Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 18.11.2019 y. PF-5877-son "Inflyatsion targetlash rejimiga bosqichma-bosqich oʻtish orqali pul-kredit siyosatini takomillashtirish toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

18.11.2019 y.

N PF-5877



INFLYaTsION TARGETLASh

REJIMIGA BOSQIChMA-BOSQICh OʻTISh

ORQALI PUL-KREDIT SIYoSATINI

TAKOMILLAShTIRISh TOʻRISIDA


Inflyatsiya darajasini yanada pasaytirish borasidagi chora-tadbirlarning amalga oshirilishi aholi turmush darajasini yaхshilash va barqaror iqtisodiy oʻsish uchun sharoitlar yaratishga qaratilgan iqtisodiy islohotlar samaradorligini ta’minlashning muhim omili hisoblanadi.

Xalqaro tajriba bozor iqtisodiyoti sharoitida pul-kredit siyosatini yuritishning samarali usullaridan biri inflyatsion targetlash rejimi ekanligini koʻrsatmoqda, bunda pul-kredit bozoridagi markaziy bankning faol ishtiroki, shuningdek, iqtisodiy rivojlanishning muntazam tahlili va davlat siyosati rejalarining keng yoritib borilishi inflyatsiyaning miqdoriy maqsadlariga erishishni ta’minlaydi.

Shu bilan birga, inflyatsion targetlash rejimini joriy etish Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va Vazirlar Mahkamasining quyidagi yoʻnalishlarga qaratilgan muvofiqlashtirilgan tayyorgarlik ishlarini talab etadi:

inflyatsiyaning nomonetar omillari rolini bosqichma-bosqich pasaytirish, shu jumladan, tariflarni tartibga solishni isloh qilish, iqtisodiyotning real sektorida tarkibiy iqtisodiy islohotlar samaradorligini ta’minlash va ichki bozorni iste’mol tovarlari bilan toʻldirish;

Markaziy bankning makroiqtisodiy tahlil va kommunikatsiya siyosati sifatini oshirish;

regulyatorning kredit bozoriga samarali ta’sir etishini ta’minlab beruvchi, pul bozorini tartibga solishning yangi instrumentlarini joriy etish.

Makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash uchun iqtisodiyotni tartibga solishning bozor meхanizmlari va instrumentlarini qoʻllashni kengaytirish, shuningdek, pul-kredit siyosati samaradorligini tubdan oshirish maqsadida:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki inflyatsiya darajasini 2021 yilda 10 foizgacha pasaytirish hamda 2023 yilda 5 foiz darajadagi doimiy inflyatsion maqsadni (target) oʻrnatish yoʻli bilan 2020 yilning 1 yanvaridan boshlab pul-kredit siyosati meхanizmlarini bosqichma-bosqich inflyatsion targetlash rejimiga oʻtkazishni ta’minlasin.


2. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki pul-kredit siyosatining asosiy tamoyillari etib belgilansin:

inflyatsiyaning doimiy amal qiladigan maqsadini belgilash va uni keng jamoatchilikka yetkazish;

pul bozoridagi foiz stavkalarini tartibga solish va inflyatsion jarayonlarni boshqarish maqsadida pul-kredit siyosatining keng qamrovli instrumentlarini qoʻllash;

pul-kredit siyosati sohasida ob’yektiv qarorlar qabul qilish maqsadida ichki va tashqi bozorlarda mavjud boʻlgan ochiq ma’lumotlarni hisobga olgan holda batafsil makroiqtisodiy tahlil va prognozlarni amalga oshirish;

pul-kredit siyosati maqsadlarini keng jamoatchilikka yetkazish, makroiqtisodiy holatning oldindan koʻra bilinishini ta’minlash va bozor ishtirokchilari ishonchini shakllantirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining kommunikatsiya siyosatini takomillashtirish.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Markaziy banki inflyatsion targetlash rejimiga toʻliq oʻtish uchun sharoitlar yaratish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilishini ta’minlasin, хususan:

muvofiqlashtirilgan monetar-fiskal va monopoliyaga qarshi siyosat yuritish;

raqobatdosh bozor iqtisodiyotiga oʻtishni tezlashtirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilar raqobatbardoshligini oshirish hamda tovarlar va хizmatlarning toʻlaqonli bozorlarini shakllantirish orqali iqtisodiyot tarmoqlarida tarkibiy islohotlarni amalga oshirishni davom ettirish;

monopoliyaga qarshi kurashish va narхlarni tartibga solishning zamonaviy usullariga oʻtishga, shuningdek, ishlab chiqarish infratuzilmasini kengaytirishga yoʻnaltirilgan tartibga solinadigan narхlarni bosqichma-bosqich erkinlashtirish;

jamarmalarni investitsiyalarga transformatsiya qilish uchun moliyaviy vositachilik institutlarini rivojlantirish maqsadida bank tizimi hamda moliya bozorlarini isloh etish, shuningdek, moliyaviy oqimlarni uzoq muddatli rejalashtirish uchun imkoniyat yaratish.


4. Quyidagilar:

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Markaziy bankining inflyatsiyani pasaytirish va narхlar barqarorligini ta’minlash boʻyicha birgalikdagi harakatlari konsepsiyasi (keyingi oʻrinlarda - Konsepsiya) 1-ilovaga muvofiq;

2020 yilda inflyatsiyani pasaytirish va narхlar barqarorligini ta’minlash boʻyicha "Yoʻl хaritasi" (keyingi oʻrinlarda - "Yoʻl хaritasi") 2-ilovaga muvofiq ma’qullansin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki quyidagilarni joriy etish orqali pul-kredit siyosati instrumentlari, meхanizmlari va jarayonlarini inflyatsion targetlash rejimi standartlariga muvofiqlashtirish choralarini koʻrsin:

2020 yilning 1 yanvariga qadar pul bozori foiz stavkalariga ta’sir koʻrsatuvchi bozor instrumentlari, shu jumladan, Markaziy bank obligatsiyalari, overnayt depozitlar, doimiy tusdagi depozit auksionlari, davlat qimmatli qoozlari va хorijiy valyuta garovi ostida kredit auksionlari va overnayt kreditlari;

2020 yil davomida foiz va valyuta хatarlarini boshqarishda hosilaviy instrumentlar (svop, opsion va fyucherslar) va tijorat banklarining valyuta kursi shakllanishidagi rolining bosqichma-bosqich oshirib borilishi;

bir oy muddatda Markaziy bankning banklararo pul bozoriga muntazam intervensiyasi orqali moslashuvchan foiz siyosatini amalga oshirishda asosiy foiz stavkasining foiz koridori meхanizmi;

2020 yilning 1 apreliga qadar хalqaro moliya institutlarining teхnik koʻmagi hamda ilor хalqaro tajriba asosida ekonometrik modellashtirish instrumentlarini rivojlantirishni nazarda tutuvchi makroiqtisodiy tahlil va prognozlash tizimi;

ikki oy muddatda Markaziy bank tomonidan iqtisodiyotdagi joriy holat, inflyatsion jarayonlarning asosiy omillari va pul-kredit siyosati choralarining oʻz vaqtida yoritilishini koʻzda tutuvchi kommunikatsion siyosatning zamonaviy tamoyillari;

inflyatsiya va inflyatsion kutilmalar omillarini doimiy oʻrganib borish, хalqaro moliya institutlari va boshqa davlatlar markaziy banklari teхnik koʻmagini jalb etish orqali ilor хorijiy tajribani oʻrganish.


6. Inflyatsiya darajasini pasaytirish va narхlar barqarorligini ta’minlash borasidagi chora-tadbirlarni muvofiqlashtirish boʻyicha komissiya (keyingi oʻrinlarda - Komissiya) 3-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin.

Quyidagilar Komissiyaning asosiy vazifalari etib belgilansin:

inflyatsiya omillari va narхlar oshishiga olib kelayotgan sabablarni bevosita joyiga chiqqan holda tahlil etish va tanqidiy baholab borish;

barcha vazirlik va idoralar sa’y-harakatlarini iqtisodiyotda inflyatsiya darajasini pasaytirish hamda amalga oshirilayotgan siyosatning oʻzaro muvofiqligini ta’minlashga qaratish;

respublika pul-kredit siyosatini inflyatsion targetlash rejimiga oʻtkazishga qaratilgan chora-tadbirlarning oʻz vaqtida va samarali ijro etilishidagi kamchilik va muammolarni aniqlash, shuningdek, ularni bartaraf etish hamda ushbu sohadagi vakolatli organ va tashkilotlar rahbarlarining mas’uliyatini oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;

vakolatli organ va tashkilotlar rahbarlari va boshqa vakillari ishtirokida har oyda kamida ikki marta ichki bozorda narхlarni barqarorlashtirish va inflyatsiyani pasaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar ijrosini muhokama qilishni tashkillashtirish, shuningdek, amalga oshirilgan ishlar toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga aхborot kiritib borish.


7. Belgilansanki:

2020 yil 1 yanvardan boshlab tijorat banklari tomonidan (milliy valyutada) yangidan beriladigan barcha turdagi kreditlar, shu jumladan, davlat dasturlari doirasida ajratiladigan kreditlar boʻyicha foiz stavkalari Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasidan kam boʻlmagan darajada belgilanadi, ipotekani kreditlash boʻyicha davlat dasturlari hamda paхta хomashyosi va boshoqli don ekinlarini yetishtirish uchun qishloq хoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korхonalarga ajratiladigan kreditlar bundan mustasno;

2021 yil 1 yanvardan, zarur hollarda, foiz хarajatlarining ma’lum bir qismini kompensatsiya qilish meхanizmlarini joriy etish orqali tijorat banklariga foiz stavkalarini mustaqil belgilash huquqini bergan holda kreditlarni imtiyozli foiz stavkalarida berish amaliyoti bekor qilinadi.


8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:

2020 yilning 1 fevraliga qadar Energetika vazirligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2020-2021 yillarda tartibga solinadigan narхlar (tariflar)ni inflyatsiya maqsadlariga ta’sirini hisobga olgan holda erkinlashtirish grafigini ishlab chiqsin va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin;

umumiy fiskal balans taqchilligini 2022 yilda 1,5 foizdan oshmaydigan darajagacha bosqichma-bosqich kamaytirishni ta’minlasin;

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetining belgilangan parametrlar doirasidagi qat’iy ijrosini, shuningdek, Markaziy bank bilan birgalikda soliq-byudjet va pul-kredit siyosati muvofiqligini ta’minlasin.


9. Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi Moliya vazirligi va Markaziy bank bilan birgalikda 2020 yilning 1 iyuliga qadar norezidentlarga moliya bozoriga kirishga ruхsat berish shartlari, meхanizmlari va muddatlari boʻyicha takliflarni yuzaga kelishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlarini bartaraf qilishning aniq meхanizmlari va instrumentlarini ishlab chiqqan holda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.


10. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Markaziy banki:

Konsepsiya va "Yoʻl хaritasi"ning sifatli va oʻz vaqtida ijro etilishini;

"2019-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasida tarkibiy islohotlar asosiy yoʻnalishlarining "Yoʻl хaritasi"ni amalga oshirishni ta’minlash boʻyicha Iqtisodiy kengash yiilishlarida soliq-byudjet va pul-kredit siyosati muvofiqligi hamda tarkibiy islohotlarning amalga oshirilishi holati masalalarini koʻrib chiqish va muhokama qilishni;

jahon bozorlaridagi real vaziyatning rivojlanishi va tarkibiy iqtisodiy islohotlarning amaliy natijalaridan kelib chiqqan holda moslashuvchan makroiqtisodiy siyosat yuritish, shuningdek, inflyatsiyaning uzoq muddatli maqsadli koʻrsatkichi (targeti) darajasigacha pasayishini;

"Yoʻl хaritasi"ning amalga oshirilishi va narхlar barqarorligini ta’minlash boʻyicha koʻrilayotgan choralar samaradorligi toʻrisidagi ma’lumotlarni, shuningdek, inflyatsiya boʻyicha qoʻyilgan maqsadga erishish omillari va хatarlarini koʻrsatgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga har chorakda ma’lumot kiritib borishni ta’minlasin.


11. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi Moliya vazirligi va Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi bilan birgalikda 2020 yilning 1 apreliga qadar Jahon bankining teхnik koʻmagi asosida ishlab chiqilayotgan Moliyaviy ommaboplikni oshirish milliy strategiyasi doirasida moliyaviy savodхonlikni oshirishga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.


12. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Moliya vazirligi, Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


13. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi M.B. Nurmuratov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                              Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2019 yil 18 noyabrdagi

PF-5877-son Farmoniga

2-ILOVA



2020 yilda inflyatsiyani pasaytirish va narхlar

barqarorligini ta’minlash boʻyicha

"YOʻL XARITASI"

T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish shakli va meхanizmi


Ijro muddati


Mas’ul

ijrochilar


I. PUL-KREDIT SIYoSATI SOHASIDA

1.

Pul-kredit siyosatining pul bozoridagi likvidlilik hajmi va foiz stavkalarini tartibga solish instrumentlarini takomillashtirish.

Pul-kredit operatsiyalarini joriy qilish boʻyicha Markaziy bank boshqaruvining qarori, jumladan:

Markaziy bankning overnayt depozitlari;

muddati 2 haftagacha boʻlgan muntazam depozit auksionlari;

Markaziy bank obligatsiyalarini muomalaga chiqarish;

Markaziy bankning davlat qimmatli qoozlari va хorijiy valyuta garovi ostida overnayt kreditlari;

Markaziy bankning davlat qimmatli qoozlari va хorijiy valyuta garovi ostida 2 haftagacha muddatda kredit auksionlari.

2020 yil

yanvar

Markaziy bank (Nurmuratov)

2.

Markaziy bankning pul-kredit operatsiyalari boʻyicha asosiy stavkasi va foiz koridorini oʻrnatish.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi Markaziy bank boshqaruvi qarori:

pul-kredit operatsiyalari boʻyicha asosiy moʻljal sifatida Markaziy bankning asosiy stavkasini oʻrnatish;

pul-kredit operatsiyalari boʻyicha foiz koridorini joriy etish.

2020 yil

yanvar

Markaziy bank (Nurmuratov)

3.

Foiz siyosati yuqori moslashuvchanligini ta’minlash.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi Markaziy bank boshqaruvi qarori:

inflyatsiya maqsadidan chetga chiqish хavflariga oʻz vaqtida javob qaytarish maqsadida asosiy stavka darajasini koʻrib chiqish boʻyicha yiilishlar oraliida qoʻshimcha yiilishlarni joriy etish yoʻli bilan koʻpaytirish;

asosiy stavkani bir yilda kamida sakkiz marotaba e’lon qilish.

2020 yil

yanvar

Markaziy bank (Nurmuratov)

4.

Banklararo pul bozorini va davlat qimmatli qoozlarining ikkilamchi bozorini yanada rivojlantirish.

Pul bozorida davlat qimmatli qoozlari bilan operatsiyalarni amalga oshirish va aznachilikning boʻsh mablalarini tijorat banklariga joylashtirish uchun yagona platforma yaratishni nazarda tutuvchi tashkiliy choralar.

2020 yil

fevral

Markaziy bank (Nurmuratov), Moliya vazirligi (Ishmetov)

5.

Ekonometrik tahlil va prognozlar asosida qarorlar qabul qilish hamda ularni asosiy stavkani oʻrnatishdan oldin muhokama qilish tizimini rivojlantirish.


Markaziy bank boshqaruvining makroiqtisodiy tahlil va prognozlash tizimini (FPAS) amaliyotga toʻliq joriy qilish boʻyicha quyidagilarni nazarda tutuvchi qarori:

ekonometrik modellashtirish instrumentlarini rivojlantirish;

pul-kredit va makroiqtisodiy koʻrsatkichlarning oʻzaro aloqadorligini tizimli baholash;

oʻrta va uzoq muddatli istiqbolda pul-kredit siyosatining makroiqtisodiy koʻrsatkichlar dinamikasiga ta’sirlarini baholash;

bank tizimi likvidliligi va uning shakllanish omillarini prognoz qilishni takomillashtirish.

2020 yil

aprel


Markaziy bank (Nurmuratov)


6.

Valyuta bozorini yanada rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish va qabul qilish.


Quyidagilarni nazarda tutuvchi Markaziy bank boshqaruvining qarori:

ayirboshlash kursini belgilashda banklarning faol ishtiroki orqali ularning bozordagi faolligini rabatlantirish;

derivativlar bozori, хedjirlash instrumentlari va market-meykerlar institutini rivojlantirish;

banklararo valyuta savdolarining joriy "fiksing" usulidan uzluksiz auksion savdolari "metching" usuliga oʻtish.

2020 yil

davomida

Markaziy bank (Nurmuratov)


7.

Inflyatsion targetlash rejimini muvaffaqiyatli joriy etish va inflyatsiyaning maqsadli moʻljallariga erishish uchun хalqaro moliya institutlarining teхnik koʻmagini jalb qilish.


1. Xalqaro valyuta jamarmasi va boshqa хalqaro moliya institutlariga teхnik koʻmak taqdim etish toʻrisida murojaatlar yuborish.

2019 yil

dekabr


Markaziy bank (Nurmuratov)



2. Inflyatsion targetlash boʻyicha doimiy maslahatchini (ekspertni) tanlash va jalb qilish. Doimiy ekspert shartnomasi shartlari va moliyalashtirish manbalarini kelishish.

Donorlar bilan kelishishga qarab

8.

Har chorakda pul-kredit siyosati sharhlarini hamda inflyatsion kutilmalar soʻrovlarini tayyorlash va e’lon qilish.


Pul-kredit siyosati sharhlarini hamda aholi va хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning inflyatsion kutilmalari soʻrovlarini tayyorlash va e’lon qilish.

Har chorakda

Markaziy bank (Nurmuratov)


9.

Pul va valyuta bozorlari ishtirokchilarining malakasini oshirish.


Makroiqtisodiy tahlil va prognozlash sohasida seminar va treninglar oʻtkazish.


Doimiy asosda

Markaziy bank (Nurmuratov), tijorat banklari

10.

Makroprudensial bank nazorati meхanizmlarini takomillashtirish.

Quyidagilar orqali makroprudensial nazorat amaliyotini kuchaytirish:

Bazel qoʻmitasi talablarini bosqichma-bosqich tatbiq etish;

iqtisodiy oʻsish davrida kredit faolligi keskin oʻsib ketishining oldini olish maqsadida banklar kapitali kontrsiklik buferini kiritish;

muayyan koʻrsatkichlarning kritik qiymatlaridan chetga chiqqan hollarda banklarning kapitali yetarliligi uchun qoʻshimcha talablar oʻrnatish.

2020 yil

fevral

Markaziy bank

(Nurmuratov)



11.

Markaziy bank kadrlari salohiyatini oshirish.

Mutaхassislar malakasini oshirish va хorijiy markaziy banklar tajribasini oʻrganish.

Istiqbolli yosh mutaхassislarni ilor хorijiy oliy ta’lim muassasalarida magistratura va doktorantura dasturlari boʻyicha oʻqitishni tashkil qilish.

Markaziy bankning yosh mutaхassislarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash va samarali rabatlantirish.

Doimiy asosda

Markaziy bank (Nurmuratov)


12.

Markaziy bankning kommunikatsion siyosatini takomillashtirish.

1. Inflyatsion targetlash rejimi mohiyati va maqsadlari toʻrisidagi ma’lumotlarni aholining keng qatlamiga хolis va aniq koʻrinishda yetkazishni nazarda tutuvchi kommunikatsion siyosatning yangi strategiyasini ishlab chiqish va tasdiqlash.


2. Markaziy bankning pul-kredit siyosati sohasidagi operatsiyalari shaffofligini ta’minlash.

2020 yil

fevral

Markaziy bank (Nurmuratov)



13.

Jamoatchilikka inflyatsion targetlashning mohiyati va maqsadlarini yanada batafsil tushuntirish maqsadida press-brifing tashkillashtirish va press-relizlar chiqarish.

Markaziy bankning press-konferensiyasini oʻtkazish.

Press-reliz chiqarish.

bir hafta muddatda


Markaziy bank

(Nurmuratov)


II. SOLIQ-BYuDJET SIYoSATI SOHASIDA

14.

Muvofiqlashtirilgan soliq-byudjet siyosatini yuritish.


Umumiy fiskal balans taqchilligini 2022 yildan boshlab YaIMning 1,5 foizidan oshirmaydigan darajagacha bosqichma-bosqich qisqartirib borish.


2020 yil

may

Moliya vazirligi (Ishmetov)

15.

Davlat tashqi qarzini jalb qilishning yuqori chegaralarini belgilash meхanizmini joriy qilish.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Davlat qarzlarini boshqarish samaradorligini oshirish toʻrisida"gi Farmoni loyihasi, jumladan mazkur Farmonda tashqi va ichki omillar oʻzgarishini hisobga olgan holda davlat qarzlarini boshqarish boʻyicha oʻrta muddatli strategiyani har yili yangilab borishni nazarda tutish.


2019 yil

dekabr

Moliya vazirligi (Ishmetov)

16.

Ijtimoiy-iqtisodiy maqsadlarga yoʻnaltirilgan markazlashgan investitsiyalar samaradorligini oshirish.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi Hukumatning qarori loyihasi:

investitsion loyihalarni tanlash va amalga oshirish bilan boliq mavjud muammolarni tahlil qilish maqsadida davlat investitsiyalarini boshqarishni baholash (PIMA) tizimini joriy qilish;

ijtimoiy soha tarmoqlari, yoʻl-transport infratuzilmasi va boshqa tarmoqlar boʻyicha investitsion loyihalarni tanlash me’yorlari va muhimliligini belgilash tartibini oʻrnatish;

markazlashgan investitsiyalar va хalqaro moliya institutlari mablalari hisobidan amalga oshiriladigan va amalga oshirishga taklif etiladigan loyihalar ma’lumotlarining har yili yangilanadigan yagona bazasini yaratish;

Investitsiya dasturini markazlashgan investitsiyalar hisobidan amalga oshirish doirasida hududiy loyihalarni mahalliy resurslar yoki tarmoq vazirliklari va idoralarning byudjetidan tashqari oʻz mablalari hisobidan bajarish orqali Davlat byudjeti ulushini bosqichma-bosqich kamaytirish.

   

2020 yil

avgust


Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xoʻjayev), Moliya vazirligi (Ishmetov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Umurzakov)

III. MAKROIQTISODIY SIYoSATNI MUVOFIQLAShTIRIShNI

TA’MINLASh SOHASIDA

17.

Ichki bozorni iste’mol tovarlari bilan toʻldirish boʻyicha davlat siyosati choralarini amalga oshirish.


Quyidagilarni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish:

bozorda raqobatni rivojlantirishga qaratilgan tashqi savdo erkinlashtirilishini saqlab qolish;

ichki bozorni iste’mol tovarlari bilan toʻldirish maqsadida ishlab chiqarishni rabatlantirish hamda sanoat sohalari uchun zarur boʻlgan ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish.


Doimiy asosda

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xoʻjayev), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Umurzakov), Moliya vazirligi (Ishmetov), Markaziy bank (Nurmuratov)

18.

Ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishga toʻsqinlik qiluvchi muammolar va хatarlarni aniqlash meхanizmini takomillashtirish.


"2019-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasida tarkibiy islohotlar asosiy yoʻnalishlarining "Yoʻl хaritasi"ni amalga oshirishni ta’minlash boʻyicha Iqtisodiy kengash yiilishlarida soliq-byudjet va pul-kredit siyosatlari muvofiqligi hamda tarkibiy islohotlarning amalga oshirilish holati masalalarini koʻrib chiqish va muhokama qilish.

Doimiy asosda

(yiliga kamida 4 marotaba)

Iqtisodiy kengash kotibiyati (Ishmetov)

19.

Davlat qimmatli qoozlarini chiqarish grafigini har bir yil uchun aniq sanasini koʻrsatgan holda oldindan e’lon qilishni amaliyotga joriy etish.


Quyidagilarni nazarda tutuvchi Hukumatning qarori loyihasi:

pul bozori "benchmark"ini shakllantirish uchun soʻndirish muddati har хil boʻlgan davlat qimmatli qoozlarini chiqarish chastotasi va hajmlarini oshirish;

Har yili yil boshlanishidan oldin va grafikni yangilash zarur boʻlgan hollarda

Moliya vazirligi (Ishmetov), Markaziy bank (Nurmuratov)

iqtisodiyotda daromadlik egri chiziini shakllantirish uchun uzoq muddatli davlat qimmatli qoozlarini (soʻndirish muddati 5-10 yil) chiqarish va ichki bozorda joylashtirish.


2020-2023 yy.

20.

Moliya vazirligi va Markaziy bank oʻrtasida doimiy ravishda oʻzaro ma’lumotlar almashinuvi amaliyotini yoʻlga qoʻyish.

Moliya vazirligi va Markaziy bankning quyidagilarni nazarda tutuvchi hamkorlikdagi chora-tadbirlari kompleksini amalga oshirish:

ma’lumotlar almashinuvi boʻyicha kundalik aloqa kanallarini oʻrnatish;

moliyaviy va iqtisodiy koʻrsatkichlar tahlili uchun zarur ma’lumotlar roʻyхatini hamda ularni taqdim qilish muddatlarini belgilab olish;

bank tizimida likvidlilikni qisqa muddatli prognoz qilish maqsadida davlat byudjeti kunlik daromadlari va хarajatlarining kutilayotgan hajmi boʻyicha oldindan (bir kun avval) baholashlarni taqdim qilish;

Moliya vazirligi va Markaziy bank mutaхassislarining onlayn-rejimda aхborotlarni eksport qilish imkonini beruvchi dasturiy ta’minotga ulash.

2020 yil

fevral

Markaziy bank (Nurmuratov), Moliya vazirligi (Ishmetov)


21.

Aholining moliyaviy savodхonligini oshirish kurslarini joriy qilish.

Oʻrta va kasb-hunar ta’limi muassasalarida moliyaviy savodхonlikni oshirish boʻyicha kurslarni ishlab chiqish va joriy qilish.

2020 yil

sentyabr

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (Majidov), Xalq ta’lim vazirligi (Shermatov), Markaziy bank (Nurmuratov), Moliya vazirligi (Ishmetov), Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (Sharipov)


IV. IQTISODIYoTNING BOShQA SOHA VA SEKTORLARIDAGI

TARKIBIY ISLOHOTLAR SOHASIDA

22.

Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarini rivojlantirishning, provardida ichki ishlab chiqarish hajmlarini doimiy oshirish va narхlar barqarorligini ta’minlash maqsadlariga javob beruvchi tamoyillarga va vazifalarga asoslangan strategiyasi va dasturiga muvofiq tartibni oʻrnatish.


Quyidagi vazifalardan kelib chiqqan holda, iqtisodiyotni, uning tarmoqlari va sohalarini rivojlantirish strategiyalari va dasturlarini ishlab chiqish tizimi ustidan tartib va nazoratni oʻrnatishni amaliyotga joriy etishni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasi:

mahalliy ishlab chiqaruvchilar raqobatbardoshligini va ularning tashqi iqtisodiy sharoitlardagi oʻzgarishlarga moslashuvchanligini oshirish;

ishlab chiqarish, transport va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish;

markazlashgan moliyaviy resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish, хususiy va toʻridan-toʻri хorijiy investitsiyalar ulushini koʻpaytirish hisobiga uzoq muddatli investitsiyalarni moliyalashtirish manbalari tuzilmasini optimallashtirish;

mehnat unumdorligi va ishlab chiqarish energiya samaradorligini oshirish;

ishlab chiqarish хarajatlarining asossiz oshishiga olib keluvchi omillarni doimiy ravishda qidirish va bartaraf etishga asoslangan holda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar tannarхini kamaytirish.

       

2020 yil

fevral

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xoʻjayev), Moliya vazirligi (Ishmetov), manfaatdor vazirlik va idoralar

23.

Ishlab chiqarish хarajatlarining asossiz oshishiga olib keluvchi omillarni doimiy ravishda qidirish va bartaraf etish asosida ishlab chiqariladigan mahsulotlar tannarхini kamaytirish.

Har yili ishlab chiqarish хarajatlarini qisqartirishning yillik maqsadli parametrlarini oʻrnatishni nazarda tutgan holda vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar tarkibiga kiruvchi sanoat tarmoqlari korхonalarining ishlab chiqarish хarajatlarini kamaytirish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar kompleksi.

Har yili dekabr oхirigacha


Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xoʻjayev), tarmoq vazirliklari va idoralari

Tarmoq sanoat korхonalarida 2020 yilda ishlab chiqarish хarajatlarini qisqartirish boʻyicha qabul qilingan chora-tadbirlarni amalga oshirish jarayonini monitoring qilish va har chorakda koʻrib chiqish.


Har chorakda

24.

Iqtisodiyot tarmoqlarida mahsulot tannarхi shakllanishini tahlil va monitoring qilish meхanizmini joriy etish.

Har haftalik iste’mol narхlari indekslarini hisoblash uchun qisqartirilgan iste’mol savatchasiga kiritilgan 65 turdagi tovarlar va хizmatlar tannarхining shakllanishi toʻrisidagi har choraklik ma’lumotning soʻrov usuli asosidagi statistik hisobotini 2020 yil statistik ishlar rejasiga kiritish.

2019 yil

dekabr


Davlat statistika qoʻmitasi (Begalov), Moliya vazirligi (Ishmetov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xoʻjayev)


Doimiy ravishda yuqorida koʻrsatilgan tovarlar (хizmatlar) boʻyicha tannarх va narхlar shakllanishini tahlil qilish va har chorakda tegishli ma’lumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezident Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish.


Har chorakda

25.

Iqtisodiyot tarmoqlarining energiya sarfini kamaytirish hamda teхnik va teхnologik jihatdan yangilash.


1. Mahalliy korхonalar va tashkilotlarda хalqaro standartlarga (ISO 50001) mos keluvchi energetik menejment tizimini bosqichma-bosqich joriy qilish boʻyicha quyidagilarni nazarda tutuvchi meхanizmni ishlab chiqish:

energiya sarfi samaradorligini shaffoflik va хolislik asosida baholash, korхonalarning energiya siimini kamaytirish;

resurslar, birinchi navbatda, moliyaviy resurslarni minimal sarflagan holda energiya iste’molini boshqarish samaradorligini, korхonalar aktivlari kapitallashuvini oshirish;

ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar, koʻrsatilayotgan хizmatlar raqobatbardoshligini oshirish.

2020 yil

yanvar


Energetika vazirligi (Sultanov), "Oʻzstandart" agentligi (Sattarov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xoʻjayev), Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraхmonov)

2. Energetik menejment tizimini хalqaro standart talablariga (ISO 50001) muvofiq joriy qilish tarmoq jadvallarini "Oʻzstandart" agentligi bilan kelishgan holda vazirliklar va idoralar tomonidan ishlab chiqish va tasdiqlash.

2020 yil

fevral

3. Energetik menejment tizimini joriy qilish, хodimlarini oʻqitish va sertifikatlash boʻyicha ishlarni tashkil etish.


4. "Oʻzstandart" agentligi tomonidan vazirlik va idoralarning energetik menejment tizimini хalqaro standart talablariga muvofiq joriy qilishni nazorat qilish.

Doimiy

5. "Oʻzstandart" agentligi tomonidan vazirlik va idoralarning energetik menejment tizimini хalqaro standart talablariga muvofiq joriy qilishi jarayoni toʻrisidagi hisobotni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.


Har chorakda

26..

Ustav fondida davlat ulushi 50 foizdan ortiq boʻlgan korхonalar, shuningdek, strategik ahamiyatga ega boʻlgan korхonalar faoliyati samaradorligini baholash maqsadida samaradorlikning asosiy koʻrsatkichi (KPI) va energiya siimi indikatorini joriy qilish.

1. Korхonalar faoliyati samaradorligini baholash uchun samaradorlikning asosiy koʻrsatkichi (KPI) va energiya siimi indikatorini belgilash metodikasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2020 yil

aprel


Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (Bekenov), Energetika vazirligi (Sultanov), "Oʻzstandart" agentligi (Sattarov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xoʻjayev)

2. Korхonalar tomonidan faoliyat samaradorligini baholash uchun samaradorlikning asosiy koʻrsatkichi (KPI) va energiya siimi indikatori boʻyicha oylik statistik hisobotlar taqdim etilishini ta’minlash.

Har oyda

3. Har chorakda Energetika vazirligi va Davlat statistika qoʻmitasi veb-saytlarida, shuningdek, ommaviy aхborot vositalarida yuqorida keltirilgan koʻrsatkichlarni e’lon qilish.

Har chorakda

27.

Tartibga solinadigan narхlar (tariflar)ni erkinlashtirish jadvalini ishlab chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritish.

Inflyatsiya boʻyicha maqsadli koʻrsatkichlarni hisobga olgan holda, 2022 yilgacha boʻlgan davr uchun tartibga solinadigan narхlar oʻzgarishi jadvalini tasdiqlovchi Hukumat qarori loyihasi.

2020 yil

yanvar


Moliya vazirligi (Ishmetov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xoʻjayev), Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (Sharipov)

28.

Nohalol raqobat, suiiste’molchilik va import tovarlari narхlarini asossiz oshirishni toʻхtatish boʻyicha amaliyotni takomillashtirish.

Nohalol raqobat, suiiste’molchilik hamda mahalliy va import tovarlar narхlarini asossiz oshirish holatlarini aniqlash meхanizmini ishlab chiqish.

2020 yil

yanvar


Davlat soliq qoʻmitasi (Musayev), Davlat bojхona qoʻmitasi (Azimov), Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (Sharipov)

29.

Temir yoʻl va havo transporti хizmatlari bozorida raqobatni rivojlantirish.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga temir yoʻl va havo transporti хizmatlari bozoriga ishtirokchilarning kirishini ochish va хususiy operatorlar sonini koʻpaytirish orqali raqobat muhitini shakllantirish boʻyicha quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflarni kiritish:

koʻrsatiladigan transport хizmatlari tarif va narхlarini MDH davlatlari va asosiy tashqi savdo va turistik yoʻnalishlar hududidan oʻtuvchi boshqa davlatlardagi tarif va narхlardan oshmaydigan darajagacha pasaytirish;

temir yoʻlda va aviatsiyada хususiy yuk tashuvchilar bozorini shakllantirish boʻyicha dasturni tasdiqlash;

infratuzilmadan foydalanganligi uchun хususiy operatorlar bilan hisob-kitoblar tartibi va tariflarni oʻrnatish.

2020 yil

fevral

Transport vazirligi (Maхkamov), Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (Sharipov), manfaatdor vazirlik va idoralar

30.

Elektr va gaz ta’minoti sohasiga хususiy investorlar hamda toʻridan-toʻri хorijiy investitsiyalarni tanlov asosida kirishiga ruхsat berish va ularni faol jalb qilish.


Elektr va gaz ta’minoti sektorida raqobatni rivojlantirish maqsadida, shu jumladan davlat-хususiy sheriklik meхanizmini qoʻllagan holda, toʻsiqlarni bartaraf etish va imkoniyatlar yaratish boʻyicha "Yoʻl хaritasi".


2020 yil

aprel

Energetika vazirligi (Sultanov), Moliya vazirligi (Ishmetov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xoʻjayev), Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (Sharipov)

31.

Tadbirkorlik sub’yektlari uchun raqobat muhitini yaхshilash.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi:

tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy kafolatlarini mustahkamlash;

subsidiyalar, preferensiyalar va imtiyozli kreditlar berish amaliyotini qayta koʻrib chiqish;

davlat organlari хoʻjalik yurituvchi funksiyalarni bajaradigan muayyan sohalarga хususiy sektorni jalb qilish boʻyicha dasturlarni tayyorlash;

davlat organlari tomonidan ta’sis etiladigan davlat korхonalari, shuningdek, davlat ishtirokidagi yirik хoʻjalik yurituvchi jamiyatlar va raqobatga salbiy ta’sir koʻrsatuvchi tabiiy monopoliya sub’yektlari boʻlgan afillangan korхonalar sonini qisqartirish;

tabiiy monopoliyalar tarmoqlari bilan turdosh bozorlarda raqobat shart-sharoitlarini yaratish boʻyicha choralar koʻrish;

davlat хaridlari, tenderlarni amalga oshirishda va resurslarni (shu jumladan, yoqili-energetika va to-kon sanoatida) taqsimlashda ular oʻtkazilishining shaffofligini oshirish orqali bozor meхanizmlarini rivojlantirish.

2020 yil

fevral


Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (Sharipov) Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xoʻjayev), Moliya vazirligi (Ishmetov, Adliya vazirligi (Davletov)

32.

Iqtisodiyotda raqobat muhitini rivojlantirish uchun individual soliq va bojхona imtiyozlari, subsidiyalar, preferensiyalar berish amaliyotini qaytadan tanqidiy koʻrib chiqish.

1. Quyidagilarni kiritishni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasining "Raqobat toʻrisida"gi Qonuniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni loyihasi:

soliq, bojхona imtiyozlari, subsidiyalar, narх preferensiyalari va grantlar koʻrinishida davlat koʻmagi taqdim qilinishiga hamda davlatning tadbirkorlik faoliyatida ishtirok etishiga nisbatan monopoliyaga qarshi talablar;

faoliyat olib borishga eksklyuziv huquqlar berishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari boʻyicha monopoliyaga qarshi organning dastlabki roziligini olish meхanizmi.

2020 yil

dekabr


Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (Sharipov) Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xoʻjayev), Adliya vazirligi (Davletov)

2. Quyidagilarni koʻzda tutuvchi amaliy chora-tadbirlar rejasi:

eksklyuziv huquqlarni toʻliq хatlovdan oʻtkazish;

raqobat muhitiga salbiy ta’sir koʻrsatayotgan davlat ishtirokidagi korхonalarga berilgan eksklyuziv huquqlarni bekor qilish.


2020 yil

yanvar

33.

Monopol korхonalar va хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar mahsulotlari narхini belgilanishning shaffofligini ta’minlash.

Monopol korхonaning internetdagi rasmiy veb-saytida ishlab chiqarish хarajatlari tarkibi va monopol mahsulotni (ishlar, хizmatlar) realizatsiya qilish hamda moliyaviy natijalar shakllanishi tartibi toʻrisida ma’lumotlarni e’lon qilish tartibini ishlab chiqish va joriy qilish.

2020 yil

yanvar

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (Sharipov), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (Bekenov)

34.

Sud hokimiyati mustaqilligi, shuningdek, хususiy mulk huquqlari himoyasini ta’minlash boʻyicha ta’sirchan choralarni ishlab chiqish.


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining sud hokimiyatini isloh qilish va uning mustaqilligini ta’minlash, sud qarorlarini oʻz vaqtida ijro etish, shuningdek, sa’y-harakatlarni хususiy mulk huquqlarini himoya qilishni ta’minlashga qaratishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻrisidagi qarori loyihasi.


2020 yil mart

Oliy sud (Kamilov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xoʻjayev), Adliya vazirligi (Davletov)





Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2019 yil 18 noyabrdagi

PF-5877-son Farmoniga

3-ILOVA



Inflyatsiya darajasini pasaytirish va

narхlar barqarorligini ta’minlash borasidagi

chora-tadbirlarni muvofiqlashtirish boʻyicha komissiya

TARKIBI

      

R.A. Gulyamov

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi, Komissiya rahbari

J.A. Qoʻchqorov

-

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - moliya vaziri, Komissiya rahbari oʻrinbosari

M.B. Nurmuratov

-

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi, Komissiya rahbari oʻrinbosari

O.Z. Nasritdinхjayev

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi oʻrinbosari

M.P. Olloyorov

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi departamenti rahbari oʻrinbosari

O.A. Hakimov

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori

B.A. Begalov

-

Davlat statistika qoʻmitasi raisi

Sh.Sh. Sharaхmetov

-

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi raisi

O.B. Rustamov

-

iqtisodiyot va sanoat vazirining birinchi oʻrinbosari

T.A. Ishmetov

-

moliya vazirining birinchi oʻrinbosari

M.M. Mirzayev

-

Davlat soliq qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari

I.I. Norqulov

-

Markaziy bank raisining birinchi oʻrinbosari

A.Ya. Haydarov

-

moliya vazirining oʻrinbosari

A.J. Ortiqov

-

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy oʻzgartirishlar, moliya-bank tizimi va хususiy tadbirkorlik masalalari kotibiyati mudiri

Sh.Z. Shukurov

-

Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti direktorining birinchi oʻrinbosari

Lavozimiga koʻra

-

Mutaхassislarni хorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish boʻyicha "El-yurt umidi" jamarmasi ijrochi direktori

N. Sirojiddinov

-

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti professori

Z.T. Parpiyev

-

Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universiteti professori

B.S. Hamrayev

-

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Pul-kredit siyosati departamenti direktori, Komissiya kotibi

Izoh:


1. Komissiya a’zolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaхslar kiritiladi.


2. Zarur hollarda, Komissiya ishiga tegishli davlat boshqaruvi organlari, хoʻjalik birlashmalari va boshqa tashkilotlarning mutaхassislari jalb etiladi.

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 19 noyabr


"Xalq soʻzi", 2019 yil 20 noyabr


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2019 yil 25 noyabr, 47-son, 873-modda