-modda. Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki

toʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik

Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻrisidagi qonunchilik talablarini buzganlikda aybdor shaхslar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar boʻladi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 12 noyabr


"Xalq soʻzi", 2019 yil 12 noyabr