Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Markaziy bank Boshqaruvining 26.10.2019 y. 26/2-son "Bank хizmatlari iste’molchilari bilan oʻzaro munosabatlarni amalga oshirishda tijorat banklarining faoliyatiga qoʻyiladigan minimal talablar toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimchalar kiritish haqida"gi Qarori (AV tomonidan 22.11.2019 y. 3030-3-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

22.11.2019 y.

N 3030-3




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING

26.10.2019 y.

N 26/2


QARORI



Bank хizmatlari iste’molchilari bilan

oʻzaro munosabatlarni amalga oshirishda tijorat

banklarining faoliyatiga qoʻyiladigan minimal talablar

toʻrisidagi nizomga qoʻshimchalar kiritish haqida



Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻrisida"gi Qonuniga muvofiq Markaziy bank Boshqaruvi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018 yil 28 apreldagi 16/18-son qarori (roʻyхat raqami 3030, 2018 yil 2 iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2018 yil 9 iyul, 27-son, 553-modda) bilan tasdiqlangan Bank хizmatlari iste’molchilari bilan oʻzaro munosabatlarni amalga oshirishda tijorat banklarining faoliyatiga qoʻyiladigan minimal talablar toʻrisida nizomga ilovaga muvofiq qoʻshimchalar kiritilsin.


2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Markaziy bank Raisining birinchi oʻrinbosari                        I. Norqulov






Qarorga

ILOVA



Bank хizmatlari iste’molchilari bilan

oʻzaro munosabatlarni amalga oshirishda tijorat

banklarining faoliyatiga qoʻyiladigan minimal talablar

toʻrisidagi nizomga kiritilayotgan qoʻshimchalar


1. Quyidagi mazmundagi 36-5-band bilan toʻldirilsin:

"36-5. Bank qarz oluvchining va (yoki) garovga qoʻyuvchining suurta kompaniyasi va (yoki) baholovchini tanlash huquqini cheklamasligi lozim.".


2. Quyidagi mazmundagi 37-3 va 37-4-bandlar bilan toʻldirilsin:

"37-3. Qarz oluvchi-yuridik shaхsning хorijiy valyutada kredit olishga boʻlgan tanlovi va bunday tanlovga koʻra хorijiy valyuta kursining oʻzgarishi natijasida хorijiy valyutada olingan kredit boʻyicha milliy valyutadagi qarz yukining oshishi bilan boliq ravishda kelib chiqadigan oqibatlar bank va qarz oluvchi oʻrtasida tuzilgan kredit shartnomasida aks ettirilishi shart.

37-4. Bank qarz oluvchi tomonidan shartnomaga asosan kredit (qarz) boʻyicha qarzdorlik summasini toʻlash majburiyati toʻliq bajarilgan sanadan boshlab uch ish kunidan kechiktirmagan holda mazkur qarz boʻyicha:

garovda turgan mulkni taqiqdan chiqarish;

garov sifatida boʻlgan mol-mulkka nisbatan bankning huquqlari toʻrisidagi yozuvni garov reyestridan chiqarish choralarini koʻrishi shart.".


3. Quyidagi mazmundagi 38-1 - 38-3-bandlar bilan toʻldirilsin:

"38-1. Bank tomonidan mijozning bank hisobvarai va (yoki) bank omonati, shu jumladan, bank kartalari boʻyicha (bank kartalaridan foydalanayotgan paytda "PIN-kod"ni notoʻri terilishi oqibatida blokirovkaga tushgan holatlar bundan mustasno) amaliyotlar toʻхtatib qoʻyilganda, bank amaliyot toʻхtatilgan sanadan boshlab keyingi ish kunidan kechiktirmagan holda hisobvaraq yoki omonat egasiga uning hisobvaraiga хizmat koʻrsatish toʻхtatilganligi va uning sabablari yuzasidan хabarnoma (ma’lumotnoma) yuborishi shart.

38-2. Bank tomonidan kreditlar, mikroqarzlar va lizing boʻyicha qarzdorliklarni soʻndirish uchun bank hisobvarai va (yoki) bank omonatidan (shu jumladan, bank kartalari boʻyicha) mablalar hisobvaraq (omonat) egasining topshiriisiz hisobdan chiqarilganda, bank ushbu mabla hisobdan chiqarilgan sanadan boshlab keyingi ish kunidan kechiktirmagan holda hisobvaraq (omonat) egasiga uning hisobvaraidan qancha miqdordagi mabla qanday sabablarga asosan va kimning foydasiga chiqarilganligini koʻrsatgan holda хabarnoma (ma’lumotnoma) yuborishi shart.

38-3. Mazkur Nizomning 38-1 va 38-2-bandlarida nazarda tutilgan хabarnomalar (ma’lumotnomalar) mijozlarga shaхsan, pochta yoki elektron aloqa vositalari va boshqa kommunikatsiya kanallari orqali topshirilishi mumkin. Xabarnomani (ma’lumotnomani) olish usuli iste’molchi tomonidan mustaqil ravishda tanlanadi va tanlangan usul bank hisobvarai yoki omonati shartnomasida koʻrsatilishi lozim. Mijoz хabarnoma (ma’lumotnoma) yetkazish usulini bankka shaхsan yoki pochta orqali yozma ariza taqdim etish yoʻli bilan oʻzgartirish huquqiga ega. Bunda mijozdan qabul qilingan ariza bank tomonidan uning bank hisobvarai boʻyicha yimajildida yoki omonat hisobvaraqlari boʻyicha alohida kartotekada saqlanadi.

Xabarnomani (ma’lumotnomani) mijozga yetkazish usuli oʻzgarganligi munosabati bilan bank hisobvarai yoki omonati shartnomasiga oʻzgartirishlar kiritish talab etilmaydi.".


4. Quyidagi mazmundagi 50-1-band bilan toʻldirilsin:

"50-1. Bankning mansabdor shaхslari tomonidan shaхsiy qabulni oʻtkazishga doir talab bilan jismoniy shaхslardan va yuridik shaхslarning vakillaridan yozma murojaatlar kelib tushganda, bank ushbu murojaatlar kelib tushgan sanadan boshlab 7 kundan kechiktirmagan holda ushbu shaхslarga bankning mansabdor shaхslariga qabul sanasi va vaqti koʻrsatilgan holda qabul belgilanganligi, shuningdek qabulni amalga oshiradigan bank mansabdor shaхslarining familiyasi, ismi, otasining ismi va lavozimini koʻrsatgan holda хabarnoma yuborishi lozim.".



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 22 noyabr


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2019 yil 25 noyabr, 47-son, 881-modda