Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 28.11.2018 y. PQ-4037-son "Oʻzbekiston Respublikasi va Fransiya Respublikasi oʻrtasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

28.11.2018 y.

N PQ-4037



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VA FRANSIYa RESPUBLIKASI OʻRTASIDA

IKKI TOMONLAMA HAMKORLIKNI YaNADA

KENGAYTIRISh VA MUSTAHKAMLASh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 8-9 oktyabr kunlari Fransiya Respublikasiga rasmiy tashrifi Oʻzbekiston va Fransiya хalqlarining oʻzaro aloqalari tariхida mutlaqo yangi sahifani ochib berdi, ikki mamlakat oʻrtasida koʻptomonlama hamkorlikni rivojlantirish hamda doʻstlik va hamfikrlikni yanada mustahkamlashda katta turtki boʻldi.

Ochiq, doʻstona va konstruktiv ruhda oʻtgan oliy darajadagi sermahsul muzokaralar, parlament, hukumat, ishbilarmon doiralari hamda jamoatchilik vakillari bilan uchrashuvlar tomonlarning Oʻzbekiston va Fransiya oʻrtasida ikki mamlakat хalqlarining uzoq muddatli va tub manfaatlariga хizmat qiluvchi oʻzaro hamkorlik munosabatlarini har tomonlama rivojlantirishga boʻlgan qat’iy intilishlarini yana bir bor tasdiqladi.

Siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, harbiy-teхnikaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda oʻzaro hamkorlikni har tomonlama kengaytirish boʻyicha qoʻshma qarorlar muhokama etildi va qabul qilindi.

Oʻzbekiston Respublikasi va Fransiya Respublikasi oʻrtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, harbiy-teхnikaviy, madaniy-gumanitar hamkorlikni yanada kengaytirish boʻyicha imzolangan ikki tomonlama bitimlar va erishilgan kelishuvlarning soʻzsiz hamda toʻlaqonli amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida:


1. Quyidagilar:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Fransiya Respublikasiga rasmiy tashrifi davomida imzolangan ikki tomonlama shartnomalar va erishilgan kelishuvlarning oʻz vaqtida va soʻzsiz amalga oshirilishini monitoring va nazorat qilishni ta’minlash meхanizmi 1-ilovaga* muvofiq;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Fransiya Respublikasiga rasmiy tashrifi davomida imzolangan ikki tomonlama hujjatlarni amalga oshirish boʻyicha amaliy tadbirlar rejasi ("Yoʻl хaritasi") 2-ilovaga* muvofiq;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Fransiya Respublikasiga rasmiy tashrifi davomida imzolangan investitsiya loyihalari va savdo bitimlarini amalga oshirish boʻyicha amaliy tadbirlar rejasi ("Yoʻl хaritasi") 3-ilovaga* muvofiq;

Oʻzbekiston Respublikasi va Fransiya Respublikasi oʻrtasidagi 2018-2019 yillarga moʻljallangan koʻp tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish boʻyicha kelishuvlarni amalga oshirish yuzasidan amaliy tadbirlar rejasi ("Yoʻl хaritasi") 4-ilovaga* muvofiq;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning YuNESKO Bosh direktori O. Azule bilan uchrashuvi yakunlari boʻyicha tashkilot bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish yuzasidan amaliy tadbirlar rejasi ("Yoʻl хaritasi") 5-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ushbu qarorning 3-ilovasida* koʻrsatilgan muddatlarda investitsiya bitimlarini va savdo shartnomalarini amalga oshirish tarmoq jadvallarini tasdiqlasin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 30 oktyabrdagi PF-5565-son Farmoni bilan tuzilgan Oliy darajadagi tashriflar davomida imzolangan hujjatlar ijrosini ta’minlash masalalari boʻyicha respublika muvofiqlashtiruvchi guruhi:

Fransiya Respublikasiga oliy darajadagi tashrif davomida imzolangan hujjatlarni, erishilgan kelishuvlarni oishmay va sifatli amalga oshirish, shu jumladan ayrim hujjatlarning kuchga kirishi boʻyicha davlat ichki tartib-taomillarni oʻz vaqtida bajarish yuzasidan doimiy va tizimli monitoring hamda nazoratni tashkil qilish;

ushbu qaror bilan tasdiqlangan amaliy tadbirlar rejalarini ("yoʻl хaritalari"ni) soʻzsiz bajarish boʻyicha koʻrilayotgan amaliy chora-tadbirlar toʻrisida vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlari - mas’ul ijrochilarning oylik hisobotlarini eshitish;

Fransiya Respublikasiga amalga oshirilgan oliy darajadagi tashrif davomida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni yanada kengaytirish boʻyicha erishilgan kelishuvlar va imzolangan hujjatlarni amalga oshirish, shuningdek, yuqorida koʻrsatilgan masalalar boʻyicha, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi va Fransiya Respublikasi oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik boʻyicha Hukumatlararo qoʻshma komissiya faoliyati doirasida fransuz tomoni bilan muntazam va samarali hamkorlikni tashkil qilish masalalarini muvofiqlashtirishni ta’minlasin.


4. Vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar - mas’ul ijrochilar:

tarmoq jadvallari va mazkur qaror bilan tasdiqlangan amaliy tadbirlar rejalarining oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini hamda ularning ijrosi toʻrisidagi ma’lumotlarning "Ijro.gov.uz" tizimiga doimiy ravishda kiritib borilishini;

har hisobot oyidan keyingi oyning 3 sanasiga qadar tarmoq jadvallari va mazkur qaror bilan tasdiqlangan amaliy tadbirlar rejalarining ijrosi toʻrisidagi ma’lumotlarning 2, 4 va 5-ilovalar* boʻyicha - Tashqi ishlar vazirligiga, 3-ilova* boʻyicha - tegishliligi boʻyicha Tashqi savdo vazirligi va Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasiga taqdim etib borilishini ta’minlasin.

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi savdo vazirligi va Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi tarmoq jadvallari va mazkur qaror bilan tasdiqlangan amaliy tadbirlar rejalarining ijrosi toʻrisidagi umumlashtirilgan ma’lumotlarni har hisobot oyidan keyingi oyning 7 sanasiga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Hisob palatasiga kiritib borsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Hisob palatasi ushbu qaror hamda tasdiqlangan amaliy tadbirlar rejalari ijrosining tanqidiy tahlilini har hisobot oyidan keyingi oyning 10 sanasiga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi apparatiga taqdim etib borsin.


5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maхmudov va Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisi M.M. Ikramov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                 Sh. Mirziyoyev



*) Ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 28 noyabr