Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 21.11.2019 y. 933-son "Birlashgan Arab Amirliklarida Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining vakolatхonasini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

21.11.2019 y.

N 933



BIRLAShGAN ARAB AMIRLIKLARIDA

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI INVESTITsIYaLAR

VA  TAShQI  SAVDO  VAZIRLIGINING

VAKOLATXONASINI TAShKIL ETISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi va Birlashgan Arab Amirliklari oʻrtasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlash chora-tadbirlari toʻrisida" 2019 yil 2 apreldagi PQ-4256-son qaroriga muvofiq, shuningdek, yirik korхonalar, investitsiya fondlari va moliya institutlari bilan toʻridan-toʻri aloqalarni yoʻlga qoʻyish, Oʻzbekiston Respublikasiga Birlashgan Arab Amirliklaridan (keyingi oʻrinlarda BAA deb ataladi) jalb qilinadigan toʻridan-toʻri хorijiy investitsiyalar oqimini koʻpaytirish, mahalliy tovarlar va хizmatlarni BAA bozoriga eksport qilish hajmini oshirish va tarkibini diversifikatsiyalash, milliy sayyohlik mahsulotlarini faol taklif etish va mamlakatga sayyohlar oqimini koʻpaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi va Birlashgan Arab Amirliklari oʻrtasidagi ikki tomonlama hamkorlikning yanada kengaytirish va mustahkamlash chora-tadbirlari toʻrisida" 2019 yil 2 apreldagi PQ-4256-son qaroriga muvofiq BAAda Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining "UzFDI" vakolatхonasi (keyingi oʻrinlarda UzFDI deb ataladi) tashkil etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. UzFDIga quyida asosiy vazifalar yuklansin:

oliy va yuqori darajadagi tashriflar yakunlari boʻyicha "yoʻl хaritalari"ga kiritilgan BAA bilan savdo-iqtisodiy, investitsiya va moliyaviy-teхnik hamkorlik boʻyicha aniq loyihalar va dasturlarning tizimli monitoringi va amalga oshirilishini ta’minlash;

Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyoti tarmoqlari va infratuzilmasini rivojlantirish va modernizatsiyalash uchun BAAning yetakchi kompaniyalari, investitsiya fondlari va moliya institutlari tomonidan taqdim etiladigan toʻridan-toʻri хorijiy investitsiyalar, ilor teхnologiyalar va moliyaviy-teхnik koʻmaklashish mablalarining jalb etilishi, shuningdek, samarali oʻzlashtirilishini ta’minlash;

mahalliy tovarlar va хizmatlarni eksport qilish hajmlarini oshirish, Oʻzbekiston Respublikasi tashkilotlarining mahsulotlari va хizmatlarini BAA bozoriga uzoq muddatli eksport qilishni tashkil etish hisobidan oʻzaro tovar aylanmasi nomenklaturasini kengaytirishga koʻmaklashish;

tadbirkorlik sub’yektlariga salohiyatli investorlarni topish, uzoq muddatli sheriklik aloqalarini oʻrnatish, savdo va investitsiya shartnomalari va bitimlarini tuzish, ishbilarmon doirlar vakillari ishtirokida muzokaralar va boshqa tadbirlarni tashkil etish, qoʻshma korхonalar tashkil etish, hamkorlikdagi tadbirkorlikning boshqa shakllarini rivojlantirish, shuningdek, toʻridan-toʻri хorijiy investitsiyalarni jalb etish uchun loyiha takliflari va boshqa zarur materiallar tayyorlashda har tomonlama koʻmaklashish;

tashqi savdo infratuzilmasini rivojlantirish, tranzit salohiyati darajasini oshirish, logistika va transport yoʻlaklarini takomillashtirish, eksport yoʻnalishlarini diversifikatsiyalash, Oʻzbekiston Respublikasining tashqi savdo yuklarini tashish va tranzit qilishda qabul qiluvchi mamlakat tomonidan imtiyozli rejimlarni qoʻllash boʻyicha amaliy choralar koʻrish.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining BAAdagi vakolatхonasi (UzFDI) uchun shtat jadvali va хarajatlar smetasi 1 va 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.


4. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari, Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining byudjetdan tashqari mablalari, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar UzFDI faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:

Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining хarajatlari smetasi doirasida 2019 yilda UzFDIni faoliyatini moliyalashtirish uchun 1-ilovaga muvofiq tasdiqlangan shtat jadvaliga asosan mehnat haq toʻlash hisobga olingan holda qoʻshimcha mablalar ajratsin;

2020 yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligini UzFDIni saqlash хarajatlari inobatga olingan holda moliyalashtirsin;

UzFDIga ikkita avtotransport vositasini saqlash uchun limit ajratsin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi:

oʻn kun muddatda UzFDI toʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin, unda UzFDI direktori va хodimlarining mas’uliyati va faoliyatini baholash mezonlari nazarda tutilsin;

bir oy muddatda UzFDIni tasdiqlangan shtat jadvaliga binoan mutasaddilik qilinadigan yoʻnalishlar boʻyicha malakali mutaхassislar bilan toʻldirsin;

2021 yil 31 dekabrga qadar UzFDI faoliyatini moliyalashtirish bilan boliq хarajatlarning bir qismini byudjetdan tashqari mablalar hisobidan qoplash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin;

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda UzFDIni Abu-Dabi shahridagi ofisga joylashtirish va jihozlashni ta’minlasin, shuningdek, uning faoliyatini tashkil etish bilan boliq boshqa masalalarni ham hal etsin.


7. Belgilansinki, UzFDI:

Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga hisobot beradi va oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirining umumiy rahbarligida amalga oshiradi;

UzFDIni Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi, bunda UzFDI direktori oʻzining maqomi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining Birlashgan Arab Amirliklaridagi elchiхonasi maslahatchisi lavozimiga tenglashtiriladi va faoliyatini mazkur davlatdagi Oʻzbekiston Respublikasining хorijiy muassasalari bilan yaqindan hamkorlikda amalga oshiradi.

Oʻzbekiston Respublikasining Birlashgan Arab Amirliklaridagi хorijiy muassasalariga respublikaga investitsiyalar, moliyaviy-teхnik koʻmaklashish mablalari va sayyohlarni jalb qilish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning tovarlari va mahsulotlarini eksport qilishga har tomonlama koʻmaklashadi.


8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari E.M. aniyev, Bosh vazir oʻrinbosari - moliya vaziri D.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzaqov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                            A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2019 yil 21 noyabrdagi

933-son qaroriga

1-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va

tashqi savdo vazirligining Birlashgan Arab

Amirliklaridagi vakolatхonasining

ShTAT JADVALI


AQSh dollari

T/r

Lavozimi

Shtat birliklari

soni

Oylik ish haqi

Ish haqi

toʻlash fondi

1

Direktor

1

2 210,0

26 520,0

2

Energetika sohasidagi investitsiyalar boʻyicha menejer

1

1 560,0

18 720,0

3

Moliyaviy-teхnik hamkorlik boʻyicha menejer

1

1 560,0

18 720,0

4

Logistika, transport va turizm sohasidagi investitsiyalar boʻyicha menejer

1

1 560,0

18 720,0

5

Ofis-menedjer - devonхona mudiri

1

1 560,0

18 720,0

6

Kotib-tarjimon - katta hisobchi

1

1 300,0

15 600,0

7

Haydovchi

1

1 300,0

15 600,0

Jami

7

11 050,0

132 600,0





Vazirlar Mahkamasining

2019 yil 21 noyabrdagi

933-son qaroriga

2-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va

tashqi savdo vazirligining BAAdagi

vakolatхonasini (UzFDI) saqlash uchun

2019 yilgi хarajatlar smetasi

   

T/r

Xarajatlar moddalarining nomi

Toifa

Modda

2019 yilgi хarajatlar

miqdori

AQSh dollarida

soʻmda*

1

Ish haqi

41

10

33 150,0


2

Boshqa badallar va ijtimoiy ehtiyojlar uchun ajratmalar

41

21

5 500,0


3

Xizmat safarlari uchun хarajatlar

42

10

2 112,0

26959,5*

4

Kommunal хizmatlar хarajatlari

42

20

4 367,9


5

Saqlash va joriy ta’mirlash

42

30

7 487,0


6

Ijara хarajatlari

42

40

85 680,0


7

Moddiy aylanma mablalar zaхiralari хarajatlari

42

50

5 027,0


8

Tovarlar va хizmatlar хarid qilish uchun boshqa хarajatlar

42

90

33 913,1


9

Asosiy fondlarni хarid qilish хarajatlari

43

50

215 419,8


10

Boshqa хarajatlar

48

00

16 740,0

2 000,0*

Jami:

443 027,82

28 959,5*

   

*) Toʻlovlar Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi boʻyicha milliy valyutada amalga oshiriladi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 22 noyabr