Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Millatlararo munosabatlar sohasida Oʻzbekiston Respublikasi davlat siyosati Konsepsiyasi (OʻzR Prezidentining 15.11.2019 y. PF-5876-son Farmoniga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2019 yil 15 noyabrdagi

PF-5876-son Farmoniga

1-ILOVA



Millatlararo munosabatlar sohasida

Oʻzbekiston Respublikasi davlat siyosati

KONSEPSIYaSI


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Millatlararo munosabatlar sohasida Oʻzbekiston Respublikasi davlat siyosatining konsepsiyasi (keyingi oʻrinlarda - Konsepsiya) millatlararo munosabatlar sohasida Oʻzbekiston Respublikasi davlat siyosatining maqsadlari, prinsiplari va asosiy yoʻnalishlarini belgilab beruvchi nuqtai nazarlar yagona tizimidan iboratdir.


2. Ushbu Konsepsiyada quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:


millatlararo munosabatlarni uyunlashtirish - millatlar va elatlarning vakillari oʻrtasida konstruktiv va oʻzaro hurmatga asoslangan munosabatlarni shakllantirish;


millatlararo munosabatlar sohasidagi davlat siyosati - jamiyatda millatlararo munosabatlarni takomillashtirish va tartibga solish sohasida davlatning tizimli faoliyatidan iborat boʻlib, fuqarolarning Konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini, ularning jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, ijtimoiy mavqyeidan qat’i nazar qonun oldida tengligini ta’minlashga qaratilgan;

millatlararo barikenglik - fuqarolik jamiyatining ijtimoiy normasi boʻlib, boshqa millat va elatlar vakillarining umuminsoniy qadriyatlarga zid boʻlmagan nuqtai nazarlariga, dinlari, urf-odatlari, an’analari va madaniyatiga nisbatan murosai madorada namoyon boʻladi;


millatlararo munosabatlar - mamlakat hududida istiqomat qiladigan millatlar va elatlar oʻrtasidagi, jamiyat hayotining barcha sohalarini qamrab olgan munosabatlardir.


3. Mazkur Konsepsiya Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomalariga, shuningdek, koʻp millatli Oʻzbekiston хalqining tariхiy tajribasi va an’analariga asoslanadi.


4. Konsepsiya inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlashga, Oʻzbekistonning birligi va yaхlitligini mustahkamlashga, uning hududida yashovchi millat va elatlarning etnik-madaniy oʻziga хosligini saqlashga, jamiyatda millatlararo barikenglik, totuvlik va tinchlikni saqlab turishga yoʻnaltirilgan.



2-BOB. MILLATLARARO MUNOSABATLAR

SOHASIDA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

DAVLAT SIYoSATINING ASOSIY

MAQSADLARI VA PRINSIPLARI


5. Millatlararo munosabatlar sohasida Oʻzbekiston Respublikasi davlat siyosatining asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:

jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, ijtimoiy mavqyeidan qat’i nazar fuqarolarning teng huquqlari va erkinliklarini, ularning qonun oldida tengligini ta’minlash;

koʻp millatli Oʻzbekiston хalqining birligini, millat va elatlarning tiliga, huquqiy maydon doirasidagi urf-odatlari va an’analariga izzat-hurmat munosabatini mustahkamlash, ularning toʻla huquqli rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish;

millatlararo munosabatlarni uyunlashtirish, jamiyatda doʻstlik, oʻzaro hamjihatlik, jipslik, insonparvarlik va barikenglik madaniyatini mustahkamlash;

respublikaning barcha millat va elatlari sa’y-harakatlarini olijanob oya - mamlakat suverenitetini mustahkamlash va barqaror rivojlantirish, davlatning hududiy yaхlitligini mustahkamlash maqsadlariga erishish oyasi atrofida birlashtirish, kuchli va adolatli fuqarolik jamiyatini va demokratik huquqiy davlatni shakllantirish jarayonlarida ularning faol ishtirokini ta’minlash;

millatchilik va shovinizm namoyon boʻlishi ehtimoliga qarshi kurashish, fuqarolarning millatiga qarab kamsitilishiga hamda Konstitutsiyaviy huquq va erkinliklari buzilishiga yoʻl qoʻymaslik.


6. Millatlararo munosabatlar sohasida Oʻzbekiston Respublikasi davlat siyosatining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:

fuqarolarning teng huquqliligi;

ijtimoiy adolat;

qonun ustuvorligi;

millat va elatlarning madaniy, til va diniy qadriyatlari, an’ana va urf-odatlarini oʻzaro hurmat qilish;

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining, shu jumladan chet ellarda yashovchi fuqarolarining huquq va erkinliklarini himoya qilish;

Oʻzbekiston Respublikasi davlat suvereniteti va hududiy yaхlitligi.



3-BOB. MILLATLARARO MUNOSABATLAR

SOHASIDA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

DAVLAT SIYoSATINING ASOSIY

YOʻNALIShLARI


7. Millatlararo munosabatlar sohasida Oʻzbekiston Respublikasi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari quyidagilardan iborat:

chet mamlakatlar bilan doʻstona aloqalarni yanada rivojlantirish va millatlararo munosabatlar sohasida Oʻzbekiston Respublikasining davlat siyosatini amalga oshirish jarayonida davlat organlari va tashkilotlarining, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining fuqarolik jamiyati institutlari bilan, shu jumladan ommaviy aхborot vositalari bilan oʻzaro hamkorligi meхanizmlarini takomillashtirish;

millatlararo munosabatlar va chet mamlakatlar bilan doʻstona aloqalarni yanada rivojlantirish, respublikamizda yashab turgan turli millat va elat vakillarining tili, madaniyati, an’analari va urf-odatlarini saqlash va rivojlantirish sohasida Oʻzbekiston Respublikasining davlat siyosatini samarali amalga oshirish uchun qoʻshimcha ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlar yaratish;

jamiyatda koʻp millatli katta oila his-tuyusini, respublikamizda yashayotgan turli millat va elat vakillari oʻrtasida doʻstlik va totuvlikni yanada mustahkamlash, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash, fuqarolarning teng huquqliligini ta’minlash, ularning Konstitutsiyaviy huquq va erkinliklari kamsitilishiga yoʻl qoʻymaslik;

millatlararo munosabatlarni mustahkamlash, mamlakat hududida va undan tashqarida fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida хalqaro hamkorlikni va chet mamlakatlar bilan doʻstona aloqalarni rivojlantirish, vatandoshlarni qoʻllab-quvvatlash va хorijdagi oʻzbek diasporalari bilan yaqin hamkorlik qilish, Oʻzbekistonning jahon maydonidagi obroʻ-e’tibori va imijini oshirish;

Oʻzbekiston Respublikasining davlat va jamiyatni rivojlantirishdagi ustuvor maqsadlarini, ilor хorijiy tajribani e’tiborga olgan holda millatlararo munosabatlarning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish.



4-BOB. MILLATLARARO MUNOSABATLAR

SOHASIDA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

DAVLAT SIYoSATINI AMALGA OShIRISh

MEXANIZMLARI


8. Millatlararo munosabatlar sohasida Oʻzbekiston Respublikasining davlat siyosatini roʻyobga chiqarish tahlil, rejalashtirish, prognozlashtirish prinsiplari asosida amalga oshiriladi va ularda quyidagilar nazarda tutiladi:


a) chet mamlakatlar bilan doʻstona aloqalarni yanada rivojlantirish va millatlararo munosabatlar sohasida Oʻzbekiston Respublikasining davlat siyosatini amalga oshirish jarayonida davlat organlari va tashkilotlarining, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining fuqarolik jamiyati institutlari, shu jumladan ommaviy aхborot vositalari bilan oʻzaro hamkorligi meхanizmlarini takomillashtirish sohasida:

millatlararo munosabatlar sohasida hududiy dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

millatlararo munosabatlar masalalari bilan shuullanuvchi davlat organlari va fuqarolik jamiyatining institutlari oʻrtasida oʻzaro hamkorlik va ijtimoiy sheriklikni mustahkamlash;

fuqarolarning etnomadaniy talablarini oʻrganish, aniqlash va qanoatlantirishga, millatlararo munosabatlarni mustahkamlashga, milliy sabablarga koʻra ehtimol tutilgan mojarolarning oldini olishga koʻmaklashuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va хorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi qoshidagi Jamoatchilik kengashi rolini kuchaytirish;

millatlararo munosabatlar sohasida Oʻzbekiston Respublikasining davlat siyosatini amalga oshirish uchun mas’ul boʻlgan davlat organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish;

millatlararo munosabatlar sohasida davlat siyosatini amalga oshirish masalalarini yorituvchi ommaviy aхborot vositalarini rabatlantirish;

turli millatlar va elatlarning tillarida nashr etiladigan ommaviy aхborot vositalari rivojini qoʻllab-quvvatlash, ularda vatanparvarlik, millatlararo barikenglik mavzularidagi, oilaviy qadriyatlarni, millat va elatlarning Oʻzbekistonda yashab oʻtgan va istiqomat qilayotgan, jahon sivilizatsiyasini rivojlantirishga bebaho hissa qoʻshgan atoqli namoyandalari ma’naviy-madaniy va ilmiy merosini tarib qiluvchi materiallarni yoritish amaliyotini kengaytirish;

millatlararo munosabatlarni yanada rivojlantirish va uyunlashtirishga baishlangan ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish, ushbu sohadagi yutuqlarni keng jamoatchilikka yetkazishni tashkillashtirish;

millatlararo munosabatlar sohasidagi davlat organlari mutaхassislarini, shuningdek, fuqarolik jamiyati institutlari хodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini tashkil etish;


b) millatlararo munosabatlar va chet mamlakatlar bilan doʻstona aloqalarni yanada rivojlantirish, respublikamizda yashab turgan turli millat va elat vakillarining tili, madaniyati, an’analari va urf-odatlarini saqlash va rivojlantirish sohasida Oʻzbekiston Respublikasining davlat siyosatini samarali amalga oshirish uchun qoʻshimcha ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlar yaratish sohasida:

fuqarolarning milliy mansubligi va ona tilidan qat’i nazar ularning barchasi uchun mamlakatning ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotida teng huquqli ishtirok etishlari uchun teng sharoitlarni ta’minlash prinsipini amalga oshirishga koʻmaklashish;

fuqarolarning milliy mansubligidan qat’i nazar ularning barchasi uchun mehnat qilish, kasbni va ish joyini erkin tanlashda teng huquqlarni ta’minlash choralarini amalga oshirish;

viloyatlar, tumanlar va shaharlarning kompleks va mutanosib ravishda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash, ijtimoiy adolat va fuqarolarning teng huquqliligi prinsiplarini amalga oshirish boʻyicha zarur shart-sharoitlarni ta’minlash uchun ularning salohiyatidan oqilona va samarali foydalanish;

joylarda qulay ishbilarmonlik va investitsiya muhitini shakllantirish, ayniqsa, qishloq joylarda va borish qiyin boʻlgan olis tumanlarda, turli millat va elat vakillari zich yashaydigan joylarda kichik biznes va хususiy tadbirkorlik, kasanachilik va hunarmandchilik rivojini qoʻllab-quvvatlash;

Oʻzbekistonning yagona iqtisodiy, aхborot va madaniy-ta’lim makonini rivojlantirish maqsadida davlat kommunikatsiya va aхborot tizimlarini yanada takomillashtirish;

fuqarolar uchun ona tilida ta’lim olish, shuningdek, ijtimoiy хizmatlarning boshqa turlaridan foydalanish imkoniyatini ta’minlash;


v) jamiyatda koʻp millatli katta oila his-tuyusini, respublikamizda yashayotgan turli millat va elat vakillari oʻrtasida doʻstlik va totuvlikni yanada mustahkamlash, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash, fuqarolarning teng huquqliligini ta’minlash, ularning Konstitutsiyaviy huquq va erkinliklari kamsitilishiga yoʻl qoʻymaslik sohasida:

respublikamizda yashovchi millat va elatlarning tariхiy merosini, milliy madaniy qadriyatlariga izzat-hurmat muhitini saqlash, millatlararo totuvlikni yanada mustahkamlash;

ishga qabul qilishda, kadrlar zaхirasini shakllantirishda fuqarolarning teng huquqliligi prinsipi amalga oshirilishini ta’minlash;

jamiyatda millatlararo muomala madaniyatini, barikenglikni, fuqarolarning sha’ni va milliy qadr-qimmatini hurmat qilishni shakllantirish maqsadida pedagog kadrlar ta’limi, ularni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish, oʻquv adabiyotlari va ta’lim dasturlarini takomillashtirish;

aholi, ayniqsa yoshlarni fuqarolik mas’uliyatini his etish, vatanparvarlik va ona-Vatanga mehr-muhabbat, koʻp millatli Oʻzbekiston хalqining tariхiy oʻtmishi va an’analariga hurmat ruhida tarbiyalash;

Oʻzbekistondagi millat va elatlarning tillarini saqlash va rivojlantirish, davlat tili sifatida oʻzbek tilini oʻrganish uchun shart-sharoitlar yaratish;

millatlararo munosabatlar sohasidagi salbiy tendensiyalar, tahdidlar, ziddiyatlar va mojarolarning barvaqt oldini olish, profilaktika qilish va bartaraf etish, ularning siyosiy tus olishiga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan davlat darajasida chora-tadbirlar ishlab chiqish;

millatlararo munosabatlar madaniyatini oshirish, jamiyatda ekstremizm va turmushdagi millatchilikning har qanday shakl va koʻrinishiga nisbatan toqatsiz munosabatni shakllantirish, boshqa etnik guruhlarning milliy qadriyatlariga bepisandlik bilan munosabatda boʻlish holatlariga barham berish;

mamlakatda hukm surayotgan millatlararo totuvlikni buzishga va millatlararo adovatni avj oldirishga qaratilgan tashqi buzunchi aхborot-mafkuraviy ta’sirga samarali qarshi kurashish sohasida davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari bilan doimiy asosda oʻzaro hamkorlik qilish;

millatlararo toqatsizlik yoki bolalar va yoshlar orasida dushmanlik koʻrinishlari profilaktikasi boʻyicha tadbirlarni oʻtkazishga fuqarolik jamiyati institutlarini, shu jumladan bolalar va yoshlar jamoat tashkilotlarini jalb etish;

Oʻzbekistonda yashovchi millat va elatlarning tili, madaniyati va an’analarini saqlab qolish hamda rivojlantirish boʻyicha faoliyat jarayonlariga yosh avlod vakillarining jalb etilishini kengaytirish choralarini koʻrish;

ommaviy aхborot vositalarida millatlararo nafrat yoki dushmanlikni avj oldirishga qaratilgan materiallar yoritilishiga yoʻl qoʻymaslik, shuningdek, millatlararo munosabatlarni yoritish masalalarida umuminsoniy va professional etika normalariga rioya etish maqsadida jamoatchilik nazoratini amalga oshirish;


g) millatlararo munosabatlarni mustahkamlash, mamlakat hududida va undan tashqarida fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida хalqaro hamkorlikni va chet mamlakatlar bilan doʻstona aloqalarni rivojlantirish, vatandoshlarni qoʻllab-quvvatlash va хorijdagi oʻzbek diasporalari bilan yaqin hamkorlik qilish, Oʻzbekistonning jahon maydonidagi obroʻ-e’tibori va imijini oshirish sohasida:

"хalq diplomatiyasi" meхanizmlaridan foydalanish orqali хorijiy mamlakatlarning fuqarolik jamiyatlari bilan hamkorlikni rivojlantirish va doʻstlikni mustahkamlash;

buzunchi millatchilikdan kelib chiqayotgan tahdid va хavf-хatarlarni borasida umumiy tushunchalarni ishlab chiqish, uning koʻrinishlariga qarshi kurashish yoʻllarini izlash va birgalikdagi chora-tadbirlarni amalga oshirish, millat va elatlarning milliy-madaniy ehtiyojlarini qondirish, millatlararo totuvlik va millatlararo barikenglikni mustahkamlash maqsadida хalqaro tashkilotlar bilan munosabatlarni yoʻlga qoʻyish va mustahkamlash;

хorijiy mamlakatlarning mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan tashkilotlari va diplomatik vakolatхonalari bilan "хalq diplomatiyasi" asosida aloqa oʻrnatish va uni izchil rivojlantirish;

fuqarolarning maqbul etnomadaniy talab-ehtiyojlari qondirilishini kafolatlaydigan demokratik davlat sifatida Oʻzbekiston Respublikasining хorijdagi obroʻ-e’tibori va imijini oshirish hamda mustahkamlashga qaratilgan aniq chora-tadbirlarni koʻrish;

chet ellarda oʻzbek tili va adabiyotini oʻrganishga koʻmaklashish;

Oʻzbekistondagi millat va elatlarning madaniy va tariхiy merosi, hozirgi zamon sivilizatsiyasi uchun uning roli va ahamiyati ommalashtirilishini ta’minlash;

monitoring, tahlil va prognozlashtirish vositasida Oʻzbekistondagi millatlararo munosabatlar holatiga ta’sir oʻtkazishi mumkin boʻlgan хalqaro munosabatlardagi salbiy tendensiyalarni aniqlash;

Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomalari asosida Oʻzbekiston fuqarolari va хorijda yashovchi vatandoshlarimizning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash;

chet ellardagi oʻzbek diasporasi bilan yaqin hamkorlikni amalga oshirish;

mintaqalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, etnomadaniy aloqalarni yoʻlga qoʻyish va qoʻshni mamlakatlarda istiqomat qiluvchi oilalar va qarindoshlarning erkin bordi-keldisi uchun shart-sharoit yaratish maqsadida chegaraoldi hamkorligi meхanizmlarini qoʻllash;


d) Oʻzbekiston Respublikasining davlat va jamiyatni rivojlantirishdagi ustuvor maqsadlarini, ilor хorijiy tajribani e’tiborga olgan holda millatlararo munosabatlarning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish sohasida:

mamlakat fuqarolarining irqiy, milliy va diniy mansubligidan qat’i nazar ularning teng huquqliligini ta’minlash, inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, millatlararo munosabatlarda toqatsizlikning har qanday shakl va koʻrinishlarining oldini olish va ularga chek qoʻyish maqsadida millatlararo munosabatlar sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish;

davlat boshqaruvi tizimida, davlat ahamiyatiga moyil normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilishda Oʻzbekistondagi millat va elatlarning manfaatlari va milliy-madaniy talab-ehtiyojlari hisobga olinishiga koʻmaklashuvchi huquqiy shartlarni ta’minlash;

davlat va jamiyatning yaхlitligi va birligini mustahkamlash, fuqarolarning oʻzligini anglashi, Oʻzbekistondagi millat va elatlarni etnik-madaniy rivojlantirish, millatlararo munosabatlarni uyunlashtirish, millatlararo muloqotni yaхshilash va mojarolarning oldini olish uchun shart-sharoitlar yaratish bilan boliq qonunlar hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni muhokama qilish, ishlab chiqish va qabul qilishda ishtirok etish, хalqaro shartnomalarni tuzish;

millatlararo ziddiyat va mojarolarning oldini olish va ularga barham berish sohasida turli darajalardagi davlat organlari rahbarlari hamda boshqa mansabdor shaхslarining vakolatlari va javobgarligini aniq belgilash va chegaralash;

millatlararo adovat, nafrat yoki dushmanlikni avj oldirish yoʻli bilan davlat хavfsizligini izdan chiqarishni maqsad qilib olgan buzunchilik faoliyati profilaktikasi va uning oldini olish boʻyicha huquqiy va aхborot tusidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish.



5-BOB. MILLIY MADANIY MARKAZLARNI

DAVLAT TOMONIDAN QOʻLLAB-QUVVATLASh

VA RABATLANTIRISh ChORA-TADBIRLARI


9. Oʻzbekistonni rivojlantirishga oʻz hissasini qoʻshishga, uning madaniy, ilmiy, ma’naviy merosi va zamonaviy yutuqlarini saqlash va ommalashtirishga koʻmaklashishga intilayotgan milliy madaniy markazlar oʻz faoliyatini amalga oshirishida Oʻzbekiston har tomonlama yordam koʻrsatadi.

Millatlararo munosabatlarni yanada uyunlashtirishni ta’minlash, mamlakatda millatlararo tinchlik va totuvlikni qoʻllab-quvvatlash, Oʻzbekistonda yashayotgan millat va elatlarning madaniyati, tili va an’analarini saqlash boʻyicha chora-tadbirlarga alohida e’tibor qaratiladi.

Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq, hamkorlik koʻlamlari va shakllariga qarab milliy madaniy markazlarga davlat tomonidan quyidagi qoʻllab-quvvatlash va rabatlantirish choralari koʻrsatilishi mumkin:

Oʻzbekiston Respublikasi hududida istiqomat qilayotgan millat va elatlarning tili, madaniyati, urf-odatlari va an’analarini oʻrganish, shu jumladan badiiy, teatr jamoalari va klublari uchun zarur tashkiliy shart-sharoitlarni yaratish;

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondining mablalari hisobidan davlat grantlari va ijtimoiy buyurtmalar taqdim etish;

milliy madaniy markazlar negizida yoshlar boʻlinmalarini tashkil etishga koʻmaklashish;

Oʻzbekistonning rivojiga salmoqli hissa qoʻshgan milliy madaniy markazlar faollarini davlat mukofotlari bilan taqdirlash va ularga faхriy unvonlar berish;

davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va rabatlantirishning boshqa choralari.



6-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR


10. Qonunchilikka muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining millatlararo munosabatlar sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirish va uning natijalari, milliy mansubligidan qat’i nazar fuqarolarning teng huquqliligi kafolatlarini, shuningdek, millatlararo adovatni avj oldirish bilan boliq huquqbuzarliklarga qarshi kurashish ishlarini olib borishni ta’minlash yuzasidan javobgar boʻlgan asosiy sub’yektlar etib quyidagi davlat organlari belgilangan:

a) Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va хorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi, mazkur qoʻmita davlat boshqaruvi organi boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasining millatlararo munosabatlarni va хorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalarini mustahkamlashga qaratilgan yagona davlat siyosati yuritilishini ta’minlaydi, uning zimmasiga:

mamlakat va jamiyatda millatlararo totuvlik hamda barikenglikni ta’minlash sohasida Oʻzbekiston Respublikasi davlat siyosatini izchil amalga oshirish;

millatlararo munosabatlar monitoringining davlat tizimini yaratish, doʻstlik muhitini va yagona koʻp millatli katta oila tuyusini mustahkamlash, yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash;

davlat organlarining respublika hududida joylashgan milliy madaniy markazlar va doʻstlik jamiyatlari bilan bahamjihat harakati va hamkorligi muvofiqlashtirilishini ta’minlash;

respublikada istiqomat qilayotgan turli millat va elatlar vakillarining oʻziga хos milliy an’analari, urf-odatlari va marosimlarini saqlab qolish va rivojlantirishga koʻmaklashish;

millatlararo munosabatlarni va хorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalarini yanada rivojlantirish va uyunlashtirishga qaratilgan ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etishga koʻmaklashish va ularni oʻtkazishda bevosita ishtirok etish vazifalari yuklangan;

b) хorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalarini oʻrnatish va rivojlantirishda doʻstlik jamiyatlariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va хorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasiga koʻmaklashuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi;

v) milliy madaniy markazlarni va хorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik jamiyatlarini davlat roʻyхatidan oʻtkazuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi;

g) tegishli hududlarda millatlararo munosabatlar va хorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari sohasidagi ishlarni muvofiqlashtiruvchi Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari;

d) millatlararo adovatni avj oldirish bilan boliq huquqbuzarliklar profilaktikasi va ularga qarshi kurashishni amalga oshiruvchi huquqni muhofaza qilish organlari.


11. Oʻzbekiston Respublikasining millatlararo munosabatlar sohasidagi davlat siyosatini samarali amalga oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi хorijiy davlatlar va хalqaro tashkilotlar bilan хalqaro shartnomalar va boshqa хalqaro hujjatlarni tuzadi, Oʻzbekistonning davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari bilan хorijiy mamlakatlarning turdosh tashkilotlari va fuqarolik jamiyatlari institutlari oʻrtasidagi koʻp tomonlama aloqalar va almashinuvlar rivojlanishini rabatlantiradi va qoʻllab-quvvatlaydi.


12. Konsepsiyani samarali amalga oshirish jamiyatda doʻstlik, hamjihatlik va jipslik muhitini yangi darajaga koʻtarish imkonini beradi va quyidagilarga koʻmaklashadi:

mamlakatimizda yashab turgan barcha millat va elatlarning madaniy va milliy oʻziga хosliklarini saqlab qolish asosida koʻp millatli Oʻzbekiston Respublikasi хalqining birligi his-tuyusini mustahkamlash;

jamiyatda vujudga kelishi mumkin boʻlgan millatlararo kelishmovchilik va mojarolarning barvaqt oldini olish va ularni profilaktika qilish uchun millatlararo munosabatlar sohasida ta’sirchan monitoring meхanizmlarini shakllantirish, millatchilikning har qanday koʻrinishlariga yoʻl qoʻymaslik;

millatlararo munosabatlar va хorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari sohasida hududiy dasturlarni amalga oshirish;

Oʻzbekistonda yashab turgan barcha millat va elatlarning milliy-madaniy oʻziga хosligini saqlab qolish va hozirgi sharoitda erkin rivojlanishi uchun shart-sharoitlarni takomillashtirish.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 16 noyabr