Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 08.06.2000 y. 220-son "Oʻzbekiston neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasini tashkil etish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

08.06.2000 y.

N 220



OʻZBEKISTON NEFT MAHSULOTLARI

VA GAZDAN FOYDALANIShNI NAZORAT

QILISh DAVLAT INSPEKSIYaSINI

TAShKIL ETISh TOʻRISIDA


Iqtisodiyot tarmoqlarida neft mahsulotlari va gazdan oqilona hamda samarali foydalanishni davlat tomonidan nazorat qilishning yagona tizimini takomillashtirish, "Energiyadan oqilona foydalanish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Tabiiy gaz yetkazib berish va uning uchun hisob-kitob qilish tizimini takomillashtirish toʻrisida" 1999 yil 21 sentyabrdagi 439-son qarorini bajarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. "Oʻzneftgazinspeksiya" negizida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi ("Oʻzdavneftgazinspeksiya") tashkil etilsin, u "Oʻzbekneftgaz" milliy хolding kompaniyasi tarkibidan chiqarilsin.

7. "Oʻzbekneftgaz" milliy хolding kompaniyasi "Oʻzneftgazinspeksiya" balansidagi mavjud asbob-uskunalar, inventarlar va transport vositalarini "Oʻzdavneftgazinspeksiya"ga tekin bersin.


8. Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi bir oy muddatda "Oʻzdavneftgazinspeksiya" Markaziy apparatini zarur aloqa vositalari, shu jumladan, hukumat aloqasi bilan ta’minlasin.


9. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bir oy muddatda "Oʻzdavneftgazinspeksiya"ning Markaziy apparati va hududiy boʻlinmalari uchun binolar ajratsinlar.


10. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlariga 3-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


11. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, tegishli vazirliklar va idoralar bir oy muddatda amaldagi me’yoriy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.


12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari V.Y.Atayev zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                                  I. Karimov





Vazirlar Mahkamasining

2000 yil 8 iyundagi

220-son qaroriga

3-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar

Mahkamasi qarorlariga kiritiladigan

oʻzgartirish va qoʻshimchalar


1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 9 martdagi 124-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati QT, 1994 y., 3-son, 15-modda) bilan tasdiqlangan "Yoqili-energetika resurslaridan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun iqtisodiy jazolarni qoʻllash toʻrisidagi Nizom"da:


Nizom matnidagi "Oʻzbekneftgaz" milliy korporatsiyasining "Oʻzneftgazinspeksiya"siga berilgan koʻrsatmalar "Oʻzdavneftgazinspeksiya"ga koʻrsatmalar bilan almashtirilsin;


III boʻlimda:


3-banddagi "Oʻzbekneftgaz" milliy korporatsiyasiga" soʻzlari "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga" soʻzlari bilan almashtirilsin;


5-banddagi "soʻzsiz" soʻzi "akseptsiz" soʻzi bilan almashtirilsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 15 dekabrdagi 523-son qarori bilan tasdiqlangan mazkur qarorga 11-ilovadagi "Aksiyalarining nazorat va davlat paketlari, mol-mulki "Oʻzbekneftgaz" milliy хolding kompaniyasi ustav fondiga beriladigan aksiyadorlik kompaniyalari, korхonalar va tashkilotlar roʻyхati"dan hamda 12-ilovadagi "Oʻzbekneftgaz" milliy хolding kompaniyasi tuzilmasi"dan "Oʻzneftgazinspeksiya" Oʻzbekiston neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi" hamda "Oʻzneftgazinspeksiya" soʻzlari chiqarib tashlansin.



"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami", 2000 yil, 6-son, 29-modda