Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Markaziy bankining inflyatsiyani pasaytirish va narхlar barqarorligini ta’minlash boʻyicha birgalikdagi harakatlari Konsepsiyasi (OʻzR Prezidentining 18.11.2019 y. PF-5877-son Farmoniga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2019 yil 18 noyabrdagi

PF-5877-son Farmoniga

1-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi

va Markaziy bankining inflyatsiyani pasaytirish

va narхlar barqarorligini ta’minlash boʻyicha

birgalikdagi harakatlari

KONSEPSIYaSI


Ushbu Konsepsiyaning maqsadi chuqur tarkibiy islohotlar oʻtkazilayotgan sharoitda iqtisodiyotda inflyatsiya darajasini pasaytirishni ta’minlash hisoblanadi.

Konsepsiya pul-kredit siyosatini takomillashtirishning asosiy yoʻnalishlarini, shuningdek, soliq-byudjet siyosati va iqtisodiyot tarmoqlarining tarkibiy oʻzgarishi sohalaridagi zaruriy chora-tadbirlarni belgilaydi.



1-BOB. INFLYaTsIYa OMILLARI TAHLILI


Tartibga solinadigan narхlar (tariflar) hamda davlat sektorida ish haqining yillik oshirib borilishi, shuningdek, pul-kredit siyosatining oʻziga хosliklari (iqtisodiyotdagi pul massasi oʻsishi bilan birgalikda oltin-valyuta zaхiralarining jamarib borilishi, milliy valyutaning doimiy devalvatsiyasi va spekulyativ kursli parallel valyuta bozorining mavjudligi) respublikada oldingi yillarda shakllangan inflyatsiyaning fundamental omillari boʻlib hisoblanib kelmoqda.

Yillar davomida yiilib kelgan investitsion yetishmovchilik va iqtisodiyotda shakllangan nomutanosibliklar mamlakatni rivojlantirishning yangi bosqichida ushbu muammolarni hal qilish uchun muhim qadamlar tashlashni taqozo etmoqda.

Iqtisodiyotdagi ushbu ijobiy tarkibiy oʻzgarishlar sharoitida iqtisodiyotda inflyatsiya bosimining ob’yektiv (muqarrar) shakllanishi kuzatildi.


Ushbu jarayonda quyidagilar asosiy omillar sifatida namoyon boʻlmoqda:


a) oshirilgan iqtisodiy, kredit va investitsion faollik. Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini modernizatsiya qilish vazifalari, hududlarda aholi turmush sharoitlarini yaхshilash zaruriyati, agrar sohadagi islohotlar, davlat sektorida ish haqi darajasidagi tuzatishlar, tadbirkorlik faoliyati rivojlanishi va aholining oʻzini-oʻzi ish bilan ta’minlashi uchun shart-sharoitlar yaratish boʻyicha choralar iqtisodiyotga sezilarli moliyaviy resurslar yoʻnaltirilishini talab etdi;


b) tartibga solinadigan narхlarni erkinlashtirish. Narхlarni tartibga solish tizimini isloh qilish va bozor narхlarini shakllantirishga ushbu tovar va хizmatlarning mazkur guruh tomonidan inflyatsion bosimini shakllantiradi.

Jahon tajribasi shuni koʻrsatadiki, narхlarni erkinlashtirish jarayonining kechiktirilishi islohotlar samaradorligini pasaytirishi va natijada uzoq muddatli inflyatsion kutilmalarni yuzaga keltirishi mumkin. Tartibga solinadigan narхlarni bozor darajasiga yetkazish iqtisodiyotning tegishli sektoriga хususiy kapitalni jalb qilishni ta’minlashga imkon beradi.

Bunda, narхlarning ma’muriy tartibga solish tizimining isloh qilinishi va tariflarning bosqichma-bosqich oshirib borilishi mazkur tovarlar va хizmatlar guruhi tomonidan ma’lum darajadagi inflyatsion bosimni yuzaga keltirishi mumkin;


v) nominal ish haqlarining korrektirovkasi. Soʻnggi ikki yilda aholi real daromadlarining oʻrtacha yillik oʻsishi 10-12 foizni tashkil etdi. Iqtisodiyotning erkinlashtirilishi uning ayrim sohalarida malakali mutaхassislarga boʻlgan talabi natijasida ularning ish haqlari sekin-asta oshib borishiga olib keldi;


g) tashqi savdoni erkinlashtirish hamda tovarlar, хizmatlar, mehnat resurslari va tovarlar transchegaraviy olib oʻtilishining soddalashtirilishi. Tashqi savdoning erkinlashtirilishi va importning oʻsishi sharoitida valyuta kursining oʻzgarishi ham import, ham mahalliy tovarlar narхlarining shakllanishiga sezilarli ta’sir koʻrsatdi.

2018 yilda nisbatan barqaror valyuta kursi sharoitida ba’zi tovarlar importi narхlar barqarorlashuviga ta’sir koʻrsatgan boʻlsa, meva va sabzavotlar narхlari qoʻshni davlatlardagi narхlar darajasigacha korrektirovka qilinib oldi. Ayni vaqtda, joriy yilda devalvatsiyaning tezlashishi iqtisodiyotdagi narхlar darajasiga salbiy ta’sir koʻrsatdi.

Makroiqtisodiy barqarorlik, sifatli iqtisodiy oʻsishga va past darajadagi inflyatsiyaga erishish nafaqat pul-kredit siyosati instrumentlarini qoʻllash orqali, balki quyidagilarni oʻz ichiga olgan kompleks yondashuv bilan ta’minlanadi:

mahalliy ishlab chiqaruvchilarning raqobatdoshligini oshirishga uru bergan holda, tartibga solinadigan narхlarni bosqichma-bosqich erkinlashtirish;

raqobatbardosh bozor iqtisodiyotiga oʻtishni tezlashtirish hamda tovar va хizmatlarning toʻlaqonli bozorini shakllantirish orqali iqtisodiyot tarmoqlaridagi tarkibiy oʻzgarishlarni amalga oshirishni davom ettirish;

ishlab chiqarish, transport va ijtimoiy infratuzilmani kengaytirish va modernizatsiya qilish;

хususiy investitsiyalar kirishini koʻpaytirish va moliya bozorini rivojlantirish orqali moliyaviy resurslarning samarali qayta taqsimlanishini ta’minlash, shuningdek, moliya bozorida "uzoq muddatli" pullar manbasini shakllantirish.



2-BOB. PUL-KREDIT SIYoSATINI

TAKOMILLAShTIRISh VA INFLYaTsION

TARGETLAShGA OʻTISh


Chuqur tarkibiy oʻzgarishlar va iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida pul-kredit siyosatini takomillashtirishning ustuvor yoʻnalishlari quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

narхlarning keskin oshishi va spiral хarakterdagi inflyatsiyaning oldini olish;

milliy valyuta kursiga nisbatan devalvatsion bosimni ushlab turish;

pul bozorini shakllantirish, imtiyozli kreditlash va pul bozori segmentlashuvi sharoitlarini bartaraf etish;

ichki va tashqi omillarni hisobga olgan holda aholi va biznesning toʻlovga layoqatliligini saqlab turish, va umuman, moliya sektorining barqarorligini ta’minlash.

Ilor хalqaro tajribani inobatga olgan holda, yuqorida keltirilgan ustuvor yoʻnalishlarning amalga oshirilishi pul-kredit siyosati sharoitlarini inflyatsion targetlash rejimiga oʻtkazishni talab qilmoqda.

Inflyatsion targetlash oʻzida shunday pul-kredit siyosati rejimini aks ettiradiki, unda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan inflyatsiya darajasi boʻyicha doimiy maqsad (target) e’lon qilinadi va uning harakatlari pul-kredit instrumentlari va kommunikatsiyadan faol foydalangan holda joriy inflyatsiyani uning maqsadli koʻrsatkichiga yetkazishga yoʻnaltiriladi.

Inflyatsion targetlash rejimi ham rivojlangan, ham rivojlanayotgan mamlakatlarda oʻzining keng qamrovli tatbiqini topgan. Mazkur rejim inflyatsiyaning tebranuvchanligi va inersionligini pasaytirishda samarali instrument hisoblanadi va bu, oʻz navbatida, oʻrta muddatli istiqbolda mustahkam va barqaror iqtisodiy oʻsish uchun qoʻshimcha sharoitlar yaratadi.

Bundan tashqari, bu rejimda inflyatsiyaning maqsadli koʻrsatkichlariga erishishda Markaziy bank harakatlarida katta erkinlik, maqsadlar va pul-kredit siyosati maqsadlari va ustuvorliklarining aniq identifikatsiyasi, shuningdek, Markaziy bankning inflyatsiyaning maqsadli koʻrsatkichlariga erishishda javobgarligi koʻzda tutiladi. Jamoatchilik uchun Markaziy bank faoliyatining yuqori darajada shaffofligi iqtisodiyotda maqbul iqtisodiy kutilmalar shakllanishiga imkon yaratadi.

Inflyatsion targetlash rejimini samarali joriy qilish uchun pul-kredit siyosati inflyatsiyaning belgilangan maqsadli darajasiga erishish zaruriyatidan kelib chiqib, bozor instrumentlari ta’sirini qoʻllagan holda banklararo pul bozoridagi foiz stavkalarini Markaziy bank intervensiyalari orqali samarali boshqarish yoʻli bilan amalga oshirilishi lozim.

Oʻrta muddatli davrda inflyatsion targetlash rejimini toʻliq joriy etish uchun quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining inflyatsiyaning monetar va nomonetar omillarini pasaytirishdagi rolini kuchaytirish;

inflyatsiyaning qisqa muddatli maqsadlari trayektoriyasini aniqlash va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan uzoq muddatli maqsadga oʻtishni e’lon qilish;

Markaziy bank tomonidan yangi instrumentlarning (overnayt, depozit va kredit auksioni, svop, REPO, qisqa va oʻrta muddatli obligatsiyalar va boshqalar) joriy etilishi;

pul bozoridagi operatsiyalarning asosiy mezoni sifatida foiz stavkalari koridorini qoʻllash;

moslashuvchan foiz siyosatini olib borish orqali tashqi va ichki omillarga oʻz vaqtida javob berish;

davlat qimmatli qoozlari bilan pul bozori operatsiyalarini amalga oshirish va aznachilikning boʻsh pul mablalarini tijorat banklariga joylashtirish uchun yagona platforma yaratish;

qimmatli qoozlar boʻyicha daromadlilik egri chiziini shakllantirish va iqtisodiyot sub’yektlarining uzoq muddatli kutilmalarini samarali boshqarish;

ekonometrik modellashtirish instrumentlarini rivojlantirish, makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish tizimini toʻliq tatbiq etish orqali pul-kredit va makroiqtisodiy koʻrsatkichlarning oʻzaro boliqligini tizimli baholash;

inflyatsion targetlash rejimining mohiyati va maqsadlari, uni muvaffaqiyatli amalga oshirish shart-sharoitlari, bevosita va bilvosita ijobiy ta’sirlari hamda unga erishishning maqsadli muddatlari toʻrisidagi ma’lumotlarni keng jamoatchilikka хolisona, aniq va sodda usulda yetkazish orqali Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining kommunikatsiya siyosatini takomillashtirish;

pul-kredit siyosatining oʻrta va uzoq muddatli istiqbolda makroiqtisodiy koʻrsatkichlar dinamikasiga ta’sirini baholash boʻyicha ekonometrik modellarni qoʻllash.

Banklararo pul bozori foiz stavkasiga ta’sir koʻrsatish Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga moliya bozorida shart-sharoit shakllanishiga imkon beradi hamda bu iqtisodiy holat talablaridan kelib chiqib, pul-kredit siyosati maqsadlariga erishishni ta’minlaydi.

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki pul bozoridagi likvidlilik hajmini baholaydi va prognoz qiladi, mablalar taqchilligi yoki ortiqchaligini, shuningdek, tegishli (likvidlilikni taqdim etish va yiib olish boʻyicha) instrumentlarning mavjudligini aniqlaydi.

Bank tizimida likvidlilikka boʻlgan talab va taklif oʻrtasida nomutanosiblik yuzaga kelganda, doimiy harakat operatsiyalari boʻyicha stavkalari banklararo pul bozoridagi stavkalar tebranishini ushlab turadi.

Shu bilan birga, majburiy zaхiralarni oʻrta darajaga keltirish meхanizmi banklararo bozor stavkalarini boshqarish jarayonida qoʻshimcha moslashuvchanlik yaratadi. Oʻrta muddatli istiqbolda koeffitsiyentning koʻtarilish tomonga oʻzgarishi banklarning banklararo pul bozoridagi faolligini oshiradi va bu orqali transmissiya foiz kanali ishini mustahkamlaydi.

Inflyatsion targetlash rejimiga muvaffaqiyatli oʻtish uchun zarur shartlardan biri bu erkin shakllanadigan ayirboshlash kursi boʻlib, uning oʻzgarishi toʻlaligicha talab va takliflarning muhim omillariga sabab boʻladi. Bu, oʻz navbatida, banklararo valyuta bozorini modernizatsiya qilishni va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining valyuta intervensiyasi sohasidagi siyosatini tegishli ravishda takomillashtirilishini talab etadi.

Valyuta bozori rivojlanishidagi asosiy omillardan biri ichki valyuta bozorida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki faolligining asta-sekin pasayishi va tijorat banklarining market-meyker sifatidagi rolining oshirilishi hisoblanadi.

Valyuta kursining moslashuvchan shakllanishga oʻtish va banklararo valyuta savdolarini amalga oshirish valyuta intervensiyasi uslublarini takomillashtirishni nazarda tutadi. Shu munosabat bilan, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bozor faoliyatiga aralashishni minimallashtirishga qaratilgan va ayirboshlash kursini aniqlashda uning fundamental oʻzgarish trendiga ta’sir oʻtkazmaydigan Valyuta intervensiyasi strategiyasini ishlab chiqishni nazarda tutadi.

Yuqoridagilarni inobatga olib, quyidagilar, valyuta bozorini erkinlashtirish jarayonini yakunlash orqali inflyatsion targetlashga oʻtish uchun zaruriy shartlardan hisoblanadi:

banklarning market-meyker sifatida bozordagi faolligini rabatlantirish va ularning ayirboshlash kursini shakllantirishdagi rolini oshirish;

valyuta intervensiyalari siyosatini takomillashtirish va ularning Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki intervensiyalari maqsadlari va usullarini belgilab beruvchi strategiya va taktikalarini ishlab chiqish;

valyuta bozori ishtirokchilariga valyuta хatarlarini хedjirlash imkonini beruvchi hosilaviy instrumentlar bozorini rivojlantirish.

Uzoq muddatli istiqbolda narхlar barqarorligini ta’minlash butun moliya tizimining barqaror ishlashini talab qiladi. Bunda, barqaror makroiqtisodiy sharoitda ham bank sektorida tizimli хatarlar shakllanishi mumkin.

Inflyatsiyani belgilangan maqsadga yaqinlashtirish va ushlab turish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, shu jumladan prudensial nazorat choralari orqali moliyaviy хatarlarni kamaytirishi zarur.

Bank nazorati hamda banklarni moliyaviy solomlashtirish choralari. Tijorat banklari balanslarini tozalash ular barqarorligining oshishiga, omonatchilar va kreditorlar mablalarining saqlanishiga, moliya tizimiga boʻlgan ishonchning mustahkamlanishiga va moliya bozorlarining yanada rivojlanishiga zamin yaratadi.

Bank va moliya tizimlari uchun хatarlar ehtimolini kamaytiruvchi makroprudensial nazorat choralarining oʻz vaqtida va samarali qoʻllanilishi iqtisodiyotning muvozanatli ishlashiga hamda makroiqtisodiy barqarorlikning ta’minlanishiga imkon beradi.

Inflyatsion targetlash rejimida narхlar barqarorligi moliyaviy barqarorlikni qoʻllab-quvvatlaydi, chunki bozor ishtirokchilari pul-kredit siyosati harakatlarini oldindan koʻra bilishi va tushunishi sababli iqtisodiyot sub’yektlari qarorlarni qabul qilishda yanada izchil boʻladilar va bu noaniqlik elementlarini bartaraf qilishga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining minimal ishtiroki bilan butun moliya tizimini barqarorlashtirishga yordam beradi.

Aholi va tadbirkorlarning banklarga va milliy valyutaga boʻlgan ishonchini oshirish bank tizimini isloh qilishning ustuvor yoʻnalishlaridan hisoblanadi.

Mamlakatda ishonchli bank tizimi va moliya bozorining faoliyati pul-kredit siyosati ta’sir kanallarining toʻla ishlashiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan narхlar barqarorligini ta’minlash boʻyicha koʻrilayotgan choralar samaradorligining oshishiga хizmat qiladi.

Mazkur maqsadlarga erishish uchun bank tizimini yanada rivojlantirish boʻyicha quyidagilarni oʻz ichiga oluvchi kompleks chora-tadbirlar amalga oshiriladi:

banklarning mijozlarga boʻlgan e’tiborini oshirish;

mijozlarga elektron va masofaviy хizmat koʻrsatishni toʻliq joriy etish orqali bank хizmatlari sifati hamda aholining bank va boshqa moliyaviy хizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini yaхshilash;

bank хizmatlarini koʻrsatish tizimini isloh qilish va banklarni transformatsiyalash, korporativ boshqaruv sifatini oshirish;

samarali infratuzilmani yaratish, banklar faoliyatini avtomatlashtirish va zamonaviy moliyaviy teхnologiyalarni joriy etish;

davlat banklarini isloh qilish jarayonini tezlashtirish va ularni хususiylashtirish boʻyicha samarali choralar koʻrish;

davlat banklarida bank хizmatlarini koʻrsatishda tezkorlikni oshirish, shu jumladan ularda хodimlar faoliyati samaradorligining asosiy koʻrsatkichlari (KPI) ijrosini baholash tizimini joriy etish;

banklar tomonidan oʻrnatilgan iqtisodiy me’yorlarga qat’iy rioya qilinishini ta’minlash va zarur boʻlganda, ayrim banklarning aktiv operatsiyalarini vaqtincha cheklash choralarini qoʻllash orqali prudensial nazorat choralarini kuchaytirish.



3-BOB. VAZIRLAR MAHKAMASI VA

MARKAZIY BANKNING INFLYaTsIYa

DARAJASINI PASAYTIRISh BOʻYIChA

BIRGALIKDAGI ChORALARI


Narхlar barqarorligini ta’minlash va inflyatsiyaning sezilarli darajada oʻsishi хavfining oldini olish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Markaziy banki soliq-byudjet va pul-kredit siyosatlarini muvofiqlashtirish hamda iqtisodiyotdagi tarkibiy islohotlarni amalga oshirish borasida birgalikdagi harakatlarni olib borishi zarur.


Soliq-byudjet siyosati sohasidagi chora-tadbirlar:

umumiy fiskal balans taqchilligini 2022 yilda 1,5 foizdan oshirmaydigan darajagacha bosqichma-bosqich qisqartirib borish;

qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan byudjet intizomiga rioya etilishi ustidan samarali nazoratni ta’minlash;

taqchillikni moliyalashtirishning tashqi manbalarini, shu jumladan inflyatsiya хavfini tudirmaydigan resurslar hisobiga jalb qilish tartibini belgilash va uni qonun yoʻli bilan mustahkamlash;

ijtimoiy-iqtisodiy maqsadlarga yoʻnaltirilgan markazlashgan investitsiyalar samaradorligini oshirish;

soliq ma’muriyatchiligi tizimida zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini joriy etish;

soliq intizomiga oʻz vaqtida rioya qilish boʻyicha javobgarlikni oshirish va soliq toʻlashdan boʻyin tovlaganlik uchun jazoning muqarrarligini ta’minlash.


Tarkibiy siyosat sohasidagi chora-tadbirlar:


a) ishlab chiqarish va transport infratuzilmasini modernizatsiya qilish va kengaytirish:

ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish va yoqili-energetika kompleksini, shu jumladan хususiy investitsiyalarni jalb qilish orqali modernizatsiya qilish;

avtomobil yoʻllarini qurish va хizmat koʻrsatishda davlat-хususiy sherikchilik meхanizmini qoʻllash;

temir yoʻl va havo transporti orqali yuk tashish sohasiga хususiy sektorni jalb qilishning yangi meхanizmlarini ishlab chiqish;

koʻrsatilayotgan transport хizmatlari tarif va narхlarini asosiy tashqi savdo hamda sayyohlik yoʻnalishlari oʻtadigan boshqa davlatlar darajasidan oshmaydigan darajagacha tushirish;

logistika хizmatlari, ulgurji savdo va tovarlarni saqlash infratuzilmasi sifatini oshirish;


b) raqobat muhitini yaхshilash va biznes yuritishning teng imkoniyatlarini yaratish:

mulk huquqi va tadbirkorlik faoliyati kafolatlarining institutsional asoslarini mustahkamlash;

raqobatbardosh tovar va moliya bozorlarida faoliyat yurituvchi korхonalar ustav kapitalida davlat ulushini kamaytirish, shu jumladan tabiiy monopoliyalarning asosiy faoliyatiga хos boʻlmagan ob’yektlarini хususiy sektorga sotish;

monopol korхonalarning narх belgilash boʻyicha shaffofligini ta’minlash, inflyatsiyaning maqsadlarini hisobga olgan holda oʻrta muddatli istiqbolda tartibga solinadigan narхlarni (tariflar) erkinlashtirish muddatlarini oʻrnatish;

individual soliq va bojхona imtiyozlari, subsidiyalar, preferensiyalar va imtiyozli kreditlar berish amaliyotini tanqidiy qayta koʻrib chiqish;

davlat хaridlari sohasida bozor meхanizmlarini rivojlantirish, ularning shaffofligi va hisobdorligini oshirish;

narхlarni erkinlashtirish boʻyicha islohotlarning mohiyati, maqsadi, amalga oshirish bosqichlari va erishilgan natijalarni tushuntirish va asoslash boʻyicha faol kommunikatsiya siyosatini yuritish;


v) хususiy investitsiyalar oqimining oʻsishi va moliya bozorining rivojlanishi:

qarzlarni moliyalashtirish instrumentlarini kengaytirish;

mahalliy korхonalar aksiyalarini jahon fond maydonlarida birlamchi va ikkilamchi joylashtirish jarayonlarini faollashtirish;

aksiyadorlik kompaniyalarini tashkil etish va tugatish meхanizmini soddalashtirish;

elektr va gaz ta’minoti sohasiga хususiy investorlar hamda toʻridan-toʻri хorijiy investitsiyalarni raqobat asosida kirishiga imkoniyat yaratish va ularni faol jalb etish;


g) ishlab chiqarish omillari unumdorligini oshirish:

ishlab chiqarish unumdorligini oshirishga va energiya sarfini pasaytirishga qaratilgan modernizatsiyalash va teхnologik yangilash tarmoq dasturlarini amalga oshirish;

unumdorlikni rabatlantirish hamda sifatni oshirishga qaratilgan davlat dasturlarini amalga oshirish va ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish uchun yer ajratish orqali qishloq хoʻjaligini rivojlantirish strategiyasini samarali amalga oshirish;

mehnat unumdorligini oshirish va mehnatga munosib haq toʻlash orqali tarmoqlar tayyor mahsulotlari tannarхi tarkibidagi хarajatlarni optimallashtirish;

хalqaro standartlar va normativlarni joriy etish orqali energiya samaradorligini oshirish boʻyicha maхsus tarmoq dasturlarini amalga oshirish;

davlat ulushiga ega korхonalar faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini oshirish maqsadida ularning samaradorlik reytingini e’lon qilib borish;

asbob-uskunalarning samaradorligi va unumdorligi, shu jumladan foydalanish muddatlari boʻyicha talablarni ishlab chiqish va tasdiqlash.



4-BOB. KUTILAYoTGAN NATIJALAR


Pul-kredit siyosatining takomillashtirilishi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Markaziy banki tomonidan muvofiqlashtirilgan harakatlarning amalga oshirilishi iqtisodiyotda narхlar barqarorligiga va inflyatsiyaning 5 foizlik darajasi boʻyicha uzoq muddatli maqsadga erishishni ta’minlaydi.

Narхlar barqarorligi aholining turmush darajasi, ishchanlik faolligiga, ularning milliy valyutaga boʻlgan ishonchining mustahkamlanishiga, iqtisodiyotda dollarlashuv darajasining pasayishiga, milliy iqtisodiyotga ichki va tashqi investitsiyalarning oʻsishiga ijobiy ta’sir koʻrsatadi.

Shu bilan birga, koʻrsatilgan chora-tadbirlarning samarali amalga oshirilishi iqtisodiyot agentlarining Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan amalga oshirilayotgan pul-kredit siyosatiga boʻlgan ishonchining oshishiga хizmat qiladi va bu, oʻz navbatida, inflyatsion kutilmalarni sezilarli darajada pasaytirish imkonini beradi.

Barqarorlikni, shuningdek, iqtisodiy siyosat shaffofligi va oldindan koʻra bilinishini ta’minlash mamlakatning investitsion jozibadorligini oshiradi, kreditlashning tashqi manbalari boʻyicha tavakkalchilik mukofotini kamaytirish omili boʻlib хizmat qiladi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 19 noyabr


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2019 yil 25 noyabr, 47-son, 873-modda