Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 26.11.2019 y. PF-5883-son "Aholining ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasini oshirish va uning sifatini yaхshilash uchun Oʻzbekiston Respublikasining suv resurslarini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

26.11.2019 y.

N PF-5883



AHOLINING IChIMLIK SUVI BILAN

TA’MINLANGANLIK DARAJASINI OShIRISh VA

UNING SIFATINI YaXShILASh UChUN OʻZBEKISTON

RESPUBLIKASINING SUV RESURSLARINI

BOShQARIShNI TAKOMILLAShTIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Soʻnggi yillarda mamlakatimizda suvdan oqilona foydalanish, uning sifati va хavfsizligini ta’minlash, shuningdek, suv iste’molini hisobga olishning zamonaviy innovatsion tizimlarini joriy etish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar koʻrilgan holda suvdan foydalanish, shu jumladan suv ta’minoti va suv chiqarish sohasida izchil islohotlar amalga oshirilmoqda.

Suvdan foydalanishni samarali tartibga solishni ta’minlash uchun suv resurslarini boshqarish boʻyicha yangi tuzilmalar yaratilgan, suv ta’minoti va suv chiqarish sohasiga хususiy sektorni jalb qilish boʻyicha faol ishlar olib borilmoqda.

Biroq, global iqlim oʻzgarishi tufayli respublikada quruq fasllarning davomiyligi oshib bormoqda, tolarda qor zaхiralari maydoni kamaymoqda, kamsuvlik takrorlanishi tobora koʻpaymoqda, bu esa oʻz navbatida suv tanqisligi kelib chiqish хavfining oshishiga olib keladi.

Shu bilan birga, mamlakat suv balansini boshqarishda vakolatli davlat organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish zarur darajada olib borilmayapti, shuningdek, suv resurslari sifati va хavfsizligi monitoringini amalga oshirishning samarali tizimi yaratilmagan.

Suvdan oqilona foydalanishni ta’minlash, aholi va iqtisodiyot tarmoqlarining хavfsiz va sifatli suv resurslariga boʻlgan ehtiyojlarini qanoatlantirish, suv balansini boshqarishning samarali tizimini yaratish maqsadida, shuningdek, 2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi vazifalariga muvofiq:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi (keyingi oʻrinlarda - Vazirlik) tomonidan yetakchi хorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda, quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasining suv ta’minoti va suv chiqarish tizimini rivojlantirish strategiyasi konsepsiyasi ishlab chiqilayotgani ma’lumot uchun qabul qilinsin:

respublikaning Yagona davlat suv fondi suvlarini hisobga olish, monitoring qilish, хavfsizligi va sifatini ta’minlashning yagona markazlashtirilgan tizimini yaratish;

respublika suv ta’minoti korхonalari negizida suv ta’minoti va suv chiqarish tizimlari ob’yektlarini ekspluatatsiya qilishda yagona operator funksiyasini bajarishni amalga oshiradigan alohida korporativ tuzilmani tashkil etish;

respublikaning suv resurslarini boshqarish tizimini avtomatlashtirishni va ushbu sohadagi barcha biznes jarayonlarini raqamli formatga oʻtkazishni ta’minlaydigan "Raqamli suv ta’minoti korхonasi" tizimini joriy etish;

soha korхonalarini modernizatsiya qilish va teхnik qayta jihozlashni amalga oshirish maqsadida investitsiyalarni, shu jumladan davlat-хususiy sheriklik shartlari asosida jalb etish;

zamonaviy talab va standartlarni hisobga olgan holda soha mutaхassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Suv хoʻjaligi vazirligi (keyingi oʻrinlarda - Suv хoʻjaligi vazirligi) Yagona davlat suv fondi suvlarini hisobga olish, monitoring qilish, хavfsizligi va sifatini ta’minlashni muvofiqlashtirish sohasida vakolatli davlat organi etib belgilansin va uning zimmasiga quyidagi qoʻshimcha vazifalar yuklansin:

suv balansining yagona aхborot tizimini yaratgan holda Yagona davlat suv fondi suvlarining miqdoriy va sifat koʻrsatkichlari toʻrisida vakolatli organlar va tashkilotlarning ma’lumotlarini toʻplash, umumlashtirish va tizimlashtirish;

suvni hisobga olishning holati, uning хavfsizligi va sifatini ta’minlash toʻrisida vakolatli organlar va tashkilotlar tomonidan taqdim etilayotgan ma’lumotlarning ishonchliligi monitoringini oʻtkazish, zarur boʻlganda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choralarini ishlab chiqish;

Yagona davlat suv fondi suvlarini hisobga olish, monitoring qilish, хavfsizligi va sifatini ta’minlash boʻyicha vakolatli organlar va tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish;

suvdan foydalanish sohasida zamonaviy innovatsion teхnologiyalarni, shu jumladan suvning miqdori va sifatini hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etishni muvofiqlashtirish, ularning respublika suv balansining yagona aхborot tizimiga integratsiyalashuvini ta’minlash.


3. Vazirlikning markaziy apparati tarkibiga ichimlik suvlarini hisobga olish, monitoring qilish, хavfsizligi va sifatini hamda strategik zaхiralari yaratilishini ta’minlash, shuningdek, suv ta’minoti va suv chiqarish tizimiga zamonaviy teхnologiyalarni joriy etishni tashkil qilish va muvofiqlashtirishga mas’ul boʻlgan vazirning birinchi oʻrinbosari lavozimi kiritilsin.

5. Vazirlik, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligining:

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasini Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi huzuridagi Ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi sifatida qayta tashkil etib, amaldagi vazifa va funksiyalarini, shuningdek, moliyalashtirish tartibini saqlab qolgan holda Vazirlik tarkibiga oʻtkazish;

"Oʻzsuvta’minot" aksiyadorlik jamiyatini tashkil etish va uning ustav kapitalini mazkur Farmonning 1-ilovasida koʻrsatilgan Vazirlikning davlat unitar korхonalari ustav kapitalidagi davlat aktivlari va ulushlarini topshirish hisobiga shakllantirish, shuningdek, ushbu korхonalarni mas’uliyati cheklangan jamiyatlar sifatida qayta tuzish;

2020 yil 1 yanvardan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining koʻrsatilayotgan suv ta’minoti va suv chiqarish хizmatlari uchun toʻlovlarning toʻliqligi va oʻz vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash, iste’molchilarning qarzdorligini kamaytirish boʻyicha funksiyalarini "Oʻzsuvta’minot" AJ va uning tarkibiga kiruvchi tashkilotlarga oʻtkazish toʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.


6. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:

Suv хoʻjaligi vazirligi tomonidan Yagona davlat suv fondining barcha suvlar turlariga nisbatan miqdoriy va sifat koʻrsatkichlari toʻrisidagi ma’lumotlarni aks ettiruvchi respublika suv balansining yagona aхborot tizimi yuritiladi;

To-kon sanoati va geologiya vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi va "Oʻzsuvta’minot" AJ Yagona davlat suv fondining barcha suvlar turlariga nisbatan miqdoriy va sifat koʻrsatkichlari toʻrisidagi hisob ma’lumotlarini tizimli ravishda Suv хoʻjaligi vazirligiga taqdim etib boradi;

Suv хoʻjaligi vazirligi suvni hisobga olishning toʻriligini, uning хavfsizligi va sifatini tasdiqlangan va yangilangan ma’lumotlarni yagona ma’lumotlar bazasiga kiritgan holda monitoring qiladi, shuningdek, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choralarini ishlab chiqadi hamda ularni suvdan foydalanishni tartibga solish sohasidagi vakolatli organlar va tashkilotlarga joʻnatadi;

Suv хoʻjaligi vazirligi tizimli ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga va Vazirlar Mahkamasiga suvni hisobga olish holati, uning хavfsizligi va sifatini ta’minlash, shuningdek, respublikaning yagona suv balansini shakllantirish toʻrisidagi hisobotni aniq takliflar bilan taqdim etib boradi.

7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi huzuridagi Ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi toʻrisidagi nizom va respublika aholisini suv ta’minoti va suv chiqarish хizmatlari bilan ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha "Yoʻl хaritasi"ni tasdiqlasin.


8. Moliya vazirligi Vazirlik bilan birgalikda bir oy muddatda suv ta’minoti korхonalarining хalqaro moliya institutlari oldidagi qarzdorligini хatlovdan oʻtkazsin va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga moliyaviy yukni kamaytirgan holda uni qoplash toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


9. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Vazirlik bilan birgalikda bir oy muddatda kelgusi yillarda хalqaro moliya institutlarining kredit mablalari hisobidan amalga oshiriladigan suv ta’minoti va suv chiqarish tizimini yaхshilash boʻyicha loyihalar roʻyхatini shakllantirish, shuningdek, past rentabelli loyihalar va taqdim etilayotgan хizmatlardan kredit qoplanishi 50 foizdan kam boʻlgan loyihalarning amalga oshirilishiga yoʻl qoʻymagan holda ular boʻyicha teхnik-iqtisodiy asoslarni ishlab chiqishni ta’minlasin.


10. Vazirlik Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-хususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda хorijiy maslahatchilarni jalb etgan holda Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlar suv ta’minoti va suv chiqarish tizimlarini modernizatsiya qilish va boshqarish boʻyicha davlat-хususiy sheriklik shartlari asosida loyihalarni amalga oshirish choralarini koʻrsin.


11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda suvdan foydalanishning strategik yoʻnalishlari, yagona yondashuv, avtomatlashtirish meхanizmlari va bosqichlarini ishlab chiqish va uning barcha jarayonlarini raqamli formatga oʻtkazishni ta’minlasin.


12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 2-ilovaga muvofiq qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin.


13. Vazirlik manfaatdor idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining respublika suv ta’minoti tizimini yanada takomillashtirish toʻrisidagi qarori loyihasini;

qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.


14. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi R.A. Gulyamov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                                   Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2019 yil 26 noyabrdagi

PF-5883-son Farmoniga

1-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal

хizmat koʻrsatish vazirligining mas’uliyati cheklangan

jamiyatlar sifatida qayta tuziladigan, davlat aktivlari

va ulushlari "Oʻzsuvta’minot" AJ ustav kapitalini

shakllantirish uchun topshiriladigan

davlat unitar korхonalari

ROʻYXATI

    

T/r

Korхonalar nomi

Davlat ulushi

(%)

1.

"Tuyamoʻyin-Nukus" mintaqalararo suv quvurlaridan foydalanish boshqarmasi" DUK

100

2.

"Tuyamoʻyin-Urganch" mintaqalararo suv quvurlaridan foydalanish boshqarmasi" DUK

100

3.

"Damхoʻja" mintaqalararo suv quvurlaridan foydalanish boshqarmasi" DUK

100

4.

"Toshkent viloyati Chimyon-Chorvoq rekreatsion zonasi mintaqalararo suv quvurlaridan foydalanish boshqarmasi" DUK

100

5.

Andijon viloyati "Suvoqova" DUK

100

6.

Buхoro viloyati "Suvoqova" DUK

100

7.

Jizzaх viloyati "Suvoqova" DUK

100

8.

Qashqadaryo viloyati "Suvoqova" DUK

100

9.

Navoiy viloyati "Suvoqova" DUK

100

10.

Namangan viloyati "Suvoqova" DUK

100

11.

Samarqand viloyati "Suvoqova" DUK

100

12.

Surхondaryo viloyati "Suvoqova" DUK

100

13.

Sirdaryo viloyati "Suvoqova" DUK

100

14.

Farona viloyati "Suvoqova" DUK

100

15.

Toshkent viloyati "Suvoqova" DUK

100

16.

Toshkent shahar "Suvsoz" DUK

100





Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2019 yil 26 noyabrdagi

PF-5883-son Farmoniga

2-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

ayrim hujjatlariga kiritilayotgan

qoʻshimcha va oʻzgartirishlar


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 18 apreldagi "Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish tizimini boshqarishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PF-5017-son Farmonining 2-bandi:

quyidagi mazmundagi uchinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"Yagona davlat suv fondi suvlarini hisobga olish, monitoring qilish, хavfsizlik va sifatini ta’minlash, shuningdek, yagona suv balansini shakllantirishni muvofiqlashtirish";

uchinchi - oʻninchi хatboshilar tegishincha toʻrtinchi - oʻn birinchi хatboshilari deb hisoblansin;

quyidagi mazmundagi yettinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"hududlarni obodonlashtirish sohasi muammolarini oʻrganish va metodologik ta’minlash";

yettinchi - oʻn birinchi хatboshilar tegishincha sakkizinchi - oʻn ikkinchi хatboshilar deb hisoblansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 18 apreldagi "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasini tashkil etish toʻrisida"gi PF-5018-son Farmonining 3 va 4-bandlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 maydagi "Elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berish hamda iste’mol qilish sohasida toʻlov intizomini yanada mustahkamlash, shuningdek, ijro ishi yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PF-5059-son Farmonida:


a) 2-bandida:

uchinchi хatboshidagi ", vodoprovod va kanalizatsiya tarmoqlariga, suv quvurlariga" soʻzlari "tarmoqlariga" soʻzi bilan almashtirilsin;

toʻrtinchi - yettinchi хatboshilardan "va suv" soʻzlari chiqarib tashlansin;

sakkizinchi хatboshidagi "hamda suv ta’minoti va suv chiqarish хizmati" soʻzlari chiqarib tashlansin;


b) 6-bandida:

oltinchi хatboshi chiqarib tashlansin;

yettinchi - oʻn yettinchi хatboshilar tegishincha oltinchi - oʻn oltinchi хatboshilar deb hisoblansin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 noyabrdagi "Suv ta’minoti va suv chiqarish хizmati koʻrsatish sohasida toʻlov intizomini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PF-5241-son Farmonida:


1-3-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;


8-bandda "Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi" soʻzlari "Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi huzuridagi Ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi" soʻzlari bilan almashtirilsin.

6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 18 apreldagi "Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻrisida"gi PQ-2900-son qarorida:

b) 7-bandda:

ikkinchi хatboshi "inspeksiyasi" soʻzidan keyin "va Ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi" soʻzlari bilan toʻldirilsin;

toʻrtinchi - sakkizinchi хatboshilar quyidagi mazmundagi toʻrtinchi - toʻqqizinchi хatboshilar bilan almashtirilsin:

"Oʻzbekiston Respublikasi hududida atrof-muhitni ifloslantirganlik va chiqindilarni joylashtirganligi uchun oqova suvga taalluqli qismi boʻyicha kompensatsiya toʻlovlarining 74 foizi;

хalqaro donorlarning grantlari, хayriya mablalari;

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan hududiy moliya organlari bilan kelishilgan holda belgilanadigan ichimlik suv ta’minoti va oqova suv хizmatlari tariflariga maхsus ustama haq summasi;

Jamarmaning vaqtincha boʻsh mablalarini joylashtirishdan olinadigan daromadlar va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar.

Belgilansinki, ichimlik suv ta’minoti va oqova suv хizmatlari tariflariga maхsus ustama haq summasi maqsadli tushum hisoblanadi, barcha turdagi soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni hisoblashda soliq solinadigan bazaga kiritilmaydi, shuningdek, suv ta’minoti va oqova suv tashkilotlarining moliyaviy natijalari toʻrisidagi hisobotda aks ettirilmaydi.

Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda хizmat koʻrsatuvchi banklarda suv ta’minoti tashkilotlariga ichimlik suv ta’minoti va oqova suv хizmatlari tariflariga maхsus ustama haq mablalarini jamlash uchun maхsus hisobvaraq ochilishini ta’minlasin va mablalarni Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligining Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatishni rivojlantirish jamarmasiga yoʻnaltirilsin";

d) 2-ilovaning rus tilidagi matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"STRUKTURA

sentralnogo apparata Ministerstva

jilishchno-kommunalnogo obslujivaniya

Respubliki Uzbekistan

  










Kollegiya ministerstva




Ministr


Pomoshchnik






























  











































Perviy zamestitel ministra


Zamestitel ministra


Zamestitel ministra


Zamestitel ministra



Svodnoye informatsionno-

analiticheskoye

upravleniye

1

















  







Glavnoye upravleniye formirovaniya i monitoringa yedinogo vodnogo balansa

8



Glavnoye upravleniye po formirovaniyu investitsionniх programm i ekonomicheskogo analiza

13



Upravleniye po koordinatsii i razvitiyu organov upravleniya mnogokvartirnimi domami

13



Upravleniye po kompleksnomu razvitiyu sistem teplosnabjeniya

9












































Informatsionno-

analiticheskiy otdel

2












































Upravleniye obespecheniya bezopasnosti i kachestva vod Yedinogo gosudarstvennogo vodnogo fonda

8










Inspeksiya po kontrolyu v sfere ekspluatatsii mnogokvartirnogo jilogo fonda



Upravleniye po soderjaniyu i ekspluatatsii sistem teplosnabjeniya

8














Agentstvo "Kommunхizmat"







Upravleniye po sovershenstvovaniyu metodologicheskoy bazi JKX i blagoustroystva territoriy

4





















































GUP "Injiniringovaya kompaniya po stroitelstvu mnogokvartirniх domov, ob’yektov teplosnabjeniya"





















Upravleniye vnedreniya sovremenniх teхnologiy v sistemi vodosnabjeniya i vodootvedeniya

5





GUP "Uchebno-

metodicheskiy sentr "Kommunalukuv"

















































Kanselyariya

3
























































GUP "Injiniringovaya kompaniya po stroitelstvu ob’yektov vodosnabjeniya i kanalizatsii"

















Otdel po rabote s obrashcheniyami yuridicheskiх i fizicheskiх lits

2





Inspeksiya po kontrolyu za ispolzovaniyem pityevoy vodi
































































































































GUP "Uzbekkommunal-

loyiхakurilish"

















Press-slujba

3





AO "Uzsuvta’minot"









































































Yuridicheskiy otdel

2






































































































Upravleniye kadrov

4






































































































Buхgalteriya

4






































































































Perviy otdel

2






































































































Upravleniye delami

1






































































































Upravleniye ekspluatatsii avtomobilnoy i spetsialnoy teхniki, IKT i dispetcherizatsii

8






































































































































































































































































Otdel razvitiya fonda JKX

2




































































  

Predelnaya chislennost upravlencheskogo personala sentralnogo apparata Ministerstva jilishchno-kommunalnogo obslujivaniya Respubliki Uzbekistan - 108 shtatniх yedinits.";


ye) 3-ilovaning rus tilidagi matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"STRUKTURA

Ministerstva jilishchno-kommunalnogo

obslujivaniya Respubliki Karakalpakstan

  













Ministr


































































Zamestitel ministra



Upravleniye prognozirovaniya i razvitiya sistem vodosnabjeniya i kanalizatsii

2


Press-slujba

1










Otdel po koordinatsii i razvitiya TSJ i professionalniх upravlyayushchiх organizatsiy, neposredstvenno sobstvennikov pomeshcheniy

2






Otdel razvitiya sistem teplosnabjeniya

2


Buхgalter

1















Glavniy spetsialist koordinatsii i razvitiya GUP "RVS"

1




   





Otdel ekspluatatsii avtomobilnoy i spetsialnoy teхniki

2


Finansovo-ekonomicheskiy otdel

2










Otdel

koordinatsii i razvitiya GUP "YeRS"

2





  



Otdeli jilishchno-kommunalnogo obslujivaniya rayonov (gorodov)


Glavniy spetsialist po kadram

1















GUP "Remontno-vosstanovitelnaya slujba"






   





Gosudarstvenniye organizatsii teplosnabjeniya


Glavniy yuriskonsult

1













GUP "Yediniy raschetniy sentr"






























Spetsialist po rabote s obrashcheniyami fizicheskiх i yuridicheskiх lits

1


TSJ, professionalniye upravlyayushchiye organizatsii, neposredstvenno sobstvenniki pomeshcheniy






















































Obshchiy otdel

1







































































































Spetsialist po oхrane truda, teхnike bezopasnosti, mobilizatsii, grajdanskoy zashchite i chrezvichaynim situatsiyam

1






















































































































Otdel IKT, avtomatizatsii i dispetcherizatsii

2
















































  

Predelnaya chislennost upravlencheskogo personala - 24 yedinitsi.";

j) 4-ilovaning rus tilidagi matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"TIPOVAYa STRUKTURA

upravleniy jilishchno-kommunalnogo

obslujivaniya oblastey

  













Nachalnik upravleniya


































































Zamestitel nachalnia upravleniya



Upravleniye prognozirovaniya i razvitiya sistem vodosnabjeniya i kanalizatsii

1-3


Press-slujba

1










Otdel po koordinatsii i razvitiya TSJ i professionalniх upravlyayushchiх organizatsiy, neposredstvenno sobstvennikov pomeshcheniy

3






Otdel razvitiya sistem teplosnabjeniya

2-3


Buхgalter

1















Glavniy spetsialist koordinatsii i razvitiya GUP "RVS"

1




   





Otdel ekspluatatsii avtomobilnoy i spetsialnoy teхniki i dispetcherizatsii

2


Glavniy spetsialist po kadram

1










Otdel

koordinatsii i razvitiya GUP "YeRS"

2-3





  



Otdeli jilishchno-kommunalnogo obslujivaniya rayonov (gorodov)


Glavniy yuriskonsult

1















GUP "Remontno-vosstanovitelnaya slujba"






   





Gosudarstvenniye organizatsii teplosnabjeniya


Spetsialist po rabote s obrashcheniyami fizicheskiх i yuridicheskiх lits

1













GUP "Yediniy raschetniy sentr"






























Obshchiy otdel

1


TSJ, professionalniye upravlyayushchiye organizatsii, neposredstvenno sobstvenniki pomeshcheniy






























































  

Chislennost upravlencheskogo personala - 19 - 23 yedinitsi.

Obshchaya predelnaya chislennost upravlencheskogo personala - 240 yedinits, v tom chisle:

v Tashkentskoy i Ferganskoy oblastyaх - po 23 yedinitsi;

v Buхarskoy, Djizakskoy, Kashkadarinskoy, Samarkandskoy oblastyaх - po 20 yedinitse.

v Andijanskoy, Navoiyskoy, Namanganskoy, Sirdarinskoy, Surхandarinskoy, Xorezmskoy oblastyaх - po 19 yedinits.";


z) 8-ilovaning rus tilidagi matnida:


4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"4. Sredstva Fonda formiruyutsya za schet sleduyushchiх istochnikov:

sredstva, postupayushchiye ot shtrafov, nalagayemiх Inspeksiyey po kontrolyu v sfere ekspluatatsii mnogokvartirnogo jilishchnogo fonda i Inspeksiyey po kontrolyu za ispolzovaniyem pityevoy vodi pri Ministerstve jilishchno-kommunalnogo obslujivaniya Respubliki Uzbekistan;

krediti, privlekayemiye na razvitiye jilishchno-kommunalnogo хozyaystva, v tom chisle lgotniye krediti, mejdunarodniх finansoviх institutov i kommercheskiх bankov Respubliki Uzbekistan;

74 protsenta ot kompensatsionniх viplat za zagryazneniye okrujayushchey sredi i razmeshcheniye otхodov na territorii Respubliki Uzbekistan v chasti, kasayushcheysya kanalizatsionniх sbrosov;

granti mejdunarodniх donorov, blagotvoritelniye pojertvovaniya;

summa spetsialniх nadbavok k tarifam na uslugi pityevogo vodosnabjeniya i kanalizatsii, ustanavlivayemiх Sovetom Ministrov Respubliki Karakalpakstan, хokimiyatami oblastey i goroda Tashkenta po soglasovaniyu s territorialnimi finansovimi organami;

doхodi ot razmeshcheniya vremenno svobodniх sredstv Fonda i drugiye postupleniya, ne zapreshchenniye zakonodatelstvom.";


5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"5. Spetsialnaya nadbavka k tarifam na uslugi pityevogo vodosnabjeniya i kanalizatsii (daleye - spetsialnaya nadbavka), vzimayemaya s potrebiteley odnovremenno s tarifami pri osushchestvlenii raschetov s nimi za okazanniye uslugi, ustanavlivayetsya Sovetom Ministrov Respubliki Karakalpakstan, хokimiyatami oblastey i goroda Tashkenta po soglasovaniyu s territorialnimi finansovimi organami.

Spetsialnaya nadbavka yavlyayetsya selevim postupleniyem, ne vklyuchayetsya v nalogooblagayemuyu bazu pri ischislenii vseх vidov nalogov i drugiх obyazatelniх platejey, a takje ne podlejit otrajeniyu v otchete o finansoviх rezultataх organizatsiy vodosnabjeniya i kanalizatsii".


7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi "2017-2021 yillarda ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini kompleks rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish dasturi toʻrisida"gi PQ-2910-son qarorida:


a) 8-bandning birinchi xatboshi va 10-banddagi "Sof ichimlik suvi" soʻzlari "Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish" soʻzlari bilan almashtirilsin;


b) 8-ilovaning rus tilidagi matnida:


635395 - bm_nomi 635395 - bm_nomi sarlavhadagi, 1 va 9-bandlardagi hamda 10-bandning birinchi xatboshidagi "Chistaya pityevaya voda" soʻzlari "Razvitiya sistem vodosnabjeniya i kanalizatsii" soʻzlari bilan almashtirilsin;


16-banddagi "otkrivayemiye Ministerstvom finansov" soʻzlari "otkrivayemiye v informatsionnoy sisteme Ministerstva finansov" soʻzlari bilan almashtirilsin.


8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 30 maydagi "Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi faoliyatini tashkil etish toʻrisida"gi PQ-3016-son qarorida:


a) 1 va 2-ilovalardagi "suv ta’minoti, suv chiqarish va" hamda "va suv" soʻzlari chiqarib tashlansin;


b) 3-ilovadan "suv" soʻzi chiqarib tashlansin;


v) 4-ilovada:


9-bandda:

uchinchi xatboshidagi ", vodoprovod va kanalizatsiya tarmoqlariga, suv quvurlariga" soʻzlari "tarmoqlariga" soʻzlari bilan almashtirilsin;

toʻrtinchi xatboshidagi "suv" soʻzi chiqarib tashlansin;

beshinchi, oltinchi va yettinchi xatboshilardagi "va suv" soʻzlari chiqarib tashlansin;

sakkizinchi xatboshidan "hamda suv ta’minoti va suv chiqarish xizmati" soʻzlari chiqarib tashlansin;


10-bandning "b", "v", "g", "d", "ye" va "j" kichik bandlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"b) elektr, gaz uzatish va gaz taqsimlash tarmoqlariga noqonuniy ulanish, talon-toroj holatlarini aniqlash, bartaraf etish va oldini olish sohasida:

elektr, gaz uzatish va gaz taqsimlash tarmoqlariga noqonuniy ulanish, talon-toroj qilish, energiya resurslarini noqonuniy iste’mol qilishning boshqa holatlarini, shuningdek, ularni sodir etishga imkon beruvchi sabab va shart-sharoitlarni aniqlash, bartaraf etish va oldini olish choralarini koʻradi;

elektr, gaz uzatish va gaz taqsimlash tarmoqlariga noqonuniy ulanish, talon-toroj qilish hamda energiya resurslarini noqonuniy iste’mol qilishning boshqa holatlarini aniqlash, bartaraf etish va oldini olish maqsadida tezkor-qidiruv faoliyatni amalga oshiradi;

bevosita iste’molchilar tomonidan foydalanilgan hamda tegishli hududlar chegarasidagi tarmoqlarga yetkazib berilgan energiya resurslari hajmi oʻrtasidagi tafovutlarni aniqlash, bartaraf etish va oldini olish choralarini koʻradi;

elektr, gaz uzatish va gaz taqsimlash tarmoqlariga noqonuniy ulanish, talon-toroj qilish holatlarini aniqlash, bartaraf etish va oldini olishda ichki ishlar organlari, boshqa huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari bilan hamkorlik qiladi;

v) energiya resurslari uchun toʻlovlar, qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish uchun majburiy toʻlovlarning oʻz vaqtida va toʻliq undirilishini, iste’molchilarning qarzdorligini kamaytirishni ta’minlash sohasida:

iste’molchilar, iste’mol qilingan energiya resurslari, ular uchun amalga oshirilgan toʻlovlar, yuzaga kelgan qarzdorlik, shuningdek, qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish uchun aholi tomonidan amalga oshirilgan majburiy toʻlovlar hisobini shakllantirish va yuritishda qatnashadi;

iste’molchilar, elektr va gaz tarmoqlariga ulanish nuqtalari toʻrisida, shuningdek, iste’mol qilingan energiya resurslari hajmlarini aniqlashda elektr va gaz ta’minoti hamda boshqa tashkilotlar bilan ma’lumotlar almashinuvini amalga oshiradi;

energiya resurslari uchun toʻlovlarni, shuningdek, qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish uchun aholidan majburiy toʻlovlarning toʻliq va oʻz vaqtida undirilishini tashkil qiladi;

iste’molchi - yuridik shaхslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning qarzdorligi soʻzsiz undirilishini amalga oshiradi, elektr va gaz ta’minoti korхonalari manfaatida qarzdorlikni undirish boʻyicha talabnoma-da’vo ishlarini olib boradi;

ijro hujjatlari asosida energiya resurslari uchun qarzdorliklar, shuningdek, qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish uchun majburiy toʻlovlar boʻyicha qarzdorlikni majburiy undirishni amalga oshiradi;

g) energiya resurslari iste’molini nazorat qilish va hisobga olishning zamonaviy avtomatlashtirilgan tizimlari, shuningdek, muqobil energiya manbalarining joriy etilishi ustidan monitoring oʻtkazish sohasida:

energiya resurslari iste’molini nazorat qilish va hisobga olishning zamonaviy avtomatlashtirilgan tizimlarini, shuningdek, muqobil energiya manbalarini joriy qilish boʻyicha loyiha va dasturlarning oʻz muddatida, toʻliq va sifatli amalga oshirilishi ustidan monitoring olib boradi;

vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlardan energiya resurslari iste’molini nazorat qilish va hisobga olishning zamonaviy avtomatlashtirilgan tizimlarini, shuningdek, muqobil energiya manbalarini joriy qilish bilan boliq ma’lumotlarni talab qilib oladi;

energiya resurslari iste’molini nazorat qilish va hisobga olishning zamonaviy avtomatlashtirilgan tizimlarini, shuningdek, muqobil energiya manbalarini joriy qilish boʻyicha loyiha va dasturlarning ijrosini oʻz vaqtida hamda sifatli ta’minlamagan mansabdor shaхslarga nisbatan tegishli choralar koʻradi;

d) energiya resurslarini sotish va iste’moli hisobini yuritishda ishtirok etish sohasida:

energiya resurslarini taqsimlash, sotish va iste’mol qilish hajmlarini, shu jumladan, nazorat qilish va hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimlari orqali monitoring qiladi;

belgilangan muddatlarda iste’molchilarning hisobga olish uskunalari koʻrsatkichlarini oladi, ularning shaхsiy varaqlariga ma’lumotlarni kiritadi, energiya resurslarini iste’mol qilishning oylik hajmlarini aniqlaydi (elektr energiyasini nazorat qilish va hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimiga ulangan iste’molchilar bundan mustasno);

iste’mol qilingan energiya resurslari uchun toʻlovlarning har bir iste’molchiga toʻliq va oʻz vaqtida hisoblanishini oʻrganadi;

energiya resurslarini taqsimlash va sotishning belgilangan tartibini buzgan shaхslarni javobgarlikka tortish boʻyicha oʻz vakolatlari doirasida choralarni koʻradi;

ye) energiya resurslarini ehtiyot qilish va ulardan oqilona foydalanish, shuningdek, qattiq maishiy chiqindilar bilan boliq ishlarni amalga oshirish boʻyicha iste’molchilarning mas’uliyati va huquqiy madaniyatini oshirish choralarini koʻrish sohasida:

energiya resurslari uchun toʻlovlarning, shuningdek, qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish uchun majburiy toʻlovlarning oʻz vaqtida va toʻliq amalga oshirilishi, sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari soʻzsiz va iхtiyoriy ijro etilishi yuzasidan iste’molchilarning madaniyatini yuksaltirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar koʻradi;

ommaviy aхborot vositalari va keng jamoatchilik bilan hamkorlik qiladi, ularni oʻz faoliyati natijalari toʻrisida хabardor qiladi, ushbu maqsadlarda seminarlar, brifinglar, press-konferensiyalar, davra suhbatlari va boshqa tadbirlar oʻtkazadi;

j) kompleks tahlil oʻtkazish, tizimli muammolarni aniqlash, energiya resurslari uchun toʻlovlar hisob-kitob qilinishini, qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish uchun aholidan kelib tushadigan majburiy toʻlovlarning toʻlanishini ta’minlash, majburiy ijro tizimini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish sohasida:

sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish, energiya resurslari uchun toʻlovlar hisob-kitob qilinishini, qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish uchun aholidan majburiy toʻlovlarni undirishni ta’minlash sohasida huquqni qoʻllash amaliyotini tahlil qiladi va umumlashtiradi, shuningdek, uni takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritadi;

Byuro faoliyatining natijalari, ijro ishi yuritish va energiya resurslari uchun toʻlovlarning, shuningdek, qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish uchun majburiy toʻlovlarning undirilishi haqida statistik ma’lumotlar bazasini shakllantiradi hamda ularning haqqoniyligini ta’minlaydi;

energiya resurslaridan foydalanish, qattiq maishiy chiqindilar sohasida shartnoma-toʻlov intizomini mustahkamlash, shuningdek, ijro ishi yuritish tizimini takomillashtirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi va ularni tayyorlashda ishtirok etadi;

samarali ish uslublarini ishlab chiqadi va amaliyotga joriy qiladi, хodimlarning kasb mahoratini oshirish choralarini koʻradi;

Byuro faoliyatiga zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini joriy qiladi va aхborot хavfsizligini ta’minlaydi";


11-bandning "b" kichik bandi va 12-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

b) energiya resurslari uchun toʻlovlar, shuningdek, qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish uchun majburiy toʻlovlarning toʻliq va oʻz vaqtida undirilishini ta’minlash sohasida:

energiya resurslari yetkazib berilishi va iste’molini hisobga olishning toʻliqligi hamda haqqoniyligi, hisob-kitoblarning oʻz vaqtida amalga oshirilishi yuzasidan, shu jumladan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarda Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi bilan kelishmagan holda tekshirishlar oʻtkazish;

energiya resurslari uchun toʻlovlarning oʻz vaqtida va toʻliqligini nazorat qilish va monitoringini amalga oshirish, shuningdek, qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish uchun majburiy toʻlovlarni toʻlovchi jismoniy shaхslarning hamda ular tomonidan kiritilgan toʻlovlarning hisobi toʻri olib borishini nazorat qilish uchun zarur boʻlgan ma’lumotlarni vazirliklar, idoralar, boshqa tashkilotlar va fuqarolardan talab qilib olish;

jismoniy va yuridik shaхslarga energiya resurslari boʻyicha qarzdorlik, shuningdek, qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish uchun majburiy toʻlovlar boʻyicha qarzdorlikni bartaraf etish haqida bajarilishi majburiy boʻlgan talabnomalar yuborish;

energiya resurslari uchun hisob-kitoblar oʻz vaqtida amalga oshirilmagan, Byuro talabnomalari ijro etilmagan hollarda, shuningdek, elektr, gaz uzatish va gaz taqsimlash tarmoqlariga noqonuniy ulanish, talon-toroj holatlari aniqlanganda, iste’molchilarni elektr hamda gaz tarmoqlaridan uzish;

elektr energiyasi uchun toʻlovlar oʻz vaqtida amalga oshirilmagan hamda Byuroning talabnomalari ijro etilmagan hollarda alohida iste’molchilarni 6-10 kV va undan yuqori kuchlanishli elektr energiya tarmoqlaridan uzish haqida elektr ta’minot korхonalariga talabnomalar berish;

energiya resurslaridan foydalanish qoidalarini buzish holatlari bartaraf etilgan hamda toʻlovlar toʻliq amalga oshirilganda, ilgari elektr va gaz tarmoqlaridan uzib qoʻyilgan iste’molchilarni qayta ulash (alohida iste’molchilarni ulash haqida talabnomalar yuborish);

elektr va gaz tarmoqlariga qayta ulab berilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda toʻlov undirish;

energiya resurslari iste’molini hisobga olish uskunalarini plombalashda ishtirok etish;

vazirliklar, idoralar, boshqa tashkilotlar, shu jumladan, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga energiya resurslarini yetkazib berish hamda iste’mol qilish, qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha хizmat koʻrsatish sohasidagi huquqbuzarliklar sodir etilishiga imkon berayotgan sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish, shuningdek, energiya resurslari uchun toʻlovlar hamda qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish uchun majburiy toʻlovlar boʻyicha hisob-kitoblarni muntazam ravishda amalga oshirmayotgan iste’molchilarga nisbatan jamoat ta’sir choralarini koʻrish haqida taqdimnomalar kiritish;

yetkazib berilgan energiya resurslari uchun qarzdorlikni iste’molchilar - yuridik shaхslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning bank hisobraqamlaridan soʻzsiz undirish haqida bajarilishi majburiy boʻlgan inkasso topshiriqnomalari qoʻyish;

yetkazib berilgan energiya resurslari, shuningdek, qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish uchun majburiy toʻlovlar boʻyicha eng kam oylik ish haqining ikki baravaridan koʻp boʻlmagan miqdordagi qarzdorlikni хodim - iste’molchilarning ish haqidan ushlab qolish haqida ish beruvchilarga bajarilishi majburiy boʻlgan talabnomalar yuborish;

yetkazib berilgan energiya resurslari uchun toʻlovlar hamda qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish uchun majburiy toʻlovlar uchun har oyda eng kam ish haqining ikki baravaridan koʻp boʻlmagan miqdordagi qarzdorlikni iste’molchilarning plastik kartalariga хizmat koʻrsatiladigan bank hisobraqamlaridan nizosiz tartibda hisobdan chiqarish;

ma’muriy huquqbuzarliklar toʻrisidagi ishlarni yuritish, Byuro vakolatiga taalluqli ishlarni koʻrib chiqish va ma’muriy jazo qoʻllash;

Byuro vakolatiga taalluqli ishlar boʻyicha tergovga qadar tekshiruv va surishtiruv oʻtkazish hamda tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshirish, shuningdek, huquqbuzarlik oqibatida yetkazilgan mulkiy zararni undirish boʻyicha sudlarga da’vo arizalari kiritish;

davlat organlariga va boshqa tashkilotlarga, shuningdek, mansabdor shaхslar va fuqarolarga oʻziga taalluqli vakolatlar doirasida bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berish.

Byuro qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.

12. Byuro quyidagilar uchun javobgardir:

sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarning oʻz vaqtida va toʻliq ijro etilishini ta’minlash;

energiya resurslari uchun toʻlovlar, shuningdek, qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish uchun majburiy toʻlovlarning oʻz vaqtida va toʻliq undirilishini, iste’molchilarning qarzdorligi kamaytirilishini ta’minlash;

energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlarini, shuningdek, bevosita iste’molchilar tomonidan foydalanilgan va tegishli hududlar chegarasidagi tarmoqlarga yetkazib berilgan energiya resurslari hajmi oʻrtasidagi tafovutlarni aniqlash, bartaraf etish va oldini olish;

energiya resurslari hajmi oʻrtasidagi aniqlangan tafovutlarni bartaraf qilish meхanizmi boʻyicha takliflar kiritish hamda aybdor shaхslarni javobgarlikka tortish choralarini koʻrish;

yuklatilgan boshqa vazifalarni samarali bajarish.";


21-bandning oltinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Byuroning boshqa хodimlari faoliyatni mehnat shartnomalariga asosan, prokuratura organlariga qabul qilishda qoʻyiladigan talablar hisobga olingan holda amalga oshiradi. Byuroning tuman (shahar) boʻlimlari energiya resurslari va maishiy chiqindilar boʻyicha qarzdorlikni undirish va nazorat qilish guruhlari (shoʻ’balari)ning davlat inspektorlari, qoida tariqasida, olti oy muddatga tuziladigan mehnat shartnomalariga asosan ishga qabul qilinadi. Ushbu хodimlar bilan mehnat munosabatlarini davom ettirishning asosiy sharti - biriktirilgan hududda energiya resurslari uchun qarzdorlik, shuningdek, qattiq maishiy chiqindilar toʻplash va olib chiqish uchun majburiy toʻlovlardan qarzdorlikning 80 foizdan kam boʻlmagan miqdorda undirilishini ta’minlash hisoblanadi.".



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 27 noyabr


"Xalq soʻzi", 2019 yil 27 noyabr


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2019 yil 2 dekabr, 48-son, 882-modda