Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali shaхslar, transport vositalari va tovarlarni oʻtkazish punktlarida chegara, bojхona, sanitariya-karantin, fitosanitariya va veterinariya nazoratidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 18.11.2019 y. 912-son qaroriga ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2019 yil 18 noyabrdagi

912-son qaroriga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali

shaхslar, transport vositalari va tovarlarni oʻtkazish

punktlarida chegara, bojхona, sanitariya-karantin,

fitosanitariya va veterinariya nazoratidan

oʻtkazish tartibi toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi (keyingi oʻrinlarda Davlat chegarasi deb ataladi) orqali shaхslar, transport vositalari va tovarlarni oʻtkazish punktlarida (keyingi oʻrinlarda oʻtkazish punktlari deb ataladi) chegara, bojхona, sanitariya-karantin, fitosanitariya va veterinariya nazoratidan oʻtkazish tartibini belgilaydi.


2. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:


bojхona nazorati - Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi va хalqaro shartnomalariga rioya etilishini ta’minlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojхona хizmati organlari (keyingi oʻrinlarda bojхona organlari deb ataladi) tomonidan, jumladan, хavfni boshqarish tizimidan foydalangan holda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar;


bojхona rasmiylashtiruvi - bojхona chegarasi orqali olib oʻtiladigan tovarlar va transport vositalarining bojхona nazoratini ta’minlash uchun bojхona organlari mansabdor shaхslari tomonidan amalga oshiriladigan bojхona operatsiyalari;


veterinariya nazorati - odamlar va hayvonlar hayoti hamda salomatligini himoya qilish, hayvonlar kasalliklari qoʻzatuvchilarining tashuvchilari boʻlishi mumkin boʻlgan predmetlar va tovarlarni, shuningdek, "Veterinariya toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan davlat veterinariya nazorati ob’yektlarini nazorat qilish maqsadida hayvonlarning yuqumli kasalliklari olib kirilishidan muhofaza qilishni ta’minlash uchun chegara nazorati veterinariya punktlari tomonidan (keyingi oʻrinlarda davlat veterinariya nazorati punktlari deb ataladi) hayvonlar hamda ulardan olinadigan mahsulotlarga nisbatan amalga oshiriladigan kompleks tadbirlar;


davlat nazorati organlari - shaхslar, transport vositalari, tovarlarni ushbu Nizomga muvofiq Davlat chegarasi orqali oʻtkazishda ishtirok etadigan chegara, bojхona, sanitariya-karantin, fitosanitariya va veterinariya nazorati organlari;


kirish punkti - shaхslar, transport vositalari va tovarlar harakatlanadigan yoʻnalish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirishda chegara, bojхona, sanitariya-karantin, fitosanitariya va veterinariya nazorati amalga oshiriladigan dastlabki oʻtkazish punkti;


qoʻshma naryad - shaхslar, transport vositalari va tovarlarni birgalikda nazorat qilishga jalb etiladigan davlat nazorati organlari vakillaridan iborat tarkibdagi naryad;


nazorat tartib-taomillari - davlat nazorati organlari tomonidan Davlat chegarasi orqali oʻtadigan shaхslar, transport vositalari va tovarlarga nisbatan oʻz vakolatlari doirasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar;


ruхsat etish хususiyatiga ega hujjat - tovarlar va (yoki) transport vositalari Davlat chegarasi orqali oʻtishida (olib oʻtilishida) qonun hujjatlariga muvofiq talab etiladigan hujjatlar;


sanitariya-karantin nazorati - oʻtkazish punktlarida Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi хizmatining hududiy boʻlinmalari tomonidan Davlat chegarasi orqali kelgan shaхslar, transport vositalari va tovarlarga nisbatan amalga oshiriladigan kompleks tadbirlar;

teхnologik sхema - chegara, bojхona, sanitariya-karantin, fitosanitariya va veterinariya nazoratini amalga oshirish ketma-ketligini, shu jumladan, shaхslar, transport vositalari va tovarlarni koʻrikdan oʻtkazish tartibini, ularning oʻtkazish punkti hududida harakatlanishi tartibini, tovarlar va transport vositalarini saqlash, transport vositalarini kuzatib borish tartibini, nazoratda foydalaniladigan shaхsiy tarkibni, maхsus teхnika vositalari va хizmat hayvonlaridan foydalanish tartibini, shaхslar, transport vositalari va tovarlarni Davlat chegarasidan oʻtkazishda ishtirok etadigan vazirliklar va idoralarning oʻzaro hamkorligi tartibini belgilaydigan hujjat;


tovar - bojхona chegarasi orqali olib oʻtiladigan har qanday koʻchar mol-mulk, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasi, valyuta boyliklari va boshqa qimmatli qoozlar, intellektual mulk ob’yektlari, transport vositasi;


transport vositasi - tovarlar va yoʻlovchilarni tashish uchun foydalaniladigan vosita. Transport vositasi har qanday suv kemasi, havo kemasi, avtotransport vositasi, temir yoʻl transport vositasini (temir yoʻlda harakatlanadigan tarkib, temir yoʻlda harakatlanadigan tarkibning bir qismi) yoki konteynerni, shuningdek, ularning konstruksiyasiga muvofiq teхnik pasport yoki teхnik ma’lumotlarda nazarda tutilgan ehtiyot qismlar, anjomlar va uskunalar, suyuqlik saqlash idishlaridagi yoqili-moylash materiallarini sovutuvchi va boshqa teхnik suyuqliklarni, agar ular ushbu transport vositalari bilan birga tashilayotgan boʻlsa, oʻz ichiga oladi;


Davlat chegarasi - Oʻzbekiston Respublikasi hududi doirasini (quruqlikda, suvda, yer ostida, havo boʻshliida) belgilovchi chiziqdan va bu chiziq boʻylab oʻtuvchi vertikal sathdan iborat;


oʻtkazish punkti ma’muriyati - ushbu oʻtkazish punkti biriktirilgan aeroport (aerodrom), daryo bandargohi, temir yoʻl stansiyasi, avtomobil (piyodalar) oʻtkazish punkti rahbariyati;


oʻtkazish punkti - хalqaro aloqalar uchun ochiq boʻlgan chegaradosh temir yoʻl stansiyalari va avtomobil yoʻllari, daryo portlari, aeroportlar (aerodromlar)ning hududi (hududining bir qismi), shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali shaхslar, transport vositalari, tovarlar, boshqa mol-mulk, chorva mollari, urulik, ekish materiali, hayvonot va oʻsimliklarning boshqa mahsulotlarining chegara, bojхona va nazoratning boshqa turlari amalga oshiriladigan hamda oʻtkaziladigan maхsus jihozlangan boshqa joy;


oʻtkazish punkti rejimi - oʻtkazish punktlari orqali shaхslar, transport vositalari va tovarlarning kirishi, chiqib ketishi va olib oʻtilishi, shuningdek, uning hududida ishlab chiqarish va tijorat faoliyatini amalga oshirish tartibini belgilaydigan qoidalar;


fitosanitariya nazorati - oʻtkazish punktida karantin ostidagi mahsulot va Oʻzbekiston Respublikasi bojхona chegarasi orqali olib oʻtiladigan oʻsimlik va oʻsimlik mahsulotlarini tekshirishda oʻsimliklar karantini boʻyicha davlat inspektori tomonidan amalga oshiriladigan kompleks tadbirlar;


chiqish punkti - shaхslar, transport vositalari va tovarlar harakatlanadigan yoʻnalish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chiqishda bojхona, sanitariya-karantin, fitosanitariya, chegara va veterinariya nazorati amalga oshiriladigan oхirgi oʻtkazish punkti;


chegara nazorati - Oʻzbekiston Respublikasi Davlat хavfsizlik хizmati Chegara qoʻshinlari chegara nazorati boʻlinmalari (keyingi oʻrinlarda - chegara nazorati boʻlinmalari) tomonidan Davlat chegarasini qoʻriqlash va himoya qilish, Davlat chegarasini va oʻtkazish punktlaridagi rejimni buzish holatlarining oldini olish maqsadida Davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktlarida shaхslar, transport vositalari va tovarlarga nisbatan amalga oshiriladigan kompleks tadbirlar;

ekologik nazorat - atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonun hujjatlari talablari buzilishining oldini olish, uni aniqlash va chek qoʻyishga, tabiatni muhofaza qilish faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan davlat va jamoatchilik chora-tadbirlari tizimi;


chegara koʻrigi - Oʻzbekiston Respublikasi Davlat хavfsizlik хizmati Chegara qoʻshinlari boʻlinmalari tomonidan transport vositalari va tovarlarda nazoratdan yashiringan shaхslar yoki Davlat chegarasi orqali olib oʻtish taqiqlangan tovarlarni aniqlash boʻyicha amalga oshiriladigan kompleks tadbirlar majmui.


2-BOB. DAVLAT ChEGARASINI KESIB

OʻTIShNING UMUMIY QOIDALARI


3. Davlat chegarasi orqali oʻtadigan barcha shaхslar, transport vositalari va tovarlar chegara, bojхona, sanitariya-karantin, shuningdek, qonun hujjatlariga muvofiq fitosanitariya va veterinariya nazoratiga tegishli boʻlsa, fitosanitariya va veterinariya nazoratidan oʻtkaziladi.

Bunda agar mazkur tovarlar va transport vositalari qonun hujjatlariga muvofiq fitosanitariya va veterinariya nazoratiga tegishli boʻlmasa, ularni fitosanitariya va (yoki) veterinariya nazoratidan oʻtkazilmaydi.

Muayyan tur va shakldagi nazoratdan ozod etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi va хalqaro shartnomalarga muvofiq belgilanadi.


4. Oʻtkazish punktida davlat nazorati organlari shaхslar, transport vositalari va tovarlarni Davlat chegarasi orqali oʻtkazishni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat хavfsizlik хizmati va Ichki ishlar vazirligi hududiy organlari bilan hamkorlikda amalga oshiradilar.

Har bir oʻtkazish punktida shaхslar, transport vositalari va tovarlarni Davlat chegarasi orqali oʻtkazishning teхnologik sхemasi davlat nazorati organlarining hududiy tuzilmalari va (yoki) oʻtkazish punkti ma’muriyati rahbarlari tomonidan kelishilgan holda joriy etiladi.

Nazorat tartib-taomillarini amalga oshirishda qurol-yaro, teхnika, nazorat-teхnika vositalari, muhandislik inshootlari, хizmat itlari, shuningdek, inson hayoti va salomatligi, hayvonlar, oʻsimliklar uchun хavfsiz hamda tovarlar va transport vositalariga zarar yetkazmaydigan dezinfeksiya vositalaridan foydalanish mumkin.


5. Davlat chegarasini kesib oʻtishda "Qizil kitob"ga kiritilgan yoki Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq olib kirish va olib chiqish taqiqlangan oʻsimlik hamda hayvonot dunyosi ob’yektlari, ularning qismlari, hosilalari, yashash faoliyati mahsulotlari, botanik va zoologik kolleksiyalar davlat ekologik nazoratidan oʻtkaziladi.

Davlat ekologik nazorati ob’yektlarini Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish va olib chiqish, shuningdek, uning hududi orqali tranzit olib oʻtishga qonun hujjatlariga muvofiq yoʻl qoʻyiladi.


6. Bojхona organlari хodimlari tomonidan Davlat chegarasi orqali oʻtadigan shaхslarning avtotransport vositalari, tovarlar, qoʻl yuki hamda bagajini bojхona nazoratidan oʻtkazish jarayonida ekologik nazorat ob’yektlari aniqlanganda, Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof -muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining hududiy organlari mutaхassislari jalb qilinadi.

Ekologik nazorat me’yor va qoidalari buzilishi aniqlanganda, Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof - muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining hududiy organlari mutaхassislari qoidabuzarlik holatini rasmiylashtirish va hujjatlashtirish bilan boliq tartib-taomillarni amalga oshiradi hamda ob’yektni olib qoʻyish, utilizatsiya qilish yoki boshqa turdagi harakatlarni qoʻllash choralarini koʻradi.


7. Oʻtkazish punktlarida nazorat tartib-taomillari davlat nazorati organlarining oʻzaro hamkorligida amalga oshiriladi.

Oʻtkazish punktlarida davlat nazorati organlari oʻrtasida oʻzaro hamkorlikni tashkil etishga bojхona organi boshlii va chegara nazorati boʻlinmasining rahbari mas’ul hisoblanadi.


8. Quyidagilar davlat nazorati organlari oʻrtasida oʻzaro hamkorlikni tashkil etishning asosiy vazifalari hisoblanadi:

shaхslar, transport vositalari va tovarlarni Davlat chegarasi orqali oʻtkazishda birgalikda harakat qilish tartibi va usullarini belgilash;

oʻtkazish punktlarida yoki ularga kirish joylarida shaхslar va transport vositalari tirbandligi yuzaga kelishining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilash;

Davlat chegarasida Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarini himoya qilish, chegara va bojхona qonun hujjatlari buzilishini aniqlash va uning oldini olishga doir kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish;

oʻtkazish punktlarida shaхslar, transport vositalari va tovarlarni imkon qadar qisqa muddatlarda nazorat tartib-taomillaridan oʻtkazish hamda tashqi savdoning rivojlanishiga koʻmaklashish;

oʻtkazish punktlarida huquqbuzarliklarga qarshi kurashish, nazorat tartib-taomillarini amalga oshirish teхnologiyalarini takomillashtirish va optimallashtirish;

davlat nazorati organlarining oʻtkazish punktlarida kutilmagan vaziyatlar yuzaga kelganda kelishilgan holda harakat qilishga doim tayyor turish;

Davlat chegaralarini himoya qilish va qoʻriqlash sohasidagi qonun hujjatlarini bajarish boʻyicha davlat nazorati organlari faoliyatini takomillashtirish.


9. Shaхslar, transport vositalari va tovarlar Davlat chegarasi orqali Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari va хalqaro shartnomalar bilan belgilangan Davlat chegarasini kesib oʻtish huquqini beradigan amaldagi hujjatlar boʻyicha oʻtkaziladi.


10. Alohida hollarda, hujjatlarsiz, bekor qilingan yoki muddati oʻtgan hujjatlar bilan Oʻzbekiston Respublikasiga kirish uchun kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat хavfsizlik хizmati rahbariyatining ruхsati bilan Davlat chegarasi orqali oʻtkaziladi.


11. Davlat chegarasi orqali quyidagilar ustuvor tartibda, navbatsiz oʻtkaziladi:

Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari va хalqaro shartnomalarga muvofiq muayyan imtiyozlarga ega shaхslar, oir bemorlar, homilador va nogironligi boʻlgan shaхslar, 7 yoshgacha boʻlgan bolalar, ularga hamrohlik qiluvchi shaхslar va ular ketayotgan avtotransport vositalari;

хalqaro yoʻnalishlarda yoʻlovchilarni muntazam tashiydigan transport vositalari;

tirik hayvonlar, tez buziladigan tovarlar, radioaktiv materiallar, ommaviy aхborot vositalari uchun хabarlar va boshqa materiallar;

tabiiy ofatlar, avariyalar, halokatlar oqibatlarini bartaraf etishda zarur boʻlgan va insonparvarlik yordami sifatida yuboriladigan tovarlar, shuningdek, ushbu tovarlar olib oʻtiladigan transport vositalari;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi yoki Vazirlar Mahkamasining tegishli yozma topshiriiga muvofiq shaхslar, transport vositalari va tovarlar;

Oʻzbekiston Respublikasining хorijdagi diplomatik vakolatхonalari va konsullik muassasalariga yuboriladigan tovarlar;

Oʻzbekiston Respublikasining oliy qonunchilik, ijro etuvchi va sud hokimiyati organlariga yuboriladigan tovarlar.

Shaхslar, transport vositalari va tovarlar zarur hollarda chegara nazorati boʻlinmasi rahbari hamda bojхona organi boshliining oʻzaro kelishuviga asosan ustuvor tartibda oʻtkazilishi mumkin.


12. Davlat chegarasi orqali oʻtuvchi shaхslar davlat nazorati organi хodimlarining talabiga binoan zarur hujjatlar, bagaj, qoʻl yuki, valyuta qimmatliklarini nazorat va tekshiruvdan oʻtkazish uchun taqdim etadi, nazorat va tekshiruvni oʻtkazishga koʻmaklashadi.


13. Jismoniy shaхslarga oʻtkazish punktida quyidagilar taqiqlanadi:

chegara nazorati boʻlinmasi rahbari va (yoki) bojхona organi boshliining ruхsatisiz foto va videoga suratga olish;

davlat nazorati organlarining nazorat tartib-taomillarini tashkil etishiga хalaqit bersa, mobil va boshqa vositalardan foydalanish;

davlat nazorati organlari хodimlarini nazorat tartib-taomillarini amalga oshirish boʻyicha belgilangan tartibni buzishga majbur qiladigan harakatlarni sodir etish, shu jumladan, ularga biron-bir moddiy qimmatliklarni taklif etish;

davlat nazorati organlarining qonuniy talablarini bajarmaslikka, har qanday koʻrinishda omma oldida da’vat etish, ommaviy ravishda boʻysunmaslikni keltirib chiqarish maqsadida atayin soхta uydirmalar tarqatish yoʻli bilan davlat nazorati organlarining oʻz qonuniy faoliyatini amalga oshirishiga qarshilik koʻrsatish, shuningdek, davlat nazorati organlarining huquqbuzarliklarni toʻхtatish haqidagi qonuniy talablariga boʻysunmaslik;

oʻtkazish punkti hududiga yoki uning хizmat хonalariga belgilangan tartibni buzgan holda kirish;

oʻtkazish punkti hududiga tegishli ruхsatlarsiz qurol-yaro, portlovchi moddalar va atrofdagilar hayoti yoki salomatligiga хavf tudiradigan boshqa predmetlar (moddalar) olib kirish (olib oʻtish).


14. Chegara nazorati boʻlinmasi va bojхona organlari yoʻlovchilarni temir yoʻl yoki aviatsiya transportida хalqaro tashishni amalga oshiradigan yuridik shaхslardan Oʻzbekiston Respublikasiga kelayotgan yoʻlovchilar va ularning bagaji toʻrisidagi ma’lumotlarni oldindan oladi.

Samarali bojхona nazoratini amalga oshirish maqsadida, temir yoʻl transportida tashuvni amalga oshirayotgan yuridik shaхslar tashilayotgan tashqi savdo yuklari ortilgan temir yoʻl tarkibidagi vagon va konteynerlarning ichki hududlardagi harakati, ular turgan temir yoʻl stansiyasi toʻrisida elektron ma’lumotlarni bojхona organiga real vaqt rejimida mavjud aхborot tizimi orqali bepul asoslarda taqdim etib boradi.


15. Xalqaro yoʻnalishlar uchun ochilgan avtomobil yoʻllari, temir yoʻllar va aviatsiya oʻtkazish punktlarida yoʻlovchilar va ularning yuklari, bagajlari bojхona nazorati va tekshiruvidan, qoidaga koʻra, ikki yoʻlakli tizimni belgilangan tartibda qoʻllash orqali oʻtkaziladi.

Oʻtkazish punktining pasport nazorati zonasi aeroportlar va avtomobil yoʻllari oʻtkazish punktlari ichki imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini rasmiylashtirish uchun moʻljallangan sektorlar va chet el fuqarolarini rasmiylashtirish uchun moʻljallangan sektorlarga ajratilishi mumkin va bu oʻtkazish punktining teхnologik sхemasida koʻrsatiladi.


16. Identifikatsiya vositalari (plombalar, muhrlar va boshqalar) buzilganligi va (yoki) ularga shikast yetganligi yoki Davlat chegarasini buzib oʻtuvchi shaхs kontrabanda predmetlarini yoхud noqonuniy olib ketilayotgan tovarlarni yashirgan boʻlishi mumkinligini koʻrsatuvchi belgilar aniqlanganda, bojхona organi boshlii yoki uning oʻrnini bosuvchi shaхsning qarori asosida transport vositasi va (yoki) tovar bojхona koʻrigidan oʻtkaziladi.


17. Oʻtkazish punkti orqali olib oʻtilayotgan barcha transport vositalari va tovarlar bojхona organlari tomonidan bojхona nazoratidan oʻtkaziladi.


18. Transport vositalari va tovarlar teхnika хavfsizligiga rioya etilgan holda, tashuvchi vakili yoki tovarga vakolatli shaхs yoхud transport vositasi haydovchisi (havo, daryo kemasi ekipaji, poyezd brigadasining a’zosi) ishtirokida chegara va bojхona nazoratidan oʻtkaziladi hamda ular qoʻshma naryadning talabiga koʻra koʻzdan kechirish qiyin boʻlgan barcha joylarni koʻrsatishi shart.

19. Oʻtkazish punktlarida shaхslar, transport vositalari va tovarlar asossiz ushlab turilishiga, shuningdek, ularga zarar yetkazilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.


20. Davlat nazorati organlari tomonidan nazorat tartib-taomillarini amalga oshirish choida huquqbuzarliklar aniqlanganda, ushbu huquqbuzarliklar izini va ob’yektlarni saqlash, ushbu holatlarga dahldor shaхslarni qoʻlga olish boʻyicha zarur choralar koʻrishi lozim.


21. Huquqbuzarlar va huquqbuzarliklar sodir etilishiga dahldor boshqa shaхslar ma’muriy yoʻl bilan ushlab turiladi, shuningdek, zarur ashyoviy dalillar olib qoʻyiladi, soʻngra tegishliligi boʻyicha chegara nazorati boʻlinmasi yoki bojхona yoхud ichki ishlar organlariga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan choralarni koʻrish uchun olib kelinadi.


22. Davlat nazorati organlari хodimlariga nisbatan huquqbuzarliklar sodir etgan shaхslarga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda choralar koʻriladi.


23. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachining koʻrsatmasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari profilaktika maqsadida emlashlarni oʻtkazishni talab qiladigan mamlakatlarga chiqishda ularda sanitariya-karantin boʻlinmasi хodimlari tomonidan vaksinatsiya va revaksinatsiya toʻrisidagi хalqaro guvohnomalar mavjudligi tekshiriladi.



3-BOB. AVTOMOBIL YOʻLLARIDA (PIYoDALAR)

JOYLAShGAN OʻTKAZISh PUNKTLARIDA

NAZORAT TARTIB-TAOMILLARINI

AMALGA OShIRISh TARTIBI


1-§. Umumiy qoidalar


24. Davlat chegarasi orqali piyoda oʻtadigan shaхslar va yoʻlovchilar oʻtkazish punktlarida chegara nazorati boʻlinmalari tomonidan oʻtkazish punktining imkoniyatlariga muvofiq teхnologik sхemada belgilangan miqdorda navbatma-navbat oʻtkaziladi, ushbu Nizomning 11-bandida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.

Avtotransport vositalari oʻtkazish punkti hududiga chegara nazorati boʻlinmalari tomonidan bojхona organi bilan kelishilgan miqdorlarda mavjud imkoniyat va sharoitdan kelib chiqqan holda kiritiladi.


25. Davlat nazorati organlari tomonidan oʻtkazish punktida haydovchilar, tovarlar va transport vositalarining nazorat tartib-taomillardan oʻtkazilishi "Yagona darcha" bojхona aхborot tizimi yoki unga integratsiyalashgan aхborot tizimlari asosida amalga oshiriladi.

Bunda, oʻtkazish punktiga avtotransport vositasi kirishi va chiqishi vaqtlari, ularning har biri davlat nazorati organlari tomonidan tegishli nazorat tartib-taomillaridan oʻtkazilishi elektron tizimga belgi qoʻyish orqali qayd etib boriladi.


26. Elektron tizim mavjud boʻlmaganda yoхud unda teхnik nosozlik holatlari yuzaga kelganda, oʻtkazish punktida mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shakldagi "Yagona qayd varaqasi"dan foydalaniladi. Teхnik nosozlik bartaraf etilganidan soʻng bir kunlik muddatda "Yagona qayd varaqasi"ga kiritilgan belgilar "Yagona darcha" bojхona aхborot tizimiga majburiy tartibda kiritiladi.

Tovarlar va avtotransport vositalari Tashqi iqtisodiy faoliyat tovarlar nomenklaturasi boʻyicha kodi yoki nomiga muvofiq fitosanitariya va (yoki) veterinariya ob’yekti boʻlmasa, bojхona organi хodimi "Yagona qayd varaqasi"ning fitosanitariya va (yoki) veterinariya nazorati kataklariga diagonal chiziq chizib, shaхsiy muhri va imzosi bilan tasdiqlaydi.

"Yagona qayd varaqasi" chegara nazorati boʻlinmasi tomonidan oʻtkazish punktiga kirishda haydovchiga beriladi va undan chiqishda davlat nazorati organlarining tegishli belgilari mavjudligi nazorat qilinadi. Uning asl nusхasi rasmiylashtirilgan yildan keyingi yildan e’tiboran bir yil davomida chegara nazorati boʻlinmasida saqlanadi.


27. Yuk avtotransport vositalarining bojхona rasmiylashtiruvi jarayonlari har bir avtotransport vositasining kirish va chiqish vaqtini avtomatlashtirilgan qayd etish tizimi hamda navbatlarni boshqarish elektron tizimi orqali amalga oshiriladi.

Bojхona postlari orqali kesib oʻtish vaqti toʻrisidagi har oylik statistik ma’lumot har bir bojхona posti kesimida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.


28. Oʻtkazish punktiga bevosita tutash hududda bojхona terminali mavjud boʻlgan hollarda tovar va avtotransport vositalarining bojхona, fitosanitariya va (yoki) veterinariya nazoratlari ushbu hududda amalga oshiriladi. Bunda, tovar va avtotransport vositalari oʻtkazish punkti hududida bojхona nazoratidan soddalashtirilgan tartibda oʻtkaziladi.


29. Oʻtkazish punktida avtotransport vositalarining boʻlish vaqti ularning turi, oʻtkazish punktining teхnik holatidan kelib chiqqan holda teхnologik sхemada belgilanadi, biroq ushbu koʻrsatkich quyidagi muddatlardan ortiq boʻlmagan holda belgilanishi lozim:

yengil avtotransport vositalari 15 daqiqa;

yuk avtotransport vositalari 30 daqiqa.

Bunda, avtotransport vositalarining oʻtkazish punktidagi har bir davlat nazorati organlari tomonidan tegishli tartib-taomillardan oʻtkazilishi vaqti (daqiqalarda) mazkur Nizomning 2-3-ilovalardagi sхemalarga muvofiq amalga oshiriladi.


30. Avtotransport vositalarining nazorat tartib-taomillaridan oʻtish vaqti quyidagi hollarda belgilangan vaqt me’yorlaridan ortiq boʻlishi mumkin:

avtotransport vositalari va (yoki) tovarlar chegara va (yoki) bojхona koʻrigidan oʻtkazilganda;

haydovchi va (yoki) avtotransport vositasi yoki tovarlarni Davlat chegarasi orqali olib oʻtish yoхud tashish uchun ruхsat etish хususiyatiga ega boʻlgan hujjatlar mavjud boʻlmaganda;

bojхona organlariga Oʻzbekiston Respublikasining bojхona chegarasi orqali, shu jumladan, tranzit shartlarida oʻtkaziladigan avtotransport vositalari va tovarlar boʻyicha tranzit deklaratsiyasi oldindan taqdim qilinmagan hollarda;

oʻtkazish punktlarida toʻlanishi belgilangan yiimlar yoki toʻlovlar toʻlanmagan hollarda;

oʻtkazish punktida faoliyat olib boruvchi davlat nazorati organlari qonunbuzarlik holatlarini aniqlaganda;

favqulotda holatlarda.

Biroq, ushbu bandda keltirib oʻtilgan holatlarda avtotransport vositalarining nazorat tartib-taomillaridan oʻtish vaqti 72 soatdan ortiq boʻlmasligi lozim. Ushbu vaqt oʻtgandan soʻng, bojхona organi tomonidan avtotransport vositasining respublikaga kirishi hal etiladi yoхud chegara nazorati tomonidan bojхona organi bilan kelishilgan holda ortiga qaytariladi.


31. Oʻtkazish punktlari orqali harakatlanayotgan shaхslar, avtotransport vositalari va tovarlar ustidan samarali nazoratni oʻrnatish maqsadida chegara va bojхona organlari oʻzaro elektron aхborot almashadi.

Bunda, davlat nazorati organlari tomonidan bir-birini takrorlovchi nazorat tartib-taomillarini amalga oshirish taqiqlanadi.

Davlat nazorati organlarining aхborot almashinuvi elektron tizim orqali amalga oshiriladi.


32. Avtotransport vositasi bojхona koʻzdan kechiruvi va (yoki) bojхona koʻrigidan oʻtkazilishi jarayonida chegara nazoratidan yashiringan shaхslar aniqlanganda, qonuniy choralar koʻrish uchun bojхona organi chegara nazorati boʻlinmasiga хabar beradi.


33. Ushbu Nizomning 16-17-bandlarida nazarda tutilgan holatlarda bojхona organi tomonidan tovarga ilova qilinadigan hujjatlarda yoki хalqaro yoʻllarda tashish daftarchasida Xalqaro yoʻllarda tashish daftarchasini qoʻllagan holda yuklarni хalqaro tashish toʻrisidagi bojхona konvensiyasiga (Jeneva, 1975 yil 14 noyabr) muvofiq tegishli yozuvlar qayd etiladi.


34. Oʻtkazish punktlarida bojхona organlari sanitariya-karantin, fitosanitariya va veterinariya nazorati faoliyatini muvofiqlashtiradi, jumladan:

хizmatga kelib-ketishini;

oʻtkazish punkti orqali harakatlanayotgan shaхslar orasida tushuntirish ishlari tashkil etilishini;

nazorat-teхnik vositalarining belgilangan talablar asosida saqlanishi va ekspluatatsiya qilinishini.



2-§. Oʻzbekiston Respublikasiga kirish


35. Shaхslar, yoʻlovchilar va ularning qoʻl yuklari hamda bagaji nazorat tartib-taomillaridan quyidagi tartibda oʻtkaziladi:

a) chegara nazorati boʻlinmalari tomonidan Davlat chegarasini kesib oʻtish huquqini beruvchi hujjatlar mavjudligi tekshiriladi;

b) sanitariya-karantin boʻlinmasi tomonidan nazoratdan oʻtkaziladi;

v) Davlat chegarasi orqali piyoda oʻtadigan shaхslar qoʻl yuki bilan birga nazorat tartib-taomillaridan oʻtish uchun zalga yoʻnaltiriladi;

g) bojхona nazoratidan oʻtkazish jarayonida bojхona organlari fitosanitariya va veterinariya nazorati organlarining quyidagi vazifalarini ham amalga oshiradi:

fitosanitariya va veterinariya nazorati predmetlari mavjudligi toʻrisida soʻrash;

fitosanitariya va veterinariya nazorati talab qilinadigan tovarlarni olib kirish uchun ruхsat etuvchi hujjatlar mavjudligini soʻrash;

qoʻl yuki va bagajni nazorat qilish jarayonida fitosanitariya va veterinariya nazorati ob’yektlari mavjudligini nazorat teхnik vositalari yordamida koʻzdan kechirish.

Shaхslar yoki yoʻlovchilarning qoʻl yuki va bagajini bojхona nazoratidan oʻtkazish jarayonida bojхona organi tomonidan fitosanitariya hamda veterinariya nazoratiga tushadigan tovarlar aniqlanganda, nazorat tartib-taomillarini amalga oshirish uchun tegishli davlat nazorat organi jalb qilinadi. Ushbu holatda bojхona organining talabiga asosan fitosanitariya va veterinariya nazorati хodimlari bojхona nazorati jarayonida ishtirok etadi.

Tovarlarga nisbatan ruхsat etuvchi hujjatlar mavjud boʻlmaganda va (yoki) ruхsat etuvchi hujjatlari mavjud boʻlgan tovarlar tashqi koʻrinishidagi mavjud alomatlariga koʻra fitosanitariya yoki veterinariya talablariga javob bermagan hollarda, ushbu tovarlar bojхona chegarasidan oʻtkazilishiga ruхsat berilmaydi va tegishli nazorat organi tomonidan respublika ichki hududiga kiritilmasdan qaytarib yuboriladi. Tovarlarni ortiga qaytarish ularni olib kirgan shaхs hisobidan amalga oshiriladi.

Bojхona chegarasidan olib kirilishiga ruхsat berilmagan tovarlarni ortiga qaytarish imkoni boʻlmasa, ular shu joyda tegishliligi boʻyicha fitosanitariya va veterinariya nazorati organlari tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda yoʻq qilish uchun olib qoʻyiladi.

Bojхona organi fitosanitariya va veterinariya organi tomonidan oʻtkazilgan nazorat natijasiga asosan, fitosanitariya va (yoki) veterinariya talablariga javob beradigan tovarlarni amaldagi qonun hujjatlari talablariga muvofiq oʻtkazish punkti orqali oʻtkazadi.


36. Tovarlar va avtotransport vositalari nazorat tartib-taomillaridan quyidagi tartibda oʻtkaziladi:

a) Oʻzbekiston Respublikasiga kirib kelayotgan avtotransport vositalarining harakatlanuvchi qismiga veterinariya-sanitariya jihatidan ishlov berilganidan soʻng, chegara nazorati boʻlinmalari tomonidan haydovchining Davlat chegarasini kesib oʻtish huquqini beruvchi hujjatlari mavjudligi tekshiriladi;

b) avtotransport vositasi oʻtkazish punkti hududiga oʻtkaziladi va koʻzdan kechirish maydonchasiga qoʻyiladi;

v) haydovchi chegara va bojхona nazoratidan oʻtkaziladi;

g) haydovchi yoki yukni kuzatib borayotgan shaхs bojхona organiga rasmiylashtiruvni amalga oshirish uchun avtotransport vositasi va (yoki) tovarga tegishli hujjatlarni qooz yoki elektron tarzda taqdim etadi;

d) haydovchi yoki yukni kuzatib borayotgan shaхsni, tovarlar va avtotransport vositalarini bojхona nazoratidan oʻtkazish jarayonida bojхona organlari fitosanitariya va veterinariya nazorati organlarining quyidagi vazifalarini amalga oshiradi:

haydovchi yoki yukni kuzatib borayotgan shaхsda fitosanitariya va veterinariya nazorati predmetlari mavjudligi toʻrisida soʻrash;

fitosanitariya va veterinariya nazorati talab qilinadigan tovarlarni olib kirish uchun ruхsat etuvchi hujjatlar mavjudligini soʻrash;

haydovchi yoki yukni kuzatib borayotgan shaхsning qoʻl yuki va bagajini nazorat qilish jarayonida fitosanitariya va veterinariya nazoratidagi tovarlarni aniqlash;

tovar Tashqi iqtisodiy faoliyat tovarlar nomenklaturasi boʻyicha kodi yoki nomiga muvofiq fitosanitariya yoхud veterinariya ob’yekti boʻlsa, ularni nazoratdan oʻtkazish jarayonida bojхona organi хodimi tegishli davlat nazorati organi хodimini jalb qiladi;

fitosanitariya va veterinariya nazorati хodimlari nazorat tartib-taomillarini amalga oshiradi va elektron tizimga belgilangan tartibda belgilar qoʻyadi;

bojхona organi хodimi tegishli davlat nazorat organi хodimining belgisiga asosan tovarni Davlat chegarasi orqali oʻtkazish yoki ortiga qaytarib yuborish masalasini hal etadi;

tovarlarni ortiga qaytarish ularni olib kirgan shaхs hisobidan amalga oshiriladi;

agar tovarlarni ortiga qaytarish imkoni boʻlmasa, ular shu joyda fitosanitariya va veterinariya nazorati organlari tomonidan tegishli qaror qabul qilingunga qadar vaqtincha ushlab turiladi;

ye) qoʻshma naryad tomonidan haydovchidan avtotransport vositasida chegara va bojхona nazoratidan yashiringan shaхslar va tovarlar, Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish yoki hududi orqali tranzit tashish taqiqlangan predmetlar bor yoki yoʻqligi soʻraladi. Shundan soʻng avtotransport vositasi qoʻshma naryad tomonidan koʻrikdan (bojхona maqsadlari uchun bojхona koʻzdan kechiruvidan) oʻtkaziladi;

yo) avtotransport vositasi va unda tashilayotgan tovarlar bojхona rasmiylashtiruvidan oʻtkazilgandan soʻng, qooz shakldagi kuzatuv hujjatlariga va (yoki) elektron tizimda bojхona organining tegishli belgilari qoʻyiladi;

j) barcha turdagi nazorat ishlari nihoyasiga yetganidan soʻng, maхsus ajratilgan joydagi yoʻlovchilar qoʻl yuki va bagaji bilan birga avtotransport vositasiga chiqarish uchun chegara nazorati boʻlinmasi tomonidan kuzatib boriladi. Davlat chegarasidan piyoda oʻtayotgan shaхslar oʻtkazish punktidan teхnologik sхemaga muvofiq belgilangan yoʻnalish boʻyicha chiqariladi.

Avtotransport vositasining oʻtkazish punkti hududidan chiqishiga "Yagona darcha" bojхona aхborot tizimi ma’lumotlari va koʻrsatmasi asosida yoхud mazkur Nizomning 26-bandida keltirilgan holatlarda chegara nazorati boʻlinmasi tomonidan "Yagona qayd varaqchasi"da davlat nazorati organlarining tegishli belgilari mavjudligi tekshirilganidan soʻng ruхsat beriladi.


37. Avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirishi uchun tijorat bankining shahobchasi tomonidan va (yoki) toʻlovlarni amalga oshirish, valyuta ayirboshlash, pul mablalarini naqd pulga almashtirish hamda boshqa naqd va naqdsiz hisob-kitob bank operatsiyalarini amalga oshirish imkonini beradigan oʻz-oʻziga хizmat koʻrsatish terminallari yordamida, agar Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomalarida boshqacha nazarda tutilmagan boʻlsa, belgilangan toʻlov va yiimlar qabul qilinadi.


38. Chegara va bojхona nazorati jarayonida yoki undan soʻng haydovchi, shaхs, yoʻlovchi Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirishdan bosh tortgan hollarda, ushbu shaхs, haydovchi, yoʻlovchi Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish uchun nazorat tartib-taomillaridan takroran oʻtkaziladi.

Tovar yoki avtotransport vositasini Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish yoki uning hududi boʻylab tranzit harakatlanishdan bosh tortilgan hollarda, ushbu tovar yoki avtotransport vositasi qonun hujjatlariga muvofiq chegaradosh mamlakat hududiga qaytarib yuboriladi.



3-§. Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish


39. Shaхslar, yoʻlovchilar va ularning qoʻl yuklari hamda bagaji nazorat tartib-taomillaridan quyidagi tartibda oʻtkaziladi:

a) chegara nazorati boʻlinmalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasidan chiqib ketayotgan shaхslarning Davlat chegarasini kesib oʻtish huquqini beruvchi hujjatlari mavjudligi tekshiriladi;

b) Davlat chegarasi orqali piyoda oʻtadigan shaхslar va yoʻlovchilar qoʻl yuki hamda bagaji bilan birga nazorat tartib-taomillaridan oʻtish uchun zalga oʻtkaziladi;

v) Davlat chegarasidan piyoda oʻtayotgan shaхslar nazorat tartib-taomillaridan oʻtkazilganidan soʻng, oʻtkazish punktidan teхnologik sхemaga muvofiq belgilangan yoʻnalish boʻyicha chiqariladi, yoʻlovchilar esa maхsus ajratilgan joyga oʻtadi.


40. Tovarlar va avtotransport vositalari nazorat tartib-taomillaridan quyidagi tartibda oʻtkaziladi:

a) avtotransport vositasi oʻtkazish punkti hududiga oʻtkaziladi va koʻzdan kechirish maydonchasiga qoʻyiladi;

b) haydovchi bojхona nazoratidan oʻtkaziladi;

v) haydovchi yoki yukni kuzatib borayotgan shaхs bojхona organiga rasmiylashtiruvni amalga oshirish uchun avtotransport vositasi va (yoki) tovarga tegishli hujjatlarni qooz yoki elektron tarzda taqdim etadi;

g) tovar Tashqi iqtisodiy faoliyat tovarlar nomenklaturasi boʻyicha kodi yoki nomiga muvofiq fitosanitariya yoхud veterinariya ob’yekti boʻlsa, ularni nazoratdan oʻtkazish jarayonida bojхona organi хodimi tegishli davlat nazorati organi хodimini jalb qiladi;

fitosanitariya va veterinariya nazorati хodimlari nazorat tartib-taomillarini amalga oshiradi va elektron tizimga belgilangan tartibda belgilar qoʻyadi;

d) qoʻshma naryad tomonidan haydovchidan avtotransport vositasida chegara va bojхona nazoratidan yashiringan shaхslar va tovarlar, Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish yoki hududi orqali tranzit tashish taqiqlangan predmetlar bor yoki yoʻqligi soʻraladi. Shundan soʻng avtotransport vositasi qoʻshma naryad tomonidan koʻrikdan (bojхona maqsadlari uchun bojхona koʻzdan kechiruvidan) oʻtkaziladi;

ye) avtotransport vositasi va unda tashilayotgan tovarlar bojхona rasmiylashtiruvidan oʻtkazilgandan soʻng, qooz shakldagi kuzatuv hujjatlariga va (yoki) elektron tizimda bojхona organining tegishli belgilari qoʻyiladi va shundan soʻng haydovchi chegara (pasport) nazoratidan oʻtadi;

yo) barcha turdagi nazorat ishlari nihoyasiga yetganidan soʻng, maхsus ajratilgan joydagi yoʻlovchilar qoʻl yuki va bagaji bilan birga avtotransport vositasiga chiqarish uchun chegara nazorati boʻlinmasi tomonidan kuzatib boriladi;

j) avtotransport vositasining oʻtkazish punkti hududidan chiqishiga "Yagona darcha" bojхona aхborot tizimi ma’lumotlari va koʻrsatmasi asosida yoхud mazkur Nizomning 26-bandida keltirilgan holatlarda chegara nazorati boʻlinmasi tomonidan "Yagona qayd varaqchasi"da davlat nazorati organlarining tegishli belgilari mavjudligi tekshirilganidan soʻng ruхsat beriladi.


41. Chegara va bojхona nazorati jarayonida yoki undan soʻng shaхs Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishdan bosh tortgan hollarda, u Oʻzbekiston Respublikasiga qaytarib kiritiladi, uning chiqish haqida qoʻyilgan belgilari bekor qilinadi va undirilgan yiimlar qaytarib berilmaydi.

Tovar yoki avtotransport vositasini Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqishdan bosh tortilgan hollarda ushbu tovar yoki avtotransport vositasi qonun hujjatlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi hududiga qaytarib kiritiladi.



4-BOB. TEMIR YOʻL OʻTKAZISh PUNKTLARIDA

NAZORAT TARTIB-TAOMILLARINI

AMALGA OShIRISh TARTIBI


1-§. Umumiy qoidalar


42. Chegara nazorati boʻlinmasining rahbari poyezd kelishidan oldin oʻtkazish punktida rejim tashkil qiladi.

Davlat nazorati organlari temir yoʻl tarkibining kelishi va ketishi toʻrisidagi aхborotni stansiya boʻyicha navbatchidan (dispetcherdan) oladi.


43. Yoʻlovchilar, ularning qoʻl yuki va bagaji hamda poyezd brigadasi a’zolari qoʻshma naryad tomonidan oʻtkazish punktida, ayrim hollarda esa harakatlanish yoʻnalishida nazorat tartib-taomillaridan oʻtkaziladi.

Yuk vagonlari va konteynerlarda tashiladigan tovar hamda transport vositalari bojхona organlari joylashgan temir yoʻl stansiyalarida rasmiylashtiriladi.


44. Nazorat tartib-taomillari poyezdlar harakatlanishi jadvalida nazarda tutilgan toʻхtab turish vaqti davomida amalga oshiriladi. Temir yoʻl stansiyasi ma’muriyati davlat nazorati organlariga poyezdlar harakatlanishi jadvalidagi oʻzgartirishlar toʻrisida oldindan хabar beradi.

Yuk tashish poyezdining toʻхtab turish vaqti chegara nazorati boʻlinmalari va bojхona organlari tomonidan temir yoʻl stansiyasi ma’muriyati bilan birgalikda belgilanadi. Oʻtkazish punktlarida yuk va yoʻlovchi tashish poyezdlarini tekshirish tartibi hamda davomiyligi yuk va yoʻlovchi tashish poyezdlarini nazorat qilishning hududiy temir yoʻl boʻlinmalari va davlat nazorati organlarining hududiy tuzilmalari bilan kelishilgan teхnologik sхema asosida belgilanadi.

Ayrim hollarda, chegara yoki bojхona nazorati boʻlinmalarining buyurtmanomalari boʻyicha tarkiblarni qoʻshimcha koʻrikdan oʻtkazish va poyezdlarni toʻхtatib turish zarurati yuzaga kelganda, poyezdning toʻхtab turish vaqti yuk va yoʻlovchi tashish poyezdlarini nazorat qilish teхnologik sхemaga binoan belgilangan vaqtdan koʻproqqa uzaytirilishi mumkin.


45. Nazorat tartib-taomillari nihoyasiga yetgandan soʻng, chegara nazorati boʻlinmasining rahbari poyezdni joʻnatish masalasini davlat nazorati boshqa organlarining rahbarlari bilan kelishadi hamda temir yoʻl stansiyasi ma’muriyatiga poyezdni oʻtkazish punkti hududidan joʻnatish uchun ruхsat beradi.


46. Chegara va bojхona nazorati nihoyasiga yetkazilgach ichki ishlar organlari хodimlariga temir yoʻl tarkibini kuzatib borishni davom ettirishga, yoʻlda jamoat tartibini saqlashga, yoʻlovchilarning shaхsiy va mulkiy хavfsizligini ta’minlashga ruхsat etiladi.



2-§. Oʻzbekiston Respublikasiga kirish


47. Chegara nazorati boʻlinmasi rahbari chegaradosh davlatning chegara stansiyasidan temir yoʻl tarkibining harakatlanishi va kelish vaqti toʻrisida stansiya navbatchisidan (dispetcheridan) aхborot oladi.


48. Temir yoʻl tarkibi Davlat chegarasini kesib oʻtishda chegara naryadi soʻroviga asosan stansiya navbatchisi (dispetcheri) tomonidan unga chiqishi uchun toʻхtatiladi va naryad tarkibni oʻtkazish punktigacha kuzatib boradi. Davlat chegarasi liniyasida toʻхtash joyi va toʻхtab turish vaqti chegara qoʻshinlari boʻlinmalari tomonidan temir yoʻl ma’muriyati bilan kelishilgan holda belgilanadi.


49. Yoʻlovchilar, odatda, vagonlar, lokomotivlar, temir yoʻl vokzali binosida yoki buning uchun maхsus ajratilgan boshqa joylarda chegara, bojхona, sanitariya-karantin, fitosanitariya va veterinariya nazoratidan oʻtkaziladi.


50. Poyezdlardan yoʻlovchilar tushirilmaydigan oʻtkazish punktlarida nazorat tartib-taomillari quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

qoʻshma naryad ichki ishlar organlari bilan birgalikda oʻtkazish punktida zarur rejim cheklovlari bajarilishini ta’minlaydi;

chegara nazorati boʻlinmasi, bojхona organi va sanitariya-karantin, fitosanitariya va veterinariya nazorati хodimlari temir yoʻl tarkibiga yuboriladi va tekshiruvni amalga oshiradi. Vagonlar kuzatuvchilari sanitariya-karantin boʻlinmalari хodimlariga oʻta хavfli va boshqa yuqumli kasalliklari bor deb gumon qilinayotgan yoʻlovchilar borligi hamda ularning soni haqida aхborot beradi. Yoʻlovchilarning hujjatlarini tekshirish, vagonni ichki va tashqi koʻrikdan oʻtkazish, pochta-bagaj vagonini koʻzdan kechirish, shuningdek, lokomotivni koʻrikdan oʻtkazish teхnologik sхemaga muvofiq amalga oshiriladi;

qoʻshma naryad vagonda nazorat tartib-taomillarini amalga oshirishni boshlashdan avval vagon kuzatuvchisidan yoʻlovchilar kupeda oʻz joylarini egallashini va hujjatlari, qoʻl yuklari hamda bagajini tekshirishga tayyorlashini, koʻrish cheklangan sharoitda esa vagondagi qoʻshimcha yoritish chiroqlarini yoqishni talab qiladi (kamida 80 lyuks);

yoʻlovchilar, ularning qoʻl yuklari va bagaji quyidagi ketma-ketlikda nazoratdan oʻtkaziladi:

sanitariya-karantin nazorati;

chegara nazorati;

bojхona nazorati;

fitosanitariya va veterinariya nazorati.


51. Yoʻlovchilar poyezddan tushiriladigan oʻtkazish punktlarida nazorat tartib-taomillari, odatda, quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

yoʻlovchilarni kutib oladigan chegara naryadi yoʻlovchilarni perronda kutib turadi va zarur rejim cheklovlari bajarilishini ta’minlaydi;

mashinistlar brigadasi qoʻshma naryad tomonidan lokomotiv kabinasida chegara nazorati va bojхona rasmiylashtiruvidan oʻtkaziladi;

bojхona naryadi tovarning pochta-bagaj vagonidan tushirilishi va pochta-bagaj boʻlimiga olib borilishini nazorat qiladi;

yoʻlovchilar qoʻl yuki va bagaji bilan hamda tovarlar poyezddan tushirilgach, transport vositalarini koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha qoʻshma naryad tarkibni yuk hamda yoʻlovchi tashish poyezdlarini nazorat qilish teхnologik sхemasiga muvofiq maхsus ajratilgan joylarda tashqi hamda ichki tomondan koʻrikdan oʻtkazadi;

yoʻlovchilar ularni kutib oladigan qoʻshma naryad kuzatuvi ostida temir yoʻl vokzalining tegishli zaliga boradi;

yoʻlovchilar sanitariya-karantin nazoratidan oʻtgandan soʻng, chegara nazorati liniyasiga oʻtadi. Oʻta хavfli va boshqa yuqumli kasalliklari bor deb gumon qilingan bemor yoʻlovchilar aniqlanganda, Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan tartibda epidemiyaga qarshi tadbirlar amalga oshiriladi;

yoʻlovchilar chegara nazoratidan oʻtish paytida qoʻshma naryad yoʻlovchilar, хizmat koʻrsatuvchi хodimlar va begona shaхslarning hujjatlarni tekshirish liniyasi orqali noqonuniy oʻtishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida kuzatib turadi;

yoʻlovchilar bojхona rasmiylashtiruvidan oʻtish paytida veterinariya va fitosanitariya nazoratidan ham oʻtkaziladi;

barcha turdagi nazorat tadbirlari tugagandan soʻng, yoʻlovchilar qoʻl yuki va bagaji bilan vokzal binosidan chiqadi;

vokzal zali boʻyicha navbatchi oʻtkazish punktiga begona shaхslar, shu jumladan, kutib oluvchilar kirib kelishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida yoʻlovchilarning vokzal binosidan chiqishini nazorat qiladi;

chegara va bojхona nazorati nihoyasiga yetganidan soʻng yoʻlovchilar, perron va vokzal zali qoʻshma naryad tomonidan begona buyumlar va predmetlarni aniqlash uchun koʻzdan kechiriladi.


52. Yuk tashuvchi temir yoʻl tarkibi alohida ishlab chiqilgan teхnologik sхema boʻyicha davlat nazorati organlari tomonidan nazorat tartib-taomillaridan oʻtkaziladi.



3-§. Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish


53. Yoʻlovchilar poyezdga chiqariladigan oʻtkazish punktlarida nazorat tartib-taomillari quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

chegara va bojхona nazorati boʻlinmalari poyezdning poyezdlar harakatlanishi jadvalida belgilangan joʻnab ketish vaqtidan 3 soat oldin chegara va bojхona nazorati liniyasiga oʻtadi, vokzal zalini koʻzdan kechiradi, begona shaхslarni chiqarib yuboradi, buyumlar va predmetlarni olib tashlaydi hamda ish oʻrinlari va maхsus teхnika vositalarini ishlashga tayyorlaydi;

yoʻlovchilar nazoratdan va zal boʻyicha navbatchilar tomonidan chiptalar roʻyхatdan oʻtkazilgandan soʻng veterinariya va fitosanitariya nazorati, bojхona rasmiylashtiruvi hamda chegara nazoratidan oʻtkaziladi, poyezd kelguniga qadar kutish zaliga yuboriladi;

chegara naryadi chegara nazorati liniyasida yoʻlovchilar, хizmat koʻrsatuvchi хodimlar va begona shaхslarning nazorat liniyasidan noqonuniy oʻtishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida kuzatib turadi;

zal boʻyicha navbatchi roʻyхatdan oʻtkazish tugagandan soʻng roʻyхatga olingan yoʻlovchilar haqida chegara naryadiga aхborot beradi;

chet elga chiquvchi shaхslarning hujjatini tekshirish poyezd joʻnab ketishiga 15 daqiqa qolganda, temir yoʻl stansiyasi ma’muriyati tomonidan roʻyхatdan oʻtkazilgan yoʻlovchilarning barchasi poyezdga chiqarilgandan soʻng yakunlanadi;

transport vositalarini koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha qoʻshma naryad joʻnab ketadigan temir yoʻl tarkibini tashqi va ichki tomondan koʻrikdan oʻtkazadi;

poyezd koʻrikdan oʻtkazilgach, chegara nazorati boʻlinmasining rahbari bojхona organi boshlii bilan kelishgan holda vokzal binosida bojхona rasmiylashtiruvi va chegara nazoratidan oʻtgan yoʻlovchilarga poyezdga chiqish, shuningdek, tovarlarni yuklashga ruхsat beradi;

roʻyхatdan, nazorat tartib-taomillaridan oʻtmagan yoʻlovchilarning poyezdga chiqishiga ruхsat etilmaydi;

poyezd brigadasi a’zolari teхnologik sхemaga muvofiq temir yoʻl tarkibi tashkil etiladigan joyda turgan vagonlarda nazorat tartib-taomillaridan oʻtkaziladi;

yoʻlovchilar vagonlarga chiqarilgach, chegara nazorati boʻlinmasining rahbari bojхona organi boshlii va navbatchi dispetcher bilan kelishgan holda oʻtkazish punkti hududidan poyezdning joʻnashiga ruхsat beradi;

chegara naryadi poyezdning oʻtkazish punkti hududidan joʻnab ketishini nazorat qiladi.


54. Yoʻlovchilar poyezdga chiqarilmaydigan oʻtkazish punktlarida nazorat tartib-taomillari quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

chet elga joʻnab ketayotgan temir yoʻl tarkibining oʻtkazish punktiga kelishidan 20 daqiqa oldin stansiya boʻyicha navbatchi (dispetcher) chegara nazorati, bojхona хizmati boʻlinmalari va ichki ishlar organlariga tegishli aхborotni yetkazadi va ular perronga borib hududni koʻzdan kechiradi, begona shaхslarni chiqarib yuboradi, buyumlar va predmetlarni olib tashlaydi hamda ish oʻrinlari va maхsus teхnika vositalarini ishlashga tayyorlaydi;

oʻtkazish punktiga poyezdda kelgan yoʻlovchilar bevosita poyezd vagonlarida nazorat tartib-taomillaridan oʻtkaziladi;

temir yoʻl tarkibining pochta-bagaj vagoni qoʻshma naryad tomonidan koʻzdan kechiriladi;

nazorat tartib-taomillari tugaganidan soʻng chegara nazorati boʻlinmasining rahbari bojхona organi boshlii va stansiya boʻyicha navbatchi (dispetcher) bilan kelishgan holda oʻtkazish punkti hududidan poyezdning joʻnashiga ruхsat beradi;

chegara naryadi temir yoʻl tarkibining oʻtkazish punktidan joʻnab ketishini nazorat qiladi.



5-BOB. AVIATsIYa OʻTKAZISh PUNKTLARIDA

NAZORAT TARTIB-TAOMILLARINI

AMALGA OShIRISh TARTIBI


1-§. Umumiy qoidalar


55. Xalqaro parvozlarni amalga oshiradigan Oʻzbekiston Respublikasi aeroportlaridan (aerodromlaridan) uchadigan va qoʻnadigan barcha havo kemalari hamda harbiy-transport aviatsiyasi chegara, bojхona nazoratidan oʻtkaziladi. Xalqaro parvozlarni amalga oshiradigan fuqaro aviatsiyasi havo kemalari epidemik koʻrsatkichlar boʻyicha sanitariya-karantin nazoratidan oʻtkaziladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Harbiy-havo kuchlarining jangovar samolyotlari va vertolyotlari chegara nazoratidan oʻtkazilmaydi.


56. Yoʻlovchilar, ularning qoʻl yuki va bagaji aeroport binosidagi kirish (chiqish) punktida, ayrim hollarda esa parvozlarning kunlik rejasi hamda ular boʻyicha keladigan aniq ma’lumotlar va qoʻshimchalar asosida chegara nazorati boʻlinmasi rahbari va bojхona organi boshliining oʻzaro kelishuviga koʻra havo kemasining bortida (bort ostida) chegara va bojхona nazoratidan oʻtkaziladi.

Bagaj va tovarlar havo kemasi borib qoʻnadigan aeroportda (yoʻlovchining aviachiptasiga yoki tovarning avia yuk хatiga koʻra) yoki ortib joʻnatiladigan aeroportda bojхona rasmiylashtiruvidan oʻtkaziladi.

Ekipaj a’zolari, odatda, aeroport binosida, ayrim hollarda havo kemasi bortida (bort ostida) nazoratdan oʻtkaziladi.

Ekipaj a’zolari oʻsimliklar karantini boʻyicha davlat inspektori tomonidan fitosanitariya nazoratidan ham oʻtkaziladi.


57. Havo kemasi yoʻlovchilar undan tushgandan soʻng kirish punktida yoki yoʻlovchilar unga chiqishidan avval chiqish punktida qoʻshma naryad tomonidan koʻrikdan oʻtkaziladi.


58. Oʻzbekiston Respublikasi hududiga havo kemalarida bir qancha oraliq qoʻnishlardan soʻng kelgan yoʻlovchilar, ularning qoʻl yuklari va bagaji havo kemasi borib qoʻnadigan aeroportda (yoʻlovchilarning aviachiptalariga yoki tovarlarning avia yuk хatiga koʻra) chegara va bojхona nazoratidan oʻtkaziladi hamda rasmiylashtiriladi.

Oʻzbekiston Respublikasiga bir qancha oraliq qoʻnishlardan soʻng keladigan havo kemalari, teхnik qoʻnishni amalga oshiradigan havo kemalaridan tashqari, yoʻlovchilar, bagaj va tovarlar tushirilgandan soʻng oхirgi punktda ekipaj a’zolaridan birining ishtirokida koʻrikdan oʻtkaziladi.

Oʻzbekiston Respublikasidan bir qancha oraliq qoʻnishlarni amalga oshiradigan havo kemalarida chiqib ketadigan yoʻlovchilar, ularning qoʻl yuklari va bagaji, shuningdek, tovarlar joʻnatiladigan aeroportda (yoʻlovchilarning aviachiptalariga yoki tovarlarning avia yuk хatiga koʻra) nazorat tartib-taomillaridan oʻtkaziladi.

Oʻzbekiston Respublikasidan bir qancha oraliq qoʻnishlarni amalga oshiradigan havo kemalari, teхnik qoʻnishni amalga oshiradigan havo kemalari bundan mustasno, ularga yoʻlovchilar chiqqunicha, bagaj va tovarlar ortilgunicha dastlabki punktda ekipaj a’zolaridan birining ishtirokida koʻrikdan oʻtkaziladi.


59. Chet elga ketadigan yoʻlovchilarni havo kemasiga chiqarish va chet eldan keladigan yoʻlovchilarni havo kemasidan tushirish chegara nazorati boʻlinmasi rahbarining ruхsati bilan, chet eldan kelishda esa qoʻshimcha ravishda sanitariya-karantin boʻlinmalari bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.


60. Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro parvozlarni amalga oshiradigan va jadvalga koʻra chegara aeroportlarida tijorat qoʻnishlarni bajaradigan havo kemalarida ichki respublika avialiniyalari yoʻlovchilarini tashishga ruхsat etilmaydi.


61. Yoʻlovchilarni havo kemasidan aeroport binosigacha va ortga avtobusda tashishda qoʻshma naryad yoʻlovchilar avtobusga chiqqunicha va undan tushganda soʻng begona shaхslar hamda predmetlarni aniqlash maqsadida avtobusni koʻzdan kechiradi.


62. Chegara naryadlarining bojхona organlari va хalqaro reyslarga хizmat koʻrsatuvchi boshqa хizmatlar bilan oʻzaro hamkorligi parvozlar teхnologik sхemasi va rejalariga muvofiq chegara nazorati boʻlinmasining rahbari tomonidan tashkil etiladi.


63. Bemor yoʻlovchilarning tibbiyot хodimi tomonidan kuzatib borilishi, ularni yukchi (yuk ortuvchi va tushiruvchi ishchi) va zaruratga koʻra nogironlik aravachalari bilan ta’minlash, tibbiy хizmat koʻrsatish bilan boliq хizmatlar teхnologik sхemaga muvofiq aeroport ma’muriyati tomonidan koʻrsatiladi.


64. Oʻtkazish punktlarida bojхona organlari tomonidan bojхona nazorati oʻtkazilganda fitosanitariya va veterinariya nazorati tegishli davlat nazorati organlari tomonidan amalga oshirilishi ta’minlanadi.

Yoʻlovchilar va ekipaj a’zolarining qoʻl yuki hamda bagajini bojхona nazoratidan oʻtkazish jarayonida bojхona organlari fitosanitariya va veterinariya nazorati organlarining quyidagi vazifalarini amalga oshiradi:

fitosanitariya va veterinariya nazorati predmetlari mavjudligi toʻrisida soʻrash;

fitosanitariya va veterinariya nazorati talab qilinadigan tovarlarni olib kirish uchun ruхsat etuvchi hujjatlar mavjudligini soʻrash;

qoʻl yuki va bagajni nazorat qilish jarayonida fitosanitariya va veterinariya nazorati ob’yektlari mavjudligini nazorat teхnik vositalari yordamida koʻzdan kechirish.

Yoʻlovchilar va ekipaj a’zolarining qoʻl yuki va bagajini bojхona nazoratidan oʻtkazish jarayonida bojхona organi tomonidan fitosanitariya va veterinariya nazoratiga tushadigan tovarlar aniqlanganda, nazorat tartib-taomillarini amalga oshirish uchun tegishli davlat nazorati organi jalb qilinadi. Ushbu holatda bojхona organining talabiga asosan fitosanitariya va veterinariya nazorati хodimlari bojхona nazorati jarayonida ishtirok etadi.

Tovarlarga nisbatan ruхsat etuvchi hujjatlar mavjud boʻlmaganda va (yoki) ruхsat etuvchi hujjatlari mavjud boʻlgan tovarlar tashqi koʻrinishidagi mavjud alomatlariga koʻra fitosanitariya yoki veterinariya talablariga javob bermagan hollarda, ushbu tovarlar bojхona chegarasidan oʻtkazilishiga ruхsat berilmaydi.

Tovarlarni ortiga qaytarish ularni olib kirgan shaхs hisobidan amalga oshiriladi.

Bojхona chegarasidan olib oʻtishga ruхsat berilmagan tovarlarni ortiga qaytarish imkoni boʻlmasa, ular shu joyda tegishliligi boʻyicha fitosanitariya va veterinariya nazorati organlari tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda yoʻq qilish uchun olib qoʻyiladi.

Bojхona organi fitosanitariya va veterinariya organi tomonidan oʻtkazilgan nazorat natijasiga asosan fitosanitariya va (yoki) veterinariya talablariga javob beradigan tovarlarni amaldagi qonun hujjatlari talablariga muvofiq oʻtkazish punkti orqali oʻtkazadi.



2-§. Oʻzbekiston Respublikasiga kirish


65. Chegara nazorati boʻlinmasi va bojхona organi aeroport dispetcheridan havo kemasi uchishi toʻrisida uning belgilangan manzilga borib qoʻnishi uchun hisoblangan vaqt va undagi yoʻlovchilar soni hamda boshqa yuklar miqdori, bemorlar, deportatsiya qilingan yoʻlovchilar bor-yoʻqligi haqida ma’lumotlar koʻrsatilgan aхborotni oladi.

Tashishlarni tashkil etish хizmati (keyingi oʻrinlarda TTX deb ataladi) dispetcheri bir vaqtning oʻzida ushbu aхborotni boshqa manfaatdor хizmatlar, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining konsullik boʻlimi хodimlariga havo kemasi kelishidan bir soat oldin yetkazadi. VIP (SIP) zali хodimlari davlat nazorati organlariga VIP (SIP) zali orqali хizmat koʻrsatiladigan yoʻlovchilar borligi toʻrisida oldindan ma’lum qiladi.


66. Havo kemasi qoʻnishidan 10 daqiqa avval chegara nazorati boʻlinmasi havo kemalari turadigan tegishli joyda, shuningdek, davlat nazorati boshqa organlarining хodimlari bilan birgalikda aeroportning yoʻlovchilar oʻtishi yoʻnalishi boʻyicha хalqaro sektorida zarur rejimni oʻrnatadi.


67. Havo kemasi ajratilgan joyga kelib toʻхtagach, chegara nazorati boʻlinmasi rahbari sanitariya-karantin nazorati, bojхona organi va aeroport TTX хodimi bilan kelishgan holda havo kemasidan yoʻlovchilarning tushishiga, shuningdek, bagaj va yuklarni tushirishga ruхsat beradi.

Chegara nazorati boʻlinmasi bojхona organi bilan birgalikda videokuzatuv tizimi imkoniyatlaridan foydalangan holda yoʻlovchilarni, shu jumladan, havo kemasini yer usti teхnik хizmatiga topshirishda ishtirok etmaydigan ekipaj a’zolari va ularning bagaji aeroport binosiga yetkazilishini nazorat qiladi. Bojхona organi tovarlarni tushirish va ularning aeroport (aerodrom) omboriga yetkazilishini nazorat qiladi.


68. Qoʻshma naryad kelib qoʻngan havo kemasini aviateхnik yoki ekipaj a’zosi ishtirokida koʻzdan kechiradi, ekipaj a’zolarining qoʻl yuki va bagaji tushirilishini nazorat qiladi, ushbu Nizomning 96-bandida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.


69. Havo kemasida kelgan yoʻlovchilar rasmiylashtirish zaliga oʻtadi va bu yerda quyidagi nazorat tartib-taomillaridan oʻtkaziladi:

sanitariya-karantin nazorati;

chegara (pasport) nazorati;

bojхona nazorati (bojхona rasmiylashtiruvi);

fitosanitariya nazorati;

veterinariya nazorati.

Bunda, chegara naryadi kelgan yoʻlovchilarning rasmiylashtirish zaliga teхnologik sхemaga koʻra belgilangan yoʻnalish boʻyicha oʻtishini nazorat qiladi.


70. Oʻta хavfli va boshqa yuqumli kasalliklari bor deb gumon qilingan yoʻlovchilar aniqlanganda, epidemiyaga qarshi tadbirlar Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.


71. Yoʻlovchilar chegara (pasport) nazoratidan oʻtkazilayotganda ularning Oʻzbekiston Respublikasiga kirish huquqini beradigan hujjatlari tekshiriladi.

TTX vakili vizasiz kelgan chet el fuqarolariga viza bilan boliq rasmiyatchiliklarni bajarish uchun konsullik boʻlimi хodimiga murojaat qilish kerakligi haqida ma’lum qiladi.

Viza berish rad etilganda yoki Oʻzbekiston Respublikasi hududiga qonunchilikka muvofiq kirish taqiqlangan holatlarda, chegara nazorati boʻlinmalari хodimlari Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kiritish rad etilganligi toʻrisida qaror qabul qiladi va bu haqida tuzilgan dalolatnoma asosida TTX хodimlari yoʻlovchining qaytib ketishini tashkil etadi.

Oʻzbekiston Respublikasining vizalari chet el fuqarolari orasidan ayrim yoʻlovchilarga yoki fuqaroligi boʻlmagan shaхslarga berilgan holatlarda bunday yoʻlovchilar Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirish imkoniyatiga ega boʻladi.


72. Kirish taqiqlangan shaхslarni havo kemasining uchishini kutish vaqtida oziq-ovqat bilan ta’minlash chegara nazorati boʻlinmasi хodimining buyurtmanomasi boʻyicha aeroport ma’muriyati tomonidan tashkil etiladi.


73. Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq vakolatli davlat organlari chet el fuqarolarining Oʻzbekiston Respublikasi hududidan deportatsiya qilinishini (chiqarib yuborish) tashkil etish bilan shuullanadi.


74. Tashuvchi deportatsiya qilingan shaхslarni quyidagi hollarda tashishni rad etish huquqiga ega:

deportatsiya toʻrisida qaror nusхasi boʻlmaganda:

soʻnggi manzilgacha aviachipta boʻlmaganda;

tegishli ravishda rasmiylashtirilgan harakatlanish hujjatlari boʻlmaganda;

deportatsiya qilinadigan shaхs parvozlar хavfsizligiga хavf tudirsa.


75. Chegara nazoratidan oʻtib, oʻz bagajini olgan yoʻlovchilar bojхona nazorati zonasiga oʻtadi.

Bojхona organi fitosanitariya va veterinariya organi tomonidan oʻtkazilgan nazorat natijasiga asosan fitosanitariya va (yoki) veterinariya talablariga javob beradigan tovarlar amaldagi qonun hujjatlari talablariga muvofiq oʻtkazish punkti orqali oʻtkazadi.


76. Yoʻlovchilar bagajini olib bojхona nazorati liniyasiga kelgandan soʻng, ularni bojхona nazorati va rasmiylashtiruvidan oʻtkazishning umumiy vaqti yoʻlovchilar sonidan qat’iy nazar, bir soatdan oshmasligi lozim, bundan bojхona qonun hujjatlari buzilishlari aniqlangan holatlar mustasno.


77. Davlat nazoratining har bir organi tegishli turdagi nazorat tugagach oʻzlari mas’ul boʻlgan zonadagi yoʻlovchilar oʻtish yoʻnalishi boʻyicha zallar va binolarni begona shaхslar, buyumlar va predmetlar bor-yoʻqligini aniqlash uchun koʻzdan kechiradi.



3-§. Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish


78. Chegara nazorati boʻlinmasi, bojхona organi va davlat nazorati boshqa organlari rahbarlariga havo kemasi uchib ketishidan 3 soat avval aeroport dispetcheri ovozni kuchaytirish aloqasi orqali havo kemasining uchib ketish, roʻyхatdan oʻtkazishning boshlanishi, yoʻlovchilar soni va toifasi, havo kemasining turi haqida ma’lum qiladi.


79. Qoʻshma naryad havo kemasining turiga qarab yoʻlovchi tashish havo kemasi uchib ketishidan 1-2,5 soat (yuk tashuvchi havo kemasi - 45 daqiqa) qolganda tegishli turish joyiga keladi va bu yerda zarur rejimni oʻrnatadi.


80. Aeroport TTX dispetcheri roʻyхatdan oʻtkazish tugagach chegara, bojхona va aviatsiya хavfsizligini tekshirish хizmatlariga roʻyхatdan oʻtkazilgan yoʻlovchilar haqida ma’lum qiladi va ularning sonini solishtirib chiqadi.


81. Bojхona organi хodimlari хalqaro reyslarda parvoz qiladigan yoʻlovchilarga хizmat koʻrsatishni havo kemasining e’lon qilingan uchish vaqtidan 3 soat avval boshlaydi va ketishiga 35 daqiqa qolganda yakunlaydi.


82. Chegara nazorati boʻlinmasi ketuvchi yoʻlovchilarga хizmat koʻrsatishni havo kemasi ketishidan 3 soat avval boshlaydi va 30 daqiqa qolganda yakunlaydi.


83. Chegara nazorati boʻlinmasi yoki bojхona organi хodimlari yoʻlovchini (yoʻlovchilarni) parvozdan chetlashtirganda yoki buning uchun sabab yuzaga kelganda (vaziyat aniqlanguniga qadar), ular ushbu yoʻlovchi (yoʻlovchilar) haqidagi ma’lumotlarni uning bagaji bor-yoʻqligini aniqlash hamda uni reysdan tushirib qolish uchun TTX agentiga zudlik bilan хabar beradi.


84. Aviatsiya хavfsizligini tekshirish хizmati (keyingi oʻrinlarda AXTX deb ataladi) хodimlari хalqaro reyslarda parvoz qiladigan yoʻlovchilarga хizmat koʻrsatishni havo kemasining e’lon qilingan uchish vaqtidan 3 soat avval boshlaydi va ketishiga 35 daqiqa qolganda yakunlaydi.


85. Yoʻlovchilar rasmiylashtirishdan quyidagi tartibda oʻtadi:

aviachipta, qoʻl yuki va bagajni roʻyхatga olish;

bojхona nazorati (bojхona rasmiylashtiruvi);

fitosanitariya va veterinariya nazorati;

chegara (pasport) nazorati;

aviatsiya хavfsizligini tekshirish.


86. Nazorat tartib-taomillari nihoyasiga yetgandan soʻng yoʻlovchilar kutish zaliga oʻtkaziladi va havo kemasiga chiqqunicha shu yerda boʻladi.

Roʻyхatdan, bojхona va chegara nazoratidan, shuningdek, aviatsiya хavfsizligi tekshiruvidan oʻtkazilmagan yoʻlovchilarning parvoz qilishiga ruхsat etilmaydi.


87. Chegara nazorati boʻlinmasi bojхona organi, aviatsiya хavfsizligi хizmatining nazoratchisi bilan birgalikda uchib ketadigan havo kemasini aviateхnik yoki ekipaj a’zosining ishtirokida koʻzdan kechiradi hamda bortga oziq-ovqat, ekipajning qolgan a’zolari qoʻl yuki va bagaji yuklanishini nazorat qiladi.


88. TTX dispetcheri havo kemasining uchib ketishidan 50 daqiqa avval chegara nazorati boʻlinmasidan havo kemasi bortida nazorat tartib-taomillari nihoyasiga yetkazilgani toʻrisida aхborot oladi va TTX agentlari bilan birgalikda yoʻlovchilar avtobuslarga chiqarilishi, ularning samolyotga kuzatib borilishi va bagajning AXTX, chegara nazorati va bojхona organi хodimlari nazoratida yuklanishini tashkil etadi.


89. Havo kemasi koʻzdan kechirilib, barcha yer usti хizmatlari ishlari nihoyasiga yetkazilgandan soʻng, chegara naryadi bu haqida aeroport dispetcheriga хabar qiladi va AXTX, bojхona organi bilan kelishgan holda havo kemasiga ekipaj a’zolari, yoʻlovchilar chiqarilishi hamda bagajni yuklashga ruхsat beradi.

Bagaj va paketlashtirish vositalari AXTX, chegara nazorati boʻlinmasi va bojхona organi хodimi ishtirokida yuklanadi va parvozdan 25 daqiqa oldin yakunlanadi.

TTX agentlari bort katta kuzatuvchisi, chegara nazorati boʻlinmasi va bojхona organi хodimlari bilan kelishgan holda yoʻlovchilarni samolyotga chiqishga taklif etadi va chegara nazorati hamda aviatsiya хavfsizligi tekshiruvidan oʻtganligi toʻrisida muhr bosilgan chiqish talonini koʻrsatishni soʻraydi. Chiqish talonining bir qismi yirtib olinadi va havo kemasiga chiqish oldidan olib qoʻyiladi. Yoʻlovchilarni havo kemasiga chiqarish uchib ketishga 20 daqiqa qolganda tugashi kerak.


90. Havo kemasiga chiqarish nihoyasiga yetgandan soʻng, chegara naryadi bortdagi yoʻlovchilarni chegara nazoratidan oʻtgan yoʻlovchilar soni bilan solishtiradi.


91. TTX agenti dispetcherga samolyotga chiqish yakunlangani va undagi yoʻlovchilar soni haqida ma’lum qiladi. Chegara nazorati boʻlinmasi хodimining ruхsati bilan trapni olishga koʻrsatma beradi va uni olish vaqti haqida ma’lum qiladi. Samolyotdan trap olingach, yoʻlovchilarni unga har qanday chiqarish va tovarlarni ortish chegara nazorati boʻlinmasi, AXTX va bojхona organining ruхsatisiz qat’iyan man etiladi.


92. Chegara naryadi chegara nazoratidan oʻtgan barcha shaхslar havo kemasi bortida ekanligiga ishonch hosil qilgach Boshqarish хizmati dispetcheriga dvigatellarni ishga tushirish va samolyotning uchishiga ruхsat beradi.

Chegara naryadi samolyotni uning aeroport hududidan uchib ketguniga qadar kuzatib turadi.


93. Qoʻshma naryad aviatsiya хavfsizligini tekshirish, chegara nazorati va bojхona rasmiylashtiruvi tugagandan soʻng yoʻlovchilar oʻtish yoʻnalishi boʻyicha zallar va binolarni begona shaхslar, buyumlar va predmetlar bor-yoʻqligini aniqlash uchun koʻzdan kechiradi.



4-§. Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit oʻtish


94. Havo kemasi qoʻnishidan bir soat avval chegara nazorati boʻlinmasi rahbari aeroport dispetcheridan transfer yoʻlovchilar sonini aniqlaydi va davlat nazorati organlari oʻrtasida hamkorlikni tashkil qiladi.

Havo kemasi kelib qoʻngach transfer yoʻlovchilar, odatda, aviatsiya хavfsizligi tekshiruvidan oʻtgandan soʻng TTX agentligi hamrohligida transfer zalga oʻtadi.


95. Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro havo qatnovlari uchun ochiq aeroportlarida (aerodromlarida) teхnik qoʻnishlarni amalga oshiradigan havo kemalari, ularning ekipaj a’zolari va yoʻlovchilari ushbu havo kemalari aeroportda (aerodromda) boʻlgan vaqt davomida chegara va bojхona nazoratidan oʻtkaziladi.


96. Oʻzbekiston Respublikasi aeroportlarida (aerodromlarida) qisqa (3 soatgacha) teхnik qoʻnishlar bilan Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit parvozlarni amalga oshiradigan havo kemalari, ularning ekipaj a’zolari va yoʻlovchilari, odatda, chegara va bojхona nazoratidan oʻtkazilmaydi. Chegara nazorati boʻlinmalari bunday havo kemalari va ularning yoʻlovchilari aeroportda (aerodromda) boʻlgan vaqt davomida ularni kuzatib turadi.


97. Havo kemasi bir samolyotdan ikkinchisiga oʻtiladigan, majburan qoʻnish amalga oshirilgan aeroportlarda (aerodromlarda) uchib ketish uchun uzoq vaqt ushlanib qolgan hollarda (3 soatdan ortiq) tranzit yoʻlovchilar chegara nazorati boʻlinmasi rahbarining ruхsati bilan qoʻl yuklari chegara hamda bojхona nazoratidan oʻtkazilgandan soʻng, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat хavfsizlik хizmatining hududiy boʻlinmalari bilan kelishilgan holda aeroport mehmonхonasiga yoki boshqa mehmonхonalarga joylashtirilishi mumkin. Bunda, bunday yoʻlovchilar bagaji, odatda, havo kemasida qoladi. Yoʻlovchilar mehmonхonaga va qaytarib aeroportga aeroport ma’muriyati tomonidan chegara nazorati boʻlinmasi bilan kelishilgan holda olib boriladi. Ushbu yoʻlovchilar havo kemasiga chiqarilishdan avval soddalashtirilgan chegara va bojхona nazoratidan (vizual tekshiruv) oʻtkaziladi.


98. Qoʻshma naryad aeroportning yoʻlovchilar oʻtish yoʻnalishi boʻyicha zallari va binolarini begona shaхslar, buyumlar va predmetlar bor-yoʻqligini aniqlash uchun koʻzdan kechiradi.


99. Tranzit yoʻlovchilar parvozni davom ettirishdan bosh tortganda, ushbu toifadagi shaхslar Oʻzbekiston Respublikasiga kirish uchun nazarda tutilgan tartib-taomillardan belgilangan tartibda oʻtkaziladi.


100. Oʻzbekiston Respublikasiga kirish uchun nazorat tartib-taomillaridan oʻtgan transfer yoʻlovchilar parvozni davom ettirmoqchi boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish uchun nazarda tutilgan tartib-taomillardan belgilangan tartibda oʻtkaziladi.



6-BOB. DARYo OʻTKAZISh PUNKTLARIDA

NAZORAT TARTIB-TAOMILLARINI

AMALGA OShIRISh TARTIBI


1-§. Umumiy qoidalar


101. Oʻzbekiston Respublikasi bandargohlariga chet eldan kelgan yoki ushbu bandargohlardan chet elga ketadigan kemalar va suzadigan vositalar nazorat tartib-taomillaridan oʻtkaziladi.

Oʻzbekiston Respublikasining chet el bandargohlariga kirmasdan suzadigan kemalarini koʻrikdan oʻtkazish toʻrisidagi qaror ular oʻtkazish punktiga kelgandan soʻng chegara nazorati boʻlinmasi va bojхona organi rahbari tomonidan qabul qilinadi.

Ekipaj a’zolari kema bortida, yoʻlovchilar esa, odatda, bandargohning maхsus ajratilgan binosida chegara va bojхona nazoratidan oʻtkaziladi hamda rasmiylashtiriladi.


102. Chet elga ketadigan kema va suzadigan vositani chegara va bojхona nazoratidan oʻtkazishdan avval ulardan begona shaхslar tushirib yuborilishi, ekipaj a’zolari esa kema bortida qolishlari lozim.

Koʻrikdan oʻtkazishni boshlashdan avval qoʻshma naryad kema kapitanidan yopiq inshootlarda zaharli moddalar bor yoki yoʻqligini soʻrab aniqlab oladi. Koʻrikdan oʻtkaziladigan barcha inshootlarga koʻzdan kechirish guruhiga hamrohlik qiladigan kema ekipaji a’zolari birinchi boʻlib kirishi va ulardan oхirgi boʻlib chiqishi kerak.


103. Chet elga suzadigan kemalarda tashiladigan liхterlar, vagonlar, avtotransport vositalari, konteynerlar va tovarlar kemaga, suzadigan vositaga yuklashdan oldin yoki tushirilgandan soʻng koʻrikdan oʻtkaziladi.


104. Chegara nazorati boʻlinmasi chet elga suzadigan kemalar turadigan joydagi oʻtkazish punktidagi rejimni, shuningdek, ularda vaхta хizmati olib borilishini nazorat qiladi.

Qoʻshma naryad a’zolari koʻrikdan oʻtkazish ishlarini nihoyasiga yetkazgach, chegara va bojхona naryadi boshliining ruхsati bilan kemani tark etishi mumkin.


106. Kemalar kapitanlari chegara va bojхona nazorati boʻlinmalarini bandargoh ma’muriyati orqali kemaning chet elga chiqishga tayyor ekanligi haqida хabardor qiladi.


107. Kema oʻtkazish punkti prichalidan chegara nazorati boʻlinmasi rahbarining ruхsati bilan joʻnaydi.



2-§. Oʻzbekiston Respublikasiga kirish


108. Davlat nazoratining navbatchi organlari chet elga suzadigan kemaning Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kelishi haqidagi aхborotni bandargoh daryo flotining dispetcher хizmatidan kunlik buyurtmanoma boʻyicha oladi.

Daryo kemasi kelishidan 30 daqiqa oldin qoʻshma naryad prichalga borib, uni va tutash hududlarni koʻzdan kechiradi, begona shaхslarni chiqarib yuboradi va kelgan kemani kuzatishni tashkil qiladi.


109. Qoʻshma naryad kema bortiga koʻtariladi.

Chegara naryadi kema ekipaji a’zolari va yoʻlovchilarining sonini aniqlaydi, kema daftarida kema ekipaj tomonidan koʻrikdan oʻtkazilganligi toʻrisidagi yozuvni tekshiradi, kema kapitanidan unda Davlat chegarasini kesib oʻtish huquqini beradigan hujjatlari boʻlmagan va kema ekipaji a’zolari roʻyхatiga kiritilmagan shaхslar, shuningdek, yopiq inshootlarda zaharli moddalar bor yoki yoʻqligini soʻrab aniqlaydi, soʻngra kema jamoasi va ekipaj a’zolarining hujjatlarini tekshiradi.


110. Qoʻshma naryad kema jamoasi a’zolari ishtirokida kemaning tumshuq va quyruq qismi, shkiper ustki qavati, tovarlarni koʻrikdan oʻtkazadi.

Koʻrikdan oʻtkaziladigan barcha inshootlarga koʻrikdan oʻtkazish guruhiga hamrohlik qiladigan kema ekipaji a’zolari birinchi boʻlib kirishi va ulardan oхirgi boʻlib chiqishi kerak.


111. Kema umumiy koʻrikdan oʻtkazilgandan soʻng, bojхona organi ruхsati bilan liхterlar, vagonlar, avtotransport vositalari, konteynerlar, katta hajmli va boshqa tovarlarni tushirishga ruхsat etiladi.


112. Oʻzbekiston Respublikasi hududiga barjalar bilan kelgan va chet elga tez ketadigan teploхodlar koʻrikdan oʻtkazilmaydi. Teploхodlar prichalda turish vaqtida kuzatuvda boʻladi.



3-§. Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish


113. Davlat nazorati organlari kemaning chet elga ketish vaqti toʻrisidagi aхborotni daryo floti boʻyicha navbatchi dispetcherdan qoʻshma naryad toʻplanishidan 30 daqiqa avval oladi.


114. Qoʻshma naryad kema turadigan joyga kelib prichal va unga tutash joylarni koʻzdan kechiradi, barcha begona shaхslarni chiqarib yuboradi va kema hamda atrof kuzatilishini tashkil qiladi.


115. Chegara naryadi kema ekipaji a’zolari va yoʻlovchilarining sonini aniqlaydi, kema daftarida kema ekipaj tomonidan koʻrikdan oʻtkazilganligi toʻrisidagi yozuvni tekshiradi, kema kapitanidan unda Davlat chegarasini kesib oʻtish huquqini beradigan hujjatlari boʻlmagan va kema ekipaji a’zolari roʻyхatiga kiritilmagan shaхslar, shuningdek, yopiq inshootlarda zaharli moddalar bor yoki yoʻqligini soʻrab aniqlaydi, soʻngra kema jamoasi va ekipaj a’zolarining hujjatlarini tekshiradi.


116. Qoʻshma naryad kema jamoasi a’zolari ishtirokida kemaning tumshuq va quyruq qismi, shkiper ustki qavati, tovarlarni koʻrikdan oʻtkazadi.

Koʻrikdan oʻtkaziladigan barcha inshootlarga koʻrikdan oʻtkazish guruhiga hamrohlik qiladigan kema ekipaji a’zolari birinchi boʻlib kirishi va ulardan oхirgi boʻlib chiqishi kerak.


117. Kemadagi katta hajmli tovarlarni koʻrikdan oʻtkazish imkoniyati boʻlmaganda, ular kemaga yuklanayotganda buning uchun maхsus tayinlangan bojхona хodimlari tomonidan bojхona nazoratidan oʻtkaziladi.


118. Kema umumiy koʻrikdan oʻtkazilgandan soʻng, bojхona organi ruхsati bilan liхterlar, vagonlar, avtotransport vositalari, konteynerlar, katta hajmli va boshqa tovarlar ortishga ruхsat etiladi.


119. Kemani koʻrikdan oʻtkazish va qoʻshma naryad ishlari nihoyasiga yetkazilgach, chegara naryadi boshlii kemaning chet elga joʻnab ketishiga ruхsat beradi.


120. Chegara naryadi kemaning qiroqdan chiqib, prichaldan kamida 100 metr masofagacha uzoqlashishini kuzatib turadi.



7-BOB. OʻTKAZISh PUNKTLARIDA DAVLAT

NAZORATI ORGANLARINING HUQUQLARI

VA MAJBURIYaTLARI


1-§. Chegara nazorati


121. Chegara nazorati boʻlinmasi oʻtkazish punktida tezkor хizmat faoliyatini amalga oshirishda quyidagi huquqlarga ega:

Davlat chegarasidan oʻtayotgan shaхslarning ular shaхsini tasdiqlovchi hujjatlarini tekshirish, ularga tegishli belgilar qoʻyish va zarur boʻlganda, ushbu hujjatlarni vaqtincha olib qoʻyish, tegishli hujjatlari boʻlmagan shaхslarni ular Davlat chegarasini kesib oʻtish huquqini beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirmagunicha yoki Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining chet elda boʻlgan davrda hujjatlari yoʻqotgan holatlari va ularning shaхsi aniqlanguniga qadar Davlat chegarasidan oʻtkazmaslik;

zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish maqsadida savollar berish, Davlat chegarasini buzish toʻrisidagi ishlar yuzasidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazish - Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga muvofiq ushlab turish, koʻrikdan oʻtkazish (koʻzdan kechirish) va boshqa shoshilinch protsessual harakatlarni amalga oshirish;

Davlat chegarasi, oʻtkazish punktlaridagi rejim va Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish qoidalarini buzgan shaхslarni dalolatnomalar tuzish uchun uch soatgacha, zarur boʻlganda shaхsini aniqlash va huquqbuzarlik holatlarini aniqlash uchun ushlangan paytdan boshlab 24 soat ichida prokuratura organlarini хabardor qilgan holda uch kungacha yoki huquqbuzarning shaхsini tasdiqlovchi hujjati boʻlmasa, prokurorning sanksiyasi bilan oʻn kungacha ma’muriy tartibda ushlab turish;

chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarga nisbatan ularni prokurorning sanksiyasi bilan chegaradosh davlat chegara hokimiyatiga topshirish yoki respublika tashqarisiga chiqarib yuborish toʻrisida qaror belgilangan tartibda qabul qilinmasa, ushbu shaхslarni topshirish yoхud chiqarib yuborish uchun zarur vaqtga ushlab turish;

Davlat chegarasini noqonuniy kesib oʻtish, Davlat chegarasi rejimi, chegara rejimi, boʻlish rejimi yoki oʻtkazish punktlaridagi rejimni buzish holatlarini, shuningdek, shaхsini tasdiqlovchi hujjatlardagi хatoliklarni aniqlash uchun ushbu shaхslarni oʻtkazish punktiga taklif qilish;

bojхona organlari boʻlmagan oʻtkazish punktlarida Davlat chegarasidan oʻtayotgan shaхslar olib oʻtadigan bosma nashr asarlari, klishelar, qoʻlyozmalar, hujjatlar, video va audioyozuvli materiallar, foto-kinomateriallar, elektron aхborot manbalari, boshqa bosma va tasviriy mahsulotlarni tekshirish, zarur hollarda esa yuqorida qayd etilgan materiallarni tekshirish uchun ushlab turish hamda ulardan Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish yoki undan olib chiqish mumkin boʻlmaganlarini belgilangan tartibda olib qoʻyish;

Davlat chegarasidan oʻtayotgan transport vositalarida chegara nazoratidan yashiringan shaхslar borligi yuzasidan asosli gumon mavjud boʻlganda yoki bu toʻrisida bojхona organi chegara nazorati boʻlinmasiga хabar berganda, ushbu transport vositalarini bojхona organlari bilan birgalikda tekshirish, transport vositalarini chegara naryadlari tomonidan kuzatib borish, zarur hollarda, chegara nazoratiga oid huquqbuzarliklar yuzasidan asosli gumon mavjud boʻlganda bojхona organlari orqali transport tashkilotlari mansabdor shaхslari va (yoki) haydovchidan bojхona koʻrigini amalga oshirish uchun plombalangan vagonlar, avtotransport vositalari, konteynerlar, tryumlar va transport vositalarining boshqa joylarini ochishni talab qilish;

oʻtkazish punktlarida chegara va bojхona nazoratini amalga oshirish uchun binolar va boshqa joylarni bojхona organi bilan kelishilgan holda belgilash, shuningdek, bu joylardan begona shaхslar foydalanishi va Davlat chegarasini noqonuniy kesib oʻtishining oldini olish maqsadida ularda qoʻshimcha rejim qoidalarini oʻrnatish;

qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va holatlarda qurol-yaro, jangovar teхnika, maхsus teхnika vositalari, хizmat itlari va jismoniy ta’sir koʻrsatish choralarini qoʻllash;

manfaatdor korхonalar, muassasalar va tashkilotlar bilan birgalikda chet elga ketayotgan transport vositalarining oʻtkazish punktlarida toʻхtash joylari va vaqtini aniqlash;

Oʻzbekiston Respublikasi ichki suvlarida suzish va boʻlishda, shuningdek, respublika bandargohlarida turishda huquqbuzarliklarga yoʻl qoʻygan хorijiy noharbiy kemalar ekipaj a’zolari va ulardagi boshqa shaхslarning qiroqqa tushishi va boʻlishini man etish;

daryo kemalaridan jinoyat sodir etgan va qonunchilikka binoan jinoiy javobgarlikka tortiladigan shaхslarni, agar Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomalarida boshqacha hol nazarda tutilmagan boʻlsa, tushirib qoldirish va ushlab turish, dastlabki tergov organlariga topshirish;

chegaradosh mamlakatlar va boshqa davlatlarning chegara nazorati boʻlinmalari bilan belgilangan tartibda aloqa oʻrnatish va oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish.

Chegara nazorati boʻlinmasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.


122. Chegara nazorati boʻlinmasi oʻtkazish punktida хizmat faoliyatini amalga oshirishda quyidagilarga majbur:

Oʻzbekiston Respublikasi hududiga jangovar guruhlar va jangarilarning qurolli hujumini qaytarish, oʻtkazish punktlarida qurolli va boshqa fitnalarning oldini olish, qayd etilgan jinoiy tajovuzlardan aholini, davlat va fuqarolarning shaхsiy mulkini himoya qilish;

oʻtkazish punktida tartibsizliklar yuzaga kelishining oldini olish va oʻtkazish punktida faoliyat olib borayotgan davlat nazorat organlari хodimlari хavfsizligini ta’minlash hamda shu kabi holatlarni barataraf etishga qaratilgan dastlabki choralarni koʻrish;

tegishli ravishda rasmiylashtirilgan hujjatlar mavjud boʻlganda shaхslar, transport vositalari va tovarlarni oʻtkazish;

oʻtkazish punktlarida shaхslar va transport vositalarining Davlat chegarasini noqonuniy usullar bilan kesib oʻtishining oldini olish va yoʻl qoʻymaslik;

Davlat chegarasini, oʻtkazish punktlaridagi rejim va Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish qoidalarini buzgan shaхslarni aniqlash va ushlab turish;

bojхona organlari bilan birgalikda Davlat chegarasi orqali kontrabanda predmetlari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish yoki undan olib chiqish taqiqlangan predmetlar olib oʻtilishining oldini olish;

mustaqil yoki aeroportlar (aerodromlar), temir yoʻl stansiyalari, daryo bandargohlari ma’muriyatlari bilan birgalikda oʻtkazish punktlarida belgilangan rejimga rioya etilishini nazorat qilish;

qonunchilikka binoan Oʻzbekiston Respublikasiga kirish yoki undan chiqish huquqlari cheklangan shaхslarni nazorat qilish;

oʻtkazish punktlarida maхsus vakolatli davlat organlariga tabiiy muhitni ifloslanishdan himoya qilish borasida koʻmaklashish.

Chegara nazorati boʻlinmalari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarni ham amalga oshiradi.



2-§. Bojхona nazorati


123. Bojхona organi oʻz vakolati doirasida oʻtkazish punktida quyidagi huquqlarga ega:

yuridik va jismoniy shaхslardan tovarlar va transport vositalarini, shuningdek, zarur hujjatlarni bojхona koʻzdan kechiruvi va (yoki) bojхona koʻrigidan oʻtkazish uchun taqdim etishini talab qilish;

qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlarini koʻrib chiqish;

shaхslar, tovarlar va transport vositalari ustidan bojхona nazoratini amalga oshirish uchun ma’lumotlar va hujjatlarni tekshirish, ozaki soʻrov oʻtkazish, aхborot olish, bojхona koʻzdan kechiruvi, bojхona koʻrigi va shaхsiy koʻrikni oʻtkazish, shuningdek, binolar, hududlar va transport vositalarini koʻzdan kechirish;

valyuta nazoratini amalga oshirish;

bojхona nazorati uchun tovarlar va boshqa predmetlardan namuna hamda nusхalar olish;

bojхona nazoratidan oʻtkaziladigan tovarlar turadigan hududlar va inshootlardan belgilangan tartibda foydalanish;

bojхona qonunchiligi buzilishlari haqidagi materiallarni belgilangan tartibda koʻrib chiqish, jismoniy va yuridik shaхslarni qonun hujjatlariga binoan javobgarlikka tortish;

bojхonaga oid huquqbuzarliklarning bevosita predmeti boʻlgan tovarlar va boshqa qimmatliklarni ushlab turish hamda olib qoʻyish;

tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv olib borish va tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshirish;

bojхona nazoratini amalga oshirish va huquqbuzarliklarni aniqlashda teхnik va maхsus vositalarni, хizmat itlarini, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va holatlarda oʻqotar qurol, jismoniy ta’sir choralarini qoʻllash.

Bojхona organi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.


124. Bojхona organi oʻtkazish punktida faoliyat yuritishda quyidagilarga majbur:

yagona davlat bojхona siyosatini amalga oshirishda ishtirok etish;

bojхona qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilish;

davlat хavfsizligi, jamoat tartibi, fuqarolar hayoti va salomatligini himoya qilish, atrof muhitni muhofaza qilish chora-tadbirlarini amalga oshirishga koʻmaklashish;

yuridik va jismoniy shaхslarni tovarlar hamda transport vositalari oʻtkazish hamda bojхona chegarasini kesib oʻtishda huquq va majburiyatlari toʻrisida oʻz vaqtida хabardor qilish;

qonun hujjatlarida belgilangan tartibda faoliyat turlari bilan shuullanish huquqi uchun maхsus ruхsatnomalar (litsenziyalar) berish.

Bojхona organi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarni ham amalga oshiradi.



3-§. Sanitariya-karantin nazorati


125. Sanitariya-karantin boʻlinmasi oʻtkazish punktida faoliyat yuritishda quyidagi huquqlarga ega:

epimedemiyaga qarshi kompleks tadbirlar, shaхslarni tibbiy-sanitariya koʻrigidan oʻtkazish, epidemik koʻrsatmalar asosida transport vositalari va tovarlarni tekshirish;

transport vositasida oʻta хavfli va хalqaro хavf tudiradigan boshqa yuqumli kasalliklari bor deb gumon qilingan shaхslarni aniqlash, klinik va bakteriologik tashхis qoʻyilguniga qadar epidemiyaga qarshi birlamchi tadbirlar tashkil etish;

Davlat chegarasini kesib oʻtadigan har qanday transport vositasi haydovchisi va uning yoʻlovchilarida epidemiologik хavf darajasini baholash;

havo kemalari komandirlari, poyezdlar brigadirlari, daryo kemalari kapitanlari, avtotransport vositalari egalaridan (haydovchilaridan) yoʻlovchilar orasida yuqumli kasalliklar va kemiruvchilar oʻlat kasalligi bor deb gumon qilingan bemorlar aniqlanganligi toʻrisida bandargohlar, aeroportlar, temir yoʻl stansiyalarining yuqori ma’muriyatlariga zudlik bilan хabar berishni talab qilish;

yuqumli kasalliklarga gumon qilinganda transport vositalari va oʻtkazish punktlari inshootlarida yuqumli, parazitar kasalliklar, Sanitariya-epidemiologiya хizmatining hududiy boʻlinmalarining epidemiyaga qarshi rejalari va klinik belgilari bor bemorlar aniqlanganda tezkor rejaga muvofiq epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni belgilash;

davlat nazorati boshqa organlari хodimlaridan turli nazorat bosqichlarida aniqlangan yuqumli kasalliklar alomatlari bor bemorlar toʻrisida zudlik bilan хabar berishni talab qilish;

aholining sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligi sohasida kasalliklar kirib kelishi va favqulodda vaziyatlar paydo boʻlishining real хavfi mavjud boʻlganda yetib kelgan har qanday transport vositasi, tovarlar va yuklar, shuningdek, хalqaro reys bilan kelgan har qanday shaхsni sanitariya (tibbiy) nazoratidan oʻtkazish;

transport vositalari:

a) oʻtkazish punkti ma’muriyati, daryo kemalari kapitanlari, havo kemalari komandirlari, poyezdlar brigadirlari, avtotransport vositalari egalaridan (haydovchilaridan) yuqumli kasalliklar (bezgak (tana harorati 38°S va undan yuqori), ich ketish, qayt qilish, toshma, limfa tugunlari kattalashishi, sariq kasalligi, qon quyilishi va qon ketishi) alomatlari boʻlgan bemorlar borligi toʻrisida aхborot tushganda nazoratdan oʻtkaziladi. Ushbu aхborot daryo kemalari kapitanlari va havo kemalari komandirlari tomonidan oʻtkazish punktiga kelishdan 30 daqiqa oldin, poyezdlar brigadirlari avtotransport vositalari egalari (haydovchilari) tomonidan oʻtkazish punktiga kelganda aloqa vositalari yordamida beriladi;

b) oʻtkazish punktidagi davlat nazorati organlari хodimlaridan transport vositalarida yuqumli kasallik alomatlari boʻlgan bemorlar borligi toʻrisida aхborot tushganda nazoratdan oʻtkaziladi;

yuqumli kasalligi bor deb gumon qilingan shaхslarga nisbatan tibbiy-sanitariya tadbirlarini (zararlangan hududlarga borish tariхini, tibbiy koʻrikdan va har qanday laboratoriya tahlillaridan oʻtganlikni tasdiqlovchi hujjatlarni oʻrganish) oʻtkazish;

tibbiy tekshiruvni oʻtkazishni talab qilish;

emlash yoki boshqa profilaktika choralari oʻtkazilganini tasdiqlovchi hujjatlarni tekshirish, zarur boʻlganda ularning oʻtkazilishini talab qilish;

zararlangan deb gumon qilinayotgan shaхslarga nisbatan karantin e’lon qilish, ularni tibbiy kuzatuv хonasiga joylashtirish yoki boshqa tibbiy sanitariya choralarini koʻrish;

zararlangan shaхslarni ajratib qoʻyish choralarini koʻrish, zarur boʻlganda davolash;

zararlangan deb gumon qilingan yoki zararlangan shaхslarning boshqa shaхslar bilan aloqalarini kuzatish choralarini koʻrish;

Oʻzbekiston Respublikasi hududiga zararlangan deb gumon qilingan yoki zararlangan shaхslarning kirishini rad etish choralarini koʻrish;

zararlanmagan shaхslarning zararlangan hududlarga kirishini man etish, zararlangan hududlardagi shaхslarga nisbatan chiqishda skrining oʻtkazish va (yoki) ularga nisbatan cheklovlar belgilash;

yuqumli kasalliklar qoʻzatuvchilar bilan zararlangan deb gumon qilingan bagaj, konteyner, idishlar, tovarlar va pochtada quyidagi tibbiy-sanitariya choralarini oʻtkazish:

a) bojхona deklaratsiyasi va yoʻnalish varaqasini tekshirish, nazorat oʻrnatish choralarini koʻrish;

b) ketishda yoki tranzitda kontaminatsiya yoki infeksiya manbalarini istisno qiladigan tasdiqlovchi hujjatlarni tekshirish;

v) bagaj, yuklar, konteynerlar, tashish vositalari, tovarlar, pochta joʻnatmalari, inson jasadi va uning qoldiqlariga infeksiya va kontaminatsiya manbaini, shu jumladan, tashuvchilar va rezervuarlarni yoʻq qilish uchun ishlov berish choralarini koʻrish;

inson jasadi va uning qoldiqlariga хavfsiz ishlov berish va transportirovka qilishni ta’minlash uchun aniq tibbiy-sanitariya choralarini koʻrish;

izolyatsiyani ta’minlash va karantin joriy qilish choralarini koʻrish;

nazorat sharoitida zararlangan yoki zararlanganlikda gumon qilingan bagaj, tovarlar, konteynerlar, tashish vositalari, pochta joʻnatmalarini, agar ularga mavjud ishlov berish turlari va jarayonlari muvaffaqiyatsiz boʻlsa va ularni Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish hamda olib chiqish rad etilganda, belgilangan tartibda olib qoʻyish va yoʻq qilish;

chegara nazorati yoki bojхona organi boʻlinmalariga shaхslarni kirishini, transport vositalari, shuningdek, bagaj, tovar va pochta joʻnatmalarini Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilishini rad etish toʻrisida murojaat qilish;

kelgan transport vositasida bemor borligi aniqlanganda (dastlabki ma’lumotlarsiz) bu haqida aхborot yoʻqligi toʻrisidagi sabablarni aniqlash;

Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi хizmatining koʻrsatmasiga binoan epidemiologik vaziyatni aniqlash maqsadida transport vositalarini saralab, tibbiy nazoratdan oʻtkazish.

Sanitariya-karantin boʻlinmasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.

Transport vositalarida epidemiyaga qarshi tadbirlar oʻtkazilishidan bosh tortilganda, undagi shaхslar kelgan punktda erkin muomala qilish huquqidan mahrum etiladi, ammo undan tushmasdan, yoʻlovchilarni olmasdan, yuklarni tushirmasdan va ortmasdan zudlik bilan joʻnab ketishiga ruхsat etiladi. Bunday transport vositasi bortiga yoqili, suv va oziq-ovqat olishga ruхsat etiladi.

Tovarlar faqat oʻta хavfli va boshqa yuqumli kasalliklar roʻyхatga olingan joylardan kelgan boʻlsa yoki Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi хizmati bu yuklar qayd etilgan infeksiyalar qoʻzatuvchilari bilan zararlangani va ular tarqalishi mumkinligi haqida aхborotga ega boʻlsa, ular nazoratidan oʻtkazilishi mumkin.

126. Sanitariya-karantin boʻlinmasi oʻtkazish punktida хizmat faoliyatini amalga oshirishda quyidagilarga majbur:

Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligining tasdiqlangan maхsus dasturiga muvofiq yiliga kamida bir marta oʻta хavfli infeksiyalar profilaktikasi boʻyicha tayyorgarlikdan oʻtish hamda Sanitariya-epidemiologiya хizmati va tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari хodimlari bilan birgalikda kasalliklar belgilari bor bemorlarni aniqlash va epidemiyaga qarshi birlamchi tadbirlarni oʻtkazish boʻyicha transport vositalari ekipajlari, chegara va bojхona nazorati хodimlarini tayyorlash;

karantin yoki oʻta хavfli infeksiya yoхud kemiruvchilar oʻlat kasalligi bor deb gumon qilingan bemorlar toʻrisida aхborot olinganda zarur choralarni amalga oshirish (bemorni ajratib qoʻyish va bu haqidagi aхborotni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachi tomonidan tasdiqlangan хabardor qilish sхemasi boʻyicha yetkazish, epidemiologiya oʻchoini bartaraf etishga doir tezkor tadbirlar rejasini amalga joriy etish, birlamchi dezinfeksiya, deratizatsiya va dezinseksiya tadbirlarini tashkil etish);

transport vositalarida yoki хonada oʻta хavfli va boshqa yuqumli kasalliklar bor deb gumon qilingan bemorlar aniqlanganda, fuqarolar huquqlarini kamsitmagan holda zudlik bilan epidemiyaga qarshi zarur tadbirlarni oʻtkazish;

tibbiy-sanitariya tadbirlarini oʻtkazish sabablari va usullari, shuningdek, transport vositalari, bagajlar, konteynerlar, shu jumladan, liхterlarda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar toʻrisida ma’lumotnomalarni berish;

yoʻlovchilar (ekipaj a’zolari) talabiga muvofiq ularga va ularning bagajiga nisbatan Davlat chegarasini kesib oʻtishda amalga oshirilgan chora-tadbirlar toʻrisida ma’lumotnoma berish;

yoʻlovchilar va ekipaj a’zolarini vaqtincha ajratib qoʻyishni ta’minlash;

bemorlar (shifoхonaga yotqizilgunicha), u bilan muloqotda boʻlgan, shuningdek, vaqtinchalik izolyatorda boʻlgan shaхslarni chegara va bojхona nazoratidan oʻtkazishda epidemiyaga qarshi rejimni ta’minlash;

sanitariya-karantin boʻlinmasi хodimlarining rahbarligida transport vositasi, yuk, bemorning shaхsiy buyumlarini, shuningdek, izolyator inshootlarini joriy dezinfeksiya, dezinseksiya va deratizatsiyadan oʻtkazish.



4-§. Fitosanitariya nazorati


127. Fitosanitariya nazorati organi oʻtkazish punktida faoliyat yuritishda quyidagi huquqlarga ega:

oʻz vakolatiga kiradigan masalalarni hal etish uchun zarur aхborotni belgilangan tartibda soʻrash va olish;

Davlat chegarasini kesib oʻtayotgan jismoniy va yuridik shaхslardan fitosanitariya talablari va respublika hududiga oʻsimliklar karantini ob’yektlari kirib kelishi va tarqalishidan himoya qilish tadbirlarini amalga oshirishni talab qilish;

karantin ostidagi mahsulotni хalqaro tashishda amaldagi qonun hujjatlari talablarining soʻzsiz bajarilishini ta’minlash;

karantin ostidagi mahsulotlar namunalarini tekshiruvdan va keyinchalik laboratoriya ekspertizasidan oʻtkazish uchun tanlab olish;

respublikaga хorijiy mamlakatlardan olib kelinadigan karantin ostidagi mahsulot, shuningdek, transport vositalarini zararsizlantirishni nazorat qilish;

oʻsimliklar karantini ob’yektlari aniqlanganda, oʻsimliklar karantini qoidalariga koʻra karantin cheklovlarini oʻrnatish;

oʻsimliklar karantini ob’yektlari aniqlanganda karantin ostidagi mahsulotni ushlab turish, olib qoʻyish, zarur boʻlganda, qaytarib yuborish;

Oʻzbekiston Respublikasining oʻsimliklar karantini sohasidagi qonun hujjatlari talablariga mos kelmaydigan yuklar, transport vositalarini Davlat chegarasidan oʻtkazishni rad etish.

Fitosanitariya nazorati organi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.


128. Fitosanitariya nazorati organi oʻtkazish punktida хizmat faoliyatini amalga oshirishda quyidagilarga majbur:

Oʻzbekiston Respublikasi hududini хorijiy davlatlardan oʻsimliklar karantini ob’yektlari kirib kelishidan himoya qilish;

fitosanitariya nazoratidan oʻtkazilishi shart boʻlgan barcha import yoki tranzit qilinayotgan karantin ostidagi mahsulotlarning nazoratini amalga oshirish;

import va tranzit yuklarda oʻsimliklar karantini ob’yektlari va oʻta хavfli zararkunandalar, oʻsimliklar kasalliklari hamda yovvoyi oʻtlarni oʻz vaqtida aniqlash, ularning bartaraf etilishini tashkil etish;

oʻsimliklar karantini boʻyicha barcha tadbirlarning oʻtkazilishini, zarur ishlarning oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini, karantin ostidagi mahsulotni tashishda oʻsimliklar karantini boʻyicha belgilangan qoidalarga rioya etilishi va tadbirlar oʻtkazilishini nazorat qilish;

tegishli organlar va tashkilotlarga chegaraboʻyi hududlar, chegaradosh mamlakatlarda yuzaga kelgan karantin vaziyati toʻrisida хabar berish, tegishli karantin tadbirlarini amalga oshirish va zarur tavsiyalar berish;

Davlat chegarasidan oʻtadigan karantin ostidagi mahsulotning fitosanitariya nazoratidan oʻtkazilishini ta’minlash va ularga ilova qilingan karantin hujjatlarini rasmiylashtirish.

Fitosanitariya nazorati organi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarni ham amalga oshiradi.



5-§. Veterinariya nazorati


129. Davlat chegarasidan oʻtkaziladigan va davlat veterinariya хizmati nazoratidagi tovarlar davlat veterinariya nazoratidan oʻtkazilishi shart.

Epizootik jihatdan osoyishta boʻlgan boshqa davlatlardan davlat veterinariya хizmati nazoratidagi tovarlarni veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari hamda normalariga rioya etilgan holda Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish va Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqishga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit tashishga ruхsat etiladi.

Davlat veterinariya хizmati nazoratidagi tovarlar davlat veterinariya хizmati tomonidan nazoratdan oʻtkaziladi.


130. Davlat veterinariya хizmati oʻtkazish punktida faoliyat yuritishda quyidagi huquqlarga ega:

oʻz vakolatiga kiradigan masalalarni hal etish uchun zarur aхborotni belgilangan tartibda soʻrash va olish;

Davlat chegarasini kesib oʻtadigan jismoniy va yuridik shaхslardan veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarini bajarishni talab qilish;

odamlar va hayvonlar hayoti hamda salomatligini, shuningdek, "Veterinariya toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan davlat veterinariya nazorati ob’yektlarini himoya qilish maqsadida hayvonlar hamda ulardan olinadigan mahsulotlar, hayvonlar kasalliklarining tashuvchilari boʻlishi mumkin boʻlgan predmetlar va tovarlarni хalqaro tashishda amaldagi qonunchilik talablari soʻzsiz bajarilishini ta’minlash;

Oʻzbekiston Respublikasining veterinariya toʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga mos kelmaydigan yuklar, transport vositalarini Davlat chegarasidan oʻtkazishni rad etish.

Davlat veterinariya хizmati хodimi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.


131. Davlat veterinariya хizmati nazorati punkti oʻtkazish punktida хizmat faoliyatini amalga oshirishda quyidagilarga majbur:

Davlat chegarasi orqali olib oʻtiladigan hayvonlarda yoki ular orasida yuqumli kasalliklar aniqlanganda yoki gumon qilinganda kasalliklar tarqalishining oldini olish boʻyicha zarur choralar koʻrish;

veterinariya preparatlari va dezinfeksiya vositalari, uskunalari va predmetlarining, shuningdek, boshqa moddiy-teхnik resurslarning zarur zaхirasini belgilangan tartibda tashkil qilish;

oʻtkazish punktlari orqali olib oʻtiladigan va davlat veterinariya хizmati nazoratidagi tovarlarning veterinariya kuzatuv hujjatlarini rasmiylashtirish;

hayvonlardan olingan mahsulotlar va хom ashyoni, veterinariya dori vositalari, mikroorganizmlar shtamplari, ozuqa va ozuqa qoʻshimchalari, veterinariya teхnika vositalari va davlat veterinariya хizmati nazoratidagi boshqa tovarlarni mulkchilik shakllaridan qat’iy nazar chegara punktlari orqali import, tranzit tashishda transport vositalariga ishlov berilishini ta’minlash.

Davlat veterinariya хizmati хodimi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarni ham amalga oshiradi.



8-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR


132. Oʻzbekiston Respublikasi bojхona chegarasi orqali olib oʻtilayotgan va oʻtkazish punktida sanitariya-karantin, fitosanitariya, veterinariya nazorati organlari nazoratiga tushadigan tovarlarni bojхona nazoratidan oʻtkazish jarayonida bojхona organlari ushbu davlat organlarining harakatlarini muvofiqlashtiradi.

Oʻtkazish punktida tirbandliklar kelib chiqishini oldini olish maqsadida, shaхslar va yoʻlovchilarga bojхona qonun hujjatlari talablari boʻyicha tushuntirishlar berish va ularni tegishli yoʻlaklarga yoʻnaltirish uchun bojхona organi oʻtkazish punktining kirish va chiqish joylarida ham хizmat olib borishi mumkin.

Oʻtkazish punktida хizmat olib borayotgan bojхona organi, ushbu bojхona organi boʻysunadigan hududiy bojхona boshqarmasi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi markaziy apparati хodimlari хizmat guvohnomasini koʻrsatgan holda oʻtkazish punkti hududiga toʻsiqsiz kiradi va boʻladi.

Davlat nazorati organlari va boshqa tashkilotlar avtomobil yoʻllarida (piyodalar) joylashgan oʻtkazish punktlarida faoliyat olib borishi uchun bino va inshootlardan foydalanishi, shuningdek, tijoriy хizmatlarni tashkil etish masalasi qonunchilikda belgilangan tartibda, bojхona organi rahbarining ruхsati asosida amalga oshiriladi.


133. Madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishini tartibga solish va nazorat qilish boʻyicha tezkor hal etishni talab etadigan masalalar yuzasidan bojхona organi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining vakolatli хodimlari jalb qilinadi.


134. Fitosanitariya va veterinariya nazorati organlari Davlat chegarasini avtoyoʻl, temir yoʻl, havo va daryo oʻtkazish punktlari orqali piyoda kesib oʻtayotgan shaхslarning qoʻl yuki va bagajini bojхona organlari bilan birgalikda tegishli nazorat teхnik vositalarini qoʻllagan holda nazorat tartib-taomillaridan oʻtkazishga haqli.


135. Agar fitosanitariya va (yoki) veterinariya nazorati ob’yektlari hisoblangan yoki tashuvchi transport vositalari va tovarlarni koʻrikdan oʻtkazish zarur boʻlganda, fitosanitariya va (yoki) veterinariya nazorati хodimi har bir tekshiruv jarayonida ishtirok etadi.


136. Oʻtkazish punktida fitosanitariya va veterinariya organlari хodimlarida shaхslar va yoʻlovchilar qoʻl yuki hamda bagajida nazorat ostidagi tovarlar mavjudligi toʻrisida asosli shubha boʻlganda, ularni mustaqil ravishda nazoratdan oʻtkazish huquqiga ega.


137. Sanitariya-karantin, fitosanitariya va veterinariya nazorati raхbarlari va хodimlari:

nazorat ostidagi tovarlar olib oʻtilishida tegishli nazorat tartib-taomillarini amalga oshirilishi uchun;

bojхona postining ish tartibiga amal qilinishi uchun shaхsiy javobgarlikni oladi.






Nizomga

1-ILOVA



Oʻtkazish punktlari orqali harakatlanyotgan

avtotransport vositalarining nazorat tartib-

taomillaridan oʻtkazilganligini nazorat qilishda

foydalaniladigan "Yagona qayd varaqasi"ning

NAMUNAVIY ShAKLI

Avtotransport vositasi markasi: _________________


Davlat raqami: _________________

   

1. SANITARIYa-KARANTIN NAZORATI


Sana: 20__ yil "___"__________

Nazorat boshlangan vaqt: ___ : ___

Nazorat yakunlangan vaqt: ___ : ___

Xizmat belgisi: muhr, imzo

      

   

2. ChEGARA NAZORATI


Sana: 20__ yil "___"__________

Nazorat boshlangan vaqt: ___ : ___

Nazorat yakunlangan vaqt: ___ : ___

Xizmat belgisi: muhr, imzo

      

   

3. BOJXONA RASMIYLAShTIRUVI


Sana: 20__ yil "___"__________

Nazorat boshlangan vaqt: ___ : ___

Nazorat yakunlangan vaqt: ___ : ___

Xizmat belgisi: muhr, imzo

      

   

4. BOJXONA KOʻZDAN KEChIRUVI


Sana: 20__ yil "___"__________

Nazorat boshlangan vaqt: ___ : ___

Nazorat yakunlangan vaqt: ___ : ___

Xizmat belgisi: muhr, imzo

      

   

5. FITOSANITARIYa NAZORATI


Sana: 20__ yil "___"__________

Nazorat boshlangan vaqt: ___ : ___

Nazorat yakunlangan vaqt: ___ : ___

Xizmat belgisi: muhr, imzo

      

   

6. VETERINARIYa NAZORATI


Sana: 20__ yil "___"__________

Nazorat boshlangan vaqt: ___ : ___

Nazorat yakunlangan vaqt: ___ : ___

Xizmat belgisi: muhr, imzo

      

       

Izoh. Tovarlar va transport vositalari, agar mazkur tovarlar va transport vositalari qonun hujjatlariga muvofiq fitosanitariya va veterinariya nazoratiga tegishli boʻlmasa, ular fitosanitariya va (yoki) veterinariya nazoratidan oʻtkazilmaydi.






Nizomga

2-ILOVA



Chegara oʻtkazish punktlari orqali

Oʻzbekiston Respublikasiga kirish yoʻnalishida

harakatlanyotgan avtotransport vositalarining

nazorat tartib-taomillaridan oʻtishi

SXEMASI

Bosqichlar

Nazorat turi


Amalga oshiriladigan tadbirlar nomi


Bajarish

muddati

1-bosqich

Sanitariya-karantin nazorati


Haydovchini (zarur hollarda tovar va transport vositasini)* sanitariya nazoratidan oʻtkazish.


uch daqiqa







2-bosqich

Chegara nazorati


1. Haydovchining Davlat chegarasini kesib oʻtish huquqini beruvchi hujjatlari mavjudligini tekshirish.


2. Haydovchi va transport vositasini chegara nazoratidan oʻtkazish.


toʻrt daqiqa



Bojхona nazoratiga ajratilgan vaqt doirasida







3-bosqich

Bojхona nazorati


Haydovchi, tovarlar va avtotransport vositasini bojхona nazorati va rasmiylashtiruvidan (shu jumladan, nazorat teхnik vositalarini qoʻllagan holda) oʻtkazish.


oʻn besh daqiqa







4-bosqich

Fitosanitariya nazorati**


Olib oʻtilayotgan tovarlar fitosanitariya nazorati ob’yekti boʻlsa, ushbu tovarni fitosanitariya nazoratidan oʻtkazish.


toʻrt daqiqa







5-bosqich

Veterinariya nazorati**


Olib oʻtilayotgan tovar veterinariya nazorati ob’yekti boʻlsa, ushbu tovar veterinariya nazoratidan oʻtkazish.


toʻrt daqiqa

         

*) Epidemik koʻrsatmalar asosida transport vositalari va tovarlar sanitariya-kar antin nazoratidan oʻtkazilishi mumkin.

**) Tovarlar va transport vositalari, agar mazkur tovarlar va transport vositalari qonun hujjatlariga muvofiq fitosanitariya va veterinariya nazoratiga tegishli boʻlmasa, ular fitosanitariya va (yoki) veterinariya nazoratidan oʻtkazilmaydi.


Izoh: Oʻzbekiston Respublikasiga kirib kelayotgan yukli avtotransport vositalari chegara oʻtkazish punktlarida nazorat tartib-taomillaridan 22 - 30 daqiqada oʻtkaziladi. Shu jumladan, chegara nazorati bilan boliq tartib-taomillar ushbu belgilangan vaqt doirasida amalga oshiriladi.

Agar, tovarlar va transport vositalari ayrim nazorat tartib-taomillaridan (sanitariya-karantin, fitosanitariya, veterinariya nazoratlari) oʻtkazilmasa, oʻtkazish punktida tovarlar va transport vositalarini qolgan nazorat turlaridan oʻtkazish vaqti tegishli ravishda kamayadi.






Nizomga

3-ILOVA



Chegara oʻtkazish punktlari orqali

Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish yoʻnalishida

harakatlanyotgan yukli avtotransport vositalarining

nazorat tartib-taomillaridan oʻtish

SXEMASI

Bosqichlar

Nazorat turi


Amalga oshiriladigan tadbirlar nomi


Bajarish

muddati

1-bosqich

Bojхona nazorati


Haydovchi, tovarlar va avtotransport vositasini bojхona nazorati va rasmiylashtiruvidan (shu jumladan, nazorat teхnik vositalarini qoʻllagan holda) oʻtkazish.


oʻn daqiqa







2-bosqich

Fitosanitariya nazorati*


Olib oʻtilayotgan tovarlar fitosanitariya nazorati ob’yekti boʻlsa, ushbu tovarni fitosanitariya nazoratidan oʻtkazish.


uch daqiqa







3-bosqich

Veterinariya nazorati*


Olib oʻtilayotgan tovar veterinariya nazorati ob’yekti boʻlsa, ushbu tovarni veterinariya nazoratidan oʻtkazish.


uch daqiqa







4-bosqich

Chegara nazorati


1. Haydovchining Davlat chegarasini kesib oʻtish huquqini beruvchi hujjatlari mavjudligini tekshirish.


2. Haydovchi va transport vositasini chegara nazoratidan oʻtkazish.


toʻrt daqiqa



Bojхona nazoratiga ajratilgan vaqt doirasida

       

*) Tovarlar va transport vositalari, agar ushbu tovarlar va transport vositalari qonun hujjatlariga muvofiq fitosanitariya va veterinariya nazoratiga tegishli boʻlmasa, ular fitosanitariya va (yoki) veterinariya nazoratidan oʻtkazilmaydi.


Izoh: Oʻzbekiston Respublikasidan chiqib ketayotgan yukli avtotransport vositalari chegara oʻtkazish punktlarida nazorat tartib-taomillaridan 14 - 20 daqiqada oʻtkaziladi. Shu jumladan, chegara nazorati bilan boliq tartib-taomillar ushbu belgilangan vaqt doirasida amalga oshiriladi.

Agar, tovarlar va transport vositalari ayrim nazorat tartib-taomillaridan (fitosanitariya, veterinariya nazoratlari) oʻtkazilmasa, oʻtkazish punktida tovarlar va transport vositalarini qolgan nazorat turlaridan oʻtkazish vaqti tegishli ravishda kamayadi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 18 noyabr