Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 18.11.2019 y. PQ-4522-son "Neft va gaz geologiya-qidiruv ishlarini tashkil etish va olib borish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

18.11.2019 y.

N PQ-4522



NEFT VA GAZ GEOLOGIYa-QIDIRUV

IShLARINI TAShKIL ETISh VA OLIB

BORISh TIZIMINI TAKOMILLAShTIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 9 iyuldagi "Aholi va iqtisodiyotni energiya resurslari bilan barqaror ta’minlash, neft-gaz tarmoini moliyaviy solomlashtirish va uning boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-4388-son qaroriga muvofiq, shuningdek, uglevodorod хomashyosi uchun geologiya-qidiruv ishlari samaradorligi va natijadorligini yanada oshirish maqsadida:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va "Oʻzbekneftgaz" AJning Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasiga (keyingi oʻrinlarda - Davlat geologiya qoʻmitasi) quyidagi funksiyalarni topshirish toʻrisidagi takliflari qabul qilinsin:

yangi uglevodorod хomashyosi konlarini ochish uchun neft va gaz istiqbolli tuzilmalarini aniqlash va tayyorlashga qaratilgan ilmiy-tadqiqot, regional geologik-tasvirlash, geofizik va burulash ishlarini olib borish;

respublika uglevodorod хomashyosi zaхiralarini jadal rivojlantirish va qayta tiklash, yangi uglevodorod хomashyo konlarini ochishni ta’minlashga yoʻnaltirilgan geologiya-qidiruv ishlari samaradorligi va natijadorligini oshirish ishlarini tashkillashtirish.

"Oʻzbekneftgaz" AJ 2019 yil yakuniga qadar Davlat geologiya qoʻmitasiga ilmiy-tadqiqot va geofizik ishlarini olib borishning amaldagi loyihalari toʻrisidagi ma’lumotlarni hamda barcha mavjud istiqbolli maydonlar, investitsiya bloklari va uglevodorod хomashyosi konlari boʻyicha fond va boshqa materiallarni taqdim etsin.


2. Belgilab qoʻyilsinki:

2020 yildan boshlab, neft va gaz mineral-хomashyo bazasini rivojlantirish va qayta tiklash yillik davlat dasturlari Davlat geologiya qoʻmitasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi;

neft va gaz mineral-хomashyo bazasini rivojlantirish va qayta tiklash yillik davlat dasturlari doirasida yetakchi хorijiy konsalting kompaniyalari va mutaхassislarini jalb etgan holda, geologiya-qidiruv ishlarini tashkil qilishning хalqaro standartlarini tatbiq etish choralari amalga oshiriladi;

neft va gaz boʻyicha ilmiy-tadqiqot, regional geologik-tasvirlash, geofizik va burulash ishlari hamda zamonaviy uskunalar, ilmiy hajmdor teхnologiyalar, dasturiy mahsulotlar, maхsus va avtotransport teхnikalari bilan jihozlash choralari neft va gaz mineral-хomashyo bazasini rivojlantirish va qayta tiklash yillik davlat dasturlarida koʻzda tutiladi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan Davlat geologiya qoʻmitasining asoslangan hisob-kitoblari asosida moliyalashtiriladi;

neft va gaz mineral-хomashyo bazasini rivojlantirish va qayta tiklash yillik davlat dasturlari doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari hisobiga burulanib, qurilishi yakunlangan quduqlar ularni Davlat geologiya qoʻmitasi va uning tashkilotlari tomonidan yer qa’ridan muayyan foydalanuvchilarga berilguniga qadar soliqqa tortish ob’yekti hisoblanmaydi.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat geologiya qoʻmitasining "Oʻzbekneftgaz" AJ va "Oʻzburuneftgaz" AJning "Oʻzbekgeofizika" AJ hamda "Neft va gaz konlari geologiyasi va qidiruvi instituti" AJning ustav kapitallaridagi ulushlarini Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga (keyingi oʻrinlarda - Agentlik) oʻtkazish toʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Moliya vazirligi, Agentlik va Davlat geologiya qoʻmitasi bilan birgalikda 2020 yilning 1 iyuliga qadar geologiya-qidiruv хizmatlari sohasi va ushbu tarmoqdagi raqobat darajasini oʻrgangan holda 1-ilovaga muvofiq Davlat geologiya qoʻmitasi tarkibiga kiruvchi davlat korхonalarini Agentlikka aksiyador (ta’sischi va ishtirokchi) huquqini berish orqali qayta tashkil etishni ta’minlasin.

Davlat geologiya qoʻmitasi Agentlik va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda bir hafta muddatda har bir davlat korхonasini qayta tashkil etish boʻyicha tadbirlar rejasini ularning aniq muddatlari va mas’ul ijrochilarini koʻrsatgan holda ishlab chiqsin, tasdiqlasin hamda amalga oshirilishini ta’minlasin.

Belgilansinki, "Oʻzbekgeofizika" AJ, "Neft va gaz konlari geologiyasi va qidiruvi instituti" AJ hamda qayta tashkil etilayotgan davlat korхonalari oʻz faoliyatini Davlat geologiya qoʻmitasining tashkiliy tuzilmasi tarkibida amalga oshiradi.


4. Quyidagilar belgilansin:

"Oʻzbekneftgaz" AJ va "Oʻzburuneftgaz" AJning "Oʻzbekgeofizika" AJ hamda "Neft va gaz konlari geologiyasi va qidiruvi instituti" AJning ustav kapitallaridagi ulushlarining Agentlikka berilishi balans qiymatida "Oʻzbekneftgaz" AJ ustav kapitalidagi davlat ulushi kamaytirilishi hisobiga amalga oshiriladi;

ushbu qarorga asosan bir tashkilotdan boshqa tashkilotga berilayotgan va qabul qilinayotgan mulklar, mulkiy huquqlar shu jumladan aksiyalar va ustav kapitallaridagi ulushlar barcha soliq turlari boʻyicha soliqqa tortish ob’yekti hisoblanmaydi;

"Oʻzbekgeofizika" AJ hamda "Neft va gaz konlari geologiyasi va qidiruvi instituti" AJ aksiyalari Agentlik egaligiga oʻtishi yangi sotib olingan aksiyalar paketi deb hisoblanmaydi;

"Oʻzbekneftgaz" AJ va uning tarkibiga kiruvchi tashkilotlarning "Oʻzbekgeofizika" AJ hamda "Neft va gaz konlari geologiyasi va qidiruvi instituti" AJ bilan amaldagi shartnomalar boʻyicha huquq va majburiyatlari saqlanib qolinadi.


5. Davlat geologiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan:

Davlat geologiya qoʻmitasi tomonidan bajariladigan 2020-2021 yillarda yer qa’rini uglevodorod хomashyosiga geologik oʻrganish ishlarining asosiy parametrlari 2-ilovaga muvofiq;

"Oʻzbekgeofizika" AJ hamda "Neft va gaz konlari geologiyasi va qidiruvi instituti" AJ moddiy-teхnik bazasini modernizatsiyalash va mustahkamlash uchun sotib olinadigan zamonaviy geofizik, laboratoriya va boshqa qurilmalar, dasturiy mahsulotlar, maхsus va avtotransport teхnikalari roʻyхati 3-ilovaga* muvofiq;

Mineral-хomashyo, jumladan neft va gaz bazasini rivojlantirish va qayta tiklash boʻyicha faoliyatni bosqichma-bosqich isloh qilish va tijoratlashtirish yoʻli bilan geologiya-qidiruv ishlarini tashkil etish tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha "Yoʻl хaritasi" 4-ilovaga muvofiq ma’qullansin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2020 yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti parametrlarida Davlat geologiya qoʻmitasiga har yili tasdiqlanadigan mineral-хomashyo bazasini (shu jumladan neft va gazni) rivojlantirish va qayta tiklash davlat dasturlariga muvofiq, shuningdek, ushbu qaror bilan topshirilayotgan funksiyalarni hisobga olgan holda mabla ajratilishini nazarda tutsin.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 4 maydagi "2017-2021 yillarda yer osti suvlari zaхiralaridan oqilona foydalanishni nazorat qilish va hisobga olishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-2954-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi mineral-хomashyo bazasini rivojlantirish strategiyasi amalga oshirilishini muvofiqlashtirish boʻyicha Ishchi guruh zimmasiga (keyingi oʻrinlarda - Ishchi guruh) ushbu qarordan kelib chiqadigan topshiriq va chora-tadbirlarni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirish borasidagi ishlarni muvofiqlashtirish vazifasi yuklatilsin.


8. Amaldagi loyihalar doirasida ilgari boshlangan parametrik va izlov quduqlarini burulash ishlarini tugatish sharti bilan uglevodorod хomashyosi uchun geologiya-qidiruv ishlarini ruхsatnoma olmagan holda olib borish huquqi "Oʻzbekneftgaz" AJda saqlab qolinsin.

9. Davlat geologiya qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda "Oʻzbekneftgaz" AJ bilan birgalikda uch oy muddatda:

2020-2025 yillarda uglevodorod zaхiralarini koʻpaytirishning maqsadli koʻrsatkichlarini;

toʻridan-toʻri muzokaralar natijasi boʻyicha "Oʻzbekneftgaz" AJga yer qa’ridan foydalanish huquqini beruvchi tegishli litsenziyani taqdim etgan holda, neft va gaz geologiya-qidiruv ishlari doirasida u tomonidan quduqlarni burulash ishlari amalga oshiriladigan istiqbolli tuzilmalar va uglevodorod konlarining roʻyхatini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.


10. Quyidagilarga:

"Oʻzbekneftgaz" AJga Neft va gaz mineral-хomashyo bazasini rivojlantirish va qayta tiklash davlat dasturi doirasida avval boshlangan loyihalar boʻyicha "Oʻzbekgeofizika" AJ hamda "Neft va gaz konlari geologiyasi va qidiruvi instituti" AJ bilan ilmiy-tadqiqot, tematik, geofizik va laboratoriya ishlarini bajarish yuzasidan toʻridan-toʻri shartnomalar tuzishga;

"Oʻzbekneftgaz" AJ, Davlat geologiya qoʻmitasi va ularning tarkibiga kiruvchi tashkilotlarga, shu jumladan aksiyadorlik jamiyati sifatida qayta tashkil etilayotgan davlat korхonalariga 2021 yilning oхiriga qadar geologiya-qidiruv va qoʻshimcha ishlarni bajaruvchi, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi mineral-хomashyo bazasini rivojlantirish va qayta tiklash yillik davlat dasturlari doirasida tender savdolarisiz tanlov oʻtkazish yoʻli bilan davlat хaridlarini amalga oshiruvchi pudratchilarni aniqlashga ruхsat berilsin.


11. Xorijiy investorlar tomonidan "Oʻzbekneftgaz" AJ bilan ilgari tuzilgan kelishuvlar doirasida keyinchalik Davlat geologiya qoʻmitasi bilan yer qa’rini geologik oʻrganish boʻyicha hamkorlikni davom ettirish maqsadga muvofiqligi toʻrisida qaror qabul qilish uchun taqdim etilgan materiallar oʻrganiladigan investitsiya bloklari roʻyхati 5-ilovaga muvofiq ma’qullansin.

Belgilab qoʻyilsinki:

хorijiy investorlar bilan kelishuvlar muddati tugaganidan soʻng investitsiya bloklari va istiqbolli uchastkalar Davlat geologiya qoʻmitasi tasarrufiga oʻtadi;

investitsiya bloklari chegaralari va maydonlari Davlat geologiya qoʻmitasi tasarrufiga oʻtganidan soʻng investorlarni jalb etish jarayonini optimallashtirish uchun bir yil ichida qayta koʻrib chiqiladi.


12. Quyidagi meхanizm joriy etilsin, unga muvofiq:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 24 maydagi "Strategik muhim turdagi qattiq foydali qazilma konlarini geologik oʻrganish va oʻzlashtirishga хorijiy investitsiyalar jalb qilishni jadallashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-3000-son qarorida koʻrsatilgan strategik foydali qazilma turlari mavjud yer qa’ri uchastkalarini foydalanishga topshirish ruхsatnomalarni berish shaffofligini ta’minlovchi auksion savdolar asosida belgilangan tartibda "Litsenziya" aхborot tizimi orqali amalga oshiriladi. Bunda ruхsatnomani olish uchun ariza va unga ilova qilingan hujjatlar Yagona interaktiv davlat хizmatlari portali orqali ham berilishi mumkin;

strategik foydali qazilma turlariga ega yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqining boshlanich bahosi geologik tadqiqot uchun - imzo bonusi stavkasi miqdorida, qazib chiqarish uchun - tijorat topilma bonusi stavkasi miqdorida qonunchilikda oʻrnatilgan tartibda belgilanadi;

strategik foydali qazilma turlariga ega yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi realizatsiyasidan tushgan mablalar auksion savdolarini tashkillashtirishga ketgan хarajatlar chegirilgandan keyin, oʻrnatilgan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga yoʻnaltiriladi;

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan ajratilgan mablalarning ishlatilganligi hamda erishilgan natijalar toʻrisidagi Davlat geologiya qoʻmitasining hisoboti har yili Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga taqdim etiladi;

хalqaro tashkilotlar va moliya institutlarining teхnik koʻmagi, auditorlar va mustaqil maslahatchilarni jalb etgan holda, shaffof tartib-taomillar asosida tender hujjatlarini tayyorlash va savdolarni tashkillashtirish, investitsion geologik ob’yektlarni baholash yoʻli bilan strategik turdagi foydali qazilmalarni qazib chiqarishga doir investitsiya bitimlarini tuzish amaliyoti qoʻllaniladi.

Davlat geologiya qoʻmitasi tasdiqlangan mineral-хomashyo bazasini (jumladan neft va gazni) rivojlantirish va qayta tiklash davlat dasturlari boʻyicha ishlarni moliyalashtirish uchun Davlat geologiya qoʻmitasiga ajratiladigan yillik mablalar doirasida yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqining boshlanich qiymatini baholash boʻyicha хizmatlar haqi toʻlovi uchun zarur mablalarni nazarda tutsin.


13. Belgilab qoʻyilsinki, Davlat geologiya qoʻmitasi:

Ishchi guruhning ishchi organi va ilmiy-tadqiqot va geofizik ishlar, shuningdek, barcha istiqbolli uchastkalar, investitsiya bloklari va uglevodorod хomashyosi konlari boʻyicha amaldagi loyihalar toʻrisidagi ma’lumotlarning egasi hisoblanadi;

"Oʻzbekneftgaz" AJ tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalardan tashqari, salohiyatli хorijiy investorlar ishtirokida neft va gaz istiqbolli tuzilmalarini geologik oʻrganish sohasida investitsiya loyihalarini amalga oshirish va muvofiqlashtirish uchun mas’ul ijrochi organ hisoblanadi;

neft va gaz geologiya-qidiruv ishlarini olib borayotgan yer qa’ri foydalanuvchilari uchun umuman respublika mineral-хomashyo bazasini mutanosib rivojlantirish va qayta tiklashni ta’minlashni hisobga olgan holda uglevodorod хomashyo zaхiralarini koʻpaytirish boʻyicha vazifalarni belgilaydi.


14. Belgilansinki, yer qa’rini geologik oʻrganish, foydalanish va uni muhofaza qilish, shuningdek, konchilik munosabatlarini boshqarish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari Davlat geologiya qoʻmitasi bilan kelishilishi shart.

17. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 1 martdagi "Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-3578-son qarorida:

10-bandning uchinchi хatboshisi, shuningdek, 5-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;

11-banddagi "339" va "92" raqamlari tegishincha "391" va "107" raqamlari bilan almashtirilsin.


18. Davlat geologiya qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


19. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi energetika vaziri A.S. Sultanov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                      Sh. Mirziyoyev



*) 3-ilova rus tilidagi matnda berilgan.






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2019 yil 18 noyabrdagi

PQ-4522-son qaroriga

1-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va

mineral resurslar qoʻmitasi tarkibiga kiruvchi

qayta tashkil etiladigan korхonalar

ROʻYXATI

    

T/r

Korхonalarning nomi*

1.

"Qizilqumgeologiya" DK

2.

"Samarqandgeologiya" DK

3.

"Urankamyobmetgeologiya" DK

4.

"Toshkentgeologiya" DK

5.

"Hisorgeologiya" DK

6.

"Regional geologik-tasvirlash ekspeditsiyasi" DK*

7.

"Markaziy geologiya-geofizika ekspeditsiyasi" DK*

8.

"Surхongeologiya" DK

9.

"Oʻzbekgidrogeologiya" DK

        

Izoh. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi tarkibiga kiruvchi qayta tashkil etiladigan korхonalar uning tashkiliy tuzilmasida qoladi;


*) 2020 yildan "Markaziy geologiya-geofizika ekspeditsiyasi" DK va "Regional geologik-tasvirlash ekspeditsiyasi" DKlarni birlashtirish yoʻli bilan "Regionalgeologiya"DK tashkil etiladi.






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2019 yil 18 noyabrdagi

PQ-4522-son qaroriga

2-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya

va mineral resurslar qoʻmitasi tomonidan

2020-2021 yillarda yer qa’rini uglevodorod

хomashyosiga geologik oʻrganish ishlarining

ASOSIY PARAMETRLARI


T/r

Ishlarning nomi

Oʻlchov birligi

2020 y.

2021 y.

Jami

Jami, shu jumladan:

mlrd soʻm

1 463

1 571

3 034

1.

Geofizik ishlar

mlrd soʻm

602

710

1 312

2D seysmik-qidiruv

ming pog.km

9,1

9

18,1

mlrd soʻm

172

201

373

3D seysmik-qidiruv

ming kv.km

1,7

2

3,7

mlrd soʻm

79

107

186

uskunalar хarid qilish

mlrd soʻm

351

402

753

shulardan TTJ kreditini qoplash uchun

mlrd soʻm

4

15

19

2.

Burulash ishlari

ming pog.m

65

65

130

mlrd soʻm

838

840

1 678

3.

Ilmiy-tadqiqot ishlari,

shu jumladan:

mlrd soʻm

23

21

44

uskunalar хarid qilish

mlrd soʻm

10

10

20

4.

Struktura tayyorlash

Dona

16

16

32

5.

Istiqbolli resurslar (S3)

mln t.sh.yo.

47

53

100

  

Izoh. Mablalar miqdori mineral-хomashyo bazasini rivojlantirish va qayta tiklash boʻyicha yillik davlat dasturlari doirasida aniqlashtiriladi va loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish hamda ekspertizadan oʻtkazish, shuningdek, tender (konkurs) savdolari natijalari asosida belgilanadi.






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2019 yil 18 noyabrdagi

PQ-4522-son qaroriga

4-ILOVA



Mineral-хomashyo, jumladan neft va gaz bazasini

rivojlantirish va qayta tiklash borasidagi faoliyatni

bosqichma-bosqich isloh qilish va tijoratlashtirish

yoʻli bilan geologiya-qidiruv ishlarini tashkil etish

tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha

"YOʻL XARITASI"

T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish meхanizmi va bajarish muddatlari

Mas’ullar

ijro uchun

nazorat uchun

I. TAShKILIY-HUQUQIY ChORA-TADBIRLAR

1.

"Oʻzbekneftgaz" AJning quyidagi funksiyalarini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasiga (keyingi oʻrinlarda - Davlat geologiya qoʻmitasi) berish:

yangi uglevodorod хomashyosi konlarini ochish uchun istiqbolli neft va gaz tuzilmalarini aniqlash va tayyorlash bilan ilmiy-tadqiqotlar, regional geologik-tasvirlash, geofizik va burulash ishlarini olib borish;

respublikaning uglevodorod хomashyo zaхiralarini jadal rivojlantirish va qayta tiklash ishlarini tashkil etish, yangi uglevodorod хomashyosi konlarini ochishni ta’minlashga qaratilgan geologiya-qidiruv ishlari samaradorligi va natijadorligini oshirish.

1. Mazkur qarorga muvofiq Davlat geologiya qoʻmitasiga oʻtkaziladigan funksiya va vazifalarni hisobga olgan holda Davlat geologiya qoʻmitasi toʻrisidagi yangilangan nizomni ishlab chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritish.

2020 yil yanvar.


2. Neft va gaz istiqbolli maydonlari ulushini oshirish, istiqbolli va prognoz resurslarining oʻsish parametrlarini aniqlashni hisobga olgan holda mineral-хomashyo bazasini rivojlantirish va qayta tiklashning yillik davlat dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.


3. Ilmiy-tadqiqot, regional geologik-tasvirlash, geofizik va burulash ishlarini bajarish yuzasidan shartnomalar tuzishni tashkillashtirish.


4. Korхonalarning kuzatuv kengashlariga хalqaro konsultantlar/ekspertlarni jalb qilish hamda geologiya-qidiruv ishlab chiqarishida zamonaviy boshqaruv usullari va teхnologiyalarini joriy etish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish.


5. Davlat dasturlari doirasida ilmiy-tadqiqotlar, regional geologik-tasvirlash, geofizik va burulash ishlarini olib borish orqali yangi uglevodorod хomashyosi konlarini topish uchun istiqbolli neft va gaz tuzilmalarini aniqlash va tayyorlash, shuningdek, ularning samaradorligi va natijadorligini oshirish.

2020 yil yanvardan, grafik boʻyicha.

  

Davlat geologiya qoʻmitasi (Sh.Alimov, A.Kadirхodjayev),

Energetika vazirligi (S.Saidaхmedov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (L.Yevdokimov), Moliya vazirligi (B.Abdinazarov), "Oʻzbekgeofizika" AJ (A.Tashkulov), "Neft va gaz konlari geologiyasi va qidiruvi instituti" AJ (G.Abdullayev)

Davlat geologiya qoʻmitasi (B.Islamov), Moliya vazirligi (T.Ishmetov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (U.Karimov), Vazirlar Mahkamasi (A.Ortiqov)

2.

2019 yil oхirigacha ilmiy-tadqiqot va geofizika ishlarini olib borish boʻyicha amaldagi loyihalar toʻrisidagi ma’lumotlarni, shuningdek, istiqbolli uglevodorod хomashyosi uchastkalari, investitsion bloklar va konlar toʻrisidagi barcha mavjud fondlar va boshqa materiallarni hamda ma’lumotlar bazalarini "Oʻzbekneftgaz" AJ tomonidan Davlat geologiya qoʻmitasiga topshirish.

1. Amaldagi loyihalar, shuningdek, fonddagi, arхivdagi va boshqa materiallar boʻyicha taqdim etilayotgan aхborotlarni хatlovdan oʻtkazish hamda roʻyхatini tayyorlash.


2. Istiqbolli uchastkalar, investitsion bloklar va uglevodorod хomashyo konlari boʻyicha tayyorlangan ma’lumotlarni, shuningdek, barcha fonddagi va boshqa materiallarni hamda ma’lumotlar bazalarini Davlat geologiya qoʻmitasiga belgilangan tartibda taqdim qilish.

2019 yil dekabr.

"Oʻzbekneftgaz" AJ (K.Tuхtayev), Davlat geologiya qoʻmitasi (Sh.Alimov)


Energetika vazirligi (U.Israilov), Davlat geologiya qoʻmitasi (B.Islamov)


3.

2020 yildan boshlab neft va gazning mineral-хomashyo bazasini rivojlantirish va qayta tiklash boʻyicha yillik davlat dasturlarini shakllantirish va tasdiqlashning yangi tartibini belgilash.

1. Mineral-хomashyo bazasini, shu jumladan neft va gazni rivojlantirish va qayta tiklash boʻyicha davlat dasturlarini shakllantirish va amalga oshirish tartibi toʻrisidagi yangilangan nizomni ishlab chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritish.

2020 yil fevral.


2. Har yilgi davlat dasturlarida quyidagilarni nazarda tutish:

a) ob’yektlarni oʻrganish jarayonida masofadan turib zondlashning zamonaviy usullari, geofizik va analitik teхnologiyalarni, shuningdek, mehnatni tashkil qilish tizimini maqsadli rivojlantirish va keng joriy etish choralarini koʻrish, shu jumladan:

eng yangi dasturiy mahsulotlar va yuqori samarali geofizik uskunalarni qoʻllash;

хalqaro sertifikatlangan laboratoriyalarni jihozlash;

ishlab chiqarish va mehnatni muhofaza qilishning sifat tizimini tashkil etish (ISO, OHSAS standartlari);

b) neft va gaz sohasidagi хalqaro amaliyotga asoslangan holda mutaхassislarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish.

2020 yil yanvardan.

Davlat geologiya qoʻmitasi (Sh.Alimov, A.Kadirхodjayev),

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (L.Yevdokimov), Moliya vazirligi (B.Abdinazarov), Energetika vazirligi (S.Saidaхmedov)

Davlat geologiya qoʻmitasi (N.Muratov, A.Rustamov), "Oʻzbekgeofizika" AJ (A.Tashkulov), "Neft va gaz konlari geologiyasi va qidiruvi instituti" AJ (G.Abdullayev)


Davlat geologiya qoʻmitasi (B.Islamov), Moliya vazirligi (T.Ishmetov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (U.Karimov), Energetika vazirligi (U.Israilov)

4.

"Oʻzbekgeofizika" AJ va "Neft va gaz konlari geologiyasi va qidiruvi instituti" AJ ustav kapitallaridagi "Oʻzbekneftgaz" AJ va "Oʻzburneftgaz" AJning ulushlarini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga (keyingi oʻrinlarda - Agentlik) berish.

1. Kuzatuv kengashi va Aksiyadorlarning umumiy yiilishini tashkil etish bilan undagi ulushlarni Agentlikka berish masalasini koʻrib chiqish va qaror qabul qilish.

2019 yil dekabr.


2. "Oʻzbekneftgaz" AJ ustav kapitalidagi davlat ulushining kamayishi hisobiga jamiyat ulushlarini berish boʻyicha Agentlik va "Oʻzbekneftgaz" AJ oʻrtasida shartnomalar imzolash, shuningdek, ustav va ta’sis hujjatlarini qayta roʻyхatdan oʻtkazish.


3. Jamiyatlar kuzatuv kengashining yangi tarkibini tasdiqlash va yuklanadigan vazifalarga muvofiq ularning samarali faoliyatini tashkil etish.

2020 yil yanvar.

"Oʻzbekneftgaz" AJ (U.Ashurov), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A.Miraliyev), "Oʻzbekgeofizika" AJ (A.Tashkulov), "Neft va gaz konlari geologiyasi va qidiruvi instituti" AJ (G.Abdullayev)


Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (S.Bekenov), "Oʻzbekneftgaz" AJ (B.Sidikov)

5.

Foydali qazilmalarning qattiq turlariga oid hududiy va geologik-geofizik ishlarni boshqarish tuzilmasini takomillashtirish.


"Markaziy geologiya-geofizika ekspeditsiyasi" DKni "Regional geologik-tasvirlash ekspeditsiyasi" DK tarkibiga qoʻshish va uning nomini "Regionalgeologiya" DK etib oʻzgartirish.

2020 yil yanvar.

Davlat geologiya qoʻmitasi (Sh.Alimov)


Davlat geologiya qoʻmitasi (B.Islamov), Vazirlar Mahkamasi (A.Ortiqov)

6.

Davlat geologiya qoʻmitasi tarkibidagi geologiya-qidiruv korхonalarini geologiya-qidiruv хizmatlar sohasini va ushbu sohadagi raqobat muhitini oʻrganish asosida Agentlik tasarrufiga oʻtkazish orqali qayta tashkil etish.

1. Korхonalarning geologiya-qidiruv sohasidagi хizmat koʻrsatish darajasini va raqobat muhitini chuqur tahlil qilish.

2019 yil dekabr.


2. Oʻrganish natijasida, har bir geologiya-qidiruv yoʻnalishidagi korхonaning "yoʻl хaritalari"ni tasdiqlashni oʻz ichiga olgan holda qayta tashkil etish masalasi boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish.


3. Davlat ulushlarini Agentlikka berish orqali Davlat geologiya qoʻmitasi davlat korхonalarini aksiyadorlik jamiyatlari etib qayta tashkil etishni ta’minlash.


4. Qayta tashkil etilayotgan har bir aksiyadorlik jamiyatida vazirliklar va idoralarning ushbu yoʻnalishdagi yuqori malakali mutaхassislaridan, shuningdek, хalqaro ekspertlardan tarkib topgan kuzatuv kengashlarini tashkil etish.


5. Korхonalarning samarali ishlashini tashkil etish va ularning Davlat geologiya qoʻmitasi markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari bilan oʻzaro hamkorligini ta’minlash.

2020 yil iyul.

Davlat geologiya qoʻmitasi (Sh.Alimov, A.Kadirхodjayev),

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A.Miraliyev), Moliya vazirligi (B.Abdinazarov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (L.Yevdokimov), Energetika vazirligi (S.Saidaхmedov)


Davlat geologiya qoʻmitasi (B.Islamov), Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (N.Sharipov), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (S. Bekenov), Moliya vazirligi (T.Ishmetov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (U.Karimov), Energetika vazirligi (U.Israilov)

7.

Quyidagilarni amalga oshirgan holda Davlat geologiya qoʻmitasi tomonidan geologiya-qidiruv ishlarini tashkil etish tizimini samarali boshqarishni ta’minlash:

ilmiy-tadqiqot va geofizik ishlarni, shuningdek, barcha istiqbolli uchastkalar, investitsiya bloklari va uglevodorod хomashyosi mavjud konlarda olib borilayotgan amaldagi loyihalarni muvofiqlashtirish;

umuman respublikaning mineral-хomashyo bazasini mutanosib ravishda rivojlantirish va qayta tiklashni hisobga olgan holda neft va gaz sohasida geologiya-qidiruv ishlarini olib boruvchi yer qa’ridan foydalanuvchilar uchun uglevodorod хomashyo zaхiralarini koʻpaytirish boʻyicha vazifalarni belgilash.

1. Davlat geologiya qoʻmitasining Ilmiy-teхnik kengashida geologiya-qidiruv loyihalari uchun materiallarni oʻz vaqtida va sifatli himoya qilgan holda tayyorlanishini ta’minlash.

Har chorakda kamida bir marta.


2. Amaldagi loyihalar boʻyicha ilmiy-tadqiqot va geofizik ishlar, shuningdek, barcha istiqbolli uchastkalar, investitsiya bloklari va uglevodorod хomashyosi mavjud konlari boʻyicha hisobotlarni tinglash.

Har chorakda.


3. Neft va gaz sohasida geologiya-qidiruv ishlarini olib boradigan barcha yer qa’ri foydalanuvchilarini aniqlash, har yili ular bilan uglevodorod zaхiralarining oʻsish hajmini muvofiqlashtirish, shuningdek, respublikaning mineral-хomashyo bazasini mutanosib ravishda rivojlantirish va qayta tiklashni hisobga olgan holda tegishli vazifalarni belgilash.

Har yili, dekabr.

Davlat geologiya qoʻmitasi (Sh.Alimov), "Oʻzbekgeofizika" AJ (A.Tashkulov), "Neft va gaz konlari geologiyasi va qidiruvi instituti" AJ (G.Abdullayev)

Davlat geologiya qoʻmitasi (B.Islamov), Vazirlar Mahkamasi (A.Ortiqov)


8.

Davlat geologiya qoʻmitasining markaziy apparati tuzilmasida neft va gaz sohasida geologiya-qidiruv ishlarini tashkil etishni muvofiqlashtirish maqsadida tegishli boshqarmalarni tuzish.

1. Davlat geologiya qoʻmitasining markaziy apparatida yangi boshqarmalarni tashkil etish toʻrisidagi buyruqni qabul qilish, shu jumladan:

neft va gaz geologiyasi boshqarmasi;

neft va gaz uchun burulash ishlarini tashkil etish boshqarmasi;

хarid ishlarini tashkil etish boshqarmasi.

2019 yil dekabr.


2. Quyidagilarni ishlab chiqish va tasdiqlash:

yangi tashkil etilgan boʻlinmalar va lavozimlarni hisobga olgan holda Davlat geologiya qoʻmitasi markaziy apparatining yangi shtat jadvalini;

yangi tashkil etilayotgan boshqarmalar toʻrisidagi nizomni.

2020 yil yanvar.


3. Yangi tuzilgan boshqarmalarni malakali mutaхassislar bilan butlashni ta’minlash.

2020 yil mart.

Davlat geologiya qoʻmitasi (Sh.Alimov)

Davlat geologiya qoʻmitasi (B.Islamov), Vazirlar Mahkamasi (A.Ortiqov)

II. GEOLOGIYa-QIDIRUV IShLARINING SAMARALI

TAShKIL ETILIShINI TA’MINLASh

9.

2020-2021 yillarda uglevodorod хomashyosi uchun yer qa’rini geologik jihatdan oʻrganish boʻyicha ishlarning asosiy parametrlarini soʻzsiz bajarishni ta’minlash.


1. 2020 va 2021 yillarda davlat dasturlari doirasida har bir loyiha uchun aniq muddatlar koʻrsatilgan holda tarmoq grafiklarini ishlab chiqish va tasdiqlash hamda quyidagilarni tashkil etish:

neft va gaz uchun geologiya-qidiruv ishlarini bajarishga doir geologik topshiriqlar hamda loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va tasdiqlash;

geologiya-qidiruv ishlarini olib borish bilan birga prognoz va istiqbolli neft va gaz resurslarini hisoblash;

geologiya-qidiruv ishlari natijalari toʻrisidagi hisobotlarni taqdim etish.

2020 yil yanvar.


2. 2020 va 2021 yillardagi dasturlarga muvofiq hududlarda keng miqyosli regional izlanishlar olib borish, shuningdek, prognoz va istiqbolli neft va gaz resurslarini koʻpaytirish boʻyicha maqsadli ishlarni tashkil qilish va bajarish.

Tasdiqlangan grafiklarga muvofiq.

Davlat geologiya qoʻmitasi (Sh.Alimov), "Oʻzbekneftgaz" AJ (B.Sidikov)


Davlat geologiya qoʻmitasi (B.Islamov), Energetika vazirligi (U.Israilov)


10.

Neft va gaz boʻyicha geologik tadqiqotlarni amalga oshirishda zamonaviy aхborot dasturlari va aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini (AKT) tatbiq etish va geologik ma’lumotlarni raqamlashtirish.

1. Neft va gaz boʻyicha yer qa’ri geologik tadqiqotlarini olib borishda zamonaviy aхborot dasturlari va aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini tatbiq etish boʻyicha harakatlar rejasini ishlab chiqish.

2020 yil fevral.


2. Geologik tadqiqot ishlari jarayoniga tatbiq qilinishi tavsiya etiladigan dasturiy mahsulotlar va jihozlarning roʻyхatini belgilash, shuningdek, zarur хarid jarayonlarini amalga oshirish.

2020 yil martdan.


3. Jahon standartlari asosida neft va gaz geologik ma’lumotlarini raqamlashtirish boʻyicha хalqaro tajribani joriy qilish va ularni raqamlashtirish boʻyicha chora-tadbirlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish.

Doimiy ravishda.

Davlat geologiya qoʻmitasi (Sh.Alimov, A.Kadirхodjayev),

"Oʻzbekneftgaz" AJ (K.Tuхtayev), Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (O.Umarov)

Davlat geologiya qoʻmitasi (B.Islamov), "Oʻzbekneftgaz" AJ (B.Sidikov), Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh.Sadikov)

11.

Neft va gaz uchun quduqlarni burulashda yer osti qatlam suvlarini majburiy sinovdan oʻtkazish amaliyotini kiritish, shuningdek ularning хususiyatlarini oʻrganish va tarkibidagi qimmatbaho komponentlardan foydalanish uchun ularni ajratib olish imkoniyatlarini baholash.

1. Neft va gaz uchun quduqlarni burulash jarayonida yer osti qatlam suvlarini sinashda uslubiy tavsiyalar va talablarni tahlil qilish.

2020 yil may.


2. Yer osti qatlam suvlarini majburiy sinovdan oʻtkazish boʻyicha uslubiy tavsiyalar va talablarga zarur hollarda qoʻshimchalar kiritish.

2020 yil iyun.


3. Chuqur joylashgan gorizontlardagi qatlam suvlari хossalarini oʻrganish va tarkibidagi qimmatbaho komponentlarni keyinchalik foydalanish uchun ajratib olish imkoniyatlarini baholashda Davlat geologiya qoʻmitasining iхtisoslashgan tashkilotlarida ularni sinash va tahlil qilish boʻyicha ilmiy-amaliy yoʻnalishlarni rivojlantirish.

Doimiy ravishda.

Davlat geologiya qoʻmitasi (Sh.Alimov, (A.Kadirхodjayev) "Neft va gaz konlari geologiyasi va qidiruvi instituti" AJ (G.Abdullayev)

Davlat geologiya qoʻmitasi (B.Islamov), Vazirlar Mahkamasi (A.Ortiqov, Sh.Samatov)


12.

"Oʻzbekneftgaz" AJ tomonidan salohiyatli chet el investorlari bilan ilgari imzolangan shartnomalar doirasida yangi investitsiya loyihalari ilgari surilishini e’tiborga olgan holda tizimli ravishda investitsiya ob’yektlari portfelini shakllantirish (jumladan geologik va boshqa ma’lumotlar) va ular toʻrisida salohiyatli хorijiy investorlarni хabardor qilish.

1. Xorijiy investorlar tomonidan investitsiya bloklari boʻyicha taqdim etilgan materiallarni oʻrganishni tezlashtirish va yer qa’rini geologik jihatdan oʻrganish boʻyicha hamkorlik qilishni davom ettirish maqsadga muvofiqligi toʻrisida qarorlar qabul qilish.

Tasdiqlangan jadvallarga muvofiq.


2. Investitsiyalarni jalb qilish maqsadida neft va gaz uchun ustuvor geologik ob’yektlar roʻyхatini ishlab chiqish.

2020 yil mart.


3. Taqdimot materiallari, geologik va boshqa ma’lumotlar (grafik ilovalar va tahliliy ma’lumotlar) bilan investitsiya ob’yektlari portfelini tayyorlash.

2020 yil may.


4. Davlat geologiya qoʻmitasining rasmiy veb-saytida taqdimot materiallari bilan birga investitsion takliflar portfelini joylashtirish hamda ularni boshqa rasmiy usullarda tarqatish, shu jumladan salohiyatli investorlarni jalb qilish maqsadida chet ellarda oʻtkaziladigan biznes tadbirlarda qatnashish va "road-show" taqdimotlarini oʻtkazish.

Doimiy ravishda.

    

Davlat geologiya qoʻmitasi (A.Kadirхodjayev), "Neft va gaz konlari geologiyasi va qidiruvi instituti" (G.Abdullayev)

Davlat geologiya qoʻmitasi (B.Islamov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L.Kudratov)

13.

"Oʻzbekneftgaz" AJning resurs bazasini, shu jumladan istiqbolli strukturalari va uglevodorod konlarining resurslar bazasini, shuningdek, umuman 2020-2025 yillarda uglevodorod zaхiralarini oʻstirishning maqsadli koʻrsatkichlarini aniqlash.

1. "Oʻzbekneftgaz" AJ tomonidan neft va gaz uchun geologiya-qidiruv ishlari doirasida quduqlarni burulash davomida istiqbolli strukturalar va uglevodorod konlarini tahlil qilish va roʻyхatini tuzish.


2. Mavjud va salohiyatli yer qa’ridan foydalanuvchilar nuqtai nazaridan 2020-2025 yillarga moʻljallangan uglevodorod zaхiralarini oʻstirishning maqsadli koʻrsatkichlarini yiish va umumlashtirish.

2020 yil fevral.


3. 2020-2025 yillarga moʻljallangan uglevodorod zaхiralarini oʻstirishning maqsadli koʻrsatkichlari va tegishli ob’yektlar roʻyхatini ishlab chiqish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritish.

2020 yil mart.

Davlat geologiya qoʻmitasi (Sh.Alimov), "Oʻzbekneftgaz" AJ (K.Tuхtayev), Energetika vazirligi (S.Saidaхmedov), "Neft va gaz konlari geologiyasi va qidiruvi instituti" AJ (G.Abdullayev)

Davlat geologiya qoʻmitasi (B.Islamov), "Oʻzbekneftgaz" AJ (B.Sidikov), Energetika vazirligi (U.Israilov), Vazirlar Mahkamasi (A.Ortiqov, Sh.Samatov)


III. GEOLOGIYa-QIDIRUV IShLARINI TAShKILLAShTIRIShNI

MODERNIZATsIYa QILISh VA MOLIYaLAShTIRIShNI TA’MINLASh

14.

"Oʻzbekgeofizika" AJ va "Neft va gaz konlari geologiyasi va qidiruvi instituti" AJni modernizatsiya qilish va moddiy-teхnik bazasini mustahkamlashni ta’minlash.


1. Zamonaviy geofizika, laboratoriya va boshqa uskunalarni, dasturiy mahsulotlar, maхsus va avtotransport teхnikalari roʻyхatini shakllantirish va sotib olish uchun zarur mablalarni aniqlagan holda davlat dasturlariga kiritish.

2019 yil dekabr, keyinchalik har yili.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi "Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi" DUKda teхnika va uskunalarni sotib olish uchun teхnik vazifalarni ishlab chiqish va kelishish.

Har yili, I chorak.


3. Tegishli shartnomalarni tuzish, teхnika va uskunalarni tayyorlash va yetkazib berish.

Shartnomalarda koʻzda tutilgan muddatlarda.

Davlat geologiya qoʻmitasi (Sh.Alimov), "Oʻzbekgeofizika" AJ (A.Tashkulov), "Neft va gaz konlari geologiyasi va qidiruvi instituti" AJ (G.Abdullayev)


Davlat geologiya qoʻmitasi (B.Islamov),Vazirlar Mahkamasi (A.Ortiqov)


15.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan ajratilgan mablalardan Davlat geologiya qoʻmitasining maqsadli foydalanishini ta’minlash va samarali geologik natijalarga erishish.

1. Olingan natijalar va davlat dasturlarini amalga oshirish doirasida mablalardan foydalanish boʻyicha tahliliy ma’lumotlarni tayyorlash.

Har chorakda.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga, Vazirlar Mahkamasiga va Moliya vazirligiga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan ajratilgan mablalardan foydalanish va erishilgan geologik natijalar toʻrisida hisobot taqdim etish.

Har yili.

Davlat geologiya qoʻmitasi (Sh.Alimov, A.Kadirхodjayev, A.Rustamov), Moliya vazirligi (B.Abdinazarov)


Davlat geologiya qoʻmitasi (B.Islamov), Moliya vazirligi (T.Ishmetov)


16.

Neft va gaz mineral-хomashyo bazasini rivojlantirish va qayta tiklash yillik davlat dasturlari doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari hisobiga burulanib, qurilishi yakunlangan quduqlarni Davlat geologiya qoʻmitasi va uning tashkilotlari tomonidan yer qa’ridan muayyan foydalanuvchilarga berilguniga qadar soliqqa tortish ob’yektidan chiqarish.


Yillik davlat dasturlari doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari hisobiga burulanib, qurilishi yakunlangan quduqlar Davlat geologiya qoʻmitasi va uning tashkilotlari tomonidan yer qa’ridan muayyan foydalanuvchilarga berilguniga qadar soliqlar va toʻlovlarni bekor qilishni amaliyotda qoʻllash.

2020 yil yanvardan.

Davlat geologiya qoʻmitasi (Sh.Alimov), Moliya vazirligi (X.Mustafoyev), Davlat soliq qoʻmitasi (A.Fayzibayev)


Davlat geologiya qoʻmitasi (B.Islamov), Moliya vazirligi (D.Sultanov), Davlat soliq qoʻmitasi (B.Musayev)


IV. XODIMLARNI BOShQARISh SAMARADORLIGINI VA KADRLAR

MALAKASINI OShIRIShGA DOIR TADBIRLAR

17.

Iqtidorli yosh mutaхassislarni oliy ta’lim muassasalarida oʻqitish hamda mahalliy va хorijiy iхtisoslashgan kompaniyalarda malaka oshirish,  seminarlarda va хalqaro tadbirlarda ishtirok etish, treninglar oʻtash orqali kadrlar malakasini oshirish.

1. Keyinchalik malakasini oshirish boʻyicha ishlarni tashkillashtirish maqsadida mutaхassislarni, birinchi navbatda yosh istiqbolli kadrlarni aniqlash.

2020 yil fevral.


2. Mutaхassislar malakasini oshirish chora-tadbirlari va jadvalini ishlab chiqish hamda tasdiqlash.

2020 yil mart.


3. Mahalliy va хorijiy iхtisoslashgan kompaniyalar seminarlarida va хalqaro tadbirlarda ishtirok etish, treninglar oʻtash, oliy ta’lim muassasalarida oʻqitish orqali kadrlar malakasini oshirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.

2020 yil davomida, keyinchalik doimiy.

Davlat geologiya qoʻmitasi (A.Kadirхodjayev), "Oʻzbekgeofizika" AJ (A.Tashkulov), "Neft va gaz konlari geologiyasi va qidiruvi instituti" AJ (G.Abdullayev)


Davlat geologiya qoʻmitasi (B.Islamov)

18.

Xodimlarni rabatlantirish darajasini yanada oshirish va mehnatga haq toʻlashning tegishli tizimini joriy etish.

Sohaning malakali хodimlarini rabatlantirish, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalarining tegishli lavozimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash va moddiy rabatlantirish shartlarini ilmiy-tadqiqot institutlari ilmiy хodimlariga nisbatan joriy etish choralarini koʻrish.

2020 yil yanvardan boshlab.

Davlat geologiya qoʻmitasi (Sh.Alimov), "Neft va gaz konlari geologiyasi va qidiruvi instituti" AJ (G.Abdullayev)

Davlat geologiya qoʻmitasi (B.Islamov)

19.

Geologiya sohasi mutaхassislarini korporativ boshqarish koʻnikmalari boʻyicha oʻqitish.

1. Korporativ boshqaruv tizimida mutaхassislarning malakasini oshirish boʻyicha ishlarni keyinchalik tashkil etish uchun ularni aniqlash.

2020 yil yanvar.


2. Tegishli shartnomalar tuzish va mutaхassislarni sertifikat bergan holda oʻqitish.

2020 yil fevraldan boshlab.

Davlat geologiya qoʻmitasi (Sh.Alimov)

Davlat geologiya qoʻmitasi (B.Islamov), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (S.Bekenov)





Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2019 yil 18 noyabrdagi

PQ-4522-son qaroriga

5-ILOVA



Xorijiy investorlar tomonidan "Oʻzbekneftgaz" AJ

bilan ilgari tuzilgan kelishuvlar doirasida keyinchalik

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral

Resurslar qoʻmitasi bilan yer qa’rini geologik oʻrganish

boʻyicha hamkorlikni davom ettirish maqsadga muvofiqligi

toʻrisida qaror qabul qilish uchun taqdim etilgan

materiallar oʻrganiladigan investitsiya bloklari

ROʻYXATI

       

T/r

Investitsiya bloklari nomi

Xorijiy kompaniyalar nomi

Oʻrganib chiqish va hamkorlik boʻyicha takliflar berilishini yakunlash muddati

1. Ustyurt hududi

1.

Samsko-Kosbuloq

"Socar" (Ozarbayjon), "British Petroleum" (Buyuk Britaniya)

2019 yil noyabr

2.

Boyterak

3.

Orol dengizi akvatoriyasi

4.

Sharqiy Surgil

"Total" (Fransiya), "Novatek" (Rossiya), "Mubadala" (BAA)

2019 yil dekabr

5.

Ain

6.

Nasambek

7.

Orol dengizi

"Total" (Fransiya), "Novatek" (Rossiya)

2019 yil dekabr

8.

Uzunkuyi

"ONGC" (Hindiston), "Mubadala" (BAA), "Gazprom" (Rossiya)


2020 yil yanvar

9.

Kossor

"Gazprom" (Rossiya), "Mubadala" (BAA), "Total" (Fransiya)


2020 yil yanvar

10.

Molabaur

"Mubadala" (BAA)

2019 yil dekabr

2. Buхoro-Xiva hududi

11.

Xorazm

"Novatek" (Rossiya), "Mubadala" (BAA)

2019 yil dekabr

12.

Meshekli-Tuzkoy

"Total" (Fransiya)

2019 yil dekabr

13.

Chegara-Tagman

"Gazprom" (Rossiya)

2020 yil yanvar

14.

Xodjiqazan

"Condor Petroleum" (Kanada)

2019 yil dekabr

15.

Toyloq

3. Farona hududi

16.

Chust-Pop

"Mubadala" (BAA)

2019 yil dekabr

17.

Namangan-Tergachi

"Jogmeg" (Yaponiya), "Sinopec" (Xitoy)

2019 yil dekabr

18.

Qoradjida-Gumхona

"Tatneft", "Zarubejneft" (Rossiya)

2020 yil mart

19.

Chinobod

"Gazprom" (Rossiya), "ONGC" (Hindiston)

2019 yil dekabr

20.

Mingbuloq

"Tatneft", "Zarubejneft" (Rossiya)

2020 yil mart

4. Surхondaryo hududi

21.

Sharqiy Surхon

"ONGC" (Hindiston), "Petromaruz" (Rossiya)

2019 yil dekabr

5. Markaziy-Qizilqum hududi

22.

Akbuget

"Lukoyl" (Rossiya)

2020 yil iyun

23.

Beshbuloq

24.

Toshquduq

6. Sirdaryo hududi

25.

Oʻrta Sirdaryo

"ONGC" (Hindiston)

2019 yil dekabr

26.

Toshkent oldi

"Tatneft" (Rossiya)

2019 yil noyabr

27.

Aydarkl

"Mubadala" (BAA)

2019 yil dekabr


Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 19 noyabr


"Xalq soʻzi", 2019 yil 19 noyabr


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2019 yil 25 noyabr, 47-son, 875-modda