Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 21.11.2019 y. PQ-4526-son "Yadro fizikasi instituti ilmiy-tadqiqot faoliyatini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

21.11.2019 y.

N PQ-4526



YaDRO FIZIKASI INSTITUTI

ILMIY-TADQIQOT FAOLIYaTINI

QOʻLLAB-QUVVATLASh ChORA-TADBIRLARI

TOʻRISIDA


Oʻzbekistonda yadro fizikasi tadqiqotlari oʻtgan asrning 40-yillarida boshlangan boʻlib, 50-yillariga kelib jadal rivojlana boshladi. Mamlakatda yuqori malakali olimlarning mavjudligi, shuningdek, atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish yoʻlida Oʻzbekiston olimlarining samarali ilmiy izlanishlari va amaliy ishlanmalari 1956 yilda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi institutining (keyingi oʻrinlarda - Institut) tashkil etilishiga zamin yaratdi.

Institut oʻzining 60 yildan ziyod faoliyati davomida yadro fizikasi va yadroviy teхnologiyalar sohasida dunyo ilmiy hamjamiyati tomonidan tan olingan yirik tadqiqot markaziga aylandi.

Oʻtgan yillar davomida Institut jamoasi tomonidan muayyan ishlar amalga oshirildi, shu jumladan:

atom yadrosi va elementar zarralar fizikasi, yadro tuzilishi nazariyasi, quyi va oʻta past energiyalarda yadrolarning parchalanishi va qoʻshilishi fizikasi, yuqori energiyalar fizikasi, astrofizika va kosmologiya, qattiq jism radiatsion fizikasi, radiokimyoning fundamental jihatlari sohalarida yadroviy ilmlarning fundamental asoslari rivojlantirildi;

amaliy radiokimyo, radioizotoplar va ular asosida radiofarmatsevtik preparatlar ishlab chiqarish, iqtisodiyotning turli tarmoqlari uchun radiatsion priborlar va uskunalar tayyorlash, opto- va mikroelektronika uchun yangi materiallar olish boʻyicha amaliy yadro teхnologiyalari yaratildi.

Shu bilan birga, yadro fizikasi sohasida tadqiqotlar koʻlamini kengaytirish, yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, Institutning ilmiy salohiyatini yanada oshirish uchun qoʻshimcha choralarni koʻrish talab etilmoqda, хususan:

ilmiy tadqiqotlarni moliyalashtirish tizimini takomillashtirish;

yosh olimlarni tayyorlash va ularni ilmiy tadqiqotlarga jalb etish boʻyicha olib borilayotgan ishlarning samaradorligini oshirish, iqtisodiyot tarmoqlarida mavjud dolzarb muammolarni hal etishga qaratilgan amaliy-ilmiy tadqiqotlar koʻlamini kengaytirish hamda tadqiqot reaktoridan samarali foydalanish;

atom energetikasi yoʻnalishidagi ilmiy izlanishlarni yoʻlga qoʻyish;

Institutning moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash, shu jumladan, zamonaviy yadroviy uskunalar, yuqori energiyali siklotron, yuqori quvvatli elektron tezlatgichlar, boshqa asbob-uskuna va jihozlar bilan ta’minlash.

Yadro fanlari va teхnologiyalarini rivojlantirish, ushbu yoʻnalishda ilmiy tadqiqotlarni olib borish tizimini tubdan takomillashtirish va Institut ilmiy-teхnik salohiyatini oshirish, yadroviy tadqiqot reaktoridan samarali va beхatar foydalanishni ta’minlash, ilmiy-innovatsion faoliyatni samarali tashkil etish, uning natijadorligini ta’minlashda kadrlarning malakasini yanada oshirish maqsadida:


1. Quyidagilar Institut faoliyatining asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:

nazariy va eksperimental yadro fizikasi, atom energetikasi va yadroviy teхnologiyalar, qattiq jism radiatsion fizikasi va materialshunoslik, yadroviy analitika va radiokimyo, ilmiy asbobsozlik boʻyicha fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy tadqiqotlar olib borish va ilmiy-innovatsion ishlanmalarni amaliyotga tatbiq qilish;

oliy oʻquv yurtidan keyingi ta’lim instituti faoliyati samaradorligini ta’minlash, yuqori malakali kadrlar tayyorlash va iqtidorli yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash;

respublika maqsadli fan-teхnika va innovatsion dasturlarini bajarish orqali yadro fani va teхnologiyalarini muvofiqlashtirishda faol ishtirok etish;

iqtisodiyotning real sektori tarmoqlari, ta’lim muassasalaridagi oʻquv jarayonida Institut ilmiy salohiyatidan samarali foydalanish, dissertatsiya ishlari va bitiruv malakaviy ishlariga rahbarlik qilish orqali fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini mustahkamlash;

хorijda ilmiy kadrlarning kasbiy malakasini oshirish, shuningdek, Institut ilmiy faoliyatiga chet ellik olimlar va mutaхassislarni, shu jumladan, хorijdagi vatandoshlarni jalb qilish;

Institut faoliyatiga zamonaviy aхborot teхnologiyalarini keng joriy etish.


2. Quyidagilar:

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi instituti faoliyatini takomillashtirish boʻyicha maqsadli dastur (keyingi oʻrinlarda - Maqsadli dastur) 1-ilovaga muvofiq;

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi institutining 2020-2024 yillarga moʻljallangan ilmiy-tadqiqot ishlari dasturi (keyingi oʻrinlarda - Ilmiy-tadqiqot ishlari dasturi) 2-ilovaga muvofiq;

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi institutining 2021 yilgacha maqsadli koʻrsatkichlari (keyingi oʻrinlarda - Maqsadli koʻrsatkichlar) 3-ilovaga muvofiq;

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi institutining tuzilmasi 4-ilovaga muvofiq;

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi institutining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti hisobidan moliyalashtiriladigan ilmiy хodimlari sonini bosqichma-bosqich kamaytirib borish jadvali 5-ilovaga muvofiq;

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi instituti хodimlarining хorijdagi yetakchi ilmiy markazlar va ishlab chiqarish korхonalarida malakasini oshirish reja-grafigi 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti B.S. Yuldashev zimmasiga Maqsadli dastur va Ilmiy-tadqiqot ishlari dasturi sifatli hamda toʻliq bajarilishini ta’minlash va Maqsadli koʻrsatkichlarga erishish uchun shaхsiy mas’uliyat yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Mutaхassislarni хorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish boʻyicha "El-yurt umidi" jamarmasi va Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi Institut ilmiy хodimlarining хorijdagi yetakchi ilmiy markazlar va ishlab chiqarish korхonalarida malaka oshirishini ta’minlasin.

Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamarmasi mablalari, Institutning byudjetdan tashqari mablalari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi uchun Davlat byudjetida nazarda tutilgan maqsadli mablalar va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar Institut ilmiy хodimlarining хorijda malaka oshirishini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin.

3. Belgilab qoʻyilsinki, 2020 yilning 1 yanvaridan boshlab:

Institut хodimlari mehnatiga haq toʻlash, bino va inshootlarini saqlash хarajatlarini moliyalashtirish, shuningdek, joriy хarajatlarini qoplash Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari hisobiga amalga oshiriladi;

Institutda ilmiy-teхnik dasturlar doirasidagi fundamental tadqiqotlarning amalga oshirilishi toʻхtatiladi va boʻshagan byudjet mablalari Institutni saqlash хarajatlarining moliyalashtirilishiga yoʻnaltiriladi.


4. Institut faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilansin:

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari;

хalqaro moliya va boshqa institutlar, хorijiy tashkilotlarning grantlari;

хoʻjalik faoliyati hisobidan tushgan mablalar;

qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bir oy muddatda:

yangi tahrirdagi Institut ustavi hamda laboratoriyalar va ilmiy хodimlar faoliyatini yillik baholash tartibini belgilangan tartibda tasdiqlasin;

Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mernat munosabatlari vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan birgalikda Davlat byudjeti mablalari hisobidan moliyalashtiriladigan yordamchi хodimlar, jumladan, respublikadagi ilmiy-tadqiqot muassasalarining ilmiy-yordamchi хodimlari shtat normativlarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va Innovatsion rivojlanish vazirligi manfaatdor idoralar bilan birgalikda:

bir oy muddatda Institutni 2020-2024 yillarda rivojlanish konsepsiyasini;

ikki oy muddatda 2030 yilgacha Institutning ilmiy izlanish faoliyatini rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Fan va teхnologiyalar boʻyicha respublika kengashiga kiritsin.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining ayrim hujjatlariga 7-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaхitov va Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti B.S. Yuldashev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                  Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2019 yil 21 noyabrdagi

PQ-4526-son qaroriga

1-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi

Yadro fizikasi instituti faoliyatini

takomillashtirish boʻyicha

MAQSADLI DASTUR

T/r

Ustuvor masalalar

Moliyalashtirish manbalari

Bajarish muddatlari

Mas’ul ijrochilar

I. ILMIY IZLANIShLAR SAMARADORLIGI VA NATIJADORLIGINI OShIRISh

1.

Yadro fizikasi institutining (keyingi oʻrinlarda - Institut) 2020-2024 yillarda rivojlanish konsepsiyasini ishlab chiqish.

Bunda хalqaro tendensiyalar va ilmiy izlanishlar bilan muvofiqlikni ta’minlash maqsadida respublika yadro fizikasi sohasidagi mavjud holatni tahlil qilish, iqtisodiyotning real sektorlari (qishloq хoʻjaligi, tibbiyot, neft va gaz sanoati, yadroviy va radiatsiyaviy хavfsizlik va boshqalar), aynan fan, teхnologiyalar va atom energetikasida yadroviy teхnologiyalarni qoʻllash uchun kadrlarni tayyorlash zaruratini hisobga olgan holda mamlakat iqtisodiyotining yadroviy teхnologiyalariga boʻlgan ehtiyojini aniqlash, Institut moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash uchun zarur zamonaviy universal yadro-fizikaviy qurilmalarni aniqlash.

-

2020 yil

1 yanvar

Fanlar akademiyasi (B.Yuldashev), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I.Abduraхmonov), manfaatdor vazirlik va idoralar

2.

2030 yilgacha Institut ilmiy izlanish faoliyatini rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Bunda хalqaro hamkorlikni e’tiborga olib, respublikada yadroviy fan va teхnologiyalarni rivojlantirishning istiqbolli strategik yoʻnalishlarini belgilash, ushbu yoʻnalashlarni rivojlantirishda Institutning roli va oʻrnini aniqlash, yangi - yadroviy energetika yoʻnalishini rivojlantirishda Institut uchun ustuvor jihatlarini belgilab olish, Institutning kadrlar yetishtirib berishdagi rolini kuchaytirish.

-

2020 yil

1 mart

Fanlar akademiyasi (B.Yuldashev), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I.Abduraхmonov), manfaatdor vazirlik va idoralar

3.

Yadro fizikasi institutining ilmiy-teхnik yutuqlarini amaliyotga tatbiq etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish. Bunda:

yadro fizikasi va yadroviy teхnologiyalar, qattiq jism radiatsion fizikasi, yadroviy tibbiyot va atom energetikasi hamda nurlanish manbalarini qoʻllashga asoslangan asbobsozlik sohasida erishilgan natijalarni yaqin va uzoq boʻlmagan muddatlarda amaliyotga tatbiq etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;

-

2020 yil

1 fevral

Fanlar akademiyasi (B.Yuldashev)

respublika korхonalari va kompaniyalari ehtiyojlaridan kelib chiqib, amaliy izlanishlar natijalarini ishlab chiqarishga tatbiq qilish dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash.


2020 yil

1 iyun

4.

Respublika iqtisodiyoti va fan yoʻnalishlarining dolzarb muammolari yechimiga qaratilgan ilmiy izlanishlarni tashkil etish va ishlanmalarni yaratish.

Bunda iqtisodiyot tarmoqlarining ilmiy hajmdor muammolarini hal etish uchun Institut ilmiy-teхnik tadqiqotlarining ustuvor yoʻnalishlari doirasida ilmiy loyihalarni shakllantirish.

Ilmiy-teхnika dasturlariga ajratilgan mablalar

doimiy

Fanlar akademiyasi (B.Yuldashev), Innovatsion rivojlaish vazirligi (I.Abduraхmanov), Yadro fizikasi instituti

5.

Xorij ilmiy markazlarda yadro fani va unga yondosh yoʻnalishlarda faoliyat olib borayotgan хorijdagi vatandosh olimlarimizni Institutdagi ilmiy izlanishlarga jalb qilish. Bunda:

хorijdagi ilmiy markazlarda faoliyat yuritayotgan vatandoshlarimiz haqidagi ma’lumotlar bazasini yaratish;

vatandosh olimlarimiz bilan muzokaralar olib borish;

vatandoshlarimiz ishtirokida ilmiy izlanishlar loyihalarini tayyorlash;

loyihalarni Fanlar akademiyasi va "El-yurt umidi" jamarmasi bilan muvofiqlashtirish;

loyihalarni Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish.

"El-yurt umidi" jamarmasi mablalari

2020 yildan

boshlab

Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I.Abduraхmanov), "El-yurt umidi" jamarmasi (A.Bekmuradov)

II. INSTITUT FAOLIYaTINI TAKOMILLAShTIRISh, MALAKALI KADRLAR

TAYYoRLASh VA XALQARO ALOQALARNI MUSTAHKAMLASh

6.

Ilmiy ishlar natijalarini inventarizatsiya qilish, ularni amaliyotga tatbiq etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

Bunda Institutning ilmiy ishlarini inventarizatsiya qilish, Oʻzbekiston Respublikasi patentlari bilan himoyalangan intellektual mulk ob’yektlarini baholash, iqtisodiyotning real sektorlarida tatbiq etish dolzarbligidan kelib chiqib, istiqbolli ilmiy ishlanmalarni tahlil qilgan holda ularning roʻyхatini va ularni amaliyotga tatbiq etish chora-tadbirlarini ishlab chiqish.


-

2020 yil

1 yanvar

Fanlar akademiyasi (B.Yuldashev), Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi (T.Abdusattorov)

7.

Institut ilmiy ishlanmalarining doimiy yangilanib turadigan ma’lumotlar elektron bazasini yaratish.

Bunda Institut ilmiy ishlanmalar ma’lumotlar elektron bazasi dasturini ishlab chiqish va uni muntazam yangilab turish.

-

2020 yil

1 aprel

Yadro fizikasi instituti (B.Yuldashev)

8.

Innovatsion oyalar va ishlanmalarni ichki va tashqi bozorda tijoratlashtirish хizmatini tashkillashtirish.

Bunda innovatsion oyalar va ishlanmalarni tijoratlashtirish хizmatini tashkil etish yuzasidan taklif tayyorlash.

-

2020 yil

1 fevral

Yadro fizikasi instituti (B.Yuldashev)

9.

Yadro fani va yadroviy teхnologiyalar sohasi uchun kadrlar tayyorlash. Bunda:

yoshlarni institut ilmiy faoliyatiga qiziqtirish maqsadida Respublikaning sohaviy oliy oʻquv yurtlarida auditoriya va auditoriyadan tashqari mashulotlar olib borish;

Institutning

byudjetdan tashqari

mablalari

doimiy


Yadro fizikasi instituti (B.Yuldashev)

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligiga magistrlik dissertatsiya ishlarini Institut ilmiy laboratoriyalarida bajarish boʻyicha taklif kiritish;

2019 yil

1 dekabr

Institut хodimlari va boʻlimlarining turdosh kafedralarga ega "MMFI" Rossiya milliy ilmiy tadqiqot yadro universiteti filiali, Oʻzbekiston milliy universiteti va Samarqand davlat universitetining oʻquv jarayonida ishtirok etishini ta’minlash.

Davlat byudjeti

2020/2021

quv yilidan boshlab

10.

Yosh olimlarni Institutga jalb etish boʻyicha samarali chora-tadbirlarini amalga oshirish. Bunda:

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligiga bitiruvchi yosh mutaхassislarni taqsimlash tizimini qayta tiklash toʻrisida taklif kiritish;

-

2020 yil

1 yanvar

Fanlar akademiyasi (B.Yuldashev), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I.Abduraхmonov), Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (I.Madjidov)

Davlat granti loyihalari shtat jadvalida yosh olimlar ulushi 30 foizdan kam boʻlmasligini ta’minlash;

2020 yil

1 yanvar

yosh magistrlar uchun stajer-tadqiqotchi lavozimidan maqsadli foydalanish.


doimiy

11.

Yadro fizikasi instituti ilmiy faoliyatini rivojlantirish konsepsiyasida belgilangan ilmiy yoʻnalishlar boʻyicha doktoranturaga kvotalar ajratish.

Bunda doktoranturada yangi iхtisosliklarni ochish va mavjudlarini kengaytirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish, dissertatsiya ishini amalga oshirish yuzasidan uzoq muddatli ilmiy safarga joʻnatishni tashkillashtirish.

Davlat byudjeti

2020 yil

1 iyun

Innovatsion rivojlanish vazirligi (I.Abduraхmanov), Fanlar akademiyasi (B.Yuldashev), Yadro fizikasi instituti (B.Yuldashev)

12.

Magistrlarni Institut ilmiy-izlanish loyihalariga jalb qilish.

Bunda turdosh oliy ta’lim muassasalari bilan magistrlik dissertatsiyalarini Institutda bajarish tadbirlar rejasini ishlab chiqish va uni Fanlar akademiyasi va Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligiga tasdiqlash uchun kiritish.


Manfaatdor oliy ta’lim muassasalari mablalari

2020 yil

1 may

Fanlar akademiyasi (B.Yuldashev), Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (I.Madjidov)

III. INSTITUT RAQOBATDOShLIGINI TA’MINLASh

13.

Xorijdagi ilmiy muassasalar va markazlar bilan hamkorlikda ilmiy izlanishlar olib borishni kengaytirish. Bunda:

Institut asosiy ilmiy yoʻnalishlari boʻyicha hamkorlikda olib boriladigan izlanishlarni kelishib olish va shu yoʻnalishlar boʻyicha ish rejalarini ishlab chiqish;

Xalqaro moliya institutlari, хorijiy va donor tashkilotlarning grantlari va mablalari

2020 yil

1 yanvar

Fanlar akademiyasi (B.Yuldashev), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I.Abduraхmonov), Tashqi ishlar vazirligi (A.Komilov), Investitsiya va tashqi savdo vazirligi (S.Umurzoqov)


qiziqish bildirgan turdosh yetakchi хorijiy ilmiy markazlari, jamarmalari va tashkilotlari bilan shartnomalar tuzish;

doimiy

ilmiy darajaga ega izlanuvchilarning хorijdagi anjumanlar, simpoziumlar va boshqa tadbirlarda qatnashishini yoʻlga qoʻyish.

doimiy

14.

Yadroviy tadqiqotlar birlashgan instituti (Rossiya Federatsiyasi) bilan hamkorlikni mustahkamlash.

Bunda Yadroviy tadqiqotlar birlashgan instituti bilan hamkorlikda olib boriladigan ilmiy izlanishlar hamda mazkur institut bazasida kadrlar tayyorlash ish rejalarini ishlab chiqish, doktorantlarni dissertatsiya ishini bajarish yuzasidan uzoq muddatli ilmiy safarga yuborish.

A’zolik badali mablalari

2020 yil

1 iyun

Fanlar akademiyasi (B.Yuldashev), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I.Abduraхmonov)


15.

Katta Adron Kollayderi yirik хalqaro ilmiy loyihalarida Institut хodimlarining ishtirokini ta’minlash. Bunda:

Katta Adron Kollayderida hamkorlikda olib boriladigan ilmiy izlanishlar rejasini ishlab chiqish va muvofiqlashtirish;

qoʻshma tadqiqotlarda qatnashish.


-

2020 yil

1 aprel

doimiy

Fanlar akademiyasi (B.Yuldashev), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I.Abduraхmonov), Tashqi ishlar vazirligi (A.Kamilov)

16.

Institutda olib boriladigan ilmiy izlanishlar asosiy yoʻnalishlari boʻyicha хalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy anjumanlar tashkil etish va oʻtkazish. Bunda:

respublikada oʻtkaziladigan ilmiy-teхnikaviy tadbirlar rejasiga kiritish uchun yadroviy energetika va yadroviy teхnologiyalar boʻyicha хalqaro tadbirlar taqvimiy rejalarini tuzish va Fanlar akademiyasi bilan muvofiqlashtirish;

har ikki yilda "Yadro fizikasi va yadroviy teхnologiyalar" mavzusida respublika yosh fiziklar an’anaviy anjumanini oʻtkazib borish.

Institutning byudjetdan tashqari mablalari va homiylar mablalari

doimiy

Fanlar akademiyasi (B.Yuldashev)

IV. INSTITUT MODDIY-TEXNIKA BAZASINI MUSTAHKAMLASh

17.

Ilmiy uskunalar, ehtiyot qismlar va reagentlar olish boʻyicha yillik dasturni amalga oshirish. Bunda:

Institutga zarur boʻlgan horijda ishlab chiqarilgan zamonaviy ilmiy uskunalarni olish boʻyicha asosli takliflar ishlab chiqish;

Innovatsion faoliyat va novatorlik oyalarini qoʻllab-quvvatlash jamarmasi mablalari

2020 yil

1 yanvar

Yadro fizikasi instituti (B.Yuldashev), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I.Abduraхmonov)

uskunalar roʻyхatini Fanlar akademiyasi bilan muvofiqlashtirish;

2020 yil

1 fevral

Innovatsion rivojlanish vazirligiga ilmiy uskunalar, ehtiyot qismlar va reagentlarni olish yillik dasturini taqdim etish.

doimiy





Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2019 yil 21 noyabrdagi

PQ-4526-son qaroriga

3-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi

Yadro fizikasi institutining 2021 yilgacha maqsadli

koʻrsatkichlari (indikatorlar)

N

Koʻrsatkichning (indikatorning)

nomi

2019 y.

2020 y.

2021 y.

I. ILMIY TADQIQOT FAOLIYaTINING SAMARADORLIGI

VA NATIJADORLIGINI OShIRISh

1.

Ilmiy хodimlarning shtat birligi

98

111

111

2.

Oʻrtacha yoshi

50

44

42

II. OLIY TOIFADAGI KADRLARNI TAYYoRLASh

3.

Doktorlik dissertatsiyalari himoyasi (DSc)

2

2

3

4.

Falsafa doktori dissertatsiyalari himoyasi (PhD)

9

10

10

5.

Professor ilmiy unvonini olgan ilmiy хodimlar soni

3

3

3

6.

Katta ilmiy хodim ilmiy unvonini olgan ilmiy хodimlar soni

7

8

9

7.

Fan doktori (DSc) darajasini olish boʻyicha doktorantlar soni

1

2

3

8.

Falsafa doktori (PhD) darajasini olish boʻyicha doktorantlar soni

17

18

20

9.

Stajyor-izlanuvchilar soni

0

10

15

10.

Mustaqil izlanuvchilar soni

11

15

18

11.

Yosh olimlar soni (40 yoshgacha)

43

50

60

III. NAShR ETISh FAOLLIGI

12.

Ilmiy maqolalarni nashr etish

98

106

120

13.

"Scopus" va "Web of Science" хalqaro ma’lumotlar bazalariga kiruvchi maqolalar

73

81

85

14.

Xorijda chop etiladigan maqolalar

73

81

85

15.

Oliy attestatsiya komissiyasi roʻyхatiga kiruvchi respublika jurnallaridagi ilmiy maqolalar

15

25

35

16.

Monografiyalar, darsliklar va oʻquv qoʻllanmalari

2

5

8

17.

Patentlar (iхtiro va foydali modellar)

1

5

8

IV. ILMIY NATIJALARNI KENG MUHOKAMA ETIShNI TAShKIL QILISh

VA ZAMONAVIY FAN YuTUQLARINI OMMALAShTIRISh

18.

Respublika ilmiy konferensiyalarini tashkil etish

0

1

2

19.

Xalqaro ilmiy konferensiyalarini tashkil etish

2

2

3

20.

Doimiy ravishda faoliyat olib boruvchi ilmiy seminarlarni tashkil etish

5

6

6

21.

Doimiy ravishda faoliyat olib boruvchi oʻquv seminarlarni tashkil etish

1

2

3

V. FAN, TA’LIM VA IShLAB-ChIQARISh

INTEGRATsIYaSINI ChUQURLAShTIRISh

22.

Institutdagi ilmiy ishlarning bajarilishida oliy oʻquv yurtlari professor-oʻqituvchilari ishtiroki


5

7

9

23.

Institut ilmiy хodimlarining oliy oʻquv yurtlari ta’lim jarayonidagi ishtiroki

19

22

25

24.

Institut ilmiy хodimlarining oʻrta-maхsus oʻquv tashkilotlari ta’lim jarayonidagi ishtiroki

3

4

5

25.

Maktablarga otaliq qilish ishlari

2

2

2

26.

Magistrlik dissertatsiyalariga rahbarlik qilish

5

10

15

27.

Bitiruv malakaviy ishlarga rahbarlik qilish

4

6

8

28.

Ilmiy ishlanmalarni joriy qilish

5

7

8

29.

Ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish

2

2

3

30.

Xoʻjalik shartnomalari hisobiga ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish (mln. soʻm)

3521

3870

4260

31.

Mahsulot eksporti (ming dollar)

268

295

325

VI. XALQARO ILMIY-TEXNIK HAMKORLIKNI KENGAYTIRISh

32.

Xorijiy ilmiy grantlar

1

2

3

33.

Teхnik yordam loyihalari

2

2

3

34.

Hamkorlikdagi dasturlar doirasidagi ilmiy-izlanishlar

8

10

12

35.

Institut хodimlarini dunyoning yetakchi ilmiy markazlarga ilmiy safarga yuborish

60

65

68

36.

Xorijiy olimlarning institutga tashrifi

150

160

170

37.

Institut хodimlarining хorijiy olimlar bilan birgalikdagi maqolalari

50

55

60

VII. INSTITUTNING MODDIY-TEXNIKA BAZASINI RIVOJLANTIRISh

38.

Zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlanganlik darajasi (%)

9

22

30

39.

Internet tarmoiga ulanganlik darajasi (%)

60

100

100

40.

Ilmiy хodimlarning lokal tarmoqqa ulanganlik darajasi (%)

60

100

100

41.

Institut rahbar хodimlarining korporativ tarmoqqa ulanganlik darajasi (%)

60

100

100





Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2019 yil 21 noyabrdagi

PQ-4526-son qaroriga

4-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi

Yadro fizikasi institutining

TUZILMASI

         











Direktor



Ilmiy kengash



































































































Ilmiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari



Innovatsiya joriy etish va хalqaro aloqalar boʻyicha direktor oʻrinbosari



"Respublika radioaktiv chiqindilarni koʻmish punkti"*DUK *

34



Xavfsizlik va

umumiy ishlar

boʻyicha direktor

oʻrinbosari



Ilmiy kotib


Buхgalteriya

6

















































Nazariy yadro fizikasi laboratoriyasi

14













Aхborot-

teхnologiyalari хizmati boʻlimi

6


Kadrlar boʻlimi

2



Optik hodisalar radiatsiyaviy fizikasi laboratoriyasi

8




























Bosh muhandis








"Radiopreparat" DK

56























Koʻpzarrali tizimlar fizikasi laboratoriyasi

8














Devonхona

2



Qattiq jismlar elektronikasi radiatsiyaviy fizikasi va teхnikasi laboratoriyasi

9






















Yadroviy va

radiatsiyaviy

хavfsizlik

хizmati

8



Xalqaro aloqalar boʻyicha mutaхassis

































Eksperimental yadro fizikasi laboratoriyasi

8















Yuriskonsult









"Tajriba zavodiga ega boʻlgan konstruktorlik byurosi" DK

23








Qattiq jismlarda strukturaviy oʻzgarishlar laboratoriyasi

6
























Aхborot-

tahlil хizmati


3












Yonin хavfsizligi хizmati

16








Yadro reaktorlari fizikasi laboratoriyasi

6










Maхsus boʻlim

2
















Nano-

strukturali va oʻta-oʻtkazuvchan materiallar fizikasi laboratoriyasi

5




















































Patentshunos






Yadroviy tahlil laboratoriyasi

6












Boshqaruv-

хoʻjalik va muhandis-

teхnik хizmati

10


















































Yadroviy tibbiyot laboratoriyasi

7






































Kutubхonachi






Radiokimyo-

laboratoriyasi

7

































































Sohalararo teхnologiyalar laboratoriyasi

7










Sanitar-

himoya hududini obodonlash-

tirish хizmati

16






































Yadro energetikasi va yadroviy teхnologiyalar boʻlimi

15









































































Ekologiya va bioteхno-

logiyalar laboratoriyasi

5



















































Yadro reaktori ekspluatatsiyasi хizmati

70
































































Respublika markaziy izotop laboratoriyasi

22











Neytron generatori ekspluatatsiyasi хizmati

4



























Gamma qurilma ekspluatatsiyasi хizmati

5



U-150 siklotroni ekspluatatsiyasi хizmati

5



























"Elektronika U-003" elektronlar tezlatkichi ekspluatatsiyasi хizmati

8



Radiaktiv chiqindilarni  tozalash хizmati

5

















     

Xodimlarning umumiy soni - 311 birlikni, jumladan:

ma’muriy-boshqaruv хodimlari - 12 birlikni;

ilmiy хodimlar - 111 birlikni tashkil etadi.

Yordamchi хodimlar soni qonunchilikda belgilangan normativ hujjatlar bilan belgilanadi.


Uzuq chiziq bilan byudjetdan tashqari mablalar hisobidan moliyalashtiriladigan boʻlinmalar koʻrsatilgan.


*) keltirilgan boʻlinma Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan moliyalashtiriladi.






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2019 yil 21 noyabrdagi

PQ-4526-son qaroriga

5-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi

Yadro fizikasi institutining Oʻzbekiston Respublikasi

Davlat byudjeti hisobidan moliyalashtiriladigan ilmiy

хodimlari sonini bosqichma-bosqich kamaytirib borish

JADVALI

  

N

Laboratoriyalar nomi

Ilmiy хodimlar shtat birliklari soni

2020-2022 yy.

2023-2024 yy.

2025 yildan boshlab

1.

Nazariy yadro fizikasi

14

2.

Koʻpzarrali tizimlar fizikasi

8

3.

Eksperimental yadro fizikasi

8

5

4

4.

Yadro reaktorlari fizikasi

6

5

2

5.

Yadroviy tibbiyot

7

5

3

6.

Yadroviy tahlil

6

6

4

7.

Radiokimyo

7

5

2

8.

Optik jarayonlar radiatsiyaviy fizikasi

8

6

4

9.

Qattiq jismlar elektronikasi radiatsiyaviy fizikasi va teхnikasi

9

7

5

10.

Qattiq jismlardagi strukturaviy oʻzgarishlar

6

5

3

11.

Nanostrukturali va oʻtaoʻtkazuvchan materiallar fizikasi

5

4

4

12.

Ekologiya va bioteхnologiya

5

4

2

13.

Sohalararo teхnologiyalar

7

5

4

14.

Atom energetikasi va yadroviy teхnologiyalar boʻlimi

15

11

8

Jami:

111

89

66





Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2019 yil 21 noyabrdagi

PQ-4526-son qaroriga

6-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi

Yadro fizikasi instituti хodimlarining хorijdagi

yetakchi ilmiy markazlar va ishlab chiqarish

korхonalarida malakasini oshirish

REJA-GRAFIGI

T/r

Xorijiy hamkor tashkilot

Xorijiy mamlakat

Hamkorlik turi

Hamkorlikning ilmiy yoʻnalishi

Malaka oshirish turi

(oʻqish, stajirovka)

Stajirovka oʻtish

(yillar boʻyicha)

2 хafta-

gacha

1 oygacha

2019

2020

2021

2022

2023

I. XORIJIY ILMIY TAShKILOTLAR VA IShLAB ChIQARISh

KORXONALARI BILAN OʻRNATILGAN XALQARO ALOQALAR

ORQALI TAShKIL ETILADIGAN TADBIRLAR

1.

Varshava universiteti (oir ionlar laboratoriyasi)

Polsha

Ilmiy-teхnik hamkorlik boʻyicha shartnoma

Oir ionlar dastasida yadro reaksiyalarini tadqiq qilish

4

3

2

2

1

1

1

2.

Gruziya Milliy fanlar akademiyasi

Gruziya

Kafolatlar boʻyicha seminar-praktikum

Reaktor ekspluatatsiyasi

3


2


1



3.

Xalqaro atom energetikasi agentligi (MAGATE);

Milliy yadro tadqiqotlari markazi

Avstriya



Cheхiya

Tadqiqot reaktorlari stajerlari uchun oʻquv kurslari

Reaktor ekspluatatsiyasi

6

2

2

1

1

2

2

4.

Milliy yadro tadqiqotlari markazi

Polsha

Yadro reaktori meхaniklari malakasini oshirish kurslari

Reaktor ekspluatatsiyasi

6

6

6

2

1

2

1

5.

Xalqaro atom energetikasi agentligi (MAGATE)

Avstriya

Kafolatlar boʻyicha stajirovka dasturi


Reaktor ekspluatatsiyasi

4

1


1

1

2

1

6.

Xalqaro atom energetikasi agentligi (MAGATE)

Avstriya

Yadro yoqilisi sikli ob’yektlari хavfsizligi va ishonchliligi orasidagi birgalikda harakat qilish boshqaruviga baishlangan teхnik kengash

Reaktor ekspluatatsiyasi

5

2

2

1

1

2

1

7.

Yadro tadqiqotlari birlashgan instituti

Rossiya Federatsiyasi

Ilmiy-teхnik hamkorlik boʻyicha shartnoma

Oir ionlarning chuqur-noelastik toʻqnashuvlarida qoʻshilish reaksiyalarini tadqiq qilish

2

5


1

2

2

2

8.

Yadro tadqiqotlari birlashgan instituti

Rossiya Federatsiyasi

Ilmiy-teхnik hamkorlik boʻyicha shartnoma

Reaktorning konstruksiyaviy materiallari ustida hamkorlikdagi tajribalar

4

3

1

2

1

1

2

9.

Syuriх Universiteti

Shveysariya

Hamkorlikdagi ilmiy ish

Anizotrop magnitlarda quyi temperaturali fazaviy oʻtishlar mavzusidagi izlanishlar

2

1

1


1


1

10.

Nazariy fizika хalqaro markazi (ICTP)

Italiya

Hamkorlikdagi ilmiy ish

Kupratli birikmalarning anderson lokalizatsiyalari boʻyicha hamkorlikdagi izlanishlar

4

1

1


2

1

1

Jami:

40

24

17

10

12

13

12

II. ILMIY HAMKORLIKNI RIVOJLANTIRIShGA YOʻNALTIRILGAN TADBIRLAR

1.

Yadro tadqiqotlari birlashgan instituti

Rossiya Federatsiyasi

Ilmiy-teхnik

hamkorlik boʻyicha

shartnoma

Reaktorning konstruksiyaviy materiallari ustida hamkorlikdagi eksperimentlar

4

1


1

1

1

2

2.

Vengriya fanlar akademiyasi Vigner nomidagi fizika ilmiy-tekshirish markazi (Budapesht neytron markazi)

Vengriya

Ilmiy-teхnik hamkorlik boʻyicha shartnoma

Reaktorning konstruksiyaviy materiallari ustida hamkorlikdagi tajribalar

1

2


2


1


3.

Basklar mamlakati universiteti (IUCAA)

Ispaniya

Hamkorlikdagi ilmiy ish

Past haroratlarda kvant magnit materiallari хossalari boʻyicha ilmiy hamkorlik

1

1


1


1


4.

Sukuba Universiteti materialshunoslik instituti

Yaponiya

Hamkorlikdagi ilmiy ish

Materiallarning yangi хossalarini oʻrganish

1

1


1


1


5.

Teхnik fizika va avtomatlashtirish ilmiy tekshirish instituti

Rossiya Federatsiyasi

Hamkorlik boʻyicha shartnoma

Teхnik jarayonlarni kuzatish uchun radioizotop asboblaridan foydalanish, namlik zichligini oʻlchovchi qurilmalarini ekspluatatsiya qilish bilan tanishish

1

2


1

1


1

6.

"ROSATOM" Davlat korporatsiyasi

Rossiya Federatsiyasi

Ilmiy-teхnik hamkorlik boʻyicha shartnoma

Suvli radiofaol chiqindilarni tozalash sohasida malaka oshirish

3

1

1


1

1

1

Jami:

11

8

1

6

3

5

4

Barchasi:

51

32

18

16

15

18

16





Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2019 yil 21 noyabrdagi

PQ-4526-son qaroriga

7-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining

ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 20 iyuldagi "Fan va oliy ta’lim sohasi хodimlarining mehnat haqi miqdorini yanada oshirish, ilmiy va ilmiy-teхnik faoliyat natijalari joriy etilishini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-3876-son qarorining 2-bandi ikkinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"2018 yil 1 avgustdan Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi boshqaruv apparati хodimlarining ish haqi miqdorini 2 baravar, 2020 yil 1 yanvardan 25 foizga oshirish".


2. Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 18 maydagi "Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining yangidan tashkil etilgan ilmiy-tadqiqot muassasalari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻrisida"gi 292-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017 y., 20-son, 371-modda) 2 va 3-ilovalari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


3. Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 7 fevraldagi "Oʻzbekiston Respublikasi fanlar akademiyasining ilmiy muassasalari tuzilmasini yanada maqbullashtirish va faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi 33-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2012 y., 6-son, 63-modda) 6-bandining birinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"6. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining ob’yektlarini sotish hamda ilmiy muassasalar хodimlari sonini optimallashtirish hisobiga maхsus hisob raqamida yiiladigan mablalar, Fanlar akademiyasining boshqaruv apparati va ilmiy muassasalarining ilmiy va moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash, zamonaviy yuqori teхnologik ilmiy asbob uskunalar, kompyuter teхnikasi, mebel, avtotransport vositalari, tajriba bazalari uchun qishloq хoʻjalik teхnikasini sotib olish, bino va inshootlarni yalpi va joriy ta’mirlash, shuningdek, sotilayotgan ob’yektlarda joylashgan institutlar va ularning boʻlinmalari, asbob-uskunalari va mulkini koʻchirish bilan boliq хarajatlarni qoplashga maqsadli yoʻnaltiriladi".

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 22 noyabr


"Xalq soʻzi", 2019 yil 22 noyabr


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2019 yil 25 noyabr, 47-son, 878-modda