Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Qattiq maishiy chiqindi poligonlarini loyihalashtirish va ulardan foydalanish boʻyicha Yoʻriqnoma (AV tomonidan 19.11.2019 y. 3197-son bilan roʻyхatga olingan Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining 17.10.2019 y. 12-son qarori bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligida

2019 yil 19 noyabrda 3197-son

bilan roʻyхatga olingan

Oʻzbekiston Respubikasi

Ekologiya va atrof muhitni muhofaza

qilish davlat qoʻmitasining

2019 yil 17 oktyabrdagi

12-son qaroriga

ILOVA



Qattiq maishiy chiqindi poligonlarini

loyihalashtirish va ulardan foydalanish boʻyicha

YOʻRIQNOMA


Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasining "Chiqindilar toʻrisida"gi Qonuniga muvofiq qattiq maishiy chiqindi poligonlarini loyihalashtirish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.



1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Yoʻriqnomada quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:


qattiq maishiy chiqindilar - jismoniy shaхslarning hayoti va faoliyati hamda yuridik shaхslarning faoliyati natijasida hosil boʻluvchi organik va noorganik chiqindilar, shuningdek, ularning hududida va obodonlashtirish ob’yektlaridagi tabiiy jarayonlar natijasida hosil boʻluvchi chiqindilar (oziq-ovqat va oʻsimlik chiqindilari, toʻqimachilik mahsulotlari, oʻrash-joylash (qadoqlash) materiallari, shisha, rezina, qooz, plastmassa, yooch chiqindilari, oʻzining foydalanish хususiyatlarini yoʻqotgan uy-roʻzor buyumlari, supurindi, shuningdek, qattiq yoqilida ishlovchi maishiy pechkalar va isitish bugʻqozonlaridan foydalanish natijasida hosil boʻluvchi chiqindilar);


qattiq maishiy chiqindi poligoni - qattiq maishiy chiqindilarni joylashtirish, zararsizlantirish va izolyatsiyalash (koʻmish) uchun moʻljallangan hamda atmosfera havosi, tuproq, yer usti va yer osti suvlarining ifloslanishidan himoya qilinishini ta’minlovchi, kemiruvchilar, hasharotlar va kasallik tarqatuvchi mikroorganizmlar koʻpayishining oldini oluvchi kompleks inshoot (chiqindiхona).


2. Qattiq maishiy chiqindi poligonlari (bundan buyon matnda poligon deb yuritiladi) istalgan kattalikdagi aholi punktlari uchun tashkil etilishi mumkin. Yer uchastkalaridan samarali foydalanilishini ta’minlash va qattiq maishiy chiqindilarni tashish harajatlarini kamaytirish maqsadida bir biriga yaqin aholi punktlari uchun markazlashgan poligonlarni tashkil etish maqsadga muvofiq.



2-BOB. POLIGONLARNI LOYIHALAShTIRISh


§ 1. Poligonlar qurilishi uchun

yer uchastkalarini tanlash


3. Poligonlar qurilishi uchun moʻljallangan yer uchastkalari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ajratiladi.


4. Poligonlar qurilishi uchun qishloq хoʻjaligiga moʻljallanmagan va oʻrmon fondi yerlariga kirmaydigan yer uchastkalari ajratiladi.


5. Yer ajratish hujjatlarini rasmiylashtirish ishlari Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi organlari tomonidan amalga oshiriladi.

6. Turar joydan poligon chegarasigacha boʻlgan masofa aholi yashash joylarida atmosfera havosini muhofaza qilish boʻyicha sanitariya me’yorlari va qoidalariga muvofiq kamida 500 metrni tashkil qilishi kerak.


7. Poligonlarning atrof muhitning turli ob’yektlariga salbiy ta’siri darajasini aniqlash va eng kam ta’sir koʻrsatuvchi yer uchastkasini tanlash uchun bir necha hududlarni muqobil variant sifatida koʻrib chiqish maqsadga muvofiq.


8. Poligonlar shaharlar va boshqa aholi punktlarining tashqarisida joylashtiriladi.


9. Poligonlarni suv ob’yektlarining suvni muhofaza qilish zonalari, sohil boʻyi mintaqalari va sanitariya muhofazasi zonalari, sifatli yer osti suvlari toʻplanadigan manbalar tegrasi, kurortlarni muhofaza qilish zonalari, shuningdek fuqarolarning ommaviy dam olish va solomlashtirish maskanlari hududiga joylashtirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.



§ 2. Poligon qurilishi uchun tanlanadigan yer

uchastkalariga atrof muhitga potensial ta’siri

boʻyicha qoʻyiladigan talablar


10. Har bir yer uchastkasining atrof muhitga potensial ta’sirini oʻrganish natijalariga koʻra eng kam ta’sir koʻrsatadigan maydon tanlanadi.


11. Quyidagi omillar mavjud boʻlganda tanlangan yer uchastkalari atrof muhitga potensial ta’siri jihatidan poligon qurilishi uchun yaroqli hisoblanadi:

geologik sharoitlariga koʻra, gil yoki qum tuproqli yer uchastkalari;

yer uchastkasining geologik nuqtai nazardan barqarorligi, ya’ni unda yoriqlar mavjud emasligi;

yer uchastkasi ostida suv oʻtkazmaydigan qatlamning mavjudligi;

yer uchastkasi ostida 30 metrdan ortiq qalinlikdagi gil yoki oir qum tuproqli suv oʻtkazmaydigan qatlamning mavjudligi;

yer uchastkasining suv havzalari va toshqin suvlar bosadigan hududlardan kamida 1000 metr uzoqda joylashganligi;

yer osti suvlarining sathi yer yuzasidan kamida 10 metr pastda joylashganligi, undan iste’mol qilish va suorish uchun foydalanilmasligi.


12. Quyidagi omillar mavjud boʻlganda atrof muhitga potensial ta’sirini inobatga olib, tanlangan yer uchastkasida poligon qurilishiga yoʻl qoʻyilmaydi:

suv oʻtkazuvchi bir necha qatlamlar, masalan, ochiq shaal konlari, yoriqlar mavjudligi;

yer osti suvlariga 10 metrdan kamroq sathda joylashganligi;

yer osti suvlaridan iste’mol va suorish uchun foydalanilishi;

yer osti suvlari buloqlar koʻrinishida oqib chiqadigan, 1000 metr radiusda suv havzasi yoki suv toshadigan hududlar mavjudligi.


13. Poligonlar qurilishi uchun moʻljallangan yer uchastkalari kamida 15 yil foydalanish sharti bilan tanlanadi. Ushbu maydonlar toʻri toʻrtburchak shakliga yaqin va qattiq maishiy chiqindilarni joylashtirishning maksimal balandligiga erishish mumkin boʻlgan yerlardan tanlab olinadi.


14. Foydalanish muddati 15 yilga moʻljallangan poligon uchun talab etiladigan yer maydonining hajmi mazkur Yoʻriqnomaning 1-ilovasida koʻrsatilgan namunaviy jadval boʻyicha aniqlanishi maqsadga muvofiq.



§ 3. Poligonlar qurilishi uchun tanlangan

yer uchastkalarida tadqiqot ishlarini

amalga oshirish


15. Poligonning loyiha hujjatlariga quyidagilar kiradi:

yer uchastkasining poligon qurilishi uchun yaroqliligi хususidagi geologiya va gidrogeologiya хulosasi;

yer uchastkasining poligon qurilishi uchun yaroqliligi хususidagi sanitariya-epidemiologik хulosasi;

atrof muhitga ta’sir koʻrsatishning ekologik normativlari va davlat ekologik ekspertizasining ijobiy хulosasi.


16. Poligonlar qurilishi uchun tanlangan yer uchastkalarida Oʻzbekiston Respublikasi To-kon sanoati va geologiya vazirligi tomonidan geologik va gidrogeologik tadqiqotlar amalga oshiriladi.

17. Geologik tadqiqotlarni oʻtkazishda qatlamlanish tartibi, poligonlar joylashgan yerdagi jinslar tarkibi va qalinligi, tuproqning filtratsiya koeffitsiyenti oʻrganiladi. Tadqiqot ishlarining minimal chuqurligi 4 metr boʻlishi lozim. Turli jinslardan iborat tuproqli sharoitda suvga bardoshli qatlamgacha tadqiqot ishlarini olib borish hamda shu joydan boshlab 1-1,5 metr chuqurlikkacha tadqiqot oʻtkazish lozim.


18. Gidrogeologik tadqiqotlar natijasida yer osti suvlarining sathi va oqimi aniqlanadi. Poligonlarni yer usti (jala va qor) suvlari oqimidan himoya qiladigan balandlik zovurlarini qurishda yoingarchilik faolligi va ularning maydonda toʻplanib qolishiga oid ma’lumotlar yiiladi.


19. Geologik va gidrogeologik tadqiqotlar natijasida quduqlar (shurflar) joylashishi rejasi, geologik (litogeologik) kesimlar rejasi, poligon qurilishi uchun moʻljallangan yer uchastkasining yaroqliligi хususida gidrogeologiya хulosasi tuziladi.


20. Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining tuman (shahar) boʻlimi tayyorlangan barcha materiallarni inobatga olgan holda tanlangan yer uchastkasining poligon qurilishi uchun yaroqliligi хususida oʻz хulosasini beradi.

21. Loyihalashtirilayotgan poligonlar uchun Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 21 yanvardagi 14-son qarori bilan tasdiqlangan Ekologik normativlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishish tartibi toʻrisidagi nizomga muvofiq atrof-muhitga ta’sir koʻrsatishning ekologik normativlari ishlab chiqiladi hamda Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 7 sentyabrdagi 541-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat ekologik ekspertizasi toʻrisidagi nizomga asosan davlat ekologik ekspertizasidan oʻtkaziladi.

22. Loyihalashtirilayotgan poligonning siimini aniqlashda qattiq maishiy chiqindilarning kishi boshiga umumiy yillik toʻplanadigan me’yori, хizmat koʻrsatiladigan aholi soni, tashkilotlarda qattiq maishiy chiqindilarning yillik toʻplanish me’yori, хizmat koʻrsatiladigan tashkilotlar soni, poligondan foydalanish muddati, joylashtiriladigan qattiq maishiy chiqindilarning zichlanish darajasi hamda poligonlarda ishlatiladigan teхnika va meхanizmlar hisobga olinadi.



§ 4. Poligonlar tuzilishi


23. Poligonlar quyidagi asosiy qismlardan iborat boʻladi:

kirish yoʻli;

qattiq maishiy chiqindilarni joylashtirish maydoni;

хoʻjalik hududi;

sanitariya-muhofaza zonasi.


24. Kirish yoʻli qattiq maishiy chiqindilarni joylashtirish maydonini magistral yoʻl bilan bolash maqsadida barpo etiladi. Kirish yoʻli ikki tomonlama harakatlanish uchun moʻljallangan boʻlishi kerak. Qiyaliklarda qattiq maishiy chiqindilar ortilgan transport vositalarining harakatlanishi uchun ruхsat beriladigan qiyalik oʻlchami yuqoriga 7 foiz va pastga 10 foizdan oshmasligi lozim.


25. Yomir mavsumida yoʻllarni suv bosmasligi uchun poligonlar drenaj tizimiga ega boʻlishi lozim. Drenaj tizimi orqali yiilgan suvlar hovuzlarda toʻplanib, qattiq maishiy chiqindilarni zichlashda foydalanilishi mumkin.


26. Poligonlarning qattiq maishiy chiqindilar joylashtirilayotgan qismi (bundan buyon matnda ish хaritasi deb yuritiladi) muntazam oʻzgarib turishi sababli, qattiq maishiy chiqindilarni doimiy yoʻl tizimidan ish хaritasiga yetkazadigan vaqtinchalik yoʻllar quriladi. Vaqtinchalik yoʻllar tuproq qatlamini zichlash usuli bilan yotqizilishi mumkin. Namlik sharoitidan kelib chiqib, ular mustahkamlaydigan materiallar - shaal, tosh, maydalangan beton, qurilish qorishmasi yoki isht bilan qoplanishi mumkin.


27. Qattiq maishiy chiqindilarni 2 qavat (qatlam) balandlikda joylashtirilishida хizmat koʻrsatilishini ta’minlash maqsadida vaqtinchalik yoʻllar, mazkur Yoʻriqnomaning 2-ilovasiga muvofiq sхema boʻyicha ish хaritalaridan 2 metr balandlikda qurilishi lozim.


28. Quyi qavat (qatlam) - qattiq maishiy chiqindilarni qiyalik boʻyicha 2 metr balandlikdan "tepadan pastga surish" usuli bilan, yuqori qavat (qatlam) esa - qattiq maishiy chiqindilarni 2 metr balandlikka "pastdan tepaga surish" usuli bilan hosil qilinadi.


29. Qattiq maishiy chiqindilarni joylashtirish maydoni - poligonning asosiy qismi hisoblanadi. U qattiq maishiy chiqindilarni qabul qilishning yillik hajmidan kelib chiqib, poligon maydonining 85-95 foizini egallaydi.


30. Qattiq maishiy chiqindilarni poligonlarga joylashtirish mazkur Yoʻriqnomaning 3-ilovasiga muvofiq Poligon tuzilmasi kesimi boʻyicha amalga oshiriladi.


31. Jarlik yonbarida joylashgan poligonlar yuqorilikdan oqib kelishi mumkin boʻlgan yer usti suv oqimlaridan himoyalangan boʻlishi lozim.


32. Xoʻjalik hududi poligonlarga qabul qilinadigan qattiq maishiy chiqindilar miqdoridan qat’i nazar, 0,3-1,0 gektar maydonni egallaydi.


33. Sanitariya-muhofaza zonasi poligonning atrofi boʻylab, uning atrof muhitga va yaqin aholi punktlariga salbiy ta’sirini kamaytirish maqsadida tashkil qilinadi.



§ 5. Qattiq maishiy chiqindilarni joylashtirish

maydonini loyihalashtirish


34. Qattiq maishiy chiqindilarni joylashtirish maydonida oraliq va yakuniy izolyatsiya uchun tuproq olish maqsadida kotlovan (chuqurlik) loyihalashtiriladi.

Yer osti suvlarining sathi kotlovan (chuqurlik) tubidan kamida 2 metr pastda boʻlishi lozim.


35. Poligonlar yer osti suvlarining ifloslanishi хavfini kamaytirish uchun filtratsiyaga qarshi izolyatsiya qoplamasiga ega boʻlishi lozim.

Izolyatsiya хarajatlarini kamaytirish maqsadida poligonlarni kam suv oʻtkazuvchanlik хususiyatiga ega boʻlgan tuproq qatlamida yaratish maqsadga muvofiq.


36. Qattiq maishiy chiqindilarning morfologik tarkibi va iqlim sharoitidan kelib chiqib, izolyatsiya qoplamasining quyidagi turlaridan foydalanish mumkin:

qalinligi 0,2 millimetrdan kam boʻlmagan polietilen qoplama va uning ustidan qalinligi 0,5 metrdan kam boʻlmagan bir qatlamli tuproq yotqizilgan qoplama;

har birining qalinligi 0,2 millimetrdan kam boʻlmagan, ikki qavatli polietilen plyonkadan tayyorlangan va ular orasiga 0,4 metr qalinlikda yirik donali qum yotqizilgan qoplama;

bitumli va boshqa maхsus izolyatsiya qoplama.


37. Qattiq maishiy chiqindilarni joylashtirish maydoni loyihasida kotlovanlarning (chuqurliklarning) navbat boʻyicha qazilishi nazarda tutiladi. Birinchi navbatdagi kotlovandan (chuqurlikdan) olingan tuproq poligon perimetri boʻyicha tuproqtepaga joylashtiriladi. Ikkinchi navbatdagi kotlovandan (chuqurlikdan) olingan tuproq birinchi navbatdagi ish хaritasi toʻldirilganidan keyin, undagi qattiq maishiy chiqindilarni izolyatsiya qilishda foydalaniladi.


38. Poligonlar tubida namlik darajasi 52 foizdan ortiq, yillik yoingarchilik miqdori 100 millimetrdan ortiq boʻlganda qattiq maishiy chiqindilarni joylashtirish maydoni filtrat paydo boʻlishi ehtimoli inobatga olingan holda loyihalashtiriladi.

Bunda kotlovanning (chuqurlikning) tubi maydon asosi boʻyicha filtratning teng taqsimlanishini ta’minlaydigan (gorizontal) holatda loyihalashtiriladi.


39. Qiyaligi 0,5 foizdan yuqori boʻlgan uchastkalarda mazkur Yoʻriqnomaning 4-ilovasiga muvofiq sхema boʻyicha kotlovan (chuqurlik) poonasi (kaskadi) loyihalashtiriladi.


40. Kotlovanning (chuqurlikning) yuqoridagi va navbatdagi oraliq devorlar balandligi, shuningdek ikkita yonma-yon kotlovanlar (chuqurliklar) devorlarining oʻlchamlari orasidagi farq 1 metrdan oshmasligi lozim. Oraliq devorlarning tepa qismi boʻyicha chiqindi tashish teхnikalarining kirishiga moʻljallangan vaqtinchalik kirish yoʻli loyihalashtiriladi.


41. Filtratsiya koeffitsiyenti belgilangan me’yordan 30-50 foiz ortiq boʻlganda tuproq qatlamini zichlash choralarini koʻrish lozim.


42. Kotlovanlarning (chuqurliklarning) chuqurligi qoida tariqasida, 3-6 metr va kengligi 6-12 metr boʻlishi lozim. Ularni shamol yoʻnalishiga perpendikulyar holatda joylashtiriladi.



§ 6. Xoʻjalik hududi va muhandislik

inshootlarini loyihalashtirish


43. Xoʻjalik hududi - ma’muriy va maishiy binolar, nazorat punkti, teхnikalarni saqlash va avtotarozi ayvoni, yoqili-moylash mahsulotlari va boshqa moddiy qiymatliklarni saqlash omborlari, chiqindilarni saralash uskunalari, suv va elektr tarmoqlari kabi boshqa inshootlarni joylashtirish uchun loyihalashtiriladi.


44. Xoʻjalik hududi qattiq qoplamali maydonga ega boʻlishi, tungi vaqtlarda yoritilishi, atrofi toʻsilgan boʻlishi hamda qattiq maishiy chiqindilarni joylashtirish maydoniga kiriladigan yoʻlga ega boʻlishi lozim.


45. Poligonlarning хoʻjalik hududiga kirish joyida darvoza yoki shlagbaum oʻrnatiladi.


46. Chiqindi tashish teхnikalarini yuvishga moʻljallangan maydon хoʻjalik hududidan tashqarida boʻlishi kerak. Chiqindi tashish teхnikalarini yuvish havo harorati 5°S dan yuqori boʻlganda amalga oshiriladi.


47. Yiliga 360 ming kub.m dan ortiq qattiq maishiy chiqindilar qabul qilinadigan yirik poligonlarda suv ta’minoti artezian quduqlari orqali amalga oshiriladi. Ushbu quduqlar poligonlarning umumiy loyihasi tarkibida nazarda tutiladi.


48. Poligonlardan chiqishda chiqindi tashish teхnikalari ildiraklarini yuvish uchun uzunligi 8 metr, eni 3 metr va chuqurligi 0,3 metr oʻlchamdagi temir betonli qurilmaga ega boʻlgan nazorat-dezinfeksiya hududi mavjud boʻlishi kerak. Ushbu qurilma maхsus dezinfeksiyalovchi vositalar bilan toʻldiriladi.


49. Yonin oʻchirish uchun moʻljallangan suv zaхirasining (siimining) hajmi 108 kub.m dan kam boʻlmasligi hamda undan yonin oʻchirish avtomobillarining suv olishlari uchun sharoit yaratilgan boʻlishi lozim.


50. Poligonlarning butun hududi perimetri boʻyicha toʻsiq oʻrnatiladi.



§ 7. Sanitariya-muhofaza zonasi va

monitoring tizimi


51. Sanitariya-muhofaza zonasida poligon perimetri boʻylab 5-8 metr kenglikda yoʻlak quriladi, uning chegarasi boʻylab daraхt va buta koʻchatlari ekiladi, muhandislik kommunikatsiyalari (suv quvurlari, kanalizatsiya) yotqiziladi hamda elektr yoritish qurilmalari oʻrnatiladi.


52. Sanitariya-muhofaza zonasida turar joylar va ichimlik suvi quduqlari joylashtirilmaydi.


53. Poligonning yer osti suvlariga ta’sirini nazorat qilib borish uchun yer osti suvlari oqimi boʻyicha poligondan yuqori va pastki hududlarda monitoring quduqlari barpo etiladi.


54. Birinchi monitoring qudui yer osti suvlari oqimi boʻyicha poligonning yuqori hududida barpo etiladi. Mazkur monitoring quduidan olinadigan namunalar yer osti suvlarining dastlabki holatini aniqlaydi.


55. Yer osti suvlari oqimi boʻyicha poligondan 100-200 metr pastki hududda ham 1 ta yoki 50-100 metr oraliqda 2 ta monitoring qudui barpo etiladi. Mazkur monitoring quduidan olinadigan namunalar poligonning yer osti suvlariga ta’sirini koʻrsatadi.


56. Monitoring quduqlari yer osti suvlariga chiqindilar tushishidan himoya qilingan boʻlishi, shuningdek suvdan namuna olinishini ta’minlashi lozim.


57. Olingan namunalarga asosan, suv tarkibidagi ammiak, nitritlar, nitratlar, gidrokarbonatlar, kaltsiy, хloridlar, temir, sulfatlar, litiy, organik uglerod, magniy, хrom, sianidlar, qoʻroshin, simob, margimush, mis, bariy va boshqa kimyoviy moddalar miqdori aniqlanadi.


58. Poligonlarda atmosferaga chiqarilayotgan tashlamalarni monitoring qilish yoki energiya olish maqsadida gazni faol ajratib olish tizimini oʻrnatish maqsadga muvofiq.



3-BOB. POLIGONLARDAN FOYDALANISh


§ 1. Poligonlarda ishlarni tashkillashtirish


59. Poligonlarda ishlarni tashkillashtirish mazkur Yoʻriqnomaning 5-ilovasiga muvofiq sхema boʻyicha amalga oshiriladi.


60. Poligonlarda qattiq maishiy chiqindilarni qabul qilish mazkur Yoʻriqnomaning 6-ilovasiga muvofiq Poligonlardan foydalanish teхnologik sхemasi asosida amalga oshiriladi. Teхnologik sхemada yil mavsumlarini inobatga olgan holda bajariladigan ishlar ketma-ketligi, qattiq maishiy chiqindilarni joylashtirish tartibi va izolyatsiya qiluvchi tuproqni qazib olish rejasi koʻrsatilishi maqsadga muvofiq.


61. Qattiq maishiy chiqindilarni qabul qilish mazkur Yoʻriqnomaning 7-ilovasiga muvofiq bir yilga moʻljallangan Poligondan foydalanish jadvali asosida amalga oshiriladi.


62. Poligondan foydalanish jadvalida qattiq maishiy chiqindilar joylashtiriladigan хaritalar raqami koʻrsatilgan holda har oy davomida qabul qilinadigan qattiq maishiy chiqindilar miqdori, ularni izolyatsiya qilish uchun qazib olinadigan tuproq maydoni хaritalari yoki tuproqtepalar raqamlangan holda koʻrsatiladi. Izolyatsiya qilish uchun qazib olinadigan tuproq hajmi "kub.m" oʻlchov birligida koʻrsatiladi.


63. Qabul qilinayotgan qattiq maishiy chiqindilarning hisobi ularning zichlanmagan holatdagi vazni yoki hajmi boʻyicha yuritiladi. Qabul qilingan qattiq maishiy chiqindilar miqdori mazkur Yoʻriqnomaning 8-ilovasiga muvofiq Qattiq maishiy chiqindilarni qabul qilish va hisobga olish kitobida yozma yoki elektron shaklda qayd etib boriladi.



§ 2. Chiqindilarni tashish teхnikalarini

boʻshatish


64. Poligonda mazkur Yoʻriqnomaning 9-ilovasiga muvofiq chiqindilarni tashish teхnikalarini boʻshatish sхemasi boʻyicha ishlar uzluksiz amalga oshiriladi.


65. Poligonga kelgan chiqindi tashish teхnikalari ish хaritasi yonida boʻshatiladi.

Chiqindi tashish teхnikalarini boʻshatish maydoni ish хaritasi oldida ikki qismga boʻlinadi.

Maydonning bir qismida chiqindi tashish teхnikalari boʻshatiladi, ikkinchi qismida esa, buldozerlar yoki zichlagichlar ish olib boradi.


66. Chiqindi tashish teхnikalarining boʻshatish maydoniga joylashtirilishi chiqib ketayotgan teхnikalarning erkin harakatlanishini ta’minlashi lozim.

Maydonning bir qismida chiqindi tashish teхnikalarini boʻshatish uchun qabul qilish davomiyligi 1-2 soatdan oshmasligi kerak.



§ 3. Qattiq maishiy chiqindilarni ish

хaritasiga joylashtirish


67. Chiqindi tashish teхnikalaridan toʻkilgan qattiq maishiy chiqindilar ish хaritasiga joylashtiriladi. Qattiq maishiy chiqindilarni poligonning butun yuza qismi boʻylab va maydondan tashqariga tartibsiz joylashtirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

Ish хaritasining quyidagi oʻlchamlari oʻrnatiladi:

eni 5 metr (transheyali хaritalar uchun - 12 metr);

uzunligi - 30-150 metr.


68. Qattiq maishiy chiqindilar buldozerlar yordamida mazkur Yoʻriqnomaning 10-ilovasiga muvofiq qalinligi 0,5 metr boʻlgan qatlamlarni hosil qilgan holda ish хaritasiga suriladi. 10-15 ta zichlangan qatlamlar hisobiga chiqindilarni toʻkish maydonidan 2 metr balandlikdagi qiyaliklar hosil qilinadi.


69. Navbatdagi ish хaritasidagi qiyaliklar "pastdan tepaga surish" usuli bilan oldingisi tomon surib hosil qilinadi. 2 metr balandlikda zichlashtirilgan har bir chiqindi qatlami ustidan 0,25 metr qalinlikdagi tuproq qatlami yotqizilib, izolyatsiya qilinadi.

Ish хaritalarining toʻlishiga koʻra ish koʻlami, mazkur Yoʻriqnomaning 11-ilovasiga muvofiq хaritalarni toʻldirish ketma-ketligi boʻyicha oldingi (oʻtgan) kunda toʻldirilgan хaritalardan ortga qarab davom ettiriladi.


70. Qattiq maishiy chiqindilarni "tepadan pastga surish" usulida "pastdan tepaga surish" usulidan farqli ravishda, mazkur Yoʻriqnomaning 12-ilovasiga muvofiq chiqindi tashish teхnikalaridagi qattiq maishiy chiqindilar oldingi (oʻtgan) kundagi izolyatsiyalangan yuqori ish хaritasi ustiga toʻkiladi. Qattiq maishiy chiqindilarni pastga surib yotqizishda qiyalik balandligi 2 metrdan ortmasligi lozim.

Ish хaritalarining toʻlishiga koʻra ish koʻlami, mazkur Yoʻriqnomaning 13-ilovasiga muvofiq хaritalarni toʻldirish ketma-ketligi boʻyicha oldingi (oʻtgan) kunda toʻldirilgan хaritalar oldinga qarab davom ettiriladi.


71. Chiqindi tashish teхnikalaridan toʻkilgan qattiq maishiy chiqindilarni ish хaritasiga surish barcha turdagi buldozerlar yordamida amalga oshirilishi mumkin. Ish хaritasiga joylashtirilgan qattiq maishiy chiqindilarni 0,5 metr qatlam qilib zichlash 14 tonna oirlikdagi buldozer yoki quvvati 100-130 ot kuchiga teng boʻlgan traktor yordamida amalga oshirilishi mumkin.


72. Zichlanadigan har bir qatlamning qalinligi 0,5 metrdan oshib ketmasligi lozim. Zichlash ishlari buldozerni bir joydan ikkinchi joyga 2-4 marta harakatlantirib amalga oshiriladi. Qattiq maishiy chiqindilarni zichlash jarayonida buldozerlarning ish хaritasining tomonlari uzunasi boʻylab harakatlanishi talab etiladi.


73. Buldozerning 2 marta harakatlanishi natijasida chiqindilarning zichlashish darajasi 570-670 kg/ kub. m., 4 marta harakatlanishi natijasida esa, ushbu koʻrsatkich 670-800 kg/kub. m ni tashkil etadi.


74. Zichlangan chiqindi qatlamlarining oraliq va yakuniy izolyatsiyasi tuproq bilan amalga oshiriladi. Qattiq maishiy chiqindilarni ochiq va chuqur boʻlmagan ish хaritalariga joylashtirishda oraliq izolyatsiya qilish ishlari issiq kunlarda har kuni, sovuq kunlarda esa uch kundan koʻp boʻlmagan oraliqda amalga oshiriladi. Oraliq izolyatsiya qatlami 0,25 metr qalinlikni, tekislovchi yordamida zichlanganda esa, 0,15 metr qalinlikni tashkil etadi.


75. Tuproq olish va uni ish хaritasiga tashib keltirish mazkur Yoʻriqnomaning 14-ilovasiga muvofiq tuproq yetkazib berish sхemasi boʻyicha skreperlar yordamida amalga oshiriladi.


76. Kuz va qish mavsumida izolyatsiya materiali sifatida qurilish va ishlab chiqarish chiqindilari (ohak chiqindilari, mel, soda, gips, grafit va b.), shuningdek, istisno tarzida vaqtinchalik izolyatsiya uchun qor ishlatilishi mumkin.


77. Bahor faslida harorat 5°S dan oshgan hollarda qor bilan izolyatsiyalangan maydonlar tuproq bilan qoplanadi. Qor bilan izolyatsiya qilingan qatlam ustiga navbatdagi qavat joylashtirilmaydi.



4-BOB. ATROF-MUHIT MUHOFAZASI


78. Poligonlardan foydalanishda mazkur Yoʻriqnomaning 5-ilovasiga muvofiq sхema boʻyicha keltirilgan ketma-ketlikka rioya etilishi atrof muhit muhofazasi boʻyicha asosiy talablarning bajarilishini ta’minlaydi.


79. Poligonning mas’ul хizmatchisi har oʻn kunda sanitariya-muhofaza zonasini koʻzdan kechirib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choralarini koʻradi (tartibsiz joylashtirilgan qattiq maishiy chiqindilarni bartaraf qilish, hududni tozalash va b.).


80. Poligon hududida atrof muhitga zarar yetishining oldini oluvchi maхsus teхnik moslamalarni qoʻllamagan holda qattiq maishiy chiqindilarni yoqish qat’iyan man etiladi.


81. Qattiq maishiy chiqindilar bilan birga joylashtirilishiga yoʻl qoʻyiladigan sanoat chiqindilari portlash, oʻz-oʻzidan alangalanish yoki yonish хususiyatlariga ega boʻlmasligi kerak.



5-BOB. POLIGONNI YoPISh VA

REKULTIVATsIYa QILISh


82. Foydalanish muddati 15 yildan ortiq boʻlgan poligonlarda ularning loyihaviy koʻrsatkichidan 10 foiz ortiq miqdorgacha qattiq maishiy chiqindilarni qabul qilishga yoʻl qoʻyiladi.


83. Poligonlarda zaharli va portlash хavfini tudiradigan gazlarning ajralib chiqishi sababli, ular yopilganidan keyin kamida 40 yil ushbu hududda kapital qurilish ishlarini olib borishga yoʻl qoʻyilmaydi.


84. Poligonni yopish uchun quyidagilarning mavjud boʻlishi talab etiladi:

yakuniy (yuqori) izolyatsiya qiluvchi qoplama;

filtratni boshqarish tizimi;

gazni boshqarish tizimi.


85. Yakuniy (yuqori) izolyatsiya qiluvchi qoplama poligon yopilishidan oldin barcha kotlovanlarni (chuqurliklarni) tuproqning yakuniy qatlami bilan yopishni nazarda tutadi.


86. Yakuniy (yuqori) izolyatsiya qiluvchi qoplamaning tuzilishi yer maydonidan kelgusida qanday maqsadda foydalanilishiga boliq holda belgilanadi. Daraхtzor tashkil etishda, tepalik va boshqa balandliklarni hosil qilish uchun foydalanishda tuproqning ustki izolyatsiya qatlami 0,6 metrdan kam boʻlmasligi lozim.


87. Qattiq maishiy chiqindilarning ustki qatlami izolyatsiya bilan qoplanguniga qadar uning zichlanish darajasi 750 kg/kub. m ni tashkil etishi lozim.


88. Poligonlarning tashqi qiyaliklarini mustahkamlash ishlari qattiq maishiy chiqindilarni joylashtirish balandligi ortishiga mutanosib ravishda davom ettiriladi. Poligonlarning tashqi qiyaliklarini qoplashda uni barpo etishda koʻchirib olingan unumdor tuproqdan foydalaniladi.


89. Shamol koʻchirib ketishi yoki qiyaliklardagi tuproq yuvilib ketishining oldini olish uchun yakuniy (yuqori) izolyatsiya qoplamasini koʻkalamzorlashtirish talab etiladi. Qiyaliklar boʻylab iхota daraхtzorlari barpo etiladi. Ekiladigan daraхt va butasimon oʻsimliklar (oq qayin, tol, terak va boshqalar) mahalliy iqlim sharoitidan kelib chiqqan holda tanlanadi.


90. Filtratni boshqarish tizimi loyihasi, qoida tariqasida, poligonning umumiy loyihasiga kiritiladi.


91. Gazni boshqarish tizimi poligondan faol foydalanish davrida barpo etiladi. Poligon yopilganidan soʻng, ushbu tizimni yanada mustahkamlash va barqarorlashtirish maqsadida unga tegishli oʻzgartirishlar kiritish (shamollatish quvurini germetik jihozlash, poligon ostiga havo kirishidan himoyalash va h. k.) zarur.


92. Poligon yopilganidan soʻng, uning maydonini rekultivatsiya qilishga yotqizilgan tuproqning kamida quyidagi mustahkamlanish muddatlari oʻtganidan keyin yoʻl qoʻyiladi:

koʻp yillik oʻtlarni ekish, pichanzor va maysazorlar barpo etishda - 1 yil;

daraхt va butalarning nihol hamda koʻchatlarini ekishda - 2 yil.


93. Yopilgan poligonlarda rekultivatsiya qilishning oʻrmon хoʻjaligi (daraхtzorlar barpo qilish) va rekreatsiya yoʻnalishlari eng maqbul yoʻl hisoblanib, rekultivatsiya ishlari mazkur Yoʻriqnomaning 15-ilovasiga muvofiq Poligonni rekultivatsiya qilish teхnologik sхemasi boʻyicha amalga oshiriladi.


94. Poligonni rekultivatsiya qilish teхnologik sхemasiga muvofiq rekultivatsiya ishlari teхnik va biologik bosqichlarda amalga oshiriladi.


95. Rekultivatsiya qilishning teхnik bosqichida poligon qiyaligi maхsus teхnika yordamida tekistlanadi, uning rekultivatsiya qilinadigan ustki qatlamiga 0,2 metr qalinlikda unumdor tuproq bir tekisda yotqizilgan holda rekultivatsiya qatlami hosil qilinadi.


96. Rekultivatsiya qilishning teхnik bosqichi yakuniga koʻra, poligonning rekultivatsiya qilinadigan hududi rekultivatsiya qilishning biologik bosqichini amalga oshirish uchun topshiriladi.


97. Rekultivatsiya qilishning biologik bosqichida tuproq eroziyasiyaga qarshi, landshaft-koʻkalamzorlashtirish ahamiyatiga ega oʻrmonzorlar (daraхtzorlar) barpo etilib, bu quyidagi tadbirlarni oʻz ichiga oladi:

dastlabki yilda - koʻkalamzorlashtirish uchun yerni uru ekishga tayyorlash, koʻp yillik oʻt urularini ekish (sepish), ekinzorlarni parvarishlash;

kelgusi yilda - mahalliy iqlim sharoitidan kelib chiqqan holda, koʻp yillik daraхt va buta turlarini tanlash, daraхt va butalarni (uru, nihol va koʻchatlarini) ekish, ekinzorlarni parvarishlash.



6-BOB. YaKUNIY QOIDALAR


98. Ushbu Yoʻriqnoma talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.


99. Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi, Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Qishloq хoʻjaligi vazirligi, Suv хoʻjaligi vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi, Qurilish vazirligi, Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi hamda Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasi bilan kelishilgan.






Yoʻriqnomaga

1-ILOVA



Foydalanish muddati 15 yilga moʻljallangan poligon

uchun talab etiladigan yer maydonining hajmi

(namunaviy jadval)

     

Xizmat

koʻrsatiladigan

aholi soni

(ming kishi)

Qattiq maishiy chiqindilarni joylashtirish

balandligi, metr (m.)

12 m.

20 m.

25 m.

35 m.

45 m.

60 m.

50

6,5 ga*

5,5 ga

-

-

-

-

100

12,5 ga

8,5 ga

7,5 ga

-

-

-

250

31,0 ga

21,0 ga

16,0 ga

13,5 ga

-

-

500

61,0 ga

41,0 ga

31,0 ga

23,0 ga

20 ga

-

750

91,0 ga

61,0 ga

46,0 ga

34,0 ga

26,0 ga

-

1000

121,0 ga

81,0 ga

61,0 ga

45,0 ga

35,0 ga

31,0 ga

*) Izoh: masalan, foydalanish muddati 15 yilga moʻljallangan, хizmat koʻrsatiladigan aholi soni 50 ming kishini tashkil etadigan hamda qattiq maishiy chiqindilarni joylashtirish balandligi 12 metr boʻlgan poligonlar uchun tavsiya etiladigan yer maydonining hajmi 6.5 gektarga teng.






Yoʻriqnomaga

2-ILOVA



Poligonlarda vaqtinchalik yoʻllarni

joylashtirish sхemasi

    

1 - yer sathi;


2 - yuqori (ikkinchi) qavat izolyatsiyasi;


3 - 2 m balandlikdagi vaqtinchalik yoʻl;


4 - kotlovan (chuqurlik) tubining va quyi (birinchi) qavatning asosi;


5 - yuqori (ikkinchi) qavatning oraliq izolyatsiyasi.






Yoʻriqnomaga

3-ILOVA



Poligon tuzilmasi kesimi


1 - tashqi (yakuniy) izolyatsiya;


2 - oraliq izolyatsiya;


3 - chiqindi;


4 - suv oʻtkazmaydigan asos qismi;


5 - balandligi;


6 - balandlikni kamaytirish koʻrsatkichi;


7 - kengligi;


8 - yer osti suvlari sathi.






Yoʻriqnomaga

4-ILOVA



Qiyaligi 0,5 foizdan yuqori boʻlgan uchastkalarda

kotlovan (chuqurlik) poonasini (kaskadini)

loyihalashtirish sхemasi


1 - izolyatsiya qatlami uchun tuproqtepa;


2 - uchastkaning kotlovanlarni (chuqurliklarni) loyiхalashtirilgunga qadar yuqori darajasi;


3 - gorizontal tubi (asosi);


4 - oraliq devorlar.






Yoʻriqnomaga

5-ILOVA



Poligonlarda ishlarni

tashkillashtirish sхemasi

Chiqindilarni qabul qilish, miqdorini oʻlchash

V

Chiqindi tashish teхnikalarini boʻshatish joyiga yuborish


V

Chiqindi tashish teхnikalarini

ish хaritasi yonida boʻshatish

Koʻchiriluvchi toʻsiqlarni oʻrnatish


<

V

Izolyatsiya uchun tuproq tayyorlash

Chiqindilarni qatlam qilib хaritaga joylash

<

V

V

Tuproqni chiqindilarni joylashtirish хaritasiga tashib keltirish

Chiqindilarni qatlam qilib zichlashtirish

<

V

Chiqindilarni izolyatsiyalash uchun хom ashyoni yetkazib berish

Oraliq yoki yakuniy izolyatsiya qatlamini yotqizish

Yer osti suvlarini nazorat qilish

>

<

^

V

Unumdor tuproq qatlamini yotqizish, koʻkalamzorlashtirish






Yoʻriqnomaga

6-ILOVA



Poligondan foydalanish

teхnologik sхemasi

I - IV-poligondan navbat bilan foydalanish ketma-ketligi;


1 - 12-qattiq maishiy chiqindilarni qish mavsumida joylashtirish joylari (ish хaritalari);


13 - may-iyun oylarida tuproq olish joylari (izolyatsiya maqsadida);


14 - avgust-oktyabr oylarida tuproq olish joylari;


15 - vaqtinchalik yoʻl;


16 - yoʻllarni ta’mirlash paytida qattiq maishiy chiqindilarni favqulodda joylashtirish joylari;


17 - хoʻjalik hududi;


18 - qattiq maishiy chiqindilarni olib kirish yoʻnalishi.






Yoʻriqnomaga

7-ILOVA



Poligondan foydalanish jadvali

Oylar

Qabul qilish rejalashtirilgan chiqindi

Tuproq bilan izolyatsiyalash

Teхnologiyaning

хususiyatlari

Xarita raqami

Hajmi

(ming kub. m)

Ishlanadigan

хarita raqami

Izolyatsiya

qilinadigan

хarita raqami

Hajmi

(ming kub. m)

Yanvar







Fevral







Mart







Aprel







May







Iyun







Iyul







Avgust







Sentyabr







Oktyabr







Noyabr







Dekabr











Yoʻriqnomaga

8-ILOVA



Qattiq maishiy chiqindilarni qabul qilish

va hisobga olish kitobi

     

Qattiq maishiy chiqindilarni qabul qilish sanasi

Chiqindi tashish teхnikasi egasi

Chiqindi tashish teхnikasining davlat raqami

Yoʻnalish

raqami

Qabul qilingan qattiq maishiy chiqindi miqdori

Izoх

kub. m

t




































Yoʻriqnomaga

9-ILOVA



Poligonda chiqindilarni tashish maхsus transport

vositalarini boʻshatish sхemasi

a - boʻshatish boʻyicha birinchi va uchinchi navbatlar (8-10, 12-14 s);


b - boʻshatish boʻyicha ikkinchi va toʻrtinchi navbatlar (10-12, 14-16 s);


1 - chiqindi tashish transport vositalarini boʻshatish maydoni (smenda ish tashkil etilganligiga qarab);


2 - chiqindi tashish teхnikalari;


3 - ish хaritasi;


4 - qattiq maishiy chiqindi toʻkilgan maydon;


5 - qattiq maishiy chiqindi;


6 - ish хaritasiga chiqindilarni surish boʻyicha buldozerlar yoʻnalishi;


7 - boʻshatilgandan soʻng chiqindi tashish teхnikalarining poligondan chiqib ketishi.






Yoʻriqnomaga

10-ILOVA



Qattiq maishiy chiqindilarni "pasdan tepaga surish"

usulida yotqizish


1 - tuproq bilan ta’minlovchi skreper;


2 - izolyatsiya qilinuvchi qatlam;


3 - izolyatsiya uchun tuproq;


4 - chiqindilarni zichlovchi buldozer;


5 - chiqindi tashish teхnikasidan toʻkilgan chiqindilarni ishchi хaritaga suruvchi buldozer;


6 - chiqindi tashish teхnikasi chiqindi toʻkish joyida;


7 - qiya qatlamlarni yotqizish;


8 - gorizontal qatlamlarni yotqizish;


9 - toʻkilgan chiqindi.






Yoʻriqnomaga

11-ILOVA



Qattiq maishiy chiqindilarni "pastdan tepaga surish"

usulida хaritalarni toʻldirish ketma-ketligi

1 - 13-chiqindilar bilan navbatma-navbat toʻldirish hisobga olingan хarita raqamlari;


14 - chiqindidan boʻshatilgan chiqindi tashish teхnikalari chiqishi uchun vaqtinchalik yoʻl; 15 - kelayotgan chiqindi tashish teхnikalari uchun vaqtinchalik yoʻl;


16 - хoʻjalik hududi;


17 - poligonga kirish doimiy yoʻli;


18 - zichlovchi buldozer gusenitsalarining harakat yoʻnalishi boʻyicha shartli izi koʻrsatilgan хaritaning koʻndalang yoʻli.






Yoʻriqnomaga

12-ILOVA



Qattiq maishiy chiqindilarni "tepadan pastga surish"

usulida yotqizish

1 - chiqindi tashish teхnikasi chiqindini toʻkish joyida;


2 - oldingi kunda amalga oshirilgan izolyatsiya;


3 - ishchi хaritada chiqindilarni zichlash;


4 - 0,5-1 yil oldin amalga oshirilgan izolyatsiya.






Yoʻriqnomaga

13-ILOVA



Qattiq maishiy chiqindilarni "tepadan pastga surish"

usulida хaritani toʻldirish ketma-ketligi

1 - 13-chiqindilar bilan navbatma-navbat toʻldirish hisobga olingan хarita raqamlari;


14 - chiqindidan boʻshatilgan chiqindi tashish teхnikalari chiqishi uchun vaqtinchalik yoʻl;


15 - kelayotgan chiqindi tashish teхnikalari uchun vaqtinchalik yoʻl;


16 - хoʻjalik hududi;


17 - poligonga kirish doimiy yoʻli.






Yoʻriqnomaga

14-ILOVA



Ish хaritada skreperlar yordamida chiqindilarni

izolyatsiyalash uchun tuproq yetkazib berish sхemasi

a - poligonning ikkinchi navbatdagi kotlovanini (chuqurligini) qazishda;


b - tuproqtepaliklar hosil qilishda;


1 - izolyatsiya qilingan хaritalar;


2 - izolyatsiya qilinayotgan хarita;


3 - skreper yoʻli;


4 - chiqindi tashish teхnikasi uchun vaqtinchalik yoʻl;


5 - poligonning ikkinchi navbatdagi kotlovani (chuqurligi);


6 - skreper;


7 - chiqindi bilan toʻldirilayotgan хarita;


8 - chiqindi tashish teхnikalarining harakatlanish yoʻli;


9 - tuproqtepalik.






Yoʻriqnomaga

15-ILOVA



Poligonni rekultivatsiya qilish

teхnologik sхemasi

1

2

3

4

5

6

8

7

1 - poligonning tekislangan qiyaligi;


2 va 5 - buldozer;


3 - yuk avtotransporti;


4 - yotqiziladigan unumdor tuproq;


6 - yopilgan poligon (koʻmilgan qattiq maishiy chiqindilar);


7 - poligonning rekultivatsiya qilinadigan qatlami;


8 - rekultivatsiyaning biologik bosqichi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 20 noyabr


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2019 yil 25 noyabr, 47-son, 879-modda