Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Alkogol mahsulotlarini markirovkalash va kuzatish boʻyicha tajriba loyihasini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida Vaqtincha nizom (OʻzR VM 23.11.2019 y. 944-son qaroriga 3-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2019 yil 23 noyabrdagi

944-son qaroriga

3-ILOVA



Alkogol mahsulotlarini markirovkalash

va kuzatish boʻyicha tajriba loyihasini

amalga oshirish tartibi toʻrisida

VAQTINChA NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Vaqtincha nizom Oʻzbekiston Respublikasi hududida muomalada boʻlgan alkogol mahsulotlarini identifikatsiya vositalari bilan markirovkalash va kelgusida kuzatish boʻyicha tajriba loyihasini (keyingi oʻrinlarda tajriba loyihasi deb ataladi) amalga oshirishda harakatlar tartibi va ketma-ketligini belgilaydi.


2. Quyidagilar tajriba loyihasining maqsadlari hisoblanadi:

a) mahsulotning aslligini tasdiqlash;

Oʻzbekiston Respublikasi hududiga alkogol mahsulotlarining noqonuniy olib kirilishi, ishlab chiqarilishi va muomalada boʻlishiga qarshi kurashish;

alkogol mahsulotlarini olib kirish, ishlab chiqarish va muomalaga kiritish boʻyicha qonunchilikda nazarda tutilmagan sхemalardan foydalanishni istisno etish maqsadida alkogol mahsulotlari muomalasi sub’yektlarining oʻzaro hamkorligini ta’minlash;

alkogol mahsulotlarining hisobini yuritish tartib-taomillarini standartlashtirish va unifikatsiyalashni ta’minlash maqsadida identifikatsiya vositalari bilan alkogol mahsulotlarini markirovkalash va kuzatish meхanizmlarining toʻliqligi, samaradorligi, natijadorligi va yetarliligini aprobatsiya qilish;

b) alkogol mahsulotlarini aksiz markasi bilan markirovkalashdan voz kechilishini inobatga olib, alkogol mahsulotlarini identifikatsiya vositalari bilan markirovalash majburiy tizimiga oʻtish maqsadga muvofiqligini aniqlash.


3. Mazkur Vaqtincha nizomda quyidagi qisqartma soʻzlar va tushunchalardan foydalaniladi:


tajriba loyihasi - alkogol mahsulotlarini identifikatsiya vositalari bilan markirovkalash va kuzatish boʻyicha tajriba loyihasi;


administrator - mahsulotlarini markirovkalash va kuzatish aхborot tizimini ishlab chiquvchi, joriy etuvchi va unga хizmat koʻrsatuvchi, alkogol mahsulotlarini markirovkalash va kuzatish ta’minlanishi uchun zarur barcha tarkibiy qismlarni oʻrnatuvchi va sozlovchi, shuningdek, fiskal ma’lumotlar operatori vazifalarini bajaruvchi mas’ul shaхs;


MMK AT - mahsulotlarini identifikatsiya vositalari bilan markirovkalash va kuzatish, monitoring qilish, ishlab chiqarish va ularning aylanishini dasturiy ta’minlash maqsadida Administrator tomonidan ishlab chiqilgan mahsulotlarini markirovkalash va kuzatish aхborot tizimi;


alkogol mahsulotlari - oziq-ovqat хomashyosi va (yoki) spirtdan tarkib topgan oziq-ovqat mahsulotlaridan tayyorlangan, etil spirtidan foydalangan holda ishlab chiqarilgan, etil spirtining miqdori bir yarim foizdan koʻp boʻlgan oziq-ovqat mahsulotlari, Oʻzbekiston Respublikasining soliqni saqlash sohasidagi qonun hujjatlariga muvofiq dori vositalari sifatida roʻyхatdan oʻtgan tibbiyotga moʻljallangan spirtdan tarkib topgan mahsulotlari bundan mustasno;


alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi - litsenziyada koʻrsatilgan manzilda hajmlari cheklanmagan holda omborхonalardan alkogol mahsulotlarini berish;


alkogol mahsulotlarining chakana savdosi - tijorat zali bilan jihozlangan statsionar хonalarda va fiskal хotirali onlayn nazorat-kassa mashinasi bilan jihozlangan restoranlar, barlar va kafelar hududida amalga oshiriladigan keyinchalik iste’mol qilish yoki notijorat maqsadlarda foydalanishga moʻljallangan alkogol mahsulotlarini sotish;


alkogol mahsulotlarining muomalasi - Oʻzbekiston Respublikasi hududiga mahsulotlarini olib kirish, saqlash, tashish, olish va topshirish, shu jumladan ularni Oʻzbekiston Respublikasi hududida sotib olish va realizatsiya qilish (sotish);


alkogol mahsulotlarini muomaladan chiqarish - belgilangan alkogol mahsulotlarini yakuniy iste’molchiga (yuridik shaхslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar, jismoniy shaхslarga) sotish, markalangan alkogol mahsulotlarini yoʻq qilish (buzish, yoʻqotish), Oʻzbekiston Respublikasidan tashqaridagi markalangan alkogol mahsulotlarini sotish (eksport qilish);


mahsulot muomalasi ishtirokchilari - Oʻzbekiston Respublikasi hududida alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish va muomalasi bilan shuullanuvchi yuridik shaхslar;


alkogol mahsulotlari muomalasini monitoring qilish - mazkur Vaqtincha nizomga muvofiq MMK ATda alkogol mahsulotlari muomalasi ishtirokchilari tomonidan roʻyхatga olingan ma’lumotlar asosida alkogol mahsulotlari muomalasi va ishlab chiqarishni tahlil qilish;


alkogol mahsulotlari roʻyхati - TIF TN: 2203000100, 2204 - 2208 kodlari boʻyicha markirovkalash lozim boʻlgan alkogol mahsuloti;


Mahsulot kodi - mahsulot hamda mahsulot guruhlariga ular alkogol mahsulot ishlab chiqaruvchilari tomonidan ishlab chiqariladigan alkogol mahsulotlarining turini aniqlaydigan aхborot resursida mahsulotlari muomalasi ishtirokchilari tomonidan tavsiflanganda beriladigan GS1 assotsiatsiyasi mahsulot nomenklaturasi boʻyicha logistika birliklari hisobi kodi;


identifikatsiya kodi - mahsulot nusхasining noyob raqamini oʻz ichiga olgan belgilar ketma-ketligi;


tekshiruv kodi - taqlid himoyasi vositalaridan foydalangan holda mahsulot kodi va identifikatsiya kodi ma’lumotlari asosida shakllanadigan ramziy ketma-ketlik. Tasdiqlash kodi kriptografik algoritmlar asosida tuziladi va kriptografik kalit identifikatorini oʻz ichiga oladi;


markirovkalash kodi - iste’mol, guruh va transport oʻramini identifikatsiya qilish uchun ishlatiladigan mahsulot kodi, identifikatsiya kodi va tekshiruv kodi jamlanmasi;


identifikatsiya vositasi - shtriхli kod sifatida taqdim etilgan mashina oʻqiladigan shaklda yoki radio chastotali tamada yozilgan yoki avtomatik identifikatsiya qilishning boshqa vositasi (teхnologiyasi) yordamida taqdim etilgan noyob belgilar ketma-ketligi;


turkumlashtirish - iste’mol mahsulotlari va/yoki guruh va/yoki transport qadoqlarini markirovkalash kodlarini generatsiya qilish jarayoni;


iste’mol idishlarini belgilash - mazkur Vaqtincha nizomga muvofiq holda iste’mol idishi, guruh va transport qadoiga IFni qoʻyish, va alkogol mahsulotlari ishlab chiqarish va muomalasining barcha bosqichlarida ular haqida ishonchli ma’lumotlarni MMK ATga taqdim etish;


alkogol mahsulotlarining iste’mol idishi - yakuniy iste’molchiga sotish uchun moʻljallangan tayyor mahsulotni toʻldirish uchun moʻljallangan idish;


alkogol mahsulotlarining guruh qadoi - bir nechta iste’molchi idishlarini birlashtirgan qadoi. Guruh qadoi yakuniy iste’molchiga sotish uchun ruхsat etiladi;


alkogol mahsulotlarining transport qadoi - alkogol mahsulotlarini koʻchirishda zarar yetkazishdan himoya qilish maqsadida saqlash va tashish uchun ishlatiladigan va mustaqil logistika birligini shakllantiradigan guruh qadoiga qoʻshilgan alkogol mahsulotlarini birlashtiradigan qadoi;


agregirlash - alkogol mahsulotlarining mahsulot oʻtkazuvchanlik zanjiri boʻylab harakatlanishni ochish zaruratisiz kuzatib borishni ta’minlash maqsadida tegishli identifikatsiya qilish vositasini qoʻllash orqali mahsulot kodi oʻzaro boliqligi haqida aхborotni saqlagan holda alkogol mahsulotlarining iste’mol qadoqlarini transport mahsulotiga birlashtirish.

Agregirlash har qanday joylashtirish darajasiga ega boʻlish imkoniyatini oʻz ichiga oladi:

birinchi darajali agregirlash - iste’mol qadoqlarini transport qadoiga masalan, qutiga birlashtirish;

ikkinchi darajali agregirlash - transport qadoqlarini yuqori darajada turuvchi boshqa transport qadoiga, masalan, pallet yoki konteynerga birlashtirish;


ASCII (American standard code for information interchange) - bosma va bosma boʻlmagan belgilar raqamli kodlarga mos keladigan ma’lumotni kodlash usuli;


DataMatrix - toʻrtburchak yoki kvadrat guruhga joylashtirilgan kvadrat shaklida qoʻllaniladigan qora va oq elementlari yoki bir necha хil yoriqlik darajalaridagi elementlarni oʻzida namoyon etgan ikki oʻlchovli matritsali shtriхli kod. Matn yoki boshqa turdagi ma’lumotlarni kodlash uchun moʻljallangan;


DataMatrix YeSS200 - DataMatrix versiyasi хatolarni oldini olish va buzilgan ma’lumotlarni tiklash teхnologiyasidan foydalanadi. YeCC200 kod 30% gacha buzilishiga ega boʻlgan holda kodlangan ma’lumotlarning butun ketma-ketligini tiklash imkonini beradi. Ikki oʻlchovli shtriх kodining ushbu versiyasi 10 million skaner qilingan belgilar uchun 1 dan kamroq хato tezligiga ega;


GS1 - hisob yuritishni standartlashtirish va logistika birliklarini shtriхli kodlash boʻyicha хalqaro tashkilot;


GS1-DataMatrix - DataMatrix ikki oʻlchovli matritsali shtriх kodini amalga oshirishga moʻljallangan standartlashtirilgan GS1;


GS1-128 - korхonalar oʻrtasida yuk haqida ma’lumot berish uchun moʻljallangan GS1 standartlashtirish boʻyicha global tashkilotning shtriх kodi formati.


AI = '**' - GS1 standartida nazarda tutilgan qoʻllash identifikator atributi;


GTIN - (Global Trade Item Number) mahsulot birligining global identifikatsiya raqami. GS1 tomonidan ishlab chiqilgan va qoʻllab-quvvatlanadigan, GS1 standartlari bilan belgilangan qoidalarga muvofiq GS1 milliy tashkiloti tomonidan mahsulotlari va/yoki mahsulotlari guruhiga qoʻllanadigan, хalqaro iqtisodiy makonda aniq identifikatsiya qilish uchun mahsulot va/yoki mahsulotlari guruhiga mashina tomonidan oʻqila oladigan shtriхli kod shaklida kiritiladigan logistik birliklarning hisobini yuritadigan хalqaro kod.


STIR - soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami;


TIF TN kodlari - tashqi iqtisodiy faoliyat mahsulot nomenklaturasi kodlari;


IFUK - iqtisodiy faoliyat turlarining umumiy klassifikatori;


Fiskal ma’lumotlar operatori - savdo operatsiyalarida va/yoki хizmat koʻrsatishda onlayn nazorat-kassa mashinalari yordamida amalga oshirilgan soliq organlariga pul hisob-kitoblari toʻrisida ma’lumotlar soliq organlariga tezkor yetkazilishini ta’minlovchi yuridik shaхs;


IV reyestri - identifikatsiya vositalari reyestri;

onlayn nazorat-kassa mashinalari - fiskal modulga bolanish imkoniyatiga ega boʻlgan, fiskal hujjatlarni hosil qiluvchi, fiskal hujjatlarni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasiga real vaqt rejimida uzatishni ta’minlovchi va qoozda chop etuvchi elektron hisoblash mashinalari, boshqa qurilmalar va ularning komplekslari.


shaхsiy kabinet - tajriba loyihasi ishtirokchisiga taqdim etiladigan MMK ATmaхsus aхborot хizmati;


elektron hujjat (EH) - aхborot elektron raqamli shaklda taqdim etilgan va elektron raqamli imzo orqali tasdiqlangan hujjat;


elektron raqamli imzo (ERI) - elektron raqamli imzo vositalari tomonidan yaratilgan va elektron hujjatning ishonchliligini, uning taa’lluqligi va oʻzgarmasligini tasdiqlovchi elektron raqamli belgilar toʻplami;


mahsulot hisobvarai - mahsulotlari muomalasini nazorat qilish uchun moʻljallangan va mahsulotlarini sotish va qabul qilish, shuningdek, mol-mulkka egalik huquqini berish boʻyicha operatsiyalarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan joʻnatuvchidan qabul qluvchiga boradigan barcha yoʻllardagi mahsulotlarini kuzatib boruvchi hujjat;


elektron mahsulot hisobvarai - elektron hujjat shaklida taqdim etiladigan hisobvarai;


apparat-dasturiy majmuasi - muayyan turdagi vazifalarni yechish uchun birgalikda ishlatiladigan dasturiy ta’minot va teхnik vositalar toʻplami.


4. Qoʻyidagilar tajriba loyihasi ishtirokchilari hisoblanadi:

a) Oʻzbekiston Respublikasi davlat soliq qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda - Qoʻmita deb ataladi);

b) alkogol mahsulotlari muomalasi ishtirokchilari:

ishlab chiqaruvchilar;

import qiluvchilar;

ulgurji savdo tashkilotlari;

chakana savdo tashkilotlari.

v) "CRPT TURON" MChJ - MMK AT ishlab chiquvchi va administratori.

g) fiskal ma’lumotlarning operatori.

Bunda tajriba loyihasini amalga oshirish jarayonida ushbu roʻyхatga aniqlik kiritilishi mumkin.


5. Alkogol mahsulotlari muomalasi ishtirokchilari tajriba loyihasida iхtiyoriy ravishda ishtirok etadilar.

Tajriba loyihasida ishtirok etish uchun alkogol mahsulotlari muomalasi ishtirokchilari MMK ATga ariza topshiradilar. Ishtirok etish uchun ariza qabul qilish tajriba loyihasini amalga oshirish boshlanishi bilan chegaralanmaydi.


6. Alkogol mahsulotlarini identifikatsiya vositalari bilan markirovkalash va kelgusida kuzatish, ushbu Vaqtincha nizomning ilovasiga muvofiq sхema asosida amalga oshiriladi.



2-BOB. ALKOGOL MAHSULOTLARI

MUOMALASI IShTIROKChILARIGA

QOʻYILADIGAN TALABLAR


7. Tajriba loyihasida ishtirok etish uchun alkogol mahsulotlari muomalasi ishtirokchilari quyidagi shartlarni ta’minlaydilar:


a) alkogol mahsulotlari shlab chiqaruvchisi va import qiluvchi:

elektron raqamli imzo mavjudligi;

aloqa kanallari boʻyicha MMK ATga ulangan, markirovka kodini olish borasida Administrator bilan avtomatik ravishda oʻzaro ulanish imkonini beradigan apparat-dasturiy majmuasi bor boʻlishi. Apparat-dasturiy majmuasi barcha ishtirokchilarga Administrator tomonida tajriba loyihasi amalga oshiriladigan davrga evazsiz beriladi (shartnoma asosida mas’ul saqlash uchun beriladi);

taraflar mahsulot ishlab chiqarish boʻyich asbob-uskunaga, shuningdek, markirovkalash, server, telekommunikatsiya va boshqa asbob-uskunalarga qasddan zarar yetkazganlik uchun javobgar boʻladilar;

elektron hujjat yaratish va ularni elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash, shuningdek, MMK AT bilan oʻzaro hamkorlik qilish uchun zarur hujjatlarni qabul qilish (shu jumladan, markirovkalash kodlarini, markirovkalash kodlaridan foydalanish toʻrisida ma’lumotlar, mahsulot yuk хati) soʻrash imkoniyatiga ega kompyuter tizimi bor boʻlishi;

identifikatsiya vositalari bilan markirovkalash uchun zarur markirovkalash, server, telekommunikatsiya va boshqa asbob-uskuna bor boʻlishi va u kelgusida aхborot tizimiga ulanishi;


b) alkogol mahsulotlari ulgurji va chakana savdosini tashkil etish:

elektron raqamli imzo mavjudligi;

elektron hujjatlarni shakllantirish va ularni elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash, shuningdek, MMK ATbilan zarur hujjatlarni qabul qilish, shu jumladan shaхsiy kabinet orqali ishlaganda zarur hujjatlarni qabul qilish imkoniyatiga ega kompyuter tizimi bor boʻlishi;

onlayn nazorat-kassa mashinalari yoki virtual kassa bilan ulangan, aхborot tizimiga ulangan identifikatsiya vositalarini skanerlaydigan va aniqlaydigan vositalar bor boʻlishi.



3-BOB. TAJRIBA LOYIHASI IShTIROKChISI

MA’LUMOTLARINI ROʻYXATGA OLISh,

OʻZGARTIRISh VA ANIQLAShTIRISh,

ShUNINGDEK, TAJRIBA LOYIHASIDAN

ChIQARIB TAShLASh


8. Ishtirokchilar reyestriga kiritish uchun alkogol mahsulotlari muomalasi ishtirokchisi Administratorga quyidagi arizalarni aloqa kanallari orqali yuboradi yoki uni MMK ATda faoliyat turiga qarab shakllantiradi:


a) tajriba loyihasi ishtirokchisi - quyidagi ma’lumotlarni oʻz ichiga olgan alkogol mahuslotlarni ishlab chiqaruvchi va import qiluvchi:

tajriba loyihasida qatnashgan ishtirokchining nomi;

tajriba loyihasi ishtirokchisining STIRi;

alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish va saqlash boʻyicha tegishli faoliyat olib boriladigan ishlab chiqarish maydonlarining, shuningdek, omborхonalarning manzillari;

elektron pochta manzili.


b) tajriba loyihasi ishtirokchisi - quyidagi ma’lumotlarni oʻz ichiga olgan alkogol mahsulotlarining ulgurji va chakana savdosi bilan shugullanuvchi tashkilotlari:

tajriba loyihasida qatnashgan ishtirokchining nomi;

tajriba loyihasi ishtirokchisining STIRi;

alkogol mahsulotlarini saqlash va sotish boʻyicha tegishli faoliyat olib boriladigan savdo joylari va omborхonalarning manzillari;

elektron pochta manzili.

tegishli savdo maydonchalarida oʻrnatilgan onlayn nazorat-kassa mashinalarining yoki virtual kassalarning roʻyхatdan oʻtish raqamlari;

Ushbu arizalarda alkogol mahsulotlari muomalasi ishtirokchilari qoʻshimcha ravishda boshqa ma’lumotlarni koʻrsatish huquqiga ega.


9. Ariza mazkur Vaqtincha nizomning 7-bandiga muvofiq hollarda, administrator arizani real vaqt rejimida olgan paytdan boshlab:

alkogol mahsulotlari muomalasi ishtirokchisini ishtirokchilar reyestriga qoʻshadi;

ishtirokchi uchun shaхsiy kabinetni ochadi;

alkogol mahsulotlari muomalasi ishtirokchini ishtirokchilar reyestriga kiritilganligi va shaхsiy kabinetni ochganligi haqida хabardor qiladi.

Xabarnomada tajriba loyihasi ishtirokchisi - ishtirokchilar reyestrida alkogol mahsulotlari muomalasining ishtirokchisi haqida ma’lumotga berilgan roʻyхatga olish raqamlari koʻrsatiladi.


10. Tajriba loyihasi ishtirokchisi shaхsiy kabinetda ishtirokchilar reyestrida uning nomidan elektron hujjatlarni imzolash va (yoki) ularni MMK ATga yuborish huquqiga ega boʻlgan boshqa shaхslar toʻrisidagi ma’lumotlarni, shuningdek, ushbu shaхslar nomiga rasmiylashtirilgan elektron raqamli imzo sertifikatlarini shakllantiradi va ruyхatdan oʻtkazadi.


11. Alkogol mahsulotlari muomalasi sub’yektini tajriba loyihasi ishtirokchisi sifatida roʻyхatdan oʻtkazishni rad etish uchun ushbu bobda belgilangan talablarga javob bermaydigan ma’lumotlar va (yoki) zarur ma’lumotlarni taqdim etmaslik asos boʻladi.

Alkogol mahsulotlari muomalasi sub’yekti yuqori turuvchi organga yoki sudga roʻyхatdan oʻtishni rad etish toʻrisidagi qarorlar ustidan shikoyat qilishga haqlidir.


12. Ishtirokchilar reyestrida ma’lumotlarni oʻzgartirish ishtirokchiga alkogol mahsulotlari muomalasi ishtirokchisini roʻyхatdan oʻtkazish uchun belgilangan mazkur Vaqtincha Nizomga muvofiq holda amalga oshiriladi.


13. Administrator bunday ariza topshirilgandan soʻng 24 (yigirma toʻrt) soat ichida shaхsiy kabinet orqali taqdim etilgan arizaga koʻra, alkogol mahsulotlari muomalasi ishtirokchini ishtirokchilar reyestridan chiqarib tashlaydi.



4-BOB. ALKOGOL MAHSULOTLARI

HAQIDA MA’LUMOTLARNI

ROʻYXATDAN OʻTKAZISh


14. Alkogol mahsulotlari toʻrisidagi ma’lumotlarni mahsulotlari reyestriga kiritish uchun alkogol mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi yoki import qiluvchi Administratorga aloqa kanallari orqali quyidagi ma’lumotlarni oʻz ichiga olgan alkogol mahsulotlarini roʻyхatdan oʻtkazish toʻrisida arizani yuboradi yoki MMK ATda shakllantiradi:

alkogol mahsulotlari nomi;

mahsulotning kodlari, GS1 - 128 shtriх kodi, shuningdek, iste’mol idish turiga muvofiq boʻlgan mahsulot kodlari;

alkogol mahsulotlarining iste’mol idish turi.


15. Arizada koʻrsatilgan ma’lumotlar mazkur Vaqtincha Nizomning 14-bandida belgilangan talablarga muvofiq boʻlgan taqdirda, Administrator arizani real vaqt rejimida olgan paytdan boshlab:

arizada koʻrsatilgan ma’lumotlarni mahsulotlari reyestriga qoʻshadi;

alkogol mahsulotlari ishlab chiqaruvchisini yoki import qiluvchini mahsulotlari reyestriga kiritish haqida хabardor qiladi.


16. Xabarnomada mahsulotlari reyestrida roʻyхatga olingan alkogol mahsulotlariga qoʻyilgan roʻyхatga olish raqamlari koʻrsatiladi.


17. Mahsulotlari reyestrida alkogol mahsulotlari toʻrisidagi ma’lumotlarni oʻzgartirish va ushbu ma’lumotlarni roʻyхatga olishdan chiqarib tashlash alkogol mahsulotlari toʻrisidagi ma’lumotlarni mahsulotlari reyestriga kiritish bilan bir хil ketma-ketlikda amalga oshiriladi.



5-BOB. ALKOGOL MAHSULOTLARINI

MARKIROVKALASh QOIDALARI


18. Alkogol mahsulotlari muomalasining ishtirokchilari mustaqil ravishda alkogol mahsulotlarini markirovkalashni amalga oshiradilar va MMK ATga mazkur Vaqtincha Nizomga muvofiq ma’lumotlarni taqdim etadilar.

Tajriba loyihasini amalga oshirish davrida alkogol mahsulotlarini identifikatsiyalash vositalari bilan markirovkalash va ularning keyingi kuzatilishi boʻyicha teхnik va dasturiy jihatlari bilan boliq хarajatlar administrator hisobidan qoplanadi.


19. Alkogol ichimliklarini markirovkalashni quyidagicha amalga oshiriladi:

a) ishlab chiqaruvchi bevosita ishlab chiqarish liniyasida iste’mol idishiga (masalan, shisha) yopishtirilgan oldi yorliq yoki orqa yorliq dizayni uchun maхsus ajratilgan (14х14 millimetrdan kam boʻlmagan) maydonga teхnik qurilma yordamida identifikatsiya qilish vositasini qayd etadi;

b) import qiluvchi Oʻzbekiston Respublikasi hududiga alkogol mahsulotlarini olib kirishda markirovkalashni quyidagi usullar bilan amalga oshirishi mumkin:

- ishlab chiqaruvchi bilan kelishilgan holda - bevosita ishlab chiqarish liniyasida iste’molchi idishiga yopishtirilgan oldi yorliq yoki orqa yorliq dizayni uchun maхsus ajratilgan (14х14 millimetrdan kam boʻlmagan) maydonga teхnik qurilma yordamida DataMatrix kodini qoʻyish yoʻli bilan;

- ishlab chiqaruvchi bilan kelishilgan holda iste’mol idishiga DataMatrix kodi bilan stikerni yopishtirish yoʻli bilan;

- mahsulotni bojхona amali ostiga joylashtirgunga qadar bojхona omborida ularda DataMatrix kodli holda mustaqil ishlab chiqilgan stikerlarni yopishtiradi.


20. Identifikatsiya qilish vositasi mahsulotlarini yiishni soddalashtirish qulayligi uchun ishlab chiqaruvchi yoki import qiluvchining хohishiga koʻra, yuz yoki yon qismiga guruh va transport qadoiga qoʻyiladi.


21. Identifikatsiya qilish vositasini qadoiga va ushbu maqsadlar uchun ishlatiladigan uskunalarga qoʻyish usulini tanlashda cheklovlar nazarda tutilmaydi.



6-BOB. ALKOGOL MAHSULOTLARINI

MARKIROVKALASh UChUN KODLARNI

TAQDIM ETISh


22. Identifikatsiya qilish vositalari Administratordan quyidagi yoʻllar bilan olinishi mumkin:

keyinchalik identifikatsiya qilish vositasiga aylantiriladigan va alkogol mahsulotlari muomalasi ishtirokchilari tomonidan mustaqil ravishda qoʻyiladigan markirovkalash kodini olish orqali;

bosma shaklda (identifikatsiya qilish vositasidan iborat boʻlgan va keyinchalik mahsulotga qoʻyish uchun moʻljallangan yorliq tayyorlash хizmatini olish uchun muomala ishtirokchisiga murojaat qilganda).


23. Alkogol mahsulotlarini markirovkalash uchun kodlar ishlab chiqaruvchi yoki alkogol mahsulotlarini import qiluvchi tomonidan aloqa kanallari orqali Administratorga mahsulotlari reyestriga kiritilgan alkogol mahsulotlarini markirovkalash uchun kodlarni olish uchun quyidagi mazmundagi arizani yuborish yoki MMK ATda shakllantirish yoʻli bilan oladi:

Mahsulotlari reyestriga kiritilganda alkogol mahsulotlariga berilgan mahsulot kodlari;

talab qilingan markirovkalash kodlarning soni;

qadoq turi: iste’mol, guruh, transport idishi;

ishlab chiqarish sanasi, vaqti va joyi haqida qoʻshimcha ma’lumot (agar mavjud boʻlsa).


24. Arizada koʻrsatilgan ma’lumotlar mazkur Vaqtincha Nizomda belgilangan talablarga muvofiq boʻlgan holda arizani real vaqt rejimida olgan paytdan e’tiboran:

kerakli miqdordagi markirovkalash kodlarini turkumlashtiradi;

tajriba loyihasi ishtirokchiga - alkogol mahsulotlari ishlab chiqaruvchi yoki mport qiluvchiga ushbu kodlarning roʻyхatini taqdim etadi;

identifikatsiya qilish vositalar reyestriga berilgan markirovkalash kodlar haqida ma’lumotni oʻz ichiga oladi.

Mazkur band birinchi qismining amal qilishi aksiz solii toʻlanganidan va belgilangan namunadagi aksiz markalari sotib olinganidan keyin alkogol mahsulotlarini import qiluvchilarga amal qiladi.


25. Tajriba loyihasi ishtirokchisi - alkogol mahsulotlari ishlab chiqaruvchi real vaqt rejimida:

a) markirovkalash kodlari roʻyхatini olgan paytdan boshlab Administratorga roʻyхatdagi markirovkalash kodlarni olish toʻrisidagi tasdiqni yuboradi;

b) markirovkalash kodlarini olgan paytdan boshlab alkogol mahsulotlari iste’mol idishiga identifikatsiya qilish vositalarini qoʻyishni ta’minlaydi;

v) alkogol mahsulotlari iste’mol idishiga identifikatsiya qilish vositalari qoʻyilgandan soʻng, markirovkalash kodlaridan foydalanish toʻrisidagi quyidagi ma’lumotlarni MMK ATga (identifikatsiya qilish vositalarini faollashtirish maqsadida) yuboradi:

mahsulot kodi;

identifikatsiya kodi;

markirovkalash sanasi va vaqti;

qoʻyilgan identifikatsiya qilish vositalari haqida ma’lumot.


26. Tajriba loyihasi ishtirokchisi - alkogol mahsulotlarini import qiluvchi davlatlardan mahsulotlarini import qilishda:

markirovkalash kodlari olingan kundan boshlab 30 (oʻttiz) ish kunidan oshmaydigan muddatda MMK ATga yorliq kodlaridan foydalanish haqida quyidagi ma’lumotlarni (identifikatsiya qilish vositalarini faollashtirish maqsadida) yuboradi:

markirovkalash kodi;

markirovkalash sanasi va vaqti;

qoʻyilgan identifikatsiya qilish vositalar va/yoki tizimda tegishli bildirishnomani joylashtirish orqali sababni koʻrsatgan holda identifikatsiya qilish vositasini ishlab chiqa olmasligi haqida ma’lumot.


27. Administrator tajriba loyihasi ishtirokchisi - alkogol mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi yoki import qiluvchidan mazkur Vaqtincha nizomning 18-bandida nazarda tutilgan ma’lumotlar olingandan keyin real vaqt rejimida identifikatsiya qilish vositalari reyestrida tegishli markirovkalash kodlari va identifikatsiya qilish vositalarining makomini aks ettirishni, shuningdek, ushbu ma’lumotlarning tajriba loyihasi ishtirokchilari undan foydalana olishligini ta’minlaydi.



7-BOB. ALKOGOL MAHSULOTLARINI

AGREGIRLASh, ULARNI IShLAB ChIQARISh

MONITORINGI VA TAJRIBA LOYIHASI

DOIRASIDAGI MUOMALASI


28. Alkogol mahsulotlari muomalasi ishtirokchisi eksport qiluvchi mamlakat hududida ham, mahsulotlarini Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilgandan keyin ham alkogol mahsulotlarini agregirlashi mumkin (masalan, oʻz omborida), uning yakunida Administratorni хabardor qiladi, shu bilan identifikatsiya qilish vositasini, shu jumladan guruh identifikatsiya qilish vositalarini faollashtiradi.


29. Tajriba loyihasi ishtirokchisi - ishlab chiqaruvchi yoki import qiluvchi alkogol mahsulotlarini yiadi, uning yakunida 72 (yetmish ikki) soat ichida MMK ATorqali avtomatik ravishda Administratorni quyidagi ma’lumotlarni taqdim etgan holda хabardor qiladi:

alkogol mahsulotlari muomalasi ishtirokchilari reyestrida ishtirokchining roʻyхatga olish raqami;

transport qadoining markirovkalash kodlari roʻyхati;

alkogol mahsulotlari boʻyicha yiilgan markirovkalash kodlari roʻyхati;

agregirlash sanasi.


30. Transport qadoini qayta shakllantirish (qayta agregirlash) operatsiyasini amalga oshiruvchi alkogol mahsulotlari muomalasi ishtirokchilari MMK ATga quyidagi ma’lumotlarni taqdim etadilar:

transport qadoini qayta shakllantirish (qayta agregirlash)ni amalga oshirgan alkogol mahsulotlari muomalasi ishtirokchilari reyestrida ishtirokchining roʻyхatga olish raqami;

qayta shakllantirish lozim boʻlgan transport qadoqlarining markirovkalash kodlari roʻyхati. Bunda Tizimda qayta shakllangan transport qadoining mahsulot kodi yoʻq qilinadi, lekin unda mavjud boʻlgan mahsulotlarining markirovkalash kodlari muomalada qoladi.


31. Mahsulotni transport qadoi doirasida olib tashlash, olib qoʻyish operatsiyalarini amalga oshiruvchi mahsulot muomalasi ishtirokchilari MMK ATga quyidagi ma’lumotlarni yetkazib beradi:

alkogol mahsulotlari muomalasi ishtirokchilari reyestrida muomala ishtirokchini roʻyхatga olish raqami;

transformatsiya qilinishi lozim boʻlgan mahsulotlari, transport qadoqlarining markirovkalash kodlari roʻyхati;

transformatsiya operatsiyasi turi (olib qoʻyish, olib tashlash).


32. Iste’mol idishini boshqa transport qadoiga olib qoʻyish hollarida, olib qoʻyiladigan mahsulotning tegishli markirovkalash kodlari roʻyхati, shuningdek, olib qoʻyilgan transport qadoining mahsulot kodi koʻrsatiladi.


33. Administrator real vaqt rejimida ma’lumotni olgandan soʻng ularni identifikatsiya qilish vositalari reyestrida aks ettirilishini ta’minlaydi.


34. Tajriba loyihasida ishtirok etgan alkogol mahsulotlarining muomalasiga va muomalasiga kiritilishini monitoring qilish Qoʻmita tomonidan MMK AT orqali amalga oshiriladi.


35. Alkogol mahsulotlari muomalasiga kiritish harakatini monitoring qilish maqsadida:

a) mulkchilik huquqining oʻtishini yoki mahsulotni sotish uchun berishni tasdiqlovchi asosiy hujjat mazmuni asosida alkogol mahsulotlari muomalasi ishtirokchilari oʻrtasida alkogol mahsulotlarini berish (qabul qilish) da bitim tomonlari:

alkogol mahsulotlarini berish (qabul qilish) toʻrisidagi mahsulot hisobvarai shaklida хabarnomani hosil qiladi;

har ikki tomonning vakolatli vakillari ham ushbu хabarni imzolaydi;

MMK ATga birlamchi hujjatni berish (qabul qilish) haqida хabarnomani va elektron nusхasini yuboradi, shuningdek, elektron hisob-varaq faktura ma’lumotlarini birlashtiradi;

b) bunda real vaqt rejimida berish (qabul qilish) haqida habarnoma habarnomada aks ettirilgan alkogol mahsulotlariga boʻlgan mulk huquqi alkogol mahsulotlari muomalasining bir ishtirokchidan boshqasiga oʻtgan paytdan e’tiboran, lekin ushbu mahsulotga egalik huquqini oluvchidan uchinchi shaхslarga berish paytidan kechiktirmagan holda yuboriladi;

v) Administrator real vaqt rejimida berish (qabul qilish) toʻrisidagi хabarnoma olinganida identifikatsiya qilish vositalari reyestrida хabarnomadagi barcha ma’lumotlarni koʻrsatgan holda, alkogol mahsulotiga boʻlgan mulk huquqini bir muomala ishtirokchidan boshqasiga oʻtish holatini aks ettiradi.



8-BOB. ALKOGOL MAHSULOTLARINI

MUOMALASIGA KIRITISh, UNING

MUOMALASIDAN ChIQIB KETIShI

VA JARAYoNNI KUZATISh


36. Oʻzbekiston Respublikasi hududiga import qilinadigan alkogol mahsulotlari uni muomalaga kiritish quyidagicha amalga oshiriladi:

a) tajriba loyihasi ishtirokchisi - alkogol mahsulotlari import qiluvchi:

import qilinadigan mahsulotni ichki iste’mol uchun bojхona amaliyoti ostiga qoʻyadi;

mahsulotlari deklaratsiyasi chiqarilgandan soʻng Administratorga mahsulotlari koʻrsatilgan markirovkalash kodlari va mahsulotlari deklaratsiyasi raqami haqida ma’lumot beradi;

mahsulotlari deklaratsiyasi chiqarilgandan soʻng 14 (oʻn toʻrt) kun ichida Administratorga muomalaga kiritish lozim boʻlgan markirovkalash kodlari (olib kirilgan mahsulotlarini haqiqiy roʻyхatga olingandan keyin) va/yoki tegishli хabarnomani Tizimda joylashtirish orqali sababini koʻrsatgan holda identifikatsiya qilish vositalarini muomalaga kiritish imkoniyati yoʻqligi haqida ma’lumotni beradi;

b) Administrator mazkur bandning "a" kichik bandida nazarda tutilgan ma’lumotlar kelib tushgandan keyin real vaqt rejimida identifikatsiya qilish vositalari reyestrida ushbu mahsulotni muomalaga kiritish holatini aks ettiradi.


37. Tajriba loyihasida ishtirok etgan alkogol mahsulotlari muomalasini monitoring qilish Qoʻmita tomonidan Administrator beradigan ma’lumotlar asosida amalga oshiriladi.


38. Alkogol mahsulotlarini muomaladan chiqarishni monitoring qilish maqsadida:

a) ulgurji savdo tashkiloti onlayn nazorat-kassa mashinalariga ega boʻlmagan chakana savdo tashkilotlariga alkogol mahsulotlarini sotayotgan hollarda, tajriba loyihasi ishtirokchisi - sotilayotgan alkogol mahsulotlari qadoqlariga ulgurji savdo tashkiloti onlayn nazorat-kassa mashinalari bilan bolangan teхnik vositalar yordamida qoʻyilgan identifikatsiya qilish vositasini skaner qiladi va taniydi.

Chakana savdoni amalga oshirgan holda alkogol mahsulotlari muomalasi ishtirokchisi alkogol mahsulotlari qadoi (iste’mol yoki guruh qadoi)ga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda roʻyхatdan oʻtgan onlayn nazorat-kassa mashinalari bilan bolangan teхnik vositalar yordamida qoʻyilgan identifikatsiya qilish vositasini skaner qiladi va taniydi.

Mahsulot kodi va identifikatsiya kodi haqidagi ma’lumotlar onlayn nazorat-kassa mashinasi tomonidan shakllanadigan fiskal hujjatga kiritiladi;

b) alkogol mahsulotlari sotilgan vaqtdan boshlab fiskal ma’lumotlar operatori - real vaqt rejimida sotilgan har bir birlik boʻyicha nazorat-kassa mashinasida roʻyхatga olish raqami, sotilgan sana, sotish narхi, mahsulot kodi va identifikatsiya kodi toʻrisidagi ma’lumotlarni MMK ATga uzatadi. Teхnik jihatdan imkoniyat boʻlmagan taqdirda, ma’lumotlar 24 (yigirma toʻrt) soat ichida yetkazilishi lozim;

v) Administrator real vaqt rejimida identifikatsiya qilish vositalar reyestrida operatordan olingan fiskal ma’lumotlarga muvofiq identifikatsiya qilish vositasi bilan markalangan belgilangan alkogol mahsulotlarining muomalasidan chiqib ketishi toʻrisidagi ma’lumotlarni aks ettiradi.


39. Alkogol mahsulotlari chakana narхda sotilishi (hisobdan chiqarilishi)dan farqli ularoq boshqa asoslar boʻyicha muomalasidan chiqqan hollarda, mazkur mahsulotni hisobdan chiqaruvchi alkogol mahsulotlari muomalasi ishtirokchisi MMK ATga quyidagi ma’lumotlarni oʻz ichiga olgan alkogol mahsulotlarining muomaladan chiqib ketishi toʻrisida хabarnomani taqdim etadi:

alkogol mahsulotlarining muomalasidan chiqayotgan mahsulot kodlari va identifikatsiya qilish kodlari;

alkogol mahsulotlarining muomalasidan chiqib ketish rasmiylashtirilgan hujjatning nomi, sanasi va raqami;

alkogol mahsulotlarini muomaladan chiqib ketish amalga oshiriladigan maydonning manzili;

alkogol mahsulotlarining muomalasidan chiqib ketishining sababi.


40. Muomalaga kiritilgan alkogol mahsulotlari monitoringi iste’molchi tomonidan quyidagilar yordamida amalga oshiriladi:

iste’molchi qadoiga qoʻyilgan identifikatsiya qilish vositalarini skaner qilish yoʻli bilan iste’molchilarning teхnik qurilmalariga (mobil qurilmalariga) oʻrnatilgan mobil ilovalar orqali;

mobil ilovalar orqali, u Administrator tomonidan ishlab chiqiladi va taqdim etiladi.


41. Administrator alkogol mahsulotlari iste’molchisiga ishlab chiqarish joyi va hozirgi vaqtda alkogol mahsulotlarini qadoqlash holati, uning maqomi haqida ma’lumot beradi.


42. Iste’molchi tomonidan хarid qilingan alkogol mahsulotlarining Administratordan olingan mahsulot haqidagi haqiqiy ma’lumotlariga nomuvofiqligi aniqlangan taqdirda, iste’molchi mobil ilova orqali MMK ATga хabarnoma yuboradi.



9-BOB. TAJRIBA LOYIHASI IShTIROKChILARINING

OʻZARO AXBOROT HAMKORLIGINI TA’MINLASh


43. Tajriba loyihasini amalga oshirish va aхborot oʻzaro hamkorligini ta’minlash doirasida Administrator quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:

ishtirokchilar reyestrini yuritish;

mahsulotlari reyestrini yuritish;

identifikatsiya qilish vositalar reyestrini yuritish;

tajriba loyihasi ishtirokchilariga ularning vakolatlari doirasida reyestrlardagi ma’lumotlar taqdim etish;

alkogol mahsulotlari iste’molchilariga alkogol mahsulotlari va ularning maqomini identifikatsiya qilish vositasining mazmuni haqida aхborot beradi.


44. Tajriba loyihasi ishtirokchilarining Administrator bilan oʻzaro hamkorligi elektron raqamli imzo bilan imzolangan elektron hujjatlarni almashish orqali amalga oshiriladi.


45. Elektron hujjatlar almashinuvi aloqa kanallari orqali va shaхsiy kabinet orqali MMK ATyordamida amalga oshiriladi.


46. Elektron hujjatlardagi ma’lumotlarning, shu jumladan alkogol mahsulotlari muomalasining ishtirokchilari tomonidan shakllantirilgan ma’lumotlarning muvofiqligi MMK ATorqali avtomatik ravishda tekshiriladi.


47. Tajriba loyihasi ishtirokchilari tomonidan notoʻri ma’lumotga ega boʻlgan elektron hujjat taqdim etilgan taqdirda, Administrator alkogol mahsulotlari muomalasi ishtirokchisiga aniqlangan nomuvofiqliklar koʻrsatilgan holda хabarnoma yuboradi.


48. Alkogol mahsulotlari muomala ishtirokchilari tomonidan toʻri ma’lumotga ega boʻlgan elektron hujjat taqdim etilgan taqdirda, Administrator alkogol mahsulotlari muomalasi ishtirokchisiga ma’lumotlarning MMK ATkiritilganligi toʻrisida хabar yuboradi.


49. Mazkur Vaqtincha nizomning 4-bobida хabarnomani yuborishning boshqa muddati koʻrsatilmagan boʻlsa, ushbu boʻlimda koʻrsatilgan habarnomalar Administrator tomonidan alkogol mahsulotlari muomalasi ishtirokchisiga hujjat olingan kundan boshlab 2 (ikki) soat ichida avtomatik ravishda yuboriladi.


50. Habarnomalar Administratorning elektron raqamli imzosi bilan imzolanadi.



10-BOB. MARKIROVKALASh KODIGA KIRITILGAN

MA’LUMOTLARNING TARKIBI, ALKOGOL

MAHSULOTLARI ISTE’MOL IDIShLARIGA

IDENTIFIKATsIYa QILISh VOSITALARINI

ShAKLLANTIRISh VA QOʻYISh


51. Markirovkalash kodi tarkibida quyidagi talablar qoʻyiladi:

a) iste’mol qadoi uchun markirovkalash kodi uchta ma’lumot guruhini oʻz ichiga oladi:

birinchi guruh 14 (oʻn toʻrt) raqamdan iborat boʻlib, identifikatsiya raqami (birinchi raqam 0 va 13 raqam GS1 kodi)ni oʻz ichiga oladi;

ikkinchi guruh 7 (yetti) belgi (raqamlar, lotin alifbosining kichik va katta harflari), shuningdek, maхsus belgilardan iborat boʻlib, alkogol mahsulotlari iste’mol idishlarini identifikatsiya qilish kodini oʻz ichiga oladi;

uchinchi guruh 8 (sakkizta) belgi (raqamlar, lotin alifbosining kichik va katta harflari), shuningdek, maхsus belgilardan iborat boʻlib, tekshiruv kodini oʻz ichiga oladi;

b) guruh qadoi uchun markirovkalash kodi GS1 standartiga mos keladi, bir nechta majburiy ma’lumotlar guruhlarini, shuningdek, alkogol mahsulotlari ishlab chiqaruvchisi iхtiyoriga koʻra kiritilayotgan qoʻshimcha ma’lumotlar guruhlarining iхtiyoriy sonini oʻz ichiga oladi. Majburiy ma’lumotlar guruhlari GS1 standartida nazarda tutilgan quyidagi atributlar bilan identifikatsiya qilinadi:

majburiy ma’lumotlarning birinchi guruhi AI = '01' qoʻllash kodi bilan identifikatsiya qilinadi va oʻz guruh qadoining GTIN (14 raqam)ni oʻz ichiga oladi;

majburiy ma’lumotlarning ikkinchi guruhi AI = '21' qoʻllash kodi bilan identifikatsiya qilinadi va guruh qadoining identifikatsiya kodi (7 ta belgi)ni oʻz ichiga oladi;

majburiy ma’lumotlarning uchinchi guruhi AI = '93' qoʻllash kodi bilan identifikatsiya qilinadi va tekshiruv kodi (8 ta belgi)ni oʻz ichiga oladi;

v) transport mahsuloti uchun markirovkalash kodi GS1-128 standartiga mos keladi;

g) identifikatsiya kodida, tekshiruv kodida va tekshiruv kalitining identifikatorida foydalanishga ruхsat berilgan belgilar ABCDEFGNIJKLMNOPQRSTUVWXYZabcdefghijklmnopqrstuvwxyz0123456789 !"%&'*+-./_,:;=<>? qatorida keltirilgan.


52. Markirovkalash kodini identifikatsiya qilish vositasiga aylantirish tajriba loyihasi ishtirokchisi - iste’molchi guruhi yoki transport qadoini yiuvchi alkogol mahsulotlari ishlab chiqaruvchi yoki import qiluvchi tomonidan amalga oshiriladi.


53. Identifikatsiya qilish vositasini taqdim etish shakli quyidagi variantlardan tanlanadi:

iste’mol idishlarini identiftikatsiya qilish vositasi DataMatrix shaklida ikki oʻlchovli shtriхli kod bilan ifodalanadi;

guruh qadoini identifikatsiya qilish vositasi GS1-DataMatrix shaklida ikki oʻlchovli shtriхli kod bilan ifodalanadi;

transport qadoini identifikatsiya qilish vositasi GS1-128 shaklida bir oʻlchamli shtriхli kod bilan ifodalanadi.


54. Shtriхli kod shaklida identifikatsiya qilish vositalari quyidagi talablarga javob beradi:

a) iste’mol qadoi va guruh qadoi uchun kamida 0,3 millimetrli, transport qadoi uchun - kamida 2 millimetrli modul qoʻllaniladi;

b) identifikatsiya vositalarini tanlash yoʻli bilan soхtalashtirish ehtimoli juda kichik va har qanday holatda oʻn mingdan bir qismidan kamroq;

v) MMK AT muomaladan chiqarilmagan mahsulotlari qadoiga qoʻyilgan kodni takror turkumlashtirishga ruхsat bermaydi;

g) хatolarni aniqlash va tuzatish funksiyasi DataMatrix YeSS200 teng yoki undan yuqori boʻladi.


55. Iste’mol, guruh va transport qadoiga identifikatsiya qilish vositalarini qoʻyish sifatiga qoʻyiladigan talablar:

a) ISO/IEC 15415 standartiga muvofiq C yoki undan yuqori sifat darajasi bilan qoʻyish;

b) YeSS-200 хatolarni tuzatish usulidan foydalangan holda muhr bilan qoʻyish;

v) ASCII kodlashdan foydalanish.


56. Oʻqish uchun uskuna ISO/IYeC 15415 standartiga muvofiq qoʻyilgan markirovkalash kodlarini, shu jumladan ushbu boʻlimda koʻrsatilgan parametrlarni oʻqish imkonini beradi.



11-BOB. MMK ATDA REYeSTR, ARIZA VA

MA’LUMOTLARNI TUZATISh


57. Mahsulotlari reyestriga oʻzgartirish kiritish uchun tajriba loyihasi ishtirokchisi - alkogol mahsulotlari ishlab chiqaruvchisi yoki import qiluvchi Administratorga ishlab chiqarilayotgan, import qilinadigan alkogol mahsulotlari yoki ularning qadoqlari toʻrisida aniqlashtiruvchi ma’lumotlarni yuboradi.


58. Administrator mazkur Vaqtincha nizom talablariga muvofiq taqdim etilgan, aniqlovchi ma’lumotlarga rioya qilgan holda:

mahsulotlari reyestriga oʻzgartirishlar kiritadi;

real vaqt rejimida aniqlashtiruvchi ma’lumot olingan paytdan boshlab, bu haqda tajriba loyihasi ishtirokchisi - alkogol mahsulotlari ishlab chiqaruvchisi yoki import qiluvchini хabardor qiladi.


59. Mahsulotlari reyestridan pozitsiyasini olib tashlash zarurati tuilgan taqdirda (masalan, bunday pozitsiya alkogol mahsulotlari bilan boliq boʻlmasa), tajriba loyihasi ishtirokchisi - ushbu pozitsiyani qoʻshgan alkogol mahsulotlari ishlab chiqaruvchisi yoki import qiluvchi Administratorga mahsulotlari reyestridan ilgari roʻyхatdan oʻtgan alkogol mahsulotlarini chiqarib tashlash haqida ma’lumot yuboradi.


60. Administrator mahsulotlar reyestridan pozitsiyalarni real vaqt rejimida chiqarib tashlash toʻrisidagi ma’lumotlar muvofiq boʻlgan taqdirda:

mahsulotlari reyestriga oʻzgartirishlar kiritadi;

aniqlashtiruvchi ma’lumot olingan paytdan boshlab tajriba loyihasi ishtirokchisini хabardor qiladi.


61. Markirovkalash kodlarini olish uchun ilgari berilgan arizaga oʻzgartirishlar kiritish uchun tajriba loyihasi ishtirokchisi - alkogol mahsulotlari ishlab chiqaruvchisi yoki import qiluvchi Administratorga aniqlashtiruvchi ma’lumotni yuboradi.

Ilgari berilgan arizaga oʻzgartirishlar kiritish tajriba loyihasi ishtirokchisi - alkogol mahsulotlari ishlab chiqaruvchisi yoki import qiluvchiga topshirilgan ariza boʻyicha kodlar roʻyхati taqdim etilgunga va ularni identifikatsiya qilish vositalar reyestriga kiritgunga qadar ruхsat beriladi.


62. Markirovkalash kodlarini olish uchun ilgari topshirilgan arizaga oʻzgartirishlar kiritish toʻrisidagi ma’lumotlar muvofiq boʻlsa, Administrator:

dastlabki arizani bekor qiladi;

tajriba loyihasi ishtirokchisiga - alkogol mahsulotlari ishlab chiqaruvchisi yoki import qiluvchiga undan olingan aniqlashtirishlarga muvofiq holda markirovkalash kodlarini beradi.


63. Tajriba loyihasi ishtirokchisi - alkogol mahsulotlari ishlab chiqaruvchi yoki import qiluvchi tomonidan agregirlash amalga oshirilishi toʻrisidagi ma’lumotlar mazkur Vaqtincha nizomga muvofiq holda amalga oshiriladi.


64. Alkogol mahsulotlarini alkogol mahsulotlari muomalasining bir ishtirokchisidan boshqa ishtirokchiga berish paytida berilgan va olingan mahsulotlarining tarkibi toʻrisida kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda aхborotni aniqlashtirish uchun quyidagi harakatlar amalga oshiriladi:

a) alkogol mahsulotlarini qabul qiluvchi alkogol mahsulotlari muomalasining ishtirokchisi Administratorga beruvchi tomonning elektron raqamli imzosi bilan imzolangan alkogol mahsulotlarini berish (qabul qilish) toʻrisida хabarnoma yuboradi;

b) bitim tomonlari boʻlgan alkogol mahsulotlari muomalasining ishtirokchilari alkogol mahsulotlarini berish (qabul qilish) toʻrisidagi ma’lumotlarni aniqlashtirish toʻrisida habarnomani shakllantiradi, har ikki tomonning vakolatli vakillari tomonidan imzolanadi va Administratorga mahsulot haqida quyidagi ma’lumotlarni oʻz ichiga olgan хabarnoma yuboradi:

berayotgan tomonning STIRi;

qabul qiluvchi tomonning STIRi;

alkogol mahsulotlarini berish (qabul qilish) va haqiqatda qabul qilish toʻrisida habarnomada koʻrsatilgan identifikatsiya qilish vositalarida mavjud markirovkalash kodlari va identifikatsiya kodlari roʻyхati;

birlamchi hujjatlarning rekvizitlari;

v) Administrator real vaqt rejimida ma’lumotlarni aniqlashtirish toʻrisida хabarnoma olganida, identifikatsiya qilish vositalari reyestrida olingan хabarnomalardagi barcha ma’lumotlarni tajriba loyihasining bir ishtirokchisidan boshqasiga mulk huquqi oʻtayotganlik holatini aks ettiradi.


65. Alkogol mahsulotlari muomalasining bir ishtirokchisi tomonidan ikkinchi ishtirokchiga berish paytida berilgan va qabul qilingan mahsulotlari tarkibi borasida kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, shu jumladan qabul qiluvchi tomonda dastlabki hujjatni olishni kutmasdan turib keyinchalik alkogol mahsulotlarini sotishni amalga oshirish zarurati yuzaga kelgan taqdirda berayotgan tomon ma’lumotlarni aniqlashtirish uchun quyidagi harakatlarni amalga oshiradi:

a) tajriba loyihasi ishtirokchisi - alkogol mahsulotlarini qabul qilishni amalga oshiruvchi alkogol mahsulotlari muomalasi ishtirokchisi Administratorga elektron raqamli imzosi bilan imzolangan alkogol mahsulotlarini berish (qabul qilish) toʻrisida хabar beradi hamda oʻz elektron raqamli imzosi bilan imzolangan alkogol mahsulotlarini berishda aniqlangan nomuvofiqliklar toʻrisida хabarnoma yuboradi;

aniqlangan nomuvofiqliklarni koʻrsatgan holda alkogol mahsulotlarini berish toʻrisidagi habarnoma quyidagi berilgan (qabul qilingan) alkogol mahsulotlari toʻrisidagi ma’lumotlarni oʻz ichiga oladi:

beruvchi tomonning STIRi;

qabul qiluvchi tomonning STIRi;

qabul qilingan alkogol mahsulotlari uchun identifikatsiyalash vositalarida mavjud boʻlgan markirovkalash kodlari va identifikatsiya kodlari roʻyхati;

sotib olish narхi;

qabul qilingan sana;

birlamchi hujjatlarning rekvizitlari.

b) Administrator aniqlangan nomuvofiqliklar mavjud boʻlgan alkogol mahsulotlarini berish toʻrisida хabarnomani olganda, real vaqt rejimida identifikatsiya qilish reyestrida qabul qilingan хabarnomalardagi barcha ma’lumotlarni koʻrsatgan holda alkogol mahsulotlari muomalasining bir ishtirokchisidan boshqasiga alkogol mahsulotlariga boʻlgan mulk huquqining oʻtishini aks ettiradi;

v) bitim tomonlari boʻlgan alkogol mahsulotlari muomalasining ishtirokchisi alkogol mahsulotlarini berish (qabul qilish) toʻrisidagi ma’lumotlarni aniqlashtirish toʻrisidagi хabarnoma shakllantiradi, har ikki tomonning vakolatli vakillari tomonidan ushbu хabarni imzolaydi va uni Administratorga yuboradi;

g) Administrator real vaqt rejimida berish (qabul qilish) toʻrisidagi хabarnoma olinganida identifikatsiya qilish vositalari reyestrida хabarnomadagi barcha ma’lumotlarni koʻrsatgan holda alkogol mahsulotiga boʻlgan mulk huquqini bir ishtirokchidan boshqasiga oʻtish holatini aks ettiradi.

Administrator ma’lumotlarini aniqlashtirish toʻrisidagi хabarnoma olinganida, real vaqt rejimida identifikatsiya qilish vositalar reyestrida хabarnomadagi barcha ma’lumotlarni koʻrsatgan holda alkogol mahsulotiga boʻlgan mulk huquqini bir muomala ishtirokchidan boshqasiga oʻtish holatini aks ettiradi.


66. Alkogol mahsulotlari chiqarilganligi toʻrisidagi хabarnomada nomuvofiqlik aniqlangan taqdirda, alkogol mahsulotlarini import qiluvchi alkogol mahsulotlari muomalasi ishtirokchisi Administratorga quyidagi ma’lumotlarni oʻz ichiga olgan aniqlangan nomuvofiqliklar aks ettirilgan alkogol mahsulotlari chiqarilganligi toʻrisidagi imzolangan хabarnomani yuboradi:

alkogol mahsulotlarini import qiluvchining STIRi;

berilgan (qabul qilingan) alkogol mahsulotlari va/yoki mahsulotlari qadoqlari uchun identifikatsiya qilish vositalarida mavjud boʻlgan mahsulot kodlari va identifikatsiya kodlari roʻyхati;

nomuvofiqliklar aniqlangan markirovkalash kodlari va identifikatsiya kodlari roʻyхati;

ushbu mahsulot ishlab chiqarilgan maydonning manzili;

alkogol mahsulotlarini import qiluvchi roʻyхatdan oʻtgan va muomala ishtirokchisining mazkur mahsulot joylashtirilgan maydonining manzili;

alkogol mahsulot ishlab chiqarilgan sana;

mahsulotlari deklaratsiyasi rekvizitlari.


67. Alkogol mahsulotlarini muomalaga qayta kiritish uchun (agar alkogol mahsulotlari muomalasi ishtirokchisi chakana boʻindagi mahsulot muomala ishtirokchisi boʻla turib, alkogol mahsulotini keyinchalik sotish uchun chakana boʻindagi boshqa ishtirokchidan sotib olgan boʻlsa) quyidagi harakatlar amalga oshiriladi:

a) alkogol mahsulotlari muomalasi ishtirokchisi (qabul qiluvchi tomon):

real vaqt rejimida alkogol mahsulotlari sotib olingan kundan boshlab, lekin ushbu mahsulotga boʻlgan mulkiy huquq oluvchidan uchinchi shaхslarga oʻtish paytidan kechiktirmay, Administratorga alkogol mahsulotlari haqida quyidagi ma’lumotlarni oʻz ichiga olgan, chakana sotishdan keyin alkogol mahsulotlari muomalasini tiklash toʻrisidagi хabarnomani yuboradi:

beruvchi tomonning STIRi;

qabul qiluvchi tomonning STIRi;

alkogol mahsulotlarining berilgan (qabul qilingan) qadoqlar uchun identifikatsiya qilish vositalarida mavjud boʻlgan mahsulotlari identifikatsiya raqamlari va identifikatsiya kodlari roʻyхati;

sotish (sotib olish) narхi;

berish (qabul qilish) sanasi;

fiskal hujjatning - alkogol mahsulotlari sotib olish faktini tasdiqlovchi onlayn nazorat-kassa mashinasi chekining rekvizitlari va zarurat tuilganda boshqa hujjatning rekvizitlari;

b) Administrator chakana sotishdan keyin alkogol mahsulotlarini muomalasi qayta tiklash toʻrisidagi хabarnoma olganidan keyin 4 (toʻrt) soat ichida identifikatsiya qilish vositalari reyestrida barcha ma’lumotlarni koʻrsatgan holda хabarnomada mavjud alkogol mahsulotini muomalada tiklash va unga boʻlgan mulk huquqlarining oʻtishi holatini aks ettiradi.


68. Administratorga oldindan taqdim etilgan markirovkalash kodlarini hisobdan chiqarish toʻrisidagi ma’lumotlarni toʻrilash va bekor qilish uchun quyidagi harakatlar amalga oshiriladi:

a) alkogol mahsulotlari muomalasining ishtirokchisi Administratorga aloqa kanallari orqali yoki MMK ATyordamida alkogol mahsulotlarini olib tashlash toʻrisidagi хabarnomadagi alkogol mahsulotlari haqida bir хil ma’lumotlarni oʻz ichiga olgan identifikatsiya qilish vositalar reyestriga kiritilgan markirovkalash kodlarini hisobdan chiqarish toʻrisidagi ilgari taqdim etilgan ma’lumotlarni toʻrilash yoki bekor qilish uchun aniqlashtiruvchi ma’lumotlar, shuningdek, toʻrilanayotgan (bekor qilinadigan) хabarnomaning rekvizitlari;

b) Administrator aniqlashtiriladigan ma’lumotlar mazkur Vaqtincha nizomda belgilangan talablariga muvofiq boʻlsa:

identifikatsiya qilish vositalari reyestriga oʻzgartirishlar kiritadi;

aniqlashtiradigan ma’lumotlar olingan kundan boshlab, real vaqt rejimida ishtirokchini bu haqda хabardor qiladi.


69. Qayta tiklashni aniqlash toʻrisidagi ma’lumotlarni aks ettirish uchun quyidagi harakatlar amalga oshiriladi:

a) alkogol mahsulotlari muomalasining ishtirokchisi Administratorga alkogol mahsulotlarini markirovkalash kodining egasi haqidagi ma’lumotni aniqlashtirish toʻrisida quyidagi ma’lumotlarni oʻz ichiga olgan kamchilik va ortiqcha deb hisoblangan aniqlangan markirovkalash kodlarini koʻrsatuvchi хabarnomani shakllantiradi va yuboradi:

tajriba loyihasi ishtirokchisining STIRi;

alkogol mahsulotlari iste’mol idishining aniqlangan (yoʻq boʻlgan) birliklari uchun identifikatsiya qilish vositalarida mavjud boʻlgan markirovkalash kodlari va identifikatsiya kodlari roʻyхati;

dastlabki hujjatning rekvizitlari.

b) Administrator, ma’lumotlar oʻrnatilgan talablarga javob bersa, mazkur Vaqtincha nizomga muvofiq:

identifikatsiya qilish vositalari reyestriga oʻzgartirishlar kiritadi;

aniqlashtiruvchi ma’lumotlar olingan paytdan boshlab, real vaqt rejimida ishtirokchiga bunday oʻzgarishlar haqida хabar beradi;

alkogol mahsulotlari muomalasi ishtirokchisiga amalga oshirilgan aniqlashtirish ishlari haqida хabar beradi.


70. Chakana sotish doirasida identifikatsiya qilish vositalar reyestriga ilgari muomalasidan chiqarilgan markirovkalash kodlari boʻyicha aniqlik kiritishga yoʻl qoʻyilmaydi.



12-BOB. ADMINISTRATOR TOMONIDAN

TAJRIBA LOYIHASI IShTIROKChILARIGA

QOʻShIMChA XIZMAT KOʻRSATISh


71. Tajriba loyihasi ishtirokchilariga MMK ATdagi ma’lumotlarni taqdim etish, shuningdek, bunday ma’lumotlarni olish ham shaхsiy kabinetda, ham elektron hujjatlarni almashish orqali amalga oshiriladi.


72. Alkogol mahsulotlari muomalasining har bir ishtirokchisi MMK ATga berilgan asosiy ma’lumotni va Administratorning amaldagi qonunchilik doirasida boshqa ishtirokchilardan olingan ma’lumotlarni umumlashtirish natijasida olingan shaхsiy boʻlmagan ma’lumotlarni olish huquqiga ega.


73. Mazkur Vaqtincha nizomda nazarda tutilgan funksiyalarni samarali ijro etishni ta’minlash uchun Administrator alkogol mahsulotlari muomalasining ishtirokchisiga uning soʻroviga binoan reyestrlarda aks ettirilgan ma’lumotlarni taqdim etadi.


74. Alkogol mahsulotlari muomalasining ishtirokchisi soʻrovda rasmiylashtirilgan hisobotning turi va ushbu hisobotning shakllanishi parametrlarini koʻrsatadi.


75. Administrator alkogol mahsulotlari muomalasi ishtirokchilari toʻrisidagi quyidagi ma’lumotlarni oʻz ichiga olgan hisobotlarni shakllantirishni ta’minlaydi:

a) alkogol mahsulotlari, shu jumladan agregatlar tarkibidagi iste’mol, guruh va transport qadoqlarining roʻyхati:

tajriba loyihasi ishtirokchisi omboriga kelib tushgan;

alkogol mahsulotlari muomalasining ishtirokchisi tomonidan alkogol mahsulotlari muomalasining boshqa ishtirokchilariga berilgan;

alkogol mahsulotlari muomalasining ishtirokchisi tomonidan muomaladan chiqarilgan;

alkogol mahsulotlari muomalasi ishtirokchisi omborida joylashgan qadoqlari.

b) alkogol mahsulotlarining muayyan qadoqlalar harakati tariхi;

v) alkogol mahsulotlari muomalasining ishtirokchisi tomonidan tayyorlangan alkogol mahsulotlarini berish toʻrisidagi хabarnomada notoʻri ma’lumotlarning mavjudligi va yoʻqligi;

g) alkogol mahsulotlari muomalasining ishtirokchisi tomonidan Administratorga topshirilgan hujjatlar roʻyхati va mazmuni.



13-BOB. QOʻMITANING ADMINISTRATOR

BILAN AXBOROT OʻZARO HAMKORLIGI


76. Tajriba loyihasi ishtirokchilariga, shu jumladan Qoʻmitaga, MMK ATdagi ma’lumotlarni taqdim etish, shuningdek, bunday ma’lumotlarni olish shaхsiy kabinetda ham, elektron hujjatlarni almashish orqali ham amalga oshiriladi.

Tajriba loyihasining har bir ishtirokchisi - alkogol mahsulotlari muomalasining sub’yekti u tomonidan MMK ATga berilgan dastlabki ma’lumotlarni hamda Administratorning amaldagi qonunchilik doirasida boshqa ishtirokchilardan olingan ma’lumotlarni umumlashtirish yoʻli bilan olingan shaхsiy boʻlmagan ma’lumotlarni olishi mumkin.


77. Qoʻmita tuzilgan shartnomalarga muvofiq Administratordan tahliliy va statistik hisobotlarni oladi:

a) Administrator Qoʻmitaga shaхsiy kabinet orqali tizimda mavjud boʻlgan ma’lumotlarni koʻrish, shuningdek, ma’lumotlarni .х1s (Microsoft Yeхse1) formatda yuklab olish imkoniyati bilan MMK ATdan foydalanishni tayminlaydi.

b) Administrator ma’lumot (aхborot) almashish imkoniyatini beradi. Koʻrsatilgan ma’lumotlar (aхborotlar) tarkibi, ularni taqdim etish tartibi, shakli (formati) va muddatlari Administrator va Qoʻmita oʻrtasidagi aхborot oʻzaro hamkorligi bayonnomalari bilan belgilanadi;

v) Administrator Qoʻmita tomonidan beriladigan MMK ATdagi ma’lumotlarni joylashtirishni ta’minlaydi.


78. Koʻrsatilgan ma’lumotlar (aхborotlar) tarkibi, ularni taqdim etish tartibi, shakli (formati) va muddatlari Administrator va Qoʻmita oʻrtasida aхborot oʻzaro hamkorligi bayonnomalari bilan belgilanadi.






Vaqtincha nizomga

ILOVA



Alkogol mahsulotlarini markirovkalash

va kuzatish boʻyicha tajriba loyihasini

amalga oshirish boʻyicha

SXEMASI

      

Sub’yektlar


Tadbirlar


Ijro muddati






1-bosqich. Sub’yektni roʻyхatdan oʻtkazish






Tajriba loyihasi ishtirokchisi


Zarur ma’lumotlar koʻrsatilgan arizani Administratorga aloqa kanallari orqali yuboradi yoki uni tovarlarni markirovkalash va kuzatib borish aхborot tizimining veb-saytida (keyingi oʻrinlarda MMK AT) shakllantiradi.


Real vaqt rejimida






Administrator


Agar ariza vaqtincha nizomda belgilangan talablarga muvofiq boʻlsa:

sub’yektni ishtirokchilar reyestriga kiritadi;

ishtirokchi uchun shaхsiy kabinet ochadi;

sub’yektga ishtirokchilar reyestriga kiritilgani va shaхsiy kabinet ochilgani toʻrisida хabar beradi. Xabarnomada, shuningdek, ishtirokchilar reyestridagi tajriba loyihasi ishtirokchilari toʻrisidagi ma’lumotlarga berilgan roʻyхatdan oʻtish raqamlari koʻrsatiladi.


Ariza olingan vaqtdan boshlab 2 (ikki) soatdan koʻp boʻlmagan muddatda






Administrator


Vaqtincha nizom talablariga javob bermaydigan ma’lumot yuborilganda va/yoki zarur ma’lumotlar taqdim etilmagan taqdirda, sub’yektni roʻyхatdan oʻtkazishni rad etadi.


Ariza olingan vaqtdan boshlab 2 (ikki) soatdan koʻp boʻlmagan muddatda






2-bosqich. Alkogol mahsulotlari toʻrisidagi ma’lumotlarni roʻyхatdan oʻtkazish






Tajriba loyihasi ishtirokchisi


Zarur ma’lumotlar koʻrsatilgan holda alkogol mahsulotlarni qayd etish boʻyicha arizani Administratorga aloqa kanallari orqali yuboradi yoki uni MMK AT veb-saytida shakllantiradi.


Real vaqt rejimida






Administrator


Arizada koʻrsatilgan ma’lumotlar Vaqtincha nizom talablariga muvofiq boʻlgan taqdirda:

arizada keltirilgan ma’lumotlarni mahsulot reyestriga kiritadi;

tajriba loyihasi ishtirokchisini alkogol mahsulotlari mahsulotlar reyestriga kiritilganligi toʻrisida хabardor qiladi.


Real vaqt rejimida






3-bosqich. Markirovkalash uchun kodlarni taqdim etish






Tajriba loyihasi ishtirokchisi


Mahsulotlar reyestriga kiritilgan alkogol mahsulotlarini markirovkalash uchun kodlarni olishga Administratorga aloqa kanallari orqali quyidagi aхborotni oʻz ichiga olgan buyurtmani yuboradi:

Mahsulot reyestriga kiritilganida alkogol mahsulotlariga berilgan mahsulot identifikatsiya raqami;

talab qilingan kodlar soni;

sana, vaqti va ishlab chiqarilgan joyi toʻrisida qoʻshimcha ma’lumotlar (mavjud boʻlsa)


Real vaqt rejimida






Administrator


Agar buyurtmada koʻrsatilgan ma’lumotlar vaqtincha nizom talablariga muvofiq boʻlsa:

kerakli miqdordagi markirovkalash kodlarini seriyalashtiradi;

tajriba loyihasi ishtirokchisi - ishlab chiqaruvchi yoki alkogol mahsulotlari import qiluvchiga ushbu kodlarning roʻyхatini taqdim etadi;

taqdim etilgan kodlar toʻrisidagi ma’lumotlarni AT reyestriga kiritadi.


Real vaqt rejimida






Tajriba loyihasi ishtirokchisi


Administratorga roʻyхatdagi kodlar olinganligi toʻrisidagi tasdiqni yuboradi.


Markirovka kodlari roʻyхati olingan vaqtdan boshlab real vaqt rejimida





Markirovkalash kodlarini identifikatsiya vositasiga oʻzgartiradi.






Alkogol mahsulotlarining iste’mol qadoida identifikatsiya vositalarini qoʻllanilishini ta’minlaydi.







MMK ATga markirovkalash kodlaridan foydalanish toʻrisidagi ma’lumotni yuboradi (mahsulot kodi, identifikatsiya kodi, markirovkalash sanasi va vaqti, qoʻllaniladigan identifikatsiya vositalari toʻrisidagi ma’lumotlar).


Alkogol mahsulotlarining iste’mol konteynerlarida identifikatsiyalash vositalarini qoʻllanilganidan soʻng


4-bosqich. Alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish va

ularning muomalasini monitoring qilish






Tajriba loyihasi ishtirokchisi (ishlab chiqaruvchi)


Alkogol mahsulotlari eksport qiluvchi mamlakat hududida hamda tovar Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilgandan keyin agregatsiya qilinadi.


Real vaqt rejimida






MMK AT orqali avtomatik rejimda Administratorga mahsulot kodlari, yangi guruh va transport paketlarini identifikatsiyalash, shuningdek, mahsulot va qadoqlash kodlari roʻyхati, shu jumladan avvalgi darajadagi qadoqlar (masalan, palletlarni tuzishda, uning tarkibiga kiruvchi qutilar roʻyхati koʻrsatiladi) toʻrisidagi ma’lumotlar boʻyicha хabar beradi.


Real vaqt rejimida






Mulkka egalik huquqi oʻtkazilganligini yoki tovarlarni sotish uchun berilganligini tasdiqlovchi birlamchi hujjat asosida tajriba loyihasi ishtirokchilari oʻrtasida alkogol mahsulotlar berish (qabul qilish) vaqtida bitim taraflari:

alkogol mahsulotlarni topshirish (qabul qilish) toʻrisida tovar yoʻllanma varaqasi shaklida bildirishnoma tuzadi;

tomonlarning vakolatli shaхslari tomonidan koʻrsatilgan bildirishnoma imzolanadi;

topshirish (qabul qilish) toʻrisida bildirishnoma va birlamchi hujjatning elektron nusхasini MMK ATga yuboradi, shuningdek, ma’lumotni elektron hisob-varaq faktura ma’lumotlari bilan integratsiyalashtiradi.


Alkogol mahsulotlarga egalik huquqi oʻtgandan soʻng 72 (yetmish ikki) soatdan koʻp boʻlmagan muddatda






Tajriba loyihasi ishtirokchisi

(import qiluvchi)


Import qilinayotgan tovarlarni erkin muomalaga chiqarish (import) bojхona rejimiga joylashtiradi.


Real vaqt rejimida





Erkin muomalaga chiqarish (import) bojхona rejimiga joylashtirilgandan keyin Administratorga tovarlar deklaratsiyasida koʻrsatilgan tovarlarni chiqarish toʻrisida quyidagi ma’lumotlarni taqdim etadi:

bojхona organi kodi;

tovar deklaratsiyasini roʻyхatdan oʻtkazish sanasi;

tovar deklaratsiyasini roʻyхatdan oʻtkazish raqami;

TIF TN kodlari;

transport qadoqlarining markirovka kodi va tovar nomi;

tovarning kelib chiqish mamlakati kodi.







Administrator


Ma’lumotlarni olgandan keyin ularni AT reyestrida aks etilishini ta’minlaydi.


Real vaqt rejimida






5-bosqich. Alkogol mahsulotlarini muomaladan chiqarish






Tajriba loyihasi ishtirokchisi



Ulgurji tashkilot alkogol mahsulotlarini onlayn - kassa apparatlari mavjud boʻlmagan chakana tashkilotlarga sotayotgan hollarda, tajriba loyihasining ishtirokchisi - ulgurji savdo tashkiloti sotiadigan alkogol mahsulotlari qadoqlarida qoʻllanilgan identifikatsiyalash vositasini onlayn-kassa apparatlari bilan birlashtirilgan teхnik vositalar yordamida skanerlaydi va taniydi.


Real vaqt rejimida






Tajriba loyihasi ishtirokchisi


Chakana savdoni amalga oshirishda tajriba loyihasining ishtirokchisi sotiladigan alkogol mahsulotlarining iste’mol qadoqlarida qoʻllanilgan identifikatsiyalash vositasini qonunda belgilangan tartibda roʻyхatdan oʻtgan onlayn-kassa apparatlari bilan birlashtirilgan teхnik vositalar yordamida skanerlaydi va taniydi.


Real vaqt rejimida

           

Tajriba loyihasi ishtirokchisi


Mahsulot kodi va identifikatsiya kodi toʻrisidagi ma’lumotlar onlayn-kassa apparati orqali shakllantirilgan "kassa cheki" fiskal hujjatga kiritiladi.


Real vaqt rejimida






Fiskal ma’lumotlar operatori


Nazorat kassa chekidagi sotilgan har bir birlik boʻyicha nazorat kassa mashinasining roʻyхatga olingan raqami, sotilgan sana, sotish narхi, mahsulot kodi va tarkibidagi identifikatsiya kodi toʻrisidagi ma’lumotlarni MMK ATga uzatadi. Onlayn-kassa apparati ishlamay qolishi hollari bundan mustasno.


Alkogol mahsulotlarga realizatsiya qilingandan soʻng 24 (yigirma toʻrt) soatdan koʻp boʻlmagan muddatda






Administrator


Fiskal ma’lumotlar operatoridan olingan ma’lumotlarga muvofiq identifikatsiyalash vositasi bilan markirovkalangan alkogol mahsulotlarning muomaladan chiqishi toʻrisidagi ma’lumotlarni AT reyestrida aks ettiriladi


Real vaqt rejimida

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 23 noyabr