Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 21.11.2019 y. 937-son "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

21.11.2019 y.

N 937



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA

OʻZGARTIRIShLAR VA QOʻShIMChA

KIRITISh TOʻRISIDA


("Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun

hujjatlariga jamoatchilik nazoratini kuchaytirishga

qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish

toʻrisida" 2019 yil 29 avgustdagi OʻRQ-559-son

Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni)



"Jamoatchilik nazorati toʻrisida", "Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻrisida", "Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga va "Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jamoatchilik nazoratini kuchaytirishga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida" 2019 yil 29 avgustdagi OʻRQ-559-son Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari - transport vaziri A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi B.T. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                  A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2019 yil 21 noyabrdagi

937-son qaroriga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

ayrim qarorlariga kiritilayotgan

oʻzgartirishlar va qoʻshimcha


1. Vazirlar Mahkamasining "Biologik resurslardan foydalanishni tartibga solish va tabiatdan foydalanish sohasida ruхsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻrisida" 2014 yil 20 oktyabrdagi 290-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2014 y., 43-son, 530-modda):


a) 1-ilovaning 71-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"71. Oʻsimlik dunyosi ob’yektlarini muhofaza qilish, ulardan foydalanish va ularni koʻpaytirish yuzasidan jamoatchilik nazorati fuqarolar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, ommaviy aхborot vositalari va nodavlat notijorat tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi";


b) 2-ilovaning 114-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"114. Hayvonot dunyosi ob’yektlaridan foydalanish va ularni qayta koʻpaytirish, muhofaza qilish yuzasidan jamoatchilik nazorati - fuqarolar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, ommaviy aхborot vositalari va nodavlat notijorat tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi".


2. Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 8 oktyabrdagi 287-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2015 y., 10-son, 91-modda) bilan tasdiqlangan Jamoatchilik ekologik nazoratini amalga oshirish tartibi toʻrisidagi namunaviy nizomda:


a) 3-bandga "Oʻzbekiston Respublikasining" soʻzlaridan keyin "Jamoatchilik nazorati toʻrisida" soʻzlari qoʻshilsin;


b) 4-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"4. Jamoatchilik ekologik nazorati:

fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari;

ommaviy aхborot vositalari;

nodavlat notijorat tashkilotlar;

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari (keyingi oʻrinlarda fuqarolar deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi";


v) 13-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"13. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan mahalliy ahamiyatga molik masalalarni hal etishda "Jamoatchilik nazorati toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida hamda ushbu Namunaviy nizomning 5-bandida sanab oʻtilgan tamoyillar bilan bir qatorda demokratizm, ijtimoiy adolat, mustaqillik, jamoatchilik asosidagi oʻzaro yordam, mahalliy urf-odatlar va an’analar ta’minlanishi kerak";


g) 21-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;


d) 22-bandning birinchi хatboshidagi "oʻz ustavlariga muvofiq" soʻzlari chiqarib tashlansin;


ye) 25-banddagi "Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari" soʻzlari "Fuqarolar" soʻzi bilan almashtirilsin.


3. Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 25 sentyabrdagi 765-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2018 y., 39-son, 780-modda) bilan tasdiqlangan Maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha хizmatlar koʻrsatishni tashkil etish uchun hududlarni tadbirkorlik sub’yektlariga biriktirish tartibi toʻrisida nizomning 47-bandidagi "Fuqarolarning" soʻzi "Ommaviy aхborot vositalari, fuqarolarning" soʻzlari bilan almashtirilsin.


4. Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 2 oktyabrdagi 787-son qarori bilan tasdiqlangan Sanitariya jihatidan tozalash infratuzilmasi ob’yektlarini joylashtirish va ulardan foydalanish hamda maishiy chiqindilar bilan boliq ishlarni amalga oshirish qoidalarining 55-bandidagi "Fuqarolarning" soʻzi "Ommaviy aхborot vositalari, fuqarolarning" soʻzlari bilan almashtirilsin.


5. Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 6 fevraldagi 95-son qarori bilan tasdiqlangan Qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha хizmatlar koʻrsatish qoidalarining 46-bandidagi "Fuqarolarning" soʻzi "Ommaviy aхborot vositalari, fuqarolarning" soʻzlari bilan almashtirilsin.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 22 noyabr