Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 21.11.2019 y. 927-son "Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 14 noyabrdagi 510-son qarori bilan tasdiqlangan Geodeziya va kartografiya faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

21.11.2019 y.

N 927




VAZIRLAR MAHKAMASINING

2003 YIL 14 NOYaBRDAGI 510-SON QARORI

BILAN   TASDIQLANGAN   GEODEZIYa   VA

KARTOGRAFIYa FAOLIYaTINI LITsENZIYaLASh

TOʻRISIDAGI NIZOMGA OʻZGARTIRIShLAR

KIRITISh TOʻRISIDA


Geodeziya va kartografiya faoliyatini soddalashtirish, shuningdek, biznes yuritish sharoitlarini yaхshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 14 noyabrdagi 510-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003 y., 11-son, 119-modda) bilan tasdiqlangan Geodeziya va kartografiya faoliyatini litsenziyalash toʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi A.D. Vaхabov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi raisi A.X. Abdullayev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                              A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2019 yil 21 noyabrdagi

927-son qaroriga

ILOVA



Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 14 noyabrdagi

510-son  qarori  bilan  tasdiqlangan  Geodeziya  va

kartografiya faoliyatini litsenziyalash toʻrisidagi

nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar


1. 8-bandning uchinchi хatboshidagi "uch yil" soʻzlari "ikki yil" soʻzlari bilan almashtirilsin.


2. 23-banddagi "uch kun" soʻzlari "bir kun" soʻzlari bilan almashtirilsin.


3. 33-bandda:

uchinchi хatboshi chiqarib tashlansin;

toʻrtinchi - yettinchi хatboshilar tegishli ravishda uchinchi - oltinchi хatboshilar deb hisoblansin.


4. 2-ilovaning "Bajarish muddatlari" ustuni "5-bosqich" pozitsiyasidagi "3 kun davomida" soʻzlari "1 kun davomida" soʻzlari bilan almashtirilsin.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 22 noyabr