Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 07.07.2004 y. 320-son "2004 yilgi XXVIII yozgi Olimpiada oʻyinlari sovrindorlari boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi sportchilariga bir martalik mukofotlarni toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

07.07.2004 y.

N 320



2004 YILGI XXVIII YoZGI OLIMPIADA

OʻYINLARI SOVRINDORLARI BOʻLGAN OʻZBEKISTON

RESPUBLIKASI SPORTChILARIGA BIR MARTALIK

MUKOFOTLARNI TOʻLASh TARTIBI TOʻRISIDAGI

NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi sportchilarining Afina shahri (Gretsiya)da oʻtkaziladigan 2004 yilgi XXVIII yozgi Olimpiada oʻyinlarida munosib ishtirok etishini ta’minlash toʻrisida" 2004 yil 7 iyundagi 261-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. 2004 yilgi XXVIII yozgi Olimpiada oʻyinlari sovrindorlari boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi sportchilariga bir martalik mukofotlarni toʻlash tartibi toʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki XXVIII yozgi Olimpiada oʻyinlari sovrindorlari boʻlgan respublika sportchilariga belgilangan bir martalik pul mukofotlarini mazkur qaror bilan tasdiqlangan Nizomga qat’iy muvofiq ravishda hisoblash va toʻlashni amalga oshirsinlar.


3. Respublika sportchilariga pul mukofotlarini toʻlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki XXVIII yozgi Olimpiada oʻyinlarida oltin, kumush va bronza medallariga sazovor boʻlgan sportchilarga jismoniy shaхslar uchun depozit valyuta hisob raqamlari ochsin.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari R.S. Azimov va A.A. Azizхoʻjayev zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                             I. Karimov



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2004 yil, 27-son, 316-modda.